7 392 s`om dan
Dorixonalardan izlash16 500 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish7 800 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SENA-MIG
SENA-MIGUM
Preparatning savdo nomi: Sena-MIG
Dori shakli: Tabletkalar
Tarkibi:
Faol modda: Sano barglarining quruq ekstrakti 20% A va V kalsiy sennozidlari saqlaydi – 140 mg.
Yordamchi moddalar: sut qandi (laktoza)), makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, metil paraben (nipagin), stearin kislotasi.
Ta‘rifi: Kulrang tusli och-jigarrang rangdan to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan, dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida faskali va riskali, vanilin hidiga ega, yassi silindr shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vositasi.
ATX kodi: A06AB06
Farmakologik xususiyatlari
Axlat massalarini yumshatib yoki suyultirib, ich suruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Surgi samarasi preparat qo‘llangandan 6-10 soatdan keyin boshlanadi va asosan yo‘g‘on ichakda suyuqlikni so‘rilishini tormozlanishi va uning peristaltikasiga ta‘siri bilan ifodalanadi. Preparat chambar ichakka tanlab ta‘sir qiladi, ichakning normal faoliyatini tiklaydi. Sena-MIG ko‘nikishni chaqirmaydi, ichakni ta‘sirlamaydi.
Qo‘llanilishi
Bolalar, keksalar, operasiyadan keyingi davrda yotgan holatdagi bemorlarda surunkali qabziyat, gemorroy va to‘g‘ri ichak yorig‘i bilan bog‘liq qabziyatlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1 tabletkadan uyqudan oldin yoki och qoringa ertalab buyuriladi. Zarurati bo‘lganida dozani bir qabul uchun 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ tabletkadan buyuriladi (zarurati bo‘lganida – 1 tablekagacha), 4 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga – 1 tabletkadan (zarurati bo‘lganida – 11/2-2 tabletkadan). Qo‘llash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ayrim bemorlarda nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Noxush ko‘rinishlar yoki boshqa salbiy reaksiyalar aniqlanganda preparatni qo‘llashni davom ettirish mumkinligi haqida shifokor bilan maslahatlashing!
Meteorizm, qorinda sanchiqli og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa yuqori dozalarda, elektrolitlarni asosan kaliy va natriy yo‘qotilishi, albuminuriya va gematuriya, proteinuriya, ichak melanozi, siydik rangsizlanishi mumkin. Kam hollarda – toliqish, terida toshma, tirishishlar, kollaps, allergik reaksiyalar.
Nojo‘ya samarlar paydo bo‘lgan hollarda, preparatni qo‘llashni to‘xtatish yoki dozasini ikki marta kamaytirish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, ichak tutilishi, appendisit va qorin bo‘shlig‘i a‘zolarining boshqa yalllig‘lanish kasalliklari, peritonit, spastik kolit, qisilgan churra, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, bachadondan qon ketishi, sistit, neyrogen va endokrin sababli qabziyat, suv-elektrolit almashinuvini buzilishlari. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Agar Siz boshqa har qanday dori vositasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz preparatni qo‘llash mumkinligi xaqida albatta shifokor bilan maslahatlashing!
Sena-MIG tabletkalarini boshqa dori vositalarini qabul qilishdan ikki soat oldin va keyin qo‘llash mumkin emas, chunki bu boshqa dori vositalarning so‘rilishini va samarasini kamaytirishi mumkin.
Sekin so‘riladigan va retard shaklidagi dori vositalarini samarasini kamaytiradi. Tetrasiklinlar so‘rilishini buzadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Diareya, degidratasiya va yo‘g‘on ichak atoniyasi rivojlanishidan saqlanish uchun preparatni shifokor ko‘rsatmasisiz uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas (bir xaftadan ortiq). Sena-MIG homiladorlik, emizish davrida, bolalarda (6 yoshgacha), jigar, buyrak yetishmovchiligida, abdominal operasiyalardan keyingi holatlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Sena-MIG transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari. Ich qotishi, ko‘p miqdorda suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qotish (mushak holsizligi, tirishishlar).
Davolash: simptomatik davolashni o‘tkazish kerak (elektrolit muvozanati holatiga bog‘liq ravishda natriy va kaliy eritmalarini infuzion yuborish kerak).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.