×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Remetik

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A02AX
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

SENADEKSIN tabletkalari N10 УЗХИМФАРМ, АО O'zbekiston
1 200 s`om dan
ROTABIOTIK kapsulalar N25 Rotapharm Limited, Великобритания произведено: Kendy Ltd Bolgariya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Remetik qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YIICHA YO‘RIQNOMA

REMETIK®

REMETIC®

 

Preparatning savdo nomi: Remetik®

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon.

Dori shakli: Suspenziya.

Tarkibi:

5 ml suspenziya saqlaydi:

Ta‘sir etuvchi moddalar: alyuminiy gidroksidi – 405 mg, magniy gidroksidi – 100 mg, simetikon – 125 mg.

Yordamchi moddalar: 70% sorbitol, mannitol, vodorod peroksidi, metilparaben, propilparaben, suvsiz limon kislotasi, natriy saxarinati, 95% etanol, qalampir yalpiz moyi, guaron qatroni, tozalangan suv.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos yalpiz hidli suspenziya.

Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita (antasidlar).

ATX kodi: A02AV10

Farmakologik xususiyatlari

Preparat faol moddalarning yaxshi muvozanatlangan majmuasidir.

Alyuminiy gidroksidi – me‘dada alyuminiy xloridini hosil qilib, xlorid kislotaning ortiqcha miqdorini neytrallaydi. Alyuminiy xloridi xlorid kislotasi ta‘siri ostida alyuminiyning ishqoriy tuzlariga aylanadi, ular juda yomon qayta so‘riladi, ammo me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi. Bunda qon zardobida alyuminiy ionlarining miqdori deyarli o‘zgarmaydi.

Magniy gidroksidi – shuningdek magniy xloridiga aylanib, me‘dada xlorid kislotasini neytrallaydi. Ichakda bu tuz yomon so‘riladigan magniy karbonatni hosil qiladi va qonda magniy ionlarini konsentrasiyalarini sezilarli o‘zgartirmaydi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon zardobida magniy va alyuminiy ionlarining darajasi, ularni chiqarilishini buzilishi oqibatida toksik ko‘rsatkichlargacha oshishi mumkin.

Simetikon – butun me‘da-ichak yo‘llari bo‘ylab ta‘sir qiladi va inert birikma hisoblanadi. Karminativ ta‘sir (meteorizmni bartaraf qiluvchi ta‘sir) ko‘rsatadi. Fazalar bo‘linish chegarasida sirt tarangligini pasaytiradi, bu havo pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va me‘da-ichak yo‘llarining shillig‘i va ichidagi osilmalarida ularni parchalanishga yordam beradi. Simetikonni antasidlar bilan qo‘llanganda ularning o‘rab oluvchi samarasini kuchaytiradi va shu yo‘l bilan shilliq qavatini agressiv omillar ta‘siridan himoya qiladi. U boshqa moddalarni so‘rilishga ta‘sir qilmaydi, to‘planmaydi va to‘planib qolishga yordam bermaydi, me‘da-ichak yo‘llarini rH va kimyoviy muhitini o‘zgartirmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Preparat umuman, erkin xlorid kislotasiga nisbatan yuqori neytrallovchi va me‘da-ichak yo‘llarini shilliq qavatiga nisbatan himoyalovchi xususiyatlar bilan ta‘minlanishga yordam beradi. Antasid, o‘rab oluvchi va so‘rib oluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Xlorid kislotasini neytrallashi hisobiga kislotalik muhitni susaytiradi, uni bir xil darajada tutib turadi.

 

 

Qo‘llanilishi

  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishlarini oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida).
  • o‘tkirgastrit, surunkali gastritni zo‘rayishi bosqichi;
  • difragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi;
  • reflyuks-ezofagit;
  • duodenit;
  • diskomfort, meteorizm, epigastriyada og‘riqlar, noto‘g‘ri ovqatlanish paytida paydo bo‘ladigan nordon kekirish, alkogolni, qahvani, nikotinni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilish.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun suspenziya.

Qo‘llashdan avval suspenziyali flakonni yaxshilab chayqating. Kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) dan ovqatdan 30-40 minut oldin sutkada 4 marta (agar shifokor tomonidan boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa) qabul qilish kerak.

Reflyuks- ezofagitda preparatni shuningdek 2 choy qoshik (10 ml) dan ovqatdan bir soatdan keyin qabul qilinadi.

Epizodik qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlangandagi diskomfort) 2 choy qoshiq (10 ml) dan bir marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml).

10 yoshdan katta bolalar uchun bir choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 2 marta ovqatdan 1 soatdan keyin (agar shifokor tomonidan boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa) buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta‘m sezishni o‘zgarishi.

Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda  yuqori dozalarda qabul qilinganda alyuminiyni buyraklar orqali chiqarilishini buzilishi va uni suyaklarda to‘planishi bilan bog‘liq osteomalyasiya kuzatilishi mumkin, uzoq qo‘llanganda gipofosfotemiya rivojlanishi mumkin bo‘lib, u og‘irroq shakllarda anoreksiyaga, mushak holsizligiga va osteomalyasiyaga olib kelishi mumkin.

Boshqalar: artralgiyalar, Alsgeymer kasalligini zo‘rayishi (keksa odamlarda) kuzatiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari;

– 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar;

– homiladorlik va laktasiya davri.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Remetik dori preparatlar: tetrasiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, H2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, temir tuzlari, siprofloksasin, fenotiazin, izoniozid, beta-adrenoblokatorlar, indometasin va ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning terapevtik samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni jigar va markaziy nerv tizimi kasalliklari: alkogolizm va tutqanoq bilan og‘rigan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qabul qilishlar o‘rtasida interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak.

Zarurat bo‘lganida preparat buyrak, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi pasientlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokorning nazorati ostida buyuriladi. Preparatni uzoq qo‘llanganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Preparat pasientning psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: kalsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, noadekvat xulq).

Davolash: zarur bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Suspenziya 100, 200 ml dan flakonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.

Saqlash sharoiti

Kuruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Remetik dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Remetik dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Remetik dori vositasi Remedy Group OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Remetik dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Remetik dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLEGRA sirop 50ml 5mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
TENZAL tabletkalari 5mg N30
TENZAL tabletkalari 10mg N30
LINOZID tabletkalari N30
NOVIRUS granuli 2,0g N10
ALLEGRA tabletkalari N10
Другие формы препарата
REMETIK suspenziya 100ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
REMETIK suspenziya 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Remetik
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Алюминия гидроксид (альгельдрат), гидроксид магния ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group OT MChJ
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9