Sipraksol analoglari


Dori analoglarini taqqoslash Sipraksol

Sipraksol Ifitsipro Protsipro
- Tsiprofloksatsinga sezgir mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
- nafas yo'llarining infektsiyalari: pnevmoniya (pnevmokokkli pnevmoniyadan tashqari), o'tkir bronxit va surunkali bronxitni zo'rayishi, bronxoektatik kasalligi, mukovistsidoz (agar qo'zg'atuvchisi grammanfiy bakteriyalar, ayniqsa R.aeruginosa bo'lsa);
- quloq, tomoq va burun infektsiyalari: o'tkir o'rta otit, sinusit, mastoidit;
- buyrak va siydik yo'llarining infektsiyalari: siydik yo'lining yuqori va pastki bo'limlarining asoratlanmagan va asoratlangan infektsiyalari (uretrit, tsistit, pielonefrit);
- kichik chanoq a'zolari va jinsiy a'zolarning infektsiyalari (epididimit, prostatit, sal'pingit, endometrit, ooforit, nay abstsessi va pel'vioperitonit, gonoreya, yumshoq shankr, xlamidioz);
- qorin bo'shlig'i a'zolarining: peritonit, qorin pardasi ichki abstsessi; xoletsistit, xolangit (metronidazol yoki klindamitsin bilan majmuada), infektsion diareya: salmonellyoz, kampilobakterioz, iersinioz, shigellez, vabo, qorin tifi;
- teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: infektsiyalangan yaralar, infektsiyalangan jaroxatlar, abstsesslar, flegmona, tashqi eshitish yo'lining infektsiyalari, infektsiyalangan kuyishlar;
- tayanch-harakat apparatining infektsiyalari: osteomielit, septik artrit;
• Sepsis, immuniteti pasaygan bemorlardagi infektsiyalar (immunodepressantlar bilan davolash fonidagi yoki neytropeniyali patsientlarda).
• Jarrohlik aralashuvlardagi (urologik, me'da-ichak yo'llaridagi (metronidazol bilan kombinatsiyada) va ortopedik) infektsiyalarni oldini olish. 
• Kuydirgining o'pka shaklini davolash va oldini olishda qo'llaniladi.

Pediatriyada qo'llanishi:
Tsiprofloksatsinni 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda quyidagilardan tashqari boshqa infektsion kasalliklarni davolash uchun ishlatish tavsiya qilinmaydi:
- kuydirgini davolash va oldini olish (Bacillus anthracis bilan taxmin qilingan yoki insbotlangan infektsiyalanishdan keyin);
- o'pka mukovistsidozi bo'lgan 5 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalarda Pseudomonas aeruginosa tomonidan chaqirilgan asoratlarni davolashda qo'llaniladi.
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Retseptli Retseptli Retseptli
Kategoriya

Antibiotiklar

Antibiotiklar

Antibiotiklar

Nojo'ya ta'sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og'riq, meteorizm, anoreksiya, xolestatik sariqlik (ayniqsa jigar kasalliklarini o'tkazgan patsientlarda), gepatit, gepatonekroz, soxtamembranoz kolit.

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, yuqori charchoqlik, qo'zg'aluvchanlik, tirishishlar, xavotirlik, tremor, uyqusizlik, “dahshatli” tushlar ko'rish, periferik paralgeziya (og'riq sezgisini anomal his qilish), ko'p terlash, bosh miya ichki bosimini oshishi, ongni chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek psixotik reaktsiyalarning boshqa ko'rinishlari (kamdan-kam hollarda patsientni o'ziga o'zi zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatgacha bo'lgan suitsidal tendentsiyalar), migren', hushdan ketish holatlari, tserebral arteriyalarning trombozi.

Sezgi a'zolari tomonidan: ta'm va hid sezishni buzilishi, ko'rishni buzilishi (diplopiya, rang sezishni o'zgarishi), quloqlarni shang'illashi, eshitishni susayishi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni (AB) pasayishi, yuz terisiga qonni “oqib kelishi”ni hissi.

Qon yaratish tishimi tomonidan: leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leykotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (eng avvall ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, al'buminuriya, uretral qon ketishlar, buyrakning azotni chiqarish funktsiyasini pasayishi, interstitsial nefrit.

Allergik reaktsiyalar: terini qichishish, eshakemi, qon ketishlar va qora qo'tir hosil qiluvchi kichik tugunlarni hosil bo'lishi bilan birga kechuvchi po'rsildoqlarni hosil bo'lishi, dori isitmasi, nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz va xalqumni shishi, hansirash, eozinofiliya, vaskulit, ekzantema, tugunli eritema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (xavfli ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), anafilaktik shok.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarni uzilishi, mialgiya, bo'g'im sohasida shish.

Boshqalar: umumiy holsizlik, ko'p terlash, superinfektsiyalar (kandidoz), yorug'likka yuqori sezuvchanlik.

Laboratoriya ko'rsatkichlari tomonidan: gipoprotrombinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperurikemiya, giperglikemiya.

Mahalliy: yuborilgan joyda og'riq va achishish, flebit.
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
Narh
Qadoqda soni
Dozasi 100мл
Narh* 4 600 so'm

Sipraksol bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Qadoqda soni -
Dozasi -
Narh* -
Qadoqda soni
Dozasi 100мл
Narh* 8 400 so'm

Protsipro bo'yicha barcha narxlarni ko'rish

Mavjud qadoq turlari
  • Eritma
  • Kosentrat
  • Tabletkalar
  • Tabletkalar
Homiladorlik davrida qabul qilish
Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi Ma'lumot topilmadi
Bog'lik kasalliklarni davolash

Sistitdan

Sistitdan

«Sipraksol analoglar» dorisining ta'rifi Apteka.uz saytida qisqartilirlgan yoki rasmiy ko'rsatmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi mumkin. Dorini sotib olishdan va ishlatishdan oldin siz shifokor bilan maslahatlashib, ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan izoh bilan tanishishingiz kerak.
×
×
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9