×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Индапамид, Периндоприл
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Edge Pharma Ltd
ATX kodi:
- C09BA04
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 72 300 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 10ml 20mg/ml N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
12 300 s`om dan
NEBILET tabletkalari 5mg N28 Берлин-Хеми АГ Germaniya
88 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PERINDID

PERINDID

Preparatning savdo nomi: Perindid

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): perindopril va indapamid.

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka 2 mg + 0,625 mg saqlaydi:

faol moddalar: perindopril erbumini – 2 mg, indapamid – 0,625 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksida, magniy stearati, izoprapanol, dixlormetan;

plyonka qobiqning tarkibi: jigarrang Vinkout WT–01985 bo‘yovchisi (gipromelloza, makrogol 400, titan dioksidi, talk, makrogol 6000, temir III oksidi bo‘yovchisi), izopropanol*, dixlormetan*.

Plyonka qobiq bilan qoplangan 1 tabletka, 4 mg + 1,25 mg saqlaydi:

faol moddalar: perindopril erbumini – 4 mg, indapamid – 1,25 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksida, magniy stearati, izoprapanol, dixlormetan;

plyonka qobiq tarkibi: to‘q sariq Vinkout WT-01097 bo‘yovchisi (gipromelloza, makrogol 400, titan dioksidi, talk, makrogol 6000, sariq quyosh shafaqi bo‘yovchisi), izopropanol*, dixlormetan*.

* – organik erituvchilar ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi.

Ta‘rifi:

2 mg + 0,625 mg dozalar uchun: jigar rang, dumaloq, ikki tomoni qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavatligi ko‘rinadi. Kesimda tabletka mag‘zi oq yoki deyarli oq rangli.

4 mg + 1,25 mg dozalar uchun: to‘q sariq, dumaloq, ikki tomoni qavariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida ikki qavatligi ko‘rinadi. Kesimda tabletka mag‘zi oq yoki deyarli oq rangli.

Farmakoterapevtik guruhi: majmuaviy gipotenziv vosita (AAF ingibitori + diuretik)

ATX kodi: S09VA04.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Perindid – majmuaviy preparat bo‘lib, gipotenziv, diuretik va tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Perindopril angiotenzin–aylantiruvchi fermentning (AAF) ingibitori bo‘lib, uning ta‘sir mexanizmi AAF fermentining faolligini susaytirilishi oqibatida angiotenzin II ning hosil bo‘lishini kamayishi bilan bog‘liqyu natijada angiotenzin II ning vazokonstriktorlik (tomirlarni toraytiruvchi) ta‘sirini bartaraf etadi va aldosteronni sekresiyasini pasaytiradi. Yirik arterial qon tomirlarning elastikligini tiklanishiga yordam beradi, chap qorinchaning gipertrofiyasini, o‘pka kapillyarlaridagi bosimni kamaytiradi. Miokardning gipertrofiyasini kamaytiradi. Yurakdagi old yuklama va keyingi yuklamani, chap va o‘ng qorinchalarning qon bilan to‘lishi bosimini, umumiy periferik tomirlar qarshiligini (UPTQ) kamaytiradi, yurak qisqarishlari tezligini (YUQT) o‘rtacha darajada kamaytiradi, mushaklarda regional qon oqimini kuchaytiradi.

Indapamid sulfonamidning hosilalariga kiradi va farmakologik xususiyatlari bo‘yicha tiazid diuretiklarga yaqin. Indapamid buyrak naychalarining kortikal segmentida natriyni so‘rilishini ingibisiya qiladi, bu natriy va xlor ionlarini siydik bilan ekskresiyasini (chiqarilishini) oshirib, diurezni kuchayishiga olib keladi, kam darajada kaliy va magniy ionlarini chiqarilishini oshiradi. O‘zining diuretik ta‘siriga qo‘shimcha ravishda indapamid, arteriolyar va umumiy periferik qon tomirlar rezistentligini pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan tomirli ta‘sirga ham ega. Indapamid yaqqol diuretik samaraga ega bo‘lmagan dozalarda antigipertenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqori dozalarda diurezni oshishiga qaramasdan, arterial bosimni (AB) pasayish darajasiga ta‘sir qilmaydi. Indapamid, boshqa tiazid diuretiklar kabi, chap qorinchaning gipertrofiyasini kamaytiradi.

Perindid preparati bemorning yoshi va tanasining holatiga bog‘liq bo‘lmagan va reflektor taxikardiya bilan birga kechmaydigan yaqqol dozaga bog‘liq gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. Lipidlarning (umumiy xolesterin, past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP), juda past zichlikdagi lipoproteinlar (JPZLP), yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YUZLP), trigliseridlar (TG) va uglevodlarning metabolizmiga ta‘sir etmaydi, shu jumladan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda ham.

Terapevtik dozalarda deyarli uglevodlar almashinuviga ta‘sir qilmaydi.

Farmakokinetikasi

Perindopril va indapamidning fiksasiyalangan kombinasiyasining farmakokinetik ko‘rsatgichlari ular alohida qo‘llangandagi bilan solishtirganda farq qilmaydi.

Perindopril ichga qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tezda so‘riladi. Perindoprilning biokiraolishliga 65-70% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish perindoprilni perindoprilatga aylanishini kamaytiradi. Ichga qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach maksimal konsentrasiyasiga erishiladi.

Jigarda faol metaboliti perindoprilatni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Qon zardobida perindoprilatning maksimal konsentrasiyasi 3-4 soat o‘tgach kuzatiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi dozaga bog‘liq va 30% dan kamroqni tashkil qiladi. Kuniga 1 marta perindopril qabul qilish natijasida 4 kun davomida turg‘un konsentrasiyalariga erishiladi. Perindoprilat gematoensefalik to‘siqdan tashqari, gistogematik to‘siqlar orqali oson o‘tadi, ahamiyatsiz kam miqdori yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Buyraklar orqali chiqariladi, perindoprilatning yarim chiqarilish davri taxminan 24 soatni tashkil qiladi. Organizmda to‘planib qolmaydi. Keksa yoshdagi pasientlarda, buyrak va yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda perindoprilatni chiqarilishi sekinlashadi. Gemodializda (tezligi 70 ml/min – 1,17 ml/sek) va peritoneal dializ o‘tkazilganida organizmdan yo‘qotiladi.

Indapamid me‘da-ichak yo‘llarida tez va amalda to‘liq so‘riladi. Ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishini biroz sekinlashtiradi, lekin uning so‘rilgan miqdoriga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bir marta qabul qilinganidan keyin 1 soat o‘tgach qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga erishiladi. Takroriy qabul qilishlarda ikki dozalar orasidagi vaqtda qon plazmasida preparatning konsentrasiyadagi tebranishlar tekislashadi. Indapamid qon plazmasi oqsillari bilan 79% bog‘lanadi. Yarim chiqarilish davri 14 soatdan 24 soatgacha (o‘rtacha 18 soat) bo‘lgan vaqtni tashkil qiladi. Organizmda to‘planmaydi.

Jigarda metabolizmga uchraydi. Indapamidning 70% buyraklar orqali asosan metabolitlari ko‘rinishida (o‘zgarmagan preparatning fraksiyasi taxminan 5% ni tashkil qiladi) hamda taxminan 22% safro bilan nofaol metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi. Buyraklar funksiyasining yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning farmakokinetik xususiyatlari ahamiyatli o‘zgarmaydi.

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya (majmuaviy davolash ko‘rsatilgan pasientlarda) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, 1 tabletkadan sutkada bir marta, nonushtagacha ertalabki soatlarda, yetarli     miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilish tavsiya etiladi.

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml va ko‘proq) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – AB ni yaqqol pasayishi (shu jumladan ortostatik gipotenziya), EKG da o‘zgarishlar (gipokaliemiya), aritmiya, yurak urishi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, asabiylik, asteniya, kayfiyatning beqarorligi, uyquni buzilishi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – og‘izni qurishi, qabziyat yoki diareya, dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, ta‘mni buzilishi, anoreksiya; juda kam – jigar ensefalopatiyasi, pankreatit rivojlanishi mumkin.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez infeksiyalar, nikturiya, poliuriya.

Allergik reaksiyalar: terini qichishishi, dog‘li-papulyoz toshma, eshakemi, gemorragik vaskulit; juda kam – angionevrotik shish (Kvinke shishi).

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez – quruq yo‘tal, faringit, rinit, sinusit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: giperkreatininemiya, proteinuriya, giperkalsiemiya, giperurikemiya, gipoxloremiya, giponatriemiya, giperglikemiya; juda kam – trombositemiya, neytropeniya, leykopeniya, agranulositoz, aplastik va gemolitik anemiya (gemodializ yoki peritoneal dializda bo‘lgan pasientlar).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tirishishlar, parasteziyalar.

Boshqalar: tizimli qizil yugurik zo‘rayishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • perindoprilga yoki boshqa AAF ingibitorlariga yuqori sezuvchanlik;
  • anamnezdagi angionevrotik shish (nasliy, ideopatik yoki AAF ingibitorlarini qabul qilish oqibatidagi angionevrotik shish);
  • gipoglikemiya;
  • yaqqol buyrak yetishmovchiligi ( kreatinin klirensi 30 ml/ min dan kam);
  • yaqqol jigar yetishmovchiligi (shu jumladan ensefalopatiya bilan);
  • QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) da qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: buyrak arteriyalarining ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (shu jumladan tizimli qizil yugurik, sklerodermiya), immunodepressantlar bilan davolash davrida (neytropeniya, agranulositoz rivojlanishining xavfi), suyak ko‘migida qon hosil bo‘lishining susayishi. Aylanayotgan qon hajmini pasayishi (diuretiklarni qabul qilish, tuzsiz parhez, qusish, diareya, gemodializ), stenokardiya, serebrovaskulyar kasalliklar, renovaskulyar gipertenziya, qandli diabet, yaqqol yurak yetishmovchiligi, giperurikemiya (ayniqsa podagra va uratli nefrolitiaz bilan birga kechuvchi), kaliy tejovchi diuretiklarni, kaliy va litiy preparatlarini qabul qilish, AB ni beqarorligi, keksalik yoshi, yuqori oqimli membranalarni ishlatish bilan gemodializ o‘tkazish yoki desensibilizasiya, buyrak ko‘chirib o‘tkazilganidan keyingi holat, aorta klapanining stenozi/gipertrofik kardiomiopatiya, laktaza yetishmovchiligini mavjudligi, galaktozemiya yoki glyukoza/galaktozani so‘rilishini buzilishi sindromi.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Bir vaqtda qo‘llanganida: litiy va indapamid preparatlari qon plazmasida litiy konsentrasiyasini sinchkov nazorati va dozasini tuzatish kerak, tuzsiz parhezda bo‘lgani kabi, dozani oshirib yuborish simptomlari bilan qon plazmasida litiyning konsentrasiyasini oshishi mumkin (litiyning siydik bilan chiqarilishini pasayishi).

Perindid quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida:

  • astemizol, bepridin, eritromisin (vena ichiga yuborishda), galofantrin, pentamidin, sultoprid, terfenadin va vankomisin, IA sinfi antiaritmik vositalar (xinidin, gidroxinidin, dizopiramid, amiodaron, bretilium, sotalol) bilan – yurak ritmini “piruet” tur buzilishlari paydo bo‘lishining ehtimoli oshadi. Xavf omillari gipokaliemiya, bradikardiya, va avvalgi QT intervalini uzayishi hisoblanadi.
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (tizimli buyurilganida), salisilatlarning yuqori dozalari bilan – suvsizlangan pasientlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligining xavfi paydo bo‘ladi (glomerulyar filtrasiyaning tezligini pasayishi); suyuqlikni yo‘qotilishi o‘rnini to‘ldirish va davolashning boshida buyraklar funksiyasini nazorat qilish kerak;
  • amfoterisin V (vena ichiga); glyuko- va mineralokortikoidlar (tizimli qo‘llanganida), tetrakozaktid, ichakning motorikasini rag‘batlantiruvchi surgi vositalari, yurak glikozidlari bilan – gipoglikemiya xavfi oshadi (additiv samara); qon plazmasida kaliy darajasini, EKG ni nazorat qilish kerak, zarurati bo‘lganida – muvofiq davolashni buyurish zarur;
  • baklofen bilan – antigipertenziv samaraning kuchayishi;
  • siklosporin bilan – aylanib yuruvchi siklosporinning o‘zgarmagan konsentrasiyasida qon plazmasida kreatinin konsentrasiyasini oshishi;
  • trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar bilan – indapamidning antigipertenziv samarasi kuchayadi va ortostatik gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi (additiv samara);
  • antigipertenziv vositalar bilan – arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi;
  • yod saqlovchi kontrast vositalar bilan (yuqori dozalarda) – organizmni suvsizlanishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xavfini oshishi; yod saqlovchi kontrast vositalarni qo‘llashdan oldin bemorlarda yo‘qotilgan suyuqlikning o‘rnini to‘ldirish kerak;
  • kalsiy tuzlari bilan – kalsiy ionlarini siydik bilan chiqarilishini pasayishi oqibatida qon plazmasida ularning konsentrasiyasini oshishi;
  • kaliy tejovchi diuretiklar bilan (amilorid, spirinolakton, triamteren) – gipokaliemiya yoki giperkaliemiyani rivojlanish xavfi, ayniqsa qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda va buyraklar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda;
  • gipoglikemik dori vositalari (insulin, sulfonamidlar) bilan – qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda AAF ingibitorlari gipoglikemik samarani kuchaytirishi mumkin.
  • og‘riqni qoldiruvchi vositalar bilan – AAF ingibitorlarining antigipertenziv samarasini kuchayishi;
  • allopurinol, sitostatiklar yoki immunodepressantlar, tizimli buyuriladigan kortikosteroidlar, yoki prokainamid bilan – leykopeniyani rivojlanish xavfi kuzatiladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Perindidni qo‘llashda, ayniqsa preparatni birinchi qabul qilishda va davolashning birinchi 2 haftasi davomida arterial bosimni keskin pasayib ketishini chaqirishi mumkin. Arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi, qachonki aylanayotgan qon hajmi kam bo‘lganida, og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda, dastlabki past AB bo‘lsa, buyraklar arteriyasining stenozida yoki yakka buyrak arteriyasining stenozida, shishlar va assit bilan birga kechuvchi jigar sirrozida.

Perindid preparatini qabul qilishda qon plazmasidagi elektrolitlar (kaliy, natriy, magniy), glyukoza, siydik kislotasi va kreatininning konsentrasiyasini muntazam nazorat qilinishi kerak. Jarrohlik davolanish oldidan (12 soat oldin) preparat qabul qilishni to‘xtatish kerak. Sport bilan shug‘ullanuvchilar qo‘llanilishida “doping nazorat” o‘tkazish vaqtida soxtamusbat reaksiyalar bo‘lishi mumkinligini esda tutish lozim.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Perindidni homiladorlik davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Preparatni qo‘llash bilan fetoplasentar ishemiya sababli homilaning rivojlanishini kechikishi xavfini tug‘dirishi mumkin.

Perindidni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi (indapamid qo‘krak sutiga o‘tadi).

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Arterial bosimni o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy reaksiyalar kuzatilishi mumkin, ayniqsa davolashning boshida yoki boshqa antigipertenziv vosita qo‘shilganida. Buning natijasida avtomobilni boshqarish va yuqori diqqatni talab qiluvchi mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati pasayishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: AB ni yaqqol oshishi, ko‘ngil aynishi, qusish, tirishishlar, bosh aylanishi, poliuriya yoki oliguriya, anuriya, bradikardiya,  suv–elektrolit balansini buzilishi.

Davolash: me‘dani yuvish va/yoki faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Arterial bosim ahamiyatli pasayganida, bemorning boshini past qilib gorizontal holatga keltirish kerak. Tibbiyot muassasasida o‘tkaziladigan keyingi tadbirlar, suv-elektrolit balansini tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak, shuningdek simptomatik davolash o‘tkaziladi. Maxsus antidoti mavjud emas.

 

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 2 mg + 0,625 mg va 4 mg + 1,25 mg.

10 tabletkadan alyumin folga yoki alyumin folga va PVX plyonka blisterda.

3 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 dori vositasi Edge Pharma Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PERINDID tabletkalari 2mg/0,625mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
PERINDID tabletkalari 4mg/1,25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Индапамид, Периндоприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид, Периндоприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид, Периндоприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
KO PRENESSA tabletkalari 8mg/2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Индапамид, Периндоприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: KRKA, d.d.
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
PERINDID tabletkalari 4mg/1,25mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Индапамид, Периндоприл ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZATOR tabletkalari 20mg N30
Narh: 76 100 so'mdan Batafsil
OD LEVOKS tabletkalari 500mg N5
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
SR KLAREN tabletkalari 500mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR KLAREN tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
OD NEB tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
Narh: 82 600 so'mdan Batafsil
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
SR INDAMED tabletkalari 1,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
OD NEB tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 40mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 20mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
VAZUROTIN tabletkalari 10mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9