×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FEKSONIK tabletkalari 120mg N10

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
фексофенадина гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- R06AX26
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Plyonkali qobiq bilan qoplangan 6 ta yoki 10 ta tabletkalar kontur uyali o'ramda.
1, 2, 3, 4, 5, 6 yoki 10 ta kontur uyali o'ram tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: feksofenadin gidroxloridi – 120 mg yoki 180 mg;

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, laktoza, mikrokristal tsellyuloza, metilparaben, propilparaben, povidon, tozalangan talk, magniy stearati, natriy kraxmal glikolyati A turi, krospovidon, aerosil;

qobiq tarkibi: gipromeloza, tozalangan talk, propilenglikol, titan dioksidi, polietilenglikol 4000, Sanset sariq bo'yovchisi (120 mg uchun), FC qizil bo'yovchisi (120 mg uchun), karmuazin (180 mg uchun).

Feksofenadin N1-gistamin reseptorlarining spesifik antagonistidir. Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda feksofenadin antigen chaqirgan bronxospazmni va peritoneal semiz hujayralaridan gistaminning ajralib chiqishini bostiradi.
Feksofenadin terapevtik dozalarda antixolinergik, antiadrenergik yoki antidopaminergik ta'sirga ega emas. Hatto yuqori dozalarda ham feksofenadin miokardiositlardagi kaliy kanallarini blokada qilmaydi, ya'ni kardiotoksik (QT-oralig'ining uzayishi, aritmiya) ta'sirga ega emas. Feksofenadin gematoentsefalik to'siq orqali o'tmaydi va shunday qilib, Markaziy nerv tizimi ichidagi N1 - gistamin reseptorlari bilan o'zaro ta'sir qilmaydi. Klinik oldi tadqiqotlarda Markaziy nerv tizimiga sedativ yoki har qanday boshqa (ruhiy-harakat funktsiyasining buzilishi va izdan chiqishi) ta'siri aniqlanmagan.
Feksofenadin sedativ samaraga ega emas, ruhiy-harakat reaktsiyalarga hattoki tavsiya etiladigan dozalardan yuqori bo'lganda ham ta'sir o'tkazmaydi. Feksofenadin jigarda metabolizmga uchrovchi preparatlar bilan birgalikda buyurilganda, klinik ahamiyatiga ega bo'lgan o'zaro ta'sirni keltirib chiqarmaydi. Feksofenadin tez boshlanuvchi ta'sirga ega. 
Antigistamin samarasi qabul qilingandan keyin dastlabki birinchi soatda namoyon bo'lishni boshlab, 6 soatdan keyin maksimumga erishiladi. Peroral qabul qilgandan keyin samara 24 soat atrofida davom etadi, bu esa uni sutkada 1 marta qabul qilish imkoniyatini beradi. Dozalarning intervali 10-130 mg ni tashkil qilganda dozaga bog'liq samara qayd etiladi.
Mavsumiy allergik riniti bo'lgan katta yoshdagi pasientlarda o'tkazilgan klinik sinovlarda, preparatni 60, 120, 180 mg dozada qabul qilish 1 soat davomida tezda simptomatik yaxshilanish chaqirgan va samarasi 24 soat davomida saqlanib turgan.
Xavf guruhi pasientlarida (keksa yoshdagilar, hamda buyrak yoki jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlar) o'tkazilgan tekshiruvlar ularda Feksofenadin dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q ekanligini ko'rsatdi. Feksofenadin uzoq muddat qo'llanilganda to'planishi kuzatilmaydi va tolerantlik rivojlanmaydi. 28 kun qabul qilingandan so'ng o'rganib qolishlik kuzatilmadi.
Bolalar (8-11,5 yoshli) tomonidan 30 mg yoki 60 mg dozada och qoringa qabul qilinganida gistaminga qarshi samara (gistaminni teri ostiga yuborishga javoban po'rsildoqlar va qizarishlar hosil bo'lishini bostirilishi) 1-2 soat davomida yuzaga kelgan va qabul qilingan preparatning dozasi, hamda qo'llanilgan gistaminning kontsentrasiyasiga qarab 8-24 soat davom etgan.
So'rilishi: feksofenadin og'iz orqali qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'lidan tez so'riladi va 2-6 soat o'tgach, plazmada maksimal kontsentrasiyaga erishadi. Og'iz orqali 60 mg dozada, eritma qo'rinishida qabul qilinganidan keyin Smax ning o'rtacha qiymati 209 ng/ml ni tashkil etadi. 180 mg dozani sutkada 1 marta qabul qilgandan so'ng Smax o'rtacha qiymati taxminan 494 ng/ml, 120 mg qabul qilgandan so'ng esa 427 ng/ml ni tashkil etadi. Har 12 soatda (10 doza) og'iz orqali eritma ko'rinishida 60 mg dozada preparat qabul qilayotgan ko'ngillilar orasida muvozanatli kontsentrasiyaning o'rtacha ko'rsatkichi 286 ng/ml ni tashkil qilgan. 
120 mg dan sutkada 2 marta qabul qilinganida feksofenadinning farmakokinetikasi proportsional xarakterga ega.
Sutkada 2 marta 240 mg doza AUC proportsional ravishda ortishiga (8,8%) nisbatan bir oz ko'proq sabab bo'ldi, bu esa 40 mg va 240 mg oralig'ida bunday dozalarda har kuni qabul qilinganda feksofenadinning farmakokinetkasi deyarli proportsional ekanligidan dalolat beradi. 6-12 yoshdagi bolalar tomonidan feksofenadinning 15, 30 va 60 mg dozalarda qabul qilinishini katta yoshdagilar tomonidan sutkasiga 120 mg qabul qilish tartibi bilan proportsional tarzda solishtirish mumkin. Biokiraolishligi kamida 33% ni tashkil etadi. Ovqatni qabul qilinishi feksofenadinning so'rilishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmaydi, shuning uchun bemorda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Metabolizmi, taqsimlanishi va chiqarilishi: 60 mg dan sutkada 2 marta og'iz orqali qabul qilinganida muvozanatli holat sharoitlarda yarim chiqarilish davri (T1/2) taxminan 14,4 soatni tashkil etadi. Katta yoshdagi guruhida (65 yoshdan kattalarda) yarim chiqarilish davrining ko'rsatkichlari boshqa ko'ngillilar bilan bir xil. Bolalarda preparat och qoringa 30 mg, 60 mg dozada qabul qilinganida yarim chiqarilish davri 18 soatni tashkil qiladi.
Oqsillar bilan bog'lanishi 60-70% ni tashkil qiladi. Gematoentsefalik to'siq orqali o'tmaydi. Feksofenadinning sezilarli biotransformasiyasi aniqlangan. Tsitoxrom R450 ishtirokida metabolizmga uchramaydi, jigarda biotransformasiya qilmaydi, jigarda metabolizmga uchraydigan boshqa dorilar (masalan, eritromisin yoki ketokonazol bilan) bilan o'zaro ta'sirga qirishmaydi. Dozaning o'rtacha 80% ahlatda va 10% siydikda o'zgarmagan holatda aniqlangan. Ko'p martalik dozalarni qabul qilgandan so'ng Feksofenadinning plazmadan yarim chiqarilish davri sog'lom odamlarda o'rtacha 11-15 soatni tashkil etadi. Jigar patologiyasi feksofenadinning so'rilishi va chiqarilishiga katta ta'sir ko'rsatmaydi. Jigar kasalliklari bo'lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Qabul qilingan dozaning taxminan 5% metabolizmga uchraydi. Qabul qilingan dozaning 80% va 11% ga muvofiq ravitshda axlat va siydik bilan chiqariladi.
Har qanday dori vositasi kabi, FEKSONIK ham, har bir pasientda kuzatilmasa-da, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, charchoqlik his qilish, uyquchanlik, bosh aylanishi, ayrim holatlarda – yuqori qo'zg'aluvchanlik, uyquni buzilishi, ta'm sezish hissiyotlarining buzilishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: dispeptik holatlar, ko'ngil aynishi, og'iz qurishi.
Boshqalar: kam hollarda – burun va hiqildoq bo'shlig'ini qurishi, ayrim holatda – anafilaktik reaktsiyalar, ko'krakda og'riq, fotosensibilizasiya reaktsiyalari.
Klinik sinovlar o'tkazilganda feksofenadin qabul qilganda nojo'ya hollarning (bosh og'rig'i, uyquchanlik, ko'ngil aynishi, bosh aylanishi va charchoqlik) uchrash tez-tezligi plasebo qabul qilgan pasientlardagi uchrash tez-tezligiga bir hil bo'lgan.
Agar sizda ushbu qo'llanilishaga doir yo'riqnomasida ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar kuzatilsa, iltimos, shifokoringiz, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Keksa yoshdagi shaxslarda (65 yoshdan katta), shuningdek jigar va buyrak shikastlanishi bo'lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.
6 yoshdan kichik bolalarda feksofenadinning qo'llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
O'tkazilgan klinik-farmakologik tadqiqotlar 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda Feksofenadinning sutkada 30 va 60 mg dozalarda qabul qilinishining yuqori samaradorligi va xavfsizligini ko'rsatdi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador bo'lsangiz, bu haqida darxol shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirish masalasini hal qiladi.
Homiladorlar va emizikli onalarda feksofenadinning xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. 
Homiladorlik vaqtida feksofenadin faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun mumkin bo'lgan xavfidan ustun bo'lganda buyurish mumkin.
Dori vositasini qo'llashdan oldin zarur bo'lgan ma'lumot.
Mavsumiy allergik rinit va pichan isitmasi (pollinoz), shuningdek surunkali idiopatik eshakemini simptomatik davolashda qo'llanadi.
Aksirish, rinoreya, tomoq/burun sohasida qichishish, ko'zlar ta'sirlanishini bartaraf etadi.
-Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
-6 yoshgacha bo'lgan bolalarda (xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan). 
-Homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.
Feksofenadinni:
-Jigar funktsiyasini buzilishi.
-Bolalar yoshida buyrak funktsiyasini buzilishida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki yaqinda qabul qilsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
Feksofenadin jigarda biotransformasiyaga uchramaydi va shuning uchun jigarda metabolizmga uchraydigan boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'sir qilmaydi.
Antasidlar feksofenadinning samaradorligiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Feksofenadin gidroxloridi va alyuminiy yoki magniy saqlovchi antasidlarni qabul qilish orasidagi tavsiya etiladigan intervali 2 soatni tashkil qiladi. Feksofenadin gidroxloridi eritromisin yoki ketokonazol bilan bir vaqtda qabul qilinganida feksofenadinning plazmadagi kontsentrasiyasi 2-3 marta oshishi mumkin.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25ºS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
120 mg –dumaloq, ikki tomoni qavariq, pushti rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar;
180 mg –dumaloq, ikki tomonlama burtib turuvchi, to'q-sariq rangli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
To'g'ri qo'llash bo'yicha ma'lumot
Har doim FEKSONIK ni davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilib qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Feksofenadin ichga, suv bilan birga, ovqat qabulishdan qat'iy nazar qabul qilinadi.
Mavsumiy allergik rinit va pichan isitmasi (pollinoz): kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada bir marta 120 mg ni tashkil qiladi.
Surunkali idiopatik eshakemida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etiladigan doza sutkada bir marta 180 mg ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi, hamda buyrak yoki jigar funktsiyasini buzilishi bo'lgan bemorlarda feksofenadinning dozasiga tuzatish kiritish zarurati yo'q.
Allergik rinit va idiopatik eshakemida 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda tavsiya etiladigan feksofenadin dozasi sutkada 1-2 marta 30 mg ni tashkil qiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi bo'lgan bolalarga boshlang'ich sutkalik doza 1 marta 30 mg tavsiya qilinadi.
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Doza oshirib yuborilish hollarda simptomatik davolash buyuriladi. Qondan feksofenadin gidroxloridini chiqarish uchun gemodializni qo'llash samarasiz
Agar siz preparatni qo'llash vaqtida homilador bo'lsangiz, bu haqida darxol shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirish masalasini hal qiladi.
Homiladorlar va emizikli onalarda feksofenadinning xavfsizligi va samaradorligi bo'yicha ma'lumotlar yo'q. 
Homiladorlik vaqtida feksofenadin faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun mumkin bo'lgan xavfidan ustun bo'lganda buyurish mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FEKSONIK tabletkalari 120mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FEKSONIK tabletkalari 120mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FEKSONIK tabletkalari 120mg N10 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FEKSONIK tabletkalari 120mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FEKSONIK tabletkalari 120mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FEKSONIK tabletkalari 180mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: фексофенадина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
FEKSONIK 180mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: фексофенадина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
FEKSONIK tabletkalari 120mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: фексофенадина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
FEKSONIK 180mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: фексофенадина гидрохлорид ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: NIKA PHARM OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9