Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DAPORIN
DAPORIN
Preparatning savdo nomi: Daporin
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dapoksetin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 30 mg yoki 60 mg dapoksetin (dapoksetin gidroxloridi shaklida);
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, natriy kroskarmelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;
qobig‘ining tarkibi: kulrang opadri® II 32K275005 (gipromelloza, laktoza monogidrati, titan dioksidi, triasetin, temir (II,III) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi).
Ta‘rifi:
Daporin 30 mg: dumaloq, bir tomoni qavariq, boshqa tomoni yassi, qavariq tomonida uchburchakni ichida “30” gravirovkasi bo‘lgan, och kulrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Daporin 60 mg: dumaloq, bir tomoni qavariq, boshqa tomoni yassi, qavariq tomonida uchburchakni ichida “60” gravirovkasi bo‘lgan, och kulrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyasiyani davolash uchun vosita.
ATX kodi: G04BX14
Farmakologik xususiyatlari
Muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyasiyada dapoksetinning ta‘sir mexanizmi neyronlar tomonidan serotoninni qayta qamrab olinishini tormozlanishi va keyinchalik pre- hamda postsinaptik reseptorlariga neyromediatorlarning ta‘sirini kuchayishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Eyakulyasiyani mexanizmi asosan simpatik nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Postganglionar simpatik nerv tolalari urug‘donlar, urug‘ yo‘llari, prostata bezi, uretra va qovuq mushaklarini innervasiya qiladi, eyakulyasiyaga erishish uchun ularning koordinasion qisqarishlarini chaqiradi. Dapoksetin eyakulyasiya refleksiga ta‘sir ko‘rsatib, oraliqdagi gangliy motoneyronlarining reflektor impulsasiyaning yashirin davrini uzaytiradi va davomiyligini qisqartiradi. Eyakulyasiyani ishga tushiruvchi stimul orqa miyadagi reflektor markazi tomonidan boshqariladi, bosh miyaning ustuni orqali bosh miyadagi bir necha yadrolar, shu jumladan preoptik va paraventrikulyar yadrolar tomonidan nazorat qilinadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Dapoksetin tez so‘riladi, va qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga (Smax) preparat qabul qilinganidan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishadi. Mutloq biokiraolishligi 42% (15-76% diapazonida) ga teng. Dapoksetin och qoringa 30 mg va 60 mg dozalarda og‘iz orqali bir marta qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasida faol moddaning maksimal konsentrasiyasi muvofiq 297 ng/ml (1,01 soatdan keyin) va 498 ng/ml (1,27 soatdan keyin) ni tashkil etadi.
Yog‘li ovqat qabul qilish dapoksetinning Smax o‘rtacha darajada (10% ga) kamaytiradi va
AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) va qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini 12% ga oshiradi. Biroq bunda dapoksetinni so‘rilish darajasi o‘zgarmaydi. Bu o‘zgarishlar klinik jihatdan ahamiyatga ega emas. Daporin preparatini ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Taqsimlanishi
In vitro sharoitlarida dapoksetinning 99% dan ko‘proq qismi plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Faol metaboliti – dezmetildapoksetin – plazma oqsillari bilan 98,5% ga bog‘lanadi. Dapoksetin butun organizm bo‘ylab 162 l o‘rtacha muvozanatli taqsimlanish hajmi bilan tez taqsimlanadi.
Metabolizmi
In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, dapoksetin ko‘pgina jigar va buyrak fermentlari, ayniqsa CYP2D6, CYP3A4 va buyrakdagi flavin saqlovchi monooksigenaza (FM01) fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi deb taxmin qilish imkonini beradi. 14S-dapoksetinning metabolizmi o‘rganilgan klinik tadqiqot vaqtida dapoksetin peroral qabul qilinganidan so‘ng asosan N-oksidlanish, N-demetillanish, naftoguruhini gidroksillanishi, glyukuronizasiyasi va sulfoguruhini birikishi orqali faol metabolizmga uchragan. Peroral qabul qilinganidan so‘ng jigarda tizimoldi metabolizm belgilari aniqlangan. Qon plazmasida aylanib yuruvchi asosiy komponentlari intakt dapoksetin va dapoksetin-N-oksida bo‘lgan. In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda dapoksetin-N-oksidini faol emasligi aniqlangan. Bundan tashqari, dapoksetinning qonda aylanib yuruvchi metabolitlarini umumiy miqdoridan 3% dan kamroq miqdorda dezmetildapoksetin va didezmetildapoksetin metabolitlari aniqlangan. In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda, dezmetildapoksetin faolligi bo‘yicha dapoksetin bilan bir xil, didezmetildapoksetinning faolligi esa dapoksetinga nisbatan taxminan 2 marta kamligi aniqlangan. Bog‘lanmagan dezmetildapoksetinning ekspozisiyasi (AUC va Smax) bog‘lanmagan dapoksetinning ekspozisiyasidan muvofiq 50% va 23% ni tashkil etgan.
Chiqarilishi
Dapoksetinning metabolitlari asosan siydik bilan kon‘yugatlar ko‘rinishida chiqariladi. O‘zgarmagan faol modda siydikda aniqlanmaydi. Dapoksetin tez chiqariladi, buni preparatning dozasi qabul qilinganidan so‘ng 24 soatdan keyin qon plazmasida moddaning konsentrasiyasini pastligi (maksimal konsentrasiyasidan 5% dan ham kam) dalolat beradi. Har kuni qabul qilinganida organizmda faol moddani to‘planishi minimal darajada. Peroral qabul qilinganida yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 19 soatni tashkil etadi.
Ayrim pasientlar toifasida preparatning farmakokinetikasi
Irq
Dapoksetinni 60 mg dozada bir marta qabul qilish yevropaliklar, negroid irqiga mansub shaxslar, lotin amerikaliklar va osiyolik shaxslarda preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlarida statistik ishonarli farqlar aniqlanmagan. Yevropaliklar va yaponiyaliklarda dapoksetinning farmakokinetikasini qiyoslash yaponiyaliklarda tana vaznini kamligi tufayli Smax va AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) qiymatlari yuqoriroq (10-20% ga) ekanligini ko‘rsatdi. Yanada yuqoriroq tizimli ta‘sir darajasi klinik samarasida ahamiyatli farqlarni chaqirishi noma‘lum.
Keksa (65 yosh va undan katta) yoshdagi pasientlar
Dapoksetinni 60 mg dozada bir marta qabul qilish sog‘lom keksa yoshdagi erkaklar va nisbatan yoshroq erkaklarning farmakokinetik ko‘rsatkichlari (Smax, AUCinf (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon), Tmax) ahamiyatli darajadagi farqlar aniqlanmagan.
Dapoksetinning o‘rtacha AUCinf qiymati va yakuniy yarim chiqarilish davri keksa yoshdagi erkaklarda nisbatan yoshroq erkaklarga nisbatan muvofiq ravishda 12% va 46% ga yuqori bo‘lgan.
Buyrak faoliyatini buzilishi
Dapoksetinni 60 mg dozada bir marta qabul qilish buyrak faoliyatini yengil darajada (kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan 80 ml gacha), o‘rtacha darajada (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan 50 ml gacha) va og‘ir darajada (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda dapoksetinning kreatinin klirensi va Smax yoki AUCinf o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan. Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda dapoksektinning AUC buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarga nisbatan taxminan 2 marta yuqori bo‘lgan. Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar cheklangan. Gemodializga muhtoj bo‘lgan pasientlarda dapoksetinning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.
Jigar faoliyatini buzilishi
Jigar faoliyatini yengil darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda dapoksetin va dezmetildapoksetinning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Jigar faoliyatini o‘rtacha darajada (Chayld-Pyu bo‘yicha V sinf) bo‘lgan pasientlarda bog‘lanmagan dapoksetinning Smax va AUC (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon) muvofiq ravishda 55% va 120% ga oshgan. Dapoksetinning bog‘lanmagan faol fraksiyasini Smax o‘zgarmagan, AUC esa 2 marta oshgan.
Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarda bog‘lanmagan dapoksetinning Smax o‘zgarmagan, bog‘lanmagan dapoksetinning AUC esa 3 martadan ko‘proq qiymatga oshgan. Faol fraksiyasining AUC ham bir necha marta oshgan.
CYP2D6 polimorfizmi
Dapoksetin 60 mg dozada bir marta qabul qilinganidan so‘ng qon plazmasidagi konsentrasiyasi CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda, CYP2D6 izofermentining faolligi yuqori bo‘lgan pasientlardagiga nisbatan yuqori (Smax taxminan 31% ga, AUCinf – taxminan 36% ga) bo‘lgan. Analogik holat, CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda dezmetildapoksetinning Smax 98% ga oshgan, AUCinf esa – 161% ga oshgan. Dapoksetinning o‘rtacha yakuniy yarim chiqarilish davri CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda, CYP2D6 izofermentining faolligi yuqori bo‘lgan pasientlardagiga nisbatan 2,4 soatga uzaygan. Dapoksetinning faol fraksiyasini Smax 46% ga, AUC esa 90% ga oshgan. Bunday oshish preparatning dozasiga bog‘liq noxush ko‘rinishlarni rivojlanish tezligi va og‘irlik darajasini kuchayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash havfsizligi dapoksetinning metabolizmini tormozlashi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalar, xususan CYP3A4 izofermentining faol va o‘rtacha faol ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilganda shubha tug‘dirishi mumkin.
CYP2D6 izofermentining faolligi juda yuqori bo‘lgan pasientlarning qon plazmasida dapoksetina va dezmetildapoksetinning konsentrasiyasini pasayishi kutiladi.
Qo‘llanilishi
Preparat 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan erkaklarda muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyasiyani davolash uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga qabul qilinadi. Tabletkani butun holida, kamida to‘liq bir stakan suv bilan yutish kerak. Preparatni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan erkaklar
Barcha erkaklar uchun tavsiya etilgan doza 30 mg ni tashkil etadi; bu doza rejalashtirilgan jinsiy aloqadan 1-3 soat oldin qabul qilinadi. 30 mg dozani samarasi yetarli bo‘lmaganida va yaxshi o‘zlashtirilganida uni 60 mg gacha oshirish mumkin. Tavsiya etilgan maksimal qabul qilishlar soni 24 soatda bir marta.
Muddatidan oldin kuzatiladigan eyakulyasiyani davolash uchun Daporin preparatini buyurgan shifokor, pasient birinchi 4 hafta davolangandan so‘ng yoki 6 dozasini qabul qilganidan so‘ng preparatni qo‘llashdan kutiladigan havf va foydani baholashi kerak va keyinchalik Daporin preparati bilan davolash maqsadga muvofiqligini hal qilish uchun havf-foyda nisbatini aniqlashi kerak.
65 yoshdan oshgan pasientlar
Ushbu pasientlar guruhida preparatni qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak faoliyatini yengil yoki o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, ammo ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi. Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigar faoliyatini yengil darajada buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. jigar faoliyatini o‘rtacha va og‘ir darajada buzilishi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha V va S sinflar) bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.
CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlar, CYP2D6 izofermentining faol ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish
CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan shaxslarga yoki Daporin preparati bilan bir vaqtda CYP2D6 izofermentining faol ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarga Daporin preparatining dozasi 60 mg gacha oshirilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
CYP3A4 izofermentining faol yoki o‘rtacha faol ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlar
CYP3A4 izofermentining faol ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Daporin preparatini CYP3A4 izofermentining o‘rtacha faol ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilganda preparatning dozasini 30 mg gacha pasaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlarda tez-tez kuzatilgan va preparatning dozasiga bog‘liq bo‘lgan quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari: ko‘ngil aynishi (dapoksetinning 30 mg va 60 mg dozasi qabul qilinganida muvofiq 11,0% va 22,2%), bosh aylanishi (5,8% va 10,9%), bosh og‘rig‘i (5,6% va 8,8%), diareya (3,5% va 6,9%), uyqusizlik (2,1% va 3,9%), toliqish (2,0% va 4,1%) qayd etilgan. Preparat bilan davolashni bekor qilish talab etilgan eng ko‘p nojo‘ya ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi (2,2% pasientlarda) va bosh aylanishi (1,2%) bo‘lgan.
Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000).
Ruhiy buzilishlar: tez-tez – xavotirlik, ajitasiya, bezovtalik, odatda kuzatilmaydigan tushlar ko‘rish, libidoni pasayishi; tez-tez emas – depressiya, depressiv kayfiyat, eyforiya holati, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, asabiylik, befarqlik, apatiya, ongni chalkashishi, dezorientasiya, patologik fikrlash, somatosensor amplifikasiya, uyquni buzilishi, boshlang‘ich uyqusizlik, oraliq uyqusizlik, tungi dahshatlar, bruksizm, libidoni yo‘qolishi, anograzmiya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i; tez-tez – uyquchanlik, diqqatni jamlashni buzilishi, tremor, paresteziya; tez-tez emas – xushdan ketish (shu jumladan vazovagal xushdan ketish), postural bosh aylanishi, akatiziya, ta‘m bilishni buzilishi, haddan tashqari uyquchanlik, letargiya, sedativ holat, ongni susayishi; kam hollarda – jismoniy harakatlarda bosh aylanishi, to‘satdan uxlab qolish;
Ko‘rish a‘zolari tomonidan: tez-tez – ko‘rishni noaniqligi; tez-tez emas – midriaz, ko‘z sohasida og‘riq, ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a‘zolari va labirint tomonidan: tez-tez – quloqlarni shang‘illashi; tez-tez emas – vertigo.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – qizib ketish hissi; tez-tez emas – sinus tuguni faolligini to‘xtashi, sinusli bradikardiya, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, sistolik gipertenziya, qizib ketish hissi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – burunni bitishi, esnash.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi; tez-tez – diareya, qusish, qabziyat, qorin sohasida og‘riq, dispepsiya, meteorizm, me‘da sohasida diskomfort hissi, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi; tez-tez emas – qorin sohasida diskomfort, epigastriyda diskomfort.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – gipergidroz; tez-tez emas – qichishish, sovuq ter chiqishi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez – erektil disfunksiya; tez-tez emas – eyakulyasiyani bo‘lmasligi, orgazmni izdan chiqishi, shu jumladan erkaklarda anorgazmiya, erkaklarda jinsiy a‘zolarni paresteziyasi.
Umumiy o‘zgarishlar: tez-tez – holsizlik, ta‘sirchanlik; tez-tez emas – asteniya, qizish hissi, havotirlik hissi, lohaslik, mast bo‘lish hissi.
Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi: tez-tez – arterial bosimni oshishi; tez-tez emas – yurak qisqarishlari sonini oshishi, diastolik arterial bosimni oshishi, ortostatik arterial bosimni oshishi.
Ayrim nojo‘ya samaralarni ta‘rifi
Ongni yo‘qolishi, bradikardiya yoki sinus tuguni faoliyatini to‘xtashi bilan kechuvchi xushdan ketishlar xolter monitoringi o‘tkazilgan pasientlarda kuzatilgan va klinik tadqiqotlarda qayd etilgan. Ushbu noxush ko‘rinishlar preparatni qo‘llash bilan bog‘liq sifatida baholangan. Ko‘pchilik hollarda preparatni qabul qilgandan so‘ng birinchi 3 soat davomida, birinchi dozasi qabul qilingandan so‘ng kuzatilgan yoki tibbiy muolajalar (qon olish, tana holatini o‘zgarishi, arterial bosimni o‘lchash) oqibatida assosiasiyalangan. Prodromal simptomlar ko‘pincha xushdan ketishlarga olib kelgan.
Xushdan ketish va prodromal simptomlarni uchrash tezligi preparatning dozasiga bog‘liq bo‘lgan, preparatni katta dozalarda qabul qilgan pasientlarda namoyish etilgan.
Preparat bekor qilinganidagi samaralari
Surunkali depressiv buzilishlarni davolash uchun uzoq muddat qo‘llanayotgan serotoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQSI) to‘satdan bekor qilinganida quyidagi simptomlar: disforiya holati, ta‘sirchanlik, ajitasiya, bosh aylanishi, sensor buzilishlar (masalan, paresteziya), havotirlik, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, letargiya, emosional labillik, uyqusizlik va gipomaniya kuzatilgan.
Havfsizlikni o‘rganish natijalari, preparat 62 kun davomida qo‘llanganidan so‘ng bekor qilinganida yengil va o‘rtacha darajadagi bosh aylanishi va uyqusizlik ko‘rinishidagi bekor qilish simptomlarini rivojlanish tezligi yuqoriroq bo‘lishini ko‘rsatdi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
SQQSI va monoaminoksidaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda jiddiy, ba‘zida o‘lim bilan yakunlangan reaksiyalar, shu jumladan gipertermiya, mushaklar rigidligi, mioklonus, vegetativ nerv tizimini hayotiy muhim a‘zolar faoliyatining ko‘rsatkichlarini tez o‘zgarishi bilan kechuvchi beqarorligi, shuningdek ruhiy holatini o‘zgarishi, shu bilan birga deliriy hamda komagacha zo‘rayib boruvchi kuchli qo‘zg‘alishlar rivojlanganligi ta‘riflangan. Bu reaksiyalar SQQSI qabul qilishni yaqinda to‘xtatgan va MAO ingibitorlari bilan davolanishni boshlagan pasientlarda kuzatilgan. Ba‘zi hollarda simptomlari havfli neyroleptik sindromni eslatgan. Hayvonlarda SQQSI va MAO ingibitorlarini birga qo‘llash vaqtida olingan ma‘lumotlar, ushbu preparatlar arterial bosimni sinergik oshirishi va xulq-atvorni qo‘zg‘aluvchan qilishi mumkin deb taxmin qilinadi. Shuning uchun Daporin preparatini MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda va ularni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun davomida qabul qilish mumkin emas. Analogik holat, MAO ingibitorlarini Daporin preparatini qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida qabul qilish mumkin emas.
Tioridazin QTc oralig‘ini uzaytiradi, bu yurak qorinchalari aritmiyasi bilan kechadi. CYP2D6 fermentini susaytiradigan, Daporin turidagi preparatlar, ehtimol, tioridazinning metabolizmini tormozlaydi. Buning oqibatida chaqiriladigan tioridazinning darajasini oshishi QTc oralig‘ini uzayishini kuchaytirishini kutish mumkin. Daporin preparatini tioridazin preparati bilan bir vaqtda va uni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun davomida qabul qilish mumkin emas. Analogik holat, tioridazin preparatini Daporin preparatini qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida qabul qilish mumkin emas.
Daporin preparatini serotoninergik preparatlar (shu jumladan MAO-ingibitorlari, L-triptofan, triptanlar, tramadol, linezolid, SQQSI, serotonin va noradrenalinni qamrab olinishini ingibitorlari, litiy va dalachoy preparatlari (Hypericum perforatum)) bilan bir vaqtda qo‘llash serotoninergik nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini oshirishi mumkin. Daporin preparatini boshqa SQQSI, MAO-ingibitorlari va boshqa serotoninergik preparatlari bilan bir vaqtda va ushbu preparatlarni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 14 kun davomida qabul qilish mumkin emas. Analogik holat, ushbu preparatlarni Daporin preparatini qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng 7 kun davomida qabul qilish mumkin emas.
Muddatidan oldin eyakulyasiya kuzatiladigan pasientlarda Daporin preparatini markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash o‘rganilmagan. Ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilish zarurati tug‘ilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
CYP2D6, CYP3A4 va FM01 izofermentlarining ingibitorlari dapoksetinning klirensini kamaytirishi mumkin.
Daporin preparatini CYP3A4 izofermentining faol ingibitorlari, masalan, ketokonazol, itrakonazol, ritonavir, sakvinavir, telitromisin, nefazodon, nelfinavir va atazanavir bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
CYP3A4 izofermentining o‘rtacha faol ingibitorlarini, masalan, eritromisin, klaritromisin, flukonazol, amprenavir, fosamprenavir, aprepitant, verapamil yoki diltiazem bilan bir vaqtda qo‘llash, ayniqsa CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarda dapoksetin va dezmetildapoksetinning tizimli ta‘sir darajasini ahamiyatli oshirishi mumkin.
Tadalafil dapoksetinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmagan. Sildenafil dapoksetinning AUC va Smax biroz oshirgan, bu klinik jihatdan ahamiyatsiz hisoblanadi. FDE-5 ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda ortostatik gipotoniyaga tolerantlik past bo‘lganligi tufayli, Daporin preparatini ularga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
α-adrenoblokatorlarni qabul qilayotgan pasientlarda ortostatik gipotoniyaga tolerantlik past bo‘lganligi tufayli, Daporin preparatini ularga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Dapoksetin CYP2D6 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlarning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Buni klinik ahamiyati katta emas.
Daporin preparati varfarin preparatini uzoq muddat qabul qilayotgan pasientlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Etanol va Daporin preparatini bir vaqtda qabul qilish bosh aylanishi, uyquchanlik, reflekslarni sekinlashishi, fikrlashni o‘zgarishi kabi noxush reaksiyalarning uchrash tezligi va og‘irligini kuchaytiradi. Alkogolni Daporin preparati bilan majmuada qo‘llash ham neyrokardiogen nojo‘ya samaralar, xususan, xush ketishlar sonini oshirishi mumkin, bu kutilmagan jarohatlar havfini oshiradi. Shuning uchun Daporin preparati bilan davolanish vaqtida alkogol qabul qilishdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat muddatidan oldin eyakulyasiya kuzatiladigan erkaklar uchun mo‘ljallangan. Muddatidan oldin eyakulyasiya kuzatilmaydigan erkaklarda preparatni qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan, eyakulyasiyani kechikishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Erektil disfunksiyasi bo‘lgan, fosfodiesteraza ingibitorlarining 5 turini (FDE-5) qabul qilayotgan pasientlar Daporin preparatini qabul qilishlari mumkin emas.
Yurak va qon-tomirlarni organik kasalliklari (masalan, yurakdan qonni otilib chiqishini obstruksiyasi, yurakning klapan apparatini shikastlanishi, uyqu arteriyasi stenozi, koronar arteriyani aterosklerozi) bo‘lgan pasientlarda yurak kasalliklari va boshqa kasalliklar oqibatida xushdan ketishlarning noxush yurak-qon tomir oqibatlarini rivojlanish havfi yuqori bo‘ladi. Biroq hozirgi vaqtda, ushbu havf yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda vazovagal xushdan ketishlarga tarqalish yoki tarqalmasligini aniqlash uchun ma‘lumotlar yetarli emas.
Klinik tadqiqotlarda ortostatik gipotoniyani rivojlanish hollari ta‘riflangan. Shifokor, kuzatilishi mumkin bo‘lgan prodromal simptomlar, masalan pasient o‘rnidan turganidan so‘ng yengil bosh aylanishi paydo bo‘lganida, zudlik bilan yotish kerak, bunda bosh tanadan pastroqda bo‘lishi kerak yoki boshni tizzalar orasiga tushirib o‘tirishi va simptomlar o‘tib ketgunicha shunday holatda qolishi kerakli yuzasidan pasientga oldindan axborot berishi kerak. Bundan tashqari, pasient uzoq muddat yotganidan yoki o‘tirganidan so‘ng o‘rnidan to‘satdan turishidan saqlanish kerakligi yuzasidan pasientga axborot berish kerak. Qon-tomirlarni kengaytiruvchi preparatlar (masalan, α-adrenoblokatorlar, nitratlar, FDE-5 ingibitorlari) ni qabul qilayotgan pasientlarda preparatning ortostatik ta‘siriga tolerantligi past bo‘lishi mumkinligi tufayli, ularga Daporin preparatini ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Qisqa muddatli tadqiqotlarda tarqoq depressiya va boshqa ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda antidepressantlar, shu jumladan SQQSI o‘z joniga qasd qilish va suiqasdlik fikrlari paydo bo‘lish havfini plaseboga nisbatan ko‘proq oshirgan. 24 yoshdan oshgan kattalarda bunday samara aniqlanmagan.
Ananmnezida maniya/gipomaniya yoki bipolyar buzilishlari bo‘lgan pasientlarga Daporin preparatini qo‘llash mumkin emas. Ushbu kasalliklarning simptomlari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
SQQSI tirishish bo‘sag‘asini pasaytirish hususiyati borligi tufayli, nostabil tutqanoq bilan xastalangan pasientlarga Daporin preparatini buyurishdan saqlanish kerak, tirishishlar paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Nazoratli tutqanoq bilan xastalangan pasientlarni yaxshilab kuzatish tavsiya etiladi.
Daporin preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin pasientda depressiyaning belgilari va simptomlari bo‘lganida tashxis qo‘yilmagan depressiv buzilishlar borligini istisno qilish uchun tekshiruv o‘tkazish kerak. Daporin preparatini antidepresantlar, shu jumladan SQQSI va serotonin hamda noradrenalinni qayta qamrab olinishini ingibitorlari bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Daporin preparati bilan davolashni boshlash uchun depressiya yoki havotirlikni davolashni to‘xtatish tavsiya etilmaydi. Preparat ruhiy buzilishlar (masalan, shizofreniya yoki dapressiya) ni davolash uchun mo‘ljallanmagan, shunday kasalliklar bilan xastalangan erkaklarga uni qo‘llash mumkin emas, chunki bunda depressiyaning simptomlarini kuchayishini istisno qilish mumkin emas. Bezovtalikni chaqiradigan har qanday fikrlar yoki hissiyotlar paydo bo‘lganida zudlik bilan shifokorga xabar berish kerak. Daporin preparati bilan davolanish vaqtida depressiyaning belgilari va simptomlari paydo bo‘lganida, preparatni bekor qilish kerak.
Daporin preparatini qabul qilgan pasientlarda prodromal simptomlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi / boshda yengillik hissi va terlash kuzatilgan. Daporin preparati bilan davolanish vaqtida prodromal simptomlar yoki ularsiz kechuvchi xushdan ketish holati rivojlanishi mumkinligi yuzasidan pasientlar ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Pasient xushidan ketib, yiqilganida jiddiy jarohatlar olish havfini pasaytirish uchun prodromal belgilar va simptomlarni aniqlash va yetarli miqdorda suv iste‘mol qilishni muhimligi yuzasidan shifokor pasientga axborot berishi kerak. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan prodromal simptomlar paydo bo‘lganida, pasient zudlik bilan yotishi kerak, bunda bosh tanadan pastroqda bo‘lishi kerak yoki boshni tizzalar orasiga tushirib o‘tirishi va simptomlar o‘tib ketgunicha shunday holatda qolishi kerak. Xushdan ketish yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa samaralar paydo bo‘lganida potensial havfli jarohatlardan, shu jumladan avtomobilni boshqarish va xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak.
Daporin preparatini alkogol bilan birga qabul qilish neyrokardiogen nojo‘ya samaralar, shu jumladan xushdan ketishni kuchaytirishi mumkin, bu kutilmagan jarohatlar xavfini oshiradi; shuning uchun preparat bilan davolanish vaqtida pasientlarga alkogol iste‘mol qilishdan saqlanishni tavsiya etish kerak.
Preparat CYP3A4 izofermentining o‘rtacha faol ingibitorlari (eritromisin, klaritromisin, flukonazol, amprenavir, fosamprenavir, aprepitant, verapamil, diltiazem) bilan bir vaqtda qabul qilinganida preparatning dozasini 30 mg gacha pasaytirish, ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
CYP2D6 izofermentining faol ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarga va CYP2D6 izofermentining faolligi past bo‘lgan pasientlarga preparatning dozasi 60 mg gacha oshirilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, chunki bunda preparatning tizimli ta‘sir qilish darajasiga muvofiq ravishda preparatning dozasiga bog‘liq noxush ko‘rinishlarini uchrash tezligi va og‘irligi oshishi mumkin.
SQQSI qo‘llanganida qon ketish hollari ta‘riflangan. Daporin preparati trombositlarning faoliyatiga ta‘sir qiluvchi preparatlar (masalan, atipik neyroleptiklar, fenotiazinlar, asetilsalisil kislotasi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), antikoagulyantlar) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, shuningdek anamnezida qon ketishlari yoki qon ivishi tizimini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, buyrak faoliyatini o‘rtacha va yengil darajada buzilishlari bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Bekor qilish sindromi
Surunkali depressiv buzilishlarni davolash uchun uzoq muddat qo‘llanayotgan SQQSI birdan bekor qilinganida quyidagi simptomlar: kayfiyatni pasayishi, ta‘sirchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik, bosh aylanishi, sezuvchanlikni buzilishlari (masalan, elektrotok urganda kuzatiladigan hissiyot ko‘rinishidagi paresteziyalar), havotirlik, ongni chalkashishi, bosh og‘rig‘i, letargiya, emosional beqarorlik, uyqusizlik, gipomaniyaga olib kelishi yuzasidan ma‘lumotlar mavjud.
Homiladorlik va laktasiyada qo‘llanishi
Preparat ayollarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Daporin preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Dapoksetin preparatini qabul qilganda bosh aylanishi, diqqatni buzilishi, xushdan ketish, ko‘rishni noaniqligi, uyquchanlik hollari ta‘riflangan. Jarohatlarni olish mumkin bo‘lgan holatlardan, shu jumladan avtomobilni haydash va havfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish kerakligi yuzasidan pasientni ogohlantirish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Klinik tadqiqotlarda dozani oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan.
Preparatni 240 mg dozada (2 dozaga bo‘lib, 3 soatlik oraliq bilan) qabul qilish kutilmagan noxush ko‘rinishlarni chaqirmagan. Umuman olganda, SQQSI ning dozasini oshirib yuborilish simptomlari serotoninergik reaksiyalar, shu jumladan uyquchanlik, me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynishi, qusish), taxikardiya, tremor, qo‘zg‘alish va bosh aylanishidan iborat.
Preparatning dozasi oshirib yuborilganida zarurat bo‘lganida standart tutib turuvchi davolash o‘tkazish kerak. Preparatni plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog‘langanligi va dapoksetin gidroxloridini taqsimlanish hajmi katta bo‘lganligi tufayli, jaddalashtirilgan diurez, dializ, gemoperfuziya va qon quyish samarali bo‘lish ehtimoli kam. Spesifik antidoti noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 3 tabletka blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha beriladi.