×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TERMIKON 15,0 sprey 1%

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Тербинафин
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармстандарт-Лексредства, ОАО
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- D01AE15 Тербинафин
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

LEVOMEKOL maz 40g Нижфарм, АО Rossiya
9 200 s`om dan
BEPANTEN maz 5% 100g N1 Bayer Consumer Care AG Germaniya
130 000 s`om dan
OFLOMELID maz 100g Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
DIPNOVET maz 20g Brassica Pharma Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TERMIKON 15,0 sprey 1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TERMIKON®

TERMIKON®

 

Preparatning savdo nomi: Termikon®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): terbinafin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: terbinafin gidroxloridi – 0,28125 g (terbinafinga qayta hisoblanganda) – 0,25 g.

yordamchi moddalar: kroskarmelloza (kroskarmelloza natriy), mikrokristall sellyuloza, laktoza (sut ыandi), gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), farmasevtik sanoat uchun magniy stearati, kolloid kremniy dioksidi (aerosil).

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, yassi silindrik, faskali va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi vosita.

ATX kodi: D01BA02

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Terbinafin allilaminlar guruhiga mansub, zamburug‘larga qarshi keng ta‘sir doirasiga ega. Past konsentrasiyalarda Trychophyton dermatofitlariga (T.rubrum, T.mentagrophytes, T.tonsurans, T.verrucosum, T.violaceum), Microsporumcanis, Epidermophyton floccosum, mog‘or zamburug‘lari (masalan, Aspergillus, Cladosporium, Scopulariopsis brevicalius), achitqi zamburug‘lari, asosan Candida albicans va ayrim dimorf zamburug‘larga fungisid ta‘sir ko‘rsatadi. Candida zamburug‘lari va uning miselial shakllariga zamburug‘ning turiga qarab fungisid yoki fungistatik ta‘sir ko‘rsatadi.

Terbinafin skvalen-epoksidaza fermentini ingibisiya qilish yo‘li orqali zamburug‘ning xujayra membranasining asosiy komponenti ergosterol sintezining erta bosqichini buzadi.

Peroral qo‘llanilganida Malassezia furfur chaqirgan rangbarang temiratkini davolashda samarasiz.

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi, 0,8 soatdan keyin qabul qilingan dozaning yarmi so‘riladi; 4,6 soatdan keyin qabul qilingan dozaning yarmi organizmda taqsimlanadi. 250 mg bir martalik doza qabul qilinganidan 1-2 soatdan keyin preparatning plazmadagi maksimal konsentrasiyasi 0,97 mkg/ml ga yetadi. Biokiraolishligi 80% ni tashkil etadi. Ovqat qabul qilish terbinafinning biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Terbinafin plazma oqsillari bilan jadal (99%) bog‘lanadi, to‘qimalarda tez tarqaladi, terining dermal qavati va tirnoq plastinkalariga kiradi. Yog‘ bezlari sekretiga o‘tadi va soch follikullarida, sochlarda, teri va teri osti kletchatkasida yuqori konsentrasiyalarda to‘planadi.

Yarim chiqarilish davri 16-18 soat, terminal fazada yarim chiqarilish davri – 200-400 soatni tashkil etadi.

Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlarigacha biotransformasiyaga uchraydi; qabul qilingan dozaning 80% metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan, qolgan qismi (22%) – axlat massalari bilan chiqariladi. Organizmda to‘planmaydi. Bemorlarning yoshi terbinafinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi, ammo buyrak yoki jigar shikastlanishida qonda terbinafinning yuqori konsentrasiyalariga olib kelib, chiqarilishi pasayishi mumkin.

Ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Boshning sochli qismi mikozlari (trixofitiya, mikrosporiya).

Trychophyton (T.rubrum, mentagrophytes, verrucosum, violaceum), Microsporum (M. canis, M.gypseum) va Epidermophyton floccosum chaqirgan teri va tirnoq mikozlari.

Onixomikozlar.

Tizimli davolashni talab etuvchi tana va qo‘l-oyoqning silliq terisini og‘ir, tarqalgan dermatomikozlari.

Teri va shilliq qavatlar kandidozini davolashda qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Davolash kursi davomiyligi va dozalash individual ravishda belgilanadi va jarayonni joylashishi va kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.

Kattalarga:

Odatdagi doza: 250 mg (1 tabletka) kuniga 1 marta buyuriladi.

Onixomikozlar: davolash davomiyligi taxminan 6-12 haftani tashkil qiladi. Qo‘l kafti va oyoq panjasi barmoqlarining tirnoqlarini (oyoq panjasining katta barmog‘idan tashqari) shikastlanishida yoki bemor yosh bo‘lsa davolash kursi 12 haftadan kamroq bo‘lishi mumkin. Oyoq panjasining katta barmog‘i infeksiyasida odatda 3-oylik davolash kursi yetarli bo‘ladi. Kam hollarda tirnoqni o‘sishi tezligi pasayganda 6 oy va undan ko‘proqqacha davolash talab etilishi mumkin.

Terining zamburug‘li infeksiyalari: infeksiya barmoqlar orasida, oyoqning kaftida yoki “paypoq” turdagi joylashishida davolash davomiyligi 2-6 haftani, tananing boshqa sohalari mikozlarida: boldirda – 2-4 haftani, tanada – 4 haftani; Candida chaqirgan mikozlarda – 2-4 haftani; Microsporum sanis chaqirgan mikozlarda – 4 haftadan ko‘proqni tashkil etadi.

Bolalarga: odatda 125 mg (1/2 tabletka) buyuriladi. Boshning sochli qismi mikozlarini davolash davomiyligi taxminan 4 haftani tashkil etadi, Microsporum sanis tomonidan shikastlanganda – uzoq vaqtni tashkil etishi mumkin.

Tana vazni 20 kg dan 40 kg gacha bo‘lgan bolalarga – 125 mg sutkada 1 marta.

Tana vazni 20 kg dan ortiq bolalarga – 250 mg sutkada 1 marta.

Keksa bemorlarga preparat kattalarga buyuriladigan dozada buyuriladi.

Jigar va/yoki buyrak funksiyasini yaqqol buzilishlarida (kreatinin klirensi <50 ml/min yoki qonda kreatinin konsentrasiyasi 300 mkmol/l dan oshiq): 125 mg sutkada 1 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dispeptik buzilishlar (ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, diareya, me‘dada to‘lish hissi, qorinda og‘riq); teri allergik reaksiyalari (eshakemi, toshma); mushak-skelet reaksiyalari (artralgiya, mialgiya), tizimli qizil yugurik kechishini og‘irlashishi.

Ta‘m bilishni buzilishi, shu jumladan ta‘m bilishni yo‘qolishi (davolash to‘xtatilganidan keyin bir necha hafta davomida tiklanadi).

Juda kam hollarda: gepatobiliar buzilishlar (xolestatik sariqlik), xafli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktoid reaksiyalar, agranulositoz yoki trombositopeniya, neytropeniya, limfopeniya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik; 3 yoshgacha va tana vazni 20 kg gacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun), emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, alkogolizm, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi, o‘smalar, moddalar almashinuvi kasalliklari, qo‘l-oyoq qon-tomirlarini okklyuzion kasalliklarida.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

CYP2D6 izofementini susaytiradi va trisiklik antidepressantlar va serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv blokatorlari (masalan, dezipramin, fluvoksamin), β1-blokatorlar (metoprolol, propranolol), aritmiyaga qarshi vositalar (flekainid, proavfenon), MAO-V-ingibitorlari (selegilin) va antipsixotik vositalar (masalan, xlorpromazin, galoperidol) kabi preparatlarning metabolizmiga to‘sqinlik qiladi.

Dori preparatlari – CYP450 induktorlari (masalan, rifampisin) terbinafinni organizmdan chiqarilishini tezlashtirishi mumkin.

Dori preparatlari – CYP450 ingibitorlari (masalan, simetidin) terbinafinning metabolizmi va organizmdan chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin. Ushbu preparatlarni bir vaqtda qo‘llanilganida terbinafinning dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin.

Terbinafin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qabul qilinganida hayz sikli buzilishi mumkin.

Kofeinning klirensini 21% pasaytiradi va uning yarim parchalanish vaqtini 31% ga uzaytiradi.

Fenazon, digoksin, varfarinning klirensiga ta‘sir qilmaydi.

Etanol yoki gepatotoksik ta‘sirga ega preparatlar bilan birga qo‘llanilganida jigarni dori vositasi ta‘sirida shikastlanishini rivojlanishi xavfi paydo bo‘ladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Terbinafinni muntazam qo‘llamaslik yoki davolashni muddatidan oldin to‘xtatish kasallikni qaytalanishiga olib kelishi mumkin.

Davolash davomiyligiga yondosh kasalliklarni mavjudligi, davolash kursining boshida tirnoqlarning holati kabi omillar ta‘sir qilishi mumkin.

Agar 2 hafta davolashdan keyin holatni yaxshilanishi kuzatilmasa, kasallik qo‘zg‘atuvchisini va uning preparatga sezgirligini takroran aniqlash kerak.

Onixomikozda faqat ko‘pchilik tirnoqlarni butunlay shikastlanishi, qqol tirnoq osti giperkeratozini mavjudligi, avvalgi mahalliy davolashni samarasizligidagina tizimli qo‘llash sabab bo‘lishi mumkin.

Onixomikozni davolashda klinik javob odatda mikologik sog‘ayish va davolash kursi tugaganidan bir necha oydan keyin kuzatiladi, bu sog‘lom tirnoqni o‘sish tezligi bilan bog‘liq. Kaft onixomikozini davolashda 3 hafta davomida va panja onixomikozini davolashda 6 hafta davomida tirnoq plastinkasini olib tashlash talab etilmaydi.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan kam yoki qonda kreatinin 300 mkmol/l dan oshiq), jigar faoliyatini buzilishida terbinafinning dozasini ikki marta kamaytirish kerak.

Jigar kasalligida terbinafinning klirensi pasayishi mumkin.

Jigar funksiyasi pasayishida kattalar uchun dozaning yarmi buyuriladi. Davolash vaqtida qon zardobida jigar transaminazalar darajasini nazorat qilish kerak. Kam hollarda davolashdan 3 oydan keyin xolestaz va gepatit paydo bo‘lishi mumkin. Jigar funksiyasini buzilishining belgilari (holsizlik, o‘tib ketuvchi ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, sariqlik, siydikni to‘q rangga bo‘yalishi yoki axlatni rangsizlanishi) paydo bo‘lganida praparatni bekor qilish kerak.

Psoriazi bo‘lgan bemorlarga terbinafinni buyurish yuqori ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki juda kam hollarda terbinafin psoriazni zo‘rayishini chaqirishi mumkin.

Terbinafin bilan davolaganda kiyim va poyafzal orqali takroran infeksiyalanishni oldini olish uchun umumiy gigiena qoidalariga rioya qilish kerak. Davolash jarayonida (2 haftadan keyin) va davolash so‘ngida poyafzal, noski va paypoqlarni zamburug‘larga qarshi ishlov berish kerak.

Homiladorlik va laktasiya

Terbinafinni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, uni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Terbinafin ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun uni emizish davrida buyurish mumkin emas.

Avtomobil va harakatdagi mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Terbinafin avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, qorinning pastki qismida, epigastral sohada og‘riq.

Davolash: me‘dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish va/yoki simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 250 mg dan. 7 yoki 10 tabletka polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 3 yoki 4 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TERMIKON 15,0 sprey 1% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TERMIKON 15,0 sprey 1% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TERMIKON 15,0 sprey 1% dori vositasi Фармстандарт-Лексредства, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TERMIKON 15,0 sprey 1% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TERMIKON 15,0 sprey 1% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
BINAFIN tabletkalari 250mg N14
Narh: 53 900 so'mdan Batafsil
BINAFIN krem 10g 1%
Narh: 32 800 so'mdan Batafsil
TERBIZID krem 1% 10g
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN sprey 30ml 1%
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
TERBIZIL krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
TERBIZIL tabletkalari 250mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
LAMIZIL DERM gel 15g 1%
KLATERBIN gel 15g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Yuocare Pharmaceutical Group Co., Ltd
TERBIZIL tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
TERFALIN (MIKOKYUR) sprey 30ml 1%
KLATERBIN gel 10g
  • Ishlab chiqarilish joyi: XXR
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Yuocare Pharmaceutical Group Co., Ltd
AKRISIL krem 10g 1%
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
ERBINOL tabletkalari 250mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
ERBINOL sprey 20ml 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ERBINOL krem 20g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaç San. ve Tic. А.Ş.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 55 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN krem 15g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 58 000 so'mdan Batafsil
TERFALIN tabletkalari 250mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
FUNGOTERBIN krem 15g 1%
BINAFIN tabletkalari 500mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Шрея Лайф Саенсиз Пвт Лтд
LAMIZIL krem 15g 1%
Narh: 98 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
Narh: 690 so'mdan Batafsil
VIKASOL tabletkalari 15mg N20
Narh: 2 500 so'mdan Batafsil
TETURAM tabletkalari 150mg N30
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
SITRAMON P tabletkalari N20
Narh: 4 907 so'mdan Batafsil
KOFISIL — PLYUS tabletkalari N10
ASKOFEN P tabletkalari N20
BLOKTRAN tabletkalari 50mg N30
ASKOFEN P tabletkalari N10
UGOL AKTIVIROVANNIY 0,25 tabletkalari 0,25g N50
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 200g 120mg/5ml
PARASETAMOL DETSKIY suspenziya 100g 120mg/5ml
PARASETAMOL 0,5 tabletkalari 0,5g N20
BROMGEKSIN 0,008 tabletkalari N20
SEDALIT 0,3 tabletkalari 0,3g N50
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N6
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N10
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N20
ARTROZAN tabletkalari 15 mg N10
ASVITOL tabletkalari 25mg N10
Другие формы препарата
TERMIKON 15,0 krem 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Тербинафин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ЛЕККО ЗАО
TERMIKON 0,25 tabletkalari N28
TERMIKON 0,25 tabletkalari N14
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9