×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Индия
Faol modda:
кеторолака трометамин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Avantika Medex Pvt. Ltd.
Vakil:
- MChJ Konark Pharm MChJ
ATX kodi:
- МО1АВ15
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Vena ichigava mushak Ichigo yuborish uchun 30 mg/ml eritma, 1 ml dan ampulada, 5 ta ampula kontur - Ueli Pravda. Bir kontur-uyali o'ram qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.

Farmakologik xususiyatlari:

Preparat nosteroid yalig'lanishga qarshi vositalar guruhiga mansub. Preparat opiod reseptorlarga ta'sir ko'rsatmaydi. Yaqqol og'riqqoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi, shuningdek isitmani tushiruvchi va yallig'lanishga qarshi hususiyatlarga ham ega. Biokimyoviy ta'sir mexanizmi, asosan perifik to'qimalarda tsiklooksigenaza fermentini susaytirib, natijada og'riq sezuvchanligi, termoregulyasiya va yallig'lanish modulyatori bo'lgan prostaglandinlar biosintezini tormozlash bilan ifodalanadi.

Preparatni 1 ampulasida quyidagilar saqlanadi:

faol moda:

ketorolak trometamin-30.0 mg

yordamchi moddalar:

etanol 96%,

natriy xlorid,

suvsiz limon kislotasi,

natriy gidroksid eritmasi ,

xlorid kislotasi,

In'ektsiya uchun suv,

30 mg preparatni mushak ichiga yuborilgandan so'ng, qon plazmasida uning maksimal kontsentrasiyasiga 50 minutdan so'ng erishiladi. Ketorolak me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Yog'ga boy ovqat qonda preparatni cho'qqi kontsentrasiyasini miqdorini kamaytiradi, unga erish vaqtini 1 soatga ortga suradi. Kislotaga qarshi vositalar dorining so'rilishiga ta'sir qilmaydi. Preparatning 99% qonning plazma oqsillari bilan bog'lanadi va gipoalbumeniyada qonda erkin modda miqdori oshadi. Bir marta yuborilgandan keyin taxmin qilingan taqsimlanish hajmi 0.15 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasida aylanib yuruvchi moddaning deyarli barchasi ketorolakni (96%) yoki uning farmakologik nofaol r-gidrooksiketorolak metaboliti ko'rinishida namoyon bo'ladi. Preparat yo'ldosh to'sig'idan 10% o'tadi. Ayollarda ko'krak sutida kichik dozalarda aniqlanadi. Gematoentsefalik to'siq orqali yomon o'tadi. Ketorolak asosan jigarda metabolizmga uchraydi va kon'yugirlangan va gidroksillangan shakllarini hosil qiladi. Ular buyrak orqali chiqariladi. Preparatni yuborilgan dozasining 92% gacha qismi siydikda aniqlanadi, bunda 40%- metabolitlar holida, 60% esa - o'zgarmagan modda holida aniqlanadi. Yuborilgan doza taxminan 6 % axlat bilan chiqariladi.Preparatning yarim chiqarilish davri o'rtacha 5.3 soatni tashkil qiladi, biroq 65 yoshdan katta bemorlar, shuningdek buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda ushbu ko'rsatkich ahamiyatli (bir yarim-ikki marta) oshadi.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan : kam hollarda –yuz terisi rangini o'zgarishi, bradikardiya, arterial gipertenziya, yurak urishi, ko'krakda og'riq;

MNS tomonidan; bosh og'rig'i,kam hollarda - quloqlarni shang'illashi, bosh aylanishi, uyquchanlik, asabiylik, toliqish, bexavotirlik, ko'p terlash, depressiya, eyforiya, ko'p chanqash, diqqatni jamlay olmaslik, uyqusizlik, holsizlanish, tungi qo'rquvlar, es-hushini chalkashuvi,gallyusinasiyalar, ruhiy reaktsiyalar;

Suyak-mushak tizimi va biritiruvchi to'qima tomonidan; kam hollarda - paresteziyalar, konvulsiyalar (tirishishlar), mushaklarda og'riq, giperkinez, aseptik meningit;

Qon va limfa tizimi tomonidan;kam hollarda - trombositopeniya, neyropeniya, agranulositoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya;

Sezgi a'zolari tomonidan; kam hollarda - eshitishni pasayishi, quloqlarni shang'illashi, ko'rishni buzidishi (shu jumladan ko'rishni xiralashishi), optik nevrit;

Nafas tizimi tomonidan; kam hollarda - hansirash, astma,o'pka shishi4

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan; dispepsiya, ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq, qabziyat, meteorizm, diareya, kam kekirish, me'da ichakdan okkultli yoki yaqqol qon ketish, yara kasalligi, stomatit, ezofagit, og'iz qurishi, me'da-ichak yo'llari perforasiyasi, gastrit, kolit, gepatomegaliya, o'tkir pankreatit, melena, rektal qon ketishlar, Kron kasalligi;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan;buyrakning funktsional parametrlarini o'zgarishlari (qon zardobida kreatin va/yoki mochevina kontsentrasiyasini oshishi), nefrotoksiklik, giponatriemiya, giperkaltsiemiya; kam hollarda – gemolitik uremik sindrom, interstisial nefrit, siydikni tutilishi, nefrotoksik sindrom, buyrak etishmovchiligi.

Reproduktiv tizimi tomonidan; kam hollarda bepushtlik;

Teri qoplamalari tomonidan;terini qichishi, teri toshmasi, eshakemi, kam hollarda – fotosezuvchanlik reaktsiyalari, eksfoliativ dermatit, makulopapulez toshma, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.

Gemostaz tizimi tomonidan;kam hollarda – operasiyadan keyingi yaralardan qon ketishi, gematomalar, burundan qon ketish, qon ketish vaqtini kupayishi.

Mahalliy reaktsiyalar; yuborish joyida og'riq, kamhollarda asteniya, shish, haroratni ko'tarilishi;

Immun tizimi tomonidan; kam-anafilaksiya va anafilaktoid reaktsiyalar.

Gepatobiliar tizimi tomonidan; jigar faoliyati ko'rsatkichlarining o'zgarishi, kam - gepatit, sariqlik va jigar etishmovchidigi.

Allergik reaktsiyalar rivojlanishi havfi tufayli birinchi dozani yuborish shifokor nazorati ostida o'tkaziladi. Preparatni buyurishdan avval preparatga yoki NYAQP larga bo'lishi mumkin bo'lgan allergiyalar haqidagi masalani aniqlash zarur. Gipovolemiya buyraklar tomonidan nojo'ya reaktsiyalarni rivojlanish havfini oshiradi. Zarurati bo'lsa, narkotik analgetiklar bilan majmuada buyurish mumkin. Trombositlar agregasiyasi ta'siri 24-48 soatdan keyin tugaydi. Paratsetamol bilan 5 kundan ortiq birga qo'llanilmasin.Qon ivish tizimi buzilgan bemorlarga preparatni faqat trombositlar sonini doimiy nazorati ostida buyuriladi, ayniqsa bu, operasiyadan keyingi davrda muhimdir va gemostazni sinchkov nazoratini talab etadi. Shunday qilib, bemorlarning ahamiyatli qismida P-zero buyurishda MNS tomonidan nojo'ya samaralar (uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i) rivojlanadi, yuqori e'tiborni va tez reaktsiyani talab etadigan ishlarni (avtotransportni haydash, mexanizmlar bilan ishlash va boshqalar) bajarishdan saqlanish lozim.

Ketorolak asosan, jarohatlarda, operasiyadan keyingi davrda, sanchig'li sindromida, mushak og'riqlarida o'rtacha va kuchli jadalllikdagi og'riq sindromini qisqa muddatga bartaraf etish uchun ishlatiladi.

Ketorolak trometamin yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;

-Aspiringa, boshqa yalig'lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) , prostaglandinlar sintezining tizimli ingibitorlariga, nosteroid yalig'lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlik,

-Bronxial astma;

-Suvsizlanish, turli etiologiyali gipovolemiyalar;

-Me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligini faol bosqichi, shuningdek anamnezda yaralar, perforasiyalar yoki me'da-ichak yo'llaridan qon ketishi;

-Homiladorlik, tug'riqlar, laktasiya davri;

-O'rtacha og'irlikdagi buyrak etishmovchiligi (kreatinin > 160 mkmol/l);

-Tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan me'da - ichakdan qon ketishlari va/yoki miya ichiga qon quyilishlari;

-Gemorragik diatezli bemorlar;

-Qon ketishining yuqori havfi bo'lgan yoki to'liq bo'lmagan gemostazli bemorlarda operasiya o'tkazilganida;

-Peroral antikoagulyantlar yoki geparinning kam dozalari bilan davolanish;

-16 yoshgacha bo'lgan bolalar;

-Qon ketishining yuqori havfi tufayli, jarrohlik operasiyasi vaqtida yoki operasiya oldidan preparatni og'riqni qoldirish uchun qo'llanilmaydi.

Ketorolakni atsetilsalisil kislotasi bilan yoki boshqa NYAQP , kaltsiy preparatlari, glyukokortikosteroidlar, etanol, kortikotropin bilan bir vaqtda qo'llanganda me'da-ichak yo'lining yaralari paydo bo'lishiga va me'da-ichakdan qon ketishini rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Paratsetamol bilan birga buyurilganda - nefrotoksiklik oshadi. Ketorolak va Metotreksatni, faqat oxirgisini kichik dozalarda ishlalitganidagina bir vaqtda buyurish mumkin (qon plazmasida metotreksat kontsentrasiyasini nazorat qilish zarur).

Probenesid ketorolakning plazmadagi klirensini va taqsimlanish hajmini kamaytiradi, qon plazmasida uning kontsentrasiyasini oshiradi va yarim chiqarilish (T1/2) ni oshiradi. Ketorolakni qo'llash fonida metotreksat va litiyning klirensi kamayishi va ushbu vositalarning zahari kuchayishi mumkin. Bevosita antikoagulyantlar, geparin, trombolitiklar, antiagregantlar, tsefoperazon, tsefotetan va pentoksifillin bilan bir vaqtda buyurish, qon ketish xavfini oshiradi.Gipotenziv va diuretik preparatlarni samarasini kamaytiradi (buyraklarda PG - sintezi kamayadi). Opiod analgetiklar bilan majmuada qo'llanganda, oxirgisining dozasi ahamiyatli kamayishi mumkin. Kislotaga qarshi vositalar dorini to'liq so'rilishiga ta'sir ko'rsatmaydi.Insulin va peroral gipoglikemik preparatlarning gipoglikemik ta'siri oshadi (dozani qayta hisoblab chiqish zarur). Natriy valproati bilan birgalikda buyurilganda trombositlar agregasiyasini buzilishini chiqarishi mumkin. Qon plazmasida verapamil va nifedipinning kontsentrasiyasini oshiradi. Boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga buyurilganida (shu jumladan oltin preparatlari bilan), nefrotoksiklikni rivojlanish havfi oshadi.Buyrak naychalari orqali sekresiyani bloklovchi dori vositalari (DV) qon plazmasida ketorolakning klirensini pasaytiradi va uning kkontsentrasiyasini oshiradi.

In'ektsiya uchun eritma cho'kma tushishi sababli morfin sulfati, prometazin va gidroksizin bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.Tramadol eritmasi, litiy preparatlari bilan farmasevtik nomutanosib. Ketorolak in'ektsiya uchun eritmani boshqa dori vositalari bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 30С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ola olmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin !

Yaroqlilik muddati.-2 Yi

Tiniq, sarg'ish rangli, ko'rinmaydigan mexanik zarrachalarsiz eritma.
Ketorolak mushak ichiga yoki vena ichiga tomchilab yuborish uchun mo'ljallangan. Preparatni vena ichiga kamida 15 sekund davomida yuboriladi. Epidural yoki intratekal yuborish mumkin emas.Dozani og'riqlarning jadalligiga qarab va bemorning reaktsiyasiga muvofiq tanlanadi. Davolash kursi davomiyligi 2 kunlik oshmasligi kerak.

Bir martalik mushak ichiga yoki vena ichiga 1 marta yuborish.

Kattalarga-10-20 mg (og'riq sindromining og'irligiga qarab) buyuriladi.

Keksalarga (65 yoshdan kattalar) yoki buyrak faoliyati buzilgan bemorlar-10-15 mg buyuriladi.

Mushak ichiga ko'p marta yuboriladigan doza:

Kattalar -10 mg, keyin 10-30 mg dan har 4-6 soatda buyuriladi.

Keksalar (65yoshdan kattalar ) yoki buyrak faoliyati buzilgan bemorlar -10-15 mg dan har 4-6 soatda buyuriladi. 

Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 90 mg ni (P-zero preparatning 3 ta ampulasini) tashkil qiladi.

Keksalar yoki buyrak faoliyati buzilgan, shuningdek tana vazni 50 kg dan kam bemorlar uchun-60 mg buyuriladi.

Parenterial yuborilayotgan preparatni peroral yuborishga o'tishda, ikkita dori shaklining yig'indi sutkalik dozasi katta bemorlar uchun 90 mg va 65 yoshdan oshgan bemorlar yoki buyrak faoliyati buzilgan bemorlarga 60 mg. Bunda preparatning peroral dozasiga o'tish kunida ketorolak trometamin 40 mg dan oshmasligi lozim.

Simptomlari (bir marta yuborilganda),qorinda og'riq, ko'ngil aynishi, qusish,me'da-ichak yo'llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, buyrak faoliyatini buzilishi, metabolik asidoz.

Davolash; simptomatik (organizmning hayot uchun muhim bo'lgan faoliyatini tutib turish). Dializ - kam samarali.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10 dori vositasi Avantika Medex Pvt. Ltd. tomonidan Индия mamlakatida ishlab chiqarilgan.
P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
P-zero inektsiya uchun eritma 30mg / ml 1ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
MINA inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N5
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
P ZERO gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 20 600 so'mdan Batafsil
KELAK inyeksiya uchun eritma 1ml 30mg/ml N10
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,5% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE ko'z tomchilari 5ml 0,4% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd, Индия произведено: Adore Pharmaceuticals Pvt. Ltd
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 25 000 so'mdan Batafsil
UNOKETRO DT tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
KYUPEN FORTE tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AVIFLOKS tabletkalari 500mg N5
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
ORLOKS tabletkalari 500mg N10
AVIKLUD tabletkalari 0,5mg N30
Narh: 273 000 so'mdan Batafsil
AVIKLUD tabletkalari 1mg N30
Narh: 373 000 so'mdan Batafsil
PENTAZA tabletkalari 40mg N30
Narh: 44 800 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
P ZERO gel 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd., Индия произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd.
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
P - ZERO tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: кеторолака трометамин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
P ZERO tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
P ZERO tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt. Ltd, Индия произведено: Halewood Laboratories Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9