×
×
  • IZONIAZID tabletkalari 200mg N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IZONIAZID tabletkalari 200mg N50

Kategoriya:
- Silga qarshi dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Faol modda:
изониазид
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
ATX kodi:
- J04AC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 164 ta dorixonasida topildi

ico 16 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 5 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50 Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ Ukraina
15 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
70 000 s`om dan
LESPEFRIL eritma dlya priema vnutr 100ml Вифитех, ЗАО Rossiya
70 000 s`om dan
RIFAMPISIN 0,15 liofilizat N10 Белмедпрепараты РУП Belarusiya Respublikasi
Saqlash shartlari В сухом, защищенном от света месте, при температуре не выше 25 °C.

Хранить в недоступном для детей месте.

Yaroqlilik muddati (oy) 5 лет.

Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке.

Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IZONIAZID-DARNISA

ISONIAZID-DARNITSA

Torgovoe nazvanie preparata: Izoniazid-Darnisa

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): izoniazid (isoniazid);

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: izoniazid – 100 mg;

yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz bo‘yalgan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: tuberkulyozga qarshi vosita.

ATX kodi: J04AC01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Izoniazid DNK ga qaram RNK-polimerazani ingibisiya qiladi va tuberkulyoz mikobakteriyalarining xujayra devoridagi mikol kislotalarning sintezini tormozlaydi. Preparat tuberkulyoz mikobakteriyalariga nisbatan yuqori bakteriostatik faollikka ega, 0,03 mkg/ml konsentrasiyada ularning o‘sishini to‘xtatadi. Ayniqsa, tez ko‘payadigan mikroorganizmlarga nisbatan faol. Boshqa infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilariga kuchsiz ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida organizmning to‘qimalariga, biologik suyuqliklarga tez kiradi. GET orqali o‘tadi, ayniqsa miyaning pardalari yallig‘langanida. Suyaklarga kiradi. Jigarda odamning genetik xususiyatlariga bog‘liq  ravishda yuqoriroq yoki pastroq tezlikda metabolizmga uchraydi. Buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri izoniazid yuqoriroq tezlikda metabolizmga uchraydigan odamlarda 0,5-1,5 soatni, pastroq esa – 4-6 soatni tashkil qiladi. Asosan safro bilan chiqariladi, dozaning 30% siydik bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Kattalar va bolalarda faol tuberkulyozning (birinchi qator vosita sifatida) barcha shakli va lokazilasiyalarini davolashda qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Izoniazid-Darnisa mushak ichiga, vena ichiga, ingalyasiya ko‘rinishida, kaverna ichiga qo‘llanadi.

Vena ichga Izoniazid-Darnisa tarqalgan tuberkulyozni davolash, bakteriyalarni ko‘p miqdorda ajralishida, me‘da-ichak yo‘llarining yondosh kasalliklarida, og‘iz orqali yuborish usuli samarasiz bo‘lgan holda preparatni ichga qabul qilaolmagan bemorlarga yuboriladi.

Vena ichiga yuborilganida sutkalik doza quyidagilarni tashkil qiladi: kattalar uchun 200-300 mg, bolalar uchun – 100-300 mg (tana vazniga 10-20 mg/kg), yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun 3-5 mg/kg, ammo sutkada tana vazniga 10 mg/kg dan ko‘p emas. Vena ichiga 2,5-10% li eritma ko‘rinishida (zarurati bo‘lganida preparat in‘eksiya uchun suv yoki natriy xloridining 0,9% li eritmasida suyultiriladi) sutkada 1 marta 30-60 sekund davomida yuboriladi.  Davolash kursi davolashning samaradorligi va preparatni o‘zlashtirilishiga bog‘liq – 30-150 in‘eksiya. Izoniazid-Darnisa vena ichiga yuborilganida nojo‘ya samaralarini oldini olish maqsadida V6 vitamini (piridoksin) va glutamin kislotasi qo‘llanadi. Piridoksin Izoniazid-Darnisadan keyin 30 minut o‘tgach mushak ichiga (100-125 mg) yuboriladi yoki Izoniazid-Darnisa vena ichiga yuborilganidan keyin har 2 soatda ichishga (60-100 mg) buyuriladi. Glutamin kislotasi 1 g dan 1,5 g gacha sutkalik dozada qo‘llanadi. Preparat vena ichiga yuborilganida 1-1,5 soat davomida yotoq tartibiga rioya qilish kerak.

Mushak ichiga kattalar va bolalarga Izoniazid-Darnisa tayyor suyultirilmagan 10% li eritma ko‘rinishida sutkada 5-12 mg/kg dan, sutkada 1 marta, 2-5 oy davomida yuboriladi. Bu usulda yuborilganida nojo‘ya ta‘sirni kamaytirish uchun Izoniazid-Darnisani yuborish bilan bir vaqtda 60-100 mg dozada piridoksin ichga buyuriladi (shuningdek Izoniazid-Darnisa yuborilganidan keyin 30 minut o‘tgach 100-125 mg/kg dozada mushak ichiga yuborish mumkin).

Ingalyasiya ko‘rinishida Izoniazid-Darnisa tayyor suyultirilmagan 10% li eritma ko‘rinishida 1-2 qabulga buyuriladi. Sutkalik doza – 1 kg tana vazniga 0,005-0,1 g             (5-10 mg). Ingalyasiya har kuni 1-6 oy davomida o‘tkaziladi.

Tuberkulyozning fibroz-kavernoz va kavernoz shakllari bo‘lgan bemorlarga bakteriyalar ajralishida va operasiyadan oldingi davrda Izoniazid-Darnisa preparati tayyor, suyultirilmagan 10% li eritma ko‘rinishida, 10-15 mg/kg sutkalik dozada, sutkada 1 marta buyuriladi,  asosan, traxea ichiga quyish yo‘li bilan kaverna ichiga yuboriladi.

Preparatning maksimal sutkalik va kurslik dozalari kasallikning xarakteri va shakli, faolsizlanish darajasi va izoniazidni individual o‘zlashtirilishigiga qarab belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta‘sirchanlik, eyforiya, uyquni buzilishi, sezgirlikni buzilishi, paresteziyalar, giperrefleksiya, periferik nevritlar, ruhiy reaksiyalar (shu jumladan toksik psixozlar), shaxsning ahamiyatsiz o‘zgarishidan boshlanib, ruhiy buzilishlargacha, tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda xurujlarni ko‘payishi, tirishishlar, toksik ensefalopatiya, xotirani buzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘rish nervining nevriti, ko‘rish nervining atrofiyasi, eshitishni yo‘qolishi, buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi pasientlarning quloqlarida shovqin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar funksiyasining buzilishi, gepatit, zardobli transaminazalarining (SGOT, SGPT) darajasini oshishi, giperbilirubinemiya, bilirubinuriya, fulminant jigar yetishmovchiligi, bu nekroz rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, o‘tkir pankreatit.

Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: piridoksin tanqisligi, pellagra, giperglikemiya, metabolik asidoz.

Yurak- qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini hissi, to‘sh orqasi va yurak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya, keksa shaxslarda miokard ishemiyasi, siydikni tutilishi.

Qon tizimi tomonidan: agranulositoz, gemolitik anemiya, sideroblast anemiya, aplastik anemiya, trombositopeniya, eozinofiliya.

Jinsiy tizimi tomonidan: ginekomastiya va menorragiyalar.

Allergik reaksiyalar, shu jumladan Kvinke shishi, nafas olishni qiyinlashishi,  terini qichishishi, dermatit, tana haroratini oshishi, limfadenopatiya, vaskulit, teri toshmasi (eksfolliativ, makulopapulyoz, purpura, ko‘p shaklli eritema, yugurik sindromi, revmatik sindrom), Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, interstisial pnevmonit, bronxlar shilliq qavatining shishi kuzatiladi.

Yuborish joyida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Odatda nojo‘ya samaralari doza kamaytirilganida yoki preparatni qo‘llashda vaqtincha tanaffus qilinganida o‘tib ketadi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Izoniazid yoki preparatning yordamchi vositalariga yuqori sezuvchanlik.

Tutqanoq va tirishish xurujlariga moyillik bilan kechuvchi boshqa kasalliklar, og‘ir psixozlar, poliomielit (shu jumladan anamnezdagi), izonikatin kislotasining gidrazidi (ftivazid va boshq.) hosilalarini qo‘llash oqibatidagi anamnezdagi toksik gepatit, yaqqol ateroskleroz, o‘tkir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi.

Homiladorlik vaqtida izoniazidni sutkada tana vazniga 10 mg/kg dan yuqori dozada qo‘llash mumkin emas, yurak-o‘pka yetishmovchiligi, arterial gipertenziyaning II-III  darajasi, yurakning ishemik kasalligi, nerv tizimining kasalliklari, bronxial astma, surunkali buyrak yetishmovchiligi, xuruj davridagi gepatit, jigar sirrozi, psoriaz, xuruj davridagi ekzema, gipotireoz, miksedemada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Antikoagulyantlar, benzodiazepinlar, fenitoin, karbamazepin, teofillin, MAO ingibitorlari – izoniazid ushbu preparatlarning samaralarini kuchaytiradi (shu jumladan toksik).

Izoniazid levodopaning terapevtik samarasini kamaytirishi mumkin.

Izoniazidni bir vaqtda qo‘llash:

Itrakonazol bilan – qon zardobida itrakonazolning konsentrasiyasi yaqqol pasayadi va terapevtik samarasi yo‘qoladi. Bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Ketokonazol bilan – qon zardobida ketokonazolning miqdorini kamaytirishi mumkin: qonda preparatning konsentrasiyasini nazorat qilish lozim, zarurati bo‘lsa dozani oshirish kerak.

Asetaminofenon bilan – generasiya va jigarda toksik metabolitlarning to‘planishi hisobiga asetaminofenonning toksikligini oshiradi, bu jiddiy nojo‘ya reaksiyalarga olib kelishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlar –izoniazidning metabolizmi va eliminasiyasi oshadi.

Fenitoin, teofillin, karbamazepin – izoniazid sanab o‘tilgan preparatlarning metabolizmini susaytiradi, bu qon plazmasida ularning konsentrasiyalarini oshishiga va toksik ta‘sirini kuchayishiga olib keladi.

Definin – izoniazid difeninning aritmiyaga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi.

Potensial gepatotoksik va neyrotoksik vositalar (shu jumladan alkogol, rifampisin) – toksik gepatit va neyropatiyani rivojlanish ehtimolini oshiradi (parasetamol bilan birga gepatotoksik ta‘sirini rivojlanish xavfi oshadi).

Valproat – bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasida valproatning konsentrasiyasi oshadi.

Stavudin – distal sensor neyropatiyani rivojlanish xavfi oshadi.

V6 vitamini va glutamin kislotasi – majmuada qo‘llanganida izoniazidning nojo‘ya samaralarining ehtimoli pasayadi.

OIV bilan kasallangan pasientlarda zalsitabin bilan birgalikda izoniazidning klirensi ikki marta oshadi, davolashning samaradorligini ta‘minlash uchun izoniazid va zalsitabinning konsentrasiyasini nazorat qilish lozim.

Bir vaqtda paraaminosalisil kislotasini qabul qilayotgan, preparatning sekin faolsizlanishi bo‘lgan pasientlarga  izoniazidni buyurishda preparatning to‘qima konsentrasiyasi oshishi mumkin, buning natijasida nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfi oshadi.

Izoniazid pirimidin, triazolam, xlorzoksazon, disulfiramning jigarda metabolizmiga uchrashini sekinlashtirishi mumkin, bu toksiklikni oshishiga olib kelishi mumkin.

Izoniazid-Darnisaning samaradorligini kuchaytirish uchun boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar (rifampisin, etambutol, pirazinamid) bilan majmuada qo‘llash lozim, aralash infeksiyada esa – keng ta‘sir doirasiga ega antibiotiklar: ftorxinolonlar, (masalan ofloksasin, siprofloksasin), sulfanilamidlar, makrolidlar bilan birga qo‘llanadi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolash vaqtida shifokor nazorati, funksional jigar sinamalarini muntazam o‘tkazish va oftalmologik tekshiruvlarni o‘tkazish kerak. Birinchi oyda tekshirishlar kamida 2 marta, so‘ngra – oyda 1 marta o‘tkaziladi.

Nojo‘ya samaralari paydo bo‘lgan holda, ularni kamaytirish uchun piridoksin (mushak ichiga sutkada 5% li eritma 1-2 ml dan), tiamin xloridi (mushak ichiga sutkada 5% li eritma 1 ml dan) yoki tiamin bromidi (mushak ichiga sutkada 6% li eritma 1 ml dan), glutamin kislotasi, ATF ning natriyli tuzi qo‘llanadi.

Izoniazidning jigarga mumkin bo‘lgan toksik ta‘sirini oldini olish uchun, u gepatoprotektorlar bilan birga (masalan, silimarin, ursodeoksixol kislotasi) buyuriladi.

Davolash vaqtida spirtli ichimliklarni iste‘mol qilmaslik maqsadga muvofiq.

Izoniazid bilan monoterapiya o‘tkazilganida unga nisbatan qo‘zg‘atuvchilarning chidamliligi tez rivojlanishini hisobga olib (70% hollarda), bu jarayonni sekinlashtirish uchun, preparat faqat boshqa tuberkulyozga qarshi preparatlar bilan birga buyuriladi. Aralash infeksiyada izoniazid bilan bir vaqtda keng ta‘sir doirasiga ega antibiotiklar, ftorxinolonlar, sulfanilamidlar buyuriladi.

Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda glyukozurik sinamaning natijasi ijobiy bo‘lishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik davrida preparatni sutkada 10 mg/kg dan yuqori dozada qo‘llash mumkin emas. Izoniazid-Darnisa homilador ayollarda qo‘llanganida (tana vazniga 10 mg/kg gacha sutkalik dozada) izoniazid yo‘ldosh orqali o‘tishi va mielomeningosele va gipostadiya, gemorragiyalarni (K gipovitaminozi oqibatida) rivojlanishini, shuningdek homilada psixomotor rivojlanishini kechikishini chaqirishi mumkinligini hisobga olish lozim.

Izoniazid ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun bolada gepatit va periferik nevritlarni rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, emizishni yoki preparatni qo‘llashni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim.

Bolalar

Preparat bolalarga yangi tug‘ilganlik davridan boshlab buyuriladi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati

Murakkab mexanizmlarning boshqaruvchilari va operatorlari nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarni rivojlanish ehtimolini hisobga olishlari kerak, diqqatni jamlash va reaksiya tezligi qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida preparat qo‘llanganidan keyin 0,5-3 soat o‘tgach ovqat hazm qilish yo‘llari funksiyalarini buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, neyrotoksik ko‘rinishlar, bosh aylanishi, ko‘rishni yomonlashishi, tushunarsiz nutq va ko‘rish gallyusinasiyalari paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir intoksikasiya nafas va MNT ni susayishiga, tirishishlar va komani paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishining tipik laboratoriya ko‘rsatkichlari bo‘lib, metabolik asidoz, asetonuriya, giperglikemiya hisoblanadi.

Davolash. Me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, vena ichiga – piridoksinning yuqori dozalari. Gemodializ samaralidir.

Tirishishlarni davolash: magniy sulfati, diazepam eritmasini yuborish.

Jigar funksiyasi buzilishlarini davolash: metionin, lipamid, ATF, V12 vitamini.

Chiqarilish shakli

5 ml dan ampulalarda; 10 ampuladan korobkada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ram qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 2°S dan 8oS gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 dori vositasi Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IZONIAZID tabletkalari 200mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLOTRIMAZOL tabletkalari 100mg N10
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
DIGOKSIN tabletkalari 0,25mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Digoksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 6 900 so'mdan Batafsil
AMBROKSOL 30 sirop 100ml 30mg/5ml
Narh: 25 120 so'mdan Batafsil
KLOTRIMAZOL maz 25g 1%
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
KORVITIN liofilizat 0,5g N1
Narh: 119 800 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU maz 40g
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
ETAMBUTOL tabletkalari 400mg N50
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
TEOPEK tabletkalari 300mg N50
LIVAMIKOL BXFZ maz 30g
Narh: 11 200 so'mdan Batafsil
GRIZEOFULVIN tabletkalari 125mg N40
Narh: 26 000 so'mdan Batafsil
KRATAL tabletkalari N20
VENORUTINOL gel 40g 2%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
VENOGEPANOL gel 40g
VERAPAMILA GIDROXLORID tabletkalari 80mg N50
BEKARBON tabletkalari N20
SEFTRIAKSON BXFZ poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 11 500 so'mdan Batafsil
TETRASIKLINA GIDROXLORID tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
INDOVENOL gel 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROKSOL 15 sirop 100ml 15mg/5ml
ALLOPURINOL tabletkalari 0,1g N50
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
MENOVALEN kapsulalar N20
KETOTIFEN sirop 50ml 1mg/5ml
BORIZOL tabletkalari 50mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: riluzol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
AMBROTARD kapsulalar 75mg N10
RIFAMPISIN kapsulalar
Другие формы препарата
IZONIAZID DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9