×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Solosin eritma 500mg/100ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Левофлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- East African (India) Overseas
Vakil:
- Phoenix Pharm Trade
ATX kodi:
- J01MA12
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
TAYGERON tabletkalari 750mg N5 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
49 000 s`om dan
IZIKASIN inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N1 Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd. O'zbekiston
POZINEG 1000 poroshok 1000mg Aurobindo Pharma Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
100 ml eritma plastik flakonda.

Har bir flakon xususiy tsellofan paketda va tibbiyotda qo'llanidishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.



1 flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 500 mg levofloksasinga ekvivalent levofloksasin gemigidrati;

yordamchi moddalar: suvsiz dekstroza, dinatriy edetati, suvsiz limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv.

Levofloksasin - ftorxinolon, keng ta'sir doirasiga ega bakterisid vosita. Ta'sir mexanizmi baktierial DNK replikasiyasi, transkripsiyasi, tiklanishi va rekombinasiyasi uchun zarur bo'lgan fermentlar - bakterial topoizomeraza IV va DNK-girazani (topoizomeraza II) ingibitsiya qilinishi bilan bog'liq.

Mikroblarga qarshi faolligi:

In vitro sharoitda levofloksasin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan keng mikroblarga qarshi faollik namoyish qiladi.

Levofloksasin va boshqa ftorxinolonlar orasida kesishgan rezistentlik aniqlanadi, lekin boshqa ftorxinolonlarga rezistent mikroorganizmlar, levofloksasinga sezgir.

In vitro va klinik sharoitlarda preparat quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan eng samarali:

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Enterobacter cloacae, Legionella pneumoniae, Escherichia coli, Moraxella catarrhalis, Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Haemophilus parainfluenzae, Pseudomonas aeruginosa, Klebsiella pneumoniae, Acinetobacter baumannii, Klebsiella oxytoca, Bordetella pertussis, Proteus vulgaris, Enterobacter agglomerans, Acinetobacter calcoaceticus, Morganell morganii, Citrobacter diversus, Providencia rettgeri, Citrobacter freundi, Providencia stuartii, Enterobacter aerogenes, Pseudomonas fluorescens, Enterobacter sakazakii, Serratia marcescens.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis (ko'pchilik turlari o'rtacha sezuvchanlikka ega), Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir turlari), Staphylococcus epidermidis (shu jumladan penisillinga rezistent shtammlari), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Viridans group streptococci.

Anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfringens.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumoniae, Chlamydia trachomatis, Mycoplasma pneumoniae, Mycoplasma hominis, Ureaplasma urealyticum, Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Ricketsia spp.

maxLevofloksasinning farmakokinetikasi bir tekis xarakterga ega. 500 mg preparat vena ichiga infuziya qilinganidan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyasiga 60 minut davomida erishiladi va 6,2 mkg/ml ni tashkil qiladi. Maksimal kontsentrasiyasiga (T) erishish vaqti 1,0±0,1 soatni, yarim chiqarilish davri (T1/2) - 6,4±0,7 soatni tashkil qiladi. Vena ichiga bir marta va ko'p marta yuborilganida taxminiy taqsimlanish hajmi shu doza yuborilganidan keyin 89-112 l ni tashkil qiladi.

Organizmning to'qimalari va suyuqliklariga: o'pka, bronxlar shilliq qavati, siydik-jinsiy tizimi a'zolari, suyak to'qimasi, balg'am, orqa miya suyuqligi; leykositlar, makrofaglarga yaxshi kiradi. Levofloksasinning o'pka to'qimasidagi kontsentrasiyasi qon plazmasidagiga qaraganda 2-5 marta yuqori. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi - 30-40%. 500 mg levofloksasin sutkada 2 marta yuborilganidagina ahamiyatsiz to'planishi aniqlanadi.

Buyrak klirensi umumiy klirensining 70% ni tashkil qiladi.

Preparat qisman metabolizmga uchraydi. Jigarda katta bo'lmagan qismi oksidlanadi va/yoki dezatsetilizasiyaga uchraydi. Asosan kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiyasi yo'li bilan buyraklar orqali chiqariladi. O'zgarmagan xolda buyraklar orqali 24 soat davomida taxminan 70% va 48 soatda - 87% chiqariladi; faol bo'lmagan metabolitlari ko'rinishida 5% dan kamrog'i 48 soat davomida chiqariladi.

Alohida guruh bemorlar:

Buyrak etishmovchiligi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda levofloksasinning plazmadan yarim chiqarilish davri oshgan, bu holat to'planishdan saqlanish uchun dozaga tuzatish kiritishni talab qiladi. Levofloksasin organizmdan gemodializ yoki davomli ambulator peritoneal dializ yo'li bilan chiqarilmaydi.

Jigar etishmovchiligi. Jigar funktsiyasini buzilishi levofloksasinning metabolizmiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, anoreksiya, abdominal og'riqlar, soxtamembranoz kolit, "jigar" transaminazalari faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, gepatit, disbakterioz.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, qon tomiri kollapsi, QT intervalini uzayishi, taxikardiya, juda kam hollarda - hilpillovchi aritmiya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: gipokaliemiya (ishtaxani oshishi, ko'p terlash, asabiylik, qaltirash).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, kuchsizlik, uyquchanlik, uyqusizlik, paresteziyalar, tremor, xavotirlik, qo'rquv, gallyusinasiyalar, ongni chalkashishi, depressiya, xarakat buzilishlari, tirishishlar.

Sezgi a'zolari tomonidan: ko'rish, eshitish, xid sezish, ta'm va taktil sezuvchanlikni buzilishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya, paylarni uzilishi, mushak kuchsizligi, rabdomioliz, tendinit.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, interstisial nefrit, o'tkir buyrak etishmovchiligi.

Qon yaratish a'zolari tomonidan: eozinofiliya, gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, agranulositoz, trombositopeniya, pantsitopeniya, gemorragiyalar.

Allergik reaktsiyalar: qichishish, terining giperemiyasi, teri va shilliq qavatlarni shishi, eshakemi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), bronxospazm, bo'g'ilish, anafilaktik shok, allergik pnevmonit, vaskulit.

Mahalliy: og'riq, yuborish joyida qizarish, flebit.

Boshqalar: porfiriyani zo'rayishi, fotosensibilizasiya, turg'un isitma, superinfektsiyani rivojlanishi kuzatilishi mumkin.



Resept bo'yicha.
Teri qoplamalarini shikastlanishidan (fotosensibilizasiya) saqlanish uchun, davolanish vaqtida quyosh va sun'iy UB-nurlanishdan saqlanish kerak.

Tendinitning belgilari paydo bo'lganida levofloksasin darxol bekor qilinadi.

Anamnezida bosh miyaning shikastlanishi (insult, og'ir jarohat) bo'lgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi mumkinligini ko'zda tutish kerak.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza etishmovchiligida gemoliz rivojlanishini xavfi oshadi.

Soxtamembranoz kolit gumon qilinganida, levofloksasinni darxol bekor qilish, bemorga esa muvofiq davolashni buyurish kerak.

Xinolonlar bilan, shu jumladan levofloksasini, davolanayotgan pasientlarda, kam xollarda tez avj oluvchi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi, xatto anafilaksiyagacha aniqlangan. Agar levofloksasin qabul qilinganidan keyin terini qichishishi yoki tez avj oluvchi o'ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo'lsa, preparat qabul qilishni to'xtatish kerak.

Garchi levofloksasin boshqa xinolonlarga qaraganda eruvchanroq bo'lsada, pasientlarda organizmning adekvat gidratasiyasini o'tkazish kerak.

Davolanish vaqtida diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'illanishdan saqlanish kerak.



Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
  • LOR-a'zolarining infektsiyalari (shu jumladan o'tkir yuqori jag'sinusiti);

  • quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (shu jumladan surunkali bronxitni zo'rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniya);

  • siydik chiqarish yo'llari va buyraklarning infektsiyalari (shu jumladan o'tkir pielonefrit);

  • jinsiy a'zolarning infektsiyalari;

  • teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari (yiringlagan ateromalar, abssess, furunkulez);

  • sepsis;

  • intraabdominal infektsiyada qo'llanadi.



Levofloksasinga, boshqa xinolonlarga yoki dori vositasining alohida komponentlariga shaxsiy o'ta yuqori sezuvchanlik; Markaziy nerv tizimini buzilishlari (tutqanoq, tserebral aterosklerozning og'ir shakli), xinolonlar bilan ilgari o'tkazilgan davolashda paylarni shikastlanishi;

homiladorlik va laktasiya davri; bolalar va 18 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda qo'llash mumkin emas.

Preparatni buyraklar funktsiyasini yondosh pasayishi bo'lishini yuqori ehtimoli tufayli, keksa yoshdagi shaxslarda, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.



Levofloksasin tsiklosporinning yarim chiqarilish davrini oshiradi.

Levofloksasinning chiqarilishini tsimetidin, probenisid va naychalar sekresiyasini bloklovchi dori vositalarining ta'siri ostida sekinlashadi.

Nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va teofillin: levofloksasin bilan birga qo'llanganida tirishishga tayyorlikni oshiradi.

K vitamini antagonistlari bir vaqtda qo'llanganida, qon ivishini nazorat qilish kerak.

Glyukokortikosteroidlar: paylarni uzilish xavfini oshiradi.

Antidiabetik preparatlar: qondagi glyukoza darajasini qat'iy nazorat qilish kerak, chunki ular levofloksasin bilan bir vaqtda ishlatilganida giper - va gipoglikemiyaning extimoli bor.

Vena ichiga yuborish uchun eritma 0,9% li natriy xloridi eritmasi, 5% li dekstroza eritmasi, 2,5% li Ringer eritmasi dekstroza bilan, parenteral oziqlantirish uchun majmuaviy eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar) bilan mutanosib.

Geparin, ishqoriy reaktsiyaga ega bo'lgan eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Vena ichiga tomchilab, sekin, 500 mg (100 ml infuzion eritma) kamida 60 minutda sutkada 1-2 marta yuboriladi.

Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda turli ko'rsatmalarda preparatning quyidagi dozalari qo'llanadi:


Ko'rsatmalar

Doza

Davomiyligi (kunlar)

1

Teri va yumshoq to'qimalarning infektsion kasalliklari

500 mg

sutkada 2 marta

7-14 kun

2

Kasalxonadan tashqari pnevmoniya

500 mg

sutkada 1-2 marta

7-14 kun

3

Surunkali bronxitni zo'rayishi

250-500 mg

sutkada 1 marta

7-10 kun

4

O'tkir yuqori jag'sinusiti

500 mg

sutkada 1 marta

10-14 kun

5

Siydik chiqarish yo'llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan o'tkir pielonefrit)

250 mg

sutkada 1 marta (kasallikni og'ir kechishida dozani oshirish mumkin)

7-10 kun

6

Siydik chiqarish yo'llarining asoratmanmagan infektsiyalari

250 mg

sutkada 1 marta

3 kun

7

Sepsis

500 mg

sutkada 1-2 marta

7-14 kun

8

Intraabdominal infektsiya

500 mg

sutkada 1 marta (anaerob floraga ta'sir qiluvchi antibakterial preparatlar bilan majmuada)

7-14 kun

Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan pasientlarda preparatni dozalash:

Dozalash tartibi

Sutkada 250 mg

Sutkada 500 mg

12 soatda 500 mg

Kreatinin klirensi

Dastlabki doza

250 mg

Dastlabki doza

500 mg

Dastlabki doza

500 mg

50-20 ml/min

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 250 mg/24 soat

Keyin 250 mg/12 soat

19-10 ml/min

Keyin 125 mg/48 soat

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 125 mg/12 soat

<10 ml/min (shu jumladan gemodializ va doimiy ambulator peritoneal dializda)

Keyin 125 mg/48 soat

Keyin 125 mg/24 soat

Keyin 125 mg 24 soat

Davolash davomiyligi kasallikning turi va kechishini og'irligiga bog'liq, maksimal davomiyligi - 14 kun. O'tkir yallig'lanish simptomlari kamayganidan va harorat normallashganidan keyin levofloksasin bilan davolash yana, eng kamida 48-72 soat davom ettiriladi. Keyin ikkala yuborish yo'lining ekvivalentligini xisobga olib, preparatni ichga qabul qilishga o'tish mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun, kreatinin klirensining past xollaridan tashqari, hollarda dozalash tartibini o'zgartirish talab qilanmaydi.



Simptomlari: ongni chalkashishi, bosh aylanishi, tirishishlar, me'da-ichak buzilishlari (masalan, ko'ngil aynishi) va shilliq qavatlarni eroziv shikastlanishi, QT intervalini uzayishi kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik, dializ samarasiz

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Solosin eritma 500mg/100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Solosin eritma 500mg/100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Solosin eritma 500mg/100ml dori vositasi East African (India) Overseas tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Solosin eritma 500mg/100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Solosin eritma 500mg/100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MEFLOSID 750mg N7
Narh: 67 800 so'mdan Batafsil
MEFLOSID infuziya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
LEFOKSIN tabletkalari 0,5mg N5
SELEVO infuziya uchun eritma 0,5% 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Abaris Healthcare PVT. LTD. Plot No.-1407-11, Vill-Rajpur, Tal-Kadi City: Rajpur, Dist: Mehsana, Gujarat State, Индия
  • Vakil: VEGAPHARM
SELEVO tabletkalari 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: «UNITED BIOTECH (P) LTD», Индия.
  • Vakil: VEGAPHARM
VELMEKS tabletkalari 750mg N5
VELMEKS tabletkalari 500mg N10
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
VELMEKS tabletkalari 250mg N10
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
LEVORIL tabletkalari 250mg N10
LEVONIK FL tabletkalari 500mg, 750mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 34 000 so'mdan Batafsil
LEVORIL inyeksiya uchun eritma 100ml 5mg/ml
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
SPIROFLOKS OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,5%
LEMOKS tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
LEVOFEKSIN ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ildong Pharmaceutical. Co., Ltd.
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
FLEKSID infuziya uchun eritma 50ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.
TAYGERON tabletkalari 750mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
TAYGERON tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TAVANIK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi Winthrop Industrie
LOTIKS tabletkalari 250mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOTIKS tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LEVORIL tabletkalari 500mg N10
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
LEVOMAK tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Macleods Pharmaceutical Ltd
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED tabletkalari 500mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 33 800 so'mdan Batafsil
LEVOKSIMED ko'z tomchilari i ushnie 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: Idol Ilac Dolum San. ve Tic. A.S., Турция по лицензии World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.,
Narh: 53 000 so'mdan Batafsil
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
LEVAKSELA infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: КРКА д.д.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ETARIV T inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
LOFEL inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левофлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
NOVOKVIK KIDS poroshok 3 g/30 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
  • Vakil: Phoenix Pharm Trade
KUASEF poroshok 1000mg+500mg N1
SITIRIV inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N5
KARBORIV kapsulalar N30
KETOFLEKS inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
GELMIZOL suspenziya 10ml N1
IROVIR S inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
SILIPIN poroshok 500 mg+1000 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: EAST AFRICAN (INDIA) OVERSEAS
NATUGEST kapsulalar 200 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
NATUGEST kapsulalar 100 mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
METOKLAST tabletkalari N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
LIKORIV FORTE sirop 225 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
LARGIKAR eritma 100 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
DISILKAP kapsulalar 250 mg+70 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
DIGIRIV konsentrat 10ml 5g/10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: East African (India) Overseas
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9