×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SINUREKS sirop 100ml

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
корень горечавки, трава вербены, цветки бузины, цветки первоцвета, Эвкалипта листьев сухой экстракт, этанол
Ishlab chiqaruvchi:
- Aseptica, ООО
Vakil:
- Aseptica
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

28 600 s`om dan
Akvalor forte mini sprey 50ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
75 000 s`om dan
INTESTI BAKTERIOFAG eritma dlya priema vnutr 100ml Микроген, НПО АО Rossiya
BIFOLAK AKTIV stiki 1,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
49 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Suv-spirtli ekstrakt 29 g (dorivor oʻsimlik xomashyosining quyidagi turlari aralashmasidan): parpigul ildizlari (Gentianalutea) – 0.2 g, navroʻzgul gullari (Primulaveris) – 0.6 g, evkalipt barglarining quruq ekstrakti – 0.002 g, marjon gullari (Sambucusnigra) – 0.6 g, tizmagul oʻti (Verbenaofficinalis) – 0.6 g. Etanolning miqdori 16.0-19.0% (o/o).

Yordamchi moddalar: kaliy sorbat, apelsin ta’mli aromatizator, gliserin, 70% li suyuq sorbitol, tozalangan suv – 71 g.
Dorivor mavrak ekstrakti o’zida efir va o’simlik moylari, C, P, E va B6 vitaminlari, flavonoidlar, terpenoidlar, aminokislotalar (letsitin), tabiiy antibakterial modda solainni mujassam etgan. Ular organizm tomonidan yengil qabul qilinadi, antioksidant xususiyatlariga ega, shuningdek, epitelial to’qimalarni zichlash bilan birga ularni zarar keltiruvchi omillar ta’siridan saqlash xususiyatlariga ega.
Gajak o’t shunday komponentlarni o’z ichiga oladiki, ular gajaklar (gensiopikrin, amarogistinning induvidual qo’shilmasi, flavonoidlar), alohida vitaminlar va mineral moddalar hamda bir qator organik kislotalar.
Dorivor tizimgul flavonoidlar, glikozamidlar, achchiq qo’shilmalar, efir moylari, makro va mikro elementlarga boy.
Marjon gullari flavonoidlarga boy bo’lib, ular orasida rutin, kversatin alohida qiymatga ega. Shuningdek tarkibida terpenoidlar, shakar, bog’lovchi moddalar, makro va mikroelementlar mavjud.
Navro’zgul karotinoidlar va flavonoidlar, B (B1, BC, PP) guruhlaridagi C,P vitaminlari, organik kislotalar, alohida makro va mikroelementlardan iborat.
Evkalipt ekstrakti deyarli 40 komponentdan tashkil topgan bo’lib, ulardan asosiylari bular, efir moylari (tsineol, evkaliptol), teri oshlovchi moddlar, gallotaninlar, kumar va korich kislotalardir. Katta miqdorda mikro va makroelementlar (kalsiy, magniy, kaliy, temir, mis, marganets, kobalt, nikel, kremniy, bor va b.)ni, qatron, pinenlar, ketonlar, aldegidlar, terpenli birikmalar, spirtlar va karbonil birikmalar – gorech va fitonsidlarni o’z ichiga oladi.
Hammasi bo’lib, mahsulotning o’simlik komponentlari qimmatli bilogik xususiyatlarga ega va metabolik jarayonlarga faol qo’shilib ketadi. Shu bilan birga quyidagilarni ko’rsatadi:
– Antioksidant ta’sir va shakllanishni barqarorlashtirish hamda immun hujayralarning differensiyasi;
– Zararli mikroorganizmlarning o’sishini to’xtatuvchi ta’siri;
– Shamollash jarayoni omillarining sintezini to’g’rilash;
– Shilliq tomirlarning morfofunksional xususiyatiga mustahkamlovchi ta’siri.
100 ml – qoramtir shishali flakonlar. Sariqsimon-jigarrang tusdagi shaffof suyuqlik koʻrinishidagi, iforli hidli ichga qabul qilish uchun sirop; saqlash jarayonida yengil xiralashish yoki unchalik katta boʻlmagan choʻkmalarning tushish ehtimoli mavjud.
Ehtimol: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, terining qizarishi, qichishi, angionevrotik shish, nafas siqilishi) oshqozon-ichak buzilishi (epigastral sohadagi ogʻriq, koʻngil aynishi).
Nojoʻya samaralarning paydo boʻlishida qabul qilishni toʻxtatish va shifokorga murojat qilish lozim.
Yuqori nafas olish yo’llarining salomatligi ko’p hollarda burun, hiqildoq va tomoq bo’shliqlarining normal fuksional holatiga bog’liq. Sinurex o’simlik kompleksining samaradorligi uning biologik faol moddalari va shilliq burun bo’shliqlarining har tomonlama ijobiy ta’siri bilan izohlanadi.
Mahsulot, shamollash alomatlarida – kattalar va bolalarda doimiy burunning “oqishi”, burun bo’shlig’idan oqayotgan shilliqlarni olib tashlashni yengillashtirish, burun bo’shlig’i va sinuslar drenaji va ventilyatsiyasini ta’minlashda ishga solish profilaktikasi uchun tavsiya etiladi.
Sinureksni qo’llash kapillyarlarni mustahkamlaydi, u yerdagi qon aylanishini yaxshilaydi va shishish hamda shilliq burun bo’shlig’idagi sekretsiya faolligining rivojlanishiga to’sqinlik qiladi.
Sinurexning bioaktiv moddalar kompleksi burun shilliq pardasining mahalliy immunitetini mustahkamlash bilan birga LOR organlarning o’tkir respirator kasalliklariga organizmning umumiy rezistentligini oshiradi. Nafas olish yo’llaridagi shamollash jarayonini qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlar rivojlanishiga to’sqinlik qilish uchun sharoit yaratadi.
Nafas olish tizimining normal fiziologik faoliyatni qo’llab quvvatlab turish uchun umumiy kayfiyatni, insonning jismoniy va aqliy faolligini yaxshilashga xizmat qiladi.
— alkogolizm;
— 2 yoshgacha bo’lgan bolalar;
— preparat komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
Muvafaqqiyatli ravishda alkogolizmga qarshi davolanayotgan patsiyentlar Sinureksni qabul qilmasliklari lozim.
Ehtiyotlik bilan: jigar kasalliklari, epilepsiya, bosh miya kasalliklari va jarohatlari (faqat shifokor bilan maslahatlashuvdan keyin qoʻllash mumkin).
Qorong’i va quruq joyda, 25 °C oshmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati: 2 yil.
– 2 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga (2,5ml) yarim o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.

– 6 yosgdan 12 yoshgacha bo’lgan bolalrga (5ml) bir o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.
– 12 yoshdan kata bo’lgan yoshdagilarga (10ml) ikki o’lchov qoshiqdan kuniga 2-mahal.

Agar simptomlar 7-14 kundan ortiq saqlanib qolsa yoki vaqti-vaqti bilan takrorlansa, u holda shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Qoʻllashdan avval preparatni chayqatish lozim.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SINUREKS sirop 100ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SINUREKS sirop 100ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SINUREKS sirop 100ml dori vositasi Aseptica, ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SINUREKS sirop 100ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SINUREKS sirop 100ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
VIROSTAV ko'z tomchilari 10ml 0,1%
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
DROPOLAK ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
DOLKAIN ko'z tomchilari 10ml 0,5%
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
FLUTINOS sprey 12ml 0,05%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
MOKSITAV ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 44 500 so'mdan Batafsil
KSILOMER S EVKALIPTOM sprey 10ml 0,1%
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
KSILOMER S EVKALIPTOM sprey 10ml 0,05%
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
EMOTROP ko'z tomchilari 5ml 1% N1
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
SINOZOL ko'z tomchilari 10ml N1
TOBRADROP DX ko'z tomchilari 5ml
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
KROMOVIZ ko'z tomchilari 10ml 4%
Narh: 34 800 so'mdan Batafsil
Narh: 38 800 so'mdan Batafsil
KSILOMER sprey 15ml 0,05%
Narh: 15 700 so'mdan Batafsil
KSILOMER sprey 15ml 0,1%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
TRIODEKS ko'z tomchilari i ushnie 5ml
Narh: 38 000 so'mdan Batafsil
TIMOPRESS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
MONODEKS ko'z tomchilari 5ml 0,1%
DROPOFENAK ko'z tomchilari 5ml 0,1%
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
TOBRADROP ko'z tomchilari 5ml 0,3% N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
TAUMED ko'z tomchilari 10ml 4%
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
FRAMEKS sprey 15ml 1,25%
Narh: 35 800 so'mdan Batafsil
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9