×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
доксорубицина гидрохлорида
Ishlab chiqaruvchi:
- Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- L01DB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
ANASTROZOL tabletkalari 1mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
98 500 s`om dan
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 50mg 2mg/ml N1 Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG Avstriya
740 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
faol modda:
1 flakon 10 mg doksorubitsin gidroxloridi saqlaydi.
1 flakon 50 mg doksorubitsin gidroxloridi saqlaydi.
yordamchi moddalar: laktoza, metilparaben, xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Kulrang rezina tiqinlar bilan berkitilgan va siqiluvchi alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan shisha flakonlar.
Flakonlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga belgilangan karton qutiga joylangan.
O'ramlar o'lchami: 1 flakon x 10 mg; 1 flakon x 50 mg.
Doksorubitsin antibiotik bo'lib, sitostatik ta'sirga ega va antratsiklinlar guruxiga kiradi; u Streptomyces peucenius var. caesius kulьturasidan ajratib olingan. U yarimsintetik usul bilan daunorubitsindan ishlab chiqariladi. Doksorubitsin to'qimalarni kuchli ta'sirlantiradi.
Doksorubitsinning biologik faolligi DNK bilan bog'lanishi bilan bog'liq bu ferment tizimining ingibitsiya qilinishiga olib keladi, bu DNK replikatsiyasi va DNK transkriptsiyasi uchun xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Xujayra siklini bloklanishi, extimol, o'zining maksimumiga S-faza va mitoz vaqtida yetadi; lekin ingibitsiya qilinish shuningdek xujayra siklining boshqa fazalarida xam kuzatiladi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin doksorubitsinning eliminatsiyasi plazmadan yakuniy fazada davomiyligi 30 soatlik yarim chiqarilish davri bilan uch fazali chiqarilish bilan xarakterlanadi. Taqsimlanish xajmi tahminan 25 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi tahminan 70% ni tashkil qiladi.
Eng yuqori kontsentratsiyalari o'pka, jigar, taloq, buyraklar, yurak, ingichka ichak va suyak ko'migida aniqlangan. Doksorubitsin gematoentsefalik to'siq orqali o'tadi.
Doksorubitsin tez metabolizmga uchraydi va uning asosiy metaboliti doksorubitsinning kamroq faol 13-digidro xosilasi xisoblanadi. Besh kun davomida taxminan 5% siydikda aniqlanadi, shu vaqtning o'zida 40-50% o't-safro bilan 7 kun davomida chiqariladi. Jigar faoliyatini pasayishi moddaning eliminatsiyasini sekinlashishiga olib keladi.
Xavfsizligi bo'yicha klinikagacha bo'lgan ma'lumotlar
Xayvonlardagi tekshirishlarga bag'ishlangan adabiyotlar doksorubitsinni fertillikka ta'siri va embriotoksik, fetotoksik va teratogen samaralar ko'rsatishini ko'rsatadi. Boshqa ma'lumotlar doksorubitsinni mutagen samara ko'rsatishidan dalolat beradi.

Doksorubitsin bilan davolash ko'pincha nohush samaralar chaqiradi, ulardan bir qismi yetarlicha jiddiylarga kiradi va patsiyentni sinchiklab kuzatish kerakligini ko'rsatadi. Nohush samaralarining tez-tezligi va turi yuborish tezligi va dozaga bog'liq. Suyak ko'migi funktsiyasining bostirilishi dozani o'tkir cheklovchi nohush samarasi xisoblanadi, lekin u odatda o'tkinchi xarakterga ega.

Doksorubitsin chaqirgan suyak ko'migi uchun og'ir toksiklik/gematologik toksiklikning klinik asoratlari isitma, infektsiyalar, sepsis/septitsemiya, septik shok, qon ketishi, to'qimalarning gipoksiyasi va o'limni o'z ichiga oladi.

Ko'ngil aynishi, qusish, shuningdek alopetsiya deyarli barcha patsiyentlarda kuzatiladi.

Qovuq ichiga yuborish quyidagi nohush samaralarni chaqirishi mumkin: gematuriya, qovuq va siydik chiqarish yo'llarining ta'sirlanishi, stranguriya va pollakiuriya. Bu reaktsiyalar, odatda, o'rtacha og'irlikda bo'ladi va uzoq davom etmaydi.

Doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish ba'zida gemorragik sistit chaqirishi mumkin. Bu qovuqning xajmini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Ekstravazatsiya jiddiy gipodermitga, vezikulyatsiyaga, tromboflebitga, limfangitga va maxalliy to'qimalarning nekroziga olib kelishi mumkin, bu operativ aralashuvni, shu jumladan teri transplantatsiyasini talab qilishi mumkin.

Nojo'ya samaralari quyida a'zolar tizimi sinflari va mutloq tez-tezligi bo'yicha) barcha aniqlangan ko'rinishlar) berilgan. Tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi:

Juda tez-tez (≥1/10)

Tez-tez (≥1/100 - ≤1/10)

Tez-tez emas (≥1/1000 - ≤1/100)

Кам ҳолларда (≥1/10000 - ≤1/1000)

Жуда кам ҳолларда (≤1/10000)

Номаълум (мавжуд бўлган маълумотлар асосида бахолаш мумкин эмас).


Жуда

тез-тез

Тез-тез

Тез-тез

эмас

Кам

Жуда кам

Номаълум

Инфекциялар ва инвазиялар



Сепсис, септицемия




Яхши сифат

ли, ёмон си-

фатли ва тас-

нифланмаган

ўсмалар



Ўткир лим-

фобласт

лейкоз, ўткир мие-лобласт лейкоз




Қон ва лим-

фатик тизи-ми томони-дан бузилиш-

лар

Миелосуп-рессия, лейкопения

нейтропн-

ния, феб-рил нейтро

ненияни хам қўшиб*






Иммун тизи-

ми томони-

дан ўзгариш-

лар




Қовоқлар ва тилни-

нг Квинке

шиши, у нафасни бузади


Анафилак-

тик шок

Метаболизм ва овқатлан-

ишнинг бу-

зилишлари





Гиперури-

кемия


Кўриш аъзо-

ари томо-

ниан бузи-

лишлар






Конъюнк-

тивит/ке-

ратит, кўз

ёшини кўп

оқиши

Юрак томон-

нидан бузи-

лишлар

Кардиоток-

сиклик**

Хаёт учун хавли димлан-ган (ди-латацион)

кардио-

миопатия

(550 мг/м2

йиғинди

дозадан кейин, си-

нусли та-

хикардия, қоринча-

ли тахи-

кардия, тахиарит-

мия, қор-

инча уст-

ки ва қо-

ринча экстрасис

толияси, брадикар-

дия, арит-

миялар.

Чап қор-инча чи-қариб та-шлаш фракция-сини сим-

птомсиз пасайиши


ЭКГ да

носпеци-фик ўзга-

ришлар

(ST ўзга-

ришлари, паст ам-

плитуда,

QT ни катта ин-тервалла-

ри).

Хаёт учун хав-

ли арит-миялар,

чап қо-ринчани

ўткир етишмов-

чилиги, перикар-

дит, фа-

тал пери-кардит-миокар-дитнинг

синдро-

мининг

якка хол-лари.

Атрио-

вентри-

куляр блокада,

Гис тута-

мининг блокада-

си



Томирлар то-

монидан бу-

зилишлар

Тромбо-

Флебит

Қон кети-ши, флебит



Тромбо-

эмболия

Шок

Нафас аъзо-

лари, кўкрак

қафаси ва

кўкс оралиғи

аъзолари то-

монидан бу-

зилишлар






Бронхо-

спазм

Меъда-ичак

йўллари то-

монидан бу-

зилишлар

Меъда-ичак йўл-лари томо-

нидан ши-

коятлар***

диарея, кўнгил ай-

ниши, ши-

лиқ қават-

ларнинг яллиғлан-

иши, сто-

матит, эзо-

фагит

Анорек-

сия

Меъда-

ичак қон кетишлари, қорин оғ-

риғи, катта

қон қуйи-

лишлар ва

оғир ин-фекциялар

билан йў-ғон ичак

некрози


Меъдани-

нг эро-

зияси/

яраси,

шиллиқ

қаватлар-

нинг яра-

ланиши

(оғиз, то-

моқ, қи-

зил ўнгач,

меъда-

ичак йўл-

ларининг)

Оғиз бўш-

лиғи ши-

ллиқ қа-ватининг

гиперпиг-

мента-цияси



Жигар ва ўт-

сафро чиқа-

риш йўллари

томонидан

бузилишлар






Гепато-

токсиклик

(баъзида

циррозга

тенденци-

яли); жи-гар фер-ментлари

фаоллиги-ни ўткин-

чи ошиши

Тери ва тери

ости ёғ клет-

чаткаси то-

монидан ўз-

гаришлар

Алопеция

(дозага боғлиқ ва кўпчилик холларда

қайтувчи),

қизариш, ёруғликка

чезувчан-

лик

Нурлан-тирилган

сохалар-да ўта юқори

сезувчан-

ликнинг

махаллий

реакцияси

(илгари нурланти-

рилган

сохада

махаллий

яллиғла-

ниш ре-

акцияси


Эшакеми

экзанте-

ма, тери

ва тир-

ноқлар-

нинг ги-

перпиг-

мента-

цияси,

онихоли-

зис, экс-

траваза-ция (оғир

гиподер-

митга, пуфак-

лар хо-

сил бў-лишига,

тромбо-

флебитга

лимфан-

гитга ва

тўқима-

ларнинг

махал-лий нек- розига

олиб ке-

лиши

мумкин

Акрал

эритема,

пуфак-

лар хосил

бўлиши,

қўл-оёқ

кафтлари

эритро-

дизесте-

зияси син-

дроми

Актиник

кератоз

Скелет-му-

шак тизими

ва бирикти-

рувчи тўқи-

ма томони-

дан бузи-

лишлар






Артралгия,

ёйилган

мушак куч

сизлиги

Буйраклар ва

сийдик чи-

қариш йўл-лари томони-

дан бузи-

лишлар

Сийдикни

қизариши

Сийишни

бузилиши

қовуқ

ичига

юборил-

гандан

кейинги

кимёвий

цистит

(дизурия

симптом-

лари би-

лан, ма-

салан,

қовуқни

таъсирла-

ниши,

уретрани

таъсирла-

ниши, дизурия,

странгу-рия, пол-

лакиурия,

гемату-рия қовуқ

нинг спазмлари,

геморра-

гик цистит)



Ўткир буйрак

етишмов-

чилиги

(алохида

холлари),

гиперури-

кемия ва,

оқибати

сифатида,

ўсманинг

катта ли-

зиси ту-

файли

сийдик-нордон

нефропа-

тия


Жинсий аъ-золар ва сут

бези томони-дан бузи-

лишлар






Аменорея,

Оқиб

Келишлар,

Олигоспер

мия, азо-

спермия

Умумий бу-

зилишлар ва

юбориш жо-

йидаги бузи-

лишлар

Фебрили-

тет


Сувсизла-

ниш

Этни

увишиши

бош ай-

ланиши, юбориш

жойида

реакция

(вена йў-

налиши

бўйича

махал-лий эри-

тематоз

реакция-

лар, оғ-

риқ, фле-

бит, фле-

боскле-роз



Хирургик ва

тиббий

муолажалар






Доксору-

бицин юборил-

гандан ке-

йин ўтиб

кетган ра-

диацион

шикастла-

нишлар

(тери, ўпка

қизил ўн-

гач, меъда

шиллиқ

қавати, юрак) яна

пайдо

бўлиши

мумкин

Umumiy ma'lumotlar
Doksorubitsinni sitostatiklar bilan davolash tajribasiga ega bo'lgan malakali shifokor kuzatuvi ostida yuborish kerak. Bundan tashqari, patsiyent sinchkov kuzatuv ostida bo'lishi va davolanish vaqtida tez-tez tekshirilishi kerak.
Mumkin bo'lgan klinik asoratlarga, ayniqsa keksa patsiyentlardagi, yurak kasalligi yoki anamnezida suyak ko'migi funktsiyasini bostirilishi bo'lgan, shuningdek ilgari antratsiklinlarni olgan yoki ko'ks oralig'i soxasiga radiatsion davolash olgan patsiyentlarda sinchkov monitoring o'tkazilishi kerak.
Keyingi monitoring doksorubitsin bilan davolashgacha yoki davolash vaqtida tavsiya etiladi (bu tekshirishlarning tez-tezligi patsiyentning xolati, doza va yondosh davolashga bog'liq):
ko'krak qafasi a'zolarining rentgenografiyasi, shuningdek EKG;
yurak funktsiyasini muntazam monitoringi (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasi, masalan, EKG, UZI va radionuklid angiografiya orqali);
shilliq qavatining o'zgarishlariga og'iz bo'shlig'i va tomoqni xar kungi ko'rigi;
qon tahlillari: gematokrit, trombotsitlar, leykotsitar formula, ALT, AST, LDG, bilirubi, siydik kislotasi.
Anamnezida V yoki S gepatiti bo'lgan patsiyentlarda (zarurati bo'lganida antitelalarga testlar bilan tasdiqlanadi) jigar funktsiyasining ko'rsatgichlari davolash vaqtida va keyin nazorat qilinishi kerak. Bundan tashqari, kasallikni qayta faollashishi mumkinligi istisno etilmaydi.
Doksorubitsinni mushak ichiga, teri ostiga, peroral yoki intratekal yuborish mumkin emas.
Patsiyent preparat yuborilganidan keyin siydik qizil rangli bo'lib qolishi mumkinligi xaqida xabardor qilingan bo'lishi kerak.
Ko'ngil aynishi, qusish va shilliq qavatining yallig'lanishi ko'pincha o'ta og'ir shaklda rivojlanishi mumkin; ularni tegishli tarzda davolash kerak.

Utilizatsiya va ishlov berishdagi maxsus extiyotkorlik choralari
Davolashni faqat ximioterapiyani o'tkazish tajribasiga ega bo'lgan shifokor nazorati ostida o'tkazish kerak.
Infuziyalar uchun eritma tayyorlash uchun fiziologik eritma yoki 5% li glyukoza eritmasini ishlatish mukin.
Doksorubitsinni 0,1 mg/ml dan 1 mg/ml kontsentratsiyalargacha 9 mg/ml (0,9%) infuziyalar uchun fiziologik eritmada yoki 50 mg/ml glyukoza eritmasida (5%) suyultirish mumkin.
reparat toksik va muomala qilish va utilizatsiyada alohida extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiladi. Faqat bir marta qo'llash uchun. Xodimlar sitostatiklar bilan ishlash ishlashga o'rgatilgan bo'lishlari va ximoya kiyimi, ko'zoynak, bir martalik qo'lqop va niqobda bo'lishlari kerak.
Homilador xodimlar doksorubitsin bilan kontaktdan saqlanishlari kerak.
Preparatni teri yoki ko'zlar bilan tasodifiy kontaktida darxol kontakt soxalarni katta miqdordagi suv bilan yuvish, sovunli suv yoki bikrbonat natriy eritmasi bilan yuvib tashlash kerak. Shifokorga murojaat qilish kerak.
To'kib yuborilgan doksorubitsinni gipoxlorit natriyning suyultirilgan eritmasi (bo'lgan 1% xlorit) bilan ishlov berish kerak, yaxshisi kechasiga qoldirish, so'ngra suv bilan yuvib tashlash kerak.
In'ektsiya uchun ishlatilgan barcha materiallar (qo'lqoplarni xam qo'shib) ishlatilgandan keyin, shuningdek preparatning ishlatilgan qoldiqlari va birlamchi o'ram sitostatiklar uchun maxalliy me'yoriy talablarga muvofiq xavfli chiqindilar sifatida utilizatsiya qilinishi yoki yuqori xaroratda (700oS) yoqib yuborilishi kerak.
Kardiotoksiklik:
Agar maksimal yig'indi doza oshirilgan bo'lsa (kattalarda - tana yuzasi maydoniga
550 mg/m2, ko'krak qafasi soxasiga oldingi radioterapiya xollarida yoki tana yuzasi maydoniga 400 mg/m2 dozada yondosh davolash davomida), antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning tez-tezligi, xatto xavf omillari bo'lmaganda ham oshadi. Alohida xollarda kardiotoksiklik ancha kamroq dozalar qo'llanganida ham kuzatilgan. Tana yuzasi maydoniga 550 mg/m2 yig'indi doza olinganidan keyin patsiyentlar yurak yetishmovchiligi rivojlanishini taxminan 5%-li xavfiga duchor bo'ladilar.
Agar preparat qo'shimcha radioterapiya olayotgan bolalarda qo'llanayotgan bo'lsa, yig'indi doza e'tiborga olinishi kerak, ular butun xayotlari davomida faqat past yig'indi dozani o'zlashtiraoladilar. Yosh vaqtda davolashni boshlash va agressiv yondosh davolashni qo'llash qorinchalar disfunktsiyasi, yurak yetishmovchiligi va/yoki kechkiroq bosqichlarida aritmiyalar bilan, ayniqsa xayot uchun xavfli kardiotoksiklik rivojlanishini yuqori xavfiga olib keladi. O'g'il bolalar bilan solishtirganda, qiz bolalar, doksorubitsin bilan davolashdan keyin kardiotoksiklikning kechikib boshlanishiga ayniqsa moyilroq bo'ladilar.
2 yoshgacha bo'lgan bolalarni va ilgari kardiologik davolash (yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi bo'yicha) olgan patsiyentlar yoki gipertermiya usuli bilan ilgari davolash olgan yoki oladigan patsiyentlarni davolashda alohida e'tibor berilishi kerak.
Doksorubitsin bilan ximioterapiyagacha, ximioterapiya vaqtida va keyin yurak faoliyatini EKG, exokardiografiya va radionuklid ventrikulografiya usullari bilan nazorat qilish kerak.
Miyelosupressiya:
Og'ir miyelosupressiya bo'lganida doksorubitsinni buyurish mumkin emas. Dozani pasaytirish yoki yuborishni kechiktirish talab etiladi.
Og'ir infektsiyalar va/yoki qon ketishlarni tez va samarali davolashni ta'minlash uchun extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Mavjud bo'lgan infektsiyani davolashni doksorubitsin bilan davolashni boshlashgacha o'tkazish kerak.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar:
Qusishni oldini olish tavsiya etiladi.
Izox: yallig'lanish, yara yoki diareya xolida doksorubitsinni qo'llash mumkin emas.
Qon ko'rsatgichlarining monitoringi:
Davolashning xar bir sikli oldidan leykotsitlar, eritrotsitlar va trombotsitlarning darajalarini aniqlash bilan qonning umumiy va keng tahlilini o'tkazish kerak. Doksorubitsin gidroxloridi suyak ko'migi faoliyatini bostirilishini chaqiradi, bu birinchi navbatda leykotsitlar darajasiga ta'sir qiladi va sinchkov gematologik monitoringni talab etadi, chunki og'ir miyelosupressiya superinfektsiyalar va qon ketishlarga olib kelishi mumkin. Katta o'smalarni davolash uchun tavsiya etiladigan dozalarda jiddiy leykopeniya rivojlanishi mumkin. Doksorubitsin gidroxloridi bilan davolash vaqtida leykotsitlarning darajasi va pastgacha tushib ketishi mumkin. Davolashdan keyin 10-14 kunlar o'tgach leykopeniya eng yaqqol ifodalanadi, va leykotsitlarning darajasi normal qiymatlarga 21-nchi kuni qaytadi. Agar ko'p yadroli granulotsitlarning miqdori 2000/mm3 dan kamroqni tashkil qilsa, shifokor davolashni boshlamaslik yoki to'xtatishni qaror qilishi mumkin. Vaziyatlarga qarab, o'tkir leykozni davolashda bu kattalik kamaytirilishi mumkin. Bundan tashqari, ikkilamchi leykoz xavfi tufayli, onkologik preparatlar bilan davolashdan keyin, muntazam gematologik nazorat kerak. O'tkir leykozning remissiyasiga, agarda u erta bosqichida tashxislansa va ximioterapiyaning muvofiq tartibi qo'llansa erishilish mumkin.
Yurak funktsiyasining monitoringi:
Antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning yig'ilgan dozaga bog'liq rivojlanishining ma'lum xavfi mavjud. Shuning uchun, yig'indi doza 450-550 mg/m2 dan oshmasligi kerak. Bu qiymatlardan yuqori dozalarda, yurak yetishmovchiligi rivojlanishining xavfi oshadi. Doksorubitsin tomonidan induktsiyalangan kardiotoksiklik odatda davolash vaqtida yoki davolash tugatilganidan keyin ikki oylar davomida mavjud bo'ladi; lekin asoratlar rivojlanishini davolashdan keyin bir necha oylardan to bir necha yillargacha muddatga kechikishi xaqida xabarlar bor. Shuning uchun yurak funktsiyasi davolashni boshlashgacha va butun davolash davomida sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Davolashning xar bir sikligacha va keyin EKG qilish tavsiya etiladi.
Tishi amplitudasini pasayishi, salbiy T tishi, ST segmentini pasayishi yoki aritmiya kabi EKG dagi o'zgarishlar, odatda, o'tkir yoki o'tkinchi (qaytuvchi) toksik samaralarini ko'rsatadi; ular doksorubitsin bilan davolashni to'xtatish uchun ko'rsatmalar xisoblanmaydi. Lekin QRS kompleksini pasayishi va sistolik intervalni oshishi, antratsiklinlar chaqirgan kardiotoksiklikni ko'rsatadi.
Kardiomiopatiyani prognozlash uchun ishlatiladigan eng yaxshi ko'rsatgich, UZI yoki yurakni stsintigrafiyasi yordamida aniqlangan chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini (ChQ ChTF) pasayishi xisoblanadi. ChQ ChTF aniqlash davolashni boshlashgacha o'tkazilishi va patsiyent olgan yig'indi doza taxminan 100 mg/mm2 ga yetganda xar gal yoki yurak yetishmovchiligining belgilari bo'lganida takrorlanishi kerak. ChQ ChTF ning boshlang'ich qiymatlari normal bo'lgan patsiyentlarda, odatda, mutlaq kamayish ≥10% yoki 50% dan kamroq pasayishi, yurak funktsiyasini buzilishining belgisi xisoblanadi. Bunday xollarda doksorubitsin bilan davolashni davom ettirish masalasi sinchiklab tahlil qilingan bo'lishi kerak. Kadiotoksiklik xavfi ilgari perikard yoki ko'ks oralig'i soxasiga radioterapiya olgan patsiyentlarda, ilgari boshqa antratsiklinlar va/yoki antratsendionlar olgan patsiyentlarda, 70 yoshdan katta yoki 15 yoshdan kichik patsiyentlarda, yoki anamnezida yurak funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda oshadi. Bir patsiyentga yuborilayotgan doksorubitsinning umumiy dozasini aniqlashda, siklofosfamidning vena ichiga yuqori dozalari kabi boshqa potentsial kardiotoksik preparatlarni qo'llash bilan, ko'ks oralig'i soxasnini nurlantirish yoki daunorubitsin kabi muvofiq antratsiklinli birikmalar bilan davolash kabi barcha oldingi yoki yondosh davolashni xisobga olish kerak.
Doksorubitsinni yuborish vaqtida va yuborishdan keyin bir necha soatlar davomida og'ir aritmiyalar rivojlanishi xaqida ma'lumotlar bor.
Oldingi 20 yil davomida doksorubitsin olgan ayollarda, homiladorlik vaqtida yurakli simptomlari xatto yurak-qon tomir noxush samaralarning belgilari butunlay bo'lmaganda ham namoyon bo'lishi mumkin. Dimlangan yurak yetishmovchiligi va o'pka shishining xollari ta'riflangan. Ilgari doksorubitsin olgan va xozirgi vaqtda homilador bo'lgan ayollarni, yurak tomonidan noxush samaralar rivojlanishini nazorat qilish kerak
Jigar faoliyatining monitoringi:
Doksorubitsin asosan gepatobiliar tizimi orqali chiqariladi. Demak, agarda jigar faoliyati buzilgan bo'lsa yoki o't-safro sekretsiyasi ingibitsiya qilinsa, keyingi umumiy toksiklik bilan preparatning chiqarilishi sekinlashishi bo'lishi mumkin. Davolashgacha va davolash vaqtida jigarning faoliyatini AST, ALT, IF va bilirubinning darajasini aniqlash kabi oddiy tahlillar orqali nazorat qilish kerak, chunki dozani to'g'irlash talab qilinishi mumkin. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda, sarflar va doksorubitsin bilan davolash natijalarining nisbatini yuborish oldidan baxolash kerak. Ilgari ko'ks oralig'i soxasiga radioterapiya olgan patsiyentlarda, ba'zida o'lim bilan yakunlanuvchi og'ir gepatotoksiklik rivojlanishi mumkin.
Ikkilamchi leykoz:
Antratsiklinlarni, shu jumladan doksorubitsin olgan patsiyentlarda, ba'zida preleykemik faza bilan birga kechuvchi yoki usiz ikkilamchi leykoz aniqlanadi. Agar preparat DNK konfiguratsiyasini o'zgartiruvchi sitotoksik agentlar (masalan, alkillovchi moddalar, platina xosilalari), radioterapiya bilan birga qo'llansa yoki agarda patsiyent ilgari sitostatiklar bilan jadal davolash olgan bo'lsa yokiantratsiklinlarning dozasi oshirilgan bo'lsa, ko'proq ikkilamchi leykoz rivojlanadi.
Bu xollar qisqa, 1-3 yillik latent davriga ega.
Qon zardobida siydik kislotasining miqdorini monitoringi:
Davolash vaqtida siydik kislotasining qon zardobidagi darajasi oshishi mumkin. Giperurikemiya xolida antigiperurekemik davolash qo'llanishi kerak.
Qondagi siydik kislotasining darajasini nazorat qilish kerak. Suyuqlikni yetarli - 3 l/m2 dan kam bo'lmagan xar kungi iste'molini ta'minlash kerak. Zarurati bo'lganida ksantinoksidaza ingibitorlarini (allopurinol) yuborish kerak.
Buyrak funktsiyasining og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlarni davolashda dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin.
Qovuq ichiga yuborish:
Doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish kimyoviy sistit simptomlarini (masalan, dizuriya, tez-tez siyish,stranguriya, nikturiya, gematuriya, qovuq devorining nekrozi) chaqirishi mumkin.
Qovuqni kateterizatsiyasining qiyinchiliklarida (ya'ni qovuq ichki o'smalarning invaziyasi chaqirgan uretra obstruktsiyasida) aloxida extiyotkorlik talab qilinadi.
Qovuq bo'shlig'iga o'sib kiruvchi o'smalarda (T1 dan yuqori), qovuq ichiga yuborish mumkin emas.
Qovuq bo'shlig'iga o'sib kirgan invaziv o'smalarda, siydik yo'llarining infektsiyalarida, qovuqning yallig'lanish kasalliklarida qovuq ichiga yuborish mumkin emas.
Radioterapiya:
Agar patsiyent ilgari radioterapiya olgan bo'lsa, uni xozirgi vaqtda olayotgan bo'lsa yoki nurli terapiyani olish rejalashtirilgan bo'lsa, alohida e'tibor kerak bo'ladi. Doksarubitsin qo'llashda bu patsiyentlar nurlantirish soxasida maxalliy reaktsiyalar (ilgari nurlantirilgan soxada maxalliy yallig'lanish reaktsiyasi) rivojlanishining yuqori xavf guruxiga kiradi. Bunday bemorlarda jiddiy gepatotoksiklikni, ba'zida o'lim bilan yakunlanishi, xaqida xabarlar bor. Ko'ks oralig'i soxasiga oldingi radioterapiya doksorubitsinning kardiotoksikligini oshiradi. Bunday bemorlarda yig'indi doza xar qanday xolda ham 400 mg/m2 dan oshmasligi kerak.
Kartsinomada ximioterapiya bilan kombinatsiyasi:
Doksorubitsin gidroxloridi xavfli o'smalarni davolashda ishlatiluvchi boshqa ximioterapevtik preparatlarning toksikligini oshirishi mumkin. Doksorubitsin yurak mushagi, shilliq qavatlar, teri va jigar uchun radioterapiyaning toksikligini oshiradi.
Kantserogenlik, mutagenlik va fertillikka ta'siri:
In vitro va in vivo testlar doksorubitsinning genotoksiklikka va mutagen ta'sirga ega ekanligini ko'rsatadi.
Ayollarda doksorubitsin davolash davri davomida bepushtlik chaqirishi mumkin. Doksorubitsin amenoreya chaqirish qobiliyatiga ega. Davolash tugaganidan keyin ovulyatsiya va xayz ko'rish qayta tiklanadi; lekin muddatidan oldin menopauza bo'lishi mumkin.
Doksorubitsin mutagen ta'sirga ega va odam spermasida xromosomalarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Oligospermiya yoki azospermiya doimiy xarakterga ega bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan, ayrim xollarda spermaning ko'rsatgichlari normaga qaytishi xaqida ma'lumotlar bor. Bu davolash tugaganidan keyin bir necha yil o'tgach yuz berishi mumkin. Doksorubitsin bilan davolash olayotgan erkaklar, samarali kontratseptiv vositalardan foydalanishlari kerak. Doksorubitsin olayotgan erkaklarga davolanish vaqtida va davolash tugaganidan keyin 6 oygacha bola bo'yida qilish tavsiya etilmaydi, doksorubitsin bilan davolanish natijasida qaytmas bepushtlik mumkinligi tufayli, ular spermani konservatsiyasi bo'yicha maslaxat olishlari kerak. Ayollar davolanish vaqtida va davolanishdan keyin 6 oygacha homilador bo'lmasliklari kerak.
Ekstravazatsiya:
Yuborish joyidagi achishish ahamiyatsiz ekstravazatsiyadan dalolat beradi. Ekstravazatsiya og'ir va rivojlanib boruvchi to'qima nekroziga olib keladi. Ekstravazatsiyaga gumon bo'lganida yoki u yuz berganda in'ektsiyani to'xtatish va boshqa venaga yuborishni boshlash kerak. Yuborilgan joyni 24 soat davomida sovutish reaktsiyani yengillashtirish qobiliyatiga ega. Patsiyent bir necha xafta davomida sinchkov kuzatuv ostida bo'lishi kerak. Xirurgik aralashuv kerak bo'lishi mumkin.

Vaktsinalar:
Vaktsinatsiyadan saqlanish kerak. Doksorubitsin xloridi bilan davolanish vaqtida patsiyentlar poliomiyelitga qarshi yaqinda vaktsinatsiyalangan shaxslar bilan muloqatda bo'lmasliklari kerak.
Boshqa:
Semiz patsiyentlarda (ideal vazndan ˃130%) doksorubitsinning tizimli klirensi pasayadi.
Kattalar, o'smirlar va bolalarni davolash uchun terapevtik ko'rsatmalar:
sut bezining raki.
osteosarkomani noad'yuvant va ad'yuvant davolash,
kattalardagi yumshoq to'qimalarning tarqalgan sarkomasi,
o'pkaning maydaxujayrali raki (O'MR),
xodjkin limfomasi,
yuqori xavfli noxodjkin limfomasi,
o'tkir limfatik leykemiyadagi induktsion va konsolidatsion davolash,
o'tkir miyeloblast leykoz,
tarqalgan ko'psonli miyeloma,
endometriyning tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar raki,
qalqonsimon bezining tarqalgan yoki qaytalanuvchi papillyar / follikulyar kartsinomasi,
qalqonsimon bezining anaplastik kartsinomasi,
maxalliy tarqalgan yoki metastazlanuvchi qovuq rakini tizimli davolash,
qovuqning yuzaki rakini transuretral rezektsiyadan keyingi qovuq ichki profilaktikasi.
tuxumdonlarning qaytalanuvchi raki,
Vilьms o'smasi (kuchli xavfli variantlardagi II bosqich, xamma tarqalgan bosqichlari [III-IV]),
tarqalgan neyroblastoma,
Yuing sarkomasida qo'llanadi.
Doksorubitsin ko'pincha boshqa sitostatiklar bilan majmuaviy ximioterapiyada ishlatiladi.
Doksorubitsinga, boshqa antratsiklinlarga yoki antratsendionlarga yoki 6.1 bo'limda sanab o'tilgan yordamchi moddalardan xar qandayiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumukin emas.
Vena ichiga yuborishga qarshi ko'rsatmalar:
yaqqol davom etayotgan miyelosupressiya va/yoki oldingi sitotoksik davolash va/yoki nurlantirish chaqirgan og'ir stomatit (shu jumladan qon ketishining yuqori xavfi bo'lgan patsiyentlardagi);
4-nchi darajali yurak yetishmovchiligi;
o'tkir tizimli infektsiya;
jigar faoliyatining og'ir buzilishlari;
gemodinamikaga ta'sir qiluvchi og'ir aritmiyalar, yurak faoliyatining buzilishlari, anamnezdagi miokard infarkti, yurakning o'tkir yallig'lanishli kasalliklari;
gemorragik diatez;
og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining yallig'lanishi; emizishda qo'llash mumkin emas.
Qovuq ichiga yuborishga qarshi ko'rsatmalar:
qovuqqa o'sib kiruvchi invaziv o'smalar (T1 va yuqori);
siydik yo'llarining infektsiyalari;
qovuqning yallig'lanishi;
qovuqni kateterizatsiya qilishni mumkin emasligi;
gematuriya;
emizishda qo'llash mumkin emas.
Doksorubitsin bilan bog'liq bo'lgan kardiotoksiklik, boshqa antratsiklinlarni yoki boshqa potentsial kardiotoksik dori vositalarini (masalan, 5-ftoruratsil, siklofosfamid yoki paklitaksel) yoki yurak funktsiyasiga ta'sir qiluvchi dori preparatlarini (masalan, kalьtsiy kanallarining blokatorlari) ilgari olgan yoki xozirgi vaqtda yondosh davolashda olayotgan patsiyentlarda kuchayadi. Agar doksorubitsin yuqorida ko'rsatilgan dori vositalari bilan birga qo'llansa, yurak funktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Trastuzumabni antratsiklinlar (masalan, doksorubitsin) bilan majmuada ishlatish, kardiotoksiklikning yuqori xavfi bilan bog'liq.
Trastuzumab bilan davolash to'xtatilganidan keyin shifokorlar iloji boricha 24 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi davolashni ishlatishdan saqlanishlari kerak.
Antratsiklinlar qo'llanganida patsiyentning yurak faoliyati sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Antratsiklinlar va trastuzumabni bir vaqtda ishlatish, yurak funktsiyasini nazorati bilan qat'iy tahlillanuvchi klinik tekshirishlar bilan cheklangan bo'lishi kerak. Ilgari antratsiklinlarni olgan patsiyentlar uchun, trastuzumab bilan davolash kardiotoksiklik xavfini tug'diradi, lekin bu xavf, trastuzumab va antratsiklinlar bir vaqtda qo'llangandagiga qaraganda past.
Suyak ko'migining funktsiyasiga ta'sir qiluvchi dorilar (masalan, sitostatiklar, sulьfanilamidlar, xloramfenikol, fenitoin, amidopirin homilalari, antiretrovirusli preparatlar) bilan oldingi davolash, jiddiy gemopoetik buzilishlarga olib kelishi mumkin. Zarurati bo'lganda doksorubiinning dozasi o'zgartirilishi kerak. Doksorubitsin bilan davolashning toksik samaralari boshqa sitostatiklar (masalan, sitarabin, sisplatin, siklofosfamid) bilan majmuaviy davolashda kuchayishi mumkin.
Doksorubitsinni amfoteritsin bilan qo'shib yuborishdan saqlanish kerak, chunki bu yaqqol neyrotoksiklikka olib kelishi mumkin.
Doksorubitsin va ritonavir qo'shib yuborilganida zardobda doksorubitsinning darajasini oshishi aniqlangan.
Doksorubitsinning gepatotoksikligi boshqa gepatotoksik vositalar (masalan,6-merkaptopurin) bilan qo'llanganda kuchayishi mumkin.
Barbituratlar doksorubitsinning plazma klirensining tezlashishini chaqirish qobiliyatiga ega.
Siydik kislotasining chiqarilishini pasaytiruvchi dori vositalarini (masalan, sulьfonamidlar va ayrim diuretiklar) bir vaqtda qo'llash, giperurikemiyaga olib kelishi mumkin.
Siklosporin bilan qo'shilganda, doksorubitsin gidroxloridining dozasini to'g'irlash talab etilishi mumkin. Siklosporin bilan birga qo'llanganida doksorubitsinning klirensi deyarli 50% ga pasayadi. Doksorubitsinning AUC 55% ga, doksorubitsinolning AUC esa 350% ga oshadi. Ushbu majmua uchun dozani 40% ga pasaytirish tavsiya etiladi. Verapamilga o'xshab, siklosporin CYP3A4 va R-glikoproteinni ingibitsiya qiladi; shu bilan o'zaro ta'sirni va u bilan bog'liq bo'lgan noxush samaralarni tushuntirish mumkin.
Sitoxrom R-450 ingibitorlari (masalan, simetidin) ham mumkin, extimol, siklosporin ta'sir qilishi taxmin qilingan mexanizmlarga o'xshashlar orqali doksorubitsinning plazma klirensini pasaytiradi va AUC ni oshiradi; shuning uchun sitoxrom R-450ingibitorlari noxush samaralarini kuchaytirish qobiliyatiga ega. Va aksincha, R-450 sitoxrom induktorlari (masalan, fenobarbital va rifampitsin) doksorubitsinning plazmadagi darajalarini oshiradi va, demak, uning samaradorligini kamaytirishi mumkin.
Doksorubitsin ahamiyatli darajada nurlantirishga sezuvchanlikni oshiradi (“radiosensibilizatsiya qiluvchi modda”) va ilgari nurlantirilgan soxada xayot uchun xavf tug'diruvchi maxalliy yallig'lanish reaktsiyalarni chaqirish qobiliyatiga ega. Radioterapiyaning xar bir oldingi, yondosh yoki keyingi xoli, doksorubitsinning kardiotoksikligi yoki gepatotoksikligini oshirishi mumkin. Bu shuningdek kardiotoksik yoki gepatotoksik dori vositalarini qo'llash bilan yondosh davolashga xam bog'liq. Agar doksorubitsin bilan davolashdan keyin siklofosfamidni yuborish kerak bo'lsa, bu na faqat kardiotoksiklikni oshirishi, balki gemorragik sistitni yomonlashtirishi ham mumkin.
Agarda paklitaksel doksorubitsindan oldin yuborilsa, bu doksorubitsinning va/yoki uning metabolitlarining plazmadagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Agarda antratsiklin paklitakselgacha yuborilsa, bu samara cheklanganroq xarakterga ega ekanligiga dalolat beruvchi ma'lumotlar bor.
Doksorubitsin bilan davolash, qon zardobida siydik kislotasining darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Shuning munosabati bilan siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan dozani to'g'irlash talab qilinishi mumkin.
Doksorubitsin shuningdek digoksinning peroral biokiraolishini kamaytirish qobiliyatiga ega.
Doksorubitsin gidroxloridi bilan bir vaqtda qo'llangandan keyin tutqanoqqa qarshi dori vositalarining (karbamazepin, fenitoin, valьproat kabi) so'rilishi pasayadi.
Doksorubitsin gidroxloridi bilan davolanish vaqtida patsiyentlarga faol vaktsinalarni qo'llash bilan vaktsinatsiya qilinishiga ruxsat berilmaydi, ular shuningdek poliomiyelitga qarshi yaqinda vaktsinatsiyalangan shaxslar bilan muloqatdan saqlanishlari kerak.
Doksorubitsin geparin va 5-ftoruratsil bilan bog'lanadi. Shuning uchun ikkala moddalarning pretsipitatsiyasi va samaradorligini yo'qolishi mumkin.
Quruq, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalardan saqlang.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Suyultirilgandan keyingi saqlash sharoiti
Mikrobiologik ifloslanishdan saqlanish uchun preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks xolda saqlashning davomiyligi va sharoitlariga javobgarlik foydalanuvchida bo'ladi. Suyultirgandan keyin 2 dan 8ºS xaroratda 24 soatdan ortiq saqlanmasin.
Flakondan eritmani bevosita ishlatish oldidan olish kerak.

Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Faqat vena ichiga va qovuq ichiga yuborish uchundir.

Flakonni igna bilan teshish oldidan uni xona xaroratigacha isitish kerak, Doksorubitsinni sitostatiklar bilan davolash tajribasiga ega bo'lgan malakali shifokor kuzatuvi ostida yuborish kerak. Bundan tashqari, patsiyent sinchkov kuzatuv ostida bo'lishi va davolanish vaqtida tez-tez tekshirilib turishi kerak.

Kardiomiopatiya xavfi tufayli, u ko'pincha o'limga olib keladi, xar bir patsiyent uchun xavf va foydani xar bir yuborish oldidan baxolash kerak.

Davolashni boshlashdan oldin AST, ALT, IF va bilirubin darajalarini aniqlash kabi oddiy taxlillarni ishlatish bilan jigar funktsiyasini tekshirish tavsiya etiladi.

Patsiyentda yurak funktsiyasining xolatini aniqlash uchun, ulьtratovush tekshirish yoki yurak stsintigrafiyasi yordamida chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasining taxlilini o'tkazish kerak. Bu nazoratni davolashni boshlashgacha va xar gal patsiyent tomonidan olingan doksorubitsinning yig'indi dozasi taxminan 100 mg/m2 ni tashkil qilganda o'tkazish kerak.

Doksorubitsinni vena ichiga (v/i) yuborish katta extiyotkorlik bilan o'tkazilishi kerak. Preparatni erkin oquvchi fiziologik eritma yoki 5% li glyukoza eritmasini ishlatib

3-5 minut davomida vena ichiga yuborish tavsiya etiladi. Bu usul tromboz va perivenoz ekstravazatsiya rivojlanish xavfini minimallashtiradi, u jiddiy gipodermit, pufaklar xosil bo'lishi va to'qimalarning nekroziga olib kelishi mumkin.

Doksorubitsinni bir necha minut davomida bolyus ko'rinishida, bir soatgacha vaqt davomida qisqa muddatli infuziya yo'li bilan yoki uzuluksiz infuziya yo'li bilan 24 soat davomida yuborish mumkin. To'g'ridan-to'g'ri vena ichiga in'ektsiya ekstravazatsiya xavfi tufayli tavsiya etilmaydi, u igna bilan teshilgandan keyin xatto qonni muvofiq orqaga oqishi bo'lganida ham yuz berishi mumkin.

Doksorubitsinni mushak ichiga, teri ostiga, peroral yoki intratekal yuborish MUMKIN EMAS.



Vena ichiga yuborish:

Doza odatda tana yuzasining maydoniga (mg/m2) xisoblanadi. Doksorubitsinni yuborishda dozalash tartibi kasallikning shakliga (katta o'smalar yoki o'tkir leykoz), davolashning aniq tartiblarida (monoterapiyada yoki boshqa sitostatiklar bilan majmuada, yoki majmuaviy davolash chegaralarida, u ximioterapiyani, operativ aralashuvni, nurli davolashni va gormonal davolashni o'z ichiga oladi) uni ishlatishga qarab o'zgarishi mumkin.

Monoterapiya:

Tavsiya etilgan doza tana yuzasi maydoniga 60-75 mg/m2 ni tashkil qiladi vena ichiga yoki bo'lingan dozalar bilan 2-3 kun ketma-ket, ular 21 kunlik intervallar bilan vena ichiga yuboriladi. Dozalash tartibi va dozani protokol tavsiyalarining xisobi bilan to'g'irlash mumkin. Batafsil ma'lumot olish uchun joriy protokollarga qarang.

Majmuaviy davolash:

Agarda doksorubitsin gidroxloridi boshqa sitostatiklar bilan yuborilsa, unda doza

30-60 mg/m2 gacha 3-4 xaftada bir martaga kamaytirilishi mumkin.

Maksimal kumulyativ doza:

Patsiyent tomonidan olingan maksimal umumiy dozani tana yuzasi maydoniga 450-550 mg/m2 dan oshirishga yo'l qo'yilmaydi. Yig'indi dozani xisoblashda, ishlatilgan daunorubitsin kabi yaqin preparatlarni xisobga olish kerak.

Ko'ks oralig'i va/yoki yurak soxasiga nurli davolash olgan, alkillovchi preparatlar bilan davolangan yondosh yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan patsiyentlar, va yuqori xavfi (masalan, 5 yildan ortiq davom etuvchi arterial gipertenziyali bemorlar, anamnezida koronar tomirlar, klapanlarning shikastlanishlari yoki miokard infarkti bo'lgan patsiyentlar, shuningdek 70 yoshdan oshgan patsiyentlar) bo'lgan patsiyentlar, 400 mg/m2 maksimal umumiy dozani oshirmasliklari kerak va bu patsiyentlarning koronar faoliyatini nazorat qilish kerak.

Alohida gurux patsiyentlari:

Immun tanqisligi bo'lgan patsiyentlar:

Immuniteti susaygan patsiyentlarni davolashda doza pasaytirilgan bo'lishi kerak. Muqobil doza xaftada tana yuzasi maydoniga 15-20 mg/m2 ni tashkil qiladi.

Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsiyentlar:

Jigar funktsiyasi pasaygan xolda doza quyidagi jadvalga muvofiq pasaytirilgan bo'lishi kerak:


Билирубиннинг зардоб даражаси

Тавсия этилган доза

20–50 мкмоль/л

одатдаги дозанинг ½

> 50–85 мкмоль/л

одатдаги дозанинг ¼


Jigarning og'ir disfunktsiyasi bo'lgan patsiyentlarda doksorubitsinni qo'llash mumkin emas.

Buyrak funktsiyasining buzilishi bo'lgan patsiyentlar:

Buyrak yetishmovchiligi (SKF 10 ml/minutdan kamroq) bo'lgan patsiyentlarga rejalashtirilgan dozadan 75% buyurish kerak.

Yurak funktsiyasining buzilishlarini xavfi bo'lgan patsiyentlar:

Agarda patsiyentda yurak toksikligining xavfi oshgan bo'lsa, in'ektsiya o'rniga 24 soatlik uzuluksiz infuziya ko'rinishida bir martalik dozani yuborish imkoniyatini ko'rish kerak. Bu usul terapevtik samaradorligini pasayishisiz yurak toksikligi tez-tezligini pasaytiradi. Bu patsiyentlarda chiqarib tashlash fraktsiyasini xar bir davolash kursi oldidan aniqlash kerak.




Suyak ko'migining zaxiralari cheklangan patsiyentlar:

Anamnezida miyelosupressiv preparatlar bilan davolash aniqlangan patsiyentlarda doza pasaytirilgan bo'lishi kerak. Bunday patsiyentlarda suyak ko'migining zaxirasi yetarlicha bo'lmaydi.

Semiz patsiyentlar:

Semiz patsiyentlarda boshlang'ich dozani kamaytirish yoki dozalash intervalini oshirish masalasini ko'rish kerak.

Keksa patsiyentlar (65 yoshdan oshgan):

Keksa patsiyentlarda dozani pasaytirish mumkin.

Bolalar:

Doksorubitsin bolalarda qo'llanganida kardiotoksiklikning ahamiyatli xavfini xisobga olib, patsiyentning yoshiga qarab, ma'lum yig'ind maksimal dozaga rioya qilish kerak. Bolalarda (12 yoshgacha) maksimal yig'indi faol doza 300 mg/m2 ni, o'simrlarda esa (12 va undan katta yoshli) maksimal yig'indi doza 450 mg/m2 ni tashkil qiladi. Kichik bolalarda maksimal yig'indi doza xozircha aniqlangan emas; lekin bunday patsiyentlarda o'zlashtirilishi ahamiyatli past.

Bolalarda doza kamaytirilgan bo'lishi kerak, chunki ular kardiotoksiklikning yuqoriroq xavfiga, ayniqsa kechiktirilganga ega bo'ladilar. Miyelotoksiklikni davolash boshlanganidan keyingi 10-14-nchi kunlari qonning shaklli elementlarining qiymatlarini minimal darajalari bilan kutish mumkin. Batafsilroq ma'lumot olish uchun joriy protokollar va maxsus adabiyotga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Qovuq ichiga yuborish:

Transuretrtal rezektsiyadan (TUR) keyingi qaytalanishlarni oldini olish maqsadida qovuq rakining yuzaki rakini davolash uchun, doksorubitsinni qovuq ichiga yuborish mumkin. Qovuqning yuzaki rakini qovuq ichki davolashda tavsiya etiladigan doza instillyatsiya yo'li bilan 25-50 ml fiziologik eritmadagi 30-50 mg ni tashkil qiladi. Eritma qovuqda 1-2 soat davomida qolishi kerak. Shu vaqt davomida patsiyentni xar

15 minutda 90° aylantirish kerak. Siydik bilan suyilishini oldini olish uchun, patsiyent instillyatsiya oldidan 12 soat davomida suyuqlik ichmasligi kerak, bu taxminan

50 ml/soatgacha siydik ishlab chiqarilishini kamaytirish imkoniyatini beradi. Muolajaning maqsadiga qarab - profilaktik yoki terapevtik - instillyatsiyani 1 xaftadan to 1 oygacha interval bilan takrorlash mumkin.

Doksorubitsinning spetsifik antidoti yo'q.
O'tkir intoksikatsiya 24 soat davomida, masalan, ko'krak og'rig'i, stenokardiya va miokard infarkti bilan birga kechuvchi yurak yetishmovchiligi ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin. Bunday xollarda kardiologning maslaxati kerak. Dozani oshirib yuborilishning boshqa belgilari jiddiy miyelosupressiyani, u odatda davolash boshlanganidan keyin 10-14 kun o'tgach yuz beradi, va shilliq qavatlarning og'ir yallig'lanishini o'z ichiga oladi. Yaqqol miyelosupressiyani davolash gospitalizatsiyani talab qiladi. Vaziyatlarga qarab, davolash periferik qonda granulotsitlar va trombotsitlar miqdorini oshirishga qaratilgan tadbirlar va antibiotikoterapiyani o'z ichiga olishi mumkin. Patsiyentni steril palataga joylashtirish talab etilishi mumkin. Intoksikatsiya belgilari paydo bo'lganda doksorubitsinni yuborishni darxol to'xtatish kerak. Surunkali intoksikatsiyaning belgilari avvalo kardiotoksiklikning yuqorida eslatilgan belgilari kiradi. Yurak yetishmovchiligi rivojlangan xolda kardiologning maslaxati kerak.
Doksorubitsin bilan intoksikatsiyada gemodializ ko'proq samarasiz bo'ladi, chunki doksorubitsin juda katta taqsimlanish xajmiga ega, va dozaning faqat 5% buyraklar orqali chiqariladi.
Ekstravazatsiya:
Perivenoz in'ektsiya maxalliy nekroz va tromboflebitga olib keladi. Ignani kiritish soxasidagi achishish perivenoz yuborish xaqida dalolat beradi.
Ekstravazatsiya xolida infuziya yoki in'ektsiyani darxol to'xtatish kerak. Igna in'ektsiya joyida qisqa muddat davomida qoldirilishi, so'ngra qisqa aspiratsiyadan keyin olinishi kerak.
Ekstravazatsiya xolida deksrazoksanni vena ichiga quyishni, ekstravazatsiyadan keyin
6 soatdan kech bo'lmagan vaqtda bajarish kerak. Dozalash bo'yicha qo'shimcha ma'lumot deksrazoksan uchun “Preparatning qisqacha xarakteristikasi” da saqlanadi. Deksrazoksanga qarshi ko'rsatmalar bo'lganida 99% li dimetilsulьfoksid (DMSO) ni qo'llash tavsiya etiladi, u lokal - shikastlangan soxa maydonidan ikki marta katta maydonga qo'yiladi (10 sm2 tana yuzasi maydoniga 4 tomchi) va bu muolaja kuniga uch marta kamida 14 kun davomida takrorlanadi. Zarurati bo'lganida nekrektomiyani bajarish kerak. Antagonistik mexanizmi tufayli DMSO qo'llanganidan keyin, og'riqni kamaytirish uchun, teri soxasi sovutilishi (tomirlarni kengayishiga qarshi torayish) kerak.
Agarda patsiyent antratsiklinlar chaqirgan ekstravazatsiyani davolash uchun deksrazoksan olgan bo'lsa, unda DMSO ni qo'llash kerak emas.
Boshqa choralar adabiyotlarda, turlicha baxolanadi, va ularning axamiyati oxirigacha aniqlanmagan.
Nomutanosiblik
Ishqoriy eritmalar bilan kontaktdan saqlanish kerak, chunki bu doksorubitsinning gidrolizini chaqiradi. Geparin va 5-ftoruratsil bilan aralashtirilmasin, chunki bu pretsipitatsiyani chaqirishi mumkin.
Doksorubitsinni 6.6 bo'limda keltirilganlardan tashqari boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi Naprod Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
ETOPOZID NAPROD konsentrat 5ml 100mg/5ml
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml
PROPOFOL NAPROD emulsiya 20ml 1% N1
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
L ASPARAGINAZA NAPROD poroshok 10000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 5 ml 100 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 1 ml 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
NAPREZO poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
METOTREKSAT NAPROD eritma 2 ml 50 mg/2 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
LEYKOVORIN NAPROD eritma 5 ml 50 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
BLEOMISIN NAPROD poroshok 15 ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 50mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 260mg/43,34ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 100mg/16,67ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Другие формы препарата
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN FEREYN liofilizat 10mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Брынцалов-А, ПАО
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 50mg 2mg/ml N1
DOKSORUBISIN EBEVE konsentrat 10mg 2mg/ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9