QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
AKLOREM®
AKLOREM®
Preparatni savdo nomi: Aklorem®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Siprofloksasin (siprofloksasin gidroxloridi monogidrati ko‘rinishida).
Chiqarilish shakli: Infuziya uchun eritma 100 ml.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Ftorxinolonlar guruhiga kiruvchi keng bakterisid ta‘sir doirasiga ega mikroblarga qarshi preparat. Tinch holatdagi, hamda ko‘payish bosqichidagi mikroorganizmlarga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi bakteriyalarning ko‘payish vaqtidagi xromosomalarning segmentli spiralsizlantirish va spiralizasiyalanishi jarayonida muhim rol o‘ynaydigan DNK – giraza fermentining – folligini ingibirlashi bilan bog‘liq. Ikkinchi avlod ftorxinolonlar vakili sifatida asosan quyidagi grammanfiy bakteriyalar: Shigella spp., Klebsiella spp., Neisseria spp., Enterobacter spp., Pseudomonas aeruginosa, Proteus vulgaris, Providencia spp., Salmonella spp., Pasteurella multocida, Citrobacter spp., Campylobacter jejuni, Serratia marcescens, Hafnia alvei, Morganella morganii, Edwardsiella tarda, Vibrio spp., Haemophilus spp., Moraxella catarrhalis, Aeromonas spp., chaqirgan kasalliklarda yuqori samaralidir. Beta-laktamazalarni ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penisillinlar, uchichnchi avlod sefalosporinlari, tetrasiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita.
Siprofloksasin bir qator grammusbat mikroorganizmlar (Streptococcus spp. va Staphylococcus spp.), hujayra ichi mikroorganizmlari (Chlamydia trachomatis, Brucella spp., Mycobacterium avium-intracellulare, Legionella pneumophila, Mycobacterium tuberculosis, Listeria monocytogenes, Mycobacterium kansasii). Ftorxinolonlar ichida kukyiring tayoqchasi chaqirgan infeksiyalarda eng yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi.
Sezgir bakteriyalarga preparat fagositlar ichida ham ta‘sir ko‘rsatib, immunologik tizimni tutib turadi. Kislotali muhitda faolligi kamayadi.
Farmakokinetikasi
200 mg yoki 400 mg dozada vena ichiga (v/i) yuborilgandan keyin 60 minutdan so‘ng plazmadagi konsentrasiyasi 2,1 mkg/ml yoki 4,6 mkg/ml ga yetadi.
Taqsimlanish hajmi 2,0-3,0 l/kg. Siprofloksasinning o‘t-safrodagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan ancha yuqori.
Vena ichiga yuborilgandan keyin siydikdagi konsetrasiyasi birinchi 2 soat davomida plazmadagiga qaraganda 2 marta ko‘p bo‘ladi.
Preparat quyidagi to‘qimalarida to‘qimalarda taqsimlanadi:
Buyrak faoliyati o‘zgarmagan pasientlarda yarimchiqarilish davri 3-5 soatni tashkil qiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yarimchiqarilish davri uzayadi.
Siprofloksasin organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Siydik bilan 50-70%, 15% dan 30% gachasi ahlat bilan chiqariladi.
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 20 ml/min/1,73 mg dan kam) bo‘lgan bemorlarda preparatning bir martalik dozasini ikki marta kamaytirish kerak.
Ko‘llanilishi
Buyraklar va siydik-chiqarish yo‘llarining infeksiyalari (o‘tkir va surunkali pielonefrit, obstruktiv litiaz, sistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytallanuvchi infeksiyalari, prostatit, epidimit), nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o‘pka abssessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, jarohat infeksiyalari, abssesslar, sellyulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me‘da-ichak yo‘llarining infeksiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abssess, xolangit, xolesistit, o‘t qopi empiemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a‘zolarining infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kasallikning og‘irligi, infeksiyaning turi, pasientning holati, yoshi, vazniga bog‘liq. Vena ichiga yuborish uchun bir martalik doza 200 mg (og‘ir infeksiyalarda 400 mg), sutkada 2 marta.
Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga bog‘liq va 1-2 haftani, zarurat bo‘lganida esa undan ko‘proqni tashkil qiladi.
Vena ichiga oqim bilan yuborish mumkin, ammo tomchilab 30 minut (200 mg) va 60 minut (400 mg) davomida yuborgan afzal. O‘tkir sifilisda vena ichiga bir marta 100 mg ni tashkil qiladi. Operasiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun, operasiyadan 30-60 minut oldin vena ichiga 200-400 mg preparat yuboriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qoli, xolestatik sariqlik, gepatit.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinasiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyusinasiyalar, tungi dahshatlar (bu reaksiyalar preparatni darhol bekor qilishni talab qiladi).
Turli reaksiyalari: qichima, eshakemi, fotosensibilizasiya, qizarish.
Yurak–tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, serebral trombozlar.
Qon va uning komponentlari tomonidan: eozinofiliya, leykositopeniya, leykositoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombositopeniya, trombositoz.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrak faoliyatini tranzitor yetishmovchilishini rivojlanishiga qadar bo‘lgan buzilishi.
Sezgi a‘zolari tomonidan: ta‘m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik karlik (ayniqsa baland tovushlarga).
Allergik va immunopatologik reaksiyalar: teri toshmalari, dorilar ta‘sirida isitmalash, kam – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, kamdan-kam anafilaktik shok, peetexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiyalar, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layl sindromi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Siprofloksasinga yoki har qanday xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshroqlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksa yoshdagilar, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta‘sirining susayishi aniqlanmagan. Alyuminiy gidroksidini, magniy yoki kalsiy saqlovchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish preparatni so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta‘sirini kuchaytiradi, bu teofillinning dozasini kamaytirishni talab qiladi. Siklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish qon plazmasida kreatininning darajasini oshishiga olib keladi, shu sababli ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgining ta‘siri kuchayadi. Probenesid bilan birga buyurish preparatning ta‘sirini kuchaytiradi.
Farmakoterapevtik o‘zaro ta‘siri: Siprofloksasin eritmasi rN 3-4 bo‘lgan eritmalar va dori preparatlari bilan nomutanosib, ular fizik yoki kimyoviy jihatdan barqaror emaslar.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish xurujlari bo‘lgan, buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaksiya tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida), buni, kasbi yuqori diqqat va reaksiya tezligini talab etadigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim, u preparat qo‘llashni darhol bekor qilishni va tegishli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining konsentrasiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi bo‘lishi mumkin.
Davolanish vaqtida fotoallergik reaksiyalarining paydo bo‘lish ehtimoli tufayli, quyosh nurlari bilan bevosita kontakdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborsh
Simptomlari: ba‘zida siprofloksasin dozasi sezilarli oshirib yuborilganida buyraklarni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan.
Davolash: regidratsiya, me‘dani yuvish, sorbentlar, surgi vositalari va simptomatik davolash.
Qo‘shimcha ravishda gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.