×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ROMAZIK tabletkalari 5mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Розувастатин
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
TROKSERUTIN gel 40g 2% Зеленая дубрава, ЗАО Rossiya
15 000 s`om dan
ROKSERA tabletkalari 15mg N30 Krka d.d. Sloveniya
56 056 s`om dan
AMLIPIN tabletkalari 5mg+10mg N30 World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH  BO‘YICHA  YO‘RIQNOMA

ROMAZIK

ROMAZIK

 

Preparatning savdo nomi: Romazik

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin (rosuvastatin)

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg, 10 mg, 20 mg yoki 40 mg rozuvastatin (rozuvastatin kalsiy shaklida);

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy sitrati, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

tabletka qobig‘i: gipromelloza, laktoza monogidrati, makrogol, triasetin, titan dioksidi (Ye171).

Ta‘rifi:

Romazik 5 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq shaklli va ikki yoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «5» gravirovkali tabletkalar.

Romazik 10 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq shaklli va ikki yoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «10» gravirovkali tabletkalar.

Romazik 20 mg: oq yoki deyarli oq, dumaloq shaklli va ikki yoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan, bir tomonida «20» gravirovkali tabletkalar.

Romazik 40 mg: oq yoki deyarli oq, uzunchoq shaklli va ikki yoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari.

 

Farmakologik xususiyatlari

Rozuvastatin – 3-gidroksi-3-metilglutaril-koferment A ni xolesterinning o‘tmishdoshi – mevalonatga aylantiradigan fermentning almashinuvi tezligini cheklovchi GMG-KoA-reduktazaning selektiv raqobatli ingibitoridir. Rozuvastatinning samarasi amalga oshiriladigan asosiy joy jigar – xolesterinning darajasini pasayishini amalga oshirish uchun nishon a‘zo.

Rozuvastatin jigarda xujayralar yuzasida PZLP reseptorlar sonini oshiradi, shunday qilib PZLP yutilishi va katabolizmini oshiradi; preparat shuningdek jigarda JPZLP sintezini ham ingibisiya qiladi, shu bilan JPZLP va PZLP zarrachalarining umumiy miqdorini kamaytiradi.

Farmakokinetikasi

Rozuvastatinning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga peroral qabul qilingandan keyin taxminan 5 soat o‘tgach erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Rozuvastatin jigar tomonidan faol qamrab olinadi, u xolesterin sintezining va PXLP-XS klirensini asosiy joyi hisoblanadi. Rozuvastatinning taqsimlanish hajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning taxminan 90% plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi.

Rozuvastatin cheklangan metabolizmga duchor bo‘ladi (taxminan 10%). Odam gepatositlarini ishlatish bilan metabolizmni in vitro sharoitdagi tadqiqotlari, rozuvastatinni sitoxrom R450 ishtirokidagi metabolik reaksiyalar uchun yomon substrat ekanligini ko‘rsatadi.

Rozuvastaninning dozasini taxminan 90% ahlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi (shu jumladan yutilgan va yutilmagan ta‘sir etuvchi modda), qolgan qismi esa siydik bilan chiqariladi. Taxminan 5% o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 19 soatni tashkil qiladi. Plazmadan klirensini geometrik o‘rtacha ko‘rsatgichlari taxminan soatiga 50 l ni tashkil qiladi (o‘zgarish koeffisienti 21,7%). GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari qo‘llangandagi kabi, rozuvastatinni jigarda yutilish jarayonida OATR-S membrana tashuvchisi ishtirok etadi. Bu tashuvchi rozuvastatinni jigardan chiqarilish jarayonida  muhim rol o‘ynaydi.

Rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi dozaga proporsional oshadi. Bir necha sutkalik dozalar qabul qilinganidan keyin farmakokinetik ko‘rsatkichlarida biron-bir o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Qo‘llanilishi

  • Giperxolesterinemiyani davolash

Birlamchi giperxolesterinemiyali (shu jumladan IIa tip geterozigot oilaviy giperxolesterinemiya) yoki aralash dislipidemiyali (IIb tip) kattalar, o‘smirlar va 6 yoshli va undan katta bolalarda parhezga qo‘shimcha vosita sifatida, parhez va davolashning nomedikamentoz usullari (masalan, jismoniy yuklama, tana vaznini kamaytirish) yetarli bo‘lmaganida.

Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyada yordamchi vosita sifatida parhezga va lipidlar darajasini pasaytirishni boshqa usullariga (masalan, PZLP aferezi) qo‘shimcha yoki bunday usullarni maqsadga muvofiq emasligida.

  • Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish

Birinchi yurak-qon tomir ko‘rinishlarini rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda jiddiy yurak-qon tomir ko‘rinishlarini oldini olish uchun boshqa xavf omillarini to‘g‘rilash uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolashni boshlash oldidan pasientga standart gipoxolesterinemik parhezni buyurish kerak, uni davolash vaqtida ham davom ettirish kerak. Davolashning maqsadi va pasientning davolashga javobiga qarab, zamonaviy umumiy qabul qilingan qo‘llanmalarga muvofiq dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Romazikni sutkaning har qanday vaqtida ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.

Giperxolesterinemiyani davolash

Tavsiya etilgan boshlang‘ich doza ilgari statinlarni qabul qilmaganlarga ham, boshqa GMG-KoA-reduktaza ingibitoridan o‘tgan pasientlarga ham sutkada bir marta peroral
5 mg yoki 10 mg ni tashkil qiladi. Boshlang‘ich dozani har bir pasient uchun xolesterinning darajasi, kelajakda yurak-qon tomir ko‘rinishlarning rivojlanishi xavfini, shuningdek noxush reaksiyalar rivojlanishini potensial xavfini (quyiga qarang) hisobi bilan shaxsiy ravishda tanlash kerak. Zarurati bo‘lganda, dozaga navbatdagi darajagacha tuzatish kiritishni 4 haftadan keyin bajarish mumkin. Pastroq dozalar bilan solishtirganda 40 mg dozani qabul qilish fonida rivojlangan noxush ko‘rinishlar haqida ko‘paygan xabarlarni xisobga olib, 40 mg maksimal dozagacha yakuniy titrlash imkoniyatini faqat og‘ir giperxolesterinemiyasi va yuqori yurak-qon tomir xavfi bo‘lgan (xususan, oilaviy giperxolesterinemiyali shaxslarda) pasientlarda ko‘rish kerak, ularda 20 mg doza qo‘llanganida terapevtik maqsadga erishilmagan va ularni standart kuzatuvi o‘tkaziladi,. 40 mg doza preparat bilan davolashni boshlashda mutaxassisning kuzatuvi tavsiya etiladi.

Yurak-qon tomir ko‘rinishlarni oldini olish

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan ko‘rinishlar xavfini pasaytirish tekshirishlarda sutkada 20 mg doza qo‘llangan.

Bolalarda qo‘llanishi

Bolalarni davolash muvofiq mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishi kerak.

 

 

6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar (Tanner shkalasi bo‘yicha II-V pastroq)

Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyali bolalar va o‘smirlarni davolash odatda kuniga 5 mg dozadan boshlanadi.

  • Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyali 6 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun odatdagi doza – peroral kuniga bir marta 5-10 mg. Bu populyasiyada 10 mg dan ortiq dozaning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.
  • Geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyali 10 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun odatdagi doza – peroral kuniga bir marta 5-20 mg. Bu populyasiyada 20 mg dan ortiq dozaning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan.

Dozani titrlash bolalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalarda tavsiya etilgandek, bolalardagi shaxsiy javob va o‘zlashtirilishiga muvofiq o‘tkazilishi kerak. Rozuvastatin bilan davolashni boshlash oldidan bolalar va o‘smirlar standart gipoxolesterinemik parhezga o‘tishlari va rozuvastatin bilan davolashning xamma davrida unga rioya qilishlari kerak. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bolalarda ishlatish tajribasi 8 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi juda oz kuzatishlar bilan cheklangan.

40 mg li tabletkalar bolalarda qo‘llash uchun to‘g‘ri kelmaydi.

6 yoshdan kichik bolalar

6 yoshdan kichik bolalarda ishlatishning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Shu sababga ko‘ra Romazikni 6 yoshdan kichik bolalarni davolash uchun ishlatish tavsiya etilmaydi.

Keksa pasientlarda qo‘llanishi

70 yoshdan oshgan pasientlarda boshlang‘ich tavsiya etiladigan doza 5 mg ni tashkil qiladi.

Yosh bilan bog‘liq bo‘lgan dozaga boshqacha tuzatish kiritishning zarurati yo‘q.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlardagi dozalar

Buyrak faoliyatini yengil va o‘rtacha darajali buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritishni talab etilmaydi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi <60 ml/min) bo‘lgan pasientlarda tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda 40 mg dozani qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning har qanday dozalarini qo‘llash mumkin emas.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozalash

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha indeksi 7 ball va past bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasini oshishi kuzatilmagan. Lekin Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha indeksi 8 va 9 bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha indeksi 9 dan yuqori shaxslarda qo‘llash tajribasi yo‘q. Jigarning faol fazadagi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash mumkin emas.

Irq

Osiyolik pasientlarda tizimli ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan. Osiyolik pasientlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlar uchun 40 mg dozani qo‘llash mumkin emas.

Genetik polimorfizm

Ma‘lumki, genetik polimorfizmning spesifik turlari rozuvastatinning ekspozisiyasini oshishiga olib kelishlari mumkin. Polimorfizmning bunday spesifik turlari bo‘lgan pasientlar uchun, rozuvastatinning kichikroq sutkalik dozalarini qo‘llash tavsiya etiladi.

Miopatiyani rivojlanishiga moyillik omillari bo‘lgan pasientlarda dozalash

Miopatiyani rivojlanishiga moyillik omillari bo‘lgan pasientlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza 5 mg ni tashkil qiladi. Bu pasientlarning ayrimlarida
40 mg dozani qo‘llash mumkin emas.

 

 

Yondosh davolash

Rozuvastatin turli tashuvchi-oqsillarning (masalan, OATR1V1 va VSRP) substrati hisoblanadi. Miopatiya xavfi (shu jumladan rabdomioliz) bu tashuvchi-oqsillar bilan o‘zaro ta‘siri oqibatida plazmada rozuvastatinning konsentrasiyasini oshirishi mumkin bo‘lgan ayrim dori preparatlari (masalan, siklosporin va proteazaning ayrim ingibitorlari, shu jumladan ritonavirni, atanazavir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan majmuasi) bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshadi. Imkoniyati bo‘lganida muqobil preparatlarni qo‘llashni ko‘rib chiqish, va, zarurati bo‘lgan holda, rozuvastatin bilan davolashni vaqtinchalik to‘xtatishni ko‘rib chiqish kerak. Bu dori preparatlarini rozuvastatin bilan birga qo‘llash muqarrar bo‘lgan vaziyatlarda, yondosh davolashning foydasi va xavfini sinchiklab baxolash va rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritishni ko‘rib chiqish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyida rivojlanishining tez-tezligini ko‘rsatish bilan a‘zolar tizimiga ta‘siri bo‘yicha tasniflangan nojo‘ya samaralari sanab o‘tilgan. Rivojlanish tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez: ≥1/10; tez-tez: ≥1/100 – <1/10; tez-tez emas: ≥1/1000 – <1/100; kam hollarda: ≥1/10000 – <1/1000; juda kam hollarda: <1/10000; tez-tezligi noma‘lum: bor bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha tez-tezligini aniqlash mumkin emas.

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           trombositopeniya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda:           o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     qandli diabet1

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tezligi noma‘lum: depressiya

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi

Juda kam hollarda: polineyropatiya, xotirani yo‘qolishi

Tez-tezligi noma‘lum: periferik neyropatiya, uyquni buzilishi (shu jumladan uyqusizlik va tungi daxshatlar)

Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi noma‘lum: yo‘tal, hansirash

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i, qabziyat

Kam hollarda:           pankreatit

Tez-tezligi noma‘lum: diareya

Jigar va o‘t-chiqarish yo‘llari tomonidan

Kam hollarda:           jigar transaminazalari darajasini oshishi

Juda kam hollarda: sariqlik, gepatit

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas:            qichishish, toshma, eshakemi

Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi (terida, og‘iz bo‘shlig‘ida, ko‘zlarning shilliq qavatida va jinsiy a‘zolarda pufaklar hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jiddiy buzilishlar)

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Tez-tez:                     mialgiya

Kam hollarda:           miopatiya (shu jumladan miozit), rabdomioliz

Juda kam hollarda: artralgiya

Tez-tezligi noma‘lum: immunologik bog‘liqlikka ega bo‘lgan nekrotik miopatiya, ayrim hollarda ularni uzilishi bilan asoratlangan paylar tomonidan buzilishlar

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: gematuriya

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: ginekomastiya

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez:                     asteniya

Tez-tezligi noma‘lum: shish.

1 Tez-tezligi xavf omillarining borligi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi (och qoringa glyukozaning darajasi ≥5,6 mmol/l, TVI >30 kg/m2, transaminazalar darajasini oshishi, anamnezda gipertoniyani bo‘lishi).

Buyraklarga nisbatan samaralari:

Test-tasmasi yordamida tekshirilganda aniqlanadigan proteinuriya (asosan tubulyar), rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan. 10 mg va 20 mg dozada davolash vaqtida 1% dan kamroq pasientlarda va 40 mg dozada davolashda taxminan 3% pasientlarda siydikda oqsilning darajasini 0 yoki asarlardan to ++ va ko‘proqgacha og‘ishi kuzatilgan. Preparat 20 mg dozada qabul qilinganda oqsil darajasini 0 yoki asarlardan to – gacha ahamiyatsiz oshishi aniqlangan. Ko‘pchilik hollarda davolash davom ettirilganda proteinuriya pasaygan yoki o‘z-o‘zida yo‘qolgan. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlari va postregistrasion qo‘llashning tajribasini tahlilida, proteinuriya va buyraklarning o‘tkir yoki avj olib boruvchi kasalliklari orasida sabab-oqibat aloqasi aniqlanmagan.

Rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda gematuriya kuzatilgan, klinik sinovlarning ma‘lumotlari past tez-tezlikni namoyish qiladi.

Skelet mushaklariga nisbatan samaralari:

Barcha dozalarda, ayniqsa 20 mg dan ko‘proq dozalarda rozuvastatin bilan davolangan pasientlarda, skelet mushaklarga nisbatan samaralar aniqlangan, masalan, mialgiya, miopatiya (shu jumladan miozit) va, kam hollarda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga kechuvchi va birga kechmaydigan rabdomioliz aniqlangan. Rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda KK ni dozaga bog‘liq oshishi kuzatilgan; ko‘pchilik hollari yengil, simptomsiz va o‘tkinchi bo‘lgan. KK darajasi oshganda (≥5xNYUCH) davolashni to‘htatish kerak.

Jigarga nisbatan samaralari:

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilishdagi kabi, rozuvastatin qabul qilgan pasientlarning katta bo‘lmagan miqdorida, transaminazalar darajasini dozaga bog‘liq oshishi kuzatilgan; ko‘pchilik hollarda yengil, simptomsiz va o‘tkinchi bo‘lgan.

Ayrim statinlar qabul qilganda quyidagi nojo‘ya ko‘rinishlar aniqlangan:

  • Seksual disfunksiya.
  • O‘pkalarning interstisial kasalligini kam hollari, ayniqsa davomli davolashda.

Rabdomioliz, buyraklar va jigar tomonidan (asosan, jigar transaminazalari darajasini oshishi) jiddiy ko‘rinishlarning tez-tezligi, 40 mg doza qabul qilinganida yuqori bo‘ladi.

Bolalar populyasiyasi:

Bolalar va o‘smirlardagi 52-haftalik klinik tadqiqotda kreatinkinaza darajasini 10xNYUCH dan ko‘proqga oshishi va jismoniy yuklamadan keyin mushaklar tomonidan simptomlar yoki jismoniy faollikni oshishi, kattalarga qaraganda ko‘proq kuzatilgan. Boshqa ko‘rsatgichlar bo‘yicha bolalar va o‘smirlardagi rozuvastatinning xavfsizligini profili kattalardagi bilan o‘xshash bo‘lgan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • rozuvastatinga yoki yordamchi moddalaridan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda
  • faol fazadagi jigar kasalligi bo‘lgan pasientlarda, zardob transaminazalarini tushuntirib bo‘lmaydigan doimiy oshishi va zardob transaminazalarini normaning yuqori chegarasidan (NYUCH) har qanday 3 marta oshishi
  • buyrakni og‘ir shikastlanishi (kreatinin klirensi <30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda
  • miopatiyasi bo‘lgan pasientlarda
  • bir vaqtda siklosporin qabul qilayotgan pasientlarda
  • homiladorlik va laktasiya davrida va kontrasepsiyaning muvofiq choralarini ishlatmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollarda.

Miopatiya/rabdomioliz rivojlanishiga moyillik omillari bo‘lgan pasientlarda 40 mg dozani qo‘llash mumkin emas. Boshqa omillarga quyidagilar kiradi:

  • buyraklar faoliyatini o‘rtacha buzilishi (kreatinin klirensi <60 ml/minut).
  • gipotireoz
  • mushaklarning nasliy kasalliklarini o‘z ichiga oluvchi shaxsiy yoki oilaviy anamnez
  • GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlarni qo‘llashdagi anamnezdagi mushaklarga toksik ta‘sir
  • alkogolni suiiste‘mol qilish
  • qon plazmasida konsentrasiyasini oshishi mumkin bo‘lgan boshqa vaziyatlar
  • osiyolik pasientlar
  • fibratlarni yondosh qo‘llashda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tashuvchi-oqsillarni ingibisiya qilinishi: Rozuvastatin moddalarni jigar tomonidan qamrab olinishida ishtirok etuvchi ayrim olib o‘tuvchi-oqsillarni, shu jumladan OATR1V1 olib o‘tuvchi, va BCRP olib o‘tuvchining efflyuksli substrati xisoblanadi. Rozuvastatinni bu tashuvchi oqsillarning ingibitorlari bo‘lgan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash, plazmada rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishiga va miopatiya xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Siklosporin: Rozuvastatin va siklosporin yondosh qo‘llanganda, rozuvastatinning AUC sog‘lom ko‘ngillilardagiga qaraganda o‘rtacha 7 marta yuqori bo‘lgan. Bir vaqtda siklosporin qabul qilayotgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llash siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi.

Proteaza ingibitorlari: Garchi o‘zaro ta‘sirning aniq mexanizmi noma‘lum bo‘lsa ham, proteazalar ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning ekspozisiyasini kuchli oshirishi mumkin. Masalan, sog‘lom ko‘ngillilardagi 10 mg rozuvastatin proteazalarning ikki ingibitorlarini (300 mg atanazavir/100 mg ritonavir) majmuaviy preparati bilan birga qo‘llashdagi farmakokinetik tekshirish, rozuvastatinning AUC va Smax muvozanat ko‘rsatgichlarini taxminan 3 marta va 7 marta oshishi bilan assosiasiyalangan. Rozuvastatin va proteazalar ingibitorlarini ayrim majmualarini bir vaqtda qo‘llash, rozuvastatinning ekspozisiyasini kutiladigan oshishini xisobi bilan rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritishni sinchiklab baxolanganidan keyin ko‘rilishi mumkin.

Ezetimib: 10 mg rozuvastatin va 10 mg ezetimibni bir vaqtda qo‘llash, giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning AUC ko‘rsatgichini 1,2-marta oshishiga olib kelgan. Shunga qaramasdan, rozuvastatin va ezetimib orasidagi farmakodinamik o‘zaro ta‘sirni istisno qilish mumkin emas, ular noxush samaralarga olib kelishi mumkin.

Gemfibrozil va boshqa gipolipidemik preparatlar: Rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qo‘llash, rozuvastatinning Smax va AUC ko‘rsatgichlarini 2 marta oshishiga olib kelgan. O‘zaro ta‘sirlarning maxsus tekshirishlarining ma‘lumotlari asosida, fenofibratlar bilan ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta‘sirlari kutilmaydi, lekin farmakodinamik o‘zaro ta‘sirlar yuz berishi mumkin.

Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va niasin (nikotin kislotasi) gipolipidemik dozalarda (≥1 g/sutka) GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida miopatiya rivojlanishini xavfini oshiradi; ehtimol bu, ular alohida qo‘llanganida miopatiya chaqirishi mumkinligi bilan bog‘liqdir. Bir vaqtda fibratlar qo‘llanganda rozuvastatinni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Bu pasientlar ham davolashni 5 mg dozadan boshlashlari kerak.

Antasidlar: Rozuvastatinni alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi suspenziya bilan bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini taxminan 50% pasayishiga olib keladi. Bu samara rozuvastatindan keyin 2 soat o‘tgach antasid qabul qilinganida kamaygan.  Bu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Eritromisin: Rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qo‘llash, rozuvastatinning  AUC ni 20% pasayishiga va Smax ni 30% pasayishiga olib kelgan. Bu o‘zaro ta‘sir eritromisin chaqirgan ichakning qisqarish qobiliyatini oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Sitoxrom R450 fermentlari: In vitro va in vivo sharoitdagi tekshirish natijalari, rozuvastatin sitoxrom R450 fermentlarining ingibitori yoki induktori hisoblanmaydi. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun to‘g‘ri kelmaydigan substrat hisoblanadi. Shunday qilib, sitoxrom R450 orqali metabolizm natijasidagi dorilarning o‘zaro ta‘siri kutilmaydi. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 ingibitori) yoki ketokonazol (CYP2A6 va CYP3A4 ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir kuzatilmaydi.

Rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritishni talab qiluvchi o‘zaro ta‘sirlar: Rozuvastatinning ekspozisiyasini oshiruvchi boshqa dori preparatlari bilan rozuvastatinni bir vaqtda qo‘llashning zarurati bo‘lganida, rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Agar ekspozisiyani (AUC) taxminan 2 marta va ko‘proq oshishi kutilsa, davolashni rozuvastatinning sutkada bir marta 5 mg dozasidan boshlash kerak. Rozuvastatinning maksimal sutkalik dozaga shunday tuzatish kiritishi kerakki, rozuvastatinning kutiladigan ekspozisiyasi o‘zaro ta‘sir qiluvchi dori preparatlarisiz sutkada 40 mg doza qo‘llanganidagidan oshmasin, masalan, 20 mg rozuvastatin gemfibrozil bilan (1,9 marta oshishi) yoki 10 mg rozuvastatin atanazavir/ritonavir majmuasi bilan (3,1 marta oshishi).

Rozuvastatinni bir vaqtda qo‘llanayotgan dori preparatlariga ta‘siri

K vitaminining antagonistlari: GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llashdagi kabi, K vitamini antagonistlari (masalan, varfarin yoki kumarin guruhining boshqa antikoagulyantlari) bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlarda davolashni boshida yoki rozuvastatinning dozasini oshirish, Xalqaro Normallashtirilgan Nisbatni (XNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Davolashni to‘xtatish yoki rozuvastatinning dozasini kamaytirish XNN ni kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda XNN muvofiq monitoringini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Peroral kontraseptivlar/o‘rinbosar gormonal davolash (O‘GD): Rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo‘llash etinilestradiol va norgestrelning AUC nimuvofiq 26% va 34% ga oshishiga olib kelgan. Plazmadagi darajalarning bu oshishini peroral kontraseptivning dozasini tanlashda hisobga olish kerak. Rozuvastatin va O‘GD bilan yondosh davolanayotgan pasientlarda farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shuning uchun bunduy samarani istisno qilish mumkin emas. Lekin  ushbu qo‘shilish ayollarda klinik tadqiqotlarda keng qo‘llangan va yaxshi o‘zlashtirilgan.

Boshqa dori preparatlari: O‘zaro ta‘sirning maxsus tadqiqotlarining ma‘lumotlari asosida, digoksin bilan klinik axamiyatli o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyraklarga nisbatan samaralari

Test-tasma yordamida tekshirganda aniqlanadigan proteinuriya (asosan tubulyar), rozuvastatinning yuqori dozalarini, xususan 40 mg dozani qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan, va o‘tkinchi bo‘lgan yoki ko‘pchilik hollarda vaqti-vaqti bilan kuzatilgan. Proteinuriya o‘tkir yoki zo‘rayib boruvchi buyrak yetishmovchiligining darakchisi bo‘lmagan. Postregistrasion davrda buyraklar tomonidan jiddiy ko‘rinishlarning tez-tezligi
30 mg doza qo‘llanganda yuqori bo‘lgan. 40 mg dozani qabul qilayotgan pasientlarni odatdagi kuzatish davomida buyrak faoliyatini baholashni o‘tkazish kerakligini xisobga olish kerak.

Skelet mushaklariga nisbatan samaralari

Mialgiya, miopatiya va kam hollarda rabdomioliz kabi skelet mushaklari tomonidan samaralar, rozuvastatin qo‘llangan pasientlarda hamma dozalar qo‘llanganida va, xususan >20 mg dozada qayd etilgan.

Juda kam hollarda rabdomioliz hollari ezetimib GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida qayd etilgan. Farmakodinamik o‘zaro ta‘sirni istisno qilish mumkin emas va preparatlarni majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llashdagi kabi, postregistrasion davrda rozuvastatinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan rabdomioliz hollarini tez-tezligi, 40 mg doza qo‘llanganidan yuqori bo‘lgan.

Kreatinkinaza darajasini aniqlash

Kreatinkinaza (KK) darajasini og‘ir jismoniy yuklamadan keyin yoki KK ni oshishini har qanday muqobil sabablari ehtimoli bo‘lganida aniqlash mumkin emas, chunki bu natijalarni tushunishni qiyinlashtirishi mumkin. Agar KK ning dastlabki darajasi ahamiyatli yuqori (> 5xNYUCH) bo‘lsa, 5-7 kun davomida tasdiqlovchi test o‘tkazish kerak. Agar takroriy test KK > 5xNYUCH tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolashgacha

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi rozuvastatinni, miopatiya/rabdomioliz rivojlanishiga moyillik omillari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Bunday omillarga quyidagilar kiradi:

  • buyrak faoliyatini buzilishi
  • gipotireoz
  • mushaklarning nasliy kasalliklarini o‘z ichiga oluvchi shaxsiy yoki oilaviy anamnez
  • GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari yoki fibratlar qo‘llanganda anamnezdagi mushaklarga toksik ta‘siri
  • alkogolni suiiste‘mol qilish
  • 70 yoshdan kattalar
  • plazmada preparatning konsentrasiyasini oshishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar
  • fibratlarni yondosh qo‘llash.

Bunday pasientlarda davolashning xavfini mumkin bo‘lgan foydaning hisobi bilan baholash kerak; bundan tashqari, klinik monitoring tavsiya etiladi. Agar KK darajasi dastlab ahamiyatli yuqori (> 5xNYUCH) bo‘lsa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolash vaqtida

Pasientlardan mushaklarda tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar, kuchsizlik yoki tirishishlar, ayniqsa ular lohaslik yoki isitma bilan qo‘shilsa, darhol xabar berish kerakligini so‘rash lozim. Bu pasientlarda KK darajasini o‘lchash kerak. Agar KK darajasi axamiyatli oshgan (> 5xNYUCH) bo‘lsa yoki agar mushak simptomlari og‘ir va har kungi diskomfort chaqirsa (xatto agar KK darajasi ≤ 5xNYUCH bo‘lsa ham) davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar yo‘qolsa va KK darajalari normagacha tiklansa, sinchkov monitoring fonida rozuvastatin yoki GMG-KoA-reduktazaning muqobil ingibitorining eng past dozasi bilan davolashni qayta boshlashni ko‘rish kerak. Simptomlar kuzatilmagan pasientlarda KK darajasini odatdagi monitoringini o‘tkazish kerak emas. Statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash vaqtida yoki keyin immunologik bog‘liq nekrotik miopatiya (IBNM) hollari haqida kam xabarlar bo‘lgan. Klinik, IBNM proksimal mushaklarning kuchsizligi va zardobda kreatinkinaza darajasini oshishi bilan xarakterlanadi, ular statinlar bilan davolash to‘xtatilishiga qaramasdan saqlanadi.

Klinik sinovlarda rozuvastatin va yondosh davolanayotgan pasientlarning katta bo‘lmagan sonida skelet mushaklari tomonidan samaralarning kuchayishini dalillari aniqlanmagan. Shunga qaramasdan, GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibroy kislotasining xosilalari, shu jumladan gemfibrozil, siklosporin, nikotin kislotasi, azolli zamburug‘larga qarshi vositalar, proteazalar ingibitorlari va makrolidlarni birga qabul qilayotgan pasientlarda miozit va miopatiya hollari sonini oshishi aniqlangan. Shuning uchun, rozuvastatin va gemfibrozil majmuasini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Rozuvastatinni fibratlar yoki nistatin bilan majmuaviy qo‘llashda lipidlar darajasini yanada o‘zgarishidan foydani, bunday majmualarni qo‘llashning potensial xavfiga nisbatan sinchiklab baholash kerak. Bir vaqtda fibratlar qo‘llanganida rozuvastatinning 40 mg dozasini qo‘llash mumkin emas.

Rozuvastatinni miopatiya mavjudligidan yoki rabdomioliz oqibatida buyrak yetishmovchiligiga (masalan, sepsis, gipotenziya, katta jarrohlik aralashuvi, jarohat, og‘ir metabolik, endokrin va elektrolit buzilishlar yoki nazorat qilinmaydigan tirishishlar) moyillikdan dalolat beruvchi o‘tkir jiddiy xolatlari bo‘lgan har qanday pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Jigar tomonidan samaralar

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llashdagi kabi, rozuvastatinni alkogolni xaddan tashqari miqdorini iste‘mol qiluvchi va/yoki anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Davolashni boshlash oldidan va davolash boshlangandan keyin 3 oy o‘tgach jigar faoliyatining ko‘rsatgichlarini aniqlash tavsiya etiladi. Agar zardob transaminazalarining darajasi normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ko‘proq yuqori bo‘lgan xolda, rozuvastatin bilan davolashni to‘xtatish yoki dozani kamaytirish kerak. Jigar tomonidan jiddiy ko‘rinishlar (asosan jigar transaminazalari darajasini oshishi) hollarining tez-tezligi, postmarketing davrida 40 mg doza qo‘llanganda yuqori bo‘lgan.

Gipotireoz yoki nefrotik sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi giperxolesterinemiyali pasientlarda, rozuvastatin bilan davolashni boshlashdan oldin asosiy kasallikni davolashni o‘tkazish kerak.

Irq

Farmakokinetik tadqiqotlar yevropoid irqi vakillari bilan solishtirganda osiyolik pasientlarda ekspozisiyasini oshishini ko‘rsatgan.

Proteaza ingibitorlari

Rozuvastatinni bir vaqtda proteazalarning turli ingibitorlarini ritonavir bilan birga qabul qilayotgan pasientlarda, rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasini oshishi kuzatilgan. Proteazalar ingibitorlarini olayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash vaqtida va uning dozasini oshirishda, proteazalar ingibitorlarini qabul qilayotgan OITV-infeksiyalangan pasientlarda rozuvastatinning gipolipidemik samarasini foydasi va plazmada rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishi mumkinligini xisobga olish kerak. Agar rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritilmagan bo‘lsa, proteazalar ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

O‘pkalarning interstisial kasalliklari

Ayrim statinlar qo‘llanganda, ayniqsa uzoq muddatli davolashda, o‘pkaning interstisial kasalliklarini aloxida hollari qayd etilgan. Simptomlari hansirash, quruq yo‘tal va umumiy holatni yomonlashishini (charchoqlik, vaznni yo‘qotish, isitma) o‘z ichiga olishi mumkin. Agar o‘pkaning interstisial kasalligi borligiga gumon paydo bo‘lsa, statinlar bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Qandli diabet

Ayrim ma‘lumotlar statinlar sinfi preparatlarini qonda glyukozaning miqdorini oshirishi, va qandli diabet rivojlanishini yuqori xavfi bo‘lgan ayrim pasientlarda kelajakda bu diabetning rasmiy xoli deb xisoblanishi mumkin bo‘lgan giperglikemiya darajasiga olib kelishi mumkinligidan dalolat beradi. Lekin bu xavf statinlar qo‘llanganda qon tomirli xavfni pasayishi bilan kompensasiya qilinadi, va shuning uchun statinlar bilan davolashni to‘xtatish uchun sabab bo‘lmaydi. Xavf guruxi pasientlari (och qoringa glyukozaning darajasi 5,6 dan 6,9 mmol/l, TVI>30 kg/m2, trigliseridlarning yuqori darajasi, gipertenziya) milliy standartlarga muvofiq sinchkov klinik va biokimyoviy monitoring qilinishlari kerak.

JUPITER tadqiqotda, asosan och qoringa glyukozaning darajasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha bo‘lgan pasientlarda, qayd etilgan qandli diabetning umumiy tez-tezligi rozuvastatin qo‘llanganda 2,8% ni va plasebo guruhida 2,3% ni tashkil qilgan.

Bolalar populyasiyasi

O‘sish (balandlik) vazn, TVI (tana vazni indeksi) va Tanner shkalasi bo‘yicha ikkilamchi jinsiy belgilarni yetilishi, rozuvastatin qabul qilgan 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ikki yillik davr bilan cheklangan. Tadqiqotlar doirasida ikki yil davolashdan keyin, preparatni bo‘y, vazn, TVI yoki jinsiy yetilishga ta‘siri aniqlanmagan.

52 hafta davomida rozuvastatin qabul qilgan bolalar va o‘smirlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda, kattalardagi klinik tadqiqot ma‘lumotlari bilan solishtirganda, kreatinkinaza darajasini normaning yuqori chegarasida 10 martadan ko‘proq oshishi, shuningdek jismoniy yuklamadan yoki yuqori jismoniy faollikdan keyin mushak simptomlari kuzatilgan.

Laktozaning o‘zlashtirilishini buzilishi

Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktazaning yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozaning so‘rilishini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan, kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar, bu preparatni qabul qilmasliklari kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilgan holda spesifik davolash mavjud emas. Doza oshirib yuborilgan holda simptomatik davolash va zaruratga qarab tutib turuvchi davolash ko‘rsatilgan. Jigar faoliyatini va KK darajasini nazorat qilish kerak. Gemodializning samaradorligini ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Al/OPA/Al/PVX folga blisterlar. 10 tabletkadan 3 blister karton qutida.

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 dori vositasi Pharmasceutical Works POLPHARMA SA tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ROMAZIK tabletkalari 5mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
MERTENIL tabletkalari 20mg N30
Narh: 113 300 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 5mg N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 20mg N28
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 10mg N28
Narh: 46 900 so'mdan Batafsil
NOVTOR tabletkalari 5mg N28
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
ROSUSTAR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
ROMAZIK tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROMAZIK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROZART tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
ROZART tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LIVERKOL tabletkalari 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 20mg N30
Narh: 96 000 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
  • Vakil: Аktavis
ROKSERA tabletkalari 30mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA d.d.
Narh: 118 000 so'mdan Batafsil
ROKSERA tabletkalari 15mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Narh: 56 056 so'mdan Batafsil
MERTENIL tabletkalari 10mg N30
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
LIVERKOL tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac San. ve Tic. A.S.
ROSUSTAR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
KRESTAT tabletkalari 10mg N30
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 40mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
Narh: 58 500 so'mdan Batafsil
ROZART tabletkalari 5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROZART tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Актавис Лтд
ROKSERA tabletkalari 15mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА, д.д., Ново место, АО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ROMAZIK tabletkalari 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
ROMAZIK tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Розувастатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmasceutical Works POLPHARMA SA
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9