×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Карбоплатин
Ishlab chiqaruvchi:
- Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- L01ХА02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

NOVANEFRON tabletkalari 650mg N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
138 800 s`om dan
FULVEDJEKT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 0,75ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
98 800 s`om dan
405 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: karboplatin – 10 mg;
yordamchi moddalar: mannitol, in'ektsiya uchun suv.
Karboplatin og'ir metall – platinadan tarkib topgan noorganik kompleks birikmadir.
Ushbu preparatning asosiy ta'sir mexanizmi DNK ga bog'lanishi bilan ifodalanadi, natijada asosan DNK spirallari ichida tizilmalar hosil qiladi, bu DNK strukturasini o'zgartiradi va uning sintezini bostiradi deb taxmin qilinadi. Bu samara hujayra siklining fazasidan qat'iy nazar namoyon bo'ladi. Karboplatinning gidratatsiyasi sisplatinning gidratatsiyasiga nisbatan sekinroq yuz beradi, natijada preparatning faol shakli (shakllari) hosil bo'ladi.
15 ml va 45 ml dan qahrabo shisha flakonlarda. Har bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan
Karboplatin vena ichiga infuziya ko'rinishida 1 soat davomida bir marta yuborilganidan so'ng plazmada umumiy va erkin (ulьtrafilьtratsiyaga uchraydigan) platinining kontsentratsiyasi birinchi tartib kinetikaning ikki fazali modeliga muvofiq ravishda pasayadi. Erkin platinaning boshlang'ich T1/2 taxminan 1-2 soatni tashkil etadi, terminal T1/2 esa 3-6 soatga teng; umumiy platinaning boshlang'ich T1/2 erkin platinaning boshlang'ich T1/2 ga yaqinligi bilan xarakterlanadi, biroq uning terminal T1/2 uzoqroq (taxminan 24 soat) davom etadi. Preparatning dozasi to'rt kun davomida ketma-ket takroran yuborilganida plazmada platinaning to'planishi kuzatilmaydi. Preparatning dozasi yuborilganidan so'ng 24 soat o'tgach plazmada platinaning 85% dan ortiq qismi oqsillar bilan bog'langan holatda bo'ladi.
Karboplatin asosan buyraklar orqali chiqariladi va yuborilgan dozasining taxminan 30% o'zgarmagan holda chiqariladi. KK minutiga 60 ml ga teng yoki undan ortiq bo'lgan patsiyentlarda preparatning yuborilgan dozasini taxminan 65% va 70% yuborilgandan so'ng muvofiq 12 va 24 soat davomida chiqariladi. Karboplatin kalavalar filьtratsiyasi orqali deyarli butunlay chiqarilganligi sababli, karboplatinning juda kam kontsentratsiyasigina buyrak naychalarida mavjud bo'ladi, bu ehtimol, preparatning nefrotoksik potentsiali sisplatinga nisbatan katta emasligidan dalolat beradi.
Qon yaratish a'zolari tizimi tomonidan: karboplatinning dozasini cheklaydigan asosiy toksik omili bo'lib, suyak ko'migida qon yaratish faoliyatini susayishi hisoblanadi. Miyelosupressiya dozasiga bog'liqdir. Trombotsitlar va leykotsitlar / granulotsitlarning kontsentratsiyasi maksimal past darajasiga, odatda preparatni qabul qilish boshlangandan so'ng 2-3 hafta o'tgach erishiladi, bunda trombotsitopeniya tez-tez kuzatiladi. Karboplatinning navbatdagi dozasini qabul qilishga imkon beradigan adekvat darajagacha tiklanishi odatda kamida 4 haftani egallaydi. Patsiyentlarning haddan tashqari ko'p miqdorida anemiya simptomlari (gemoglobinning darajasi 11 g/dl dan kam) ham namoyon bo'lishi mumkin, uning jadalligi preparatning dozasini yig'indisiga bog'liq. Preparat bilan, ayniqsa, uzoq vaqt (masalan, preparatni 6 sikldan ortiq qabul qilish) davolangan patsiyentlarda transfuzion davolashni o'tkazish zaruriyati tug'ilishi mumkin. Isitma, infektsion kasalliklar, sepsis / septik shok va qon ketishi kabi klinik asoratlarni rivojlanish ehtimoli ham mavjud.
Me'da-ichak yo'llari (MIY) tomonidan: preparat qabul qilingandan so'ng 6-12 soat davomida 24 soat undan ortiq vaqtgacha davom etuvchi ko'ngil aynishi va/yoki qusish (engildan o'rtacha darajagacha) paydo bo'lish ehtimoli mavjud. Qusishning rivojlanish havfini qusishga qarshi preparatlar bilan oldindan davolash, karboplatinni 24 soat davomida vena ichiga uzluksiz infuziya qilish yoki 5 kun davomida ketma-ket bo'lib yuborish yordamida pasaytirish mumkin. Shuningdek qator hollarda og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini yallig'lanishi, diareya, qabziyat va abdominal og'riqlar kabi MIY ga boshqa noxush ta'sirlari ham kuzatilgan.
MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: periferik nevropatiyalar, asosan paresteziyalar va chuqur pay reflekslari pasayishi shaklida rivojlanish ehtimoli mavjud, bu 65 yoshdan oshgan patsiyentlarda sisplatin bilan uzoq muddat yoki oldin davolanganda rivojlanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Shuningdek MNT faoliyatini buzilish simptomlari paydo bo'lishi mumkin. preparat bilan uzoq muddat davolash kumulyativ neyrotoksiklikka olib kelishi mumkin.
Eshitish a'zolari tomonidan: ototoksiklik quloqlarni shang'illashi va eshitishni yomonlashuvi holida namoyon bo'ladi.
Ko'rish a'zolari tomonidan: ko'rishni vaqtinchalik yomonlashish yoki butunlay yo'qolish (ranglarni ajratish qobiliyati va yorug'likni ko'rish yo'qolishi mumkin), shuningdek ko'rish faoliyatini boshqa buzilishlar ehtimoli mavjud. Ko'rishni yaxshilanishi va/yoki to'liq tiklanishi odatda preparatni qabul qilish to'xtatilgandan so'ng bir necha hafta davomida yuz beradi. Karboplatinning katta dozalari bilan davolangan, buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda miya po'stlog'ida o'zgarishlar oqibatida ko'rlik kuzatilgan.
Buyraklar tomonidan: qon zardobida kreatinin va mochevinaning kontsentratsiyasini yengil va vaqtinchalik oshishi kuzatilishi mumkin. Buyraklarni o'tkir shikastlanishi kam kuzatilgan. Karboplatinni qabul qilish fonida nefrotoksiklikni (kreatinin klirensini pasayishi) rivojlanish havfi karboplatinning dozasi oshirilganida, shuningdek ilgari sisplatin bilan davolangan patsiyentlarda ko'payadi.
Jigar tomonidan: qon zardobida AST, bilirubin, ishqoriy fosfatazaning kontsentratsiyasini yengil va odatda vaqtinchalik oshishi kuzatilishi mumkin. Suyak ko'migini autologik transplantatsiyasi bilan birga karboplatinning katta dozalari bilan davolangan patsiyentlarda jigar faoliyatini ahamiyatli darajada buzilishi kuzatilgan.
Elektrolitlar muvozanati tomonidan: gipokaliyemiya, gipokalьtsiyemiya, giponatriyemiya va/yoki gipomagniyemiya bo'lishi mumkin.
Allergik reaktsiyalar: eritematoz toshma, isitma, qichishish, eshakemi, bronxospazm, arterial gipotenziya va anafilaktik reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Bu reaktsiyalar karboplatin yuborilgandan so'ng bir necha minutdan o'tgach namoyon bo'lishi mumkin. Kam hollarda shuningdek eksfoliativ dermatit kuzatilishi mumkin.
Boshqa nojo'ya samaralar: alopetsiya, asteniya, grippsimon simptomlar, gemolitiko-uremik sindrom, mialgiya/artralgiya, yurak yetishmovchiligi, serebrovaskulyar buzilishlar va preparat bevosita yuborilgan joyda allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkin.
Karboplatini sitotoksik preparatlarni qo'llash tajribasiga ega bo'lgan shifokorning nazorati ostida yuborish kerak. Karboplatin bilan davolanish vaqtida, ayniqsa preparatning yuqori dozalari qo'llanganida bo'lishi mumkin nojo'ya samaralarni doimo nazorat qilish shart. Preparatni tayyorlash va yuborish uchun alyuminiy saqlovchi ignalar, shpritslar, kateterlar va infuzion sistemalarni qo'llash mumkin emas. Alyuminiy karboplatin bilan reaktsiyaga kirishib, cho'kma hosil bo'lishi yoki preparatning faolligini yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Patsiyentlarda periferik qonning shaklli elementlarini muntazam ravishda (masalan, haftada bir marta) hisoblash va buyrak faoliyatini (eng sezgir ko'rsatkich bo'lib KK hisoblanadi) nazorat qilish kerak. Ayniqsa, ilgari sisplatin bilan davolangan patsiyentlar va 65 yoshdan oshgan patsiyentlarni vaqti-vaqti bilan nevrologik ko'ruvdan o'tkazish tavsiya etiladi. Karboplatin kumulyativ ototoksik samaralarni chaqirishi mumkin. Audiografik tekshirishlarni davolashni boshlashdan oldin va davolanish vaqtida yoki eshitishni buzilish simptomlari paydo bo'lganida o'tkazish kerak. Eshitish faoliyati klinik jihatdan ahamiyatli darajada buzilganida preparatning dozasini o'zgartirish yoki davolashni to'xtatish talab etilishi mumkin. Karboplatin bilan davolanish vaqtida va davolash tugaganidan so'ng 3 oy davomida ayollar va erkaklar ishonchli kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari kerak. Preparat bexosdan ko'zlarga tushganida zudlik bilan katta miqdordagi suv yoki natriy xlorid eritmasi bilan yuvish kerak. Preparat teriga tushganida preparat tekkan joyni zudlik bilan katta miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Preparat nafas yo'llariga yoki og'izga tushganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak. Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi Qo'llash mumkin bo'lmagan holat: homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.
Tuxumdonlar raki, moyak va tuxumdonlarni germinogen o'smalari, seminoma, havfli melanoma, bosh va bo'yin o'smalari, o'pka raki, bachadon bo'yni va tanasi raki, qovuq raki, osteogen sarkomada qo'llanadi.
buyrak funktsiyasini yaqqol buzilishlarida;
yaqqol miyelosupressiyada;
ko'p qon ketganida;
homiladorlik va emizish davrida;
karboplatinga yoki boshqa platina saqlovchi birikmalarga yuqori sezuvchanlikda preparatni qo'llash mumkin emas.
Karboplatin nur bilan davolash yoki boshqa miyelosupressiv preparatlar bilan majmuada qo'llash gematologik toksiklikni rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Karboplatinni aminoglikozidlar, shuningdek boshqa nefrotoksik preparatlar bilan birga qo'llash nefrotoksik va/yoki ototoksik samaralarning rivojlanish havfini oshirishi mumkin.
Saqlash sharoiti
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.

  • Karboplatin ham monoterapiya ko'rinishida, ham o'smalarga qarshi boshqa preparatlar bilan birga qo'llanishi mumkin. Preparat vena ichiga quyidagi dozalash tartiblarida yuboriladi:

  • 1 m2 tana yuzasiga 300-400 mg dan vena ichiga tomchilab 15-60 minut davomida yoki 24-soatlik infuziya ko'rinishida;

  • 1 m2 tana yuzasiga 100 mg dan vena ichiga tomchilab 15-60 minut davomida har kuni 5 kun mobaynida yuboriladi.

  • Karboplatin 1 mm3 qon hajmida kamida 100000 trombotsit hujayralari va 1 mm3 qon hajmida kamida 1500 neytrofil hujayralari bo'lganida kamida 4 haftalik interval bilan takroran yuboriladi.

  • Karboplatinni qo'llashdan oldin yoki keyin suyuqlik yuborish, shuningdek jadallashtirilgan diurez talab etilmaydi.

  • Suyak ko'migi yoki buyrak faoliyatining holatiga qarab karboplatinning terapevtik dozasiga quyidagi tarzda tuzatish kiritilishi mumkin:

  • o'rtacha yoki og'ir darajadagi gematologik toksiklik simtomlari (ya'ni trombotsitlar va neytrofil leykotsitlarning miqdori muvofiq ravishda 50000 va 500/mm3 dan kam bo'lganida) kuzatilgan patsiyentlar uchun preparatning dozasini – monoterapiya holatlarida ham, majmuaviy davolash sxemalarida ham – 25% ga kamaytirish mumkinligini ko'rib chiqish kerak;

  • buyrak faoliyatini buzilish simptomlari (KK < 60 ml/min) bo'lgan patsiyentlarda karboplatinning toksik samaralarini rivojlanish havfi oshadi, shuning uchun karboplatinning dozasini quyidagi tarzda kamaytirish kerak:


Креатинин клиренси (мл/мин)

Карбоплатининг тавсия этилган дозаси (мг/м2)

41-59

250

16-40

200

Masalan, ilgari miyelosupressiv davolash kurslari o'tkazilgan va/yoki 65 yoshdan oshgan patsiyentlar kabi havf omillari bo'lganida preparatning dozasini 20-25% ga kamaytirish tavsiya etiladi; shuningdek agar patsiyent ilgari sisplatin kabi nefrotoksik preparatlar bilan davolangan bo'lsa, karboplatinni ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.

Karboplatin eritmasini qo'llashdan oldin unda mexanik kiritmalar va rangini o'zgarganligini aniqlash maqsadida vizual nazorat qilish kerak. Karboplatinni bevosita qo'llashdan oldin uning kontsentratsiyasi 1-0,5 mg/ml ga yetgunicha fiziologik eritmada yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultirish kerak – infuziya eritma tayyorlangan so'ng ko'pi bilan 24 soat o'tgach bajarilishi kerak.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda qo'llanishi

Masalan, 65 yoshdan oshgan patsiyentlar kabi havf omillari bo'lganida preparatning dozasini 20-25% ga kamaytirish tavsiya etiladi.

Karboplatinning dozasi oshirib yuborilganida qo'llanadigan maxsus antidotlar mavjud emas. Dozasi oshirib yuborilganida yuqorida sanab o'tilgan yaqqol rivojlangan nojo'ya reaktsiyalarni kutish kerak. Preparat yuborilganidan so'ng birinchi 3 soatda gemodializ o'tkazish mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml dori vositasi Naprod Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KEMOKARB konsentrat 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Карбоплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 450mg 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Карбоплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 150mg 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Карбоплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
KEMOKARB konsentrat 150mg/15ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Карбоплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Fresenius Kabi Oncology Limited для Fresenius Kabi Deutschland GmbH, Германия
KARBOPLATIN EBEVE konsentrat 50mg 10mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Карбоплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
ETOPOZID NAPROD konsentrat 5ml 100mg/5ml
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml
PROPOFOL NAPROD emulsiya 20ml 1% N1
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
L ASPARAGINAZA NAPROD poroshok 10000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 5 ml 100 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 1 ml 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
NAPREZO poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
METOTREKSAT NAPROD eritma 2 ml 50 mg/2 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
LEYKOVORIN NAPROD eritma 5 ml 50 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
BLEOMISIN NAPROD poroshok 15 ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 50mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 260mg/43,34ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 100mg/16,67ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9