×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BUTADION 20,0 maz 5%

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vengriya
Faol modda:
Фенилбутазон
Ishlab chiqaruvchi:
- Гедеон Рихтер ОАО
ATX kodi:
- M02AA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
26 600 s`om dan
TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
348 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
NIMID gel 30 g 10 mg/g Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BUTADION 20,0 maz 5% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BUTADION

BUTADION

Preparatning savdo nomi: Butadion (Butadion)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenilbutazon (phenylbutazon)

Dori shakli: 5% li surtma

Tarkibi:

1,0 g surtmada quyidagilar saqlanadi:

faol modda: 50 mg fenilbutazon;

yordamchi moddalar: metilparagidroksibenzoat, natriy karmelloza, polisorbat 60, kolloid kremniy dioksidi, gliserol (85%), propilenglikol, suyuq parafin, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq bir turdagi, kuchsiz o‘ziga xos hidli surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: bo‘g‘im va mushak og‘rig‘ini davolash uchun mahalliy qo‘llash uchun preparatlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar

ATX kodi: M02AA01.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Butadion surtmasi nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, isitmani tushiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta‘sirga egadir. U prostaglandin sintezini susaytiradi va to‘qimalarning yallig‘lanish reaksiyasiga spesifik ta‘sir ko‘rsatadi.

Tog‘ayda fenilbutazon mukopolisaxaridlarning ATF bilan bog‘liq biosintezini susaytiradi. Shuningdek u buyrak naychalarida siydik kislotasini qayta so‘rilishini (reabsorbsiyasini) qisqartirishi hisobiga siydik kislotasini ajralib chiqishiga ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Mahalliy qo‘llanganda Butadion surtmasining tizimli so‘rilishi juda oz darajada.

Ichga qabul qilinganda Butadion surtmasi me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi va to‘qimalarda ahamiyatli taqsimlanadi.

Qon aylanishi tizimida fenilbutazonning 98% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Fenilbutazon jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Garchi dozaning taxminan chorak qismi axlat bilan chiqarilishi mumkin bo‘lsada, U asosan metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi. Plazmada yarim parchalanish vaqti uzoq muddatli (70 soatga yaqin) bo‘lib, yaqqol individual o‘zgaruvchanlikka ega (yarim parchalanish muddati keksalarda 105 soatgacha uzayishi mumkin).

Qo‘llanilishi

Mexanik jarohatlar yoki kimyoviy kuyish oqibatida yuz bergan dermatitlar. Katta bo‘lmagan I va II darajali termik jarohatlar; quyosh nuri ta‘sirida kuyishlar. Vena ichiga yoki mushak ichiga in‘eksiyadan so‘ng teshilgan joydagi yallig‘lanish reasiyalari, hasharotlar chaqqan joylar. Antikoagulyantlar bilan davolashga qo‘shimcha ravishda gemorroy va yuza joylashgan tromboflebitni mahalliy davolash. Yumshoq to‘qimalar jarohatlari, shishlar, gematoma, mushak va paylarni zo‘riqishi, amputasiya qilingan cho‘ltoqda og‘riqlar. Revmatoid artrit, osteoartroz, sinovit, tendinit va tendovaginitni ad‘yuvant davolashda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Butadion surtmasini 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Kattalar va 14 yoshdan katta bolalar: surtmani terining shikastlangan sohasiga yupqa qilib, kuniga 2-3 marta, preparatni teriga ishqalamay, surtish kerak.

Keksa pasientlar: hech qanday maxsus ehtiyotkorlik choralari talab etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlardan mahalliy foydalanish, eng avvalo mahalliy nojo‘ya asoratlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunga qaramay, preparatni qonga so‘rilish darajasiga qarab, tizimli samaralar rivojlanishi mumkin.

A‘zolar tizimining birlamchi sinfi (MedDRA) Nojo‘ya ta‘sirlari
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar Qon hujayralari sonini kamayishi. Qizil qon hujayralari yetishmovchiligi  (ya‘ni «anemiya»)

Qonda trombositlar sonini kamayishi («trombositopeniya»)

Immun tizimi tomonidan buzilishlar Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Terida va shilliq qavatlaridagi isitma bilan kechuvchi og‘ir toshmalar (Stivens-Djonson sindromi)
Metabolizm va ovqatlanish tomonidan buzilishlar Suyuqlikni tutilishi
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Bosh og‘rig‘i

Bosh aylanishi

Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Bronxlarni torayishi
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Me‘dadan qon ketishi
Qusish
Ko‘ngil aynishi

Pankreatit
Perforasiya
Peptik yaralar

Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar Jigarni shikastlanishi
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar Terida toshma
Terini qizarishi
Terini qipiqlanishi bilan kechuvchi yallig‘lanishi
Quyosh nuriga sezuvchanlik
Qichishish
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Buyrak faoliyatini buzilishi
Tizimli buzilishlar va yuborish joyida asoratlar Shish

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Faol moddaga yoki preparatning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Aspirin yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish fonidagi astma xuruji yoki boshqa allergik reaksiyalar (rinoreya, eshakemi).
  • Chuqur venalar trombozi.
  • Okklyuzion bog‘lov ostida qo‘llash.
  • Ko‘z atrofidagi teriga, shilliq qavatlar, ochiq yaralar yoki yoriqlarga surtish.
  • Ekzema va kortikosteroidlar bilan davolashni talab etadigan terining boshqa kasalliklari.
  • Tarkibida fenilbutazon mavjud bo‘lgan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
  • Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sirtga qo‘llaganda hech qanday o‘zaro ta‘sirlar kuzatilmaganiga qaramay, fenilbutazonni tizimli ravishda qo‘llaganda o‘zaro ta‘sirlanishni istisno qilib bo‘lmaydi. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi boshqa preparatlar (NYAQP) bilan va kuchli oqsil bog‘lovchi xususiyatlarga ega preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Terida ta‘sirlanish paydo bo‘lsa, Butadion surtmasini qo‘llash to‘xtatilishi va boshqa muvofiq davolashga almashtirilishi kerak. Ushbu preparat chuqur venalar trombozini davolash uchun mo‘ljallanmagan. U shikastlangan teriga, shilliq qavatlar yoki ko‘zga surtilmasligi kerak. Surtma ishlatilganidan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Terining ishlov berilgan yuzalari, fotosensibizasiyadan saqlanish maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida boshqa preparatlardan foydalangan afzal hisoblanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davri ushbu surtmani qo‘llashga nisbiy qarshi ko‘rsatma hisoblanadi, shuning uchun uni qo‘llash haqidagi qaror kutilayotgan foyda va potensial havf sinchkov baholangandan keyin qabul qilinishi kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar tug‘ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, va shu boisdan, homiladorlikning birinchi va uchinchi uch oyliklarida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Preparatni transport vositasini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatni so‘rilishi darajasiga qarab, mahalliy va tizimli samaralar yuz berishi mumkin. Agar preparatning biror bir nojo‘ya samarasi jiddiy tus olsa, yoki ushbu yo‘riqnomada keltirilmagan nojo‘ya samaralarni sezsangiz, iltimos, bu haqida o‘z davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering. Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

Polietilen qalpoqcha-ezish uchun ignali uchlikka ega qopqoqcha bilan berkitilgan alyuminiy tuba (20 g).

Bir tuba (20 g) tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

+8 dan +15°C gacha haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz beriladi.

Har qanday ishlatilmagan mahsulot yoki chiqindilar mahalliy talablarga muvofiq yo‘q qilinishi lozim.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BUTADION 20,0 maz 5% dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BUTADION 20,0 maz 5% dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BUTADION 20,0 maz 5% dori vositasi Гедеон Рихтер ОАО tomonidan Vengriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BUTADION 20,0 maz 5% dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BUTADION 20,0 maz 5% dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAVINTON eritma 25mg/5ml N10
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
TEBANTIN kapsulalar 300mg N50
Narh: 299 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N21
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
MIDIANA tabletkalari 3mg/0,03mg N21
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
BELARA tabletkalari 2mg/0,03mg N21
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+10mg N30
Narh: 215 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER kapsulalar 10mg+20mg+10mg N30
Narh: 140 000 so'mdan Batafsil
EKVAMER 10mg+20mg+20mg kapsulalar N30
EKVAMER kapsulalar 5mg+10mg+20mg N30
Narh: 215 000 so'mdan Batafsil
RIGEVIDON tabletkalari N63
PANANGIN konsentrat 10ml N5
PANANGIN FORTE tabletkalari 316mg/280mg N60
TEBANTIN kapsulalar 300mg N100
ESKAPEL tabletkalari 1,5mg N1
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
NOVINET tabletkalari 0,15mg/0,02mg N63
Narh: 69 000 so'mdan Batafsil
REGULON tabletkalari N63
MIDIANA tabletkalari 3mg+0,03mg N63
SILUET tabletkalari 2mg/0,03mg N63
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9