×
×
  • TRIVALUMEN kapsulalar  N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

TRIVALUMEN kapsulalar N20

Kategoriya:
- Uyqu dorisi va sedativlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- N05CM
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

50 400 s`om dan
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
4 200 s`om dan
GALOPERIDOL tabletkalari 5mg N50 Rusan Pharma Ltd Hindiston
VALERIANI nastoyka 40ml Ziyo Nur Farm ЧП O'zbekiston
5 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
TRIVALUMEN kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

TRIVALUMEN

TRIVALUMEN

 

Preparatning savdo nomi: Trivalumen

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): trivalumen

Dori shakli: kapsulalar.

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: valeriana ildizlari (Radices Valerianae), qalampir yalpiz barglari (Folia Menthae Piperitae), uchbarg barglari (Folia Menyanthidis Trifoliatae), qumloq qubbalari (Strobili lupuli) ning aralashmalarini (quruq ekstrakti (ekstragent-suv)) (1:2:2:1) nisbatda quruq moddaga qayta hisoblaganda – 356 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy stearati.

№0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsula: xinolin sarig‘i (Ye104), sariq shafaq FCF (Ye 110), patentlangan ko‘k V (Ye131), brilliant qorasi BN (qora PN) (Ye 151) bo‘yovchilari, titan dioksidi (Ye151), jelatin.

Ta‘rifi: yashil qopqoqchali va sariq rangli korpusga ega qattiq jelatin kapsulalar.

Kapsula ichidagisi – och-jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangligacha bo‘lgan kukun yoki granulalar yoki ustuncha ko‘rinishida shakllangan xushbo‘y hidli massa.

Farmakoterapevtik guruhi: Uxlatuvchi va sedativ vositalar.

ATX kodi: N05CM

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Trivalumen – o‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat bo‘lib, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining sinergik xususiyatlari bilan bog‘liq. Valerianada saqlanuvchi borneol va izovalerian kislotasining murakkab efirlari, markaziy nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, ruxiy zo‘riqishda kuchlanish va ta‘sirchanlikni pasaytiradi, sedativ, uxlatuvchi, spazmolitik xususiyatlar namoyon etadi, o‘t haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, me‘da-ichak yo‘llari shilliq qavati bezlarining sekretor faolligini kuchaytiradi, yurak ritmini sekinlashtiradi, yurakning koronar qon tomirlarini kengaytiradi.

Qumloq qubbalarining faolligi efir moyi va achchiq moddalar (gumulon, lupulon va alifatik terpentin spirtlarini) saqlovchi achchiq smola, fitonsid moddalar, V guruhi va S vitaminlari, tokoferollar va esterogen ta‘sir ko‘rsatuvchi moddalar bilan bog‘liqdir. Ular ishtahani qo‘zg‘atadi, safro ajralib chiqishini yaxshilaydi, siydik haydovchi ta‘sir ko‘rsatadi, qo‘zg‘alish va uyqusizlik holatlarida tinchlantiruvchi ta‘sir qiladi, yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi xususiyatlarni namoyon etadi.

Qalampir yalpizning farmakologik samarasi asosan, mentol, shuningdek terpenlar, taninlar, achchiq modda va organik kislotalar bilan bog‘liq. Qalampir yalpizning komponentlari og‘riq qoldiruvchi, burishtiruvchi, yallig‘lanishga qarshi samaralarni namoyon etadi; ko‘ngil aynishi ko‘rinishlarini  kamaytiradi, me‘da-ichak yo‘llarining bezlari va jigarning sekresiyasini yengil rag‘batlantiradi, ishtahani oshiradi, ichakning motorikasini normallashtiradi.

Uchbarg achchiq glikozidli birikmalar, flavonoidlar borligi hisobiga, me‘da-ichak sekresiyasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi, ishtahani qo‘zg‘atadi, ichak motorikasini normallashtiradi, antigipoksik va antioksidant samara ko‘rsatadi.

Preparat qaramlik chaqirmaydi, psixomotor funksiyani susaytirmaydi, ish qobiliyatini yomonlashtirmaydi.

Farmakokinetikasi

O‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Nerv va aqliy o‘ta toliqish oqibatidagi uyqusizlik; taxikardiya, kardialgiya va arterial gipertenziya bilan kechuvchi neyrosirkulyator distoniya; ishtahani pasayishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan kuniga 2-3 marta; uyqusizlikning boshlang‘ich shaklida – 1 kapsuladan uyqudan 1-1,5 soat oldin buyuriladi.

Davolash davomiyligi 7-15 kunni tashkil qiladi. Davolash kursini 10 kundan keyin (shifokor maslahatidan keyin) takrorlash mumkin.

Bolalar. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparat qo‘llanmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, lohaslik, uyquchanlik, emosial reksiyalarni susayishi, depressiya, umumiy xolsizlik, ish qobiliyatini, diqqatni jamlashni pasayishi; ayrim hollarda – ruxiy qo‘zg‘alish, xavotirlik, uyqusizlik.

Yurak-qon tomir tizimi: arterial gipertenziya, to‘sh ortida bosilish hissi, yurakda og‘riq, yurak ritmini buzilishi (shu jumladan bradikardiya, taxikardiya), qon quyilishlari.

Ovqat hazm qilish tizimi: jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, abdominal spazmlar, dispeptik ko‘rinishlar, ovqat hazm qilish jarayonlarini susayishi, diareya.

Gepatobiliar tizimi: gepatotoksiklik ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin.

Immun tizimi: allergik reaksiyalar, jumladan teri toshmalari, qichishish, eshakemi, giperemiya, shishlar, hansirash, bronxial astma kuzatilishi mumkin.

Nojo‘ya reaksiyalari juda kam hollarda paydo bo‘ladi va qaytuvchan bo‘lib, odatda preparat uzoq muddat qo‘llanganida va tavsiya qilingan dozalar ancha oshirib yuborilganda  rivojlanadi.

Har qanday noxush ko‘rinishlar paydo bo‘lgan hollarda, pasient preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va albatta shifokorga murojaat qilishi kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • arterial gipotenziya;
  • depressiv holatlar, uyquchanlik;
  • o‘t-tosh kasalligi, xolangitlar, jigar funksiyasini yaqqol buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat uxlatuvchi preparatlar, spazmolitiklar, markaziy ta‘sirga ega gipotenziv preparatlar, trankvilizatorlar, neyroleptiklar, alkogol, nootrop vositalar, analgetik preparatlar, narkoz vositalari, kuraresimon miorelaksantlarning ta‘sirini potensiyalashi mumkin. Sintetik sedativ preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tavsiya qilingan dozalarini oshirish mumkin emas.

Preparatni jigar funksiyasini og‘ir buzilishlar bo‘lgan yoki o‘tmishda jigar og‘ir kasalliklarni o‘tkazgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Preparatning tarkibiga qalampir yalpiz kirishi tufayli, gastroezofagal reflyuksi, axlorgidriyasi, diafragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi bo‘lgan pasientlar, kasallikning simptomlarini kuchayishi mumkinligi tufayli, preparatni qo‘llashdan saqlanishlari kerak. Bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparatning tarkibiga kiruvchi valeriana, o‘rtacha depressiv samara ko‘rsatishi mumkin, shuning uchun Trivalumenni uxlatuvchi, boshqa sedativ vositalar, alkogol bilan, samarasi potensiyalanishi mumkinligi tufayli, birga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Tabletkalarning tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun preparatni galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan tug‘ma shakllari bo‘lgan, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktozani kam so‘rilish sindromi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

Preparatning tarkibida allergik reaksiyalar, shu jumladan bronxial astma chaqirishi mumkin bo‘lgan sariq shafaq FCF (Ye 110) bo‘yovchisi saqlaydi. Asetilsalisil kislotasiga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda allergiya xavfi yuqoriroq bo‘ladi.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.

Emizikli ayollarda preparatni qabul qilish zarurati bo‘lganida, davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Preparatni qo‘llaganda avtotransportni boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xolsizlik, lohaslik, tormozlanish, bosh aylanishi, kuchli toliqish, diqqatni jamlanishining pasayishi, sedativ samaralarni kuchayishi, tushkunlik xolati, abdominal spazmlar, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, midriaz, eshitish va ko‘rish o‘tkirligini pasayishi, qo‘l-oyoqlarning tremori, to‘sh ortida bosilish xissi, taxikardiya/bradikardiya, arterial bosimni pasayishi. Ko‘rsatilgan reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan blisterda; 2 blisterdan kutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

TRIVALUMEN kapsulalar N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
TRIVALUMEN kapsulalar N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
TRIVALUMEN kapsulalar N20 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
TRIVALUMEN kapsulalar N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
TRIVALUMEN kapsulalar N20 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9