Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
faol modda: levokarnitin 100 mg;
yordamchi moddalar: natriy saxarinati, limon kislotasi, in'ektsiya uchun suv - 1 ml gacha.
Сhiqarilish shakli
5 ml yoki 10 ml dan yunidozlarda ichish uchun 10% eritma.
Yunidoza (ampula) ochilgandan so'ng muzlatgichda (+2 - +8°C xaroratda) saqlash mumkun va 24 soat ichida ishlatilishi kerak.
Yaroqlilik muddati
2 yil. Yaroqlilik muddati tugagandan so'ng qo'llanilmasin.
Lekorn Enerdji preparatini bevosita toza shaklida yoxud qo'shimcha suyuqlik qo'shgan holda qabul qilish mumkin. Preparat ovqatlanishdan qat'iy nazar sutkada 2-3 marta teng oraliq vaqtlardan keyin qabul qilinishi kerak.
Bolalarga shirin taomlarga ko'shimchalar (kisel', kompot, sharbatlar) shaklida buyuriladi. Lekorn Enerdji bolalarga (vaqtida tug'ilgan va vaqtidan oldin (chala) tug'ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi kunidan qo'llaniladi. Bolalarga o'lchamli shprits yordamida kerakli bo'lgan millitr xajm yunidozalardan olib beriladi.
Yoshi |
Bir martali doza |
Sutkada qabul qilish mikdori |
Yangi tug'ilgan chaqaloqlar |
100 mg (1 ml) |
2-3 |
1 yoshgacha bo'lgan bolalar |
100-200 mg (1-2 ml) |
2-3 |
1 yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar |
200-400 mg (2-4 ml) |
3 |
4 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar |
400-600 mg (4-6 ml) |
3 |
7 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar |
500-800 mg (5-8 ml) |
3 |
12 yosh va undan katta yoshdagi bolalar |
800-1000 mg (8-10 ml) |
3 |
Davolash kursi – 1 oy.
Bo'y o'sish kechikkan holatda davolash 20 kunni tashkil etadi. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan keyin takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.
Katta yoshdagi patsientlarga preparat bir sutkada 1 g (10 ml) boshlang'ich dozada buyuriladi, patsientning ahvoliga va doriga chidamliligiga qarab, doza asta-sekin oshirib boriladi. Kattalar uchun Lekorn Enerdji preparatining odatdagi sutkalik dozasi 1-3 g (10-30 ml)ni tashkil etadi va kun davomida 1-3 martaga bo'lib qabul qilinadi.
Katta yoshdagi patsientlar uchun maksimal sutkalik doza 6 g (60 ml)ni tashkil etadi.
Uzoq vaqt jismoniy va psixoemotsional zo'riqishlarda: bir kunda 2-3 marta 1 g (10 ml)dan 2 g (20 ml)gacha buyuriladi.
Nerv anoreksiyasida, shuningdek boshdan kechirilgan kasalliklar va jarrohlik aralashuvlari hamda jarohatlardan keyingi reabilitatsiya davrida: bir kunda 3 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-2 oy davomida.
Pasaytirilgan sekretor funktsiyasini surunkali gastrit va surunkali pankreatit majmuaviy davolash: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 1-1,5 oy davomida.
Teri kasalliklarini davolash uchun: 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 2-4 hafta davomida.
Engil darajali gipertireozda: bir kunda 2 marta 500 mg (5 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 20 kun. Davolash kursi 1-2 oylik tanaffusdan so'ng takrorlanadi yoki tanaffussiz 3 oy davomida buyuriladi.
Bosh miyaning qon tomir, toksik va jarrohlik shikastlanishlarida: bir sutkada 1-2 marta 1 g (10 ml)dan buyuriladi. Davolash kursi – 3-5 kun. Zarur hollarda, 12-14 kundan keyin takroriy davolash kursi buyuriladi.
Karnitin tanqisligi va uning yo'qotilishi bilan birga kechadigan kasalliklarda (birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligi): bir kunda 2-3 marta 50-100 mg/kg tana vazniga buyuriladi. Davolash kursi – 3-4 oy davomida.
Sport tibbiyotida va jadal mashg'ulotlarda: bir kunda 1-3 marta 2,5 g (25 ml)dan (sutkalik doza 2,5-7,5 g) buyuriladi. Qabul qilish kurslari: musobaqa oldi davrida 3-4 hafta. Mashg'ulot jarayoni davrida – 6-8 haftagacha.
Levokarnitin odam sutining tarkibiga kiruvchi tabiiy komponenti hisoblanadi. Emizuvchi onalar tomonidan levokarnitindan qo'shimcha foydalanilish o'rganilmagan.
Ona uchun taxmin qilinadigan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan holatdagina homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi mumkin.