×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EKSTRASEF poroshok 500 mg

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Пакистан
Faol modda:
Сульбактам
Ishlab chiqaruvchi:
- Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Vakil:
- Nabiqasim Industries Ltd
ATX kodi:
- J01DD62
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

MAKSIFLOKS ko'z tomchilari 5ml 5mg/ml S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
38 949 s`om dan
IZIPTOL suspenziya 90ml 480mg/10ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
SEFVIN tabletkalari 250mg N10 Mediwin Pharmaceuticals Hindiston
58 000 s`om dan
AKLEVO 500 tabletkalari 500mg N10 Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
25 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 flakon quruq kukun 1 g va 1 ampula 5 ml tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. 1 flakon quruq kukun 2 g va 1 ampula 10 ml tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
sefoperazon natriy – 1000 mg yoki 500 mg sefoperazonga ekvivalent;
sulьbaktam natriy – 1000 mg yoki 500 mg sulьbaktamga ekvivalent;
erituvchi: in'ektsiya uchun suv – 10 ml.
Sefoperazon – faqat parenteral yuborish uchun mo'ljallangan keng ta'sir doirasiga ega yarimsintetik sefalosporin antibiotikdir. Sezgir mikroorganizmlarga ularni faol ko'payishi davrida, xujayra devorining mukopeptidini biosintezini susaytirishi orqali ta'sir qiladi.
Sulьbaktam – penitsillinning asosiy yadrosini hosilasidir. Beta-laktamazalarning qaytmas ingibitoridir va faqat parenteral qo'llash uchun mo'ljallangan. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha natriy penitsillinat sulьfondir. Sulьbaktam klinik ahamiyatli antibakterial faollikka ega emas (Neisseriaceae va Acinetobacter bundan mustasno). Xujayralarni saqlamaydigan bakterial tizimlar yordamida o'tkazilgan biokimyoviy tadqiqotlarda, uni beta-laktamaz antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar ishlab chiqaradigan, ko'pchilik asosiy beta-laktamazalarning qaytmas ingibitori ekanligi ko'rsatilgan.
Preparat sefoperazonga sezgir barcha mikroorganizmlarga nisbatan faoldir. Bundan tashqari, turli mikroorganizmlarga nisbatan sinergizmga ega, birinchi navbatda quyidagilarga nisbatan: Haemophilus influenza, Bacteroides spp., Staphylococcus spp., Acinetobacter calcoaceticus, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Proteus mirabilis, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Citrobacter diversus.
Sefoperazon / sulьbaktam in vitro sharoitlarda klinik ahamiyatli mikroorganizmlarning keng doirasiga nisbatan faoldir.
Grammusbat mikroorganizmlar: penitsillinaza ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi beta-gemolitik streptokokki), Streptococcus agalactiae (V guruhi beta-gemolitik streptokokki), beta-gemolitik streptokokklarning ko'pchilik boshqa shtammlari, Streptococcus faecalis (enterokokk) ning ko'pchilik shtammlari.
Grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Klebsiella spp., Enterobacter spp., Citrobacter spp., Haemophilus influenzae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Morganella morganii (eski nomi Proteus morganii), Providencia rettgeri (eski nomi Proteus rettgeri), Providencia species, Serratia spp. (shu jumladan, S. marcescens), Salmonella va Shigella spp., Pseudomonas aeruginosa va ayrim boshqa Pseudomonas spp., Acinetobacter calcoaceticus, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Bordetella pertussis, Yersinia enterocolitica. Anaerob mikroorganizmlar: grammanfiy tayoqchalar (shu jumladan, Bacteroides fragilis, boshqa Bacteroides spp. va Fusobacterium spp.); grammusbat va grammanfiy kokklar: (shu jumladan, Peptococcus, Peptostreptococcus va Veilonella species); grammusbat tayoqchalar (shu jumladan, Clostridium, Eubacterium va Lactobacillus spp.).
Preparat yuborilganida sefoperazonning dozasini taxminan 25% va sulьbaktamning dozasini 84% buyraklar orqali chiqariladi. Sefoperazonning katta qismi safro bilan chiqariladi. Sefoperazon / sulьbaktam yuborilganidan so'ng sefoperazonning o'rtacha yarim yashash muddati 1,7 soatni, sulьbaktamniki esa – 1 soatni tashkil etadi. Plazmadagi kontsentratsiyasi yuborilgan dozasiga proportsionaldir. 2 g sefoperazon / sulьbaktam vena ichiga 5 minut davomida yuborilganidan so'ng sefoperazon va sulьbaktamning maksimal kontsentratsiyalarini o'rtacha qiymati muvofiq ravishda 236,8 va 130,2 mkg/ml ni tashkil etadi. Bu sulьbaktamning taqsimlanish hajmini (Vα=18,0-27,6 l) sefoperazonning taqsimlanish hajmiga nisbatan (Vα = 10,2-11,3 l) katta ekanligidan dalolat beradi.
Sefoperazon ham, sulьbaktam ham organizmning to'qimalari va suyuqliklariga, jumladan safro, o't pufagi, teri, apendiks, falopiy naylari, tuxumdonlar, bachadon va boshqalarga jadal ravishda taqsimlanadi.
Bolalarda sefoperazonning o'rtacha yarim yashash muddati taxminan 1,44 soatdan 1,88 soatgacha, sulьbaktamniki esa – 0,91 soatdan 1,42 soatgacha bo'ladi.
Sefoperazon va sulьbaktam kompleks preparat shaklida birga qo'llanganida ularning o'rtasida farmakokinetik o'zaro ta'siri yuzasidan ma'lumotlar mavjud emas.
Ko'p marta yuborilganidan so'ng sefoperazon / sulьbaktamning komponentlarini farmakokinetikasida biron-bir ahamiyatli o'zgarishlar va har 8-12 soatda qo'llanganida ularni organizmda to'planishi aniqlanmagan.
Preparat odatda yaxshi o'zlashtiriladi, ko'pchilik nojo'ya ta'sirlari yengil va o'rtacha namoyon bo'ladi va davolash davomida o'tib ketadi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: preparat bilan davolanishda, boshqa antibiotiklardagi kabi hammadan ko'proq me'da-ichak yo'llari faoliyatining buzilishi aniqlangan. Eng ko'p diareya, kamroq darajada ko'ngil aynashi va qusish kuzatilgan.
Allergik reaktsiyalar: barcha penitsillinlar va sefalosporinlar bilan davolashda bo'lgani kabi makulo-papulyoz toshma, eshakemi kuzatilgan. Anamnezida allergik reaktsiyalari (ayniqsa penitsillinga) bo'lgan bemorlarda ularning rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi.
Butun organizm tomonidan: bosh og'rig'i, isitma, in'ektsiyada og'riqlar, etni uvishishi.
Laborator ko'rsatgichlar tomonidan: jigar faoliyatining ko'rsatgichlari – AST, ALT, ЩF, bilirubinni o'tkinchi oshishi.
Mahalliy reaktsiyalar: ba'zida mushak ichiga in'ektsiya qilingandan so'ng o'tkinchi og'riq kuzatiladi. Ekstrasef preparati kateter yordamida vena ichiga yuborilganida (boshqa sefalosporinlar va penitsillinlar kabi) infuziya joyida flebit rivojlanishi mumkin.
Preparatni postmarketing qo'llash vaqtida qo'shimcha quyidagi nojo'ya samaralari qayd etilgan:
Allergik reaktsiyalar: anafilaktoid reaktsiyalar (shu jumladan, shok), Stivens-Djonson sindromi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, vaskulit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: soxta membranoz kolit.
Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya.
Dermatologik reaktsiyalar: qichishish.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: gematuriya.
Shifokorga o'zingizni kasallik tarixingiz haqida ma'lumot bering, ayniqsa quyidagilar haqida: buyrak va jigar bilan bog'liq bo'lgan muammolar, me'da bilan bog'liq bo'lgan muammolar, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, allergiya (ayniqsa penitsillinlarga, sefalosporinlarga yoki boshqa preparatlarga allergiya). Ushbu dori vositasini uzoq vaqt davomida yoki takroriy davrlarda qo'llash ikkilamchi infektsiyalar (masalan, og'iz bo'shlig'i, siydik-tanosil tizimi yoki qinni zamburug'lii infektsiyalari) ga olib kelishi mumkin. Ba'zi bemorlarda, sefoperazon bilan davolash, boshqa antibiotiklar bilan bo'lgani kabi, organizmda K vitaminining tanqisligiga olib kelishi mumkin, bu ehtimol, ichakda ushbu vitaminni ishlab chiqaradigan mikroflorani susayishi bilan bog'liq. Bunday havfga kuchsizlangan patsiyentlar, ovqatlanishi cheklangan patsiyentlar, mukovistsidoz bo'lgan bemorlar, shuningdek uzoq vaqt davomida parenteral oziqlantirishda bo'lgan patsiyentlar ko'proq moyil bo'ladilar. Bunday hollarda protrombinning darajasini nazorat qilish va zarurat bo'lganida K vitamini preparatlarini buyurish kerak. Shunday nazorat antikoagulyantlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda ham amalga oshirilishi kerak. Ekstrasef preparatini uzoq vaqt davomida qo'llash chidamli mikroorganizmlarni o'sishini kuchayishiga olib kelishi mumkin, shuning uchun bemorning ahvolini sinchiklab nazorat qilish kerak. Buyrak, jigar va qon yaratish tizimining faoliyatini vaqti-vaqti bilan buzilishiga tayyor bo'lish kerak. Bu ayniqsa, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda, hususan chala tug'ilgan chaqaloqlarda, shuningdek boshqa go'daklarda juda muhim. Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo'llanishi. Buyrak faoliyatini turli darajada buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga Ekstrasef preparati qo'llanganida sulьbaktamning umumiy klirensi aniqlangan kreatinin klirensi bilan mos keladi. Buyrak faoliyatini og'ir darajadagi buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda sulьbaktamning yarim yashash muddatini ahamiyatli darajada oshishi kuzatiladi. Gemodializ sulьbaktamning yarim yashash muddati, umumiy klirensi va taqsimlanish hajmiga ahamiyatli darajada ta'sir qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda sefoperazonning farmakokinetikasida biron-bir o'zgarishlar aniqlanmagan. Jigar faoliyatini buzilishlarida qo'llanishi. Sefoperazon safro bilan ahamiyatli darajada ajralib chiqadi. Jigar kasalliklari va/yoki o't chiqarish yo'llarini obstruktsiyasi bo'lgan bemorlarda plazmada sefoperazonning yarim yashash davri uzayadi, siydik bilan chiqarilishi esa oshadi. Hatto jigar faoliyatini og'ir darajadagi buzilishlarida safroda sefoperazon terayevtik kontsentratsiyalarda aniqlanadi, plazmada yarim yashash davri esa 2-4 marta oshadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Sefoperazon va sulьbaktam yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Shuning uchun Ekstrasef preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida, ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina qo'llash mumkin. Sefoperazon va sulьbaktam ko'krak suti bilan juda kam miqdorda ajralib chiqadi, shuning uchun laktatsiya davrida Ekstrasef preparati qo'llanganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak. Pediatriyada qo'llanishi Ekstrasef preparati pediatriya amaliyotida qo'llanadi. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'rganish yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalari;
siydik chiqarish yo'llarining yuqori va pastki bo'limlarini infektsiyalari;
intraabdominal infektsiyalar (shu jumladan, peritonit, xoletsistit, xolangit);
septitsemiya;
meningit;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari;
kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari;
endometrit;
gonoreya.
Preparatni keng ta'sir doirasiga ega ekanligini hisobga olib, ko'pchilik infektsiyalarda ushbu preparat bilan monoterapiya o'tkazish samarali bo'ladi. Biroq zarurat bo'lganida, Ekstrasef preparatini boshqa antibiotiklar bilan majmuada qo'llash mumkin (aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo'llanganida buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak).
Penitsillinlar, sulьbaktam, sefoperazon yoki har qanday boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Ekstrasef va tarkibida spirt saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qo'llash yoki preparat bilan davolash vaqtida yoki tugaganidan so'ng 5 kun davomida alkogolni bir vaqtda qo'llash disulьfiram (teturam) ning ta'siriga o'hshash samaralar: qorinda spazm, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, yurak urishini his etish, hansirash, yuzni qizarishiga olib kelishi mumkin. Bu samaralar alkogolь iste'mol qilingandan so'ng 15-30 minut davomida kuzatiladi va bir necha soatdan keyin o'z-o'zidan o'tib ketadi. Bu sefoperazon molekulasining strukturasida N-metiltiotetrazol yon zanjirini borligi bilan bog'liq bo'lib, u atsetalьdegiddegidrogenaza fermentining faolligini susaytiradi, bu qonda, yuqorida sanab o'tilgan nojo'ya samaralarni chaqiradigan atsetalьdegidni to'planishiga olib keladi.
Antikoagulyantlar (kumarin yoki indandionning hosilalari), geparin yoki biron-bir trombolitiklar bilan bir vaqtda qo'llash qon ketish havfini oshiradi.
Ekstrasef preparati qo'llanganida siydikda glyukozaning miqdorini aniqlashda yoki Kumbs reaktsiyasi qo'yilganida soxta musbat natijalar kuzatilishi mumkin.
Farmatsevtik o'zaro ta'siri
Ekstrasef va aminoglikazidlarning eritmalarini, ular o'rtasida fizik nomutanosiblikni hisobga olib, to'g'ridan-to'g'ri aralashtirish mumkin emas. Agar Ekstrasef preparati va aminoglikazidlar bilan majmuaviy davolash o'tkaziladigan bo'lsa, u holda ikkala preparat alohida ikkilamchi kateterlar yordamida ketma-ket infuziyalar yo'li bilan yuboriladi, birlamchi kateterni esa preparatlarning dozalarini yuborish orasida adekvat eritma bilan yuviladi. Ekstrasef preparati va aminoglikozidlarni yuborishlar orasidagi intervallar kun davomida iloji boricha katta bo'lishi kerak.
Kukunni birlamchi eritish uchun Ringer laktat eritmasini, bu aralashmani nomutanosib ekanligini hisobga olib, ishlatish mumkin emas. Biroq, eritmani ikki bosqichda tayyorlash yo'li bilan mutanosiblikka erishish mumkin – dastlab kukun in'ektsiya uchun suvda eritiladi, so'ngra esa Ringer laktat eritmasida suyultiriladi.
Kukunni birlamchi eritish uchun lidokain gidroxloridining 2% eritmasini, ularning nomutanosib ekanligini hisobga olib, qo'llash tavsiya etilmaydi. Biroq, eritmani ikki bosqichda tayyorlash yo'li bilan mutanosiblikka erishish mumkin – dastlab kukun in'ektsiya uchun suvda eritiladi, so'ngra esa lidokain gidroxloridining 2% eritmasida suyultiriladi.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug'likdan himoyalangan joyda, 30°S dan past haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Tiklangan eritmani yaroqlilik muddati 7 kun 2-8°S xaroratda va 24 soat 8-25°S xaroratda.
O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llanilmasin.

Kattalarda preparatni 2,0-4,0 g sutkalik dozada qo'llash tavsiya etiladi. Sutkalik dozani teng qismlarga bo'lish va har 12 soatda yuborish kerak.

Og'ir darajadagi yoki refrakter infektsiyalarda preparatning sutkalik dozasi komponentlarning 1:1 nisbatida 8 g gacha oshirilishi mumkin (ya'ni 4 g sefoperazon va 4 g sulьbaktam). Sefoperazon/sulьbaktamni 1:1 nisbatda olayotgan bemorlarga, sefoperazonni qo'shimcha ravishda yuborish talab etilishi mumkin. Dozani teng qismlarga bo'lish va har 12 soatda yuborish kerak.

Sulьbaktamning tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozasi 4 g ni tashkil etadi.

Bolalarda preparatni sutkada 40-80 mg/kg dozada qo'llash tavsiya etiladi. Dozani teng qismlarga bo'lish va har 6-12 soatlarda yuborish kerak.

Jiddiy va davolashga refrakter infektsiyalarda dozalar, komponentlarni 1:1 nisbatida sutkada 160 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Sutkalik doza 2-4 teng qismlarga bo'linadi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi haftasi davomida preparatni har 12 soatda yuborish kerak. Bolalarda sulьbaktamning maksimal sutkalik dozasi sutkada 80 mg/kg dan oshmasligi kerak.

Yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo'lgan (KK minutiga 30 ml dan kam) bemorlarda preparatning dozasi, preparatning tarkibiga kiruvchi sulьbaktamning klirensini pasayishini kompensatsiya qilish uchun, o'zgartiriladi.

KK minutiga 15-30 ml bo'lgan bemorlarda sulьbaktamning maksimal dozasi 1 g tashkil etadi, har 12 soatda yuboriladi (sulьbaktamning maksimal sutkalik dozasi 2 g), KK minutiga <15 ml bo'lgan bemorlarda esa sulьbaktamning maksimal dozasi 500 mg tashkil etadi, har 12 soatda yuboriladi (sulьbaktamning maksimal sutkalik dozasi 1 g).

Og'ir darajadagi infektsiyalarda sefoperazonni qo'shimcha ravishda yuborish talab etilishi mumkin.

Gemodializda sulьbaktamning farmakokinetikasi ahamiyatli darajada o'zgarishi va sefoperazonni qon zardobidan yarim chiqarilish davri (T1/2) biroz pasayishi tufayli, preparatni yuborishni dializdan keyinga rejalashtirish kerak.

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash va qo'llash tartibi

Takroriy infuziyalar uchun har bir Ekstrasef flakonining ichidagisi 5% dekstroza eritmasi, 0,9% natriy xlorid eritmasi va/yoki in'ektsiya uchun steril suvning adekvat hajmida eritiladi, so'ngra esa shu erituvchi bilan 20 ml gacha suyultiriladi. Infuziya 15-20 minut davomida o'tkaziladi.

Vena ichiga infuziya qilishga eritma tayyorlash uchun Ringer laktat eritmasi ishlatilishi mumkin, biroq uni boshlang'ich eritish uchun qo'llash mumkin emas.

Vena ichiga in'ektsiya qilish uchun har bir flakon ichidagisini yuqorida ko'rsatilganidek eritish va kamida 3 minut davomida yuborish kerak.

Mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash tartibi

Mushak ichiga yuborishga eritma tayyorlash uchun 2% lidokain eritmasini ishlatish mumkin, biroq uni boshlang'ich eritish uchun qo'llash mumkin emas.


Умумий доза (г)

Цефоперазон + сульбактам эквивалент дозалари (г)

Эритувчининг ҳажми (мл)

Охирги максимал концентрация (мг/мл)

2,0

1,0 + 1,0

6,7

125 + 125


Preparat in'ektsiya uchun suv, 5% dekstroza eritmasi, fiziologik eritma, 5% dekstroza eritmasi 0,225% natriy xlorid eritmasida va 5% dekstroza eritmasi fiziologik eritmada, 10 mg/ml dan sefaperazon va 10 mg/ml dan sulьbaktam, 250mg/ml gacha sefoperazon va 250 mg/ml gacha sulьbaktam kontsentratsiyalarida to'g'ri keladi.

Ringer laktat eritmasida suyultirilganida eritma 2 bosqichda tayyorlanadi: avval in'ektsiya uchun steril suv ishlatiladi, so'ngra olingan eritma Ringer laktat eritmasida sulьbaktamning kontsentratsiyasi 5 mg/ml bo'lgunigacha suyultiriladi (2 ml boshlang'ich eritma 50 ml Ringer laktat eritmasida suyultiriladi yoki 4 ml 100 ml Ringer laktat eritmasida suyultiriladi).

Simptomlari: preparatning dozasi oshirib yuborilganida, preparat qo'llanganida qayd etilgan noxush samaralar paydo bo'lishini kutish mumkin. Orqa miya suyuqligida beta-laktam antibiotiklarining kontsentratsiyasini yuqori bo'lishi nevrologik buzilishlarga, shu jumladan tirishishlarga olib kelishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Davolash: Sefoperazon ham, sulьbaktam ham gemodializda qondan yo'qotiladi, shuning uchun buyrak faoliyatini buzilishlari bo'lgan bemorlarda dozani oshirib yuborilishi, davolashning shu usuli organizmdan preparatni chiqarilishiga yordam berishi mumkin.
Sefoperazon va sulьbaktam yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Shuning uchun Ekstrasef preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida, ona uchun kutilayotgan foyda homila yoki bola uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan holdagina qo'llash mumkin.
Sefoperazon va sulьbaktam ko'krak suti bilan juda kam miqdorda ajralib chiqadi, shuning uchun laktatsiya davrida Ekstrasef preparati qo'llanganida emizishni to'xtatish masalasini hal qilish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EKSTRASEF poroshok 500 mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EKSTRASEF poroshok 500 mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EKSTRASEF poroshok 500 mg dori vositasi Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd tomonidan Пакистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EKSTRASEF poroshok 500 mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EKSTRASEF poroshok 500 mg dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Narh: 42 300 so'mdan Batafsil
VARIOR tabletkalari 500mg N10
KLIN ENEMA eritma 68ml
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
KLIN ENEMA eritma 135ml
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
ASEFIL KAF sirop 120ml
Narh: 20 200 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 tabletkalari 3mg N1
Narh: 113 000 so'mdan Batafsil
GINOSPORIN krem 35g 2%
Narh: 29 100 so'mdan Batafsil
GLANDIN Ye2 gel 2,0mg N1
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
KLINLAK sirop 120ml
LANGEYR tabletkalari 4mg N14
IRPO FA sirop 120ml
VARIOR tabletkalari 250mg N10
LANGEYR poroshok 4mg N14
KLARITRO granuli 60ml 125mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
SEFEKSOL DS poroshok 200 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
SEFEKSOL poroshok 100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
ROVIROS tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
KLARITRO tabletkalari 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabiqasim Industries (PVT) Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9