Nojo'ya samaralar ko'proq ovqat hazm qilish yo'llari tomonidan namoyon bo'ladi – me'da-ichak yo'llarini eroziv-yarali shikastlanishlari, shu jumladan ultserogen ta'siri bo'lishi mumkin.
Nojo'ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini keltirilgan ko'rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).
Me'da-ichak yo'llari tomonidan: juda tez-tez – ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, jig'ildon qaynashi, dispepsiya, qorinda og'riq, melena, epigastral distress, gematemezis, meteorizm, yarali stomatitlar, me'da-ichak yo'laridan qon ketishi, gastrit; kam hollarda – peptik yara yoki me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, gepatitlar, sariqlik, qonda transaminazalarning darajasi oshishi mumkin.
Qon va limfa tizimi tomonidan: kam hollarda – trombositopeniya, trombositopenik purpura, neytropeniya; agranulositoz, aplastik anemiya yoki gemolitik anemiya, gemoglobinning darajasini qon ketishlari bilan bog'liq bo'lmagan pasayishi; leykopeniya, eozinofiliya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: kam hollarda – giperglikemiya, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – qo'zg'aluvchanlik, ko'ruv nervini nevriti, paresteziyalar, depressiyalar, asabiylik, gallyusinasiyalar (ongni chalkashishi), uyquchanlik yoki uyqusizlik, uyquni buzilishi, quloqlarni shang'illashi, lohaslik, holsizlik, kuchli toliqish; juda kam hollarda – bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Ko'rish a'zolari tomonidan: kam hollarda – ko'zni ta'sirlanishi va shishi, ko'rishni xiralashishi. Ko'rish o'tkirligini, tirqishli lampa yoki oftalmoskop yordamida tekshirilganida aniqlangan buzilish hollari bo'lmagan.
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – shishlar, hansirash, taxikardiya, yurakni urib ketishi hissi. NYAQV bilan davolash oqibatida assosiasiyalangan yurak etishmovchiligi, arterial gipertenziya bo'lishi mumkin. Yurakning funktsional buzilishlari bo'lgan keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki shishlarni ko'payishi dimlangan yurak etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. NYAQV (katta dozalarda va uzoq muddat qo'llanganida) arteriyalarning trombozini rivojlanish havfini (miokard infrakti, insult) oshirishi mumkin.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstisial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak etishmovchiligidan iborat bo'lgan nefrotoksiklik,
O'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: kam hollarda - nospesifik allergik reaktsiyalar, anafilaktik reaktsiyalar, nafas yo'llarini reaktivligi, shu jumladan bronxial astma, bronxospazm yoki dispnoe; teri tomonidan buzilishlar – toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish, bullyoz dermatit (shu jumladan, toksik epidermal nekroliz, ko'p shaklli eritema va eksfoliativ dermatit), alopesiya, fotosensibilizasiya bo'lishi mumkin.
Nojo'ya reaktsiyalardan birortasi rivojlanganida davolashni to'xtatish kerak. Nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini preparatni eng kichik samarali dozalarda qisqa vaqt davomida qo'llash bilan minimal darajada olib kelish mumkin.