FER-SUKROZ analoglari


Dori analoglarini taqqoslash FER-SUKROZ

FER-SUKROZ Venofer AVIFER
Фер-сукроз қуйидаги ҳолларда темир танқислиги ҳолатларини даволаш учун қўлланилади:
− темирнинг ўрнини тез тўлдириш зарурати бўлганда;
− перорал темир препаратларини ўзлаштиролмайдиган ёки даволаш тартибига амал қилмайдиган беморларда;
−перорал темир препаратлари самарасиз бўлганида, ичакнинг фаол яллиғланиш касалликлари бўлганида қўлланади.
Batafsil
Temir bilan peroral terapiya yetarli samara bermagan yoki bajarib bo'lmaydigan patsiyentlarda temir tanqisligi, masalan:

Peroral temir preparatlarini o'zlashtirolmaslik.

Me'da-ichak yo'llarining yallig'lanish kasalliklari (masalan, yarali kolit), ular temir bilan peroral terapiyada og'irlashishi mumkin.

Davolashga qiyin beriluvchi temir tanqisligi holatlari, ularda temir dori vositalarining peroral qabul qilinishi nosamaradorligiga gumon bo'lganda.

Venoferni faqat, agar temir preparatlarini buyurish muvofiq tadqiqotlarning natijalari bilan tasdiqlangan holdagina yuborish lozim. Ular gemoglobin darajasi, qon zardobida ferritin miqdori, transferrinni to'yinganligiga yuzasidan laborator tahlillarni o'z ichiga oladi.

Qo'llash tajribasi yo'qligi tufayli Venoferni 3 yoshgacha bolalarga tayinlash tavsiya etilmaydi.
Batafsil
-temir tanqisligi (shu jumladan, temir tanqisli va o'tkir postgemorragik kamqonlik) bo'lgan pasientlarda temir o'rnini tez to'ldirishning zarurati bo'lganida;

-ichga qabul qilish uchun temir preparatlarini o'zlashtiraolmaydigan pasientlarda;

-temir preparatlarini ichga qabul qilish imkoniyati bo'lmagan me'da-ichak yo'llarining kasalliklarida qo'llanadi.

Batafsil
Retseptli Retseptli Retseptli
Kategoriya

Kamqonlik

Kamqonlik

Virusga qarshi

Nojo'ya ta'sirlar
Фер-сукроз препаратини юбориш билан вақтинчалик ва сабаб боғлиқликка эга бўлган қуйидаги ноҳуш кўринишлар маълум. Барча симптомлар жуда кам кузатилган (ривожланиш тезлиги 0,01% дан кам ва 0,001% га тенг ёки кўп).
Нерв тизими томонидан – бош айланиши, бош оғриғи, ҳушдан кетиш, парестезиялар.
Юрак-қон томир тизими томонидан – юрак уришини хис этиш, тахикардия, артериал босимни пасайиши, коллапс ҳолати, қизиб кетиш ҳисси, юзни қизиб кетиши ҳисси, периферик шишлар.
Нафас аъзолари томонидан – бронхоспазм, ҳансираш.
Меъда-ичак йўллари томонидан – қоринда оғриқ, эпигастрал соҳада оғриқ, диарея, таъм билишни бузилиши, кўнгил айниши, қусиш.
Тери қопламлари томонидан – эритема, қичишиш, тошма, пигментацияни бузилиши, кучли терлаш.
Таянч-ҳаракат аппарати томонидан – артралгия, белда оғриқ, бўғимларни шиши, миалгия, қўл-оёқларда оғриқ.
Иммун тизими томонидан – аллергик, анафилактоид реакциялар, шу жумладан юзни шиши, ҳалқумни шиши.
Умумий характердаги бузилишлар ва юбориш жойидаги реакциялар – астения, кўкракда оғриқ, кўкракда оғирлик ҳисси, ҳолсизлик, юборилган жойда оғриқ ва шиш (айниқса препарат экстравазал юборилганда), лоҳаслик ҳисси, оқариш, тана ҳароратини ошиши, эт увишиши.
Batafsil
Venoferning klinik tadqiqotlarida dori vositalariga eng ko'p tarqalgani nojo'ya ta'sir (ADR) disgeziya bo'lgan, u 100 nafar sinaluvchilarda 4,5 hodisa tez-tezligi bilan o'rin tutgan. Boshqa tarqalgan nojo'ya samaralar 100 nafar sinaluvchiga 1 dan 2 gacha hodisa tez-tezligi bilan uchraydigan ko'ngil aynishini, gipotoniyani, gipetoniya va infuziya sohasida og'riqni o'z ichiga olgan.
Venofer bilan bog'liq eng ko'p sezilarli jiddiy nojo'ya ta'sirlar o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari bo'lgan, ular klinik sinovlar o'tkazilganda 100 nafar sinaluvchida 0,25 xolat tez-tezligi sodir bo'lgan. Zudlik bilan avj oluvchi o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktoid/anafilaktik reaktsiyalar) juda kam bo'lgan. Umuman olganda, anafilaktoid/anafilaktik reaktsiyalar juda jiddiy nojo'ya samaralar bo'lib, ular o'lim bilan yakunlanishi mumkin ("Alohida ko'rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari" bo'limiga qarang). Boshqalar orasida simptomlarga yurak-qon tomir yetishmovchiligi, gipotoniya, taxikardiya, respirator simptomlar (bronxospazm, hiqildoqni, tomoqni angionevrotik ishishi va hokazolar), abdominal simptomlar (qorin sohasidagi og'riqlar, qusish va shunga o'xshash), shuningdek teri simptomlari (eshakemi, eritema, qichishish va hokazolar) kiradi.

4.064 nafar sinovlanuvchilarda klinik tadqiqotlar o'tkazilganda Venoferni yuborish bilan bog'liq bo'lgan quyidagi nojo'ya reaktsiyalar qayd qilingan, buning natijasida sababli bog'liqlikni taxmin qilsa bo'ladi. Quyida ko'rsatilgan dori vositalarining nojo'ya reaktsiyalarning tez-tezligi - tez-tez (<1/10 dan ≥1/100 gacha), tez-tez emas (< 1/100 dan ≥1/1.000 gacha) va kam xollarda (<1/1.000 dan ≥1/10.000 gacha) sifatida tasniflanadi.

Immun tizimi tomonidan buzilish Tez-tez emas: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari. Metabolizm va oziqlanishni buzilishi

Tez-tez emas: qon zardobida ferritin darajasini oshishi.
Nerv tizimi
Tez-tez: ta'mni sub'ektiv buzilishi, bosh aylanishi.
Tez-tez emas: bosh og'rig'i, paresteziya, gipoasteziya.

Kam xollarda: hushdan ketish, uyquchanlik. Yurak tomondan buzilishlar Tez-tez emas: gipotoniya va kollaps, taxikardiya. Kam xollarda: yurakni urishb ketishi. Tomirlari tomonidan buzilishlar Tez-tez: gipotoniya, gipertoniya. Tez-tez emas: qizib ketish hissi, flebit. Respirator a'zolar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: xansirash
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: xromaturiya.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ko'ngil aynishi.
Tez-tez emas: qusish, qorindagi og'riq, ich ketishi (diareya), qabziyat
Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaz, gamma-glutamiltransferaza darajasini oshishi.
Kam xollarda: qonda laktatdegidrogenaza darajasini oshishi.
Teri va teri osti biriktiruvchi to'qimalar tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: qichishish, toshmalar. Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: mushak spazmlari, mialgiya, artralgiya, oyoq-qo'llardagi og'riqlar, orqadagi
og'riqlar.
Umumiy xaraketrdagi buzilishlar va yuborilgan joydagi reaktsiyalar Tez-tez: in'ektsiya/infuziya joyidagi reaktsiyalar).
Tez-tez emas: ko'krak qafasida og'riqlar, et uvishishi, asteniya, charchoq, periferik shishlar, og'riq.
Kam xollarda: Gipergidroz, pireksiya (isitma).
1) Olingan xabarlarga muvofiq, juda ko'p uchrab turuvchi nojo'ya reaktsiyalar quyidagilardir: og'riq, qon quyilishi, jizzakilik, reaktsiyalar, teri rangini o'zgarishi, in'ektsiya/infuziya joyida gematoma va qichishish.
Sotuv boshlagandan so'ng dori vositasi qo'llanganda quyidaginojo'ya reaktsiyalar haqida shifokorlardan mustaqil (spontan) xabarlar olingan:
Tez-tezligi noma'lum: hushni yomonlashuvi, bradikardiya, tromboflebit.
Batafsil
Hozirgi vaqtda Avifer preparatini yuborish sabab bo'lishi mumkin vaqtinchalik bo'lgan quyidagi noxush ko'rinishlari ma'lum. Hamma simptomlar juda kam kuzatilgan (paydo bo'lish tez-tezligi 0,01% dan kam va 0,001% ga teng yoki katta).

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, hushdan ketish, paresteziyalar.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, kollaptoid holat, issiqlik hissi, yuzga qonni "oqib kelishi", periferik shishlar.

Nafas a'zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta'm sezishni buzilishi, og'izda "metall" ta'mi, qorin sohasida tarqalgan og'riqlar, epigastral sohada og'riq, diareya, ko'ngil aynishi, qusish.

Teri qoplamalari tomonidan: eritema, terini qichishishi, toshma, pigmentasiyani buzilishi, ko'p terlash.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, bo'g'imlarni shishi, mialgiya, qo'l-oyoqlarda og'riq.

Immun tizimi tomonidan: allergik, anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan yuzning angionevrotik shishi, halqumni shishi.

Boshqalar: asteniya, ko'krakda og'riq, ko'krakda og'irlik hissi, xolsizlik, teri qoplamalarini oqarishi, loxaslik hissi, tana haroratini oshishi, qaltirash.

Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og'riq va shish (ayniqsa preparatni ekstravazal tushishida). Flebit, achishish hissi, gematoma.

Agarda yo'riqnomada ko'rsatilgan har qanday nojo'ya samaralari og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.

Batafsil
Narh
Qadoqda soni 5
Dozasi 5мл
Narh* 299 000 so'm

FER-SUKROZ bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni 5
Dozasi 5мл
Narh* 228 800 so'm

Venofer bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni 5
Dozasi 5мл
Narh* 240 000 so'm

AVIFER bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Mavjud qadoq turlari
  • Eritma
  • Eritma
  • Eritma
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash

Gemoglobin uchun

Anemiyadan

Gemoglobin uchun

Qon uchun

Anemiyadan

«FER-SUKROZ analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9