×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNIGRIPP tabletkalari N4

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Unicure (India) Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
ANDIPAL tabletkalari N10 Ирбитский ХФЗ,ОАО Rossiya Federatsiyasi
3 300 s`om dan
TAIKOLD S AROMATOM poroshok so vkusom malini N10 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNIGRIPP tabletkalari N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YUNIGRIPP

UNIGRIPR

 

Preparatning savdo nomi: Yunigripp

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati, kofein.

Dori shakli: tabletkalar.

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500,0 mg, kofein benzoati – 30,0 mg, fenilefrin gidroxloridi – 5,0 mg, xlorfeniramin maleati 2,0 mg.

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kalsiy digidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilparagidroksibenzoati, magniy stearati, gidroksipropilmetilsellyuloza, talk, aerosil, natriy kraxmalglikolyati, natriy kroskarmelloza, Xinolin sariq W.S.Supra bo‘yovchisi.

Ta‘rifi: sariq rangli, cho‘ziq, ikki tomoni qavariq, yuzasi g‘adir-budur, qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘tkir respirator kasalliklar va shamollash simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02BE51

Farmakologik xususiyatlari

Parasetamol og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir mexanizmi, asosan gipotalamusdagi termoregulyasiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibisiya qilish bilan bog‘liq. Parasetamolning isitmani tushiruvchi ta‘siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq, buning natijasida qon-tomirlarning kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, issiqlikning chiqarilishi kuchayadi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, qon-tomirlarning a-adrenoreseptorlari stimulyatori hisoblanadi, yurakdagi b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini va arterial bosimni oshishini chaqiradi. Ko‘z qorachig‘ini kengaytiradi va glaukomada ko‘z ichki bosimini pasaytirishi mumkin. Preparatning midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kam davom etadi. Nafas olish yo‘llari shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, qon-tomirlarning torayishini chaqiradi. Bu esa yallig‘lanish natijasidagi burun yo‘llari shilliq qavati shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – gistaminning N1-reseptorlari antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistamin ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) bartaraf qiladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa uning ta‘sir samarasini yo‘qotmaydi. Preparat tarkibida u qo‘shimcha burunning bitib qolishini, tumovni va aksirishni kamayishini ta‘minlaydi.

Kofein charchoqlikni va uyquchanlikni kamaytirishga, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshirishga olib keluvchi markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasiga 30-90 minut o‘tgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha to‘qimalariga kiradi, yo‘ldosh orqali oson o‘tadi va ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo to‘planganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha o‘zgaradi. Jigar faoliyati buzilganida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda to‘planishiga olib keladi.

Ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tish hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida fenilefrin gidroxloridining biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda yuz beradi. Buyrak orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati ichga qabul qilinganidan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi – yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri – 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Kofein ichga qabul qilinganidan so‘ng tez so‘riladi va organizmga yaxshi taqsimlanadi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyaga bir soatdan so‘ng erishiladi, yarim chiqarilish davri 3,5 soatni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Tumov, burunni bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Bolalarga: 6 yoshdan 12 yoshgacha 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta buyuriladi.

Kattalarga: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam holatlarda allergik reaksiyalar (teri toshmasi, eritema, eshakemi), shuningdek bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta‘sirchanlik, ko‘ngil aynishi, og‘iz qurishi kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik, laktasiya davri;
  • bolalar (6 yoshgacha) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiq burchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bez kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.

Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Parasetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Guanitidinning gipotenziv ta‘sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimulyasiyalovchi faolligini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni boshqa parasetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bilan davolash davrida jigar, buyrak faoliyatini va periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.

Nojo‘ya samaralarini hisobga olib, transport vositalarini boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alishlar, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qusish.

Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

4 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNIGRIPP tabletkalari N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNIGRIPP tabletkalari N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNIGRIPP tabletkalari N4 dori vositasi Unicure (India) Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNIGRIPP tabletkalari N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNIGRIPP tabletkalari N4 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FLUSTOP tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sharq Darmon MChJ
YUNIGRIPP tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RINIKOLD tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shreya Life Sciences Pvt. Ltd.
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
RINZA tabletkalari N10
KOLDFRI tabletkalari N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medley Pharmaceuticals Limited
KOLDFRI tabletkalari N9
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALKOR tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
YUNIGRIPP tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Фенилэфрин, Кофеин, Хлорфенамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
PROLARJ granuli so vkusom limona 5g N10
NORMODOKS tabletkalari N30
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
KALKOR tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
NORMODOKS tabletkalari N100
YUNIMEF T tabletkalari N100
YUNIVIT M tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
SAKLECh tabletkalari 500mg 1 mg+500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RANIKUR 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RAMEGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
DABLECh tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9