×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Апротинин
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер ОАО
ATX kodi:
- B02AB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

REOPOLIGLYUKIN infuziya uchun eritma 200ml Radiks, НПП O'zbekiston
16 500 s`om dan
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25 Гедеон Рихтер, ОАО Vengriya
980 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

DORI VOSITASINI QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

(MUTAXASSISLAR UCHUN)

 

  1. PREPARATNING NOMI

GORDOKS in‘eksiya uchun eritma

GORDOX

XPN: aprotinin

 

  1. SIFAT VA MIQDORIY TARKIBI

100000 KIB aprotinin konsentrati ampulada (10 ml).

Yordamchi moddalarning ro‘yxati: 6.1 bo‘limga qarang.

  1. DORI SHAKLI

In‘eksiya uchun eritma;

Rangsiz yoki biroz bo‘yalgan eritma. Bo‘yalish darajasi BY5-BY4, Y5-Y4 dan yuqori emas.

  1. KLINIK XUSUSIYATLARI
    • 1 Qo‘llanilishi

Gordoks aorto-koronar shuntlash amalga oshirilayotgan katta pasientlarda operasiya vaqtida qon yo‘qotishni va ochiq yurakda operasiya vaqtida gemotransfuziyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish uchun qo‘llanishi mumkin. U qon ketishni yuqori xavfi yoki transfuziyaga ehtiyoji bo‘lgan pasientlarni profilaktik davolash sifatida tavsiya qilingan.

  • 2 Qo‘llash usuli va dozalari

Yuborishdan oldin hamma pasientlarda aprotininga spesifik bo‘lgan IgG antitelasiga test o‘tkazish kerak (4.3 bo‘limiga qarang).

Buyurish xarakteri farq qilgan hollardan tashqari, katta yoshli pasientlarda preparatning quyidagi dozalari tavsiya qilinadi:

Test-doza

Allergik (anafilaktik) reaksiyani rivojlanish xavfi tufayli, hamma pasientlarga boshlang‘ich dozani yuborishdan minimum 10 minut oldin 10000 KIB (kallikrein-ingibisiya qiluvchi birlik) aprotininni (1 ml) vena ichiga yuborish kerak. Agar 1 ml boshlang‘ich dozasi allergik reaksiya chaqirmasa, terapevtik dozani yuborish mumkin.

N1 va N2 antagonistlarini aprotinin bilan test o‘tkazilishidan 15 minut oldin yuborish mumkin. Anafilaktik va allergik reaksiyalarni standart shoshilinch davolashni amalga oshirish uchun jihozlar bo‘lishi kerak.

Ochiq yurakdagi (sun‘iy qon aylanish apparati bilan) operasiyalar vaqtida qon yo‘qotishni va gemotransfuziyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish uchun:

Dozalash

Narkozga kiritilgandan keyin (ammo sternotomiyani bajarishdan oldin) 1 dan 2 milliongacha KIB yuklama dozani sekin vena ichiga in‘eksiya yoki 20-30 minut davomida infuziya yo‘li bilan yuborish tavsiya qilinadi. Keyingi 1-2 million KIB ni sun‘iy qon aylanish apparati ishga tushirilganidan keyin yuborish kerak. Aprotinin va nasosni birlamchi to‘ldirish eritmasiga qo‘shiladigan geparinning fizik nomutanosibligidan saqlanish uchun, har bir preparatni nasosni birlamchi to‘ldirish eritmasiga ikkala preparat bir-biri bilan aralashishidan oldin, yetarli darajada suyultirilishini ta‘minlash uchun, resirkulyasiya jarayonida qo‘shish kerak. Yuqori dozada birlamchi bolyus infuziyadan keyin operasiya tugagunigacha to‘xtovsiz infuziya yo‘li bilan soatiga 250000 dan 500000 KIB gacha yuborish kerak.

Umuman olganda davolash sikli davomida yuborilgan aprotininning umumiy miqdori 6 million KIB dan oshmasligi kerak, bu in‘eksion eritmada benzil spirtini saqlanishi bilan bog‘liq (4.4 bo‘limga qarang).

Aprotininni vena ichiga yuborish uchun markaziy venoz kateter orqali yuborish kerak, uni boshqa dori preparatlarini yuborish uchun ishlatish mumkin emas.

Gordoks preparatini faqat yotgan holatdagi pasientlarga yuborish mumkin; yuborish vena ichiga in‘eksiya yoki qisqa muddatli infuziya yo‘li bilan sekin (maksimal tezligi – minutiga 5 dan 10 ml gacha tezlikda) amalga oshirilishi kerak.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar: hozirgi vaqtgacha to‘plangan klinik tajribaga muvofiq, dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Pediatriyada qo‘llanishi: emizikli bolalar, kichik yoshli bolalar, bolalar va o‘smirlar: ushbu guruh pasientlarida preparatning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Keksa yoshli pasientlarda qo‘llanishi: hozirgi vaqtgacha mavjud bo‘lgan klinik tajribaga muvofiq, keksa yoshli pasientlarda dori preparatiga biron-bir alohida reaksiya kuzatilmaydi.

  • 3 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Aprotininga spesifik IgG antitelasi bo‘lgan pasientlarni aprotinin bilan davolashda anafilaksiyaning yuqori xavfi kuzatiladi. Shu boisdan bunday pasientlarni aprotinin bilan davolash mumkin emas.

Davolashni boshlashdan oldin aprotininga qarshi spesifik IgG antitelaga test o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan hollarda, ammo oxirgi 12 oy davomida pasient aprotinin bilan davolanganligi ehtimol qilinsa, aprotininni yuborish mumkin emas.

  • 4 Preparatni qo‘llashda maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari

So‘ngi vaqtlarda o‘tkazilgan observasion tadqiqotlar aprotinin bilan davolash, ayniqsa buyrak faoliyatini oldindan shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda buyrak faoliyatini buzilishi bilan kechishi mumkin. Aorto-koronar shuntlash operasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda amalga oshirilgan plasebo-nazoratli tadqiqotlar natijalarining tahlilida, zardobda kreatinin miqdorini normal ko‘rsatkichga nisbatan 0,5 mg/dl ga oshishi kuzatilgan (5.1 bo‘limga qarang). Demak buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyraklarni shikastlanish xavfi (masalan aminoglikozidlar bilan birga davolashda) bo‘lgan pasientlarga aprotininni buyurishdan oldin foyda va xavf nisbatini sinchiklab baholash kerak.

Homiladorlik vaqtida aprotininni faqat, potensial afzalligi kutilayotgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina buyurish mumkin (4.6 bo‘limiga qarang).

Ushbu preparat benzil spirti saqlaydi. Yevropa qo‘llanmasiga muvofiq, benzil spirtining sutkalik dozasi tana vaznining bir kilogrammiga 90 mg dan oshmasligi kerak. Shunday qilib, davolash sikli davomida aprotininning maksimal dozasi 6 million KIB dan oshmasligi kerak.*

Aprotininni qo‘llaganda foyda va xavf nisbatini, ayniqsa avval aprotininni (shu jumladan, aprotinin saqlovchi fibrinli plombalovchi material) qo‘llagan pasientlarda sinchiklab baholash kerak, chunki ularda allergik reaksiya rivojlanishi mumkin (4.8 bo‘limiga qarang). Garchi ko‘pchilik hollarda 12 oy davomida ruxsat etilgan dozani yuborishdan keyin anafilaksiya rivojlansada, 12 oy o‘tganidan so‘ng takror ekspozisiyada anafilaktik reaksiya rivojlangan holatlar xususida ayrim xabarlar bor. Aprotinin bilan davolashni amalga oshirishda allergik va anafilaktik reaksiyalarni davolash uchun shoshilinch yordam vositalariga ega bo‘lish kerak.

Aprotinin bilan davolanayotgan barcha pasientlarga allergik reaksiyalarga moyilligi borligini baholash uchun, dastlab test dozani yuborish kerak (4.2 bo‘limga qarang). Test doza pasientga operasiya xonasida yuborilishi kerak.

N1 va N2 antagonistlarini aprotinin bilan test o‘tkazilishidan 15 minut oldin yuborish mumkin.

Hamma pasientlarda aprotininning test dozasi bir millilitrni (10000 KIB) tashkil qilishi kerak, undan so‘ng yuklama dozasini yuborishdan oldin, minimum 10 minut davomida pasientni kuzatish kerak (4.2 bo‘limga qarang).

Biroq, hatto 1 ml birlamchi doza yuborilganidan keyingi davrda asoratlarning yo‘qligiga qaramay, aprotininning terapevtik dozasi anafilaktik reaksiyani chaqirishi mumkin. Anafilaktik reaksiya rivojlangan hollarda aprotinin infuziyasini to‘xtatish va zarur shoshilinch choralarni ko‘rish kerak.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini rivojlanishi mumkinligi sababli (4.8 bo‘limga qarang), Gordoksni qo‘llashni boshlashdan oldin aprotinin bilan davolangan har bir pasientda foyda va xavf nisbatini sinchiklab baholash kerak (4.8 bo‘limga qarang).

Agar pasient aprotinin bilan davolangan yoki takror davolangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma‘lum hollarda, quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. 4.2 bo‘limda ko‘rsatilgandek, hamma pasientlarga birlamchi dozani yuborishdan kamida 10 minut oldin 1 millilitr miqdorda (10000 KIB) Gordoksning test dozasini yuborish kerak. Bundan tashqari, Gordoksning test dozasini yuborishdan 15 minut oldin N1 antagonisti (masalan, klemastin) va N2 antagonistini (masalan, simetidin) yuborish mumkin. Zarurati bo‘lganida allergik (anafilaktik) reaksiyani davolash uchun standart shoshilinch yordam choralarini qo‘llash kerak.

Ammo, hatto birlamchi 1-millilitrli test dozani pasient hech qanday nohush simptomlarsiz o‘zlashtirgan bo‘lsada, terapevtik doza allergik reaksiyani chaqirishi mumkinligini unutmaslik kerak. Agar shunday bo‘lsa, aprotininning infuziyasini darhol to‘xtatish va anafilaktik reaksiyalarni davolash uchun standart shoshilinch yordam choralarni amalga oshirish kerak.

Gordoks qabul qilgan pasientlarda yosh jihatidan solishtirilganda o‘xshash tibbiy anamnez va shuningdek chuqur gipotermiya fonida qon aylanishini to‘xtatish bilan sun‘iy qon aylanishi sharoitida aortaning ko‘krak qismida operasiyalar o‘tkazilgan nazorat guruhiga nisbatan buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi va o‘limning tez-tezligini oshishi aniqlangan. Bunday hollarda Gordoksni juda ehtiyotkorlik bilan buyurish mumkin. Geparin yordamida tegishli antikoagulyant davolashni amalga oshirish kerak (shuningdek keyingi bo‘limdagi qo‘shimcha ma‘lumotlarga ham qarang).

Sun‘iy qon aylanishi sharoitida preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha ma‘lumotlar

Gordoksni bir vaqtda ishlatishda sun‘iy qon aylanishi sharoitida adekvat antikoagulyant faollikni tutib turish uchun quyidagi usullardan har qandayini ishlatish tavsiya qilinadi:

  1. Faollashtirilgan qon ivish vaqti (QIFV): QIFV koagulyasiya uchun standart test sifatida ko‘rilishi mumkin emas; ushbu test natijalarining interpretasiyasi aprotinin borligiga bog‘liqdir. Bundan tashqari, test natijalariga suyultirish va sun‘iy qon aylanishi sharoitida qo‘llanadigan haroratlar orasidagi farqlar ta‘sir qilishi mumkin. Diatomli tuproqni (setitni) ishlatish bilan QIFV ga nisbatan kaolin QIFV ga aprotininning ta‘siri past darajada ifodalangan. Protokollarning turli-tumanligiga qaramay, gemodilyusiya va gipotermiya darajasidan qat‘iy nazar, diatomli tuproqni ishlatish bilan 750 sekundli QIFV testi yoki kaolinni ishlatish bilan 480 sekundli QIFV testini amalga oshirish tavsiya qilinadi. Gordoks ishtirokidagi tahlil natijalarini interpretasiyasi bo‘yicha maslahat uchun QIFV-testi reaktivlarini ishlab chiqaruvchisiga murojaat qilish kerak.
  2. Geparining doimiy dozalarini yuborish: yurakni kateterizasiya qilinguniga qadar yuboriladigan geparinning standart yuklama dozasi, shuningdek sun‘iy qon aylanish apparatini birlamchi to‘ldirish uchun qo‘shiladigan geparinning miqdori 350 XB/kg dan kamni tashkil qilmasligi kerak. Geparinning qo‘shimcha dozasi pasientning tana vazni va sun‘iy qon aylanishi sharoitida aralashuvning davomiyligini hisobga olib aniqlanadi.
  3. Geparin/protamin titrlash: Ushbu usulning qo‘llash natijalariga aprotininning mavjudligi ta‘sir qilmaydi, shuning uchun u geparinning miqdorini o‘lchash uchun ma‘qul hisoblanadi. Geparinning dozasi va unga javob orasidagi bog‘liqlikni aprotininni yuborishdan oldin (geparinning yuklama dozasini aniqlash uchun) protaminni titrlash yordamida baholash kerak.

Geparinning qo‘shimcha miqdorini protamin bilan titrlash yordamida o‘lchangan geparinning konsentrasiyasiga qarab yuborish mumkin. Geparinning konsentrasiyasi sun‘iy qon aylanishi sharoitida aprotininni yuborishdan oldin amalga oshirilgan geparinning dozasiga bog‘liqlikni testlashda aniqlangan 2,7 TB/ml (2,0 mg/kg) va undan past darajasidan pasaymasligi kerak.

Sun‘iy qon aylanishi tugaganidan keyin, agar pasient Gordoks in‘eksiyasini qabul qilgan bo‘lsa, geparinni protaminni yuborish bilan neytrallash kerak. Protaminning miqdorini yuborilgan geparinning miqdori bo‘yicha aniqlanadigan yoki protamin bilan titrlash usuli yordamida hisoblangan, belgilab qo‘yilgan nisbatdan kelib chiqib hisoblash kerak.

Muhim: Gordoksni ishlatish, geparinga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi degani emas.

  • 5 Dorilarning o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa shakllari

Aprotinin trombolitik preparatlarning, shu jumladan streptokinaza, urokinaza va alteplazaning (PRTA = plazminogenning rekombinant to‘qima aktivatori) ta‘sirini ingibisiya qiladi, bunda ingibisiya qilish samarasi preparatning dozasiga bog‘liq.

  • 6 Homiladorlik va laktasiya

Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Homiladorlik vaqtida qo‘llanishi: hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari aprotininning teratogen yoki embriotoksik samarasi borligini ko‘rsatmaydi. Potensial foyda kutilgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardan tashqari, aprotininni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas. Jiddiy nohush reaksiyalar rivojlanishi hollarida (anafilaktik reaksiya, yurakni to‘xtashi kabi va shunga o‘xshash) va ularni davolash vaqtida xavf va foydani baholashda homilaga shikast yetkazilishining potensial xavfini e‘tiborga olish kerak (4.4 bo‘limga qarang).

Aprotininni ona suti bilan chiqarilish qobiliyati o‘rganilmagan.

Gordoks in‘eksiyasini emizish davrida qo‘llanishi haqida ma‘lumotlar mavjud emas. Aprotinin ichga qabul qilinganida so‘rilmasligini hisobga olib, ona sutida mavjud bo‘lgan uning hech qanday miqdori, emizikli bolaga hech qanday ziyon yetkazishi mumkin emas.

  • 7 Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni qo‘llash doirasini hisobga olib, ushbu samaralarni ko‘rish dolzarb emas.

  • 8 Noxush samaralari

Aprotininni birinchi marta qabul qilayotgan pasientlarda allergik reaksiyalar yoki anafilaktik reaksiyalarini rivojlanish ehtimoli kam. Takror yuborish hollarida allergik (anafilaktik) reaksiyalar rivojlanishi tez-tezligi 5 foizni tashkil qilishi mumkin. Allergik (anafilaktik) reaksiyalarning retrospektiv taxlilida, agar takroriy yuborish birlamchi davolashdan keyin 6 oy davomida amalga oshirilgan holda, ularning tez-tezligi oshishi ko‘rsatilgan (tez-tezligi 6 oy davomida takror ekspozisiyada 5% va 6 oydan keyin takror ekspozisiyada 0,9% ni tashkil qilgan). Bundan tashqari, retrospektiv taxlilda 6 oy davomida aprotininni ikki martadan ortiq qabul qilgan pasientlarda og‘ir anafilaktik reaksiyalarning tez-tezligini qo‘shimcha oshishi ko‘rsatilgan. Hatto agar pasient aprotinin bilan takroriy davolashni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lsada, keyingi yuborish og‘ir allergik reaksiyani yoki juda kam hollarda fatal anafilaktik shokni chaqirishi mumkin.

Alohida tizim a‘zolariga taalluqli allergik yoki anafilaktik reaksiyalar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:

Yurak-qon tomir tizimi: gipotenziya;

Ovqat hazm qilish tizimi: ko‘ngil aynishi;

Nafas tizimi: astma (bronxospazm);

Teri va uning qo‘shimchalari: qichishish, eshakemi, toshma.

Agar allergik reaksiya in‘eksiya yoki infuziya vaqtida rivojlansa, preparatni yuborishni darhol to‘xtatish kerak. Standart shoshilinch yordam choralarini, shu jumladan, adrenalinni yuborish, xajmni to‘ldirish va kortikosteroidlarni ishlatish kerak.

Yurak-qon tomir tizimi

Aorto-koronar shuntlash operasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda o‘tkazilgan plasebo-nazoratli klinik tadqiqotlarning umumlashtirilgan tahlilida, plasebo davolangan hollarga nisbatan miokard infarktining hollarini soni bo‘yicha ahamiyatli farqni ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan (1,47% va 1,37%; aprotinin guruhi – n=3740, plasebo guruhi – n=2682, 2004 yil dekabr ma‘lumotiga ko‘ra). Ayrim tadqiqotlarda aprotininni yuborish vaqtida miokard infarktining tez-tezligini oshishiga moyillik kuzatilgan, ayni vaqtda boshqa tadqiqotlarda, aksincha, miokard infarkti hollarining sonini kamayishi kuzatilgan.

Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarning vazifasi miokard infarktini rivojlanish tez-tezligini aniqlab bo‘lmaganligi tufayli, klinik ahamiyatga ega nojo‘ya samaralarning rivojlanishini oshishini statistik ishonarli darajada inkor etib bo‘lmaydi.

Aorto-koronar shuntlashni birinchi operasiyasi o‘tkazilgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan ko‘p markazli tadqiqotlarda, plasebo guruhiga nisbatan aprotinin qabul qilgan pasientlarda transplantning okklyuziyasini yuqori xavfi bo‘lgan. Ushbu natijalar ikki alohida tadqiqot markazlarining salbiy ta‘sirida buzilgan. Takroriy tahlilda ko‘rsatilganidek, ushbu markazlarning birida geparinizasiya adekvat amalga oshirilmagan, boshqasida transplantantlarni konservasiyalashning ma‘qullanmagan usuli qo‘llangan. Geparinizasiyaga (4.4 bo‘limga qarang) taalluqli mulohazalardan tashqari, aprotininni yuborish uchun ishlatilgan asosiy vena ichiga yuborish uchun sistemadan testlash uchun qon namunalarini olish amaliyotini mutlaqo muvofiq emasligini ko‘rsatish kerak. Ushbu omillarni hisobga olib, alohida davolash guruhlari orasida miokard infarktini rivojlanish tez-tezligi yoki o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha farq aniqlanmagan.

Aprotininni qo‘llash bilan o‘tkazilgan plasebo-nazoratli tadqiqotlarning natijalari bo‘yicha quyidagi nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin (CIOMS III TEZ-tezligi toifasiga muvofiq tasniflash) (aprotinin n=3740, plasebo n=2682, 2004 yil dekabr ma‘lumotiga ko‘ra):

“Tez-tez kuzatiladigan” deb belgilangan nohush reaksiyalar 2% dan kamroq tez-tezlikda kuzatilgan.

Postmarketing qo‘llashda (n=556 xabarlar, 2004 yil dekabr ma‘lumotiga ko‘ra) kuzatilgan nohush samaralari kursiv bilan belgilangan.

Alohida tez-tezlikdagi toifalar chegarasidagi nohush reaksiyalar og‘irlik darajasini pasayishi tartibida sanab o‘tilgan.

Klinik ta‘rifi Tez-tez >1% dan <10% gacha Tez-tez emas

>0,1% dan <1% gacha

Kam >0,01% dan <0,1% gacha Juda kam <0,01%
Yuborish joyidagi tizimli buzilishlar va patologiya
Yuborish joyidagi reaksiyalar       In‘eksiya yoki infuziya joyida yuzaga kelgan reaksiyalar. Venopunksiya joyida (Trombo) – flebit
Yurak tomonidan buzilishlar
Miokard tomonidan buzilishlar Miokard infarkti Miokard ishemiyasi Koronar arteriyaning okklyuziyasi/ trombozi    
Perikardial suyuqlik   Perikardial suyuqlik    
Tomirli buzilishlar
Emboliyalar va trombozlar   Tromboz Arterial trom-boz (va uning hayot uchun muhim a‘zolar, masalan buyrak-lar, o‘pkalar, miya uchun xarakterli shakllari) O‘pka arteriyasining tromboemboliyasi
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Qon ivishini buzilishlari       Disseminirlan-gan tomir ichki qon ivishi (DTIQI)

Koagulopatiya

Immun tizimi tomonidan buzilishlar
O‘ta yuqori sezuvchanlikning o‘tkir reaksiyalari     Allergik reaksiyalar

Anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar

Anafilaktik shok (hayot uchun xavf tug‘diruvchi)
Buyraklar va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Buyraklar faoliyatini buzilishi   Buyraklar faoliyatini buzilishi

Buyrak yetish-movchiligi.

Oliguriya

   

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi yoki zaharlanishning ko‘rinishlari ta‘riflanmagan.

Spesifik antidoti mavjud emas. Simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1 Farmakodinamik xususiyatlari

ATX kodi: V02AV01

Farmakoterapevtik guruhi: antifibrinolitik agentlar.

Aprotinin antifibrinolitik faollikka ega keng doirali proteazalarning ingibitori molekulasidan iborat. Aprotinin qaytuvchi stexiometrik ferment-ingibitor majmuasini hosil qilib, odamda plazma va to‘qimalarda tripsin, plazmin, kallikreinni ingibisiya qiladi, bu fibrinolizni ingibisiya qilishga olib keladi.

Bundan tashqari, u koagulyasiya jarayonini boshlash va fibrinolizni rag‘batlantirish omili hisoblangan qon ivishini faollashishining kontakt bosqichini ingibisiya qiladi.

Aprotinin sun‘iy qon aylanishi sharoitida operasiya vaqtida ishlatiladi, chunki u yallig‘lanish reaksiyalarini susaytiradi, bu allogen qonni transfuzisiga ehtiyojni va qon ketishni, hamda qon ketishi tufayli ko‘ks oralig‘ini qayta tekshirish zaruratini kamayishiga olib keladi.

Aorto-koronar shuntlash operasiyasi o‘tkazilgan pasientlarda o‘tkazilgan plasebo-nazoratli tadqiqotlarning natijalari taxlilini ko‘rsatishicha, plazmada kreatinin miqdorini dastlabki ko‘rsatkichdan 0,5 mg/dl ga oshishi, plasebo guruhiga nisbatan aprotininning to‘liq dozasini qabul qilgan pasientlarda ishonchli yuqori bo‘lgan (9,0%, yoki n=185/2047, 6,6% ga solishtirganda, yoki n=129/1957), bunda xavf nisbati 1,41 (1,12 – 1,79) ni tashkil qilgan. Ko‘pchilik hollarda operasiyadan keyin buyraklar faoliyatini buzilishi qaytuvchi xarakterga ega bo‘lgan va jiddiy bo‘lmagan; zardobdagi kreatininning miqdori dastlabki miqdoridan 2,0 mg/dl va undan ko‘proqqa oshishini tez-tezligi aprotininning to‘liq dozada qabul qilgan guruhda ham va plasebo guruhida ham (1,1% va 0,8%) bir xil bo‘lgan; xavf nisbati 1,16 (0,73 – 1,85) ni tashkil qilgan (4.4 bo‘limiga qarang).

5.2 Farmakokinetik xususiyatlari

Vena ichiga yuborilganidan keyin aprotinin barcha xujayradan tashqari kompartment bo‘ylab tez taqsimlanadi, bu aprotininning konsentrasiyasini plazmada tez pasayishi bilan kechadi; yarim chiqarilish davri 0,3 dan 0,7 soatgachani tashkil qiladi. Kechroq, xususan yuborishdan keyin 5 soat o‘tgach eliminasiyaning terminal bosqichi boshlanadi, bunda yarim chiqarilish davri 5 dan 10 soatgachani tashkil qiladi.

Yo‘ldosh, ehtimol, aprotinin uchun to‘liq o‘tkazmaydi deb bo‘lmaydi, biroq penetrasiya juda sekin kechsa kerak.

Yurakda o‘tkazilgan operasiya vaqtida aprotininni qabul qilgan pasientlarda, operasiya vaqtida preparatning plazmadagi o‘rtacha muvozanatli konsentrasiyalari quyidagi sxemani qo‘llashda 175 dan 281 KIB/ ml ni tashkil qilgan:

2 million KIB birlamchi doza sifatida vena ichiga; 2 million KIB nasosni birlamchi to‘ldirish uchun eritmaga va soatiga 500000 KIB operasiya davomida vena ichiga to‘xtovsiz infuziya shaklida. Ushbu dozaning yarmini yuborishdan keyin operasiya vaqtida preparatning plazmadagi o‘rtacha muvozanatli konsentrasiyasi 110 dan 164 KIB/ ml ni tashkil qilgan.

Sog‘lom ko‘ngillilar, sun‘iy qon aylanishi sharoitida operasiya bajarilgan kardiologik pasientlar va gisterektomiya bajarilgan ayollarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarning natijalari, 50000 KIB dan 2 million KIB dozalar diapazonidagi farmakokinetik ko‘rsatkichlar to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ultrasentrifugalash yordamida kalamushlar plazmasida ex vivo o‘rganilgan. Antifibrinolitik faollikning taxminan 20% oqsilsiz qavatda bog‘lanmagan shakl bilan bog‘liq bo‘lgan, preparatning 80% esa zardob oqsillari bilan bog‘langan holda bo‘lgan.

Muvozanat bosqichida taqsimlanish xajmi taxminan 20 litrni tashkil qilgan, odam organizmdan umumiy klirensi esa taxminan minutiga 40 ml ni tashkil qilgan.

Aprotinin buyraklarda va kam darajada tog‘ay to‘qimasida to‘plangan.

Preparatni buyraklarda to‘planishi aprotininni proksimal naychalardagi epitelial xujayralarning shetkasimon xoshiyasi bilan bog‘lanishi, shuningdek ushbu xujayralarning fagolizosomalarida to‘planishini natijasi hisoblanadi. Tog‘ayda to‘planishi ishqorli aprotininni kislotali proteoglikanlarga affinligi bilan bog‘liq.

Boshqa a‘zolarda preparatning konsentrasiyasi zardobdagi miqdoridan farq qilmagan. Preparatning eng past konsentrasiyasi bosh miyada kuzatilgan; aprotinin orqa miya suyuqligiga deyarli kirmagan.

Aprotininning faqat kam miqdori yo‘ldosh to‘sig‘i orqali kiradi. Yo‘ldosh aprotinin uchun to‘liq to‘siq bo‘la olmaydi, ammo penetrasiyaning tezligi juda past.

Aprotininni ona sutiga kirishi o‘rganilmagan. Ammo peroral qabul qilinganidan keyin aprotininning so‘rilmasligi sababli, uning miqdoridan qat‘iy nazar emizikli go‘dakka ziyon yetkazishi mumkin emas.

Metabolizmi, eliminasiyasi va ekskresiyasi

Aprotininning molekulasi buyraklarda lizosomal fermentlar ta‘sirida qisqaroq peptidlar yoki aminokislotalargacha parchalanadi. Odamda aprotinining yuborilgan dozasining 5% dan kamrog‘i siydik bilan chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarga 131I bilan nishonlangan aprotinin vena ichiga yuborilganidan keyin nishonlangan moddaning 25% dan 40% gachasi 48 soat davomida metabolitlari shaklida siydik bilan chiqarilgan. Bu metabolitlari hech qanday ferment-ingibisiya qiluvchi faollikka ega bo‘lmagan.

Preparatni buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar mavjud emas; ammo buyrak faoliyati buzilgan pasientlarda klinik ahamiyatga ega bo‘lgan farmakokinetik o‘zgarishlar yoki yaqqol nojo‘ya samaralari kuzatilmagan. Shu sababli bunday hollarda dozani maxsus to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

5.3 Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlarning natijalari

O‘tkir toksikligi

Kalamushlar, dengiz cho‘chqalari, quyonlar va itlarga faol moddaning katta miqdorini (tana vaznining 1 kg ga 150000 KIB dan yuqori) tez yuborish, tez yo‘qoladigan turli darajada ifodalangan gipotenziyani rivojlanishi bilan kechgan.

50% letal dozaning taxminiy qiymati (LD50) vena ichiga yuborishda tashkil qilgan:

Sichqonlar: tana vaznining 1 kg ga 2,5 dan 6,5 milliongacha.

Kalamushlar: tana vaznining 1 kg ga 2,5 dan 5,0 milliongacha.

Itlar: tana vaznining 1 kg ga 1,36 milliondan yuqori.

Quyonlar: tana vaznining 1 kg ga 0,5 milliondan yuqori.

Odamda qo‘llash taxmin qilinishi maqsadida ishlab chiqilgan dizayn asosida o‘tkazilgan tadqiqotda, itlar preparatni sutkalik doza tana vaznining 1 kg ga 340000 KIB ni 4 soatlik infuziya shaklida yoki har kuni 1360000 KIB dozada 8 soatlik infuziya shaklida qabul qilganlar. Bu dozalar odam uchun tavsiya qilingan dozadan 3-10 marta yuqori. Normadan quyidagi og‘ishlar kuzatilgan: soxta allergik reaksiyalar va buyrak naychalaridagi epitelial xujayralarning sitoplazmasida kuchsiz rivojlangan yoki o‘rtacha gialin o‘zgarishlar. Buyraklarda kuzatilgan morfologik o‘zgarishlar kalavalarga ta‘sir qilmagan, ammo davolashsiz 10-kunlik davrdan keyin qaytuvchanligi to‘liq bo‘lmagan.

Kalamushlar, dengiz cho‘chqalari, quyonlar va itlarga faol moddaning katta miqdorini (tana vaznining 1 kg ga 150000 KIB dan yuqori) tez yuborish, tez yo‘qoladigan turli darajada ifodalangan gipotenziyani rivojlanishi bilan kechgan.

Surunkali toksikligi

Kalamushlar aprotininni tana vaznining 1 kg ga 10000 dan 300000 KIB har kunlik doza miqdorida 13 xafta davomida intraperitoneal qabul qilganlar. Yuqori dozalarni qo‘llash buyrak faoliyatini yomonlashishi bilan kechmagan, tana vaznining qo‘shilishini sekinlashishi kuzatilgan. Autopsiyada buyraklarning nisbiy vaznini oshishi aniqlangan, bunda gistologik tekshirishda buyrak naychalarida, ayniqsa preparatning eng yuqori dozalarini (tana vaznining 1 kg ga 150000 va 300000 KIB) qabul qilgan ikki guruhda gialin tomchilari va silindrlar aniqlangan. Naychalardagi o‘zgarishlar doimiy xarakterga ega bo‘lmagan va kalavalarni shikastlanishi bilan kechmagan.

Kalamushlarda o‘tkazilgan boshqa tekshirishda buyraklardagi patologik o‘zgarishlar (shu jumladan, biokimyoviy ko‘rsatkichlarni buzilishi, makro- va mikroskopik o‘zgarishlar) 35-kunlik tiklanish davri tugaganidan keyin bo‘lmagan. Faqat preparatning maksimal dozasini qabul qilgan erkak va urg‘ochilarda bir oz yuqori bo‘lgan buyraklarning nisbiy vazni yakka istisno bo‘lgan. Keyinchalik buyrak naychalarida yuz bergan hamma morfologik va funksional o‘zgarishlar davolash tugaganidan keyin 35 kun davomida to‘liq qaytuvchi bo‘lgan.

Ko‘pchilik tadqiqotlar itlarda o‘tkazilgan; bunda maksimal 16 xafta davr davomida vena ichiga va intraperitoneal yuborilgan tana vaznining 1 kg ga 5000 dan 500000 KIB dozalar qo‘llangan. Kalamushlardagi kabi, itlarda ham eng ahamiyatli toksik ta‘sirining nishoni buyrak naychalarining epiteliysi bo‘lgan. Davolashsiz davrini o‘z ichiga olgan ayrim tadqiqotlarda morfologik va funksional o‘zgarishlar qaytuvchi xarakterga ega ekanligi ko‘rsatilgan.

Reproduktiv tizimiga nisbatan toksikligi

Kalamushlarda tana vazning 1 kg ga 80000 KIB sutkalik dozada aprotininni vena ichiga yuborish, onaga toksik ta‘sir ko‘rsatmagan va embriotoksiklik yoki fetotoksiklik bilan kechmagan. Preparatni tana vaznining 1 kg ga 100000 KIB dozada har kuni yuborish, avlodlarni o‘sishi va rivojlanishiga ta‘siri bilan kechmagan; tana vaznining 1 kg ga 200000 KIB dozada vena ichiga yuborish teratogen ta‘sir ko‘rsatmagan. Quyonlarda tana vaznining 1 kg ga 100000 KIB sutkalik dozada aprotininni vena ichiga yuborish, onaga toksik ta‘sir ko‘rsatmagan va embriotoksiklik, fetotoksiklik va teratogen samaralar bilan kechmagan.

Mutagenlik

Aprotinin Salmonella/ mikrosom testida (Eyms) va B.subtilis DNK ni shikastlash testida mutagen xususiyatlarni namoyon qilmagan.

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR

6.1 Yordamchi moddalar

Natriy xloridi, benzil spirti, in‘eksiya uchun suv.

 

6.2 Nomutanosiblik

Aprotininni boshqa dorilar bilan deyarli nomutanosib deb hisoblash kerak. Aralash infuziyalarda yuborish mumkin emas. Zarurati bo‘lganida natriy xloridining 0,9% eritmasida yoki kamida 500 ml glyukozaning 5% eritmasida suyultirish mumkin. Glyukozada eritilgan preparatni 4 soat davomida qo‘llash mumkin.

Kimyoviy nomutanosibligi sababli kortikosteroidlar, aminokislotalar va yog‘larni saqlovchi oziqlantiruvchi eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

6.3 Yaroqlilik muddati

5 yil.

6.4 Saqlash sharoiti

Yorug‘lik ta‘siridan himoyalash uchun original o‘ramida, +30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Agar ampulaning ichidagisi xiralashgani aniqlansa qo‘llash mumkin emas. Ampula ochilganidan keyin eritma darhol ishlatilsin.

6.5 O‘rami

Birlamchi o‘ram: 10 ml eritma sindirish uchun nuqtasi bo‘lgan rangsiz shisha ampulada.

Ikkilamchi o‘rami: 25 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

6.6 Berish tartibi

Faqat stasionar sharoitida qo‘llash uchun beriladi. Istisno sifatida, maxsus ko‘rsatma bo‘yicha dispanserlarda yoki stasinardan tashqarida qo‘llash mumkin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 dori vositasi Гедеон Рихтер ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GORDOKS eritma 10ml 10000 KIE/ML N5 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KONTRISEL poroshok 10000ed N10
KONTRIKAL inyeksiya uchun eritma 1ml 10000ATpE N10
Narh: 323 500 so'mdan Batafsil
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Narh: 980 000 so'mdan Batafsil
RENONTRIKAL poroshok 10000me N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reannon Pharmaceuticals
KONTRIFORT liofilizat 10000 kie 0,9% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ALLIANCE CZEHCFARM S.R.O произведено Биополюс,ООО
KONTRIMAKS liofilizat 2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unimed Group Corp,ООО произведено Евро Медикал Британо-Грузинское производство,ООО
APROSTAD poroshok 10000 ATrYe N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
KONTRIVEN eritma 1ml 10000 KIE/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: БиоФарма OOO
GORDOKS inyeksiya uchun eritma 10ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Апротинин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Narh: 62 300 so'mdan Batafsil
MIDIANA tabletkalari 3mg/0,03mg N21
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BELARA tabletkalari 2mg/0,03mg N21
Narh: 77 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+10mg N30
Narh: 162 400 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 10mg+20mg+10mg N30
Narh: 160 500 so'mdan Batafsil
EKVAMER 10mg+20mg+20mg kapsulalar N30
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+20mg N30
Narh: 162 400 so'mdan Batafsil
RIGEVIDON tabletkalari N63
PANANGIN konsentrat 10ml N5
PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60
TEBANTIN kapsulalar 300mg N100
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Narh: 54 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N63
REGULON tabletkalari N63
MIDIANA tabletkalari 3mg+0,03mg N63
SILUET tabletkalari 2mg/0,03mg N63
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9