×
×
  • YUNIVIT M tabletkalari N30

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

YUNIVIT M tabletkalari N30

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Unicure (India) Pvt. Ltd.
ATX kodi:
- B03AD
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FERROKAL sirop 200ml Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
290 000 s`om dan
FENOTEK kapsulalar N20 Rusan Pharma LTD Hindiston
30 200 s`om dan
MEGAFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5 Surge Laboratories (Pvt.) Ltd Pokiston
145 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
YUNIVIT M tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

YUNIVIT-M

UNIVITYe-M

 

Preparatning savdo nomi: Yunivit-M

Ta‘sir etuvchi moddalar: A vitamini, tiamin gidroxloridi, riboflavin, piridoksin gidroxloridi, xolekalsiferol, askorbin kislotasi, α-tokoferilasetat, folat kislotasi, kalsiy karbonati, temir fumarati.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

A Vitamini (Retinol asetati)                                   1500 XB

Tiamin gidroxloridi (V1 Vitamini)                     1,5 mg

Riboflavin (V2 Vitamin )                                        1,7 mg

Piridoksin gidroxloridi (V6 Vitamini )            2,6 mg

Xolekalsiferol (D3 Vitamini)                            200 XB

Sianokobalamin (V12 Vitamini)                             4,0 mkg

Askorbin kislotasi                                                  75,0mg

α-Tokoferilasetat  (Ye  Vitamini )                         10 XB

Folat kislotasi (V9 Vitamini)                               400 mkg

Kalsiy karbonati                                                    100 mg

Temir fumarati                                                         100 mg

Yordamchi moddalar: rux oksidi, dinatriy editati, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy metilparagidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, gidroksipropilmetilsellyuloza, talk, magniy stearati, natriy kraxmalglikolati, aerosil, mochevina, titan dioksidi, temir (III) oksidi, PEG-6000.

Ta‘rifi: Dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-jigarrang rangli tabletklar.

Farmakoterapevtik guruhi: Polivitaminlar.

ATX kodi: A11AA

 

Farmakologik xususiyatlari

Yunivit-M – ko‘p vitaminli majmuaviy preparat bo‘lib, ta‘siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning samarasi bilan bog‘liq.

Vitaminlar biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning katalizatori va boshqaruvchisi sifatida moddalar almashinuvida ishtirok etadi.

A vitamini oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida, oqsillar sintezini boshqaruvida ishtirok etadi, hujayra va subhujayra membranalarining faoliyatini, moddalar almashinuvini normal kechishiga yordam beradi; yangi hujayralarning o‘sishi uchun zarur, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Ye vitamini antioksidant modda bo‘lib, hujayralarni shikastlanish va qarishidan himoya qiladi, erkin radikallar hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, mushak faoliyati va jinsiy bezlar faoliyatini rag‘batlantiradi. Hujayralararo modda, biriktiruvchi to‘qimaning tolalari, qon-tomirlar va ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklarining shakllanishida ishtirok etadi.

D3 vitamini kalsiy bog‘lovchi oqsillar sintezini rag‘batlantirib, kalsiyni ingichka ichakda so‘rilishini oshiradi, kalsiyni buyrak naychalaridan qayta so‘rilishini oshiradi.

D3 vitamini I tur kollagen va matrisa oqsillari sintezini oshirish yo‘li bilan osteoblastlar sintezini faollashtirishi yordamida, suyak to‘qimasini qayta modellanish jarayonlarini faollashtiradi. Qalqonsimon bezi, qalqonsimon bezi oldi bezlari va jinsiy bezlarning funksional holatiga ta‘sir qiladi, skelet suyaklarining kalsifikasiyasini ta‘minlaydi.

S vitamini kuchli tiklovchi xususiyatlarga ega, xususan, atrof-muhitning toksik moddalarini zararsizlantiruvchi fermentlarni tiklaydi. Kollagen (qon-tomirlar, paylar, bog‘lamlar va suyaklarning struktur komponentlaridan biri) sintezi uchun, yog‘larni hazm bo‘lishiga xizmat qiluvchi, shuningdek peristaltikani kuchaytiruvchi xolesterinni yog‘ kislotalariga aylantirish uchun zarur.

V1 vitamini organizmning o‘sishi va rivojlanishiga yordam beruvchi hujayra energetikidir, aqliy va jismoniy ish qobiliyatni oshiradi, detoksikasion ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek nerv to‘qimasining metabolizmini yaxshilaydi. Tiamin uglevodlar va energiya almashinuvida, ayniqsa nerv va mushak to‘qimalarida muhim rol o‘ynovchi qator fermentlarning kofermentlarini qurilishida ishtirok etadi. Tiamin yetishmovchiligi beri-beri (spesifik polinevrit) va Vernike (polinevrik psixoz) sindromlarining rivojlanishiga olib keladi.

V6 vitamini aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, qondagi glyukoza miqdorini boshqaradi, qalqonsimon bezi, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlarning faoliyatini normallashtiradi, miya to‘qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, nerv tizimini mustahkamlaydi, antidepressant hisoblanadi.

V12 vitamini immunitetni rag‘batlantiruvchi, allergiyaga qarshi, antiaterosklerotik ta‘sirga ega, arterial qon bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimasi strukturasini tiklaydi, reproduktiv faoliyatni yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. V12 vitamini turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, nerv tizimi, jigar faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, uglevodlarlar va lipid almashinuvi, qon ivish jarayonlarini faollashtiradi.

V2 vitamini hujayra nafasi va ko‘rish jarayonlarining muhim katalizatoridir. Riboflavin oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarib, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi. DNK shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, gemoglobin sintezida ishtirok etadi, to‘qimalar regenerasiyasi jarayonlariga (shu jumladan, teri hujayralari), hujayralarda trofik buzilishlarni to‘g‘rilanishiga yordam beradi.

V9 vitamini o‘sish, rivojlanish va hujayralar proliferasiyasi, hususan, qon hosil bo‘lishi va embriogenez jarayonlarini normal kechishi uchun zarur, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi, me‘dada xlorid kislotasini hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi.

Folat kislotasi eritropoezni rag‘batlantiradi

Kalsiy karbonati – kalsiy ionlari nerv impulslarining o‘tkazilishida, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokardning faoliyatida, qonning ivishida qatnashadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va a‘zolarni faoliyati uchun zarur.

Temir fumarati – temir gemoglobin molekulasini tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda kislorodning tashilishida ishtirok etadi, shuningdek anemiyaning rivojlanishini oldini oladi.

Qo‘llanilishi

  • avitaminoz va gipovitaminozlarni oldini olishda;
  • yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;
  • moddalar almashinuv jarayonlarini normallashtirishda;
  • o‘tkazilgan kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;
  • organizmning infeksion va shamollash kasalliklariga qarshiligini oshirish uchun qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Yunivit-M ertalabki nonushtadan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkada 1 tabletkadan qabul qilish tavsiya etiladi. Tabletkani butunligicha oz miqdordagi suv bilan yutish kerak. Preparatni qabul qilish kursi 20 kunni tashkil etadi. Shifokor tavsiyasiga ko‘ra davolash kursi tanaffusdan (1-3 oydan) keyin qaytarilishi mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirmang, tasodifan yuqori dozalar kabul qilingan holda darhol shifokorga murojaat qiling.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatning tarkibidagi V6 vitamini levodopaning samaradorligini kamaytiradi.

Surgi dori vositalarining tarkibiga kiruvchi mineral moyi va kolestiramin A, D va Ye vitaminlarning o‘zlashtirishini kamaytiradi.

Ftorurasil, vinblastin, bleomisin, sisplatin A, V1 va V6 vitaminlarning o‘zlashtirilishini buzadi.

Penisillin, izoniazid V1 vitaminning chiqarilishini oshirib, uning samaradorligini pasaytiradi.

Izoniazid piridoksinning samaradorligini pasaytiradi.

Ye vitamini yurak glikozidlari, glyukokortikosteroidlar va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning samarasini kuchaytiradi.

Preparatning tarkibidagi askorbin kislotasi sulfanilamidlar guruhi mikroblarga qarshi vositalarning farmakologik va nojo‘ya ta‘sirlarini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu preparatning tarkibidagi riboflavin bilan bog‘liq, salomatlik uchun bezarar.

Yunivit-M tarkibida vitaminlar va minerallar saqlovchi boshqa preparatlar bilan birga kabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi: homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi individual xolatda shifokor tavsiya etadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan keyin qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida, preparat xatto uzoq muddat qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborilishining ko‘rinishlari kuzatilmaydi.

Sutkalik doza oshirilganida yunivit-M qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynishi, diareya, terining qizarishi va boshqa simptomlar kabi nospesifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.

Chiqarilish shakli

30 tabletkadan polimer flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi.

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

YUNIVIT M tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
YUNIVIT M tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
YUNIVIT M tabletkalari N30 dori vositasi Unicure (India) Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
YUNIVIT M tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
YUNIVIT M tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KALKOR tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
YUNIGRIPP tabletkalari N100
PROLARJ granuli so vkusom limona 5g N10
NORMODOKS tabletkalari N30
Narh: 93 000 so'mdan Batafsil
YUNIGRIPP tabletkalari N4
KALKOR tabletkalari N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
NORMODOKS tabletkalari N100
YUNIMEF T tabletkalari N100
SAKLECh tabletkalari 500mg 2 mg+500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
SAKLECh tabletkalari 500mg 1 mg+500 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RANIKUR 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
RAMEGRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
DABLECh tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Unicure (India) Pvt. Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9