Saqlash shartlari | В сухом месте, при температуре 10–25 °C. Хранить в недоступном для детей месте. |
Yaroqlilik muddati (oy) | 3 года. Не применять по истечении срока годности, указанного на упаковке. |
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
OFLOKSIN®
OFLOXIN®
Qayd etish raqami: B-250-95 N 03507
Preparatning savdo nomi: Ofloksin®
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): ofloksasin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir 400 mg tabletka saqlaydi:
Faol modda: ofloksasin – 400,000 mg;
Yordamchi moddalar:
Yadrosi: laktoza monogidrati – 190,400 mg; makkajo‘xori kraxmali – 95,200 mg; povidon 25 – 24,000 mg; krospovidon – 40,000 mg; poloksamer – 0,400 mg; magniy stearati –
16,000 mg; talk – 8,000 mg;
Plyonka qobiq: gipromelloza 2910/5- 18,840 mg; makrogol 6000 – 1,060 mg; titan dioksidi – 4,700 mg, talk- 1,400 mg.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli ikki tomoni qavariq, cho‘zinchoq, plyonka qobiq qoplangan, ikki tomonida riskali va bir tomonida “400” yozuvi bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antibakterial vosita (ftorxinolonlar guruhi)
ATX kodi: J01MA01.
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta‘sir doirasiga ega ftorxinolonlar guruhiga mansub mikroblarga qarshi vosita, bakteriyalar DNK sini o‘ta yuqori spirallanishni va buning natijasida turg‘unligini ta‘minlaydigan DNK- giraza bakterial fermentiga ta‘sir ko‘rsatadi. (DNK zanjirini turg‘unligini buzilishi ularni halokatiga olib keladi). Bakterisid samara ko‘rsatadi.
Beta-laktamaza ishlab chiqaradigan va tez o‘suvchi atipik mikobakteriyalarga nisbatan faol. Sezgirlar: Aeromonas hydrophila, Branhamella catarrhalis, Brucella spp., Clostridium perfringens, Escherichia coli, Salmonella spp., Enterobacter spp., Seratia spp., Citrobacter spp., Yersinia spp., Providencia spp., Haemophilus infl uenzae and parainfl uenzae, Haemophilus ducreyi, Plesiomonas, Legionella, Shigella spp., Proteus spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, (indol- musbat va indol manfiy), Moraxella morganii, Klebsiella pneumoniae, Helicobacter pylori, Mycoplasma spp., Vibrio spp., Gardnerella vaginalis, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Chlamydia trachomatis, Staphylococcus aureus aureus methi- S, Staphylococcus coagulase negative.
Preparatga nisbatan turli sezgirlikga ega: Acinetobacter spp., Ureaplasma urealyticum, Bacteroides fragilis, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium leprae, Chlamydia psittaci, Anaerobic Gram positive cocci, Enterococceus faecalis, Streptococus pneumoniae, Pseudomonas spp., Streptococus spp..
Ko‘pchilik hollarda sezgir emas: Acinetobacter braumanmii, Clostridium diffi cile, Enterococci, Listeria monocytogenes, Staphylococci methi-R, Nocardia spp..
Terponema pallidum ga ta‘sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilingandan keyin so‘rilish tez va to‘liq (95%). Biokiraolishligi – 96% dan yuqori, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi-25%, og‘iz orqali qabul qilinganda maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti (TSmax) – 1-2 soatni, 100 mg, 300 mg, 600 mg dozada qabul qilinganidan keyin maksimal konsentrasiyasi (Smax) 1, 3, 4 va 6,9 mg/l ni tashkil qiladi va dozaga bog‘liq: bir marta 200 mg va 400 mg qabul qilgandan keyin muvofiq ravishda
2,5 mkg/ml va 5 mkg/ml ni tashkil qiladi. Ovqat so‘rilishni sekinlashtirishi mumkin, ammo biokiraolishligiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Taxminiy taqsimlanish hajmi – 100 ml.
Taqsimlanishi: hujayralar, (leykositlar, alveolyar makrofaglar), teri, yumshoq to‘qimalar, suyak, qorin bo‘shlig‘i va kichik chanoq a‘zolari, nafas tizimi, siydik, so‘lak, safro, prostata bezi sekreti, gematoensefalik to‘sig‘i, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali yaxshi o‘tadi, ona suti bilan chiqariladi. Yallig‘langan va yallig‘lanmagan miya qabziyatlariga orqa miya qobiqlarida (14-60%) kiradi.
Jigarda (taxminan 5%) metabolizmga uchraydi va ofloksasin N-oksidi va dimetil ofloksasin hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – 4,5-7 soat (dozaga bog‘liq bo‘lmagan holda). Buyraklar orqali – 75-90% (o‘zgarmagan holda) chiqariladi, taxminan 4% – safro bilan chiqariladi. Buyrakdan tashqari, klirensi – 20% dan kam.
200 mg dozada bir marta qo‘llanganida siydikda 20-24 soat davomida aniqlanadi. Buyrak/jigar yetishmovchiligida chiqarilishi sekinlashishi mumkin. Kumulyasiya qilinmaydi. Gemodializda preparatning 10-30% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Ofloksasinga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infeksion–yallig‘lanish kasalliklarini davolash:
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Doza infeksiyani joylashishi va kechishini og‘irligicha, shuningdek mikroorganizmlarning sezgirligi, bemorning umumiy holatiga va jigar va buyraklar faoliyatiga qarab shaxsiy ravishda tanlanadi.
Tabletkalarni butunligicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan ovqatdan 0,5–1 soat oldin ichiladi.
Kattalarga – sutkada 400–800 mg dan davolash kursi 7–10 kun, qo‘llanishlar soni – kuniga 2 marta. Gonoreyada – 400 mg bir marta.
Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda:
Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda:
400 mg li maksimal sutkalik dozani oshirish tavsiya qilinmaydi.
Davolash kursining davomiyligi qo‘zg‘atuvchining sezgirligi va klinik ko‘rinishiga qarab belgilanadi; davolashni kasallikning belgilari yo‘qolganidan va harorat to‘liq me‘yorlashganidan keyin kamida 3 kun davom ettirish kerak.
Salmolnellezni davolashda davolash kursi – 7–8 kun, quyi siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan va asoratlangan infeksiyalarida davolash kursi – 7 va 10 kun, prostatitda davolash kursi – 6 haftagacha, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalarida davolash kursi- 10–14 kun, nafas va teri osti a‘zolarining infeksiyalarida davolash kursi – 10 kun.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlarni rivojlanishining quyidagi reytingi ishlatilgan: juda keng tarqalgan (10%), keng tarqalgan (1% – 10%), tez – tez uchramaydigan (0,1% – 1%), kam (0,01%- 0,1%), juda kam (0,01% dan kamroq) alohida holatlar.
Nerv tizimi tomonidan tez–tez uchramaydigan – qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquni buzilishi/uyqusizlik;
kam – psixotik reaksiyalar (masalan, gallyusinasiya), bezovtalik holati, ongni chalkashishi, yorqin yoki “dahshatli“ tush ko‘rishlar, depressiya, uyquchanlik, paresteziya, ta‘mli va hid sezishni buzilishi kabi periferik sezuvchanlik buzilishlari, rang sezishni buzilishi, diplopiya.
juda kam – quloqlarni shang‘illashi va eshitishni yo‘qotilishi kabi eshitishni buzilishlari, tutqanoq hurujlari, ekstrapiramid buzilishlar yoki mushak koordinasiyasini boshqa buzilishlari, giperteziya, tremor, tirishishlar, sensor yoki sensor – motor periferik neyropatiya;
alohida hollar – pasient uchun xavfli xulq bilan psixotik suisidga moyillik, bosh miya ichki bosimini oshishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan:
kam – arterial bosimni uzayishi, yurak qorinchalari aritmiyasi, shuningdek, “piruet” turdagi qorinchalar taxisistolik aritmiyasi.
Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan:
tez–tez uchramaydigan – ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq;
kam – anoreksiya, qorin dam bo‘lishi, enterokolit, bu alohida hollarda gemorratik bo‘lishi mumkin;
juda kam – psevdomembranoz kolit.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan:
kam – alaninaminotransferaza (ALT), aspartataminotransferaza (AST), laktatdegidrogenaza (LDG), gamma-glutamiltransferaza (GGT) kabi “jigar” fermentlarining faolligini oshishi va/yoki ishqoriy fosfataza, va/yoki qonda billirubin konsentrasiyasini oshishi;
juda kam –xolestatik sariqlik;
alohida hollar – gepatit.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan:
kam – giperkreatinemiya, qonda mochevina konsentrasiyasini oshishi;
juda kam – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;
alohida hollar – interstisial nefrit.
Harakat–tayanch apparati tomonidan:
kam – tendinit;
juda kam –artralgiyalar, mialgiyalar, pay uzilishi axillov paylari);
alohida hollar – rabdomioliz va/yoki miopatiya;
og‘ir psevdoparalitik miasteniyasi bor pasientlarda katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan mushak holsizligi.
Qon yaratish a‘zolari tomonidan:
juda kam – anemiya (shu jumladan gemolitik), leykopeniya, eozinofiliya, trombositopeniya;
alohida hollar – agranulositoz, pansitopeniya, suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi.
Allergik reaksiyalar.
tez-tez uchramaydigan – qichishish, teri toshmasi, ko‘zlarda achishish, quruq yo‘tal, rinit;
kam – eshakemi, angionevrotik shish, bo‘g‘ilish/bronxospazm kabi anafilaktik/ anafilaktoid reaksiyalar; giperemiya, ko‘p terlash, papulez toshma;
juda kam– anafilaktik/anafilaktoid shok, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizasiya, turg‘un dori toshmasi, tomirli purpura, nuqtali qon quyilishi, alohida hollarda teri nekroziga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaskulit, bu ba‘zi hollarda teri nekroziga olib keladi;
alohida hollar – Stivens-Djonson sindromi, og‘ir bo‘g‘ilish, allergik pnevmonit, allergik nefrit.
Boshqalar:
tez-tez emas – preparatga chidamli mikroorganizmlar va zamburug‘lar chaqirgan ikkilamchi infeksiyalarni rivojlanishi; alohida hollarda – porfiriyasi bor pasientlarda porfiriyaning o‘tkir hurujlari, vaginit, ichak disbakteriozi, gipoglikemik preparatlar bilan davolanayotgan qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda gipoglikemiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ehtiyotkorlik bilan: bosh miya tomirlarining aterosklerozi, miyada qon aylanishini buzilishi (anamnezdagi), QT intervalini uzayishi, yurak-tomir tizimi kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya), tirishish reaksiyalariga moyilligi bor markaziy nerv tizimining organik kasalliklari, anamnezda psixozi va boshqa psixik buzilishlari, miasteniyasi, jigar yetishmovchiligi, jigar porfiyasi, surunkali buyrak yetishmovchiligi, glyukozo-6–fosfatdegidrogenaza tanqisligi, qandli diabeti, qon tarkibidagi elektrolitlarni buzilishlari bo‘lgan bemorlarda; keksa yoshdagi pasientlarda, QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari (IA va III sinfi antiaritmik preparatlari, trisiklik va tetrasiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, makromidlar, zamburug‘larga qarshi preparatlar, imidazol hosilalari, ba‘zi antigistamin preparatlari, shuningdek, astemizol, terfenadin, ebastin), umumiy anesteziya uchun barbituralar guruhiga oid dori vositalari, arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarini bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ovqat mahsulotlari, A13+, Sa2+, Mg2+ yoki temir tuzlarini saqlovchi antasidlar erimaydigan komplekslarni hosil qilib, ofloksasinni so‘rilishini (bu preparatlarni buyurishi orasidagi vaqt 2 soatdan kam bo‘lmaslishi kerak) pasaytiradi.
Teofillinning klirensini 25% ga pasaytiradi (bir vaqtda qo‘llanganida teofillinning dozasini kamaytirish kerak).
Simetidin, furosemid, metotreksat va buyrak naychalari sekresiyasini bloklovchi preparatlar ofloksasinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
Glibenklamidning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.
Bilvosita antikoagulyantlar (kumarin xosilalari, shuningdek varfarin) bilan bir vaqtda qabul qilinganida qonda ivish tizimini nazorat qilish kerak.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, nitroimidazol va metilksantin hosilalari buyurilganida, neyrotoksik samaralarni, shuningdek tirishishlarni
rivojlanish xavfi oshadi.
Glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda buyurilganida, ayniqsa keksa odamlarda paylarni uzilish xavfi oshadi.
Siydikni ishqoriylashtiruvchi preparatlar bilan birga buyurilganida (karboangidraza ingibitorlari, sitratlar, natriy bikarbonat) kristalluriya va nefrotoksik samaralar xavfi oshadi.
Siklosporinning zardobdagi konsentrasiyasini oshiradi.
Gipoglikemik vositalar bilan bir vaqtda buyurilganda gipo– va giperglikemiya bo‘lishi mumkin, shu sababli qon plazmasida glyukoza konsentrasiyasini nazorat qilish kerak.
QT intervalini uzaytiruvchi preparatlar (IA va III sinf antiaritmik preparatlari, trisiklik va tetrasiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, makrolidlar, zamburug‘larga qarshi preparatlar, imidazol hosilalari, ba‘zi antigistamin preparatlari, shuningdek, atemizol, terfenadin, ebastin) bilan bir vaqtda qo‘llanganida QT intervali uzayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyrak/jigar yetishmovchiligi
Jigar yoki buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda plazmada ofloksasinning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Og‘ir buyrak va jigar yetishmovchiligida toksik samaralarni rivojlanishi xavfi oshadi (dozani to‘g‘rilash talab qilinadi).
Fotosensibilizasiyani olidini olish
Quyosh nurlari ta‘siriga duchor bo‘lishi, ultrabinafsha nurlari (simob–kvars lampalari, solyariy) ta‘sirida bo‘lish tavsiya qilinmaydi.
QT intervalini uzayishi.
Ftorxinolon qabul qilgan pasientlarda juda kam hollarda QT intervalini davomiyligini uzayishi kuzatilgan. Ofloksasinni keksalar, qonda elektrolitlar tarkibini tuzatib bo‘lmaydigan buzilishlari (masalan, gipokaliemiya yoki gipomagniemiya), tug‘ma QT intervali uzayishi, yurak–tomir tizimi kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miakard infarkti, bradikardiya) kabi QT intervali uzayishi omillari bo‘lgan pasientlarda, QT intervali uzaytiruvchi preparatlar (IA va III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar) bilan bir vaqtda qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Periferik neyropatiya
Ftorxinolonlar, shuningdek ofloksasinni qabul qilgan pasientlarda tez boshlanishi mumkin bo‘lgan sensor va sensor–motor neyropatiya xabar qilingan. Agar pasientlarda neyropatiya simptomlari paydo bo‘lsa, ofloksasin bilan davolashni to‘xtatish kerak, bu qaytmaydigan holatlarni rivojlanish xavfini minimallashtirishga yordam beradi.
Tirishish rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlar
Boshqa xinolonlar kabi, ofloksasin ham tirishish rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak (anamnezida markaziy nerv tizimi (MNT) shikastlanishi bo‘lgan, fenbufen yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki bosh miyaning tirishishga moyilligi bo‘sag‘asini pasaytiruvchi preparatlar, masalan teofillin qabul qilinayotgan bemorlar).
Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar
MNT tomonidan buzilishlari bo‘lgan pasientlar (masalan, bosh-miya tomirlarini yaqqol ko‘rinishdagi aterosklerozi, epilepsiya bilan) ftorxinolonlarni shifokorning qattiq nazorati ostida qabul qilishlar kerak.
MNT tomonidan nojo‘ya samaralar va/yoki allergik reaksiyalar yuzaga kelishi hollarida preparatni to‘xtatish kerak.
Miasteniya
Moyilligi bo‘lgan bemorlarda preparat bilan davolash fonida miasteniyani kechishi yomonlashishi mumkin.
Porfiriya
Xurujlari fonida moyilligi bo‘lgan bemorlarda porfisiya xurujlari tezlashishi mumkin. Ofloksasin bilan davolash vaqtida siydikdagi opiatlar va porfirinlarni aniqlanishida soxta manfiy natijalar paydo bo‘lishi mumkin.
Psevdomembranoz kolit
Kolonoskopik va/yoki gistologik tasdiqlangan psevdomembranoz kolitda preparatni qabul qilish darhol to‘xtatilishi kerak. Vankomisin va metronidazolni og‘iz orqali qabul qilish buyuriladi.
Tendinit
Kam yuzaga keluvchi tendinit, ayniqsa keksa pasientlarda paylar uzilishiga (asosan axillova payini) olib kelishi mumkin. Tendinitning alomatlari paydo bo‘lsa, davolashni darhol to‘xtatish, axillov payini immobilizasiyasini o‘tkazish va ortoped bilan maslahatlashish kerak.
Boshqalar
Siydikda o‘ta yuqori miqdori va keyinchalik kristalluriyani oldini olish davolash vaqtida adekvat gidratasiya o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Tuberkulyozni bakterial tashxisida (Mycobacterium tuberculosis ni chiqarishiga to‘sqinlik qiladi) soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Davolash davrida etanol iste‘mol qilish mumkin emas.
Preparat qo‘llanganida ayollarda oqarma rivojlanishini tavsiya qilinmaydi.
Pnevmokkoklar chaqirgan pnevmoniyada tanlov preparati bo‘lab hisoblanmaydi.
O‘tkir tonzillitni davolash uchun qo‘llanilmaydi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Bosh aylanishi, uyquchanlik va ko‘rishni buzilishi kabi ba‘zi nojo‘ya reaksiyalar psixomotor reaksiyalarni va diqqatni jamlash konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin, shuning uchun Ofloksin® preparati plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar bilan davolash davrida transport vositalarini xaydash va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaksiyalarni talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: bosh aylanishi, ongni chalkashishi, tormozlanish, dezorienttasiya, uyquchanlik, qusish. Davolash: me‘dani yuvish, simptomatik davolash. Gemodializda preparatning 10–30% chiqariladi.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 400 mg dan.
10 tabletkadan PVX/A1 blisterda. Har bir blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
10oS dan 25oS gacha haroratda, quruq joyda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.