×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Sloveniya
Faol modda:
Этамзилат
Ishlab chiqaruvchi:
- Lek d.d.
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
ATX kodi:
- B02BX01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

NIRMIN 10 PLYUS infuziya uchun eritma 100ml 10% Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
73 200 s`om dan
TRANEKSAM tabletkalari 250mg N10 Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
42 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Eritma 2 ml dan 1 sinfli rangsiz shisha ampulalarda.

50 ta ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga o‘ramda.

250 mg/2 ml li in’eksiya uchun eritma
2 ml eritma (1 ampula) quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etamzilat - 250 mg; 

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: etamzilat - 125 mg;

yordamchi moddalar: natriy metabisulfiti (Ye223), natriy gidrokarbonati, in’eksiya uchun suv.

Etamzilat gemostazning boshlang‘ich bosqichida ta’sir etuvchi (endoteliy va trombotsitlar o‘rtasida o‘zaro ta’sirlashuvi davrida) sintetik qon to‘htatuvchi va angioprotektor vositadir. Preparat trombotsitlar adgeziyasini yaxshilanishi va kapillyar qon tomirlar  qarshiligini tiklanishi sababli, qon ketish vaqtini va qon yo‘qotish hajmini kamaytiradi. 

Etamzilat qon tomirlarni torayturuvchi samaraga ega emas, fibrinolizga va plazmadagi qon ivishi omillariga ta’sir qilmaydi.

Etamzilat 500 mg dozada vena ichiga yuborilgandan so‘ng 10 minutdan keyin plazmada 

50 mkg/ml teng bo‘lgan  cho‘qqi darajasi kuzatiladi.  Etamzilat shunday dozada mushak ichiga yuborilganda 1 soatdan keyin plazmada 30 mkg/ml teng bo‘lgan cho‘qqi darajasi kuzatiladi.  Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 95% ni tashkil qiladi. Etamzilat yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Ona va kindik qonida preparatning darajasi bir hil.  Etamzilatni ko‘krak sutiga o‘tishi noma’lum. Etamzilat kuchsiz darajada metabolizmga uchraydi. Etamzilat  asosan  buyrak orqali chiqariladi, bunda 85% o‘zgarmagan holda chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri 2,1 soatni (m/i) va 1,9 soatni (v/i) tashkil qiladi. Dozaning taxminan 70-80% birinchi 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
Buyrak va/yoki jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda etamzilatning farmakokinetikasini o‘zgarishi noma’lum.

Etamzilat qo‘llanganida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar quyida sanab o‘tilgan:

juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000,  <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: 
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, diareya, qorin sohasida yoqimsiz hisslar.
Kam hollarda: og‘izda taxir ta’m.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: 
Tez-tez: toshma.
Umumiy buzilishlar va yuborilgan joyidagi buzilishlar:
Tez-tez: asteniya.
Juda kam hollarda: isitma.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: bosh og‘rig‘i.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: tromboemboliya, arterial gipertenziya.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalari tomonidan buzilishlar:
Kam hollarda: bo‘g‘imlarda og‘riq, belda/orqada og‘riqlar.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaktik shok.
Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar:
Juda kam hollarda: o‘tkir porfiriya.
Bu nojo‘ya samaralar davolash to‘htatilgandan keyin odatda qaytuvchan.
Ko‘rsatib o‘tilgan nojo‘ya samaralarning yaqqolligi kuchaysa yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatib o‘tilmagan, boshqa nojo‘ya samaralar paydo bo‘lsa, bu haqida xam shifokorga yoki farmatsevtga xabar bering.

Faqat retsepti bo‘yicha beriladi. Kasalxonalarda va poliklinikalarda qo‘llash uchun muljallangan.

Otolaringologiya, ginekologiya, akusherlik, urologiya, stomatologiya, oftalmologiyada yoki plastik va tiqlanish jarrohligida operatsiyadan oldin, operatsiya vaqtida va operatsiyadan keyingi kapillyar qon ketishlarni oldini olish uchun qo‘llanadi. 

Kelib chiqishi va joylashishi turlicha bo‘lgan kapillyar  qon ketishini davolash uchun.

Chala tug‘ilgan bolalarda periventrikulyar qon quyilishini oldini olish uchun qo‘llanadi.

- o‘tkir porfiriya;

- bronxial astma, sulfitlarga yuqori sezuvchanlik;

- preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Ampulaning ichidagisini boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas. In’eksiya uchun eritma natriy gidrokarbonati yoki laktat saqlovchi eritmalar bilan nomunatosib.

Agar preparat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol ishlatish kerak.
Preparatning tarkibidagi sulfit tiaminni (V1 vitamini) faolsizlantiradi. Agar dekstranni infuziya qilish zarur bo‘lsa, Ditsinonni undan oldin yuborish lozim.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda,  25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
5 yil. 
Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning ohirgi kuni tugaydi.
Agar ampulaning ichidagi eritmaning rangi o‘zgarsa, preparatni qo‘llash mumkin emas.
Rangsiz, tiniq eritma.
Operatsiyadan oldin: jarrohlik aralashuvidan 1 soat oldin 1-2 ampuladan v/i yoki m/i buyuriladi.

Operatsiya vaqtida: zarurat bo‘lganida 1-2 ampuladan v/i takroran yuboriladi.
Operatsiyadan keyin: qon ketish xavfi saqlangan butun vaqt davomida 1-2 ampuladan har 4-6 soatda takroran yuboriladi.
Shoshilinch vaziyatlarda va og‘irlik holatlariga qarab: 1-2 ampuladan v/i yoki m/i har 4-6 soatda qon ketish xavfi  yo‘qolgunicha yuboriladi.
Mahalliy qo‘llanishi: bitta ampulani ichidagi eritma bilan salfetka namlanadi va qon ketish joyiga ko‘yiladi  yoki tish olingandan keyin hosil bo‘lgan bo‘shliqqa qo‘yiladi.
Zarurat bo‘lganida applikatsiyani takrorlash mumkin. Parenteral yuborish yoki ichga qabul kilishni majmuada qo‘llash mumkin.
Bolalar 
Kattalar uchun mo‘ljallangan dozaning yarmi buyuriladi.
Yangi tug‘ilgan bolalar
Tug‘ilgandan so‘ng birinchi 2 soatda so‘ngra har 6 soatda 4 kun davomida 1 kg tana vazniga 
10 mg dan (0,1 ml = 12,5 mg) mushak ichiga in’eksiya holida buyuriladi.
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar
Jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlar o‘tqazilmagan. Shuning uchun bunday patsiyentlarga Ditsinon in’eksiya uchun eritma buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
In’eksiya uchun eritma natriy gidrokarbonati yoki laktat saqlovchi eritmalar bilan nomunatosib.
Ditsinon eritmasini boshqa dori vositalar bilan bitta shpritsda aralashtirish mumkin emas.
Agar preparat fiziologik eritma bilan aralashtirilsa, uni darhol ishlatish kerak.

Preparatni dozasini oshirib yuborilish hollari qayd qilinmagan. Dozani oshirib yuborilishini davolash uchun standart tibbiy choralarni qo‘llash kerak.

Preparatni homilador ayollarda qo‘llash to‘g‘risida klinik ma’lumotlar cheklangan.

Hayvonlarda o‘tqazilgan eksperimentlarda reproduktiv faoliyatiga ta’sir etuvchi har qanday bevosita yoki bilvosita toksiklik aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida ehtiyotkorlik choralari sifatida preparatni  qo‘llashdan saqlanishi afzal.
Preparatni ko‘krak sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmagani tufayli, davolanish vaqtida emizish tavsiya qilinmaydi. Agar emizish davom ettirilsa, u holda preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Arterial bosim noturg‘un yoki gipotenziyasi bo‘lgan bemorlarda preparat parenteral yuborilganda arterial bosimni pasayishi xavfi borligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (“Nojo‘ya ta’sir”ga qarang).

Preparat beriluvchan patsiyentlarda allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, diareyani chaqirishi mumkin bo‘lgan natriy metabisulfiti saqlaydi.

Allergik reaksiyalar yaqqol ifodalangan xarakterga ega bo‘lishi, katta anafilaktik shok va hayot uchun xavfli astma xurujlarini chaqirishi mumkin. Ushbu allergik reaksiyalarni tarqaganligi noma’lum, lekin ehtimol, ular ko‘p tarqalmagan. Bronxial astma bilan xastalangan bemorlarda sulfitlarga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, ushbu kasallik bilan xastalanmagan shahslarga nisbatan ko‘proq kuzatiladi (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar”ga qarang). O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari rivojlanganida preparatni yuborishni darxol to‘xtatish kerak. Teri reaksiyalari yoki tana haroratni oshishi kuzatilganida yuqori sezuvchanlik reaksiyasi rivojlanganda davolashni to‘htatish va davolovchi shifokorga xabar berish kerak, chunki bunday simptomlar o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining belgilari bo‘lishi mumkin.  

Agar preparat juda ko‘p va/yoki davomli hayz qon ketishlarini kamaytirish uchun buyurilgan bo‘lsa va bunda kutilgan samaraga erishib bo‘lmasa, shunday holatni chaqirishi mumkin bo‘lgan boshqa patologiyani inkor qilish kerak.

Bolalar 

Bolalarda preparatni tavsiya qilingan dozada qo‘llash mumkin.

Preparat chala tug‘ilgan bolalarda periventrikulyar qon quyilishni oldini olish uchun  buyurilishi mumkin. Dozalash bo‘yicha tavsiyalar “Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limiga qarang. 

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda etamzilat bilan davolash xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Etamzilat buyrak orqali to‘liq chikarilganligi tufayli, buyrak yetishmovchiligida dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Laborator tahlil natijalari

Terapevtik dozalarda qabul qilanayotgan etamzilat kreatininni fermentativ aniqlashni natijalarini kamayishtirish tomonga o‘zgartirishi mumkin. Preparatni laborator ko‘rsatkichlarga kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday ta’sirini istisno qilish uchun, Ditsinonni birinchi marta qo‘llashdan oldin davolash vaqtida talab qilinadigan boshlang‘ich tahlillar (masalan, qon tahlili) o‘tqaziladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml dori vositasi Lek d.d. tomonidan Sloveniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DISINON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5% N10
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
DIDSIKON inyeksiya uchun eritma 250mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Этамзилат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
Narh: 19 000 so'mdan Batafsil
ETAMZILAT inyeksiya uchun eritma 2ml 12,5mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Этамзилат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ, ООО
Narh: 8 200 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BROMERGON tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
NAKOM tabletkalari 250mg/25mg N100
Narh: 310 000 so'mdan Batafsil
IMMUNAL tabletkalari N20
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
ABAKTAL tabletkalari 400mg N10
Narh: 80 000 so'mdan Batafsil
PERSEN DEN tabletkalari N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
PERSEN NOCH kapsulalar N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Narh: 59 400 so'mdan Batafsil
5 NOK tabletkalari 50mg N50
FLEKSID tabletkalari 250mg N10
FLEKSID tabletkalari 250mg N7
LOMILAN tabletkalari N30
LOMILAN tabletkalari N20
Narh: 86 000 so'mdan Batafsil
TULIP tabletkalari 40mg N30
TULIP tabletkalari 20mg N30
FLEKSID tabletkalari 250mg N5
IMMUNAL tomchilar dlya priema vnutr 50ml
LOMILAN tabletkalari N10
KETONAL DUO kapsulalar 150mg N30
Narh: 58 200 so'mdan Batafsil
PRILAMID tabletkalari 4mg/1,25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Lek d.d.
Другие формы препарата
DISINON 0,25 tabletkalari N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Этамзилат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Лек д.д
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9