QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SR-KLAREN
SR-CLAREN
Preparatning savdo nomi: SR-Klaren
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klaritromisin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar.
Tarkibi:
Har bir plyonka qobiq bilan qoplangan, ta‘siri uzaytirilgan tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: klaritromisin – 500 mg;
yordamchi moddalar: laktoza, gipromelloza, talk, magniy stearati, suv*;
qobiq tarkibi: Vinkout WT-01533 sariq (gipromelloza, talk, makrogol 400, titan dioksidi, makrogol 6000, sariq xinolinli alyumin laki), izopropanol*, dixlormetan*.
*-ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi.
Ta‘rifi: sariq rangli qobiq bilan qoplangan kapsulasimon tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotiklar (makrolidlar guruhi).
ATX kodi: J01FA09.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Keng ta‘sir doirasiga ega, ikkinchi avlod makrolidlar guruhiga mansub bakteriostatik antibiotik. Mikroorganizmlarda oqsil sintezini buzadi (mikrob hujayrasi ribosomalari membranalarining 50S subbirligi bilan bog‘lanadi). Hujayra tashqarisida va hujayra ichida joylashgan qo‘zg‘atuvchilarga ta‘sir qiladi. Klaritromisinning faolligi quyidagi mikroorganizmlarning ko‘pchilik shakllariga nisbatan in vitro sharoitida ham, klinik amaliyotda ham isbotlangan:
aerob grammusbat mikroorganizmlarga: Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes;
aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhalis, Legionella pneumophila:
boshqa mikroorganizmlar – Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae;
mikrobakteriyalar: Mycobacterium avium complex (MAC) – Mycobacterium avium va Mycobacterium intracellulare, Helicobacter pylori o‘z ichiga olgan kompleks.
Beta-laktamazalar klaritromisinning faolligiga ta‘sir qilmaydi.
Klaritromisin in vitro – aerob grammusbat mikroorganizmlarga: Listeria monocytogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococci C, F, G guruhi, Streptococcus viridans guruhi;
aerob grammanfiy mikroorganizmlarga: Neisseria gonorrhoeae, Bordetella pertussis, Pasteurella multocida;
aerob grammusbat mikroorganizmlarga: Clostridium perfringens, Peptococcus niger, Propionibacterium acnes;
anaerob grammanfiy mikroorganizmlarga: Bacteroides melaninogenicus;
spiroxetlarga: Borrelia bugdorferi, Treponema pallidum;
mikrobakteriyalarga: Mycobacterium leprae, Mycobacterium chelonae;
kampillobakteriyalarga: Campylobacter jejuni faol.
Klaritromisinning mikrobiologik faol metaboliti – 14(R)–gidroksiklaritromisin, Haemophilus influenzae ga nisbatan dastlabki birikmaga qaraganda ikki marta faol. Klaritromisin va uning metaboliti birga in vitro va in vivo sharoitlarda bakteriyalarning shtammlariga qarab Haemophilus influenzae ga ham additiv, ham sinergik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Stafilokokklarni metisillinga va oksasillinga chidamli ko‘pchilik shtammlari klaritromisinga rezistent.
Klaritromisinga va makrolidlar guruhining boshqa antibiotiklariga, shuningdek linkomisinga va klindamisinga kesishgan rezistentlik rivojlanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi – tez. Ovqat biokiraolishligiga sezilarli ta‘sir qilmasdan so‘rilishini sekinlashtiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 65-75%. Ta‘siri uzaytirilgan dori shakli (DSH) qabul qilinganida maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) –
6 soat.
Ichga qabul qilinganidan keyin klaritromisinning qabul qilingan dozasini 20-30% jigarda sitoxromning CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlari bilan Haemophiius influenzae ga nisbatan yaqqol mikroblarga qarshi faollikka ega bo‘lgan asosiy metaboliti – 14(R)–gidroksiklaritromisinni hosil qilib tez gidroksillanadi. CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlarining ingibitori hisoblanadi.
Ta‘siri uzaytirilgan DSH uchun (sutkada 500 mg) o‘zgarmagan preparat va uning metabolitining yarim chiqarilish davri (T½) – 5,3 va 7,7 soat, sutkada 1000 mg – muvofiq 5,8 va 8,9 soat. Terapevtik konsentrasiyalarda o‘pkalarda, teri va yumshoq to‘qimalarda to‘planadi (ulardagi konsentrasiyalari zardobdagidan 10 martagacha yuqori).
Buyraklar va ichak orqali chiqariladi (o‘zgarmagan shaklda – 20-30%, qolganlari – metabolitlar ko‘rinishida).
Surunkali buyrak yetishmovchiligida (SBE) klaritromisin va uning metabolitining TSmax, plazmadagi maksimal konsentrasiya (Smax) va “konsentrasiya- vaqt” egri chizig‘i osti maydoni (AUC) oshadi.
Qo‘llanilishi
SR-Klaren preparati kattalarda yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi infeksion kasalliklarni – o‘tkir gaymorit, surunkali bronxitni zo‘rayishi, kasalxonadan tashqari pnevmoniyani davolash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
SR-Klaren preparatini butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
O‘tkir gaymoritda – 1000 mg dan 14 kun davomida har 24 soatda;
Helicobacter pylori ni eradikasiyasi maqsadida boshqa dori vositalari (DV) bilan majmuada: klaritromisin – 500 mg, lansoprazol – 30 mg va amoksisillin – 1000 mg, barcha DV ni sutkada 2 marta 10 kun davomida; klaritromisin – 500 mg sutkada 3 marta, omeprazol sutkada 40 mg dan 14 kun davomida, omeprazolni sutkada 20 dozada keyingi 14 kun davomida buyurish bilan.
Mycobacterium avium ni kompleksi chaqirgan infeksiyalarni davolash va oldini olishda ichga 500 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 1000 mg. Davolash davomiyligi – 6 oy va undan ko‘p.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tush ko‘rishlar, tirishishlar, depressiya, dezorientasiya, gallyusinasiyalar, psixoz, depersonalizasiya, ongni chalkashishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gastralgiya, stomatit, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, til va tishlarning rangini o‘zgarishi, o‘tkir pankreatit, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatosellyulyar va xolestatik gepatit, xolestatik sariqlik; kam – soxtamembranoz kolit, asosan og‘ir yondosh kasalliklari va/yoki yondosh dori bilan davolash fonida yengil yakunlangan jigar yetishmovchiligi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: qorinchalar taxikardiyasi, shu jumladan “piruet” turi, qorinchalarni xilpillashi va lipillashi, EKG da Q-T intervalini uzayishi.
Sezgi a‘zolari tomonidan: quloqlarda shovqin, shang‘illash, ta‘mni o‘zgrishi (disgevziya); yakka hollarda – preparat bekor qilinganidan keyin o‘tuvchi, eshitishni yo‘qotish, hid bilishni buzilishi.
Qon yaratish a‘zolari tomonidan: kam hollarda– trombositopeniya (odatdagi bo‘lmagan qon ketishlar, qon quyilishlar).
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: interstisial nefrit.
Laboratoriya ko‘rsatkichlari: leykopeniya, giperkreatininemiya, gipoglikemiya (shu jumladan gipoglikemik DV bir vaqtda qabul qilganda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, terini qizarishi, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermali nekroliz, anafilaktik reaksiyalar.
Boshqalar: mialgiya, ikkilamchi infeksiyalar (mikroorganizmlarga chidamlilikni rivojlanishi).
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, miasteniya gravis, jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalarini bir vaqtda qabul qilish, bir vaqtda kolxisinni qabul qilish, homiladorlik ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llanganida klaritromisin jigarda sitoxrom R450 izofermentlari yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlarning qondagi konsentrasiyasini oshiradi, ularning konsentrasiyasini o‘zaro oshishi mumkin, bu ham terapevtik, ham nojo‘ya samaralarni kuchaytirishi yoki uzaytirishi mumkin. Astemizol, sizaprid, pimozid, terfenadin va shoxkuyaning boshqa alkaloidlari, alprazolam, midazolam, triazolam bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Karbamazepin, silastozol, siklosporin, dizopiramid, lovastatin, metilprednizolon, omeprazol, bilvosita antikoagulyantlar (shu jumladan varfarin bilan), xinidin, rifabutin, sildenafil, simvastatin, takrolimus, vinblastin, fenitoin, teofillin va valproat kislotasi bilan (sitoxrom R450 ning boshqa izofermentlari orqali metabolizmga uchraydigan) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. DV dozalariga tuzatish kiritish va qondagi konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.
Sizaprid, pimozid, terfenadin va astemizol bilan birga qo‘llanganida bu vositalarning qondagi konsentrasiyasi oshishi, Q-T intervalini uzayishi, aritmiyalarni, qorinchalar, taxikardiyasini shu jumladan “piruet” turi, qorinchalarni xilpillashi va fibrillyasiyasi paydo bo‘lishi mumkin.
Ergotamin va digidroergotamin bilan birga qo‘llanganida ergotamin guruhi preparatlari bilan o‘tkir zaharlanish (qon tomirlarning spazmi, oyoq-qo‘llar va boshqa to‘qimalarning, shu jumladan markaziy nerv tizimining ishemiyasi).
Efavirenz, nevirapin, rifampisin, rifabutin va rifapentin (sitoxrom R450 induktorlari), klaritromisinning plazmadagi konsentrasiyasini pasaytiradi va uning terapevtik samarasini susaytiradi, va shu bilan birga 14(R)–gidroksiklarit-romisinning konsentrasiyasini oshiradi.
Flukonazolni 200 mg dozada har kuni va klaritromisin sutkada 1 g dozada birga qabul qilinganida muvofiq 33% va 18% ga moddalarning qondagi stasionar konsentrasiyasini (Sss) va klaritromisinning AUC oshishi mumkin. Klaritromisinni dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Ritonavirni sutkada 600 mg n va klaritromisinni sutkada 1 g birga, qabul qilinganida klaritromisinning metabolizmini pasayishi (Smax 31% ga, Sss 182% ga va AUC ni 77% ga oshishi), 14 (R)-gidroksiklaritromisinning hosil bo‘lishini to‘liq bostirilishi mumkin. SBE pasientlarda dozaga tuzatish kiritish kerak: KK minutiga 30-60 ml bo‘lganida klaritromisinning dozasini 50% kamaytirish kerak. Ritonavirni sutkada 1 g dan yuqori doza klaritromisin bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Xinidin va dizopiramid bilan birga qabul qilinganida “piruet” turi qorinchalar taxikardiyasi paydo bo‘lishi mumkin.
Klaritromisin GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarining (lovastatin, simvastatin) konsentrasiyasini oshiradi – rabdomiolizni rivojlanish xavfi mavjud.
Klaritromisin va omeprazol qabul qilinganida omeprazolning Smax, AUC va T1/2 ni muvofiq 30%, 89% va 34% oshishi mumkin. Me‘dada rN ni o‘rtacha qiymati faqat omeprazolni qabul qilinganida 24 soat davomida 5,2 ni va omeprazolni klaritromisin bilan birga qabul qilinganida 5,7 ni tashkil qilgan.
Bilvosita antikoagulyantlar bilan birga qabul qilinganida ularning ta‘siri kuchayishi mumkin.
Sildenafil, tadalafil yoki vardenafil bilan qabul qilinganida (5 tur fosfodiesteraza (FDE-5) ingibitorlari) FDE ga ingibisiya qiluvchi ta‘siri oshishi mumkin. FDE-5 ingibitorlarining dozasini pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Klaritromisin teofillin va karbamazepin bilan birga buyurilganida bu preparatlarning tizimli qon oqimidagi konsentrasiyalari oshishi mumkin.
CYP2D6 orqali metabolizmi sekin bo‘lgan pasientlarda tolterodin bilan pasienta qo‘llanganida, klaritromisin (CYP3A ingibitori) ishtirokida tolterodinning dozalarini kamaytirish talab qilinishi mumkin.
Klaritromisin (sutkada 1 g) midazolam (peroral) bilan birga qabul qilinganida, midozolamning AUC 7 marta oshishi mumkin. Klaritromisin va midozolamni va CYP3A ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlarni (triazolam va alprazolam) birga peroral qo‘llashdan saqlanish kerak. Midozalam (vena ichiga) va klaritromisin qo‘llanganida dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. CYP3A bilan metabolizmga uchraydigan boshqa benzodiazepinlarga ham shunday ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash kerak. Chiqarilish CYP3A ga bog‘liq bo‘lmagan benzodiazepinlar uchun (temazepam, nitrazepam, lorazepam) klaritromisin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirini ehtimoli kam.
Klaritromisin kolxisin bilan qabul qilinganida kolxisinning ta‘sirini kuchayishi mumkin.
Kolxisin bilan mumkin bo‘lgan intoksikasiyaning klinik belgilarini rivojlanishini ayniqsa keksa pasientlarda va SBE bo‘lgan pasientlarda nazorat zarur (o‘lim bilan yakunlangan hollari to‘g‘risida xabar qilingan).
Klaritromisin va digoksin birga qabul qilinganida digoksinning zardobdagi konsentrasiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak (uning konsentrasiyasini oshishi va potensial letal aritmiyalarni rivojlanishi mumkin).
Klaritromisin (sutkada 1 g) va atazanavirni (sutkada 400 mg) birga qabul qilinganida atazanavirning AUC ni 28%, klaritromisin 2 martaga oshishi, 14-gidroksi-klaritromisinni AUC ni 70% ga kamayishi mumkin. KK minutiga 30-60 ml bo‘lgan pasientlarda klaritromisinning dozasini 50% ga kamaytirishi kerak. Klaritromisinni sutkada 1 g dan yuqori dozalarda proteazalarning ingibitorlari bilan birga buyurish mumkin emas.
Klaritromisin va itrakonazol birga qabul qilinganida preparatlarning plazmadagi konsentrasiyalarini o‘zaro oshishi mumkin. Itrakonazol va klaritromisinni bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarni, bu DV farmakologik samaralarini mumkin bo‘lgan kuchayishi yoki uzayishi tufayli, sinchiklab kuzatuv kerak.
Klaritromisin (sutkada 1 g) va sakvinavir (yumshoq jelatin kapsulalarda 1200 mg dan sutkada 3 marta) bir vaqtda qabul qilinganida sakvinavirning AUC va Sss ni muvofiq 117% va 187% ga, klaritromisinni esa 40% ga oshishi mumkin. Bu ikkala DV birga yuqorida ko‘rsatilgan DV dozalarida cheklangan vaqt davomida buyurilganida dozalarni tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
Verapamil bilan birga qabul qilinganida AB pasayishi, bradiaritmiya va sut kislotali asidoz bo‘lishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigarning surunkali kasalliklari bo‘lganida qon zardobidagi fermentlarining nazoratini muntazam o‘tkazish kerak.
Jigarda metabolizmga uchraydigan DV fonida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi (ularning qondagi konsentrasiyalarini o‘lchash tavsiya qilinadi).
Varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar bilan birga buyurilgan holda protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.
Ikkilamchi infeksiyalar rivojlanganida adekvat davolash buyurilishi kerak. Davolanish vaqtida yoki undan keyin og‘ir va uzoq diareya paydo bo‘lganida soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi. Klaritromisin va xinidin bir vaqtda buyurilganida EKG nazorati kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Klaritromisinning homiladorlik va emizish vaqtidagi xavfsizligi aniqlanmagan. Shuning uchun klaritromisin homiladorlik davrida faqat muqobil davolash bo‘lmagan, agar taxmin qilinadigan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina buyuriladi.
Klaritromisin ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun emizikli onalarda uni qo‘llanishi ehtiyotkorlik bilan o‘tkazilishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Davolash: me‘dani yuvish, tutib turuvchi davolash. Gemodializda yoki peritoneal dializda yo‘qotilmaydi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar, 500 mg. 5 va 7 tabletkadan Al/PVX blisterlarda. 1, 2 yoki 3 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha