×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Амоксициллин, Клавулановая кислота
Ishlab chiqaruvchi:
- Deva Holding A.S
Vakil:
- Asfarma Savdo MChJ
ATX kodi:
- J01CR02
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
5 ml (to'la o'lchov qoshig'ida) suspenziya quyidagilar saqlanadi:
faol moddalar: amoksitsillin 400 mg (amoksitsillin trigidrati shaklida), klavulan kislotasi 57 mg (klavulanat kaliy shaklida)
yordamchi moddalar: kremniy dioksidi, ksantan yelimi, gidroksipropilmetiltsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, natriy saxarini, metilparaben, qahrabo kislotaci, «oltin sirop» aromatizatori, apelьsinli aromatizator.
Amoksitsillin – ko'pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga qarshi faollikka va keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan yarimsintetik antibiotikdir. Amoksitsillin beta-laktamazalar tomonidan parchalanishga duchor bo'ladi va shuning uchun bu fermentlarni ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarga nisbatan faol emas. Klavulan kislotasi tuzilishi jihatidan penitsillinlarga o'xshash bo'lib, penitsillinlar va sefalosporinlarga nisbatan rezistent bo'lgan mikrorganizmlar tomonidan odatda ishlab chiqariladigan fermentlar - beta-laktamazalarning keng doirasini faolsizlantirish xususiyatiga egadir. U ayniqsa orttirilgan dori rezistentligiga olib keluvchi beta-laktamazalarga nisbatan faoldir.
Preparatning tarkibida bir vaqtda amoksitsillin va klavulan kislotasini bo'lishi, beta-laktamazalarni ishlab chiqara turib, amoksitsillinni parchalovchi va yaroqsiz holga keltiruvchi mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalarga nisbatan faollikni ta'minlaydi. Shunday qilib, keng ta'sir doirasiga ega antibiotik – amoksitsillinning ta'sir doirasi – yanada kengayadi. Shuning uchun Klavera™ BID keng ta'sir doirasiga ega va beta-laktamazalarning ingibitori bo'lgan antibiotikning xususiyatlariga ega.
Odatda sezgir turlari
Grammusbat aerob mikroorganizmlar
Bacillus anthracis
Enterococcus faecalis
Listeria monocytogenes
Nocardia asteroides
Staphylococcus aureus (metitsillinga sezgir shtammlari)*
Streptococcus agalactiae*3
Streptococcus pyogenes*3 va boshqa beta-gemolitik streptokokklar*3
Streptococcus viridans
Staphylococcus saprophyticus (metitsillinga sezgir shtammlari)
Koagulaza-negativ stafilokokklar (metitsillinga sezgir shtammlari)
Grammanfiy aerob mikroorganizmlar

Bordetella pertussis
Haemophilus influenzae1
Haemophilus parainfluenzae
Helicobacter pylori
Moraxella catarrhalis*
Neisseria gonorrhoeae
Pasteurella multocida
Vibrio cholera
Boshqa mikroorganizmlar
Borrelia burgdorferi
Leptospira ictterohaemorrhagiae
Treponema pallidum
Grammusbat anaerob mikroorganizmlar
Clostridium spp.
Peptococcus niger
Peptostreptococcus magnus
Peptostreptococcus micros
Peptostreptococcus spp.
Grammanfiy anaerob mikroorganizm
Bacterodies fragilis
Bacteroides spp.
Capnocytophaga spp.
Eikenella corrodens
Fusobacterium nucleatum
Fusobacterium spp.
Porphyromonas spp.
Prevotella spp.
Mikroorganizmlarning orttirilgan turdagi rezistentlik muammosi bo'lgan turlari
Grammanfiy aerob mikroorganizmlar
Escherichia coli*
Klebsiella oxytoca
Klebsiella pneumoniae*
Klebsiealla spp.
Proteus mirabilis
Proteus vulgaris
Proteus spp.
Salmonella spp.
Shigella spp.
Grammusbat aerob mikroorganizmlar
Corynebacterium spp.
Enterococcus faeciumA
Streptococcus pneumoniae*3,2
Viridans group streptococcus3
Tabiiy rezistentligi bo'lgan mikroorganizmlar
Grammanfiy aerob mikroorganizmlar
Acinetobacter spp.
Citrobacter freundii
Enterobacter spp.
Hafnia alvei
Legionella pneumophila
Morganella morganii
Providencia spp.
Pseudomonas spp.
Serratia spp.
Stenotrophomas maltophilia
Yersinia enterolitica
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia pneumoniae
Chlamydia psittaci
Chlamydia spp.
Coxiella burnetii
Mycoplasma pneumoniae
Mycoplasma spp.
A Orttirilgan rezistentlik mexanizmi bo'lmagan o'rtacha tabiiy sezuvchanlik.
B Metitsillinga rezistent stafilokokklar amoksitsillin/klavulanatga ham rezistentdirlar.
1 Sezuvchanligi past shtammlar, ular to'g'risida Yevropa ittifoqi mamlakatlarida uchrash tezligi 10% dan ortiqligi to'g'risida xabar berilgan.
2 Penitsillinga rezistent Streptococcus pneumoniae ga qarshi amoksitsillin/klavulanatni qo'llash mumkin emas.
3 Amoksitsillinga sezgir, beta-laktamazalarni ishlab chiqarmaydigan mikroorganizm, shuningdek amoksitsillin/klavulanatga ham sezgir bo'lishlari mumkin.
* Amoksitsillin/klavulanatning samaradorligi klinik tadqiqotlarda aniqlangan.

So'rilishi
Ichga qabul qilinganda preparatning ikkala komponenti – amoksitsillin va klavulan kislotasi – tez va to'liq so'riladi. Amoksitsillin va klavulan kislotasining farmakokinetikasi o'xshash. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi. Amoksitsillin va klavulan kislotasining ozgina miqdori qon oqsillari bilan bog'lanadi; taxminan 70% plazmada erkin holda aniqlanadi.
Taqsimlanishi
Amoksitsillinning taxminan 18% va klavulan kislotasining 25% qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.
Amoksitsillinning ko'rinarli taqsimlanish hajmi 0,3-0,4 l/kg ni, klavulan kislotasining – 0,2 l/kg ni tashkil etadi.
Biotransformatsiyasi
Amoksitsillin qisman metabolizmga, klavulan kislotasi esa – jadal metabolizmga uchraydi.
Chiqarilishi
Amoksitsillin/klavulan kislotasining sog'lom shaxslarda o'rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni, o'rtacha umumiy klirensi – taxminan soatiga 25 l ni tashkil etadi.
Klavera™ BID 250 mg/125 mg va 500 mg/125 mg tabletkalari ichga qabul qilinganidan so'ng birinchi 6 soat davomida taxminan 60-70% amoksitsillin va 40-65% klavulan kislotasi siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Probenetsid bilan bir vaqtda qabul qilish amoksitsillinni chiqarilishini sekinlashtiradi, lekin klavulan kislotasini buyrak orqali chiqarilishiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Yuz berish tezligi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi).
Infektsiyalar va invaziyalar
tez-tez: teri va shilliq qavatlar kandidozi;
uchrash tezligi noma'lum: rezistent organizmlarni ko'payishi.
Qon va limfatik tizim tomonidan
kam hollarda: tranzitor leykopeniya (shu jumladan neytropeniya), trombotsitopeniya;
juda kam hollarda: tranzitor agranulotsitoz va gemolitik anemiya, qon ketish vaqtini va protrombin vaqtini uzayishi;
Immun tizim tomonidan
juda kam hollarda: angionevrotik shish, anafilaksiya, zardob kasalligiga o'xshash sindrom, o'ta yuqori sezuvchan vaskulit.
Nerv tizimi tomonidan
tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og'rig'i;
juda kam hollarda: qaytuchan o'ta yuqori faollik, tirishishlar; tirishishlar buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lganida yoki yuqori dozalarni qabul qilayotgan patsiyentlarda yuz berishi mumkin.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan
tez-tez: diareya, ko'ngil aynishi, qusish. Ko'ngil aynishi ko'proq yuqori dozalari qabul qilinganda yuz beradi. Me'da-ichak simptomlarini namoyon bo'lish darajasini, preparatni ovqat qabul qilishdan olin qabul qilib, kamaytirish mumkin.
tez-tez emas: dispepsiya;
juda kam hollarda: antibiotiklarni qabul qilish bilan assotsiatsiyalangan kolit (soxta membranoz kolit, gemorragik  kolit), tishning rangini o'zgarishi kuzatilishi mumkin, lekin bu cho'tka yordamida yo'qotilishi mumkin.
Gepatobiliar tizimi tomonidan
tez-tez emas: beta-laktam antibiotiklarni qabul qilayotgan patsiyentlarda, AST va/yoki ALT darajasini simptomsiz o'rtacha oshishi aniqlangan, buning klinik ahamiyati ma'lum emas.
juda kam hollarda: gepatit va xolestatik sariqlik, ular boshqa penitsillinlar va sefalosporinlar qo'llanganda ham kuzatilishi mumkin.
Jigar tomonidan simptomlar ko'proq erkaklarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda uchraydi va preparatni uzoq muddat qabul qilinishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Bolalarda bunday simptomlar juda kam uchraydi. Jigar tomonidan simptomlar odatda davolash vaqtida yoki davolash tugaganidan keyin tezda rivojlanadi, lekin ba'zan preparat bekor qilinganidan keyin faqat bir necha hafta o'tganidan rivojlanadi. Ular odatda qaytuvchan, lekin ancha kuchli namoyon bo'ladi. Juda kam hollarda o'lim bilan yakunlanadi. Bunday simptomlar asosan og'ir kasalliklarda yoki potentsial gepatotoksik samaraga ega bo'lgan preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda kuzatiladi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan
tez-tez emas: terida toshma, qichishish, eshakemi;
kam hollarda: ko'p shaklli eritema;
juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, bullez eksfoliativ dermatit, o'tkir tarqoq ekzantematoz pustulez.
Teri reaktsiyalari paydo bo'lganida davolashni to'xtatish kerak.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan
kam hollarda: gematuriya;
juda kam hollarda: interstitsial nefrit, kristalluriya.

Shubha qilingan nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish
Dori preparati ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin shubha qilingan nojo'ya reaktsiyalar to'g'risida xabar berish juda katta ahamiyatga ega. Bu, dori vositasini qo'llaganda foyda/xavf nisbatini uzoq vaqt nazorat qilishni amalga oshirish imkonini beradi.
Noxush samaralar paydo bo'lganida shifokorga murojaat qiling.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Anamnezida penitsillinlarga, sefolosporinlarga, boshqa beta-laktam antibiotiklariga yoki preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
anamnezda amoksitsillinni/klavulan kislotasini yoki penitsillinni qo'llash bilan bog'liq sariqlik/jigar funktsiyasini buzilishiga ko'rsatmalar borligida qo'llash mumkin emas.
Davolash boshlanishidan oldin, patsiyentning anamnezida penitsillinlarga, sefalosporinlarga yoki boshqa allergenlarga o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini sinchiklab aniqlash lozim. Penitsillinlar bilan davolanganda jiddiy, ba'zida hatto o'lim bilan yakun topadigan o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anafilaktoid reaktsiyalar) to'g'risida xabar berilgan. Bunday turdagi reaktsiyalar anamnezida penitsillinlarga o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan odamlarda ayniqsa ko'proq uchraydi. Amoksitsillin qo'llanganida qizamiqqa o'xshash toshmalar paydo bo'lishi mumkinligi tufayli, infektsion mononukleozga shubha tug'ilganida Klavera™ BID preparatini qo'llashdan saqlanish lozim.
Preparatni uzoq muddat davomida qo'llash kam hollarda rezistent mikroorganizmlarni ko'payishiga sabab bo'lishi mumkin.
Klavera™ BID va peroral antikoagulyantlarni birga qabul qilayotgan patsiyentlarda protrombin vaqtini va qon ketish vaqtini uzayishining kam hollari to'g'risida xabar berilgan. Ko'rsatilgan preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlar nazorat ostida bo'lishlari lozim. Antikoagulyantlarning kerakli darajasini bir maromda tutib turish uchun ichga qabul qilinayotgan dozalarga tuzatish kiritish zarur bo'lishi mumkin.
Ayrim patsiyentlarda Klavera™ BID preparati qo'llanganida jigarning funktsional sinamalarida o'zgarishlar aniqlanadi. Garchi bu o'zgarishlarning klinik ahamiyati o'zagrishi mumkin bo'lsa-da, jigar funktsiyasi buzilishida preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Og'ir qaytuvchan xolestatik sariqlikni kam hollarda rivojlanishi to'g'risida xabar berilgan, va bunday hollarda ham, simptomlar davolash tugaganidan so'ng 6 hafta davomida paydo bo'lishi mumkinligini e'tiborga olish lozim.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda Klavera™ BID preparatini qo'llanilishi buyrak yetishmovchiligining darajasiga qarab muvofiqlashtiriladi. Siydik tutilishi bo'lgan, asosan parenteral davlanishda bo'lgan patsiyentlarda, juda kam hollarda kristaluriya kuzatiladi. Amoksitsillinni yuqori dozalarda qo'llanganda yuz berishi mumkin bo'lgan kristaluriyani kamaytirish uchun, suyuqlikni adekvat qabul qilish va siydikni chiqarilishini bir maromda tutib turish tavsiya etiladi.
Klavera™ BID suspenziyasining har 5 ml 23 mg dan kam (1 mmolь dan kam) natriy saqlaydi; natriyning bunday miqdorida biron-bir maxsus ko'rsatmalar talab etilmaydi.
Klavera™ BID suspenziyasi metilparaben saqlaydi, u allergik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Клавера™ БИД амоксициллинга чидамли, бета-лактамазани ишлаб чиқарувчи штаммлар томонидан чақирилган қуйидаги инфекцияларни даволаш учун қўлланилади:
Юқори нафас йўлларининг инфекциялари (шу жумладан ЛОР-аъзоларининг инфекциялари): тонзиллит, синусит, ўрта отит
Қуйи нафас йўлларининг инфекциялари: ўткир бронхит ва (сурункали бронхитни зўрайиши, пневмония)
Буйрак ва сийдик чиқариш йўлларининг инфекциялари (шу жумладан цистит, уретрит, пиелонефрит)
Тери ва юмшоқ тўқималарнинг инфекциялари (шу жумладан целлюлит, ҳайвонларни тишлаши)
Одонтоген инфекциялар (шу жумладан дентоальвеоляр абсцесс).
Klavera™ BID preparati qo'llanganda dozani oshirib yuborilishi xavfi yuqori emas. Doza oshirib yuborilganda me'da-ichak yo'llari tomonidan simptomlar va suv-elektrolit balansini buzilishi paydo bo'lishi mumkin. bunday hollarda simptomatik davolashni o'tkazish kerak. Klavera™ BID preparati qondan dializ yordamida chiqarib yuborilishi mumkin.
Probenetsid
Probenetsid amoksitsillinning buyrakdagi tubulyar sekretsiyasini pasaytiradi. Klavera™ BID preparati bilan bir vaqtda qo'llanganda amoksitsillinning qon zardobidagi kontsentratsiyasi oshishi mumkin, ayni paytda klavulan kislotasining kontsentratsiyasi esa, o'zgarmaydi. Shu boisdan Klavera™ BID preparatini probenetsid bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Allopurinol
Amoksitsillin bilan davolainsh davrida allopurinolni qo'llanishi terida allergik reaktsiyalarni yuz berish xavfini oshirishi mumkin. Klavera™ BID preparatini allopurinol bilan bir vaqtda qo'llash yuzasidan ma'lumotlar yo'q.
Peroral kontratseptivlar
Boshqa antibiotiklar kabi, Klavera™ BID ham ichak florasiga ta'sir qilishi mumkin, bu estrogenni kam so'rilishiga sabab bo'ladi va natijada majmuaviy peroral kontratseptivlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Peroral antikoagulyantlar
Amoksitsillinni atsenokumarol yoki varfarin bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda qon ketishi vaqtini uzayish holatlari to'g'risida xabar berilgan. Ko'rsatilgan preparatlarni birga qo'llash zarurati tug'ilgan hollarda qon ketishi vaqti va protrombin vaqti ko'rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Bundan tashqari, peroral antikoagulyantlarning dozasiga tuzatish kiritish zarurati tug'ilishi mumkin.
Metotreksat
Penitsillinlar metotreksatni chiqarilishini susaytirishi va toksiklikni rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.
Suyultirishdan olin kukun 25 °S dan yuqori bo'lmagan haroratda, original o'ramda, quruq va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Sovutgichda (2-8C) saqlangan hollarda tayyorlangan suspenziyani 7-10 kun davomida ishlatish mumkin. Namni yutishi mumkin. Flakonning qopqog'i zich berkilgan bo'lishi kerak. Muzlatgichda saqlash mumkin emas.
 

Klavera™ BID ichga qabul qilish uchun suspenziyasi kuniga 2 marta qabul qilinadi. Davolash ko'rsatmalarga muvofiq o'tkazilishi lozim, davolashni shifokor nazoratisiz 14 kundan o'tkazish mumkin emas. Klavera™ BID suspenziyasi ichga qabul qilish uchun mo'ljallangan; me'da-ichak yo'llari tomonidan nojo'ya ko'rinishlar xavfini pasaytirish uchun, preparatni ovqat qabul qilishni boshida buyuriladi. Ovqatdan oldin qabul qilinganda preparatni so'rilishi oshadi.

Ichga qabul qilish uchun suspenziyani tayyorlash

Sovutilgan qaynagan suvni kukuni bo'lgan flakonga - 2/3 belgisigacha qo'shish va chayqatish kerak. Birinchi marta erigunga qadar 5 minut kutish kerak, so'ngra suvni flakonga yana (qolgan ⅓) qo'shish kerak va gomogen suspenziya holatiga erishilguncha flakonni yana chayqatish kerak. Har gal qo'llashdan oldin flakonni chayqatish kerak. 

Suspenziyani, shifokor tomonidan tavsiya etilgan dozalarda, flakon bilan birga ilova qilingan o'lchov qoshig'idan (5 ml) foydalanilgan holda qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan doza:

Quyida keltirilgan jadvaldan foydalanib, bolalarda qo'llaniladigan preparatning dozasini, tana vazni va infektsiyaning og'irlik darajasiga qarab, hisoblab chiqish mumkin:

2 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar

Tana vazni (kg)

Yengil/o'rtacha og'irlik darajasidagi infektsiyalarda har 12 soatda qabul qilinadigan dozalar (ml)

Og'ir infektsiyalarda har 12 soatda qabul qilinadigan dozalar (ml)

200/28 мг

200/28 мг

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

0,6

1,0

1,2

1,6

1,8

2,2

2,6

2,8

3,2

3,4

3,8

4,0

4,4

4,6

1,2

1,6

2,2

2,8

3,4

4,0

4,6

5,0

5,6

6,2

6,8

7,4

7,8

8,4

2 yoshdan katta bolalar

Sutkada 25/3,6 mg/kg*

2-6 yosh

(13-21 кг)

5 ml Klavera™ BID suspenziyasi 200/28 mg kuniga 2 marta

7-12 yosh

(22-40 кг)

10 ml Klavera™ BID suspenziyasi 200/28 mg kuniga 2 marta

Sutkada 45/6,4 mg/kg**

2-6 yosh

(13-21 кг)

10 ml Klavera™ BID suspenziyasi 200/28 mg kuniga 2 marta

7-12 yosh

(22-40 кг)

20 ml Klavera™ BID suspenziyasi 200/28 mg kuniga 2 marta   

*engil va o'rtacha og'irlikdagi infektsiyalarda (tonzillit kabi yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari, quyi nafas yo'llarining infektsiyalari, teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalar) – sutkada 25/3,6 mg/kg dozada buyuriladi;

** ancha og'ir infektsiyalarda (o'rta otit, sinusit, yuqori nafas yo'llarining infektsiyalari, pnevmoniya kabi quyi nafas yo'llarining infektsiyalari, siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari) – sutkada 45/6,4 mg/kg dozada buyuriladi.

2 oylikdan kichik bolalarda preparatni qo'llash tajribasi yetarli bo'lmaganligi tufayli, Klavera™ BID ichga qabul qilish uchun suspenziyasini dozalash bo'yicha tavsiyalar taqdim etilmagan. Bemorlarning maxsus guruhlariga taalluqli qo'shimcha ma'lumotlar

Buyrak yetishmovchiligi

Glomerulyar filьtratsiyasi tezligi minutiga 30 ml dan yuqori bo'lgan bolalarda dozaga xech qanday tuzatish kiritishga hojat yo'q. Glomerulyar filьtratsiyasi tezligi minutiga 30 ml dan past bo'lgan bolalarda Klavera™ BID suspenziyasini qo'llash tavsiya etilmaydi.

Jigar yetishmovchiligi 

Jigar funktsiyasi buzilganida preparatni ehtiyotkorlik bilan dozalash va jigar funktsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak.

Homiladorlik
Preparatni homilador ayollarda qo'llash tajribasi cheklanganligi tufayli, homiladorlik vaqtida, ayniqsa birinchi uch oylikda, agar faqat shifokor buni zarur deb hisoblamasa, barcha boshqa dori vositalari kabi, bu preparatni ham qo'llashdan saqlanish kerak.
Laktatsiya
Preparatning ikkala faol komponenta – amoksitsillin va klavulan kislotasi – ko'krak sutiga o'tadi, shuning uchun preparatni, faqat preparatni qo'llashdan kutilgan foyda potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina qabul qilish kerak.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg dori vositasi Deva Holding A.S tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KLAVERA BID FORTE poroshok 400mg/57mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KLAVERA BID poroshok 200mg
INNOKLAV tabletkalari 375mg, 625mg, 1000mg N14
Narh: 45 500 so'mdan Batafsil
KOAKT 625 tabletkalari 500mg+125mg N15
KLAMOSAR poroshok 500mg/100mg N50
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ОАО «Биохимик»
FLEMOKLAV SOLYUTAB tabletkalari 500 mg+125 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Niderlandlar
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Astellas Pharma Europe B.V.
KOAKT poroshok 100ml 62,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
KLAVONIR poroshok 1000mg+200mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
KLAVOMED tabletkalari 125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Atabay Kimya Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
KLAVOZID poroshok 1000mg/200mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BKRS Pharma Pvt. Ltd.
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
AUGMENTIN tabletkalari 1g N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited
Narh: 120 000 so'mdan Batafsil
AUGMENTIN tabletkalari 625mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Buyuk Britaniya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
AVIMENTIN suspenziya 100ml 457mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Vexta Laboratories Pvt. Ltd., Индия произведено: Ankur Drugs & Pharma Ltd.
EKOKLAV poroshok 25 mg 250 mg+ 62,5 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
EKOKLAV poroshok 25 mg 125 mg+31,25 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
KLAMOK tabletkalari 375mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK tabletkalari 625mg N15
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
KLAMOK poroshok 5ml 156,25mg/5ml N1
DUO KLAV poroshok so vkusom apelsina 125mg/31,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Laborate Pharmaceuticals India Ltd
AMOKLAN BID poroshok 70ml 400mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Iordaniya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
AMOKLAN BID poroshok 70ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Iordaniya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Hikma Pharmaceuticals Co. Ltd
Narh: 48 900 so'mdan Batafsil
AMOKSIL K 625 tabletkalari 500mg/125mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Киевмедпрепарат, ПАО
RAPIKLAV 1000 tabletkalari 125mg 875 mg+125 mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ipca Laboratories Limited
KOAKT poroshok 100ml 31,25mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aurobindo Pharm Ltd.
KLAVONIR poroshok 500mg+100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Aculife Healthcare Pvt. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALDEGIN gel 60g 1,25%
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
MIKOTRAN suppozitorii 1200mg N1
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
ALDEGIN inyeksiya uchun eritma 2ml 50mg/2ml N6
SEFURO tabletkalari 250mg N10
LYUKAMONT tabletkalari 10mg N28
Narh: 84 700 so'mdan Batafsil
KLAVERA BID poroshok 200mg
LYUKAMONT PLYUS tabletkalari 10mg N28
SEFURO poroshok 250mg
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
KARBODEKS konsentrat 50mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
KARBODEKS konsentrat 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
PIRUSIN poroshok 50mg/25ml N1
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Narh: 79 800 so'mdan Batafsil
PROGAST kapsulalar 30mg N28
PROGAST kapsulalar 30mg N14
FLUORO 5 DEVA konsentrat 1000mg/20ml N1
PIRUSIN poroshok 10mg/5ml N1
ADRIMIZIN poroshok 50mg N1
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
MAKSTIO inyeksiya uchun eritma 4mg/2ml N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Narh: 93 500 so'mdan Batafsil
EFAMAT gel 40g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ETOPEKS konsentrat 5ml 100mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
LIBIGRAN tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
DEPORES emulsiya 0,4ml 0,05% N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
ATAKSIL konsentrat 16,7ml 100mg/16,7ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Другие формы препарата
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
KLAVERA BID tabletkalari 1000mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Амоксициллин, Клавулановая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9