×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Parenteral oziqlantirish uchun preparat.
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Jurabek Laboratories СП ООО
ATX kodi:
- B05CX01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

Yaroqlilik muddati (oy) 24
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi: 

faol modda: suvsiz glyukozaga qayta hisoblanganda glyukozalar - 100 mg, 250 mg yoki 400 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi 0,1 M eritmasi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Сhiqarilish shakli

10%, 25% va 40% li 10 ml dan ampulalarda.


In'ektsiya uchun eritma
Glyukoza organizmda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini kuchaytiradi, jigarning antitoksik faoliyatini yaxshilaydi, yurak mushagining qisqaruvchanlik faoliyatini kuchaytiruvchi, qator patologik holatlarda organizmni zahiralari hisobiga sarflangan energiyasini bir qismini qoplaydi. Glyukozani eritmasi organizmdagi suv tanqisligini tezda to'ldiradi. Glyukozani kontsentratsiyalangan eritmasi (10%) yaqqol osmotik samara ko'rsatadi, shu tufayli qonning osmotik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlik oqimi kuchayadi, qon tomirlar kengayadi, diurez kuchayadi. 

Gipertonik eritmalar vena ichiga yuborilganda (25%, 40%) qonning osmotik bosimi oshadi, to'qimalardan qonga suyuqlikni oqimi kuchayadi, moddalar almashinuvi jarayonlari oshadi, jigarning antitoksik faoliyati yaxshilanadi, yurak mushaklarini kisqaruvchanlik faoliyati kuchayadi, qon tomirlar kengayadi, diurez oshadi.

 

Yuborilgan joydagi reaktsiyalar: yuborish joyida og'riq, venaning achishishi,  flebit, venoz tromboz; 

Endokrin tizimi va metabolizm tomonidan: giperglikemiya, gipokaliemiya, gipofosfatemiya, gipomagniemiya, atsidoz;

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: poliuriya, glyukozuriya;

Me'da-ichak yo'llari tomonidan: polidepsiya, ko'ngil aynishi. 

Organizmning umumiy reaktsiyalari: gipervolemiya, allergik reaktsiyalar (tana haroratini ko'tarilishi, teri toshmalari, angionevrotik shish, shok). 

Nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lgan holatlarda eritmani yuborishni to'xtatish, patsientning holatini baholash va yordam berish lozim.

Retsept bo'yicha.

Glyukoza eritmasini ko'p marta yuborilganda jigarni funktsional holatini buzilishi va me'da osti bezini insulyar apparatini kuchsizlanishi kuzatilishi mumkin. Qonning osmotik bosimini oshishi tufayli, 40% li eritmani kateter yordamida markaziy venaga yuboriladi. 

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi  

Normoglikemiyali homiladorlarda glyukoza infuziyasi homilada giperglikemiyaga olib kelishi, unda metabolik atsidoz chaqirishi mumkin. Ayniqsa homila distressi va gipkosiyasi boshqa perinatal omillar bilan bog'liq bo'lganda oxirgisini e'tiborga olish muxim.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri 

Ma'lumotlar yo'q.

Kerak bo'lganda simptomatik davo tavsiya etiladi

Glyukoza eritmasi (10%) gipoglikemiyada va jigar kasalliklarida (gepatitlar, jigar komasi) yetarli darajada bo'lmagan diurezda, kollapsda va shokda osmoterapiya maqsadida, og'ir infektsion kasalliklarida, kompensatsiya qilinmaydigan yurak faoliyatida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar tsianidlar, uglevod oksidi va boshqalar), gemorragik diatezlarida, parenteral oziqlantirish uchun qo'llanadi. 

Glyukoza eritmalarini ham mustaqil, ham ko'rsatma bo'yicha boshqa dori moddalari bilan (natriy xloridi, kaliy xloridi va boshqalar) birga qo'llanishi mumkin, shuningdek dori vositalarini suyultirish uchun ishlatish mumkin. 

Glyukozaning 25% li, 40% li eritmalarini gipoglikemiyada va jigar kasalliklarida (gepatitlar, tsirrozlar, jigar komasi), diurez yetarli darajada bo'lmaganda, kollapsda va og'ir infektsion kasalliklarida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasida, turli intoksikatsiyalarda (narkotiklar, tsianidlar, uglevod oksidi va boshqalar bilan zaharlanish), gemorragik diatezlarda ishlatiladi. Glyukoza eritmalari ham mustaqil, ham ko'rsatma bo'yicha boshqa dori moddalari bilan birga (natriy xloridi, kaliy xloridi va boshqalar) shuningdek dori vositalarini eritish uchun ham qo'llaniladi.

 

40% li glyukoza eritmasi quyidagi bemorlarda qo'llash mumkin emas:

• gipoglikemiya bilan bog'liq holatlardan tashqari bosh miya ichi va orqa miyaga qon quyilish holatlari;

• og'ir degidratatsiya, shuningdek alkogolli deliriy;

• preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

• anuriya;

• qandli diabet va giperglikemiya bilan bog'liq boshqa holatlar;

• glyukoza-galaktoza mal'absorbtsiya sindromi.

      Preparatni bir vaqtda qon preparatlari bilan birga yuborilmaydi. 

Preparat tarkibida xlorid kislotasini saqlaydi. Shuning uchun preparat nordon rN muhitda barqarorligi o'zgaradigan preparatlar uchun erituvchi sifatida qo'llanmaydi. 

40% glyukoza eritmasini bitta shpritsda geksametilenteritamin bilan birga yuborish mumkin emas, chunki glyukoza kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Bitta shpritsda ishqoriy eritmalar bilan birga yuborish tavsiya etilmaydi: umumiy anestetiklar va uyqi dorilari bilan, chunki ularning faolligi pasayadi, alkoloid eritmalari bilan; sreptomitsinni inaktivatsiya qiladi, nistatin samaradorligini pasaytiradi.

Tiazid diuretiklari va furosemid ta'sirida glyukozaga bo'lgan chidamlilik pasayadi. Insulin glyukozani periferik to'qimalarga tushishga olib keladi, glikogen hosil bo'lishini, oqsil va yog' kislotalari sintezini rag'batlantiradi. Glyukoza eritmasi prinzamidni jigarga toksik ta'sirini kamaytiradi. Bemorga glyukoza eritmasi katta hajmini yuborish gipokaliemiya rivojlanishiga olib keladi, bu qo'ng'iroq gul preparatlarini bir vaqtda qo'llash toksikligini oshiradi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°Сdan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Eritmani xiraloshuvi yoki cho'kma tushishi holatida foydalanilmasin.

Hidsiz, shirin ta'mli, tiniq, rangsiz yoki biroz sarg'ish rangli suyuqlik.

Glyukozaning gipertonik eritmasini (10%) faqat venaga 10-50 ml dan bir marta yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat  bo'lganida glyukozaning gipertonik eritmalarini katta hajmlarini yuborilishiga yo'l qo'yiladi. Glyukoza katta miqdorda yuboriladigan to'liq o'zlashtirish uchun uni insulin bilan quyidagicha buyuriladi: 1 birligi ta'sir dozadagi insulinni 4-5 g glyukozaga hisobidan bir vaqtda buyuriladi. Diabeti bo'lgan bemorlarga glyukozani qon va siydikda qand miqdorini nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. 

Glyukozaning gipertonik eritmalarini (25% li va 40% li) faqat venaga 10-50 ml dan bir marta yoki tomchilab sutkada 300 ml gacha yuboriladi. Zarurat bo'lganida glyukozaning gipertonik eritmalarini katta hajmini yuborilishiga yo'l qo'yiladi. Katta miqdorda yuboriladigan glyukozani to'liq o'zlashtirilishi uchun u bilan bir vaqtda insulinni quyidagicha: 1 ta'sir birlik dozadagi insulinni 4-5 g glyukozaga hisobidan buyuriladi. Diabeti bo'lgan bemorlarga glyukozani qon va siydikda qand miqdorini nazorati ostida ehtiyotkorlik bilan yuboriladi. 

Bolalar

Bolalarda preparat faqat ko'rsatma bo'yicha va shifokor nazorati ostida qo'llaniladi.

 

Preparat dozasini oshirib yuborganda giperglikemiya va gipergidratatsiya, qon osmotik bosimi ortishi(giperglikemik koma rivojlanishiga qadar), gipergidratatsiya va eletrolitlar muvozanati buzilishi riojlanadi. mumkin. Bunday holatda preparat bekor qilinadi va qondagi glyukzaning har bir 0,45-0,9 mmol' ga qondagi glyukoza darajasining 9 mmol'/l 0,1 TB hisobda insulin tavsiya etiladi. Glyukoza darajasini asta-sekinlik bilan tushuriladi.  Insulinni tavsiya qilish bilan bir vaqtda muvozanatlashtirilgan tuzli eritmalar infuziyasi olib boriladi.



GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH  BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GLYUKOZA

GLYUCOSAE

Preparatning savdo nomi: Glyukoza

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): dekstroza (glyukoza).

Dori shakli: 40% in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol modda: glyukoza – 4 g;

yordamchi moddalar: natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv  10 ml gacha.

Ta‘rifi: rangsiz yeki bir oz sarg‘ish .tiniq. shira tamda .xidsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruxi: Uglevod oziqlantirish vositalari.

ATX kodi: B05BA03

Farmakologik xususiyatlari

Dezintoksikasion vosita. Preparatning 20% va 40% eritmalari to‘qimalar uchun gipertonikdir. Ular vena ichiga yuborilganida qonning osmotik bosimini oshiradi, to‘qimalardan suyukliq qonga oqishi va modda almashinuvi kuchaytiradi, yurak mushalarining qisqarish faoliyati kuchayadi, ыon tomirlar kengayadi, diurez ko‘payadi.

Qo‘llanilishi

Gipoglikemiya, infeksion kasalliklar, jigar kasalliklari (gepatit, jigar distrofiyasi va atrofiyasi), yurak funksiyasini dekompensasiyasi, o‘pka shishi, toksikoinfeksiyalar, turli intoksikasiyalar (narkotiklar, sinil kislotasi va uning tuzlari, is gazi, anilin, arsin, fosgen va boshqa moddalar bilan zaxarlanish), gemorragik diatezlarda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozasi

Vena  ichiga tomchilab yuboriladi, 20% li eritma maksimal minutiga 40 tomchigacha, maksimal sutkalik dozasi kattalar uchun 300 ml, 40% li eritma maksimal minutiga 30 tomchigacha, kattalar uchun maksimal dozasi 250 ml ni tashkil qiladi. Shuningdek vena ichiga asta-sekin 40% li eritma 20 ml dozada 4-5 ml 5% askorbin kislotasini eritmasi bilan birga sutkasiga 1-2 marta yuboriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

 

Ion muvozanati buzilishi mumkin. Kam xollarda maxalliy qo‘zg‘alish, tromboflebit.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Giperglikemiya, qandli diabetda qo‘llash mumkin emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Osmolyarlikni oshirish uchun preparat natriy xloridini izotonik eritmasi bilan birga qo‘llanilishi mumkin. Preparat to‘liq va tez o‘zlashtirilishi uchun, teri ostiga 4-5 TB insulin yuborilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish  shakli

In‘eksiya uchun 40% li eritma ampulalarda 10 mldan. 5 ampuladan polivinilxlorid plyonkadan kontur uyali o‘ramga joylanadi. Ikkita kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 dori vositasi Jurabek Laboratories СП ООО tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GLYUKOZA JURABEK inyeksiya uchun eritma 10ml 40% N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
NATRIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 0,9% N5
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN inyeksiya uchun eritma 5ml 2% N10
Narh: 2 800 so'mdan Batafsil
Narh: 16 000 so'mdan Batafsil
Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
GLYUKOZA tabletkalari 0,5g N20
GLYUKOZA tabletkalari 0,5g N10
Glyukoza
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9