×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita.
Faol modda:
Диклофенак
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- M01AB05
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 2 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

TEKSIVEL poroshok 20mg N1 Arena Group S.A. Ruminiya
45 000 s`om dan
NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom apelsina 150ml 100mg/5ml Рекитт Бенкизер Хелскэр (Великобритания) Лимитед Buyuk Britaniya
54 000 s`om dan
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5 Brawn Laboratories Limited Hindiston
27 000 s`om dan
VRAGGRIPP P sirop 100ml N1 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd. Hindiston
18 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Preparatning 3 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: diklofenak natriy 75 mg;

yordamchi moddalar: propilenglikol, N-atsetiltsistein, dinatriy edetati, in'ektsiya uchun suv.

Chiqarilish shakli

2,5% li 3 ml in'ektsiya uchun eritma, №5 (1x5), №10 (2x5) (shisha ampulalar) №10, №20, №30, №40, №50 (polipropilen, polietilen ampulalar)


In'ektsiya uchun eritma
Preparatning 3 ml quyidagilarni saqlaydi: faol modda: diklofenak natriy 75 mg; yordamchi moddalar: propilenglikol, N-atsetiltsistein, dinatriy edetati, in'ektsiya uchun suv.
Diklofenak natriy – nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, fenil sirka kislotaning xosilasi hisoblanadi. Yaqqol yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Preparatning ta'sir mexanizmi araxidon kislotasining metabolizmni asosiy fermentlari SOG1 va SOG2 faolligini susaytirishi bilan bog‘liq. Araxidon kislotasi yallig‘lanish, og‘riq va isitma patogenezida muhim rolь o‘ynadigan prostaglandinlarni o‘tmishdoshi hisoblanadi. Diklofenakning og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'siriperiferiye (prostaglandinlar sintezini susaytirishi orqali) va markaziy (markaziy va periferik nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini ingibitsiya qilish hisobiga) ikkita mezanizmlar bilan bog‘liq. Diklofenak yallig‘lanish xarakterga ega og‘riqlarda aynniqsa samarali. Revmatologik kasalliklarda tinch holatda va harakatlarda bo‘g‘imlarda og‘riqlarni, va shuningdek bo‘g‘imlarda ertalabki tanglikni va shishini kamaytiradi, harakatlarni xajmini oshishiga yordam beradi. Diklofenak natriy norevmatik xarakterli o‘rtacha va kuchli og‘riqlarda yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish bilan kechadigan jarohatlardan va operatsiyadan keyingi holatlarda diklofenak natriy spontan og‘riqlarni va xarakatlardagi og‘riqlarni va tez yengillashtiradi va shishlarni kamaytiradi. Diklofenak natriy migrenь xurujlariga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatadi. Diklofenak natriy in vitro sharoitda odam organizmda erishilgan kontsentratsiyalarga ekvivalent kontsentratsiyalarda tog‘ay to‘qimasida proteoglikanlar biosintezini yaqqol bostirishini chaqirmaydi. Trombotsitlar agregatsiyasini bostiradi. Uzoq qo‘llanganda desensibilizatsiya qiluvchi ta'sir ko‘rsatadi.
So‘rilishi. 75 mg diklofenak natriy mushak ichiga in'ektsiya yo‘li bilan yuborilgandan keyin so‘rilishi darhol boshlanadi, taxminan 2,5 mkg/ml (8 mikromolь/l) ni tashkil qiluvchi qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyalariga taxminan 20 minutdan keyin erishiladi. Plazmada faol modaning kontsentratsiyasi qo‘llangan dozani qiymatiga to‘g‘ri proportsional. Biokiraolishligi. Mushak ichiga yuborilgandan keyin kontsentratsiya egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC), peroral yoki rektal yuborgandan keyingiga qaraganda taxminan ikki marta yuqori, shuning uchun ushbu yuborish yo‘li jigar orqali birinchi o‘tish metabolizmidan saqlanish imkonini beradi. Taqsimlanishi. 99,7% diklofenak natriy oqsillar, asosan alьbumin (99,4%) bilan bog‘lanadi. Diklofenak natriy sinovial suyuqligiga kiradi, u yerda maksimal kontsentratsiyasiga, qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishilgandan keyin 2-4 soat o‘tgach erishiladi. Sinovial suyuqligidan kutiladigan yarim chiqarilish davri 3 soatdan 6 soatgachani tashkil qiladi. Qon plazmasidagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga erishilgandan keyin 2 soat o‘tgach sinovial suyuqligidagi diklofenak natriyning kontsentratsiyasi qon plazmadagi shu ko‘rsatkichdan oshadi va 12 soat davomida yuqoriligicha saqlanib qoladi. Diklofenak ayolning ko‘krak sutiga o‘tadi. Metabolizmi. Diklofenak natriyning metabolizmi qisman intakt molekulani glyukuronizatsiyasi yo‘li bilan, asosan bir marta va ko‘p marta gidroksilizatsiya va metoksilizatsiya yo‘li bilan amalga oshadi, bu bir necha fenol metabolitlarini hosil bo‘lishiga olib keladi, ularning ko‘pchiligi glyukuronid kon'yugatlariga aylanadi. Ularning farmakologik ta'siri diklofenak natriyga qaraganda ahamiyatli darajada past. Chiqarilishi. Diklofenak natriyning plazmadagi umumiy tizimli klirensi minutiga 263±56 ml ni tashkil qiladi. Plazmadan terminal yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. To‘rta metaboliti, shu jumladan ikkita faol metabolitlari ham plazmadan qisqa – 1-3 soat yarim chiqarilish davriga ega. Yuborilgan dozaning taxminan 60% intakt molekulaning glyukuronid kon'yugati glyukoron kislotasi bilan va metabolitlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi, ularning ko‘chiligi ham glyukuronid kon'yugatlariga aylanadi. 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan modda ko‘rinishida chiqariladi. Dozaning qoldiqlari axlat bilan safro orqali metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Patsiyentlarning maxsus guruhlari. Keksa patsiyentlar. Bemorning yoshiga qarab preparatning so‘rilishi, metabolizmi yoki chiqarilishida hech qanday farqlar kuzatilmagan. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar. Tavsiya qilingan dozalash tartibiga rioya qilinganda o‘zgarmagan faol moddani to‘planishini kuzatilmaydi. Kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganda qon plazmasidagi gidroksimetabolitlarining darajasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 4 marta yuqori. Ammo metabolitlari safro bilan yakuniy chiqariladi. Jigar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar. Surunkali gepatit yoki kompensatsiyalangan jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda diklofenak natriyning kinetikasi va metabolizmi, jigar kasalligi bo‘lmagan patsiyentlardagi kabi bo‘ladi.
Preparatga nojo‘ya reaktsiyalar kamayish tartibida quyidagi gradatsiyada tez-tezligi ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam xollarda (≥10000, <1/1000); juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi). Qon va limfatik tizimi tomonidan: juda kam xollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, anemiya (shu jumladan gemolitik va aplastik anemiya), agranulotsitoz. Immun tizim tomonidan: kam xollarda – o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan gipotenziya va shok); juda kam xollarda – angionevrotik shish. Ruhiy buzilishlar: juda kam xollarda – dezoriyentatsiya, depressiya, uyqusizlik, tungi dahshatlar, ta'sirchanlik va boshqa ruhiy buzilishlar. Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam xollarda – uyquchanlik, toliqish; juda kam xollarda – paresteziya, xotirani buzilishi, tirishishlar, xavotirlik, tremor, aseptik meningit, ta'm bilishni buzilishi, insulьt, tez-tezligi noma'lum – ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, sezuvchanlikni buzilishi, umumiy lohaslik. Ko‘rish a'zosi tomonidan: juda kam xollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni xiralashishi, diplopiya; tez-tezligi noma'lum – ko‘ruv nervi nevriti. Eshitish a'zosi va labirint tomonidan: tez-tez – vertigo; juda kam xollarda – quloqlarda shang‘illash, eshitishni buzilishi. Yurak tomonidan: juda kam xollarda – yurak urishini his qilish, ko‘krakda og‘riq, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti. Qon tomir tizimi tomonidan: juda kam xollarda – arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, vaskulit. Respirator, torakal va mediastinal buzilishlar: kam xollarda – astma (shu jumladan dispnoe); juda kam xollarda – pnevmonit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorindagi og‘riq, meteorizm, anoreksiya; kam xollarda – gastrit, ichak qon ketishlari, qon aralash qusish, gemorragik diareya, melena, qon ketishi yoki perforatsiya bilan yoki u siz me'da yoki ichak yarasi; juda kam xollarda – kolit (shu jumladan gemorragik kolit, yarali kolit yoki Kron kasalligini zo‘rayishi), qabziyat, stomatit (shu jumladan yarali stomatit), glossit, qizilo‘ngach tomonidan buzilishlar, ichakning membranali strikturalari, pankreatit. Gepatobiliar buzilishlar: tez-tez –transaminazalar darajasini oshishi, kam xollarda – gepatit, sariqlik, jigar funktsiyasini buzilishi; juda kam xollarda – yashin tezligidagi gepatit, gepatonekroz, jigar yetishmovchiligi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – toshma; kam xollarda – eshakemi; juda kam xollarda – bullyoz toshma, ekzema, eritema, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), eksfoliativ dermatit, sochlarni to‘kilishi, fotosezuvchanlik reaktsiyalari, purpura, allergik purpura, qichishish. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam xollarda –o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gematuriya, proteinuriya, nefrotik sindrom, interstitsial nefrit, buyrak papillyar nekrozi. Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyidagi buzilishlar: tez-tez – in'ektsiya joyida reaktsiya, og‘riq, zichlashish; kam xollarda – in'ektsiya joyida shish, nekroz, juda kam xollarda – in'ektsiya joyida abstsess. Reproduktiv tizimi tomonidan: juda kam xollarda – impotentsiya. Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va epidemiologik ma'lumotlar diklofenakni qo‘llash bilan bog‘liq, xususan yuqori terapevtik dozalarda (sutkada 150 mg) va uzoq vaqt qo‘llaganda trombotik asoratlar (masalan miokard infarkti yoki insulьt) ning yuqori xavfidan dalolat beradi.
Retsept bo‘yicha.
Simptomlarni nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan minimal samarali dozani qisqa vaqt ichida qo‘llab, noxush samaralarni minimallashtirish mumkin. Har qanday sinergik foydani yo‘qligi va qo‘shimcha nojo‘ya samaralarni rivojlanishi mumkinligi tufayli, diklofenak natriy preparatini tizimli NYaQV, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Preparatni keksa yoshdagi patsiyentlarga va tana vazni ko‘rsatkichi past bo‘lgan bemorlarga buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, eng past samarali dozalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Boshqa NYaQV ni qo‘llagandagi kabi, diklofenakni dastlabki ekspozitsiyasiz allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafidaktik/anafilaktoid reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin. Boshqa NYaQV kabi diklofenak natriy o‘zining farmakodinamik xususiyatlari tufayli infektsiya belgilari va simptomlarini niqoblashi mumkin. Ovqat hazm qilish tizimiga ta'siri. Boshqa NYaQV, shu jumladan diklofenakni qo‘llaganda me'da-ichakdan qon ketishi (qon aralash qusish, melena), yara hosil bo‘lishi yoki perforatsiya xolatlari qayd etilgan, ular o‘limga olib kelishi va ogohlantiruvchi simptomlar bilan yoki ularsiz, shuningdek anamnezida me'da-ichak yo‘llari tomonidan jiddiy ko‘rinishlar bo‘lganida davolash vaqtida har qanday vaqtda kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar odatda keksa yoshdagi patsiyentlarda jiddiyroq oqibatlarga ega. NYaQV, shu jumladan diklofenakning dozasi oshirilganda, shuningdek anamnezida yara bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya ko‘rinishida asoratlangan patsiyentlarda me'da-ichakdan qon ketishi, yara hosil bo‘lishi yoki perforatsiya xavfi yuqori. Agar diklofenak qabul qilayotgan patsiyentlarda me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara hosil bo‘lishi kuzatilsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak. Anamnezida yara bo‘lgan, ayniqsa qon ketishi yoki perforatsiya ko‘rinishida asoratlari bo‘lgan patsiyentlarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda ovqat hazm qilish tizimiga toksik ta'siri xavfini kamaytirish uchun davolashni eng past samarali dozadan boshlash va tutib turish kerak yoki bunday patsiyentlar uchun himoya qiluvchi dori vositalar (masalan proton nasosni ingibitorlari yoki mizoprostol) qo‘llash majmuaviy davolash masalasini ko‘rib chiqish lozim. Anamnezida me'da-ichak toksikligi bo‘lgan patsiyentlar, ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlar har qanday odatdagi bo‘lmagan abdominal simptomlar (ayniqsa ovqat hazm qilish yo‘llarida qon ketishi) haqida xabar berishlari kerak. Tizimli kortikosteroidlar, antikoagulyantlar (masalan varfarin), antitrombotik vositalar (masalan atsetilsalitsil kislotasi) yoki serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari kabi yara yoki qon ketishi xavfini oshiruvchi preparatlarni yondosh qabul qilayotgan patsiyentlarda ham ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Jigarga ta'siri. Agar diklofenak natriy jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarga buyurilsa, sinchkov tibbiy kuzatuv zarur, chunki ularning xolati zo‘rayishi mumkin. Boshqa NYaQV, shu jumladan diklofenak natriyni qo‘llagandagi kabi jigar fermentlarining birini va undan ko‘prog‘ining darajasi oshishi mumkin. Preparat bilan davolash vaqtida jigar funktsiyasini muntazam nazorati tavsiya qilinadi. Agar jigar funktsiyasini buzilish saqlansa yoki yomonlashsa yoki klinik belgilar yoki simptomlar jigarning avj oluvchi kasalligi bilan bog‘liq bo‘lsa yoki agar boshqa ko‘rinishlar (masalan eozinofiliya, toshma) kuzatilsa, diklofenak natriy preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Agar diklofenak natriy jigar porfiriyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilganda, xuruj qo‘zg‘atishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Buyraklarga ta'siri. NYaQV, shu jumladan diklofenak natriy bilan davolaganda suyuqlik tutilishi va shish haqida xabar berilganligi tufayli, yurak yoki buyrak funktsiyasini buzilishi, anamnezida arterial gipertenziya bo‘lgan bemorlarga, keksa yoshdagi bemorlarga, diuretiklar yoki buyrak funktsiyasiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan yondosh davolanayotgan bemorlarga va har qanday sababli (masalan jiddiy jarroxlik aralashuvidan oldin yoki keyin) suyuqlikning xujayradan tashqari xajmini ahamiyatli pasayishi bo‘lgan patsiyentlarga alohida e'tibor qaratish kerak. Bunday xolatlarda ehtiyotkorlik chorasi sifatida buyrak funktsiyasi monitoringi tavsiya etiladi. Davolashni to‘xtatish odatda davolashdan oldingi xolatga qaytishni ta'minlaydi. Teriga ta'siri. NYaQV, shu jumladan diklofenak natriy preparatini qo‘llash tufayli juda kam xollarda teri tomonidan jiddiy reaktsiyalar, shu jumladan eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz qayd etilgan. Ehtimol, ushbu reaktsiyalarning rivojlanishini eng yuqori xavfi davolash kursini boshida, ko‘pgina xolatlarda – davolashning birinchi oyi davomida kuzatiladi. Teri toshmalari, shilliq qavatlarni shikastlanishi yoki yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari birinchi paydo marta bo‘lganida diklofenak natriy preparatini qo‘llashni to‘xtatish kerak. Tizimli qizil yugurik (TQYu) va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari. TQYu va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda aseptik meningit rivojlanishi xavfini oshishi kuzatilishi mumkin. Yurak-qon tomir va serebrovaskulyar samaralar. Kardiovaskulyar ko‘rinishlarning ahamiyatli xavf omillari (masalan arterial gipertoniya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan patsiyentlarda diklofenakni faqat sinchkov klinik baholagandan keyin buyurish mumkin. Doza va davolash davomiyligi oshgan sari diklofenakning kardiovaskulyar xavflari oshishi mumkinligi tufayli, uni iloji boricha qisqa vaqt davomida va eng past samarali dozada qo‘llash kerak. Patsiyentning simptomlarni yengillashtirish uchun diklofenakni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoji va davolashga javobini vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqish kerak. Anamnezida arterial gipertenziya va/yoki yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasidagi dimlangan yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda tegishli monitoring o‘tkazish va tavsiyalar berish kerak, chunki NYaQV, shu jumladan diklofenakni qo‘llaganda suyuqlikni tutilishi va shish xolatlari qayd etilgan. Klinik tadqiqotlar ma'lumotlari va epidemiologik ma'lumotlar diklofenakni, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 150 mg) va uzoq vaqt davomida qo‘llash arterial trombotik xodisalar (masalan miokard infarkti yoki insulьt) rivojlanishining xavfini biroz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Nazoratlanmagan arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, yurakning barqaror ishemik kasalligi, periferik arteriyalar kasalliklari va/yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda diklofenak natriyni buyurish tavsiya etilmaydi, qo‘llash zarurati bo‘lganida sutkada 100 mg gacha dozada xavf-foydani sinchkovlik bilan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Patsiyentlar har qanday vaqtda kuzatilishi mumkin bo‘lgan jiddiy xolatlar (ko‘krakda og‘riq, hansirash, xolsizlik, nutqni buzilishi) yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilishlari kerak. Bunday xolatlarda darhol shifokorga murojaat etish kerak. Gematologik ko‘rsatkichlarga ta'siri. Boshqa NYaQV kabi, preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda qon tahlili monitoringi tavsiya etiladi. Boshqa NYaQV kabi diklofenak natriy trombotsitlar agregatsiyasini vaqtincha susaytirishi mumkin. Gemostazni buzilishi, gemorragik diatez yoki gematologik buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Anamnezida astma. Bronxial astma, mavsumiy allergik rinit, burun shilliq qavatini shishi (nazar poliplar), o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yo‘llarining surunkali infektsiyalari (ayniqsa allergik, rinitlarga o‘xshash simptomlar bilan bog‘liq) bo‘lgan patsiyentlarda boshqalarga nisbatan NYaQV ga astmani zo‘rayishi (analьgetiklarni o‘zlashtiraolmaslik/analьgetik astma deb nomlanuvchi), Kvinke shishi yoki eshakemiga o‘xshash reaktsiyalar ko‘proq yuzaga keladi. Shuning uchun bunday bemorlarda maxsus ehtiyotkorlik choralari (shoshilinch yordam ko‘rsatishga tayyorgarlik) tavsiya etiladi. Bu shuningdek teri reaktsiyalari, qichishish yoki eshakemi bilan namoyon bo‘luvchi boshqa moddalarga allergiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ham taalluqli. Prostaglandinsintetaza faolligini susaytiruvchi boshqa preparatlar kabi diklofenak natriy va NYaQV bronxial astma bo‘lgan patsiyentlarda yoki anamnezida bronxial astmasi bo‘lgan patsiyentlarda bronxospazm rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ayollarda fertillik. Diklofenak natriyni qo‘llash ayollarda fertillikni buzilishiga olib kelishi mumkin va homilador bo‘lmoqchi bo‘lgan ayollarga tavsiya etilmaydi. Homilador bo‘lishda qiyinchiliklari bo‘lgan yoki bepushtlik yuzasidan tekshiruvdan o‘tuvchi ayollarda diklofenak natriy preparatini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Diklofenak natriy bilan davolash davrida alkogol iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi.Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarganda reaktsiya tezligiga ta'siri. Diklofenak natriy preparati bilan davolash vaqtida ko‘rishni buzilishi, bosh aylanishi, vertigo, uyquchanlik yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa buzilishlar kuzatilgan patsiyentlar avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishlari kerak. Bu ko‘rinishlar bir vaqtda alkogolь qabul qilinganda kuchayadi.
Yallig‘lanishga qarshi va/yoki og‘riq qoldiruvchi samaraga tez erishish kerak bo‘lgan kasalliklari: • periartrit, bursit, miozit, tendinit, sinovit ko‘rinishlari bilan bo‘g‘im sindromi (revmatoid artrit, seronegativ spodiloartritlar, podagra va boshqa tizimli kasalliklaridagi artritlar); • tayanch-xarakatlantiruvchi apparatning degenerativ va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (osteoxondroz, osteoartrit, periartropatiyalar); • yumshoq to‘qimalar yoki tayanch-xarakatlantiruvchi apparatning jarohat (cho‘zilishlar, lat yeyish va boshq.) yoki operatsiyalardan keyingi yallig‘lanish; • nevrologik kasalliklardagi og‘riq sindromi (nevralgiyalar, ishalgiyalar, lyumbalgiyalar, dorsalgiyalar, torakalgiyalar, migrennь, mialgiyalar); • kichik chanoq a'zolarning va siydik-jinsiy tizimining og‘riq sindromi va yallig‘lanish kasalliklari (alьgodismenoreya, adneksit, buyrak sanchig‘i, proktit, prostati va boshq.); • yaqqol og‘riq sindromi bilan LOR-a'zolar infektsion-yallig‘lanish kasalialarni majmuaviy davolash tarkibida (faringit, tonzillit, otit), tish og‘rig‘i; • me'da-ichak yo‘li kasalliklaridagi og‘riq sindromi (o‘tkir va surunkali pankreatitlar, o‘t sanchig‘i).
• diklofenak natriy yoki preparatning boshqa har qanday komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; • Boshqa NYaQV kabi diklofenakni ham, ibuprofen, atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qo‘llash bronxial astma, angionevrotik shish, eshakemi yoki o‘tkir rinit xurujlarini qo‘zg‘atadigan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas; • anamnezida avval NYaQV bilan davolanishi bilan bog‘liq me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki perforatsiyasi; • yara kasalligining faol shakli (qon ketishi yoki qaytalanuvchi yara kasalligi), anamnezida qon ketishi (qon ketishining ikki va undan ko‘p alohida epizodlari); • ichakning yallig‘lanish kasalliklari (masalan Kron kasalligi yoki yarali kolit); • jigar yetishmovchiligi; • buyrak yetishmovchilig; • giperkaliyemiya; • dimlangan yurak yetishmovchiligi (NYHA II-IV); • stenokardiya bo‘lgan, miokard infarktini o‘tkazgan patsiyentlarda yurak ishemik kasalligi; • insulьt o‘tkazgan yoki tranzitor ishemik atakalar epizodlari bo‘lgan patsiyentlarda serebrovaskulyar kasalliklari. • periferik arteriyalar kasalliklari; • aorto-koronar shuntlashda (yoki su'niy qon aylanishi apparatini qo‘llaganda) perioperatsion og‘riqni davolash. • operatsiyadan keyingi qon ketishlar rivojlanishining yuqori xavfi, qonni ivimasligi, gemostazni buzilishi, gemopoetik buzilishlar yoki serebrovaskulyar qon ketishlar; • homiladorlikning III uch oyligi. • preparat bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Diuretiklar va antigipertenziv vositalar. Boshqa NYaQV kabi diklofenak natriyni diuretiklar va antigipertenziv vositalar (masalan beta-blokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari) bilan bir vaqtda qo‘llash qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qilish yo‘li orqali ularning antigipertenziv va diuretik ta'sirini pasayishiga olib kelishi mumkin. Boshqa NYaQV, shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlari va kortikosteroidlar. Diklofenak natriy va boshqa tizimli NYaQV yoki kortikosteroidlarni bir vaqtda qo‘llash me'da-ichakdan qon ketishi yoki yara xavfini oshirishi mumkin. Ikki yoki undan ko‘p NYaQV ni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak. Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI). Tizimli NYaQV va SQQOSI ni bir vaqtda yuborish ovqat hazm qilish yo‘llarida qon ketishi xavfini oshirishi mumkin. Antidiabetik preparatlar. Klinik tadqiqotlar diklofenak natriyni peroral antidiabetik vositalar bilan birga qo‘llash mumkin. Ammo diklofenak natriy bilan davolash vaqtida antidiabetik preparatlarning talab etuvchi gipoglikemik ham, giperglikemik ham ta'sirning alohida xolatlari ma'lum. Bunday xolatlarda qonda glyukoza darajasini monitoring qilish zarur. Metotreksat. Diklofenak natriy buyrak kanalchalarida metotreksatning klirensini susaytirishi mumkin, bu metotreksatning darajasini oshishiga olib keladi. NYaQV, shu jumladan diklofenak natriy metotreksat bilan davolashdan 24 soatdan kamroq oldin yuborganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, chunki qonda metotreksatning kontsentratsiyasi oshishi va ushbu moddaning toksikligi kuchayishi mumkin. Fenitoin. Fenitoinni diklofenak natriy bilan bir vaqtda qo‘llanilganda fenitoinning ekspozitsiyasini oshishi sababli qon plazmasida fenitoinning kontsentratsiyasini monitoringini olib borish tavsiya etiladi. Mifepriston. Diklofenak natriyni mifepristonni qo‘llagandan keyin 8-12 kun davomida qo‘llash mumkin emas, chunki NYaQV uning samarasini pasaytirishi mumkin. Rifampitsin. Bir vaqtda qo‘llanilganda qon plazmada diklofenakni korntsentratsiyasi kamayishi mumkin. Seftriakson. Bir vaqt qo‘llanilganida safro bilan seftriakson chiqarilishi oshishi mumkin. Siklosporin. Bir vaqtda qo‘llanilganida siklosporinning nefrotoksikligini oshishi mumkin. CYP2C9 ning kuchli ingibitorlari. Diklofenakni CYP2C9 ning kuchli ingibitorlari (masalan vorikonazol) bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi, bu diklofenakning metabolizmini susayishi oqibatida uning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasini va ekspozitsiyasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Xinolonlar qatoridagi antibakterial preparatlar. Xinolonlar qatoridagi antibiotklari va NYaQV ni birga qabul qilgan bemorlarda tirishishlar rivojlanishi haqida alohida ma'lumotlar mavjud. Kaliy tejovchi diuretiklar. Bir vaqt qo‘llanilganida qonda kaliy kontsentratsiyasi oshishi mumkin. , siklosporin, takrolimus yoki trimetoprim bilan yondosh davolash qon zardobida kaliyning darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, shuning uchun patsiyentlarning xolatini monitoring qilish tez-tez o‘tkazish kerak. Antikoagulyantlar. Bir vaqtda diklofenak va varfarin qo‘llanilganida qon ketishi xavfi paydo bo‘lishi haqida alohida xabarlar mavjud. Opioid analьgetiklar. Diklofenak natriy opioidlarga ehtiyojni ahamiyatli darajada kamaytiradi. Morfin. Bir vaqtda qo‘llanilganida diklofenak natriy mavjud bo‘lganida morfinning faol metabolitini kontsentratsiyasi yuqori qolishi mumkin, bu morfinning metabolitini nojo‘ya samaralar, shu jumladan nafasni susayishi rivojlanish xavfini oshiradi. Penttazotsin. Bir vaqtda qo‘llanilganida katta tirishish xuruji rivojlanish holatlari ta'riflangan.
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.



Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Tiniq rangsiz yoki biroz sarg‘ish suyuqlik.
Preparatni dumba sohasining yuqori tashqi kvandrantiga chuqur mushak ichiga (m/i) yuborish lozim. Qo‘llash davomiyligi ikki kundan ortiq qo‘llanilmasin, zarurati bo‘lganda keynchalik Diklofenak natriyning peroral yoki rektal qo‘llash bilan davom ettirish mumkin. Diklofenak natriy ampulalarda yallig‘lanish va degenerativ revmatik kasalliklarini, va shuningdek norevmatik kelib chiqqan yallig‘lanish tufayli og‘riqlarni boshlangich davolash uchun ayniqsa to‘g‘ri keladi. Doza odatda sutkada 1 marta 75 mg (1 ampula) ni tashkil qiladi. O‘tkir og‘riqlarda va o‘rtacha va kuchli darajadagi operatsiyadan keyingi og‘riqlarda patsiyentlarga preparatni har kuni m/i 75 mg (1 ampula) buyuriladi. Juda zarur bo‘lgan xolatlarda (masalan o‘t yoki buyrak sanchiqlari) preparatni qayta yuborish mumkin, ammo sutkalik dozani 150 mg (kuniga 2 marta 1 ampuladan) oshmasligi kerak. Ikkinchi in'ektsiyani orasida bir necha soatlik intervalga rioya qilish kerak (har bir yonboshga bittadan in'ektsiya). Bolalar Diklofenak natriy in'ektsiya uchun eritma dori shakli bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Diklofenak natriy in'ektsiya uchun eritma dori shakli bolalarda va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Diklofenak dozasini oshirib yuborilishining tipik klinik manzarasi yo‘q. Simptomlari. Dozani oshirib yuborilishi bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda og‘riq, gastrointestinal qon ketishlar, diareya, bosh aylanishi, dezoriyentatsiya, qo‘zg‘alish, uyquchanlik, quloqlarda shang‘illash, hushdan ketish, tirishishlar (bolalarda – mioklonik tirishishlar) yoki koma kabi simptomlarni chaqirishi mumkin. Og‘ir zaharlanish xolatida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va jigarni shikastlanishi kuzatilishi mumkin. Davolash. Tez-tez yoki davomli tirishishlarda vena ichiga diazepam yuborish kerak. Patsiyentning klinik xolatiga qarab boshqa choralar buyurilishi mumkin. Davolash simptomatik. Jadallashtirilgan diurez, dializ yoki gemoperfuziya kabi maxsus choralar qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi va jadal metabolizmi tufayli NYaQV chiqarilishini garantiyalanmasligi mumkin.
Homiladorlikning III uch oyliklarida qo‘llash mumkin emas (bachadonni qisqarish qobiliyati susayishi va homilada muddatidan oldin arterial yo‘lini yopilishi). Homiladorlikning I va II uch oyliklarida diklofenak natriy preparatini faqat, ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganda, faqat minimal samarali dozada buyurish mumkin, davolash davomiyligi imkoni boricha qisqa bo‘lishi kerak.
Emizish davri.Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar kabi, diklofenak natriy oz miqdorda ko‘krak sutiga kiradi. Shunday qilib, chaqaloqqa noxush ta'siridan saqlanish uchun diklofenak natriyni emizish davrida qo‘llash mumkin emas.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 2,5% N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
DIKLOSEYF MAKS gel 30g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
ORTOFLEKS maz 50 g 20 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Estoniya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО, Латвия произведено: Таллиннский фармацевтический завод, АО
KLODIFEN ko'z tomchilari 5ml 0,1% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd Sti, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil:
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
KLODIFEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S.
  • Vakil:
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLODIFEN gel 45g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Slavia Pharm SRL
  • Vakil:
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Lab.
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOGEN inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
VOLTAREN EMUL gel 100g 2%
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BLOKIUM gel 50g
Narh: 125 000 so'mdan Batafsil
BLOKIUM V12 tabletkalari N15
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
ORTOFEN tabletkalari 25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ТатХимФармПрепараты, АО
Narh: 5 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 2 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармаприм, ООО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N6
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK gel 50g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK gel 30g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK tabletkalari 50mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK AKOS maz 30g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLON suppozitorii 25mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медикал Горизон ООО
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
DIKLON suppozitorii 12,5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Armaniston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Медикал Горизон ООО
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 3ml 75mg/3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Uzgermed Pharm, СП, ООО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
DIKLOFENAK inyeksiya uchun eritma 25mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
DOLAREN gel 50g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
VOLTAREN EMUL gel 50g 1%
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
VOLTAREN EMUL gel 50g 2%
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
VOLTAREN EMUL gel 100g 1%
Narh: 79 000 so'mdan Batafsil
YUNIKLOFEN ko'z tomchilari i ushnie 5ml 1mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Slovakiya Respublikasi
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Pharma spol. S.r.o.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Moldova
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармаприм, ООО
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N6
DIKLOFENAK suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биосинтез, ПАО
DIKLOFENAK rektal suppozitorialar 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
DIKLOFENAK rektal suppozitorialar 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
DIKLOFENAK suppozitorii 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
MR DIKLOFENAK suppozitorii N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
DIKLOFENAK gel 50g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK gel 30g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез, ОАО
DIKLOFENAK 30,0 gel 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
DIKLOFENAK 30,0 gel 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
DIKLOFENAK 30,0 gel 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
DIKLOFENAK 40,0 gel 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Озон»
DIKLOFENAK 40,0 gel 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Serbiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Хемофарм А.Д.Вршац, произ-ая площадка Шабац/ Хемофарм А.Д.
DIKLOFENAK gel 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО)
DIKLOFENAK krem 20 g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: S.C. Rompharm Company S.R.L., Румыния произведено: S.C. Hyperion S.A. Iasi.
DIKLOFENAK maz 30g 10%
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
DIKLOFENAK maz 30 g 10 mg/g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Диклофенак ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский Завод МП ОАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9