×
×
  • AMBROLONG kapsulalar  75mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMBROLONG kapsulalar 75mg N100

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- NIKA PHARM OOO
ATX kodi:
- R05CB06
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
ORTOFEN tabletkalari 25mg N30 ТатХимФармПрепараты, АО Rossiya
5 500 s`om dan
OMNITUS tabletkalari 20mg N10 Хемофарм А.Д. Serbiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMBROLONG

AMBROLONG

 

Preparatning savdo nomi: Ambrolong

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ambroksol gidroxloridi

Dori shakli: Ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar.

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

75 mg ambroksol gidroxloridi saqlovchi – ambroksol mikrogranulalari (pelletlar) – 268 mg.

Ta‘rifi: Oq rangli jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq yoki oq och-sariq tusdagi, qobiq bilan qoplangan sharsimon shakldagi mikrogranulalar.

Farmakoterapevtik guruhi:. Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.

ATX kodi: R05CB06

Farmakologik xususiyatlari

Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan mukolitik preparat. Bronxlarning shilliq qavatidagi bezlarning seroz hujaylarini rag‘batlantirib, shilliq sekretni miqdorini oshiradi va shu yo‘l bilan balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini me‘yorlashtiradi.

Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib, balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi. Hilpillovchi epiteliyning kiprikchalarini harakat faolligini kuchaytirib, balg‘amning mukosiliar transportini oshiradi.

Alveolalar va bronxlarda sirt-faolligiga ega moddani (surfaktantni) ajralib chiqishini rag‘batlantiradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant xususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi.

 
Farmakokinetikasi

Preparatni peroral qo‘llanganida ambroksol kapsulaning massasidan asta-sekin ajralib chiqadi va ichakda to‘liq so‘riladi. O‘pka to‘qimalariga yaxshi o‘tadi. Preparatning ta‘siri uni qabul qilinganidan keyin 30 minut o‘tgach boshlanadi.

So‘rilishi – yuqori, maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti – ichga qabul qilinganidan keyin 1–2,5 soat o‘tgach.

Ambroksol gidroxloridining qondan to‘qimalarga taqsimlanishi tez va jadal kechadi, bunda faol moddaning eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Peroral qabul qilinganidan keyin taqsimlanish hajmi 552 l ni tashkil qiladi. Qon zardobidagi oqsillar bilan bog‘lanishi – 90%, gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqariladi.

Preparat jigarda konyugasiya yo‘li bilan farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlar xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) 9-12 soatni tashkil qiladi. Preparatning taxminan 90% buyraklar orqali chiqariladi.

Alohida guruh pasientlaridagi farmakokinetikasi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda ambroksol gidroxloridini chiqarilishi pasayadi, bu uning qon zardobidagi darajasini 1,3–2 marta oshishiga olib keladi, biroz dozaga tuzatish kiritishni talab qilinmaydi.

Tadqiqotlar ambroksolning farmakokinetikasi yoshga va jinsga bog‘liq emasligini ko‘rsatadi, va dozalashni o‘zgartirish talab qilinmaydi.

Ovqat qabul qilish ambroksol gidroxloridining biokiraolishligiga ta‘sir qilmaydi.

Qo‘llanilishi

Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘amni ajralib chiqishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklari (o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit, pnevmoniya, balg‘amni ajralib chiqishini buzilishi bilan kechuvchi bronxial astma, bronxoektatik kasallik), shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘i yallig‘lanishlarida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun mukolitik davolash.

O‘pkalardagi operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish va davolash, bronxoskopiyadan oldin va keyin, o‘pka mukovissidozida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar.

Kuniga bir kapsuladan ertalab yoki kechqurun, chaynamasdan va yetarli miqdordagi suyuqlik (suv, choy yoki sharbat) bilan ichiladi. Qo‘llash davomiyligi ko‘rsatkichlarga va kasallikni kechishiga bog‘liq va u shaxsiy ravishda belgilanadi, lekin shifokorning ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan oshmasligi kerak. Yo‘tal simptomlari kuchayishi hollarida bemor shifokorga murojaat qilishi lozim. Davolash vaqtida ko‘p miqdordagi suyuqlik (choy, suv) iste‘mol qilish zarur, bu preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ambroksol yaxshi o‘zlashtiriladi. Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin:

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: og‘izni qurishi, jig‘ildon qaynashi, gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, ayrim xollar xolatlar – kontaktli dermatit, Kvinke shishi, anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi.

Boshqalar: holsizlik, bosh og‘rig‘i, dizuriya, rinoreya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

– ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

– homiladorlik (I uch oyligi) va laktasiya davri;

– me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;

– preparatni yo‘talga qarshi dori vosistalari bilan bir vaqtda qabul qilish;

– laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik;

– 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Tug‘ruq faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib.

Preparatni yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuaviy qo‘llanganda, yo‘tal refleksini susayishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarini qabul qilish faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak. Ambroksolni yurak glikozidlari diuretiklar bilan birga qo‘llash mumkin.

Nokardioselektiv β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanishi, bronxospazm oqibatida balg‘amni ko‘chishi yomonlashi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Buyraklar yoki jigar faoliyati og‘ir buzilishlarida preparat qabuli o‘rtasidagi intervalni uzaytirish lozim.

Homiladorlikning I uch oyligida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning  II yoki III uch oyligida ambroksol bilan davolash faqat davolovchi shifokor tavsiyasiga binoan mumkin. Preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari rivojlanganda preparatni qabul qilishni bekor qilish lozim.

Navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirib yubormaslik lozim. 

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganda zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba‘zida: qisqa muddatli bezovtalik va ich ketishi, doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, so‘lak ajralishini kuchayishi bo‘lishi mumkin.

Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasiga ko‘ra me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda.

1, 3 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

100, 200, 500 yoki 1000 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 dori vositasi NIKA PHARM OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMBROLONG kapsulalar 75mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FEKSONIK tabletkalari 180mg N10
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ASEKARD tabletkalari 100mg N30
Narh: 4 300 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
BESIPTOL-NIKA tabletkalari 480mg N20
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
TONOPROST kapsulalar 0,4mg N30
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
FEKSONIK 180mg N6
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
YOD ASK tabletkalari 200mkg N100
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
FEKSONIK tabletkalari 120mg N6
NIKOFLOKS tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
NIKOFLOKS tabletkalari 400mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
AZITROMISIN NIKA kapsulalar 250mg N18
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
AZITROMISIN NIKA kapsulalar 250mg N12
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
TRIZIM MIKROKAPS kapsulalar 10000ed N20
Narh: 36 000 so'mdan Batafsil
AMBROLONG kapsulalar 75mg N10
IBUPROFEN NIKA kapsulalar 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
RIZOSIN burun uchun tomchilar 10ml 0.05% N1
KSILOMETAZOLIN NIKA sprey 10ml 0,1% N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9