×
×
  • VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 14
Ishlab chiqaruvchi:
- Edge Pharma Ltd
ATX kodi:
- C10AA07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
VAZILIP tabletkalari 20mg N28 КРКА д.д. Sloveniya
RIBOKSIN eritma 10ml 2% N10 Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
4 400 s`om dan
SERMION tabletkalari 30mg N30 Pfizer HCP Corporation, США произведено: Pfizer Italia S.r.l. Italiya
269 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VAZUROTIN

VAZUROTIN

 

Preparatning savdo nomi: Vazurotin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): rozuvastatin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qlplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir 10 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rozuvastatin kalsiy 10,39 mg , rozuvastatinga qayta hisoblanganda – 10 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 59,82 mg, laktoza monogidrati – 39,70 mg, kalsiy trifosfati – 27,00 mg, krospovidon – 10,00 mg, magniy stearati – 2,80 mg;

qobig‘i: Vinkout WT-1001 oq (gipromelloza – 2,20 mg, makrogol 400 – 0,32 mg, titan dioksidi – 1,48 mg) – 4,00 mg.

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir 20 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rozuvastatin kalsiy 20,78 mg , rozuvastatinga qayta hisoblanganda – 20 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 93,24 mg, laktoza monogidrati – 52,00 mg, kalsiy trifosfati – 54,00 mg, krospovidon – 15,00 mg, magniy stearati – 4,40 mg;

qobig‘i: vinkout WT-1001 jigarrang (gipromelloza – 3,47 mg, makrogol 400 – 0,56 mg, titan dioksidi – 1,46 mg, talk -0,06 mg, makrogol 6000 – 0,40 mg, temir (III) oksidi bo‘yovchisi – 0,05 mg) – 6,00 mg.

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir 40 mg li tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rozuvastatin kalsiy 41,56 mg , rozuvastatinga qayta hisoblanganda – 40 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 151,92 mg, laktoza monogidrati –
171,00 mg, kalsiy trifosfati – 70,00 mg, krospovidon – 38,00 mg, magniy stearati –
7,20 mg;

qobig‘i: vinkout WT-1001 sariq (gipromelloza – 7,09 mg, makrogol 400 – 1,15 mg, titan dioksidi – 2,51 mg, talk -0,34 mg, makrogol 6000 – 0,53 mg, temir (II) oksidi bo‘yovchisi – 0,38 mg) – 12,00 mg.

Ta‘rifi:

10 mg li doza uchun: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan riskali, oqdan deyarli oq rangligacha plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

20 mg li doza uchun: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, bir tomonidan riskali, to‘q-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

40 mg li doza uchun: kapsulasimon shaklli, bir tomonidan riskali, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita – GMG-KoA-reduktaza ingibitori.

ATX kodi: S10AA07

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Rozuvastatin 3-gidroksi-3-metilglutaril koferment A ni xolesterinning o‘tmishdoshi bo‘lgan mevalonat kislotasiga aylantiruvchi ferment GMG-KoA-reduktazaning raqobatli ingibitori hisoblanadi. Rozuvastatinning asosiy ta‘sir etish nishoni bo‘lib jigar hisoblanadi, u yerda xolesterin (XS) sintezi va past zichlikdagi lipoproteinlarning (PZLP) katabolizmi amalga oshadi.

Rozuvastatin PZLP ni tutib olinishi va katabolizmini oshirib, xujayra yuzasida PZLP “jigar” reseptorlari sonini oshiradi, bu o‘z navbatida juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP) sintezini ingibisiya bo‘lishiga, umumiy PZLP va JPZLP darajasini kamayishiga olib keladi.

Rozuvastatin xolesterin-PZLP (XS-PZLP), umumiy xolesterin, trigliseridlar (TG) ning oshgan konsentrasiyasini kamaytiradi, yuqori zichlikdagi lipoprotein xolesterinining (XS-YUZLP) konsentrasiyasini oshiradi, shuningdek apolipoprotein V (ApoV), XS-noPZLP, XS-JPZLP, TG-JPZLP konsentrasiyasini kamaytiradi va apolipoprotein A-I (ApoA-I) konsentrasiyasini oshiradi, XS-PZLP/XS-YUZLP, umumiy XS/XS-YUZLP nisbatini va ApoV/ApoA-I nisbatini kamaytiradi. Terapevtik samarasi rozuvastatin bilan davolash boshlangandan keyin bir xafta davomida rivojlanadi, 2 xafta davolagandan keyin erishilishi mumkin bo‘lgan maksimal samaraning 90% ga yetadi. Maksimal terapevtik samaraga odatda davolashning 4-chi xaftasida erishiladi va preparat muntazam qabul qilinganda tutib turiladi.

Klinik samaradorligi

Rozuvastatin irqiy mansubligi, jinsi yoki yoshiga qaramay giperxolesteriemiyasi bo‘lgan yoki gipertrigliseridemiyasi bo‘lmagan katta pasientlarda, shu jumladan qandli diabeti va oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda samarali. Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb tip giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda (XS-PZLP ning dastlabki o‘rtacha konsentrasiyasi taxminan 4,8 mmol/l) 10 mg dozada rozuvastatinni qabul qilish fonida XS-PZLP konsentrasiyasi 3 mmol/l dan past ko‘rsatkichga erishiladi.

20-80 mg dozada rozuvastatin qabul qilayotgan geterozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda lipid profili ko‘rsatkichlarining ijobiy dinamikasi kuzatiladi (435 nafar pasientlar ishtirokidagi tadqiqot). 40 mg sutkalik dozaga titrlagandan keyin (davolashning 12 haftasi) XS-PZLP ning konsentrasiyasini 53% ga kamayishi kuzatiladi. 33% pasientlarda XS-PZLP ning 3 mmol/l dan past konsentrasiyasiga erishiladi.

20 mg yoki 40 mg dozada rozuvastatin qabul qilayotgan gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda XS-PZLP konsentrasiyasini o‘rtacha kamayishi 22% ni tashkil qiladi.

6 hafta davomida sutkada bir marta 5 mg dan 40 mg gacha dozada rozuvastatin qabul qilgan TG ning dastlabki konsentrasiyasi 273 dan 817 mg/dl li gipertrigliseridemiyasi bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida TG ning konsentrasiyasi ahamiyatli darajada kamaygan.

Trigliseridlar miqdori yuzasidan fenofirat bilan va XS-YUZLP darajasi yuzasidan lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozadagi nikotin kislotasi bilan majmuada additiv samara kuzatiladi (shuningdek “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Yurak ishemik kasalligi rivojlanishi xavfi past (Framingem shkalasi bo‘yicha 10-yillik xavf 10% dan kam), XS-PZLP ning o‘rtacha konsentrasiyasi 4,0 mmol/l
(154,5 mg/dl) va subklinik aterosklerozi (uyqu arteriyalarining intima-media kompleksining qalinligi (IMKQ) bo‘yicha baholangan) bo‘lgan 45-70 yoshdagi 984 nafar pasientlar ishtirokidagi klinik tadqiqotda rozuvastatinning intima-media kompleksiga ta‘siri o‘rganilgan. Pasientlar 2 yil davomida sutkada 40 mg dozada rozuvastatin yoki plasebo qabul qilganlar. Rozuvastatin bilan davolash plaseboga nisbatan – 0,0145 mm/yil farqi bilan (95 ishonch intervali (II) – 0,0196 dan – 0,0093 gacha; r˂0,001) uyqu arteriyasining 12 segmenti uchun IMKQ ning maksimal avj olishi tezligini ahamiyatli darajada sekinlashtirgan. Dastlabki ko‘rsatkichlarga nisbatan rozuvastatin guruhida plasebo guruhidagi IMKQ ning maksimal ko‘rsatkichini
0,0131 mm/yil (1,12%/yil (r˂0,001)) ga oshishiga nisbatan 0,0014 mm/yil ga kamayishi kuzatilgan. Hozirgi vaqtgacha IMKQ ko‘rsatkichini kamayishi va yurak-qon tomir hodisalari xavfini kamayishi o‘rtasida bevosita bog‘liqlik aniqlanmagan. Ushbu tadqiqot rozuvastatinning 40 mg dozasi tavsiya etilmagan yurak ishemik kasalligi (YUIK) xavfi past bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan. Rozuvastatinning 40 mg dozasi yaqqol giperxolesterinemiyasi va yurak-qon tomir kasalliklarining (YUQTK) xavfi yuqori pasientlarga buyurilishi kerak.

17802 nafar pasientlar ishtirokidagi boshqa klinik tadqiqot natijalari rozuvastatin nisbiy xavfni 44% ga kamaytirish bilan yurak-qon tomir asoratlarining xavfini ahamiyatli darajada (rozuvastatin guruhidagi 142 ga nisbatan plasebo guruhida 252) kamaytirishini namoyish qilgan. Davolashning samaradorligi rozuvastatinni qo‘llagandan 6 oydan keyin kuzatilgan. Yurak-qon tomir sabablari tufayli o‘lim, insult va miokard infarktini o‘z ichiga oluvchi majmuaviy omilni 48% ga statistik jihatdan ishonchli pasayishi kuzatilgan (xavf nisbatlari: 0,52, 95%, II 0,67-0,97, r=0,02). 20 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan pasientlardagi xavfsizlik profili plasebo guruhidagi xavfsizlik profiliga o‘xshash bo‘lgan.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi va taqsimlanishi

Rozuvastatinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga ichga qabul qilingandan taxminan 5 soatdan keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 20% ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning taqsimlanish xajmi taxminan 134 l ni tashkil qiladi. Rozuvastatinning taxminan 90% qon plazmasi oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanadi.

Metabolizmi

Rozuvastatin jigarda cheklangan (taxminan 10%) metabolizmga uchraydi. Rozuvastatin sitoxrom R450 tizimining izofermentlari tomonidan metabolizm uchun maxsus bo‘lmagan substrat hisoblanadi. Rozuvastatinning metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy izoferment bo‘lib CYP2S9 hisoblanadi. CYP2S19, CYP3A4 vaCYP2D6 izofermentlari metabolizmda kamroq darajada ishtirok etadi.

Rozuvastatinning asosiy ajratib olingan metabolitlari bo‘lib N-desmetilrozuvastatin va lakton metabolitlari hisoblanadi. N-desmetilrozuvastatin rozuvastatinga nisbatan taxminan 50% faolsizroq, lakton metabolitlari farmakologik jihatdan faol emas. Aylanib yuruvchi GMG-KoA-reduktazani ingibisiya qilish bo‘yicha farmakologik faollikning 99% dan ko‘prog‘i rozuvastatin, qolgan qismini – uning metabolitlari ta‘minlaydi.

Chiqarilishi

Rovustatin dozasining taxminan 90% o‘zgarmagan ko‘rinishda ichak orqali (shu jumladan so‘rilgan va so‘rilmagan rozuvastatin) chiqariladi. Qolgan qismi buyraklar orqali chiqariladi. Rozuvastatinning plazmadagi yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 19 soatni tashkil qiladi. Preparatning dozasi oshirilganda T1/2 o‘zgarmaydi. O‘rtacha geometrik plazmadagi klirensi taxminan soatiga 50 l ni tashkil qiladi (o‘zgarish koeffisenti 21,7%). GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi rozuvastatinning “jigar” da tutib qolinishi jarayonida rozuvatatinni jigar orqali chiqarilishida muhim rol o‘ynovchi xolesterinni membrana orqali tashuvchisi ishtirok etadi.

Proporsionallik

Rozuvastatinning tizimli ekspozisiyasi doza proporsional ravishda oshadi. Har kuni qabul qilganda farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.

Yosh va jins

Yosh va jins rozuvastatinning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Etnik guruhlar

Farmakokinetik tadqiqotlar yevropaliklarga nisbatan mongoloid irqqa mansub pasientlarda (yaponlar, xitoyliklar, filippinliklar, vetnamliklar va koreyslar) rozuvastatinning AUC («konsentrasiya-vaqt» egri chizig‘i ostidagi maydon) va Smax (qon plazmasidagi maksimal konsentarsiyasi) medianasini ikki marta oshishini namoyish qilgan. Hind pasientlarida AUC va Smax ni 1,3 marta oshishi namoyish qilingan. Farmakokinetik tahlil yevropaliklar va negroid irq vakillari orasida klinik ahamiyatli farqlarni aniqlamagan.

Buyrak yetishmovchiligi

Yengil va o‘rtacha yaqqollikda buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin yoki N-desmetilrozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasi ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam) bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning qon plazmasidagi konsentrasiyasi 3 marta yuqori, N-desmetilrozuvastatinning konsentrasiyasi esa 9 marta yuqori. Gemodializda bo‘lgan pasientlarda qon plazmasidagi rozuvastatinning konsentrasiyasi sog‘lom ko‘ngillilarga nisbatan taxminan 50% yuqori bo‘lgan.

Jigar yetishmovchiligi

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7 ball va undan past bo‘lgan turli bosqichdagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning T1/2 oshishi aniqlanmagan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 8 ball va 9 ball bo‘lgan ikki nafar pasientlarda T1/2 kamida 2 marta oshishi aniqlangan. Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash tajribasi mavjud emas.

Genetik polimorfizm

GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (statinlar), shu jumladan rozuvastatin OAT31V1 (statinlarni gepatositlar tomonidan tutib olinishida ishtirok etuvchi organik anionlarning transport polipeptidi) va BCRP (efflyuks transporter) bilan bog‘lanadi. SLCO1B1 (OATP1B1) c.521CC va ABCG2 (BCRP) c.421AA genotip tashuvchilarida rozuvastatinga nisbatan ekspozisiyani (AUC) SLCO1B1 c.521TT va ABCG2 c.421CC tashuvchilariga nisbatan muvofiq ravishda 1,6 va 2,4 marta oshishi aniqlangan.

Qo‘llanilishi

  • Fredrikson bo‘yicha birlamchi giperxolesterinemiya (IIa tip, shu jumladan oilaviy geterozigot giperxolesterinemiya) yoki aralash giperxolesterinemiya, parhez va boshqa nomedikamentoz davolash usullari (masalan jismoniy mashqlar, tana vaznini kamayishi) yetarli bo‘lmaganda parhezga qo‘shimcha sifatida.
  • oilaviy gomozigot giperxolesterinemiya, lipidlar darajasini kamaytiruvchi boshqa davolash yetarli darajada samarali bo‘lmaganda parhez yoki shunday davolashga qo‘shimcha sifatida.
  • Gipertrigliseridemiya (Fredrikson bo‘yicha IV tip), parhezga qo‘shimcha sifatida.
  • Umumiy XS va XS-PZLP konsentrasiyasini pasaytirish uchun davolash ko‘rsatilgan pasientlarda aterosklerzni avj olishini sekinlashtirish uchun, parhezga qo‘shimcha sifatida.
  • YUIK klinik belgilarisiz, lekin uni rivojlanishi xavfi yuqori (erkaklar uchun 50 yosh va ayollar uchun 60 yoshdan yuqori, arterial gipertenziya, XS-YUZLP konsentrasiyasini pastligi, chekish, oilaviy anamnezida YUIK ni erta boshlanishi kabi qo‘shimcha xavf omillarini kamida bittasi bo‘lganda S-reaktiv oqsil konsentrasiyasini oshishi (≥2 mg/ml)) bo‘lgan katta pasientlarda asosiy yurak-qon tomir asoratlari (insult, infarkt, arterial revaskulyarizasiya) ni birlamchi profilaktikasida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkani chaynamasdan va maydalamasdan, suv bilan butunligicha ichga qabul qilinadi. Preparat ovqatlanishdan qat‘iy nazar sutkaning istalgan vaqtida buyurilishi mumkin.

Davolashni boshlashdan oldin pasient standart gipoxolesterinemik parhezga rioya qilishi va uni davolash vaqtida davom ettirishi kerak. Preparatning dozasi davolashning maqsadi va lipidlarning maqsadli konsentrasiyalari bo‘yicha amaldagi tavsiyalarni e‘tiborga olib davolashga terapevtik javobga qarab tanlanishi kerak.

Preparatni qabul qilishni boshlayotgan pasientlar uchun yoki GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qabul qilishdan o‘tkazilgan pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 1 marta 5 mg yoki 10 mg Vazurotin preparatini tashkil etishi kerak. Boshlang‘ich dozani tanlashda xolesterinning individual konsentrasiyasiga qarash va yurak-qon tomir asoratlarini bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfini e‘tiborga olish kerak, shuningdek nojo‘ya samaralar rivojlanishining potensial xavfini baholash kerak. Zarurati bo‘lganida dozani 4 xaftadan keyin yuqoriroq dozagacha oshirish mumkin.

Preparatning pastroq dozalariga nisbatan 40 mg dozasi qabul qilganda nojo‘ya samaralarni rivojlanishi ehtimoli tufayli (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang), 4 hafta davomida davolaganda tavsiya etilgan boshlang‘ich dozadan yuqori dozani qo‘shimcha qabul qilgandan keyin dozani 40 mg gacha oshirish faqat 20 mg doza qabul qilganda davolashdan kutilgan natijaga erishilgan va shifokor kuzatuvi ostida bo‘ladigan og‘ir giperxolesterinemiya va yurak-qon tomir asoratlarining yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda (ayniqsa oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda) amalga oshirish kerak. Ayniqsa preparatni 40 mg dozada qabul qiluvchi pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish tavsiya etiladi.

Avval shifokorga murojaat etmagan pasientlarga 40 mg dozani buyurish tavsiya etilmaydi. 2-4 xafta davolagandan keyin va/yoki Vazurotin preparatining dozasi oshirilganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi).

Keksa yoshdagi pasientlar

Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK ˂ 30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda Vazurotin preparatini qo‘llash mumkin emas.

Buyrak faoliyatini o‘rtacha darajada (KK minutiga 30-60 ml) bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas. Buyrak faoliyatini o‘rtacha darajada bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinning 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Faol fazadagi jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda Vazurotin preparatini qo‘llash mumkin emas.

Etnik guruhlar

Turli etnik guruhlarga mansub pasientlarda rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘rganilganda yaponlar va xitoyliklarda rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlangan. Vazurotin preparatini ushbu guruhdagi pasientlarga buyurganda buni e‘tiborga olish kerak. 10 mg va 20 mg dozalar buyurilganda mongoloid irqqa mansub pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qiladi va preparatni 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas.

Genetik polimorfizm

SLCO1B1 (OATP1B1) c.521CC va ABCG2 (BCRP) c.421AA tashuvchilarda SLCO1B1 c.521TT va ABCG2 c.421SS genotip tashuvchilariga nisbatan rozuvastatinning ekspozisiyasi (AUC) oshishi kuzatilgan. s. 521CC va c.421AA genotip tashuvchi-pasientlar uchun Vazurotin preparatining tavsiya etiladigan maksimal dozasi sutkala 1 marta 20 mg ni tashkil qiladi.

Miopatiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlar

Miopatiya rivojlanishiga moyilligiga ishora qiluvchi omillari bo‘lgan pasientlarda Vazurotin preparatini 40 mg dozada qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” bo‘limiga qarang). 10 mg va 20 mg dozalar buyurilganda mongoloid irqiga mansub pasientlar uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qiladi.

Yondosh davolash

Rozuvastatin turli tashuvchi oqsillar (xususan OATZ1V1 va BCRP) bilan bog‘lanadi. Vazurotin preparatini tashuvchi oqsillar bilan o‘zaro ta‘siri hisobiga qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshiruvchi dori vositalari (siklosporin, ayrim OITV proteaza ingibitorlari, shu jumladan ritonavirni atazanavir, lopinavir va/yoki tipranavir bilan majmuasi kabi) bilan bir vaqtda qo‘llaganda miopatiya, shu jumladan rabdomioliz xavfi oshishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” va “Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limlariga qarang). Bunday hollarda muqobil davolashni buyurish yoki Vazurotin preparatini qo‘llashni vaqtincha to‘xatish imkonini baholash kerak. Agar yuqorida sanab o‘tilgan preparatlarni qo‘llash zarurati bo‘lsa, Vazurotin preparati bilan yondosh davolashdan foyda va xavf nisbatini baholash va uning dozasini kamaytirish imkonini ko‘rib chiqish kerak (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Rozuvastatin qo‘llanganida kuzatiladigan nojo‘ya samaralar odatda ahamiyatsiz ifodalangan va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llagandagi kabi noxush reaksiyalarni paydo bo‘lish tez-tezligi asosan dozaga bog‘liq xarakterga ega.

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha taqdim qilingan: juda tez-tez (≥1/10 holatlar), tez-tez (˃1/100 – ˂1/10 holatlar), tez-tez emas (˃1/1000 – ˂1/100 holatlar), kam hollarda (˃1/10000 – ˂1/1000 holatlar) va juda kam hollarda (˂1/10000 holatlar, shu jumladan alohida xabarlar). Mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida rivojlanish tez-tezligini baholash imkoni bo‘lmagan noxush reaksiyalar “tez-tezligi noma‘lum” deb belgilangan.

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan angionevrotik shish.

Endokrin tizimi tomonidan: tez-tez – qandli diabetning 2 tipi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; juda kam hollarda – polineyropatiya, xotirani yo‘qolishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; kam hollarda – pankreatit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi; juda kam hollarda – sariqlik, gepatit; tez-tezligi noma‘lum – diareya.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas – teri qichishishi, toshma, eshakemi; tez-tezligi noma‘lum – Stivens-Djonson sindromi.

Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: tez-tez – mialgiya; kam hollarda – miopatiya (shu jumladan miozit), kam hollarda – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi yoki usiz rabdomioliz.

Rozuvastatin qabul qiluvchi ko‘pchilik pasientlarda kreatinfosfotaza (KFK) faolligini dozaga bog‘liq oshishi kuzatiladi (ko‘pchilik holatlarda u ahamiyatsiz, simptomsiz va vaqtincha bo‘lgan). KFK faolligini oshishi holatlarida (normaning yuqori chegarasiga nisbatan kamida 5 marta) davolash to‘xtatilishi kerak.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda kam hollarda – gematuriya. Rozuvastatin qabul qilgan pasientlarda proteinuriya aniqlanishi mumkin; siydikda oqsil miqdorini o‘zgarishi (mavjud bo‘lmaslik yoki juda kam miqdordan ++ yoki undan ko‘proqqacha) 10-20 mg rozuvastatin qabul qilgan pasientlarning 1% dan kamrog‘ida va
40 mg dozada rozuvastatin qabul qilgan pasientlarning taxminan 3% da kuzatiladi. Siydikda oqsil miqdorini ahamiyatsiz o‘zgarishi 20 mg doza qabul qilinganda kuzatilgan. Davolash jarayonida proteinuriya ko‘pchilik holatlarda yo‘q bo‘ladi va o‘tkir yoki buyrakning mavjud kasalligini avj olishini bildirmaydi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini dozaga bog‘liq oshishi (kam sondagi pasientlarda; ko‘pgina hollarda u ahamiyatsiz, simptomsi va vaqtincha).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – yo‘tal, hansirash.

Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – ginekomastiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: tez-tezligi noma‘lum – trombositopeniya.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tezligi noma‘lum – glyukoza, bilirubin konsentrasiyasi, gamma-glutamiltranspeptidaza, ishqoriy fosfotaza faolligini oshishi, qalqonsimon bezi faoliyatini buzilishi.

Boshqalar: tez-tez – astenik sindrom; tez-tezligi noma‘lum – periferik shishlar.

Ayrim statinlarni qo‘llaganda quyidagi noxush reaksiyalar haqida xabar berilgan: depressiya, uyquni buzilishi, shu jumladan uyqusizlik va “dahshatli” tush ko‘rishlar, erektil disfunksiya. O‘pkaning interstisial kasalligining yakka holati haqida, ayniqsa preparatlarni uzoq vaqt qo‘llaganda xabar berilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

10 mg va 20 mg dozali tabletkalar uchun

  • rozuvastatin yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya (preparat laktoza saqlaydi);
  • faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan zardobdagi transaminazalar faolligini turg‘un oshishi va qon plazmasidagi transaminazalar faolligini normaning yuqori chegarasidan kamida 3 marta har qanday oshishi;
  • og‘ir buyrak yetishmovchiligi (KK˂30 ml/min);
  • miopatiya;
  • siklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
  • miotoksik asoratlar rivojlanishiga moyil pasientlar;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

40 mg dozali tabletkalar uchun

  • rozuvastatin yoki preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukozo-galaktoz malabsorbsiya (preparat laktoza saqlaydi);
  • faol bosqichdagi jigar kasalliklari, shu jumladan zardobdagi transaminazalar faolligini turg‘un oshishi va qon plazmasidagi transaminazalar faolligini normaning yuqori chegarasidan kamida 3 marta har qanday oshishi;
  • o‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK˂60 ml/min);
  • miopatiya;
  • siklosporinni bir vaqtda qabul qilish;
  • fibratlarni bir vaqtda qabul qilish;
  • GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini qo‘llash fonidagi miotoksiklik;
  • gipotireoz;
  • shaxsiy yoki oilaviy anamnezida mushak kasalliklari;
  • alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish;
  • qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • kontrasepsiyaning ishonchli usullaridan foydalanmaydigan tug‘ruq yoshidagi ayollar;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

10 mg va 20 mg dozali tabletkalar uchun

Miopatiya/rabdomioliz rivojlanishi xavfini mavjudligi – buyrak yetishmovchiligi, gipotireoz; shaxsiy yoki oilaviy anamnezida nasliy mushak kasalliklarini va avval anamnezida GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini yoki fibratlarni qo‘llaganda mushak toksikligini bo‘lishi; alkogolni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish; rozuvastatinning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi kuzatiladigan holatlar; 70 yoshdan oshganlar; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarroxlik aralashuvlari; jarohatlar; og‘ir metabolik, endokrin yoki suv-elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq; irqiy mansublik (mongoloid irq); fibratlarni bir vaqtda qabul qilish.

40 mg dozali tabletkalar uchun

O‘rtacha og‘irlik darajasidagi buyrak yetishmovchiligi (KK ˃ 60 ml/min); 70 yoshdan oshganlar; anamnezida jigar kasalliklari; sepsis; arterial gipotenziya; katta jarroxlik aralashuvlari; jarohatlar;og‘ir metabolik, endokrin yoki suv-elektrolit buzilishlari; nazorat qilib bo‘lmaydigan tutqanoq.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 9 balldan yuqori bo‘lgan pasientlarda rozuvastatinni qo‘llash haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas (“Farmakodinamikasi” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlariga qarang).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tashuvchi oqsillar ingibitorlari

Rozuvastatin ayrim tashuvchi oqsillar, shu jumladan OATZ1V1 va BCRP bilan bog‘lanadi. Bu tashuvchi oqsillarning ingibitorlari hisoblangan preparatlarni yondosh qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini oshishi va miopatiya rivojlanishi xavfini oshishi bilan kechishi mumkin.

Siklosporin

Rozuvastatin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llaganda rozuvastatinning AUC sog‘lom ko‘ngillilarda kuzatiladigan ko‘rsatkichdan o‘rtacha 7 marta yuqori bo‘lgan. Bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning konsentrasiyasini 11 marta oshishiga olib keladi. Rozuvastatin siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Rozuvastatin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Bilvosita antikoagulyantlar

Bir vaqtda bilvosita antikoagulyantlarni (masalan varfarin) qabul qilayotgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolashni boshlash yoki preparatning dozasini oshirish protrombin vaqtini (halqaro normallashtirilgan nisbat – HNN) oshishiga olib kelishi mumkin. Rozuvastatinni bekor qilish yoki preparatning dozasini kamaytirish HNN ni kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda HNN ni nazorat qilish tavsiya etiladi.

Gemfibrozil va boshqa gipolipidemik vositalar

Rozuvastatin va gemfibrozilni bir vaqtda qo‘llash qon plazmasida rozuvastatinning maksimal konsentrasiyasini va rozuvastatinning AUC ni 2 marta oshishiga olib keladi. Spesifik o‘zaro ta‘siri bo‘yicha ma‘lumotlarga asoslanib, fenofibratlar bilan farmakokinetik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘siri kutilmaydi, farmakodinamik o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin.

Gemfibrozil, fenofibrat, boshqa fibratlar va lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozalarda (sutkada 1 g dan ko‘p) nikotin kislotasi GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtimol monoterapiyada qo‘llaganda ham miopatiya chaqirishi mumkinligi tufayli, miopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Rozuvastatinni gemfibrozil, fibratlar, sutkada 1 g dan yuqori dozada nikotin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llaganda rozuvastatinning 5 mg (10 mg dozali Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) boshlang‘ich dozasi tavsiya etiladi.

Ezetimib

10 mg dozada rozuvastatin va 10 mg dozada ezetimibni bir vaqtda qo‘llaganda giperxolesteremiyasi bo‘lgan pasientlarda ikkala dori vositalarining AUC va Smax ni o‘zgarishi bilan kechmagan.

 

OITV proteza ingibitorlari

O‘zaro ta‘sirning aniq mexanizmi noma‘lumligiga qaramay, odam immun tanqisligi virusi (OITV) proteazasi ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning ekspozisiyasini ahamiyatli darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom ko‘ngillilarda 20 mg rozuvastatinni ikkita OITV proteaza ingibitorlari (400 mg lopinavir/100 mg ritonavir) ni saqlovchi majmuaviy preparat bilan bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik tadqiqotlar rozuvastatinning AUC0-24 va Smax ni muvofiq ravishda taxminan ikki marta va besh marta oshishiga olib kelgan. Shuning uchun OITV bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Antasidlar

Rozuvastatin va alyuminiy va magniy gidroksidini saqlovchi antasidlar suspenziyasini bir vaqtda qo‘llash plazmadagi rozuvastatinning konsentarsiyasini taxminan 50% ga kamayishiga olib keladi. Agar antasidlar rozuvastatin qabul qilingandan 2 soatdan keyin qo‘llanilsa, bu samara kuchsizroq namoyon bo‘ladi. Ushbu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati o‘rganilmagan.

Eritromisin

Rozuvastatin va eritromisinni bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning AUC 20% ga va rozuvastatinning Smax ni 30% ga kamayishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta‘sir eritromisinni qabul qilish chaqirgan ichak motorikasini kuchayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin.

Peroral kontraseptivlar/o‘rinbosar gormonal davolash

Rozuvastatin va peroral kontraseptivlarni bir vaqtda qo‘llash etinilestradiolning AUC va norgestrelning AUC muvofiq ravishda 26 va 34% ga oshiradi. Plazmadagi konsentrasiyalarni bunday oshishi peroral kontraseptivlarning dozasini tanlaganda e‘tiborga olinishi kerak. Rozuvastatin va o‘rinbosar gormonal davolashni bir vaqtda qo‘llash bo‘yicha farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q, shunday qilib, ushbu majmua qo‘llanilganda shunga o‘xshash samarani inkor etib bo‘lmaydi. Ammo klinik tadqiqotlarni o‘tkazish vaqtida keng qo‘llanilgan va pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan.

Sitoxrom R450 izefermentlari

In vitro va in vivo sharoitdagi tadqiqotlar rozuvastatin sitoxrom R450 izofermentlarini ingibitori ham, induktori ham emasligini namoyish qilgan. Bundan tashqari, rozuvastatin bu izofermentlar uchun kuchsiz substrat bo‘lib hisoblanadi. Rozuvastatin va flukonazol (CYP2C9 va CYP3A4 fermentlarning ingibitori) va ketokonazol (CYP2A6 va CYP3A4 fermentlarning ingibitori) orasida klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir kuzatilmagan. Rozuvastatin va itrakonazol (CYP3A4 fermentning ingibitori) bilan bir vaqtda qo‘llash rozuvastatinning AUC 28% ga (klinik ahamiyatsiz) oshiradi. Shunday qilib, sitoxrom R450 metabolizmi bilan bog‘liq o‘zaro ta‘sir kutilmaydi.

Digoksin

Rozuvastatinni digoksin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri kutilmaydi.

Rozuvastatinning dozasiga tuzatish kiritishni talab etuvchi dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri

Rozuvastatinning ekspozisiyasini oshiruvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida Vazurotin preparatining dozasiga tuzatish kiritish kerak. Agar ekspozisiya 2 marta va undan ko‘proq oshishi kutilsa, Vazurotin preparatining boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 5 mg (10 mg dozada Vazurotin preparatining ½ tabletkasi) ni tashkil qilishi kerak. Shuningdek rozuvastatinning kutilgan ekspozisiyasi rozuvastatin bilan o‘zaro ta‘sirlashadigan dori vositalarini bir vaqtda buyurishsiz qabul qilinadigan 40 mg dozadagidan oshmaydigan darajada preparatning maksimal sutkalik dozasiga tuzatish kiritish kerak. Masalan gemfibrozil bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maksimal dozasi 20 mg ni (ekspozisiyani 1,9 marta oshishi), ritonavir/atanazavir bilan – 10 mg ni (ekspozisiyani 3,1 marta oshishi) tashkil qilishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siydik chiqarish tizimi

Rozuvastatinning yuqori dozalarini (asosan 40 mg) qabul qilgan pasientlarda ko‘pgina holatlarda tranzitor bo‘lgan kanalchalar proteinuriyasi kuzatilgan. Bunday proteinuriya buyrakning o‘tkir kasalligi yoki buyrak kasalligini avj olishidan dalolat bermagan. Vazurotin preparatini 40 mg dozada qabul qilayotgan pasientlarda davolash vaqtida buyrak faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.

Tayanch-harakat apparati

Rozuvastatinni barcha dozalarda va asosan 20 mg dan yuqori dozalarda qabul qilganda quyidagi tayanch-harakat apparatiga ta‘siri haqida xabar berilgan: mialgiya, miopatiya, kam hollarda rabdomioliz.

Kreatinfosfokinazani (KFK) aniqlash

KFK faolligini aniqlashni jadal jismoniy yuklamalar yoki KFK faolligini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar mavjudligida amalga oshirish mumkin emas, bu olingan natijalarni noto‘g‘ri interpretasiyasiga olib kelishi mumkin. Agar KFK ning dastlabki faolligi ahamiyatli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqori) oshgan bo‘lsa, 5-7 kundan keyin takroran o‘lchashni amalga oshirish kerak. Agar takroriy test KFK ning dastlabi yuqori faolligini (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqoriroq) tasdiqlasa, davolashni boshlash mumkin emas.

Davolashni boshlashdan oldin

Vazurotin preparatini, shuningdek GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini buyurganda miopatiya/rabdomiolizning xavf omillari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, davolashdan foyda va xavf nisbatini ko‘rib chiqish va klinik kuzatuvni amalga oshirish kerak.

Davolash vaqtida

Pasientlarni to‘satdan mushaklarda og‘riq, mushak kuchsizligi yoki spazmlari, ayniqsa lohaslik va isitma bilan birga paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat etish kerakligi haqida ogohlantirish kerak. Bunday pasientlarda KFK faolligini aniqlash kerak. Agar KFK faolligi ahamiyatli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 marta yuqori) oshgan bo‘lsa yoki mushaklar tomonidan simptomlar yaqqol namoyon bo‘lgan va har kungi diskomfort chaqirsa (hatto agar KFK faolligi normaning yuqori chegarasidan 5 marta pastroq bo‘lsa ham) davolashni to‘xtatish kerak. Agar simptomlar yo‘q bo‘lsa va KFK faolligi normaga qaytsa, pasientni sinchkovlik bilan kuzatuvi ostida Vazurotin preparatini yoki GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini takroran buyurish masalasini ko‘rib chiqish kerak. Simptomlar bo‘lmaganida KFK faolligini doimiy nazorati maqsadga muvofiq emas.

Statinlar, shu jumladan rozuvastatin bilan davolash vaqtida yoki davolash to‘xtatilganda proksimal mushaklarni turg‘un kuchsizligi va qon zardobida KFK faolligini oshishi ko‘rinishidagi klinik ko‘rinishlar bilan kechuvchi immunitetga bog‘liq nekrozlanuvchi miopatiya holatlari haqida kam hollarda xabar berilgan. Mushak va nerv tizimini qo‘shimcha tekshirish, serologik tekshiruvlar, shuningdek immunodepressant vositalar bilan davolash talab etilishi mumkin.

Rozuvastatin qabul qilganda va yondosh davolaganda skelet mushaklariga ta‘sirni oshishi belgilari aniqlanmagan. Lekin GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlarini fibrat kislotasining hosilalari, shu jumladan gemfibrozil, siklosporin, lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozada nikotin kislotasi, azol zamburug‘larga qarshi vositalar, OITV proteaza ingibitorlari va makrolid antibiotiklarini bilan birga qabul qilgan pasientlarda miozit va miopatiya holatlari sonini oshishi haqida xabar berilgan. Gemfibrozil GMG-KoA-reduktazaning ayrim ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganda miopatiya rivojlanishi xavfini oshiradi. Shunday qilib Vazurotin preparati va gemfibrozilni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Vazurotin preparati va fibratlar yoki nikotin kislotasining lipidlar darajasini pasaytiruvchi dozalarini bir vaqtda qo‘llaganda xavf va foyda nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak. Fibratlar va 40 mg dozada Vazurotin preparatini bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Davolash boshlanganidan 2-4 xaftadan keyin va/yoki Vazurotin preparatining dozasi oshirilganda lipid almashinuvining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak (zarurati bo‘lganida dozaga tuzatish kiritish talab etiladi).

Jigar

Davolashni boshlashdan oldin va davolash boshlangandan 3 oydan keyin jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar qon zardobida “jigar” transaminazalar faolligi normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori bo‘lsa, Vazurotin preparatini qabul qilishni to‘xtatish yoki uning dozasini kamaytirish kerak.

Gipotireoz yoki nefrotik sindrom oqibatidagi giperxolesterinemiyasi bo‘lgan pasientlarda asosiy kasalliklarni davolash Vazurotin preparati bilan davolashni boshlashdan oldin o‘tkazilishi kerak.

Etnik guruhlar

Xitoylik va yapon pasientlar orasida o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar jarayonida yevropalik pasientlar orasida olingan ko‘rsatkichlarga nisbatan rozuvastatinning tizimli konsentrasiyasini oshishi aniqlangan. Buni ushbu guruhdagi pasientlarga Vazurotin preparatini buyurganda e‘tiborga olish kerak (“Farmakokinetikasi”, “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limlariga qarang).

OITV proteaza ingibitorlari

Rozuvastatin va OITV proteaza ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang).

O‘pkaning interstisial kasalligi

Ayrim statinlarni qabul qilganda, ayniqsa uzoq vaqt qabul qilganda o‘pkaning interstisial kasalligining yakka holatlari haqida xabar berilgan. Kasallikning belgilari bo‘lib hansirash, quruq yo‘tal va umumiy holatni yomonlashishi (holsizlik, tana vaznini kamayishi va isitma) bo‘lishi mumkin. O‘pkaning interstisial kasalligiga gumon bo‘lganda statinlar bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Qandli diabetning 2 tipi

Glyukozaning konsentrasiyasi 5,9 dan 6,9 mmol/l bo‘lgan pasientlarda rozuvastatin bilan davolash qandli diabetning 2 tipi rivojlanishi xavfini oshishi bilan assosiasiyalangan.

Laktoza

Preparatning tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya bo‘lganda preparatni qabul qilish mumkin emas.

Dori preparatini homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik

Vazurotin preparatini homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar kontrasepsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak.

Xolesterin va xolesterin biosintezining boshqa mahsulotlari homilani rivojlanishi uchun muhimligi tufayli, GMG-KoA-reduktazani ingibisiya qilinishining potensial xavfi rozuvastatinni homiladorlik vaqtida qo‘llashdagi foydasidan yuqori hisoblanadi.

Davolash jarayonida homiladorlik aniqlangan hollarda preparatni qabul qilish darhol to‘xtatilishi kerak.

Emizish davri

Rozuvastatinni ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma‘lumotlar mavjud emas, shuning uchun emizish davrida uni qo‘llash mumkin emas. Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransport va boshqa murakkab mexanik vositalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Rozuvastatinni transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Vazurotin preparati bilan davolash vaqtida bosh aylanishi paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, transport vositalarini boshqarganda va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bir necha sutkalik dozani bir vaqtda qabul qilganda rozuvastatinning farmakokinetik ko‘rsatkichlari o‘zgarmaydi.

Spesifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilganda simptomatik davolash va hayotiy muhim a‘zolar va tizimlar faoliyatini tutib turishga qaratilgan choralarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Jigar faoliyati va KFK faolligini nazorat qilish kerak. Gemodializ samarali bo‘lishining ehtimoli kam.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg, 20 mg va 40 mg.

10 yoki 14 tabletkadan Al/Al blisterda.

14 tabletkadan 1, 2, 4, 8 va 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

10 tabletkadan 1, 3, 6, 9 va 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 dori vositasi Edge Pharma Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
PERINDID tabletkalari 4mg/1,25mg N30
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30
Narh: 72 300 so'mdan Batafsil
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
OD LEVOKS tabletkalari 500mg N5
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
SR KLAREN tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
OD NEB tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 77 300 so'mdan Batafsil
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
OD NEB tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9