×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Амоксициллин, Клавулановая кислота
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Lek d.d.
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- J01CR02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 11 ta dorixonasida topildi

ico 86 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 145 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 126 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10 Radiks, НПП O'zbekiston
8 000 s`om dan
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1 BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
30 000 s`om dan
AMOKSISILLIN kapsulalar 500mg N100 NCPC International Corp., Китай произведено: North China Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
6 000 s`om dan
MEREKSID poroshok 1g Oxford Laboratories Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonka bilan qoplangan planshetlar.

TAVSIF

Oq yoki oppoq rangli, oval, ikki qavariq, qirrasi qirrali, plyonka bilan qoplangan, bir tomoni qirrali va “875/125”, ikkinchi tomonida “AMC” yozuvi bor tabletkalar. Teshik tabletkani yutish qulayligi uchun sindirish va teng dozalarga bo'linmaslik uchun mo'ljallangan.

Tarkibi:

Faol moddalar: amoksitsillin va klavulan kislotasi.

Har bir tabletkada 875 mg amoksitsillin trihidrat va 125 mg klavulan kislotasi kaliy tuzi (7:1 nisbatda) mavjud.

Yordamchi moddalar

Yadro: kolloid suvsiz kremniy dioksidi, krospovidon, natriy kroskarmelloza, magniy stearati, mikrokristalin tsellyuloza; qobiq: gidroksipropil tsellyuloza, etil tsellyuloza, polisorbat 80, trietil sitrat, talk, titan dioksidi E171.


Chiqarilish shakli
10 (2x5) yoki 14 (2x7) tabletkadan blisterlar (alyuminiy/alyuminiy folga) qutida.

Amoksitsillin bakteriyalar hujayra devorining integral tarkibiy moddasi – peptidoglikan biosintezi jarayonida bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penitsillin-bog‘lovchi oqsillar deb nomlanadi) ingibitsiyalaydigan yarim sintetik penitsillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikan sintezining ingibitsiyalanishi hujayra devori mustahkamligining yo‘qotilishiga olib keladi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi. 
Amoksitsillin rezistent bakteriyalar tomonidan sintezlanadigan beta-laktamazlar ta’siri ostida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaradigan mikroorganizmlarga nisbatan faol emas. Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penitsillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazlarni bosadi va amoksitsillin inaktivatsiyasi oldini oladi. Klavulan kislotasi alohida o‘zi klinik foydali antibakterial ta’sir ko‘rsatmaydi.
Minimal bosuvchi konsentratsiyadan yuqori konsentratsiyani saqlash vaqti (T> MBK) amoksitsillin samaradorligining asosiy aniqlovchisi hisoblanadi.
Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma’lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir.
Ayrim xollarda antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlar hech bo‘lmaganda ba’zi turdagi infeksiyalarda, preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda, yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak. 
Odatdagi sezuvchan turlari
Gram-musbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metitsillin-sezuvchan shtammlar)*, koagulaza-manfiy stafilokokklar (metitsillin-sezuvchan), Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, viridans streptokokklar guruhi.
Gram-manfiy aeroblar: Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenzae2, Moraxella catarrhalis, Pasteurella multocida.
Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.
Orttirilgan rezistentlik kuchayishi ehtimoliga ega turlari
Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium#.
Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris.
Tabiiy rezistentlikka ega turlari
Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp., Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumophila, Morganela morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomonas maltophilia.
Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Clamydophila psittaci, Coxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.
# Orttirilgan rezistentlik mexanizmi yo‘qligida tabiiy oraliq sezuvchanlik.
* Barcha metitsillin-rezistentli stafilokokklar amoksitsillin/ klavulan kislotasiga rezistentli hisoblanadi.
1 Ushbu preparat penitsillinga rezistentli Streptococcus pneumoniae tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llash mumkin emas.
2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tez-tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.
Amoksitsillin va klavulan kislotasi pH fiziologik darajada suv eritmasida to‘liq parchalanadi. Dori vositasining har ikki tarkibiy moddasi ichga qabul qilingandan so‘ng tez va yaxshi so‘riladi, bunda ularning biokiraolishi taxminan 70% ga yetadi. Har ikki tarkibiy moddaning plazmadagi konsentratsiyalari ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lib, eng yuqori konsentratsiya (Tmax)ga erishish vaqti har ikki modda uchun taxminan bir soatni tashkil etadi.

Sog‘lom ko‘ngillilar guruhi 875 mg/125 mg tabletkalari ko‘rinishida majmuaviy preparatni och qoringa kuniga ikki marta qabul qilganlarida, zardobda maksimal konsentratsiyalar (Smax) amoksitsillin uchun 11,64±2,78 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 2,18±0,99 mkg/ml ni tashkil qilgan, zardobda maksimal konsentratsiyalarga erishish vaqti (Tmax) amoksitsillin uchun 1,5 soatni (diapazon 1,0-2,5) va klavulanat kislotasi uchun 1,25 soatni (diapazon 1,0-2,0) tashkil qilgan, yarim chiqarilish davri - T1/2 ning o‘rtacha ko‘rsatkichlari amoksitsillin uchun 1,19±0,21 soatni va klavulanat kislotasi uchun 0,96±0,12 soatni tashkil qildi.

Plazmadagi klavulan kislotasi umumiy tarkibining taxminan 25% va amoksitsillin umumiy tarkibining taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holatda bo‘ladi. 

Ichga yuborilgandan so‘ng amoksitsillin va klavulan kislotasi o‘t pufagida, qorin devorlari to‘qimalarida, terida, yog‘ to‘qimalarida, mushak to‘qimalarida, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksitsillin faqat oz darajada orqa miya suyuqligiga singib kiradi.

Amoksitsillin va klavulan kislotasi ona sutida (klavulan kislotasi – juda oz miqdorida) aniqlanadi. Har ikki modda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. 

Amoksitsillinni asosiy chiqarilish yo‘li buyraklar orqali bo‘lsa, ayni paytda klavulanat kislotasi organizmdan buyrak va buyrakdan tashqari mexanizmlar yordamida chiqariladi. 

Yoshi

Uch oylikdan ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksitsillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Keksa yoshdagi shaxslarda buyrak faoliyatini pasayishi mumkinligini nazarda tutib, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlanadi va zarurat tug‘ilganida buyrak faoliyatini muntazam tekshirib turiladi.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Amoksitsillin va klavulan kislotasi umumiy plazma klirensi buyrak funksiyalari pasayishiga mutanosib ravishda pasayadi. Klirens pasayishi amoksitsillinda klavulan kislotasiga nisbatan ko‘proq ifodalangan. Buyrak funksiyalari buzilganda dozalar klavulan kislotasining bir xil darajalarini ta’minlashda amoksitsillinning haddan tashqari to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda tanlab olinadi (“Dozalar va qo‘llash usuli” bo‘limiga qarang).

Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar faoliyatini muntazam nazorat qilinadi.

 

Noxush samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/10000), tez-tezligi noma’lum (ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas). 

Preparat qabul qilinganida eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya nojo‘ya reaksiyalari: diareya, ko‘ngil aynishi va qusish. 

Infeksion va parazitar kasalliklar: 

Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi.

Tez-tezligi noma’lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar: 

Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya. 

Tez-tezligi noma’lum: qaytuvchan agranulotsitoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi. 

Immun tizim tomonidan buzilishlar. 

Tez-tezligi noma’lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, allergik vaskulit.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: 

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. 

Tez-tezligi noma’lum: qaytuvchan giperreaktivlik, tirishishlar, aseptik meningit. 

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: 

Juda tez-tez: diareya; 

Tez-tez: ko‘ngil aynishi (ko‘pincha bu yuqori dozalarni ichga qabul qilish bilan bog‘liq; me’da-ichak yo‘llari tomonidan reaksiyalarni, preparatni ovqatni qabul qilishni boshida qabul qilib minimumga yetkazish mumkin), qusish. 

Tez-tez emas: ovqat hazm qilishni buzilishi.

Tez-tezligi noma’lum: antibiotiklarni qo‘llanishi bilan assotsiatsiyalangan kolit (shu jumladan, soxta membranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang), “qora tukli” til. 

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar 

Tez-tez emas: AST va/yoki ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam sinfi antibiotiklari bilan davolangan patsiyentlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarning ahamiyati noma’lum); 

Tez-tezligi noma’lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu noxush ko‘rinishlar boshqa penitsillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar va extiyotkorlik choralari”ga qarang); 

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar 

Har qanday teri allergik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak 

Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishish, eshakemi. 

Kam xollarda: ko‘p shaklli eritema. 

Tez-tezligi noma’lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyoz, eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS-sindromi) bilan birga kechadigan dori vositalariga reaksiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: 

Tez-tezligi noma’lum: interstitsial nefrit, kristalluriya.

Antibakterial vositalarni tegishli qo‘llash bo‘yicha rasmiy tavsiyalarni hisobga olish kerak.

Preparat bilan davolashni boshlashdan oldin penitsillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak. 

Penitsillinlar bilan davolash fonida jiddiy va ba’zida o‘limga olib keluvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar va og‘ir noxush teri reaksiyalari) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan patsiyentlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlar buyurilishi kerak. 

Amoksitsillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarning sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksitsillinga o‘tishni ko‘rib chiqish kerak. 

Taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar klavulan kislotasining susaytiradigan ta’siriga sezuvchan beta-laktamazlar bilan bavosita ifodalanmagan beta-laktam dori vositalariga pasaygan sezuvchanlikka yoki rezistentlikka ega bo‘lish yuqori xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, mazkur dori vositasi qo‘llanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.

Ushbu dori shakli S.pneumoniae ning penitsillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llamaslik kerak. 

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan patsiyentlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari” ga qarang). 

Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki kasallanish vaqtida amoksitsillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan. 

Amoksitsillin bilan davolash vaqtida allopurinolni bir vaqtda qo‘llanishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi. 

Amoksiklavni uzoq vaqt qo‘llash ba’zan sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari rivojlanishiga olib kelishi mumkin. 

Davolashni boshlanishida pustulali infeksion tarqoq eritemani isitma bilan rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning potensial simptomi hisoblanadi. Bunday reaksiya Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksitsillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi. 

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak. Jigar tomonidan kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi patsiyentlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar bolalarda juda kam hollarda kuzatilgan. Barcha guruh patsiyentlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘lmaydi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan patsiyentlar orasida kuzatilgan.

Antibiotik bilan bog‘liq kolit holatlari to‘g‘risida deyarli barcha antibakterial dori vositalari qabul qilinganda xabar berilgan; o‘z og‘irligi bo‘yicha u yengil turidan hayot uchun tahdid soladigan turigacha o‘zgarib turishi mumkin.

Shuning uchun, bu tashxisni antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng diareya bo‘lgan patsiyentlarda bo‘lishiga taxmin qilish muhimdir.

Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish kerak; shifokorning maslahati olinadi va tegishli davolash choralari buyuriladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas. 

Uzoq muddat davolash vaqtida turli a’zolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a’zolari faoliyatini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi. 

Antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda qon ivishi ko‘rsatkichlarini tegishli nazorat qilish shart (protrombin vaqtini uzayishi mumkin). Antikoagulyatsiyaning istalgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, yetishmovchilik darajasiga muvofiq ravishda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang). 

Diurezi pasaygan patsiyentlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya (siydikda tuzlarni kristalluriyasi) kuzatilgan.

Amoksitsillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksitsillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish va diurezni nazorat qilish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan patsiyentlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak. 

Amoksitsillin bilan davolanish vaqtida glyukozaning siydikdagi darajasini baholash zarurati tug‘ilganda, glyukozooksidaza bilan o‘tkazilgan fermentativ usullardan foydalanish kerak, chunki fermentativ bo‘lmagan usullar ba’zan soxta musbat natijalarni berishi mumkin. 

Amoksiklavda klavulanat kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrotsitlarning membranalari bilan nospetsifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining soxta musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin. 

Preparatni qabul qilgan patsiyentlarda Aspergillus ni aniqlashda immunoferment analiz (IFA) sinamalarida musbat natijalar kuzatilgan, keyinchalik patsiyentlarda Aspergillus chaqirgan infeksiyani yo‘qligi aniqlangan.

Aspergillus ni aniqlash uchun IFA sinamalari doirasida aspergilyoz bo‘lmagan polisaxaridlar va polifuranozlar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan.

Amoksiklav bilan davolanayotgan patsiyentlarda musbat natijalar ehtiyotkorlik bilan tahlil qilinishi va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.

 

Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infektsiyalarni davolash uchun ko'rsatiladi:
• o'tkir bakterial sinusit (yaxshi tashxis qo'yilgan);
• o'tkir otitis media;
• surunkali bronxitning kuchayishi (to'g'ri tashxis qo'yilgan);
• jamiyatdan kelib chiqqan pnevmoniya;
• sistit;
• pielonefrit;
• teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari, xususan teri osti to'qimalarining yallig'lanishi (flegmona), hayvonlarning chaqishi natijasida paydo bo'lgan yaralar, flegmonaning tarqalishi bilan og'ir tish xo'ppozi;
• suyaklar va bo'g'imlarning infektsiyalari, xususan, osteomielit
Preparatning faol yoki yordamchi moddalariga, shuningdek har qanday penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik.

Anamnezda boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlar) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (masalan, anafilaksi) bo'lsa.

Amoksitsillin / klavulan kislotasini qo'llash natijasida sariqlik yoki jigar faoliyatining anormallik tarixi.

Oral antikoagulyantlar 
Amoksitsillinning davolash kursi fonida atsenokumarol yoki varfarin bilan samarani bir maromda saqlab turuvchi davolanayotgan patsiyentlarda xalqaro me’yorlashtirilgan nisbatni (XMN) oshish hollari ta’riflangan. Preparatlarni bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda, davolashni boshlash vaqtida va amoksitsillin bilan davolash to‘xtatilganidan keyin protrombin vaqti yoki XMN sinchkovlab nazorat qilinadi. Oral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. 
Metotreksat 
Penitsillinlar metotreksatning chiqarilishini pasaytirishi mumkin, bu toksikni kuchayishiga olib kelishi mumkin. 
Probenetsid 
Probenetsidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. U buyrak kanalchalarida amoksitsillinni sekretsiyasini pasaytiradi. Probenetsidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksitsillinning darajasini oshishiga (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.
Mikofenolat mofetil
Mikofenolat mofetil qabul qilayotgan patsiyentlarda amoksitsillin va klavulanat kislotasining peroral preparatini qo‘llash boshlanganidan keyin mikofenolat mofetilning navbatdagi dozasini qabul qilishdan oldin faol metabolit – mikofenol kislotasining (MFK) konsentratsiyasini taxminan 50% ga kamayishi kuzatilgan. Navbatdagi dozadan oldin MFK ning konsentratsiyasini bunday o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozitsiyasini o‘zgarishidan dalolat bermasligi mumkin. Shuning uchun transplantat disfunksiyasining klinik belgilari bo‘lmaganida mikofenolat mofetilning dozani o‘zgartirish zarurati yo‘q. Shunga qaramasdan, bunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotikoterapiya tugaganidan keyin bir qancha vaqt sinchkovlik bilan tibbiy kuzatuv zarur.
Bolalar qo'li etmaydigan joyda saqlang.
Namlikdan himoyalangan joyda, 25 ºС dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlang.
Oq yoki deyarli oq rangli, oval, chetlari kesilgan ikki yoqlama qavariq, bir tomonida o‘yiq va «875/125» o‘yib yozilgan, boshqa tomonida «AMS» o‘yib yozilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. O‘yiq tabletkani yutishga oson bo‘lishi uchun sindirishga tavsiya etilgan, dozani teng miqdorda bo‘lish uchun emas.

Dozalar amoksitsillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi. 
Alohida infeksiyalarni davolash uchun dozani tanlashda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: 
• taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi; 
• infeksiyaning og‘irligi va lokalizatsiyasi; 
• patsiyentning yoshi, og‘irligi va buyraklar faoliyati, quyida ko‘rsatilgani kabi omillarni hisobga olish kerak. 
Preparatning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksitsillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksitsillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi. 
Kattalar va tana vazni ≥40 kg bo‘lgan bolalar ushbu preparatni quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq sutkada ikki marta qabul qilinganda 1750 mg amoksitsillin/250 mg klavulanat kislotasiga teng bo‘lgan umumiy sutkalik dozani qabul qiladilar, preparatni sutkada uch marta qabul qilganlarida esa - 2625 mg amoksitsillin/375 mg klavulanat kislotasini qabul qiladilar. Tana vazni 40 kg dan kam bo‘lgan bolalar esa, ushbu preparatni quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qabul qilinganda 1000-2800 mg amoksitsillin/143-400 mg klavulanat kislotasiga teng bo‘lgan umumiy sutkalik dozani qabul qiladilar. 
Davolash davomiyligi preparatning dozasini qayta ko‘rib chiqmasdan 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi uzoq muddatli davolash haqidagi ma’lumotga qarang).
Kattalar va tana vazni 40 kg va undan katta bolalar 
Tavsiya qilingan dozalar:
• standart doza (barcha ko‘rsatmalar uchun) – bir tabletkadan sutkada ikki marta;
• yuqoriroq doza: bir tabletkadan sutkada uch marta buyuriladi.
Tana vazni 40 kg kam bo‘lgan bolalar 
40 kg dan kam tana vazniga ega bo‘lgan bolalar Amoksiklav tabletkalarini faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha qabul qilishlari mumkin.
Tavsiya qilingan dozalar:
• sutkada 25 mg/3,6 mg/kg dan 45 mg/6,4 mg/kg gacha dozalarda, ikki marta qabul qilishga buyuriladi.
• ayrim infeksiyalarni davolashda (masalan, o‘rta otitda, sinusitda va quyi nafas yo‘llarining infeksiyalarida) ikki marta qabul qilishga bo‘lingan holda sutkada 70 mg/10 mg/kg gacha dozalarni qabul qilish mumkin.
Keksa yoshdagi bemorlar 
Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar 
Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Kreatinin klirensi (KK) ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan patsiyentlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. 
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar 
Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Jigar faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak. 
(“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

Ehtimol, oshqozon-ichak belgilarining rivojlanishi, shuningdek, suv va elektrolitlar muvozanatining buzilishi. Amoksitsillin bilan bog'liq bo'lgan kristalluriya, ba'zida buyrak etishmovchiligiga olib keladigan holatlar mavjud.

Amoksitsillin asosan katta dozalarni tomir ichiga yuborishdan keyin siydik kateterlarida cho'kadi. Kateterlarning o'tkazuvchanligini muntazam ravishda kuzatib borish kerak.

Gastrointestinal simptomlar uchun suyuqlik va elektrolitlar muvozanatini tiklash bilan birga simptomatik davolash o'tkazilishi mumkin.

Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda va preparatning yuqori dozalarini olgan bemorlarda konvulsiyalar rivojlanishi mumkin.

Amoksitsillin va klavulan kislotasi gemodializ orqali tanadan chiqarilishi mumkin.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma’lumotlar tug‘ma nuqsonlar rivojlanish havfi oshganini qayd etmaganlar. Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi qayd qilingan ayollar ishtirokidagi yagona tadqiqot doirasida amoksitsillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqlik aniqlanmagan. Agar shifokor homiladorlik davrida preparatni qo‘llashni zarur deb hisoblamasa, uni qo‘llashdan saqlanish kerak. 

Har ikkala faol moddasi ko‘krak sutiga ajraladi.

Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda/xavf nisbatini baholangandan so‘ngina preparat bilan davolash mumkin.

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMOKSIKLAV®

AMOXIKLAVUM

Preparatning savdo nomi: Amoksiklav®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): amoksisillin, klavulanat kislotasi (amoxicillin, clavulanic acid)

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

faol moddalar: amoksisillin va klavulanat kislotasi;

Amoksiklav 1000 mg, 200 mg: har bir flakon natriyli tuzi shaklida 1000 mg amoksisillin va kaliyli tuzi shaklida 200 mg klavulanat kislotasi saqlaydi. Nisbati 5:1 ni tashkil qiladi.

yordamchi moddalar: mavjud emas.

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun antibakterial preparatlar; penisillinlarni beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuasi.

ATX kodi: J01CR02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Amoksisillin bakteriyalarning hujayra devorini integral struktur komponenti hisoblangan peptidoglikan biosintezi jarayonida ishtirok etuvchi bir yoki undan ortiq fermentlarni (ko‘pincha penisillinni bog‘lovchi oqsillar deb nomlanuvchi) ingibisiya qiluvchi yarim sintetik penisillin (beta-laktam antibiotik) hisoblanadi. Peptidoglikanning sintezini ingibisiya qilinishi hujayra devorining butunligini buzadi, bu odatda hujayrani lizisi va nobud bo‘lishiga olib keladi.

Amoksisillin unga rezistent bakteriyalar ishlab chiqaruvchi beta-laktamazalar ta‘sirida parchalanadi, shuning uchun ushbu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas.

Klavulanat kislotasi tuzilishi jihatidan penisillinlarga o‘xshash beta-laktam hisoblanadi. U ayrim beta-laktamazalarni susaytiradi, shu bilan amoksisillinning faolsizlanishini oldini oladi. Klavulanat kislotasining o‘zi klinik jihatdan antibakterial samara ko‘rsatmaydi.

Minimal bostiruvchi konsentrasiya (MBK) dan yuqori konsentrasiyada saqlab turish vaqti (T > MBK) amoksisillinning asosiy determinant samaradorligi sifatida qabul qilingan.

Rezistentlikni rivojlanish mexanizmlari

Amoksisillin/klavulanat kislotasiga nisbatan rezistentlikni rivojlanishining ikkita asosiy mexanizmi mavjud:

  • klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir bo‘lmagan bakterial beta-laktamazalar, shu jumladan V, S va D sinfiga mansub beta-laktamazalar tomonidan ularni faolsizlanishi;
  • antibakterial preparatlarni nishonli strukturalarga yaqinligini pasayishi natijasida penisillinni bog‘lovchi oqsillarni o‘zgarishi.

Bakteriyalarning devori antibiotikni o‘tkazmasligi yoki bakteriyalarning hujayrasidan preparatni faol tashilishi mexanizmlari rezistentlikni bevosita sababi bo‘lishi yoki ayniqsa, grammanfiy bakteriyalarda uni rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Sezuvchanlikning chegaralari

Amoksisillin/klavulanat kislotasining minimal bosuvchi konsentrasiyasi Yevropa qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan antibiotikka sezuvchanlikni baholash (EUCAST) mezoni bo‘yicha sezuvchanlik chegaralariga mos keladi.

Mikroorganizm Sezuvchanlik chegaralari (mkg/ml)
Sezuvchanlik Oraliq sezuvchanlik Rezistentlik
Haemophilus influenzae1 ≤ 1 > 1
Moraxella catarrhalis1 ≤ 1 > 1
Staphylococcus aureus2 ≤ 2 > 2
Koagulazo-negativ stafilokokklar2 ≤ 0,25 > 0,25
Enterococcus1 ≤ 4 8 > 8
Streptococcus A, B, C, Gb ≤ 0,25 > 0,25
Streptococcus pneumoniae3 ≤ 0,5 1-2 > 2
Enterobakteriyalar1,4 > 8
Grammanfiy anaeroblar1 ≤ 4 8 > 8
Grammusbat anaeroblar1 ≤ 4 8 > 8
Bakteriyalarning turga xos bo‘lmagan chegaralar1 ≤ 2 8 > 8
1 Olingan ko‘rsatmalar amoksisillinning konsentrasiyalariga mos keladi. Sezuvchanlikni baholash maqsadida klavulanat kislotasining fiksasiyalangan – 2 mg/l konsentrasiyasi ishlatiladi.

Olingan ko‘rsatkichlar oksasillinning konsentrasiyalariga mos keladi.

3 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar ampisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan.

4 Rezistentlik chegarasi, R > 8 mg/l, rezistentlik mexanizmlari bo‘lgan barcha ajratib olingan shtammlarning antibiotiklarga nisbatan rezistentligini kafolatlaydi.

5 Jadvaldagi eng yuqori ko‘rsatkichlar benzilpenisillinga nisbatan sezuvchanlik chegaralariga asoslangan.

Mikroorganizmlarning ayrim turlari uchun rezistentlikni tarqalishi geografik va vaqt bog‘liqligi bilan xarakterlanadi, shu sababli davolashni boshlashdan oldin, ayniqsa og‘ir infeksiyalarda antibiotikka chidamlilik bo‘yicha mahalliy ma‘lumotlarni olish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklarga rezistentlik xususidagi mahalliy ko‘rsatkichlari hech bo‘lmaganda ba‘zi turdagi infeksiyalarda preparatning foydasi shubha ostida bo‘lgan hollarda yordam uchun tegishli mutaxassislarga murojaat qilish kerak.

Odatdagi sezgir turlar

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis, Gardnerella vaginalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli shtammlari)£, Streptococcus agalactisae, Streptococcus pneumonia1, Streptococcus pyogenes va boshqa beta-gemolitik streptokokklar, Streptococcus viridans guruhi.

Grammanfiy aeroblar: Actinobacillus actinomycetemcomitans, Capnocytophaga spp., Eikenella corrodens, Haemophilus influenza2, Moraxella catarrhalis, Neisseria gonorrhoeae§, Pasteurella multocida.

Anaeroblar: Bacteroides fragilis, Fusobacterium nucleatum, Prevotella spp.

Orttirilgan chidamlilik rivojlanishi mumkin bo‘lgan turlar

Grammusbat aeroblar:  Enterococcus faecium$

Grammanfiy aeroblar: Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumonia, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris

Tabiiy chidamliligi bo‘lgan turlar

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter spp. Citrobacter freundii, Enterobacter spp., Legionella pneumopnila, Morganella morganii, Providencia spp., Pseudomonas spp., Serratia spp., Stenotrophomas maltophilia

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydia pneumonia, Chlamydia psittaci, Caxiella burnetti, Mycoplasma pneumoniae.

$ Orttirilgan chidamlilik mexanizmi yo‘qligida, tabiiy oraliq sezuvchanlik.

£ Metisillinga chidamli barcha stafilokokklar amoksisillin/klavulanat kislotasiga ham chidamlidir.

  • Beta-laktamazalarga bog‘liq bo‘lmagan, amoksisillinga chidamliligi bo‘lgan barcha shtammlar amoksisillin/klavulanat kislotasiga chidamlidir.

1 Streptococcus pneumonia ning penisillinga chidamli shtammlari chaqirgan infeksiyalarni, preparatning ushbu dori shakli bilan davolash mumkin emas (“Qo‘llash usuli va dozalari” va “Maxsus ko‘rsatmalar” ga qarang).

2 Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlarida 10% dan yuqori tezlikda uchraydigan, sezuvchanligi past shtammlari aniqlangan.

Farmakokinetikasi

Sog‘lom ko‘ngillilarga amoksisillin/klavulanat kislotasini 500 mg/100 mg yoki              1000 mg/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus ravishda yuborilganida, zardobda o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi muvofiq ravishda amoksisillin uchun 32,2 va 105,4 mkg/ml ni va klavulanat kislotasi uchun 10,5 va 28,5 mkg/ml ni tashkil qilgan. T1/2 ko‘rsatkichlari muvofiq ravishda amoksisillin uchun 1,07 va 0,9 soatni va klavulanat kislotasi uchun     1,12 va 0,9 soatni tashkil qilgan. AUC qiymati muvofiq ravishda amoksisillin uchun 25,5 va 76,3 soat mg/l va klavulanat kislotasi uchun 9,2 va 27,9 soat mg/l ni tashkil qilgan. Siydik bilan chiqarilishi esa (%, 0 soatdan 6 soatgacha) muvofiq ravishda amoksisillin uchun 66,5 va 77,4 ni va klavulanat kislotasi uchun 46,0 va 63,8 ni tashkil qilgan.

Qon plazmasidagi klavulanat kislotasining umumiy miqdorini taxminan 25% va amoksisillinning umumiy miqdorini taxminan 18% oqsillar bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Taxminiy taqsimlanish hajmi amoksisillin uchun taxminan 0,3-0,4 l/kg va klavulanat kislotasi uchun taxminan 0,2 l/kg ni tashkil qiladi.

Vena ichiga yuborilganidan so‘ng amoksisillin va klavulanat kislotasi qovuq, qorin devori to‘qimalari, teri, yog‘ to‘qimasi, mushak to‘qimalari, sinovial va peritoneal suyuqliklarda, safro va yiringda aniqlanadi. Amoksisillin orqa miya suyuqligiga yetarli darajada kirmaydi.

Klinik oldi tadqiqotlarida har ikkala faol moddalarning hosilalarini ahamiyatli darajada tutilishi xususida hech qanday dalillar olinmagan. Amoksisillin ko‘pchilik penisillinlar kabi ko‘krak sutiga o‘tadi. Klavulanat kislotasining juda oz miqdori ham ko‘krak sutida aniqlanadi (“Homiladorlik va emizish” bo‘limiga qarang).

Amoksisillin dastlabki dozasining maksimum 10-25% ga ekvivalent bo‘lgan hajmlarda nofaol penisil kislotasi shaklida siydik bilan qisman chiqariladi. Klavulanat kislotasi odam organizmida jadal metabolizmga uchraydi, siydik va axlat bilan, shuningdek nafas bilan karbonat angidridi holida chiqariladi.

Amoksisillin/klavulanat kislotasining majmuasi sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan bir soat va o‘rtacha umumiy klirensi taxminan 25 l/soat bilan ifodalanadi. Preparat 500/100 mg yoki 1000/200 mg dozalarda vena ichiga bolyus holda bir marta yuborilganidan so‘ng amoksisillinning taxminan 60-70% va klavulan kislotasining taxminan 40-65% birinchi 6 soat davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Turli tadqiqot natijalariga muvofiq 24 soatlik davr davomida siydik bilan chiqarilish darajasi amoksisillin uchun 50-85% va klavulanat kislotasi uchun       27-60% ni tashkil qiladi. Klavulanat kislotasining maksimal hajmi preparat yuborilganidan keyin birinchi 2 soat davomida chiqariladi.

Yosh

3 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, kattaroq yoshdagi bolalar va kattalarda amoksisillinning yarim chiqarilish davri bir xil. Juda kichik yoshdagi bolalarga (shu jumladan, chala tug‘ilgan chaqaloqlarga) hayotining birinchi haftasida buyraklar orqali chiqarish yo‘li yetilmaganligi sababli preparatni kuniga ikki martadan ortiq yuborish mumkin emas. Keksa yoshdagi shaxslarda buyraklar funksiyasini pasayish ehtimoli oshganligi sababli, preparatning dozasini ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, shuningdek buyraklar funksiyasini monitoring qilish talab qilinishi mumkin.

Buyraklar funksiyasini buzilishi

Amoksisillin/klavulanat kislotasining plazmadan umumiy klirensi buyraklar funksiyasini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Klirensini pasayishi klavulanat kislotasiga nisbatan amoksisillinda yaqqolroq kechadi, chunki amoksisillinning ko‘proq qismi buyraklar orqali chiqariladi. Shunday qilib, buyrak yetishmovchiligida ishlatiladigan dozalari klavulanat kislotasini adekvat darajada tutib turishda amoksisillinni haddan tashqari ko‘p to‘planishiga to‘sqinlik qilishi kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang).

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi va jigar funksiyasini muntazam monitoring talab etiladi.

Qo‘llanilishi

Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • og‘ir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);
  • surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashhis qo‘yilganida);
  • kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • sistit;
  • pielonefrit;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abssesslari;
  • suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, xususan osteomielit;
  • intraabdominal infeksiyalar;
  • ayollarda jinsiy a‘zolar infeksiyalari.

Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda o‘tkazilgan operasiyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish:

  • me‘da-ichak yo‘llari;
  • chanoq bo‘shlig‘i;
  • bosh va bo‘yin;
  • o‘t chiqarish yo‘llari.

Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Agar dozasi alohida komponentining miqdoriga mos kelishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dozalar amoksisillin/klavulanat kislotasining miqdorini ko‘rsatadi.

Alohida infeksiyalarni davolash uchun Amoksiklavning dozasini tanlash quyidagi omillarga asoslanishi kerak:

  • taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar va ularni antibakterial preparatlarga sezuvchanligi;
  • infeksiyaning og‘irligi va joylashishi;
  • yoshi, tana vazni va buyraklar funksiyasi, keyinroq ko‘rsatilgan.

Amoksiklavning boshqa dori shakllarini (masalan, amoksisillinning yuqoriroq dozalari va/yoki amoksisillin/klavulanat kislotasining boshqacha nisbati) qo‘llash mumkinligi zaruratga qarab ko‘rib chiqiladi.

Amoksiklavni ushbu dori shakli quyida keltirilgan tavsiyalarga muvofiq qo‘llanganida amoksisillinning umumiy sutkalik dozasi 3000 mg va klavulanat kislotasiniki 600 mg bo‘lishini ta‘minlaydi. Amoksisillinning yuqori sutkalik dozalarini qo‘llash zarurati bo‘lganida, klavulanat kislotasining ko‘zda tutilmagan yuqori sutkalik dozalarini yuborishni oldini olish maqsadida, amoksisillin/klavulanat kislotasining vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shaklini tanlash tavsiya qilinadi.

Davolash davomiyligi pasientning davolashga javob reaksiyasiga qarab aniqlanadi. Ayrim infeksiyalar (masalan, osteomielit) uzoqroq davolashni talab etadi. Davolash davomiyligi o‘zgartirishsiz 14 kundan oshmasligi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi davolash davomiyligi haqidagi ma‘lumotga qarang).

Amoksisillin/klavulanat kislotasini yuborish tez-tezligi bo‘yicha mahalliy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.

Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bolalar

“Qo‘llanilishi” bo‘limida keltirilgan infeksiyalarni davolash: 1000 mg/200 mg dan har 8 soatda yuboriladi.

Intraoperasion profilaktika

Davomiyligi 1 soatdan kam bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda yuboriladi (vena ichiga yuboriladigan boshqa dori shakllari hisobiga 2000 mg/200 mg dozaga erishish mumkin). Davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lgan jarrohlik aralashuvlarida narkozga kirish vaqtida tavsiya qilingan 1000 mg/200 mg dan 2000 mg/200 mg gacha dozalarda, 24 soat davomida 1000 mg/200 mg dozada maksimum uch marta yuboriladi. Operasiya vaqtida infeksiyaning aniq klinik belgilarini aniqlash operasiyadan keyingi davrda antibiotiklarni vena ichiga yuborish yoki og‘iz orqali qabul qilishni odatdagi kursini o‘tkazish zarurati bilan ifodalanadi.

Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar

Tavsiya qilingan dozalari:

  • 3 oylik va undan katta bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 8 soatda yuboriladi.
  • 3 oylikkacha yoki tana vazni 4 kg dan kam bo‘lgan bolalar: tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.

Keksa yoshdagi pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi

Dozaga tuzatish kiritish amoksisillinni tavsiya qilingan maksimal darajasidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Kreatinin klirensi ko‘rsatkichlari minutiga 30 ml dan yuqori bo‘lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Kattalar va tana vazni ≥ 40 kg bo‘lgan bolalar

KK: minutiga 10-30 ml Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan kuniga ikki marta yuboriladi.
KK: <10 ml/min Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda yuboriladi.
Gemodializ Boshlang‘ich doza 1000 mg/200 mg, so‘ngra 500 mg/100 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida qo‘shimcha 500 mg/100 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulanat kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi.

Tana vazni < 40 kg bo‘lgan bolalar

KK: minutiga 10-30 ml Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 12 soatda yuboriladi.
KK: <10 ml/min Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda yuboriladi.
Gemodializ Tana vazniga 25 mg/5 mg dan har 24 soatda, dializni yakunida tana vazniga qo‘shimcha 12,5 mg/2,5 mg doza (zardobda amoksisillin va klavulan kislotasining konsentrasiyasi pasayganligi sababli) yuboriladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Davolash ehtiyotkorlik bilan olib boriladi. Jigar funksiyasini muntazam ravishda monitoring qilish shart (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang).

Qo‘llash usuli

Vena ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Preparat venaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 3-4 minut davomida vena ichiga sekin in‘eksiya ko‘rinishida yoki tomchilagich orqali 30-40 minut davomida infuziya ko‘rinishida yuboriladi.

Amoksiklav mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallanmagan.

3 oylikdan kichik bo‘lgan bolalarga Amoksiklavni faqat infuziya holida yuborish mumkin. Amoksiklav bilan davolashni vena ichiga yuboriladigan dori shakli bilan boshlash mumkin, agar konkret bir pasient uchun maqsadga muvofiq deb hisoblansa, peroral dori shakli bilan tugatish mumkin.

Vena ichiga in‘eksiya uchun

Amoksiklav 1000 mg/200 mg: flakonning ichidagisi in‘eksiya uchun 20 ml hajmdagi suv bilan suyultiriladi.

Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.

Vena ichiga yuboriladigan in‘eksiyalar suyultirilgandan so‘ng 20 minut davomida sekin yuboriladi. Vena ichiga yuborish uchun faqat tiniq eritma yaroqlidir.

Vena ichiga infuziya uchun

Amoksiklavni 1000 mg/200 mg suyultirilgan eritmasi (20 ml in‘eksiya uchun suvda) 100 ml infuzion eritmaga qo‘shiladi.

Suyultirilgan eritma och-sariq rangda bo‘ladi.

Tayyorlangan eritmani kimyoviy va fizikaviy turg‘unligi 250 S haroratda 3-4 soat, 50 S haroratda 8 soat davomida saqlanadi. Mikrobiologik nuqtai nazaridan vena ichiga infuziya uchun tayyorlangan eritmani darhol qo‘llash kerak. Infuziyani davomiyligi taxminan 30-40 minutni tashkil etadi.

Nomutanosibligi

Dori vositasini qon va uning hosilalari, oqsil gidrolizatlari yoki vena ichiga yuboriladigan lipid emulsiyalariga o‘xshash boshqa oqsil suyuqliklari bilan aralashtirish mumkin emas. Agar Amoksiklav aminoglikozidlar bilan birga buyurilsa, antibiotiklarni bitta shprisda, tomchilagichda yoki turli xil boshqa infuzion sistemalarda aralashtirish mumkin emas, chunki bu sharoitda aminoglikozidlarning faolligi yo‘qolishi ro‘y berishi mumkin.

Amoksiklavni barqarorligi glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlaydigan infuzion eritmalarda kamroq.

Boshqa dori vositalari bilan aralashtirilmasin.

Amoksisillinni aminoglikozidlarga nisbatan faolsizlantiruvchi ta‘siri sababli, ularni in vitro sharoitida aralashtirishdan saqlanish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligini tasniflash uchun quyidagi mezonlardan foydalanilgan:

Juda tez-tez                (≥1/10),

Tez-tez                          (≥1/100 dan <1/10 gacha),

Tez-tez emas                 (≥1/1000 dan <1/100 gacha),

Kam hollarda               (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),

Juda kam hollarda      (<1/10000),

Tez-tezligi noma‘lum (ma‘lum bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas).

Eng ko‘p kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalarga diareya, ko‘ngil aynishi va qusish kiradi.

Infeksion va parazitar kasalliklar

Tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;

Tez-tezligi noma‘lum: sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishi;

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: qaytuvchan leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombositopeniya;

Tez-tezligi noma‘lum: qaytuvchan agranulositoz, gemolitik anemiya, qon ketish vaqti va protrombin vaqtini uzayishi;

Immun tizim tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma‘lum: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o‘xshash sindrom, o‘ta yuqori sezuvchanlik vaskuliti;

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i;

Tez-tezligi noma‘lum: tirishishlar;

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: diareya;

Tez-tez emas: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqatni hazm bo‘lmasligi;

Tez-tezligi noma‘lum: antibiotiklarni qo‘llanishi oqibatidagi qo‘zg‘atgan kolit (shu jumladan, soxtamembranoz kolit va gemorragik kolit, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: AST va ALT darajalarini oshishi (o‘rtacha oshishi beta-laktam antibiotiklarini qabul qilgan pasientlarda kuzatilgan, biroq bu kuzatishlarni qiymati noma‘lum);

Tez-tezligi noma‘lum: gepatit, xolestatik sariqlik (bu nojo‘ya ko‘rinishlar boshqa penisillinlar va sefalosporinlarni qo‘llash fonida kuzatilgan, “Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar

Terida har qanday o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari”ga qarang);

Tez-tez emas: teri toshmalari, qichishishi, eshakemi;

Kam hollarda: ko‘p shaklli eritema;

Tez-tezligi noma‘lum: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullyoz eksfoliativ dermatit, o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulez (O‘TEP) (“Maxsus ko‘rsatmalar”ga qarang);

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tezligi noma‘lum: interstisial nefrit, kristalluriya.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatni faol moddalariga yoki har qanday penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Boshqa beta-laktam preparatlariga (masalan, sefalosporinlar, karbapenemlar yoki monobaktamlarga) zudlik bilan kechuvchi (masalan, anafilaksiya) o‘ta yuqori sezuvchanlik og‘ir reaksiyalari.
  • Sariqlik yoki anamnezida amoksisillin/klavulanat kislotasini qo‘llash fonidagi jigarni boshqa shikastlanishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Peroral antikoagulyantlar

Amoksisillin bilan davolash kursi fonida asenokumarol yoki varfarin bilan tutib turuvchi davolanayotgan pasientlarda xalqaro normallashtirilgan nisbatni oshish hollari ta‘riflangan. Bir vaqtda buyurish zarurati tug‘ilganda davolashni boshlash vaqtida va amoksisillin bekor qilinganida protrombin vaqti yoki xalqaro normallashtirilgan nisbatni sinchiklab monitoring qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Metotreksat

Penisillinlar metotreksatni ajralishini pasaytirishi mumkin, bu zaharlanishni kuchayishi bilan kechadi.

Probenesid

Probenesidni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Probenesid buyrak kanalchalarida amoksisillinni sekresiyasini pasaytiradi. Probenesidni Amoksiklav bilan bir vaqtda qo‘llash qonda amoksisillinning darajasini (ammo klavulanat kislotasini emas) va ularni uzoq vaqt ushlanib qolishiga olib kelishi mumkin.

Mikofenolat mofetili

Mikofenolat mofetili qabul qiluvchi pasientlarda amoksisillin va klavulanat kislotasi preparatini peroral qo‘llash boshlangandan so‘ng metofenil kislotalarini (MFK) faol metabolitlarini konsentrasiyasi taxminan 50% ga pasaygani mikofenolat mofetilini keyingi dozalarini qabul qilishdan oldin kuzatilgan. Bunday MFK konsentrasiyalarini navbatdagi dozalarni qabul qilishdan oldin o‘zgarishi MFK ning umumiy ekspozisiyasini o‘zgarishi haqida guvohlik bermaydi. Shu bilan bir qatorda, transplantat disfunksiyasini klinik belgilari bo‘lmaganda odatda mikofenolat mofetilni dozasini o‘zgatirishga zarurat yo‘q. Shunga qaramay, mana shunday majmuaviy davolash vaqtida va antibiotik bilan davolash tugagandan biroz vaqt o‘tgandan keyin sinchkov tibbiy kuzatuv olib borish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Amoksisillin/klavulanat kislotasi bilan davolashni boshlashdan oldin penisillinlar, sefalosporinlar yoki boshqa beta-laktam preparatlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini borligi yuzasidan anamnezni sinchkovlik bilan yig‘ish kerak (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” va “Nojo‘ya ta‘sirlari” ga qarang).

Penisillinlar bilan davolash fonida jiddiy va davriy o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (anafilaktoid reaksiyalar) kuzatilgan. Ular ko‘proq anamnezida atopiyasi va penisillinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarda rivojlanadi. Allergik reaksiyalar rivojlanganida Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatish va boshqa muvofiq keluvchi antibakterial preparatlarni buyurish kerak.

Amoksisillinga infeksiya qo‘zg‘atuvchilarni sezuvchanligi isbotlangan hollarda rasmiy qo‘llanmalarga muvofiq Amoksiklavdan amoksisillinga o‘tish variantini ko‘rib chiqish kerak.

Agar taxmin qilinayotgan qo‘zg‘atuvchilar klavulanat kislotasining ingibisiya qiluvchi ta‘siriga sezgir, beta-laktamazalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, beta-laktam preparatlarga rezistentlik xavfi yuqori bo‘lsa, preparatning ushbu dori shakli qo‘llash uchun yaroqsizdir.

T>MBK uchun aniq ma‘lumotlarni yo‘qligi, shuningdek solishtirib bo‘ladigan dori shakllari uchun ma‘lumotlarni cheklanganligi sababli, ushbu dori shakli (amoksisillinni qo‘shimcha yubormasdan) penisillinga chidamli S.pneumoniae chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun yaroqli emas.

Buyraklar funksiyasi buzilishi bo‘lgan yoki preparatning yuqori dozalari bilan davolanayotgan pasientlarda tirishishlar rivojlanishi mumkin.

Infeksion mononukleozga gumon qilingan hollarda, Amoksiklav bilan davolashga yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki ko‘rsatilgan kasallik fonida amoksisillin qo‘llangandan so‘ng qizamiqqa o‘xshash toshmalarni paydo bo‘lishi kuzatilgan.

Amoksisillin bilan davolash vaqtida allopurinolni yondosh qo‘llanilishi terida allergik reaksiyalarni rivojlanish ehtimolini potensial oshiradi.

Preparatni davomli qo‘llash sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Davolashni boshida isitmali va pustulalar hosil bo‘ladigan tarqoq eritemani rivojlanishi o‘tkir tarqoq ekzantematoz pustulyozning (O‘TEP) potensial simptomi hisoblanadi (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bunday reaksiya Amoksiklav bilan davolashni to‘xtatishni talab qiladi va keyinchalik amoksisillinni yuborishga qarshi ko‘rsatma hisoblanadi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparat bilan davolash ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.

Jigar tomonidan kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlar asosan erkaklar va keksa yoshdagi pasientlarda kuzatilgan va uzoq muddatli davolash bilan potensial bog‘liq bo‘lgan. Bu noxush ko‘rinishlar juda kam hollarda bolalarda kuzatilgan. Barcha guruh pasientlarda belgilar va simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolashdan so‘ng qisqa muddatda kuzatiladi, biroq ayrim hollarda ular davolash to‘xtatilganidan so‘ng bir necha hafta davomida namoyon bo‘ladi. Odatda ular qaytuvchan xarakterga ega. Jigar tomonidan og‘ir noxush ko‘rinishlar rivojlanishi mumkin, juda kam hollarda o‘lim hollari kuzatilgan. Ular deyarli hamisha jiddiy asosiy kasalliklari bo‘lgan yoki jigarni shikastlash qobiliyatiga ega yondosh dori preparatlarni qabul qilgan pasientlar orasida kuzatilgan (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang).

Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan amoksisillin bilan davolash fonida kuzatiladigan antibiotikni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit hollarida og‘irligi bo‘yicha yengildan hayotga xavf soluvchi darajagacha bo‘lishi mumkin (“Nojo‘ya ta‘sirlari”ga qarang). Bu tashhisni diareya bo‘lgan pasientlarda antibiotiklar bilan davolash vaqtida yoki har qanday davolash kursi tugaganidan so‘ng taxmin qilish muhimdir. Antibiotiklarni qo‘llanishi bilan bog‘liq kolit rivojlanganda Amoksiklav bilan davolash darhol to‘xtatiladi; shifokorga murojaat qilinadi va tegishli davolash o‘tkaziladi. Ushbu vaziyatlarda ichak peristaltikasini susaytiruvchi vositalarni qabul qilish mumkin emas.

Uzoq muddat davolash vaqtida turli a‘zolar tizimini, shu jumladan, buyraklar, jigar va qon yaratish a‘zolari funksiyasini vaqti-vaqti bilan baholash tavsiya qilinadi.

Preparatni qabul qilish fonida kam hollarda protrombin vaqtini uzayishi kuzatilgan. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda albatta qon ivishini nazorat qilish zarur. Antikoagulyasiyani kutilgan darajasiga erishish uchun peroral antikoagulyantlarning dozalarini tuzatish talab qilinishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, yetishmovchilik darajasiga qarab preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).

Diurezi pasaygan pasientlarda kam hollarda, asosan parenteral davolash fonida kristalluriya kuzatilgan. Amoksisillinning yuqori dozalari bilan davolash vaqtida amoksisillinni qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriyani rivojlanish ehtimolini pasaytirish maqsadida yetarli miqdorda suyuqlik ichish tavsiya qilingan. Qovug‘iga kateter o‘rnatilgan pasientlarda uning o‘tkazuvchanligini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.

Amoksisillin bilan davolash vaqtida siydikdagi gulyukoza darajasini baholash fermentativ usullar yordamida glyukozooksidaza bilan o‘tkaziladi, chunki nofermentativ usullar ba‘zan yolg‘on musbat natijalarni berishi mumkin.

Amoksiklav tarkibida klavulanat kislotasini bo‘lishi IgG va albuminni eritrositlarning membranalari bilan nospesifik bog‘lanishini chaqirishi mumkin, bu Kumbs sinamasining yolg‘on musbat natijalariga sabab bo‘lishi mumkin.

Preparatni qabul qiluvchi pasientlarda Aspergillus ga o‘tkazilgan immunoferment tahlilida (IFA) musbat natijalari hollari ham kuzatilgan, keyinchalik Aspergillus  infeksiyasi chaqirmaganligi aniqlangan. Aspergillus ga IFA testi doirasida noaspergilyoz polisaxaridlar va polifuranozalar bilan kesishgan reaksiyalar kuzatilgan. Amoksiklav qabul qilayotgan pasientlarda tahlillarni musbat natijalarini ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va boshqa diagnostika usullari bilan tasdiqlanishi kerak.

Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun 1 mmol (39 mg) kaliy saqlaydi. Buni buyraklar funksiyasi susaygan pasientlarda yoki kaliyning miqdorini nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan pasientlarda inobatga olish kerak.

Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun taxminan 2,7 mmol (63 mg) natriy saqlaydi. Buni natriyning miqdori nazorat qilinuvchi parhezga rioya qiladigan pasientlarda inobatga olish kerak.

Homiladorlik va emizish

Preparatni qo‘llash bo‘yicha cheklangan ma‘lumotlar homiladorlik davrida tug‘ma nuqsonlarni rivojlanish xavfi oshishini ko‘rsatmaydi.

Homila pardalarini muddatidan oldin yorilishi kuzatilgan ayollarda amoksisillin/klavulanat kislotasi bilan profilaktik davolash yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda nekrotik enterokolitning yuqori xavfi bilan potensial bog‘liqligi aniqlangan. Shifokor homiladorlik davrida davolash zarur deb hisoblamasa, preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Har ikkala faol moddasi ko‘krak suti bilan ajraladi (emizikli bolalarga klavulanat kislotasining ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q). Emizikli bolalarda diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infeksiyalari rivojlanishi mumkin, bu emizishni to‘xtatishni talab qilishi mumkin. Emizish davrida shifokor tomonidan foyda va xavf nisbati baholangandan so‘ng preparat bilan davolash mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Transport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga potensial ta‘sir etuvchi nojo‘ya samaralar (masalan, allergik reaksiyalar, bosh aylanishi, tirishishlar) rivojlanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shuningdek suv-elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin. Ba‘zan buyrak yetishmovchiligiga olib keluvchi, amoksisillin qo‘llanishi bilan bog‘liq kristalluriya kuzatilgan.

Buyraklar funksiyasi buzilishi bo‘lgan yoki yuqori dozalarda davolangan pasientlarda tirishishlar kuzatilishi mumkin.

Amoksisillinni asosan vena ichiga yuqori dozalarda yuborilganidan so‘ng siydik kateterlarida cho‘kmalari hosil bo‘ladi. Kateterlarning o‘tkazuvchanligini muntazam nazorat qilish kerak.

Me‘da-ichak yo‘llarini tomonidan buzilishlar simptomatik davolaniladi, bunda asosiy e‘tiborni suv-elektrolit muvozanatini tiklashga qaratish kerak.

Amoksisillin va klavulanat kislotasi organizmdan gemodializ yo‘li bilan chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

Amoksiklav 1000 mg/200 mg in‘eksion eritma tayyorlash uchun kukun, kauchuk tiqinlar bilan berkitilgan, itarib ochiladigan plastik qaytarma qopqoqli alyumin qalpoqchalar bilan siqilgan flakonlarga qadoqlangan, 5 donadan qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgan eritmalarni muzlatish mumkin emas.

Suyultirilgan eritmalarni barqarorligi (turli infuzion muhitlarda):

Vena ichiga yuboriladigan infuzion muhitlar 25oS dagi barqarorligi 5oS dagi barqarorligi
In‘eksiya uchun suv 4 soat 8 soat
Vena ichiga infuziya qilish uchun 0,9% li natriy xloridi 4 soat 8 soat
Vena ichiga infuziya qilish uchun Ringer laktat eritmasi 3 soat
Kaliy xloridi (1 M) yoki natriy xloridi   (1 M) eritmasi 3 soat

Amoksiklav eritmasini 5oS da saqlash uchun oldindan sovutilgan infuzion qopchalarga in‘eksion suv yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi bilan joylanadi, shundan so‘ng 5oS da 8 soatgacha saqlash mumkin. Eritma xona haroratiga yetganidan so‘ng darhol infuziya qilinadi.

Vena ichiga yuborish uchun in‘eksion Amoksiklav eritmalarini barqarorligi konsentrasiyaga bog‘liq. Yuqori konsentrlangan eritmalar ishlatilganda, barqarorlik davri mos hollatda aniqlanishi kerak.

Glyukoza, dekstran yoki bikarbonatlarni saqlovchi eritmalarda Amoksiklavni vena ichiga yuborish uchun in‘eksiyasini barqarorligi kamroq.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Faqat stasionar sharoitida qo‘llash uchun.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 dori vositasi Lek d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMOKSIKLAV 2X tabletkalari 1000mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KLAVERA BID poroshok 200mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
INNOKLAV tabletkalari 375mg, 625mg, 1000mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Advance Research Laboratories & Education Ltd
  • Vakil: Farmalife
Narh: 45 500 so'mdan Batafsil
AMIROKS poroshok 0,6g N1
AMIROKS poroshok 1,2g N1
FLEMOKLAV SOLYUTAB tabletkalari 500 mg+125 mg N20
KOAKT poroshok 100ml 62,5mg/5ml
KLAVONIR poroshok 1000mg+200mg N1
KLAVOMED tabletkalari 125mg N10
KLAVOZID poroshok 1000mg/200mg
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
AUGMENTIN tabletkalari 1g N14
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
AUGMENTIN tabletkalari 625mg N14
AVIMENTIN suspenziya 100ml 457mg/5ml
EKOKLAV poroshok 25 mg 250 mg+ 62,5 mg
EKOKLAV poroshok 25 mg 125 mg+31,25 mg
KLAMOK tabletkalari 375mg N15
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 625mg N15
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
DUO KLAV poroshok so vkusom apelsina 125mg/31,5mg
AMOKLAN BID poroshok 70ml 400mg/5ml
AMOKLAN BID poroshok 70ml 200mg/5ml
AMOKSIKLAV poroshok 100ml 156,25mg/5ml
Narh: 48 900 so'mdan Batafsil
AMOKSIL K 625 tabletkalari 500mg/125mg N14
RAPIKLAV 1000 tabletkalari 125mg 875 mg+125 mg N14
KOAKT poroshok 100ml 31,25mg/5ml
KLAVONIR poroshok 500mg+100mg N1
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BROMERGON tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
AMOKSIKLAV poroshok 100ml 156,25mg/5ml
Narh: 48 900 so'mdan Batafsil
AMOKSIKLAV tabletkalari 625mg N10
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
NAKOM tabletkalari 250mg/25mg N100
Narh: 310 000 so'mdan Batafsil
IMMUNAL tabletkalari N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
ABAKTAL tabletkalari 400mg N10
Narh: 82 000 so'mdan Batafsil
PERSEN DEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
PERSEN NOCH kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
5 NOK tabletkalari 50mg N50
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
LOMILAN tabletkalari N30
LOMILAN tabletkalari N20
TULIP tabletkalari 40mg N30
TULIP tabletkalari 20mg N30
FLEKSID tabletkalari 250mg N5
IMMUNAL tomchilar dlya priema vnutr 50ml
LOMILAN tabletkalari N10
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
PRILAMID tabletkalari 4mg/1,25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
PRILAMID tabletkalari 2mg/0,625mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Другие формы препарата
AMOKSIKLAV suspenziya 70ml 400 mg+57 mg/5 ml
AMOKSIKLAV poroshok 100ml 156,25mg/5ml
AMOKSIKLAV poroshok 1000 mg+200 mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Сандоз ГмбХ, Кундль, Биохемиштрассе 10
  • Vakil: Sandoz Pharmaceuticals d.d.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9