×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VITAKSON poroshok 0,5g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Antibiotiklar (tsefalosporinlar guruhi).
Faol modda:
Цефтриаксон
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- J01DA13
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

GERAL tabletkalari 500mg N10 GM Pharmaceuticals Ltd, OOO Gruziya
60 000 s`om dan
ORDIGIL tabletkalari 500mg N10 VMG Pharmaceuticals Pvt. Ltd Hindiston
37 000 s`om dan
VELKUIN infuziya uchun eritma 100ml 0,5% N1 Unosourсe Pharma LTD, Индия произведено: Acums Drugs & Pharmaceuticals Ltd Hindiston
39 000 s`om dan
LEVOFLOKSASIN kapsulalar 250mg N10 Radiks, НПП O'zbekiston
8 000 s`om dan
Yaroqlilik muddati (oy) 36
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!

Tarkibi:

seftriakson natriyli tuzi (tseftriaksonga qayta hisoblanganda) - 0,5 g yoki 1,0 g.

Chiqarilish shakli

0,5 g yoki 1,0 g flakonlarda. 



In'ektsion eritma tayyorlash uchun kukun.
seftriakson natriyli tuzi (tseftriaksonga qayta hisoblanganda) - 0,5 g yoki 1,0 g.
Seftriakson – parenteral qo‘llash uchun uzoq ta'sirga ega III avlod sefalosporin antibiotigi. Bakteritsid ta'siri hujayra membranasi sintezini susaytirishi bilan bog‘liq. Seftriakson in vitro sharoitda ko‘pchilik grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Seftriakson grammusbat va grammanfiy bakteriyalarning ko‘pchilik beta-laktamazalariga (xam penitsillinazalar, ham sefalosporinazalarga) nisbatan juda katta chidamliligi bilan xarakterlanadi. In vitro sharoitlarda va klinik infektsiyalarda seftriakson odatda quyidagi mikroorganizmlarga nisbatan faol: grammusbat aeroblar: Straphylococcus aureus (shu jumladan penitsillinazani hosil qiluvchilar), koagulazo-manfiy stafilokokklar Streptococcus pneumoniae, Streptococcus ning A guruhi (Str. pyogenes), Streptococcus ning V guruhi (Str. agalactiae), Streptococcus viridans. Izoh. Metitsillinga chidamli Staphylococcus spp., shuningdek Enterococcus ning ko‘pchilik shtammlari (masalan E. faecalis, Enterococcus faecium va Listeria monocytogenes) sefalosporinlarga, shu jumladan seftriaksonga ham chidamlilik namoyon etadi.. grammanfiy aeroblar: Aeromonas spp., Alcaligenes spp., Branhamella catarrhalis (β-laktamazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan shtammlari), Citrobacter spp., Enterobaster spp. (ayrim shtammlari rezistent), Escherichia coli, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella spp., Morganella morgani, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Plesiomonas shigelloides, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (ayrim shtammlari rezistent), Salmonella spp. (shu jumladan S. typhi), Klebsiella spp. (shu jumladan K. pneumoniae), Serratia spp. (shu jumladan S. marcescens), Shigella spp., Vibrio spp., Yersinia spp. (shu jumladan Y. enterocolitica). Izoh. Yuqorida ko‘rsatilgan penitsillinlar, ancha avvalgi sefalosporinlar va aminoglikozidlarga chidamli bo‘lgan mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari, seftriaksonga sezgirdir. Treponema pallidum in vitro sharoitlarda seftriaksonga sezgir. Klinik tadqiqotlar, seftriaksonga chidamli bo‘lgan P.aeruginosa ning klinik shtammlaridan tashqari seftriakson birlamchi va ikkilamchi sifilisda samaradorligini ko‘rsatdi. Anaeroblar: Bacteroides spp. (shu jumladan B. fragilis ning ayrim shtammlari), Clostridium spp. (shu jumladan Cl. dificile), Fusobacterium spp. (F. mostiferum. F. varium dan tashqari), Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp. Izoh. Bacteroides spp. ning beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi shtammlaridan ko‘pchiligi (xususan, B. fragilis), seftriaksonga chidamli.
Seftriakson uzoq muddatli yarim chiqarilish davri bilan farq qiladi va sog‘lom ko‘ngillilarda taxminan 8 soatni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilgandan keyin qon plazmasidagi kontsentratsiyasi mushak ichiga yuborilgandagi kontsentratsiyasiga teng. Bu, mushak ichiga yuborilgandan keyin seftriaksonning biokiraolishligi 100% ni ekanligini anglatadi.. Vena ichiga yuborilgandan keyin seftriakson to‘qima suyuqligiga tez kiradi, u yerda 24 soatdan ortiq vaqt davomida sezgir qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan bakteritsid kontsentratsiyalari tutib turiladi. Chiqarilishi Sog‘lom ko‘ngillilarda seftriaksonning yarim chiqarilish davri taxminan 8 soatni tashkil qiladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining birinchi 8 kunida, shuningdek 75 yoshdan oshgan shaxslarda yarim chiqarilish davri o‘rtacha 2-3 marta ortiq. Kattalarda 50-60% seftriakson o‘zgarmagan holda buyrak orqali va 40-50% safro bilan chiqariladi. Ichak florasi seftriaksonni nofaol metabolitlarga aylantiradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak orqali dozaning taxminan 70% chiqariladi. Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda seftriaksonning farmakokinetikasi biroz darajada o‘zgaradi, yarim chiqarilish davrini biroz oshishi kuzatiladi xolos. Agar faqat jigar funktsiyasi buzilgan bo‘lsa, buyrak orqali chiqarilishi kuchayadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi Seftriakson alьbumin bilan qaytuvchan bog‘lanadi va ayni paytda bog‘lanish darajasii kontsentratsiyasi oshgani sayin kamayib boradi, masalan, preparatning qon zardobidagi kontsentratsiyasi 100 mg/l dan kam bo‘lganida seftriaksonni oqsillar bilan bog‘lanishi 95% ni tashkil qiladi, 300 mg/l kontsentratsiyada – 85%. To‘qima suyuqligida alьbumin kontsentratsiyasi kamligi tufayli, undagi erkin seftriaksonning ulushi, qon plazmasidagidan yuqori. Orqa miya suyuqligiga o‘tishi: Bolalarda, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriakson yallig‘langan miya pardalariga o‘tadi. Bakterial meningitda seftriaksonning serebrospinal suyuqligidagi o‘rtacha kontsentratsiyasi, qon zardobidagi kontsentratsiyasining 17% ni tashkil qiladi, bu aseptik meningitdagi kontsentratsiyasidan deyarli 4 marta yuqoridir. Seftriaksonni tana vazniga 50-100 mg/kg dozada vena ichiga yuborilganidan keyin 24 soatdan so‘ng serebrospinal suyuqligida 1,4 mg/l dan ortiq kontsentratsiyasi kuzatiladi. Meningiti bo‘lgan katta patsiyentlarda tana vazniga 50 mg/kg dozada yuborilganidan so‘ng 2-24 soat o‘tganidan keyin, meningitning eng tarqalgan qo‘zg‘atuvchilariga qarshi minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiyalaridan ko‘p marta ortiq kontsentratsiyalariga erishiladi. Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va kichik kontsentratsiyalarda – ko‘krak sutiga o‘tadi.
Infektsiyalar: jinsiy yo‘llarning mikozi, ikkilamchi zamburug‘li infektsiyalar va rezistent mikroorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsiyalar. Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan: eozinofiliya, neytropeniya, leykopeniya, granulotsitopeniya, anemiya, shu jumladan gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, protrombin vaqtini oshishi, koagulyatsiyani buzilishlari. Juda kam hollarda, asosan 20 g yoki undan ortiqroq umumiy doza qo‘llanganidan keyin agranulotsitoz (<500/mm3) holatlari kuzatilgan. Uzoq muddatli davolash vaqtida kengaytirilgan qon tahlilini muntazam o‘tkazish lozim. Protrombin vaqtini biroz oshishi to‘g‘risida xabar berilgan. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, glossit, va ehtimol o‘t chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanuvchi pankreatit. Bu nojo‘ya reaktsiyalardan ko‘pchiligi o‘t chiqarish yo‘llarida dimlanish xavf omillari bo‘lgan patsiyentlarda, masalan anamnezdagi davolanish, og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanishda kuzatilgan. Bunda pankreatitni rivojlanishida o‘t chiqarish yo‘llarida seftriaksonning ta'siri ostida pretsipitatlarning rolini inkor etish mumkin emas, shuningdek psevdomembranoz enterokolit to‘g‘risida xabar berilgan. Gepatobiliar tizim tomonidan: bolalarda o‘t pufagida seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlarini muvofiq simptomatika bilan hosil bo‘lishi, bolalarda aylanma xolelitiaz. Ko‘rsatilgan holatlar kam hollarda bolalarda kuzatilgan; tarqalgan nojo‘ya reaktsiyalar – qon zardobida jigar fermentlari (AST, ALT, ishqoriy fosfatazaning) darajasini oshishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: teri toshmasi, allergik dermatit, qichishish, eshakemi, shishlar, ekzantema; ekssudativ ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: oliguriya, glyukozuriya, gematuriya, asosan preparatning katta sutkalik dozalarini (sutkada ≥ 80 mg/kg) yoki 10 g dan ortiq kumulyativ dozalarini olgan, shuningdek qo‘shimcha xavf omillari (suyuqlikni cheklangan iste'mol qilish, yotoq tartibi) bo‘lgan 3 yoshdan katta bolalarda buyrakda konkrementlarni hosil bo‘lishi kuzatilgan. Buyrakda konkrementlarni hosil bo‘lishi simptomsiz kechishi yoki klinik jihatdan namoyon bo‘lishi mumkin, yoki seftriakson bilan davolash to‘xtatilganidan keyin o‘tib ketuvchi buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin. Umumiy buzilishlar: bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi, isitma, et uvishishi, anafilaktik yoki anafilaktoid reaktsiyalar. Yakka hollarda vena tomirlarining devorini yallig‘lanish reaktsiyalari kuzatiladi. In'ektsiyalarni sekin (2-4 minut davomida) bajarib, ulardan saqlanish mumkin. Mahalliy reaktsiyalar: vena ichiga yuborilganda – flebitlar, vena bo‘ylab og‘riq; mushak ichiga yuborilganda – yuborish joyida og‘riq. Lidokain qo‘llamasdan mushak ichiga qilingan in'ektsiya og‘riqlidir. Kalьtsiy bilan o‘zaro ta'siri. Preparatni kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan, xatto alohida infuzion tizimlar qo‘llanganda xam, bir vaqtda buyurish yoki aralashtirish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasi va buyragida seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlari hosil bo‘lishi oqibatida oz miqdordagi letal holatlar ta'riflangan. Ayrim hollarda eritma yuboriladigan venalar xamda seftriaksonni va kalьtsiy saqlovchi eritmalarni yuborish vaqti xar xil bo‘lgan. Laborator ko‘rsatkichlar Kam hollarda seftriakson bilan davolanish vaqtida patsiyentlarda Kumbs reaktsiyasining soxta musbat natijalarini aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi seftriakson xam galaktozemiyaga sinamasining soxta musbat natijasini chaqirishi mumkin. Soxta musbat natijalar siydikda glyukoza miqdorini aniqlashda xam olinishi mumkin, shuning uchun seftriakson bilan davolanish vaqtida glyukozuriyani, lozim bo‘lsa, faqat ferment usul bilan aniqlash kerak, shuning uchun seftriakson bilan davolanish vaqtida glyukozuriyani faqat ferment usuli bilan aniqlash lozim.
Retsepti bo‘yicha.
Seftriaksonni buyurishda antibiotikoterapiya bo‘yicha rasmiy tavsiyalarga, xususan, antibiotikorezistentlikni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarga amal qilish lozim. Boshqa sefalosporinlarni qo‘llanganda bo‘lgani kabi, xatto batafsil anamnezda tegishli ko‘rsatmalar bo‘lmasada, seftriakson qo‘llanganda o‘lim bilan yakunlanuvchi anafilaktik reaktsiya holatlari to‘g‘risida xabar berilgan. Allergik reaktsiyalar yuz berganda preparatni darhol bekor qilish va tegishli davolashni buyurish lozim. Seftriaksonni allergik diatezlarga moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Seftriakson protrombin vaqtini oshirishi mumkin. Shu boisdan K vitamini tanqisligiga shubha qilinganda protrombin vaqtini aniqlash lozim. Deyarli barcha antibakterial preparatlarni, shu jumladan seftriaksonni qo‘llash fonida Slostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan og‘irlik darajasi bo‘yicha o‘rtacha diareyadan to o‘lim bilan yakunlanuvchi kolitgacha rivojlanishi mumkin diareya yuz berishi mumkin. Antibakterial preparatlar yo‘g‘on ichakning normal florasini o‘zgartiradi, bu Slostridium difficile ni xaddan ziyod o‘sishiga olib keladi. Slostridium difficile Slostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareyani rivojlanishiga olib keluvchi A va V toksinlarni ishlab chiqaradi. Toksinlarni xaddan tashqari ko‘p ishlab chiqaruvchi Slostridium difficile shtammlari yuqori kasallanish va o‘lim darajasini chaqirishi mumkin, chunki bu infektsiyalar antimikrob vositalarga rezistent bo‘lishi va kolektomiyani talab qilishi mumkin. Antibiotiklarni qo‘llaganda barcha patsiyentlarda Slostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareyani istisno qilish lozim. Batafsil tibbiy anamnezni yig‘ish lozim, chunki Slostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareya, antibakterial vositalarni qo‘llash tugaganidan keyin ikki oy davomida yuz berishi mumkin. Slostridium difficile bilan assotsiatsiyalangan diareyaga shubha tug‘ilganda yoki tasdiqlanganda, Slostridium difficile ga ta'sir qilmaydigan antibiotikoterapiyani bekor qilish lozim. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha tegishli miqdorda suyuqlik va elektrolitlar, oqsil qo‘shimchalarini, Slostridium difficile sezgir bo‘lgan antibiotikoterapiyani xamda jarrohlik tekshiruvini buyurish kerak. Seftriakson uzoq muddat davomida qo‘llash davomida preparatga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni nazorat qilishda qiyinchiliklar tug‘ilishi mumkin. Shu boisdan patsiyentlarni sinchkov kuzatish lozim. Superinfektsiya yuz bergan hollarda tegishli choralarni ko‘rish lozim. Seftriaksonni, odatda, tavsiya etilgan standart dozalardan ortiq dozalarda qo‘llagandan keyin, o‘t pufagini ulьtratovush tekshiruvida, tosh sifatida xato qabul qilinuvchi soyalar kuzatilishi mumkin. Ular seftriaksonning kalьtsiyli tuzini pretsipitatlari bo‘lib, davolash yakunlanganidan yoki to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoladi. Bunday o‘zgarishlar kam hollarda istalgan simptomatika bilan kechishi mumkin. Lekin shunday holatlarda xam konservatik davolash tavsiya etiladi xolos. Agar bu holatlar klinik simptomatika bilan kechsa, unda preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni shifokor qabul qiladi. Seftriakson yuborilgan bemorlarda, ehtimol, o‘t yo‘llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlangan pankreatitning yakka hollari ta'riflangan. Bu patsiyentlarning ko‘pchiligida, oldin o‘t yo‘llarida dimlanish xavfini omillari bo‘lgan, masalan, anamnezdagi davolash, og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral ozuqlanish. Bunday hollarda pankreatitni rivojlanishida o‘t yo‘llarida Seftriaksonning ta'siri ostida hosil bo‘luvchi pretsipitatlarning o‘rnini istisno qilib bo‘lmaydi. Seftriakson bilirubinni qon zardobida alьbuminlar bilan bog‘lanishidan siqib chiqarishi mumkin. Shuning uchun giperbilirubinemiyasi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda seftriaksonni qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang). Seftriaksonni aminoglikozidlar va diuretiklarni bir vaqtda olayotgan buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Preparatni kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan, xatto alohida infuzion tizimlar qo‘llanganda xam, bir vaqtda buyurish yoki aralashtirish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va chala tug‘ilgan bolalarda o‘pkada va buyrakda seftriakson va kalьtsiy preparatlarini bir vaqtda yuborilganda o‘lim bilan yakun topishiga olib keluvchi pretsipitatlarni hosil bo‘lishi hollari ta'riflangan. Shuningdek boshqa yosh guruhidagi patsiyentlarda seftriaksonni vena ichiga yuboriladigan kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llangandan keyin qon tomirlari ichida pretsipitatlarnir hosil bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgan. Shu boisdan vena ichiga yuboriladigan kalьtsiy saqlovchi eritmalarni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va boshqa yosh guruhidagi patsiyentlarda, seftriaksonning oxirgi dozasi yuborilgandan so‘ng kamida 48 soat davomida qo‘llash mumkin emas («Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar» bo‘limiga qarang). Immunitet bilan bog‘liq bo‘lgan gemolitik anemiya, sefalosporinlar, shu jumladan s yeftriakson qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan. Kattalar va bolalarda og‘ir gemolitik anemiya holatlari, shu jumladan letal holatlar to‘g‘risida xabar berilgan. Seftriakson qo‘llanganda anemiya rivojlanganda, seftriakson tomonidan chaqirilgan anemiyani istisno qilish va anemiyaning etiologiyasi aniqlangunga qadar preparatni bekor qilish kerak. Uzoq muddatli davolanish davrida periferik qon manzarasini muntazam nazorat qilish lozim. Bir-bir hollarda Seftriakson bilan davolanishda bemorlarda Kumbsning soxta musbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi, Seftriakson xam galaktozemiyaga o‘tkazilgan sinamada soxta musbat natijalarni chaqirishi mumkin. Soxta musbat natijalar siydikda glyukozani aniqlashda xam olinishi mumkin, shuning uchun seftriakson bilan davolashda glyukozuriyani aniqlash, zarurati bo‘lganida faqat fermentli usul yordamida aniqlash kerak. Homiladorlik yoki laktatsiya davrida qo‘llanilishi Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlik davrida ayollarda seftriaksonni qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Shuning uchun homiladorlik davrida preparatni faqat, shifokorning fikriga ko‘ra, ona uchun ijobiy samara homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin. Seftriakson kichik kontsentratsiyalarda ko‘krak sutiga o‘tadi. Shuning uchun seftriakson buyurilganda emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar. Preparat bolalarga «Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limida ko‘rsatilgan dozalashga muvofiq qo‘llanadi. Avtotransportni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobilyatiga ta'siri Seftriaksonni reaktsiya tezligiga ta'siri to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q, lekin bosh aylanishi yuz berishi mumkinligi tufayli, seftriakson transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin.
Seftriakson, qo‘zg‘atuvchilariga seftriaksonga sezgir bo‘lgan infektsiyalarni davolash uchun qo‘llanadi: - nafas yo‘llarining infektsiyalari, ayniqsa pnevmoniyalar, shuningdek quloq, tomoq va burun infektsiyalari; - qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, me'da-ichak yo‘llarining, o‘t chiqarish yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari); - buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari; - jinsiy a'zolarni infektsiyasi, shu jumladan gonoreya; - sepsis; - suyaklar, bo‘g‘imlar, biriktiruvchi to‘qima, teri infektsiyalari, shuningdek jarohat infektsiyalari; - immun tizimining faoliyati susaygan patsiyentlardagi infektsiyalar; - meningit; - disseminirlangan Laym borreliozi (kasallikni erta va kechki bosqichlari). Me'da-ichak yo‘llari, o‘t chiqarish yo‘llari, siydik ichqarish yo‘llarining a'zolaridagi jarrohlik aralashuvlarida va ginekologik muolajalarda operatsiyadan oldingi infektsiyalarni oldini olishda, lekin faqat potentsial yoki ma'lum kontaminatsiya bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Seftriaksonni buyurganda antibiotikterapiya bo‘yicha rasmiy tavsiyalarga, xususan antibiotikorezistentlikni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni amal qilish lozim.
Sefalosporinlarga, penitsillinlarga yoki anamnezdagi boshqa β-laktam antibiotiklariga, lidokainga yoki boshqa amidli mahalliy og‘riqsizlantiruvchi dori vositalariga (mushak ichiga yuborilganda) yuqori sezuvchanlik. Seftriaksonni 41 haftalikka yetkazilgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga ona qornida rivojlanish muddatini hisobga olib (gestatsion davri + tug‘ilganidan keyingi yoshi) buyurish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda giperbilirubinemiya. Seftriakson bilirubinni qon zardobidagi alьbumin bilan bog‘idan siqib chiqarishi mumkin, bu bilirubin chaqirgan entsefalopatiyani rivojlanish xavfiga olib kelishi mumkin. Seftriakson yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining 28 kunigacha kalьtsiy saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan, shu jumladan kalьtsiy saqlovchi, masalan parenteral oziqlanish uchun vena ichiga eritmalarni quyish bilan davolash zaruratiga ko‘ra (yoki kutilgan zarurat yuzasidan), seftriaksonning kalьtsiyli pretsipitatlarini paydo bo‘lish xavfi tufayli qo‘llash mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarning o‘pkasi va buyragida pretsipitatlarni paydo bo‘lish hollari ta'riflangan, ular seftriaksonni va kalьtsiy tuzlarini bir vaqtda yuborilganda o‘lim bilan yakunlanishiga olib kelgan. Bu holatlarning ayrimlarida seftriaksonni va kalьtsiy saqlovchi eritmalarni vena ichiga yuborish uchun aynan o‘sha infuzion tizimlar qo‘llangan, va vena ichiga yuborish uchun ayrim infuzion tizimlarda pretsipitatlarni paydo bo‘lishi kuzatilgan. Seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar (Ringer eritmasi) bilan qo‘llash aslo mumkin emas. Kalьtsiy saqlovchi eritmalarni seftriaksonni oxirgi marta yuborilganidan keyin 48 soat davomida buyurish mumkin emas.
Seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar (Ringer eritmasi) bilan qo‘llash aslo mumkin emas. Kalьtsiy saqlovchi eritmalarni seftriaksonni oxirgi marta yuborilganidan keyin 48 soat davomida buyurish mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va chala tug‘ilgan bolalarning o‘pkasi va buyragida pretsipitatlarni paydo bo‘lish hollari ta'riflangan, ular seftriaksonni va kalьtsiy tuzlarini bir vaqtda yuborilganda o‘lim bilan yakunlanishiga olib kelgan. Seftriaksonning yuqori dozalarini va furosemid kabi kuchli ta'sir qiluvchi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llanganda buyrak faoliyatini buzilishlari kuzatilmagan. Seftriakson aminoglikozidlarning buyrakka bo‘lgan toksikligini oshirishi yuzasidan ko‘rsatmalar yo‘q. Seftriakson qabul qilinganidan keyin darhol alkogolь qabul qilinganida disulьfiramning (teturamning) ta'siriga o‘xshash samaralar kuzatilmagan. Seftriakson, etanolni o‘zlashtira olinmasligini, shuningdek ayrim boshqa sefalosporinlarga xos bo‘lgan qon ketishlarini chaqirishi mumkin bo‘lgan N-metiltiotetrazol guruhni saqlamaydi. Probenetsid Seftriaksonni chiqarilishiga ta'sir qilmaydi. In vitro sharoitlarda xloramfenikol va seftriakson o‘rtasida antagonizm aniqlangan. Seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlarini paydo bo‘lish havfi tufayli, flakondagi Seftriaksonni eritish uchun yoki vena ichiga yuborish uchun tayyorlangan eritmani suyultirish uchun Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi kabi kalьtsiy saqlovchi erituvchilarni ishlatish mumkin emas. Seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlarini hosil bo‘lishi, shuningdek vena ichiga yuborish uchun bir infuzion tizimda Seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirilganda xam yuz berishi mumkin. Seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar, shu jumladan kalьtsiy saqlovchi eritmalar, masalan, parenteral oziqlanishda uzoq muddatli infuziyalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas («Qo‘llash usuli va dozalari» ga qarang). In vitro tadqiqotlar, seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarini pretsipitatlarini hosil bo‘lish xavfi chaqaloqlarda yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Seftriakson amzakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan nomutanosibligi xususida ma'lumotlar bor. Bakteriostatik vositalar sefalosporinlarning bakteritsid ta'sir samarasiga ta'sir qilishi mumkin. Seftriakson gormonal peroral kontratseptivlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Shu boisdan davolanish vaqtida va davolanishdan keyin 1 oy davomida qo‘shimcha (nogormonal) kontratseptsiya usullarini qo‘llash tavsiya qilinadi. Seftriakson va kalьtsiy saqlovchi peroral qabul qilinadigan mahsulotlar o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir va mushak ichiga in'ektsiyada seftriakson va kaltsiy saqlovchi mahsulotlar (vena ichiga yoki peroral qabul qilingan vositalar) o‘rtasidagi o‘zaro ta'sir to‘g‘risida xabarlar yo‘q. Nomutanosiblik Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi kabi kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Seftriakson amsakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan nomutanosib. «Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limida ko‘rsatilganidan tashqari, boshqa erituvchilar bilan aralashtirish mumkin emas. Boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalar bilan nomutanosib.
Quruq va yorug‘likdan himoyadangan joyda, 250 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Oq rangli yoki oq rangli sarg‘ish tusli kukun. Gigroskopik.
Preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin o‘zlashtira olinishiga sinama qo‘yilishi kerak. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: odatda 1-2 g seftriakson sutkada 1 marta (har 24 soatda) buyuriladi. Og‘ir infektsiyalarda yoki seftriaksonga sezgirligi o‘rtacha bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infektsiyalarda, sutkalik doza 4 g gacha oshirilishi mumkin. Bolalar Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: Yangi tug‘ilgan (2 haftalikkacha bo‘lgan) chaqaloqlar: tana vazniga 20-50 mg/kg sutkada 1 marta. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ferment tizimini yetilmaganligini hisobga olib, sutkalik doza 50 mg/kg oshmasligi kerak. Seftriakson 28 kunlik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kalьtsiy saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan davolash zarurati tug‘ilganda (yoki bunday zarurat kutilganda), shu jumladan kalьtsiy saqlovchi eritmalarni vena ichiga quyish, masalan parenteral oziqlanish uchun qo‘llash, seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarini pretsipitatlari hosil bo‘lishi xavfi tufayli, qo‘llash mumkin emas. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 20-80 mg/kg sutkada 1 marta buyuriladi. Tana vazni 50 kg va yuqori bo‘lgan bolalarda kattalar uchun yuborilgan doza qo‘llaniladi. Tana vazniga 50 mg/kg dan ortiq dozani kamida 30 minut davomidagi vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuborish kerak. Keksa yoshdagi patsiyentlar Keksa yoshdagi patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Davolash davomiyligi Davolash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Antibiotiklar davolanganda qabul qilinganidek, patsiyentlar harorat normallashganidan keyin va tahlillar qo‘zg‘atuvchi yo‘qligini ko‘rsatganidan so‘ng yana kamida 48-72 soat davomida Seftriaksonni qabul qilishni davom ettirishlari kerak. Kombinatsiyalangan davolash: Tadqiqotlar, seftriakson va aminoglikozidlar orasida ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sinergizm mavjudligini ko‘rsatdi. Bunday kombinatsiyalarning yuqori samaradorligini har doim xam oldindan aytib berish mumkin bo‘lmasligiga qaramasdan, ularni Pseudomonas aeruginosa chaqirgan og‘ir va hayot uchun xavf soluvchi infektsiyalarda hisobga olish lozim. Seftriakson va aminoglikozidlarning fizik nomutanosibligi tufayli, ularni tavsiya etilgan dozalarda alohida yuborish kerak! O‘ziga xos holatlarda dozalash Meningit: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 15 kunlikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi bakterial meningitda davolash sutkada 1 marta 100 mg/kg dozadan (lekin 4 g dan ortiq emas) boshlanadi. Qo‘zg‘atuvchi identifikatsiya qilinishi, va uning sezuchanligi aniqlanishi bilanoq, dozani muvofiq ravishda pasaytirish mumkin. Eng yaxshi natijalarga quyidagi davolash davomiyligida erishilgan. Neisseria meningitidis 4 kun Haemophilus influenzae 6 kun Streptococcus pneumoniae 7 kun Laym borreliozi. Kattalar va bolalarga - 50 mg/kg (yuqori sutkalik dozasi – 2 g), 14 kun davomida sutkada 1 marta buyuriladi. Gonoreya. Gonoreyani (penitsillinazani hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan shtammlar chaqirgan) davolash uchun 250 mg bir martalik dozani buyurish tavsiya qilinadi. Jarrohlikda infektsiyalarni oldini olish. Jarrohlikda operatsiyadan keyingi infetsiyalarni oldini olish uchun, zararlanish xavf darajasiga qarab, seftriaksonning 1-2 g bir martalik dozasini operatsiyadan 30-90 minut oldin yuborish tavsiya etiladi. Yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdagi operatsiyalarda seftriaksonni va 5- nitroimidazollardan birini, masalan ornidazolni bir vaqtda (lekin alohida) yuborish o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Buyrak va jigar yetishmovchiligi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, agar jigar funktsiyasi me'yorida qolsa, seftriaksonning dozasini pasaytirishga zarurat yo‘q. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, buyrak faoliyati me'yorida qolsa, seftriaksonning dozasini pasaytirishga zarurat yo‘q. Faqat buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidan oldingi bosqichida (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan kam bo‘lganida), preparatning sutkalik dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Bir vaqtda og‘ir jigar va buyrakning yetishmovchiligida qon plazmasida seftriaksonning kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak va zarurat tug‘ilgan hollarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Gemodializdagi patsiyentlarda, dializdan so‘ng preparatning qo‘shimcha doza yuborish talab qilinmaydi. Biroq dozaga tuzatish kiritish mumkinligi yuzasidan qon zardobida seftriaksonning kontsentratsiyasini muntazam nazorat qilish kerak, chunki bu patsiyentlarda yuborish tezligi pasayishi mumkin. Gemodializdagi patsiyentlar uchun seftriaksonning dozasi 2 g dan oshmasligi kerak. Eritmalarni tayyorlash Eritmalarni bevosita ularni qo‘llash oldidan tayyorlash kerak. Yangi tayyorlangan eritmalar o‘zining fizik va kimyoviy barqarorligini xona haroratida 6 soat davomida (yoki 2-8°S haroratda 24 soat davomida) saqlab qoladi. Kontsentratsiyasi va saqlash davomiyligiga qarab, eritmalarning rangi och-sariqdan qaxrabo rangligacha o‘zgarib turishi mumkin. Faol moddaning bu xususiyati preparatning samaradorligi yoki o‘zlashtira olinishiga ta'sir qilmaydi. Mushak ichiga yuboriladigan in'ektsiya. Mushak ichiga yuborish uchun 1 g preparat 1% lidokain eritmasining 3,5 ml da eritiladi; in'ektsiyani dumba mushagiga chuqur yuboriladi. Bir dumbaga ko‘pi bilan 1 g preparat yuborish tavsiya qilinadi. Lidokain saqlovchi eritmani vena ichiga yuborish mumkin emas! Vena ichiga yuboriladigan in'ektsiya. Vena ichiga in'ektsiya uchun 1 g Seftriakson 10 ml steril in'ektsiya uchun suvda eritiladi va vena ichiga asta-sekin (2-4 minut davomida) yuboriladi. Vena ichiga yuboriladigan infuziya. Vena ichiga infuziya kamida 30 minut davom etishi kerak. Vena ichiga quyishda eritmani tayyorlash uchun 2 g Seftriakson, kalьtsiy ionlaridan holi bo‘lgan quyidagi infuzion eritmalarning birining 40 ml da eritiladi:, 0,9% li natriy xloridi eritmasi 0,45% li natriy xloridi + 2,5% glyukoza eritmasi, 5% li glyukoza eritmasi, 10% li glyukoza eritmasi, 5% li glyukoza eritmasidagi 6% li dekstran, 6-10% li gidroksietil kraxmal, in'ektsiya uchun suv. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomutanosiblikni hisobga olib, seftriakson saqlovchi eritmalarni, xam tayyorlashda, xam yuborish vaqtida boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlarini paydo bo‘lish havfi tufayli, flakondagi seftriaksonni eritish uchun yoki vena ichiga yuborish uchun tayyorlangan eritmani suyultirish uchun Ringer eritmasi yoki Gartman eritmasi kabi kalьtsiy saqlovchi erituvchilarni ishlatish mumkin emas. Seftriaksonning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlarini hosil bo‘lishi, shuningdek vena ichiga yuborish uchun bir infuzion tizimda seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar bilan aralashtirilganda xam yuz berishi mumkin. Seftriaksonni kalьtsiy saqlovchi eritmalar, shu jumladan kaltsiy saqlovchi eritmalar, masalan, parenteral oziqlanishda uzoq muddatli infuziyalar bilan bir vaqtda yuborish mumkin emas («Dorilarning o‘zaro ta'siri” qarang).
Preparat bolalarga «Qo‘llash usuli va dozalar» bo‘limida ko‘rsatilgan dozalashga muvofiq qo‘llanadi.
Doza oshirib yuborilgan hollarda nojo‘ya reaktsiyalarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Gemodializ yoki peritoneal dializ preparatning kontsentratsiyasini pasaytirmaydi. Spetsifik antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilishini simptomatik davolanadi.
Seftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homiladorlik davrida ayollarda seftriaksonni qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Shuning uchun homiladorlik davrida preparatni faqat, shifokorning fikriga ko‘ra, ona uchun ijobiy samara homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin.

Seftriakson kichik konsentratsiyalarda ko‘krak sutiga o‘tadi. Shuning uchun seftriakson buyurilganda emizishni to‘xtatish kerak.

VITAKSON poroshok 0,5g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

VITAKSON®

Savdo nomi

Vitakson®

Halqaro patentlanmagan nomi

Yo‘q

Dori shakli

In‘eksiya uchun eritma

Tarkibi

1 ml preparat quyidagilarni saqdaydi:

Faol moddalar: 100% suvsiz moddaga qayta hisoblanganda 50 mg tiamin gidroxloridi, 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 50 mg piridoksin gidroxloridi, 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 0,5 mg sianokobalamin;

Yordamchi moddalar: lidokain gidroxloridi, benzil spirti, natriy polifosfati, kaliy geksasianoferrat III, 1M natriy gidroksidi eritmasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi

Tiniq, qizil rangli, o‘ziga xos hidli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi

V1 vitamini preparatlari, V6 vitamini va/yoki V12 vitamini bilan majmuada.

ATX kodi A11DB

Farmakologik xususiyatlari

Farmakokinetikasi

Tiamin parenteral yuborilgandan keyin organizmda taqsimlanadi. Tiaminning taxminan 1 mg har kuni metabolizmga uchraydi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Defosforilizasiyasi buyrakda amalga oshadi. Tiaminning biologik yarim parchalanish davri 0,35 soatni tashkil qiladi. Yog‘larda erishi cheklanganligi tufayli, tiaminni organizmda to‘planishi kuzatilmaydi.

V6 vitamini fosforlanadi va piridoksal-5-fosfatgacha oksidlanadi. Qon plazmasida piridoksal-5-fosfat va piridoksal albumin bilan bog‘lanadi. Transport qilinadigan shakli piridoksal hisoblanadi. Xujayra membranasidan o‘tish uchun albumin bilan bog‘langan piridoksal-5-fosfat ishqoriy fosfotaza tomonidan piridoksalgacha gidrolizga uchraydi.

V12 vitamini parenteral yuborilgandan keyint transport oqsil komplekslarini hosil qiladi, ular jigar, suyak ko‘migi va boshqa proliferativ a‘zolar tomonidan tez so‘riladi. V12 vitamini safroga tushadi va ichak-jigar sirkulyasiyasida ishtirok etadi. V12 vitamini yo‘ldosh orqali o‘tadi.

Farmakodinamikasi

V guruh neyrotrop vitaminlar nerv va harakat apparatining yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklarida ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ular tanqislik holatlarini bartaraf etish uchun qo‘llanadi, yuqori dozalarda esa og‘riq qoldiruvchi xususiyatlarga ega, qon aylanishini yaxshilanishiga yordam beradi, nerv tizimi va qon yaratish jarayonlarini ishini normallashtiradi.

V1 vitamini juda muhim faol modda hisoblanadi. Organizmda V1 vitamini biologik faol tiamindifosfat (kokarboksilaza) va tiamintrifosfat (TTR) hosil qilib fosforlanadi. Tiamindifosfat koenzim sifatida nerv to‘qimalarida almashinuv jarayonlarida muhim ahamiyatga ega uglevod almashinuvining muhim faoliyatlarida ishtirok etadi, sinapslarda nerv impulslarini o‘tkazilishiga ta‘sir ko‘rsatadi. V1 vitamini yetishmovchiligida to‘qimalarda metabolitlarni, birinchi navbatda sut va piruvat kislotalarini to‘planishi yuz beradi, bu turli patologik holatlar va nerv tizimi faoliyatini izdan chiqishiga olib keladi.

V6 vitamini o‘zining fosforlangan shakli bo‘yicha (piridoksal-5’-fosfat, PALP) aminokislotalarning umumiy oksidlanmaydigan metabolizmida o‘zaro ta‘sirlashuvchi bir qator fermentlarning koenzimi hisoblanadi. Dekarboksilizasiya orqali ular fiziologik faol aminlar (adrenalin, gistamin, serotonin, dopamin, tiramin), transaminizasiya orqadi – almashinuvning anabolik va katabolik jarayonlarida (masalan, glutamat-oksaloasetattransaminaza, glutamatpiruvattransaminaza, γ-aminomoy kislotasi, α-ketoglyutarattransaminaza), shuningdek aminokislotalarni parchalanishi va sintezining turli jarayonlarida ishtirok etadi. V6 vitamini triptofan metabolizmining 4 turli jarayonida ta‘sir ko‘rsatadi. Gemoglobin sintezi jarayonida V6 vitamini α-amino-β-ketoadinin kislotasini hosil bo‘lishini katalizasiya qiladi.

V12 vitamini xujayra metabolizmi jarayonlari uchun muhim. U qon yaratish faoliyatiga (anemiyaga qarshi tashqi omil) ta‘sir ko‘rsatadi, xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalari hosil bo‘lishida ishtirok etadi, og‘riqsizlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Qo‘llanilishi

Turli nevrologik kasalliklar:

  • nevritlar, nevralgiyalar, polineyropatiyalar (diabetik, alkogolli)
  • ildizcha sindromi
  • retrobulbar nevrit
  • yuz nervini shikastlanishida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga yuborish uchun buyuriladi.

Lidokain saqlovchi dori vositasini yuborishdan oldin preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlikka teri sinamasini o‘tkazish kerak, in‘eksiya joyida shish va qizarish undan dalolat beradi.

Og‘ir (o‘tkir) holatlarda davolash o‘tkir simptomlarni bartaraf etguncha sutkada 1 marta 2 ml eritmadan mushak ichiga yuborishdan boshlanadi. Davolashni davom ettirish uchun 2 ml (1 in‘eksiya) dan xaftada 2-3 marta buyuriladi. Davolash kursi kamida 1 oy davom etadi.

Mushak ichiga in‘eksiyani dumba mushagining tashqi yuqori kvadratiga amalga oshirish kerak.

In‘eksiyalarning terapevtik kursni tutib turish yoki davom ettirish uchun yoki qaytalanishni oldini olish uchun Vitakson, qobiq bilan qoplangan tabletkalar preparati tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

V6 vitaminini har kuni 50 mg dan yuqori dozalarda uzoq vaqt (6-12 oydan ko‘proq) qo‘llash periferik sensor neyropatiya, nerv qo‘zg‘alishi, lohaslik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘iga olib kelishi mumkin.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, me‘da shirasining kislotaligini oshishi.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (teri toshmasi, nafasni buzilishi, anafilaktik shok, Kvinke shishi), ko‘p terlash.

Teri tomonidan: qichishish, eshakemi, husnbuzar toshma, tarqalgan eksfoliativ dermatit, angionevrotik shish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, aritmiyalar, bradikardiya, yurak o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, yurakni ko‘ngdalang blokadasi, yurak faoliyatini to‘xtashi, periferik vazodilatasiya, kollaps, taxikardiya, arterial bosimni oshishi/pasayishi, yurakda og‘riq.

Nerv tizimi tomonidan: markaziy nerv tizimini (MNT) qo‘zg‘alishi (yuqori dozalarda qo‘llanilganda), bezovtalik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, ongni chalkashishi, uyquchanlik, hushdan ketish, koma; yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda – eyforiya, tremor, trizm, harakat bezovtaligi, paresteziyalar, tirishishlar.

Ko‘rish a‘zosi tomonidan: nistagm, qaytuvchan ko‘rlik, diplopiya, ko‘z oldida “jimirlash”, yorug‘likdan qo‘rqish, kon‘yunktivit.

Eshitish a‘zosi tomonidan: eshitishni buzilishi, quloqlarda shovqin, giperakuziya.

Nafas tizimi tomonidan: hansirash, rinit, nafasni susayishi yoki to‘xtashi.

Boshqalar: qo‘l-oyoqda qizish, sovush yoki uvishish hissi, shishlar, holsizlik, xavfli gipertermiya, sezuvchanlikni buzilishi, motor blok.

Umumiy buzilishlar: yuborish joyida reaksiyalar.

Tez parenteral yuborilgan hollarda tirishish ko‘rinishidagi tizimli reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • yurak o‘tkazuvchanligini o‘tkir buzilishlari
  • dekompensasiyalangan yurak yetishmovchiligining o‘tkir shakli
  • homiladorlik va laktasiya davri
  • bolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.

V1 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • allergik reaksiyalar

V6 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (chunki me‘da shirasining kislotaligi oshishi mumkin)

V12 vitaminini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • eritremiya, eritrositoz, tromboemboliya

Lidokainni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • lidokain yoki boshqa mahalliy og‘riqsizlantiruvchi amidlarga yuqori shaxsiy sezuvchanlik
  • anamnezida lidokainga tutqanoqsimon xurujlarning mavjudligi
  • og‘ir bradikardiya
  • og‘ir arterial gipotenziya
  • kardiogen shok
  • surunkali yurak yetishmovchiligining og‘ir (II-III darajadagi) shakllari
  • sinus tugunining zaifligi sindromi
  • Volf-Parkinson-Uayt sindromi
  • Adams-Stoks sindromi
  • II va III darajadagi atrioventrikulyar (AV) blokada
  • gipovolemiya
  • jigar/buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari
  • porfiriya
  • miasteniyada qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Tiaminning ta‘siri 5-ftorurasil tomonidan faolsizlantiriladi, chunki 5-ftorurasil tiaminni tiamin-pirofosfatga fosforlanishini ingibisiya qiladi. Kanalchalar reabsorbsiyasini tormozlovchi halqali diuretiklar, masalan furosemid uzoq vaqt davolaganda tiaminni chiqarilishini oshirishi va shu orqali tiaminning darajasini kamaytirishi mumkin.

Levodopa bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki V6 vitamini levodopaning parkinsonga qarshi ta‘sirini kamaytirishi mumkin. Piridoksin antagonistlari (masalan izoniazid, gidralazin, penisillamin yoki sikloserin), peroral kontraseptivlar bilan bir vaqtda qabul qilish V6 vitaminiga ehtiyojni oshirishi mumkin. Sulfitlar saqlovchi ichimliklarni (masalan vino) iste‘mol qilish tiaminning degradasiyasini oshiradi.

Lidokain narkoz uchun vositalar (geksobarbital, vena ichiga tiopental natriy), uxlatuvchi va sedativ vositalarning nafas markazlariga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi; digitoksinning kardiotonik ta‘sirini susaytiradi. Uxlatuvchi va sedativ vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘siri kuchayishi mumkin. Etanol lidokainning nafas faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi.

Adrenoblokatorlar (shu jumladan propranolol, nadolol) – jigarda lidokainning metabolizmini sekinlashtiradi, lidokainning samaralarini (shu jumladan toksik) kuchaytiradi va bradikardiya va gipotenziya rivojlanishi xavfini oshiradi.

Kuraresimon preparatlar – miorelaksasiya chuqurlashishi mumkin (hatto nafas mushaklarini falajigacha).

Norepinefrin, meksiletin – lidokainning toksiligi oshadi (lidokainning klirensi pasayadi).

Izadrin va glyukagon – lidokainning klirensi oshadi.

Simetidin, midazolam – qon plazmasida lidokainning konsentrasiyasi oshadi. Simetidin lidokainni oqsillar bilan bog‘idan siqib chiqaradi va jigarda faolsizlanishini sekinlashtiradi, bu lidokainning nojo‘ya ta‘sirini kuchayishi xavfini oshishiga olib keladi. Midazolam qonda lidokainning konsentrasiyasini biroz oshiradi.

Tirishishga qarshi vositalar, barbituratlar (shu jumladan fenobarbital) – jigarda lidokainning metabolizmi oshishi, qonda konsentrasiyasi kamayishi mumkin.

Antiaritmik preparatlar (amiodaron, verapamil, xinidin, aymalin, dizopiramid), tirishishga qarshi vositalar (gidantoin hosilalari) – kardiodepressiv ta‘siri kuchayadi; amiodaron bilan bir vaqtda qo‘llash tirishishlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Novokain, novokainamid – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda markaziy nerv tizimi qo‘zg‘alishi, gallyusinasiyalar kuzatilishi mumkin.

Monoaminoksidaza ingibitorlari, aminazin, bupivakain, amitriptilin, nortriptilin, imipramin – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi oshadi va lidokainning mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta‘siri uzayadi.

Narkotik analgetiklar (morfin va boshqalar) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda narkotik analgetiklarning og‘risizlantiruvchi samarasi kuchayadi, lekin nafasni susayishi ham kuchayadi.

Prenialmin – “piruet” tipidagi qorinchalar aritmiyasi rivojlanishi xavfi oshadi.

Propafenon – markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarning davomiyligini oshishi va og‘irligini oshishi kuzatilishi mumkin.

Rifampisin – qonda lidokainning konsentrasiyasi pasayishi mumkin.

Polimiksin V – nafas faoliyatini nazorat qilish kerak.

Prokainamid – gallyusinasiyalar bo‘lishi mumkin.

Yurak glikozidlari – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda yurak glikozidlarining kardiotonik samarasi susayishi mumkin.

Digitalis glikozidlari – intoksikasiya fonida lidokain AV-blokadaning og‘irligini chuqurlashtirishi mumkin.

Vazokonstriktorlar (epinefrin, metoksamin, fenilefrin) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda lidokainni so‘rilishini sekinlashishi va lidokainning ta‘sirini uzayishiga olib keladi.

Guanadrel, guanetidin, mekamilamin, trimetafan – spinal va epidural anesteziya uchun majmuaviy qo‘llanilganda yaqqol gipotenziya va bradikardiya xavfi oshadi.

β-adrenoblokatorlar – majmuaviy qo‘llanilganda jigarda lidokainning metabolizmi sekinlashadi, lidokainning samaralari (shu jumladan toksik) kuchayadi va bradikardiya va arterial gipotenziya rivojlanishi xavfi oshadi. β-adrenoblokatorlar va lidokain bir vaqtda qo‘llanilganda lidokainning dozasini kamaytirish kerak.

Asetazolamid, tiazid va halqali diuretiklar – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda gipokaliemiya paydo bo‘lishi oqibatida lidokainning samarasi kamayadi.

Antikoagulyantlar (shu jumladan ardeparin, dalteparin, danaparoid, enoksiparin, geparin, varfarin) lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda qon ketishi rivojlanishi xavfi oshadi.

Tirishishga qarshi vositalar, barbituratlar (fenitoin) – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda jigarda lidokainning metabolizmi tezlashishi, qonda konsentrasiyasi pasayishi, kardiodepressiv samarasi kuchayishi mumkin.

Nerv-mushak blokadasiga olib keluvchi preparatlar – lidokain bilan majmuaviy qo‘llanilganda nerv-mushak blokadasiga olib keluvchi preparatlarning ta‘siri kuchayadi, chunki bu preparatlar nerv impulsini o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatni vena ichiga yuborish mumkin emas.

V12 vitaminini parenteral yuborish funikulyar mieloz yoki pernisioz anemiyaning diagnostikasiga vaqtincha ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

V6 vitaminini har kuni 50 mg dan yuqoriroq dozada uzoq vaqt (6-12 oydan ko‘proq) yoki sutkada 1000 mg dan yuqoriroq dozalarda (2 oydan ko‘proq) qo‘llash qaytuvchan periferik sensor neyropatiyaga olib kelishi mumkin. Periferik sensor neyropatiya (paresteziya) simptomlari paydo bo‘lgan hollarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak va agar zarur bo‘lsa davolashni to‘xtatish kerak.

Bu dori vositasi 1 mmol/doza natriy va kaliy saqlaydi, ya‘ni bu elementlardan deyarli xoli.

Vitakson® V6 vitamini saqlaganligi tufayli, anamnezida me‘da va o‘n ikki barmoq ichak peptik yarasi, buyrak va jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

O‘smalari bo‘lgan pasientlarda, megaloblast anemiya va V12 vitamini tanqisligi bo‘lgan hollardan tashqari, preparatni qo‘llash mumkin emas.

Yurak faoliyati dekompensasiyasi va stenokardiyaning og‘ir shaklida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Vitakson® lidokain saqlaganligi tufayli, in‘eksiya joyini og‘ir metall tuzlarini saqlovchi dezinfeksiya qiluvchi eritmalar bilan ishlov berilganda og‘riq va shish ko‘rinishida mahalliy reaksiya rivojlanishi xavfi oshishini e‘tiborga olish kerak.

Lidokain yaqqol antiaritmik ta‘sir ko‘rsatishi va o‘zi aritmiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan aritmogen omil sifatida ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi tufayli, ilgari aritmiyaga shikoyat qilgan shaxslarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

O‘rtacha darajadagi yurak yetishmovchiligi, o‘rtacha darajadagi arterial gipotenziya, to‘liq bo‘lmagan AV-blokada, qorinchalar ichki o‘tkazuvchanligini buzilishi, o‘rtacha darajada jigar va buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml), nafas faoliyatini buzilishi, tutqanoq, yurakdagi operasiyadan keyingi, gipertermiyaga genetik moyilligi bo‘lgan pasientlar, holsizlangan bemorlar va keksa yoshdagi pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Lidokainni qo‘llaganda EKG nazorati majburiy hisoblanadi. Sinus tuguni faoliyatini buzilishlari, PQ intervalini uzayishi, QRS ni kengayishi yoki yangi aritmiyalar rivojlangan hollarda preparatning dozasini kamaytirish/bekor qilish kerak.

Yurak kasalliklarida lidokainni qo‘llashdan oldin (gipokaliemiya lidokainning samaradorligini pasaytiradi) qonda kaliyning darajasini normallashtirish kerak.

Mushak ichiga yuborilganda kreatinin konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu o‘tkir miokard infarkti diagnozini qo‘yishda xatoga olib kelishi mumkin.

Pediatriyada qo‘llanishi

Preparatni bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik yoki emizish davrida V6 vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 25 mg gachani tashkil qiladi.

Preparat bir ampulada 100 mg V6 vitamini saqlaydi, shuning uchun homiladorlik yoki emizish davrida uni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining o‘ziga xosligi

Preparat avtotransportni boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Agar preparat bilan davolanish vaqtida bosh aylanishi kuzatilsa, avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

V1 vitamini keng terapevtik doiraga ega. Juda yuqori dozalarida (10 g dan ko‘p) nerv impulslarini o‘tkazuvchanligini susaytirib, kuraresimon samara kuzatiladi.

V6 vitamini juda past toksiklikka ega.

Bir necha oy davomida sutkada 1 g dan yuqoriroq dozalarda haddan tashqari ko‘p qo‘llash neyrotoksik samaralarga olib kelishi mumkin.

Ataksiya va sezuvchanlikni buzilishi bilan kechuvchi neyropatiya, EEG da o‘zgarishlar bilan kechuvchi serebral tirishishlar, shuningdek ayrim hollarda gipoxrom anemiya va seboreyali dermatit sutkada 2 g dan ortiq yuborilganda ta‘riflangan.

V12 vitamini: tavsiya etilgan dozalardan yuqoriroq dozalar parenteral yuborilganda (kam hollarda – peroral qo‘llanilgandan keyin) allergik reaksiyalar, ekzematoz teri buzilishlari va aknening xavfsiz shakli kuzatilgan.

Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda jigar fermentlari faolligini buzilishi, yurak sohasida og‘riq, giperkoagulyasiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: simptomatik davolash.

Lidokain: Simptomlari: psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimni pasayishi, tremor, ko‘rishni buzilishi, toniko-klonik tirishishlar, kollaps, atrioventrikulyar blokada, markaziy nerv tizimini susayishi, nafasni to‘xtashi kuzatilishi mumkin. Sog‘lom odamlarda dozani oshirib yuborilishining birinchi simptomlari lidokainning qondagi konsentrasiyasi 0,006 mg/kg dan oshganda, tirishishlar – 0,01 mg/kg da kuzatila boshlaydi.

Davolash: preparatni yuborishni to‘xtatish, oksigenoterapiya, tirishishga qarshi vositalar, vazokonstriktorlar (noradrenalin, mezaton), bradikardiyada – xolinolitiklar (0,5-1 mg atropin). Intubasiya, o‘pkalarning sun‘iy ventilyasiyasi, reanimasion choralar o‘tkazilishi mumkin. Dializ samarasiz.

Chiqarilish shakli va o‘rami

Preparat 2 ml dan sindirish halqasi yoki sindirish nuqtasi bo‘lgan jigarrang rangli shisha ampulalarga joylanadi. Ampulalarga o‘zi yopishadigan etiketka yopishtiriladi.

5 ampuladan polimer plyonkali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati

2 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VITAKSON poroshok 0,5g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VITAKSON poroshok 0,5g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VITAKSON poroshok 0,5g N1 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VITAKSON poroshok 0,5g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VITAKSON poroshok 0,5g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
VITAKSON poroshok 1,0g N1
IFISEF poroshok 500mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unique Pharmaceutical Laboratories (A.Division of J.B. Chemicals & Pharmaceuticals Limited)
SEFTRAKS SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
BELASEF kukuni 1g N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Bolgariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Balkanpharma-Razgrad AD
  • Vakil: VEGAPHARM
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zhejiang Jutai Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Reyoung Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFTRIAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: AMA Pharm Co. Ltd, Китай произведено: ZhuHai Kinhoo Pharmaceutical Co., Ltd
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 49 500 so'mdan Batafsil
SEFAMED poroshok 0,5g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
SEFABEL 1000 poroshok 1000mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
ROSEFIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
MEDAKSON poroshok 1,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
ZORAKSON poroshok 1g N12
ROTASEF poroshok 1,0g N1
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ROTASEF poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm, Великобритания произведено: LDP-Laboratorios Torlan, S.A.
SEFTRION poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Claris Lifesciences Limited,Индия (производитель),Novo Pharm,ООО,СП (упаков)
  • Vakil: Claris Lifesciences Limited
SEFAKSON poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Cоncept Pharmaceuticals Limited, Индия произведено: Lupin Limited
SEFAZON NP poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Jackson Laboratories Pvt. Ltd
SEFABEL 500 poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Ilac Sanayii ve Ticaret A.S.
S TRAY poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Emcure Pharmaceuticals Ltd.
SERDJIFEKS poroshok 500mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Pokiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharm Activ FZCO., ОАЭ произведено: Surge Laboratories (Pvt) Ltd
  • Vakil: Nabiqasim Industries Ltd
ROSEFIN poroshok 1g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: F.Hoffamann La-Roche Ltd
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
MEDAKSON poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Kipr
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Medochemie Ltd
LENDASIN poroshok 250mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sandoz d.d., Словения произведено: Sandoz GmbH
ZORAKSON poroshok 1g N1
BAKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy,CП,ООО, Узбекско-Британское (упак.), Harbin Pharmaceutical Group Co. Ltd, General Pharm. Factory,Китай (произ.)
ALIKSON poroshok 1g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alisha & Isha Pharmaceuticals Ltd
AL SEF poroshok 1000mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Цефтриаксон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Alchemy Medicine Private Limited
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9