×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Флуконазол
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- Protech Biosystems Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FLYUKOKS tabletkalari 150mg N1 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
4 000 s`om dan
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7 Well Med Pharm, ИП ООО O'zbekiston
8 500 s`om dan
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N2 ОЗОН ФАРМ, ООО Rossiya
13 000 s`om dan
22 600 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PROKANAZOL

PROCANAZOL

 

Preparatning savdo nomi: Prokanazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flukonazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: flukonazol – 50 mg i 150 mg;

yordamchi moddalar: laktoza, jelatin, titan dioksidi, ponsyu, sariq sanset.

Ta‘rifi: 50 mg li kapsulalar: to‘q sariq / oq rangli, “2” o‘lchamli, oq kukun saqlovchi qattiq jelatinali kapsulalar.

                   150 mg li kapsulalar: oq / pushti rangli, “2” o‘lchamli, oq kukun saqlovchi qattiq jelatinali kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: zamburug‘larga qarshi preparat.

Kod ATX: J02AC01

 

Farmakologik xususiyatlari

Flukonazol – triazol zamburug‘larga qarshi vositalarning yangi sinfining vakili bo‘lib, zamburug‘ hujayrasida sterollarning sintezini kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ta‘sir mexanizmi zamburug‘larning hujayralarida 14a-demetilaza fermentining yaqqol ingibisiya qilish va buning natijasida zamburug‘ va mog‘or hujayra devorining asosiy komponenti ergosterolning sintezini susayishi bilan bog‘liqdir.

Blastomyces dermatitidis, Candida spp., Coccidioides immitis, Cryptococcus neoformans, Epidermophyton spp., Histoplasma capsulatum, Microsporum spp., va  Trichophyton spp. chaqirgan, mikozlarning qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol. Uzoq vaqt qo‘llanishi oqibatida flukonazol Candida spp. ning ba‘zi shtammlariga ta‘sir qilmaydi.

Boshqa azol zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan kesishgan chidamlilik kuzatilgan.

Mikrobiologik o‘zaro ta‘siri: in vitro tajribalarda Candida albicans ga, nisbatan terbinafil va flukonazolning sinergik zamburug‘larga qarshi samarasi aniqlangan.

 

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng flukonazol yaxshi so‘riladi. Biokiraolishligi kamida 90% ni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyasiga (Smax) flukonazol qabul qilingandan so‘ng 1-2 soatdan keyin erishiladi. Plazmadagi konsentrasiyasi taxminan 50-400 mg chegaralarida dozaga proporsional. Preparat takroran qabul qilinganida plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasi oshadi. Muvozanatli konsentrasiyaga 5-10 kun davomida erishiladi, ammo zarb doza buyurilganida 2 kundan so‘ng erishishi mumkin.

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi past (taxminan 12%). Flukonazol organizmning barcha suyuqliklariga yaxshi o‘tadi. Ko‘krak suti, so‘lak, balg‘am, sinovial, vaginal va peritoneal suyuqliklarda flukonazolning darajasi plazmadagi uning konsentrasiyasi bilan o‘xshash. Zamburug‘li meningiti bo‘lgan bemorlarda orqa miya suyuqligidagi

flukonazolning darajasi, uning plazmadagi darajasining taxminan 50-90% ni tashkil qiladi.

Flukonazol asosan buyraklar orqali chiqariladi; qabul qilingan dozaning taxminan 80% o‘zgarmagan ko‘rinishda siydikda aniqlanadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 30 soatni tashkil qiladi. Flukonazolning klirensi kreatininning klirensiga proporsionaldir. Flukonazol dializ bilan chiqariladi.

 

Qo‘llanilishi

  • kriptokokkoz, shu jumladan kriptokokkli meningit va ushbu infeksiyani boshqa joyda (shuningdek o‘pka, terida) joylashgan normal immun javobi bo‘lgan bemorlar, hamda har xil shaklli immunosupressiyasi bo‘lgan bemorlar (shuningdek OITS bilan kasallangan bemorlar, a‘zolar transplantasiyasida); preparat OITS bilan kasallangan bemorlarda kriptokokkli infeksiyalarini oldini olish uchun ham qo‘llanilishi mumkin;
  • yoyilgan kandidoz, shu jumladan kandidemiya, disseminasiyalangan kandidoz va boshqa invaziv kandidozli infeksiyalar (qorin pardasi, endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llarining infeksiyalari). Davolash havfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda, intensiv davolash bo‘limi bemorlarida, immunosupressiv yoki sitostatik terapiya kursini o‘tayotgan bemorlarda, shuningdek kandidoz rivojlanishiga moyil boshqa omillar bo‘lgan hollarda o‘tkazilishi mumkin;
  • shilliq qavat kandidozi, shuningdek og‘iz va xalqum bo‘shlig‘i (shuningdek protezlarini taqish bilan bog‘liq og‘iz bo‘shlig‘ining atrofik kandidozi), qizilo‘ngach, noinvaziv bronx­o‘pka kandidozi, kandiduriya, teri kandidozi; OITS bilan kasallangan bemorlarda orofaringeal kandidozni qaytalanishini oldini olish;
  • genital kandidoz: qin kandidozi (o‘tkir va surunkali qaytalanuvchi), qin kandidozini qaytalanishlari sonini kamaytirish maqsadida oldini olish (yilda 3 va undan ortiq epizodlar); kandidozli balanit;
  • sitostatik kimyoterapiya yoki nur bilan davolash natijasida zamburug‘li infeksiyalarga moyil havfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda infeksiyani oldini olish;
  • teri mikozi, shuningdek oyoq panjasi, tana, chov sohasining mikozi; tangali temiratki, onixomikoz; teri kandidozi;
  • immuniteti normal bo‘lgan bemorlarda chuqur endemik mikozlar, shuningdek, koksidiomikoz, parakoksidiomikoz, sporotrixoz va gistoplazmoz.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi. Sutkalik doza zamburug‘li infeksiyaning xarakteri va og‘irligiga bog‘liq.

OITS bilan kasallangan bemorlarda orofaringeal kandidozning qaytalanishini oldini olish uchun dastlabki davolashning to‘liq kursi tugatilganidan so‘ng, preparat haftada     bir marta 150 mg dozada yoki 50 mg kuniga 1 martadan 7 kun buyurilishi mumkin.

Vaginal kandidozda flukonazol  ichga bir marta 150 mg dozada qabul qilinadi. Vaginal kandidozning qaytalanishini kamaytirish uchun preparat oyda 1 marta 150 mg dozada qo‘llanilishi mumkin. Davolash davomiyligi individual tanlanadi; u 4 oydan 12 oygacha davom etishi mumkin. Ba‘zi bemorlarga tez­tez qo‘llash talab qilinishi mumkin.

Candida chaqirgan balanitda flukonazol ichga bir marta 150 mg dozada buyuriladi.

Teri mikozlarida, shu jumladan oyoq panjalari, tizzalar, chov sohasi mikozlarida va teri kandidozlarida tavsiya qilingan doza haftada bir  marta 150 mg ni yoki sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi. Davolash davomiyligi odatiy xollarda 2­4 hafta, biroq oyoq panjalari mikozida uzoqroq davolash talab qilinishi mumkin (6 haftagacha).

Tangali temiratkida ­ 2 hafta davomida haftada bir marta 300 mg, ba‘zi bemorlarga haftada 300 mg li uchinchi doza kerak bo‘ladi, boshqa xollarda bir martalik 300 mg qabul qilish yetarli bo‘ladi.

Onixomikozda tavsiya qilingan doza haftada bir marta 150 mg yoki 50 mg kuniga 1 martadan 7 kunni tashkil qiladi. Davolashni infeksiyalangan tirnoq almashgunigacha (infeksiyalanmagan tirnoq o‘sib chiqqunigacha) davom ettirish kerak. Qo‘l barmoqlari va oyoq panjalaridagi tirnoqlar qayta o‘sishi uchun odatda 3­6 va 6­12 oy kerak bo‘ladi.

Bolalarda kattalarniki kabi infeksiyalarda davolash davomiyligi klinik va mikologik samaraga bog‘liq. Bolalarda kattalarnikidan yuqori bo‘lgan dozani qo‘llash mumkin emas. Preparat har kuni sutkada bir marta qabul qilinadi.

Shilliq qavat kandidozida flukonazolning tavsiya qilingan dozasi sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Birinchi kuni doimiy barqaror konsentrasiyaga tez erishish maqsadida

6 mg/kg li zarb doza buyurilishi mumkin. Yoyilgan kandidozni yoki kriptokokli infeksiyalarni davolash uchun tavsiya qilingan doza kasallikni og‘irligiga qarab, sutkada 6­12 mg/kg ni tashkil qiladi.

Infeksiyani rivojlanish xavfi sitotoksik kimyoterapiya yoki  nur bilan davolash natijasida rivojlanuvchi neytropeniya bilan bog‘liq bo‘lgan immuniteti past bolalarda zamburug‘li infeksiyalarni oldini olish uchun preparat sutkada 3­12 mg/kg dan indusiyalangan neytropeniyaning yaqqolligi va saqlanishining davomiyligiga qarab buyuriladi.

Bolalar uchun maksimal sutkalik doza 12 mg/kg ni tashkil qiladi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozalash

Flukonazol asosan siydik bilan  o‘zgarmagan holda chiqariladi. Bir marta qabul qilinganida dozani o‘zgartirish kerak emas.

Buyrak faoliyati buzilishi bo‘lmagan keksa yoshdagi bemorlarda preparatning odatdagi dozalash tartibiga rioya qilish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tirishishlar.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorin og‘rig‘i, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izda yoqimsiz ta‘m, juda kam – gepatotoksiklik (OITS yoki xavfli o‘smalar bo‘lgan bemorlarda).

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, trombositopeniya, gipokalemiya.

Allergik reaksiyalar: yakka xollarda – anafilaktik reaksiya; juda kam – qichishish, teri toshmasi, ammo ayniqsa OITS bo‘lgan bemorlarda eksfoliativ teri reaksiyalari, shu jumladan toksik epidermal nekroliz va Stivens-Djonson sindromi kuzatilishi mumkin; angionevrotik shish, Layell sindromi (bunday xollarda davolash darhol to‘xtatiladi).

Moddalar almashinuvi tomonidan: plazmada xolesterin va trigliseridlarning darajasini oshishi.

Boshqalar: alopesiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Flukonazolga, boshqa azol birikmalarga yoki preparatning yordamchi moddalarning har qandayiga yuqori sezuvchanlik.

Flukonazolni ko‘p martalab sutkada 400 mg dan va undan ko‘proq dozada qabul qiladigan pasientlarda, flukonazolni terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llanishi (qayta qo‘llash ta‘sirini o‘rganish natijalariga ko‘ra) mumkin emas.

Flukonazolni boshqa QT intervalini uzaytiruvchi va CYP3A4 enzimlari bilan metabolizmga uchraydigan dori vositalari (astemizol. pimozid, xinidin, terfenadin, sizaprid) bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada flukonazolning konsentrasiyasi pasayadi.

Gidroxlortiazid va flukonazolni bir vaqtda qo‘llash plazmada oxirgisining konsentrasiyasini klinik ahamiyatsiz oshishiga olib keladi. Flukonazol sitoxrom R450 (CYP3A4 va CYP2C9) fermentini ingibirlaydi, shuning uchun ba‘zi dori vositalarning metabolizmiga ta‘sir qilish mumkin, shu bilan plazmada bozentan, siklosporin, midazolam, nortriptilin, fenitoin, rifabutin, gipoglikemik preparatlar (sulfonilmochevinaning hosilalari), nateglinid, selektiv siklooksigenaza-2-ingibirlari (selekoksib, parekoksib), takrolimus, triazolam, varfarin va zidovudinning konsentrasiyasini oshiradi.

Flukonazol sulfametoksazolning toksik metabolitini hosil bo‘lishini ingibirlashi mumkin.

Flukonazol sizaprid, terfenadin va astemizol bilan bir vaqtda qo‘llanganida plazmada ularning konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu QT intervalni uzayishiga va jiddiy aritmiyalar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Flukonazol qabul qilayotgan pasientlarga sizaprid, terfenadin va astemizolni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Bir vaqtda qabul qilinganida Flukonazol teofillinning klirensini pasaytiradi.

Bir vaqtda qo‘llanganida flukonazol qabul qilayotgan bemorlarda kontraseptiv steroidlarning konsentrasiyalari pasayishi yoki oshishi kuzatilishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyrak faoliyati buzilgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi, chunki flukonazol asosan siydik bilan chiqariladi. Flukonazol kursli qo‘llanganida dozalash tartibi kreatinin klirensini hisobga olib belgilanadi.

Jigar faoliyati buzilgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolash vaqtida mumkin bo‘lgan toksik samaralarni aniqlash maqsadida jigar fermentlarining darajasini va pasientning holatini muntazam nazorat qilish kerak. Flukonazolni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jigarning shikastlanishini klinik belgilari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Bemorda toshma paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak.

Bullyoz shikastlanishlari yoki ko‘pshaklli eritema paydo bo‘lganida Flukonazolni bekor qilish kerak.

Preparat qo‘llanganida kam hollarda anafilaktik reaksiya kuzatilganligini ko‘zda tutish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlikda va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘irroq hollarda – tirishishlar bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish va simptomatik davolash tavsiya qilinadi. Flukonazolni siydik bilan chiqarilishi tufayli jadallashtirilgan diurez uning chiqarilishini oshiradi. 3 soat davomida gemodializ o‘tkazish, plazmada flukonazolning konsentrasiyasini teng yarimiga pasaytiradi.

Chiqarilish shakli

50 mg 4 kapsulalar blisterda yoki 150 mg 1 kapsula blisterda, ichga qabul qilish uchun kapsulalar, 1 kapsula blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda. 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

50 mg resept bo‘yicha.

150 mg №1 reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 dori vositasi Protech Biosystems Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PROKANAZOL kapsulalar 50mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
NOFLUK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
FLYUDAR kapsulalar 150mg N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
STERINAZOL kapsulalar 150mg N4
Narh: 99 700 so'mdan Batafsil
VIZANAK NEO kapsulalar 150mg N1
Narh: 24 100 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
VIZANAK infuziya uchun eritma 200mg/100ml
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «АСТРАФАРМ»
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MIKOZEVS NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MIKOZEVS NEO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
VIZANAK NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
FLYUKO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
FLYUKO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
SITONAZOL NEO eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITABRIN inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
PROKOF sirop 100ml 15mg/5ml
KOAMOZEF 1200 poroshok 1000mg+200mg
SEFOPERAZON poroshok 1g N50
SEFOPERAZON poroshok 1g N1
Narh: 10 800 so'mdan Batafsil
PROSIPRO tabletkalari 500mg N10
PROSIPRO tabletkalari 250mg N10
PROPINEM poroshok 1g
PROMEZ kapsulalar 20mg N30
SEFOSON poroshok 1000 mg+1000 mg
SEFOSON poroshok 500 mg+500 mg
SEFOSON poroshok 250 mg+250 mg
LADEF poroshok 1g
LADEF poroshok 500mg
FASLAZEF tabletkalari 180mg N10
PROKANAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROKSIM poroshok 750mg
PROSEFTAZDIM poroshok 1g
PROPINEM poroshok 500mg
PROLID tabletkalari 100mg N10
FILOKASIN 500 inyeksiya uchun eritma 2ml 250mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFTRA FORTE poroshok 1000 mg/125 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
PROSEF FORTE poroshok 1000 mg/500 mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: PROTECH BIOSYSTEMS PVT. LTD
KETRON eritma 1 ml 30 mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
SEFTRA poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Protech Biosystems Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9