×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Эпирубицин
Ishlab chiqaruvchi:
- Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- L01DB03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KAPFURO tabletkalari 500mg N30 Dr.Reddy's Laboratories Ltd Hindiston
303 600 s`om dan
METORTRIT ROMFARM inyeksiya uchun eritma 1,5ml 10mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
126 700 s`om dan
TAMOKSIFEN tabletkalari 20mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
60 000 s`om dan
ANASTROZOL tabletkalari 1mg N30 Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Salutas Pharma GmbH Germaniya
98 500 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg/50 mg epirubitsin gidroxloridi;
yordamchi moddalar: laktoza, metilparaben, xlorid kislotasi, natriy gidroksidi, in'ektsiya uchun suv.
Epirubitsin antratsiklinlar guruhidan bo'lgan sitostatik antibiotik hisoblanadi. Epirubitsinning ta'sir mexanizmi uni DNK bilan bog'lanish xususiyatiga bog'liq. Hujayra kul'turalarini ishlatib o'tkazilgan eksperimentlarda, preparatni xujayraga tez kirishi, uni yadroda joylashishi, shuningdek nuklein kislotalari sintezini va mitozni ingibitsiya qilish aniqlangan. Epirubitsinni eksperimental o'smalarning keng doirasiga, shu jumladan L1210 va P388 leykozlari, SA180 sarkomasi (zalvor va astsitik shakli), B16 melanomasi, sut bezining raki, Lewis o'pka raki va chambar ichak 38 rakiga nisbatan faolligi namoyish qilingan. U shuningdek timussiz yalang'och sichqonlarga ko'chirib o'tkazilgan odam o'smalarida (melanoma, sut bezi, o'pka, prostata va tuxumdaon raki) ham faollik namoyon qilgan.
Kulrang rezina tiqinlar bilan berkitilgan va siqiluvchi alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan tiniq rangsiz shisha flakonlar.
Xar bir flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
O'ramlarning o'lchamlari:
1 flakon 10 mg
1 flakon 50 mg
Epirubitsin 60-150 mg/m2 dozalar doirasida to'g'ri chiziqli farmakokinetikasi bilan xarakterlanadi.
Infuziyani davomiyligi va davolash tartibi preparatni plazmadagi klirensiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Buyraklar va jigar funktsiyasi normal bo'lgan patsiyentlarda epirubitsin 60-150 mg/m2 dozalarda vena ichiga yuborilganidan keyin, uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda tez birinchi faza va sekin terminal faza bilan uch fazada pasayadi; preparatning o'rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 40 soatni tashkil qiladi. Shu dozalarda preparatning klirensi va metabolizmi parametrlarining qiymatlarida to'g'ri chiziqlilik aniqlangan. Kalamushlardagi taqsimlanishi bo'yicha tekshirishlarda, epirubitsinni gematoentsefalik to'siq orqali o'tmasligi ko'rsatilgan.
Preparatning asosiy metabolitlari epirubitsinol (13-ON-epirubitsin), epirubitsin va epirubitsinolning glyukuronidlari hisoblanadi. 4-O-glyukuronlanish epirubitsin va doksorubitsinning parchalanishini farqlaydi, bu epirubitsinni nisbatan tez chiqarilishini va uni kamroq toksikligini tushuntiradi. Asosiy metabolitni (epirubitsinolning) plazmadagi kontsentratsiyasi turg'un past bo'lgan va amalda o'zgarmagan preparatdagilarga parallel ravishda o'zgargan.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi.
Epirubitsinning plazmadagi klirensini yuqori qiymatlari (0,9 l/min) va uning sekin chiqarilishi, preparatning yuqori taqsimlanish hajmini aks ettiradi. Jigar faoliyatining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda, plazma klirensi pasayadi. 48 soat davomida siydik bilan chiqariladigan miqdori preparatning yuborilgan dozasining taxminan 9-10% to'g'ri keladi.
Qovuqning yuzaki rakida epirubitsin qovuq ichiga qo'llangan hollarda, o'sma to'qimasi sog'lom to'qimaga qaraganda, 2-10 marta ko'p epirubitsinni yutadi.
Quyida epirubitsin qo'llanganda aniqlangan nojo'ya ta'sirlar sanab o'tilgan; ularning uchrash tez-tezligini quyidagi me'zonlari ishlatilgan

juda tez-tez (10 nafardan ≥1da); tez-tez (100 nafardan ≥1da, ammo 10 nafardan ≤1da); tez-tez emas (1000 nafarda ≥1da, ammo 100 nafarda ≤1da); kam hollarda (10000 nafarda ≥1da, ammo 1000 nafarda ≤1da); juda kam hollarda (10000 nafarda ≤1da); noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).

Nojo'ya samaralarning rivojlanishi 10% dan ortiq patsiyentlarda kutilishi mumkin. Eng tarqalganlari miyelosupressiya, me'da-ichak nojo'ya samaralari, anoreksiya, alopetsiya va infektsiya hisoblanadi.


Аъзолар тизими синфи

Тез-тезлиги

Ножўя таъсирлари

Инфекциялар ва инвазиялар

Тез-тез

Инфекциялар

Тез-тезлиги номаълум

Септик шок (миелосупрессиянинг натижаси бўлиши мумкин), сепсис, пневмония

Хавфсиз, хавфли ва таснифланмаган ўсмалар (жумладан кисталар ва полипларни)

Кам ҳолларда

Ўткир миелолейкоз, ДНК ни шикастловчи ўсмага қарши воситалар билан бир вақтда эпирубицинни олаётган пациентларда лейкоз олди босқичи ёки усиз бўлган иккиламчи ўткир миелоидли лейкоз. Бу лейкозлар қисқа (1-3 йил) латент даврига эга.

Қон яратиш ва лимфатик тизими томонидан бузилишлар

Жуда тез-тез

Миелосупрессия (лейкопения, гранулоцито-

пения, анемия ва фебрил нейтропения).

Юқори дозаларда оғир қайтувчи нейтропения

(≤500 нейтрофиллар/м2 ≤7 кун давомида) ривожланиши мумкин.

Тез-тез эмас

Тромбоцитопения

Тез-тезлиги номаълум

Миелосупрессия натижасидаги қон кетиши ва тўқима гипоксияси

Иммун тизими томонидан бузилишлар



Кам ҳолларда




Анафилаксия (шок биланёки усиз кечувчи ёки, анафилактик/анафилактоид реакциялар, шу жумладан тери тошмалари, қичишиш, тана хароратини ошиши ва этни увишиши).

Овқатланишни ва моддалар алмашинувини бузилишлари

Тез-тез

Анорексия, дегидратация

Кам ҳолларда

Гиперурикемия

Нерв тизими томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Бош айланиши

Кўриш аъзоси томонидан бузилишлар

Номаълум

Конъюнктивит, кератит

Юрак томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Сурункали юрак етишмовчилиги (ҳансираш, шишлар, жигарни катталашиши, асцит, ўпка шиши, плевра бўшлиғида экссудат, галоп ритми), кардиотоксиклик (ЭКГ да ўзгаришлар, аритмиялар, кардиомиопатиялар), қоринча тахикардияси, брадикардия, АВ-блокада, Гис тутами оёқчасининг блокадаси,

Қон томир тизими томонидан бузилишлар

Тез-тез

Оқиб келишлар

Тез-тез эмас

Флебит, тромбофлебит

Номаълум

Шок, тромбоэмболия, шу жумладан ўпка артериясининг эмболияси (алоҳида ҳолларда ўлим билан якунланувчи)

Овқат ҳазм қилиш тизими томонидан бузилишлар

Тез-тез

Шиллиқ қаватини яллиғланиши (даволаш бошланганидан кейин 5-10 кун ўтгач ривожланиши мумкин), эзофагит, стоматит, кўнгил айниши, қусиш, диарея (сувсизланишга олиб келиши мумкин), қорин оғриғи.

Номаълум

Эрозиялар, яралар, оғриқ ва ачишиш, қон кетиши, оғиз бўшлиғи шиллиқ қаватини гиперпигментацияси

Тери ва тери ости ёғ клетчаткаси томонидан ўзгаришлар

Жуда тез-тез

Алопеция (60-90% ҳолларда; эркакларда у юзда тукларнинг ўсишини пасайиши билан бирга кечади). Алопеция дозага боғлиқ ва кўпчилик ҳолларда қайтувчи бўлади.

Кам ҳолларда

Эшакеми

Номаълум

Маҳаллий токсиклик, тошма, қичишиш, терини ўзгаришлари, эритема, гиперемия, тери ва тирноқларнинг ўзгаришлари (гиперпигментация), ёруғликка сезувчанлик, илгари нурлантирилган терининг ўта юқори сезувчанлиги (илгари нурлантирилган сохада махаллий нурли реакцияларнинг қайталаниши)

Сийдик чиқариш тизими томонидан бузилишлар

Жуда тез-тез

Юборилгандан кейин 1-2 кун давомида сийдикнинг қизил рангига бўялиши

Репродуктив тизими ва сут безлари томонидан бузилишлар

Кам ҳолларда

Номалум

Аменорея, азоспермия

Пременопаузадаги аёлларда менопаузани муддатидан олдин юз бериши

Тизимли бузилишлар ва юбориш жойидаги асоратлар

Тез-тез

Инфузия жойида эритема

Кам ҳолларда

Дармонсизлик, кучсизлик, тана хароратини ошиши (аҳамиятлигача), этни увишиши.

Номаълум

Флебосклероз, локал оғриқ, оғир гиподермит, тасодифий вена атрофига инъекциядан кейин тўқималарнинг некрози

Лаборатория ва инстру-

ментал текширишлар- даги ўзгаришлар

Кам ҳолларда

Трансаминазалар фаоллигини ўзгариши

Номаълум

Чап қоринча чиқариб ташлаш фракциясини симптомсиз пасайиши

Травмалар, захарланиш

лар ва муолажали асоратлар

Тез-тез

Қовуқ ичига юборилганидан кейин кимёвий, баъзида геморрагик цистит аниқланган

Qovuq ichiga yuborilganidan keyin

Qovuq ichiga instillyatsiyadan keyin ta'sir qiluvchi moddaning faqat katta bo'lmagan miqdori qayta so'rilishi tufayli, preparatga og'ir tizimli nojo'ya reaktsiyalar, shuningdek allergik reaktsiyalar bu holda juda kam.

Achishish va tez-tez siyish (pollakiuriya) kabi mahalliy reaktsiyalar ko'proq kuzatiladi. Ba'zida bakterial yoki kimyoviy sistit aniqlangan. Bu nojo'ya ta'sirlar ko'p hollarda qaytuvchi bo'ladi.


Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

- Epirubitsin gidroxloridga yoki yordamchi moddalardan xar qandayiga, boshqa antratsiklinlarga yoki antratsendionlarga o'ta yuqori sezuvchanlik.

- Laktatsiya.

Parenteral qo'llanganda

Oldingi kimyoterapiya va (yoki) nur bilan davolash chaqirgan yaqqol miyelosupressiya

Ilgari epirubitsinning va (yoki) boshqa antratsiklinlarning (doksorubitsin yoki daunorubitsin) va antratsendionlarning maksimal yig'indi dozalarini olgan patsiyentlarga yuborish.

O'tkir tizimli infektsiyalar.

Og'iz bo'shlig'i va (yoki) me'da-ichak yo'llari a'zolari shilliq qavatlarining yaqqol yallig'lanishi.

Jigar funktsiyacining og'ir buzilishlari.

Xozirgi vaqtda yoki anamnezda bo'lgan kardiologik kasalliklar, masalan, o'sib boruvchi yurak yetishmovchiligi, IV funktsional sinfi yurak yetishmovchiligi (tinch holatdagi yetishmovchilik), og'ir aritmiyalar va gemodinamikaning og'ir buzilishlari bilan o'tkazuvchanlikning buzilishlari, miokardning o'tkir yallig'lanish kasalliklari, beqaror stenokardiya, o'tkir miokard infarkti yoki III va IV funktsional sinfi yurak yetishmovchiligiga olib kelgan, ilgari o'tkazilgan miokard infarkti, kardiomiopatiya.

Sariq isitmaga qarshi vaktsina bilan birga qo'shish.

Qovuq ichiga yuborishda

Epirubitsin qovuq devoriga o'sib kirgan invaziv o'smalarni davolash maqsadida qovuq ichiga yuborilmaydi.

Siydik chiqarish yo'llarining infektsiyalari.

Qovuqning yallig'lanishi.

Qoldiq siydikning katta hajmi.

Qisqargan qovuq.

Qovuqni kateterizatsiya qilishdagi qiyinchiliklar.

Gematuriya.


Davolashni faqat onkologik kasalliklarni davolash tajribasiga ega shifokorlar o'tkazishlari kerak. Preparatni yuborish qat'iy tartiblarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Epirubitsin gidroxloridi bilan davolash boshlangungacha patsiyentlarda sitostatiklarni oldingi yuborishdan keyin rivojlangan o'tkir toksiklikning (stomatit, neytropeniya, trombotsitopeniya va yoyilgan infektsiyalar kabi) ko'rinishlari yo'qotilishi kerak.
Epirubitsin gidroxloridini yuqori dozalari (masalan, ≥90 mg/m2 3-4 xaftada 1 marta) bilan davolash, umuman standart dozalarda (≤90 mg/m2 3-4 xaftada 1 marta) kuzatiladiganga o'xshash nojo'ya ko'rinishlar chaqiradi, lekin neytropeniya va stomatit/mukozitning og'irligi yuqori bo'lishi mumkin.
Epirubitsin gidroxloridini yuqori dozalari bilan davolash, og'ir miyelosupressiya bilan bog'liq bo'lgan klinik xolatlar tufayli, alohida e'tiborni talab qiladi.
Epirubitsin bilan kontaminirlangan predmetlarni tozalash uchun, gipoxlorit natriyning 10% li eritmasini qo'llash mumkin. Rangsizlanish epirubitsinni oksidlanishli faolsizlantirilishini ko'rsatadi. Teri yoki shilliq qavatlar bilan kontaktda shikastlangan joyni yaxshilab sovunli suvda yuvish kerak.
Yurak funktsiyasi
Kardiotoksiklik antratsiklinlar bilan davolashga xos bo'lgan xavf hisoblanadi. Uning ko'rinishlari erta ham (o'tkir kardiotoksiklik), kechiktirilgan ham bo'lishi mumkin.
Kardiotoksiklikning erta ko'rinishlari
EKG parametrlarini o'zgarishlari (dozadan qat'iy nazar)
Epirubitsinning kardiotoksikligi asosan sinusli taxikardiya ko'rinishida va (yoki) ST-T tishlarning nospetsifik o'zgarishlari kabi elektrokardiogrammadagi (EKG) o'zgarishlarda namoyon bo'ladi, adabiyotlarda taxiaritmiyalar, shu jumladan qorincha ekstrasistolalari, qorincha taxikardiyasi va bradikardiyasi, shuningdek atrioventrikulyar blokada va Gis tutami oyoqchalarining blokadasi keltirilgan. Bu ko'rinishlar odatda keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklikni rivojlanishi mumkinligidan dalolat bermaydi va kam klinik ahamiyatga ega sifatida qaraladi va, odatda, epirubitsin bilan davolashni to'xtatish kerakligiga ko'rsatma hisoblanmaydi.
Kardiotoksiklikning kechiktirilgan ko'rinishlari
Kardiomiopatiya ko'rinishidagi dozaga bog'liq kumulyatik a'zoli toksiklik.
Bu reaktsiya odatda epirubitsin bilan davolash kursining oxirida yoki davolash to'xtatilganidan keyin 2-3 oylar davomida rivojlanadi. Lekin bunday ko'rinishlarni bundan ham kechroq muddatlarda (davolash yakunlangandan keyin bir necha oydan bir necha yilgacha) rivojlanishi xaqida ham xabarlar berilgan.
Kechiktirilgan kardiomiopatiya odatda chap tomonli yurak yetishmovchiligi va (yoki) hansirash, o'pka shishi, yurakdan pastda joylashgan tana qismlarining shishi, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, astsit, plevra bo'shlig'ida ekssudat va galop ritmini o'z ichiga oluvchi dimlangan yurak yetishmovchiligi (DYuE) bilan birga kechadi. Hayot uchun havfli DYuE antratsiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og'ir shakli hisoblanadi va yig'indi dozani cheklovchi preparatning toksikligini ifodalaydi.
DYuE rivojlanishini xavfi epirubitsinning yuqoriroq yig'indi dozalarini - 900 mg/m2 olgan patsiyentlarda oshadi. Kardiomiopatiya xavfini hisobga olib, bu yig'indi dozani faqat alohida ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Yurak funktsiyasini epirubitsin bilan davolashni o'tkazishgacha baholash va og'ir yurak yetishmovchiligi xavfini minimallashtirish uchun, davolash kursi vaqtida doimo nazorat qilish kerak. Davolash kursi vaqtida chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini muntazam nazorat qilish va yurak faoliyatining buzilishlarini birinchi belgilarida epirubitsinni tez bekor qilish yo'li bilan, xavf kamaytirilishi mumkin.
Yurak funktsiyasini dinamik baxolash (chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasi) usullari mulьtigeyterlangan radioizotop angiografiya (MUGA) yoki exokardiografiya hisoblanadi. Yurak funktsiyasining dastlabki baholashni EKG, MUGA yoki exokardiografiya orqali, ayniqsa kardiotoksikliknning yuqori xavfiga ega bo'lgan patsiyentlarda, o'tkazish tavsiya etiladi. So'ngra chap qorinchanning chiqarib tashlash fraktsiyasini baholash maqsadida, xususan antratsiklinlarning yuqori yig'indi dozalarini olgan patsiyentlarda, takroriy MUGA yoki exokardiografiya kerak. Lekin ko'rsatgichni baholash usuli patsiyentni hamma kuzatish jarayonida o'zgarmasligi kerak.
Antratsiklinlar bilan davolash bilan bog'liq bo'lgan kardiomiopatiyani tashxislashni eng informativ usuli, endomiokardning biopsiyasi hisoblanadi. Lekin bu usul invaziv hisoblanadi va oddiy tekshirishlar uchun to'g'ri kelmaydi. EKG ning o'zgarishlari odatda o'tkinchi (qaytuvchi) shikatlanishlarning belgilariga muvofiq keladi. Antratsiklinlar tomonidan induktsiyalangan kardiomiopatiya, QRS kompleksi volьtajini turg'un pasayishi, sistolik intervalni normal qiymatlardan yuqori uzayishi va chap qorinchaning chiqarib tashlash fraktsiyasini pasayishi bilan assotsiatsiyalanadi.
Kardiomiopatiya xavfini hisobga olib, epirubitsinning 900 mg/m2 dan ortiq yig'indi dozasini alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Bu ayniqsa tana yuzasi maydoniga epirubitsin gidroxloridinning 600-700 mg/m2 dan yuqori yig'indi dozalarini yuborishga yoki ko'ks oralig'i soxasiga nurli davolash olayotgan patsiyentlarni davolashda, va (yoki) potentsial kardiotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan patsiyentlarga taalluqlidir.
Kardiotoksiklik xavfining omillari aniq yoki yashirin yurak-tomir kasalliklari, ko'ks oralig'i soxasi/perikardial soxaga oldingi yoki yo'ldosh nurli davolash, antratsiklinlar yoki antratsendionlar bilan ilgari o'tkazilgan davolash va yurak qisqaruvchanligini pasaytirish qobiliyatiga ega vositalar, yoki kardiotoksik vositalarni (masalan, trastizumaba) yuborish hisoblanadi. Keksa patsiyentlar yuqoriroq xavfga duchor bo'ladilar.
Yurak yetishmovchiligi (Nьyu-York kardiologik assotsiatsiyasining (NYHA) tasnifi bo'yicha II-IV sinfi) trastuzumabni ham monoterapiyada, ham antratsiklinlar, shu jumladan epirubitsin bilan majmuada olayotgan patsiyentlarda kuzatilgan. Bu yurak yetishmovchiligi o'rtacha yoki og'ir darajali bo'lishi mumkin; shuningdek o'lim bilan yakunlangan hollar ham aniqlangan.
Trastuzumab va epirubitsin kabi antratsiklinlarni, ular yurak faoliyatini monitoringi amalga oshiriladigan yaxshi nazorat qilinuvchi klinik tekshirishlar chegaralarida qo'llanadigan hollardan tashqari, majmuada qo'llash mumkin emas. O'tmishda antratsiklinlar bilan davolash olgan patsiyentlarda, trastuzumab bilan davolashda kardiotoksiklik xavfi mavjud, garchi bu xavf, trastuzumab va antratsiklinlarni yondosh yuborilgan holga qaraganda past bo'lsa ham.
Trastuzumabning yarimchiqarilish davri taxminan 28-38 kunni tashkil qilganligi tufayli, trastuzumab davolash to'xtatilganidan keyin xatto 27 haftagacha tizimli qon oqimida saqlanishi mumkin. Epirubitsin kabi antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar, trastuzumabni qo'llash to'xtatilgandan keyin, kardiotoksiklikning yuqori xavfiga duchor bo'lishlari mumkin. Shifokorlar trastuzumabni qo'llash to'xtatilganidan keyin
27 xaftadan kam bo'lmagan vaqt davomida iloji boricha antratsiklinlar asosidagi davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Epirubitsin kabi antratsiklinlar qo'llanganida, patsiyentning yurak funktsiyasi sinchiklab nazorat qilinishi kerak.
Agar epirubitsin bilan davolashdan keyin buyurilgan trastuzumab bilan davolash vaqtida yurak yetishmovchiligining simptomlari rivojlansa, uni standart davolashni o'tkazish kerak.
Preparatning yuqori yig'indi dozalarini olgan va xavf omillari bo'lgan patsiyentlarda, yurak funktsiyasi ayniqsa sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Lekin kardiotoksiklik epirubitsinning pastroq yig'indi dozalari yuborilganidan keyin ham, shuningdek xavf omillari bo'lmaganida xam rivojlanishi mumkin. Epirubitsin va boshqa antratsiklinlar yoki antratsendionlarning toksiklik ehtimoli additiv xarakterga egadir.
Gematologik toksiklik
Boshqa sitotoksik vositalarga o'xshab, epirubitsin suyak ko'migi funktsiyasining susayishini chaqirishi mumkin. Qon manzarasini (xususan, qondagi leykotsitlar, neytrofillar, trombotsitlar, eritrotsitldar miqdori) epirubitsin bilan xar bir davolash sikligacha va davolash sikli vaqtida baholash kerak. Dozaga bog'liq, qaytuvchi leykopeniya va (yoki) granulotsitopeniya (neytropeniya) epirubitsinning gematologik toksikligining asosiy ko'rinishi va bu preparatning eng tarqalgan dozani o'tkir cheklovchi toksikligi xisoblanadi. Leykopeniya va neytropeniya, odatda, yuqori dozali sxemalar qo'llanganida og'irroq xarakterga ega bo'ladi, bunda leykotsitlar va neytrofillarning minimal miqdori ko'pchilik hollarda preparat yuborilganidan keyingi 10 va 14-nchi kunlar orasidagi davrga to'g'ri keladi. Lekin, odatda, bu ko'rinishlar o'tkinchi bo'ladi va leykotsitlar/neytrofillarning miqdori normal qiymatlarga ko'pchilik hollarda 21-nchi kuni qaytadi. Shuningdek tromobtsitopeniya yoki anemiya rivojlanishi ham mumkin. Og'ir miyelosupressiyaning klinik ta'siri tana xaroratini oshishi, infektsiyalar, sepsis/septitsemiya, septik shok, qon ketishi, to'qima gipoksiyasi va o'limni o'z ichiga oladi.
Ikkilamchi leykoz
Antratsiklinlar, shu jumladan epirubitsin olayotgan patsiyentlarda, ikkilamchi leykoz xollari aniqlangan, ular leykoz oldi bosqichi bilan ham, usiz ham kechishi mumkin.
Ikkilamchi leykoz bunday preparatlarni DNK ni shikastlovchi o'smaga qarshi preparatlar bilan majmuada qo'llanganida yoki nurli davolash bilan qo'shilganida ko'proq uchraydi. U shuningdek ilgari sitotoksik preparatlar bilan jadal davolash olgan, yoki antratsiklinlarning dozasi oshirilgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Leykozni bu turi 1 dan 3 yilgacha bo'lgan yashirin davrga ega bo'lishi mumkin
Me'da-ichak yo'llari tomonidan noxush ko'rinishlar
Epirubitsin emetogen ta'sirga ega. Shilliq qavatlarning yallig'lanishi, stomatit odatda preparat yuborilgandan keyingi erta muddatlarda namoyon bo'ladi va og'ir hollarda bilan bir necha kun davomida shilliq qavatlarda yaralarni hosil qilib kuchayishi mumkin. Ko'pchilik patsiyentlarda bu noxush ko'rinishlar davolashning uchinchi xaftasida yechiladi.
Jigar funktsiyasi
Epirubitsin asosan gepatobiliar tizimi orqali chiqariladi. Davolash kursigacha bo'lgan vaqtda va kursi vaqtida va jigar yetishmovchiligini istisno qilish maqsadida jigar faoliyatini (AST faolligini, umumiy bilirubinning kontsentratsiyasini) nazorat qilish kerak. Jigar funktsional sinamalarining (AST, bilirubin) qiymatlari yuqori bo'lgan patsiyentlarda preparatning klirensi past bo'lishi mumkin, u epirubitsinning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday patsiyentlar uchun pastroq dozalar tavsiya etiladi. (4.2 va 5.2 bo'lmilarga qarang) Jigar funktsiyasini og'ir buzilishlari bo'lgan patsiyentlar epirubitsin olmasliklari kerak.
Buyraklar funktsiyasi
Buyraklar funktsiyasi pasaygan patsiyentlarda davolash oldidan va davolash vaqtida zardobda kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak. Zardobda kreatini kontsentratsiyasi yuqori (≥5mg/dl) bo'lgan patsiyentlarda preparatni dozasini kamaytirish kerak.
In'ektsiya joyidagi reaktsiyalar
Katta bo'lmagan tomirga in'ektsiya yoki bir venaga takroriy in'ektsiyani qilinishi natijasida fleboskleroz rivojlanishi mumkin. Yuborishning tavsiya etilgan usullariga amal qilib, in'ektsiya joyida flebit/tromboflebit xavfini minimumga keltirish mumkin.
Ekstravazatsiya
Epirubitsinni qat'iy vena ichiga yuborish kerak; vena oldiga yuborish to'qimalarning mahalliy nekrozini va tromboflebitni chaqiradi.
Vena ichiga yuborishda epirubitsinning ekstravazatsiyasi lokal og'riq, to'qimalarning jiddiy shikastlanishini (puffaklar xosil bo'lishi, og'ir gipodermit) va nekroz chaqirishi mumkin.
Epirubitsinni vena ichiga yuborish vaqtida ekstravazatsiya belgilari paydo bo'lgan xolda, preparatning infuziyasini darxol to'xtatish kerak.
Antratsiklinlarning ekstravazatsiyasini noxush samaralardan saqlanish yoki ularning paydo bo'lish xavfini pasaytirish, darhol spetsifik davolashni, masalan, deksrazoksanni qo'llash yo'li bilan mumkin (qo'llash bo'yicha muvofiq yo'riqnomaga qarang).
Preparat yuborilgan igna, boshidan joyida qoldirilishi va qisqa aspiratsiyadan keyin olinishi kerak. Shundan keyin og'riqni yengillashtirish uchun ekstravazat joyi sovutilishi va sovutilgan holatda gialuron kislotasi va dimetilsulьfoksid yordamida tutib turilishi kerak. Qo'l ko'tarilgan holatda bo'lishi kerak.
Keyinchalik patsiyent sinchkov nazorat ostida bo'lishi kerak, chunki to'qimalarning nekrozini rivojlanishi ekstravazatsiyadan keyin bir necha xafta o'tgach ham rivojlanishi mumkin.
To'qimalarning nekrozi rivojlanganda shikastlangan to'qimalarni olib tashlash mumkinligi bo'yicha plastik xirurg bilan maslahatlashish kerak.
Boshqa reaktsiyalar
Epirubitsinni, ishlatgandan keyin tromboflebit va tromboemboliyalarning, shu jumladan o'pka arteriyasining tromboemboliyasini (ayrim xolllarda o'lim bilan yakunlanuvchi) rivojlanishi haqida yakka xabarlar bor.
O'sma lizisini sindromi
O'sma hujayralarining tez dorili induktsiyalangan lizisi (o'sma lizisi sindromi) bilan birga kechuvchi purinlarning yaqqol ifodalangan katabolizmi tufayli, epirubitsin giperurikemiya chaqirishi mumkin. Shuning uchun davolash boshlanganidan keyin qonda siydik kislotasi, kaliy, fosfat, kalьtsiy va kreatininning kontsentratsiyalarini nazorat qilish kerak. Giperurikemiyani oldini olish maqsadida yo'qotilgan suyuqlik o'rnini to'ldirish, siydikni ishqoriylashtirish va allopurinol bilan profilaktik terapiya, o'sma lizisi sindromining potentsial asoratlarini minimallashtirish qobiliyatiga ega.
Immunosupressiya va infektsiyalarga yuqori beriluvchanlik
Kimyoterapevtik preparatlar, epirubitsinni ham qo'shib, davolash fonida rivojlangan immuntanqisligi bo'lgan bemorlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan tirik vaktsinalarni yuborish, jiddiy yoki halokatli infektsiyaga olib kelishi mumkin.
Epirubitsin bilan davolash olayotgan patsiyentlar, tirik vaktsinalar bilan immunizatsiyadan saqlanishlari kerak. O'ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaktsinalarni yuborish mumkin, lekin bunday vaktsinalarga reaktsiya pasaygan bo'ladi.

Reproduktiv tizimi
Epirubitsin genotoksik bo'lishi mumkin. Epirubitsin olayotgan erkaklar va ayollar kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Davolash yakunlanganidan keyin bolaga ega bo'lishini hohlovchi patsiyentlarga, qat'iy genetik maslahatdan o'tishni tavsiya etish kerak.Epirubitsin olayotgan, ayol va erkak jinsidagi jinsiy hamkorlar, bu preparat bilan davolashning hamma davrida va u yakunlangandan keyin 6 oygacha kontratseptsiyaning samarali usullarini qo'llashlari kerak. Epirubitsinni olayotgan erkaklarga, uni jarayonida bepushtlik rivojlanishi mumkinligi tufayli, davolash boshlangungacha urug' suyuqligini konservatsiya qilish masalasi bo'yicha maslahat olish tavsiya etiladi.
Qo'shimcha ogohlantirishlar va boshqa yuborish yo'llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari
Qovuq ichiga yuborish
Epirubitsinni yuborish kimyoviy sistit simptomlarini (dizuriya, poliuriya, nikturiya, stranguriya, gematuriya, qovuq sohasida diskomfort, qovuq devorining nekrozi kabi) va qovuq strikturasini chaqirishi mumkin. Kateterizatsiya qilishning qiyinchiliklarida (masalan, qovuq o'smalari tufayli uretraning obstruktsiyasi) alohida e'tibor talab etiladi.
Arteriya ichiga yuborish
Epirubitsinni arteriya ichiga yuborish (birlamchi jigar-xujayrali rakni yoki jigarga o'tgan metastazlarni lokallangan yoki regionar davolash uchun kateter orqali arterial embolizatsiya), me'da/o'nikki barmoq ichak yarasi (ehtimol, preparatni me'da arteriyasiga reflyuksi tufayli) va dorili stenozlovchi xolangitning oqibatidagi o't-safro yo'llarining torayishini o'z ichiga oluvchi lokal yoki regionar ko'rinishlarga olib kelishi mumkin (tizimli toksikligiga qo'shimcha, sifat jihatdan, epirubitsin vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatiladiganga o'xshash).
Bu yuborish yo'lini ishlatish, bu tomir bilan orqali qon bilan ta'minlanuvchi to'qimalarning tarqalgan nekroziga olib kelishi mumkin.
Yordamchi moddalar
Ushbu dori vositasi 1 ml da 0,154 mmolь (3,54 mg) natriy saqlaydi. Natriy miqdori nazoratda bo'lgan parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarni davolashda buni hisobga olish kerak.
Yuborilganidan keyin bir yoki ikki kun davomida epirubitsin siydikka qizil rang berishi mumkin.
Fertillikka ta'siri, homiladorlik va emizishda qo'llanishi
Homiladorlik davrida qo'llanishi:
Bola tug'ish yoshidagi ayollar davolanish vaqtida homiladorlik yuz berishidan saqlanishlari va kontratseptsiyaning samarali usullaridan ishlatishlari kerakligi xaqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak.
Hayvonlardagi eksperimental ma'lumotlar, homilador ayolga yuborilganda epirubitsin homilaga zarar yetkazishi mumkinligini ko'rsatadi. Ko'pchilik boshqa o'smalarga qarshi vositalari kabi, epirubitsin hayvonlarda o'zining mutagen va kantserogen faolligini namoyish qilgan.
Agar ushbu preparat homiladorlik davri davomida ishlatilsa, yoki uni olayotgan patsiyentda homiladorlik yuz bersa, patsiyentni bunday davolashni homila uchun potentsial xavfi xaqida xabardor qilish kerak.
Homiladorlikda bu preparatni ishlatishni tekshirishlari o'tkazilmagan. Homiladorlik vaqtida epirubitsinni, faqat agar ona uchun potentsial foyda, homila uchun xavfdan yuqori bo'lgan holda qo'llash ke
Epirubitsin kattalarda turli xavfli o'smalarni davolash uchun qo'llanadi, shu jumladan:
sut bezining raki.
tuxumdonlarning tarqalgan raki,
me'da raki;
o'pkaning maydahujayrali raki.
Qovuq ichiga yuborilganda epirurubitsin quyidagilarni davolashda samarali:
qovuqning papillyar o'tuvchi-hujayrali raki;
in situ qovuq raki;
qovuqning yuzaki rakini transuretral rezektsiyadan keyingi qaytalanishlarini oldini olish.
Epirubitsin boshqa o'smalarga qarshi preparatlar bilan birga qo'llanishi mumkin, lekin patsiyentlarni additiv toksiklikka, ayniqsa suyak ko'miki, pereferik qon va me'da-ichak yo'llari tomonidan, kuzatish kerak. Epirubitsinni boshqa potentsial kardiotoksik vositalar bilan majmuaviy kimyodavolash tarkibida qo'llanganda, shuningdek boshqa kardiologik vositalar (masalan, kalьtsiy kanallarining blokatorlari) ishlatilganida, butun davolash vaqti davomida yurak funktsiyasini nazorat qilish kerak.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yondosh davolash chaqirgan jigar funktsiyasining o'zgarishi, epirubitsinning metabolizmiga, farmakokinetikasiga, terapevtik samaradorligiga va (yoki) toksikligiga ta'sir qilishi mumkin.
Agar patsiyentning yurak funktsiyasi sinchkov kuzatuv ostida bo'lmasa, antratsiklinlarni, epirubitsinni ham qo'shib, boshqa kardiotoksik preparatlar bilan majmuada buyurish mumkin emas. Boshqa kardiotoksik, ayniqsa trastuzumab kabi davomli yarim chiqarilish davriga ega bo'lgan preparatlar bilan davolash to'xtatilganidan keyin antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar ham, kardiotoksiklik rivojlanishini yuqori xavfi guruxida bo'lib qolishlari mumkin.
Trastuzumabning yarim chiqarilish davri taxminan 28-38 kunni tashkil qiladi, trastuzumab davolash tugatilgandan keyin tizimli qon oqimida xatto 27 xaftagacha saqlanishi mumkin. Epirubitsin kabi antratsiklinlarni olayotgan patsiyentlar, trastuzumabni qo'llash to'xtatilgandan keyin kardiotoksiklikning yuqori xavfiga ega bo'lishlari mumkin. Shifokorlar trastuzumabni qo'llash to'xtatilganidan keyin kamida 27 xafta davomida antratsiklinlar asosidagi davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Epirubitsin kabi antratsiklinlar qo'llanganda, patsiyentning yurak funktsiyasini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Epirubitsin olayotgan patsiyentlarda tirik vaktsinalar bilan immunizatsiya qilishdan saqlanish kerak. O'ldirilgan va faolsizlantirilgan vaktsinalar ishlatilishi mumkin, lekin ularga javob pasaygan bo'lishi mumkin.
Milosupressiv preparatlar (ya'ni sitostatiklar, sulьfanilamidlar, xloramfenikol, difenilgidantoin, amidopirin hosilalari va antiretrovirusli preparatlar) bilan davolashda (shu jumladan oldingisida ham) gemopoezni yaqqol buzilishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Simetidin, deksverapamil, deksrazoksan, dotsetaksel, interferon a2b, paklitaksel va xinin qo'llanganida, epirubitsin bilan quyidagi o'zaro ta'sirlar kuzatilgan:
Peroral simetidin epirubitsinning (50% ga) va epirubitsinolning (41% ga) AUC ni oshiradi.
Deksverapamil epirubitsinning farmakokinetikasini va, ehtimol, uning suyak ko'miki faoliyatini bostirilishi bilan bog'liq bo'lgan samaralarini kuchaytirishi mumkin.
Deksrazoksanni yuqoriroq dozalarda (900 mg/m2 va 1200 mg/m2) oldindan yuborish, epirubitsinning tizimli klirensini oshirishi va AUC ni kamaytirishi mumkin. Antratsiklinlar va deksrazoksan bilan majmuaviy davolash olayotgan patsiyentlarda, miyelosupressiya ko'proq rivojlanishi mumkin.
Interferon a2b bilan bir vaqtda yuborish, epirubitsinning yarim- chiqarilishining xam terminal, ham umumiy klirensini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Epirubitsinni yuborish oldidan paklitakselni yuborish qon plazmasida o'zgarmagan epirubitsin va uning metabolitlarining (lekin ular toksik emas va farmakologik faollikka ega emas) maksimal kontsentratsiyasini oshirish qobiliyatiga ega. Paklitaksel yoki dotsetakselni bir vaqtda yuborish, agar epirubitsin taksandan oldin yuborilsa, epirubitsinning farmakokinetikasiga ta'sir qilmagan. Bunday majmua bu ikki vositalarni yuborish orasida interval borligida ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, epirubitsin va paklitakselning infuziyasi kamida 24 soatlik interval bilan bajarilishi kerak. Bir tekshirish, epirubitsindan keyin darhol yuboriladigan dotsetaksel, plazmada epirubitsinning metabolitlari kontsentratsiyasini oshirishi mumkinligini ko'rsatgan.
Xinin epirubitsinni qondan to'qimaga boshlang'ich taqsimlanishini tezlashtirishi va epirubitsinni eritrotsitlarda taqsimlanishiga ta'sir qilishi mumkin.
Epirubitsin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yondosh davolash chaqirgan jigar faoliyatini o'zgarishlari, epirubitsinning metabolizmiga, farmakokinetikasiga, terapevtik samaradorligiga va (yoki) toksikligiga ta'sir qilishi mumkin.
Siydik kislotasini chiqarilishini kechiktiruvchi dori vositalari (masalan, sulьfanilamidlar, ayrim diuretiklar) epirubitsin bilan birga yuborilganida, giperurikemiyaning kuchayishini chaqirishlari mumkin.

Nomutanosiblik
Kimyoviy nomutanosibligi tufayli uchun Epirubitsin Naprodni geparin bilan aralashtirish kerak emas. Epirubitsinni boshqa sitostatik preparatlar bilan majmuada yuborilganda, preparatlarni bevosita aralashtirish mumkin emas. Bundan tashqari, epirubitsin ishqoriy eritmalar bilan kontaktga kirishmasligi kerak (gidroliz mumkinligi tufayli).
Suyultirilgandan keyingi turg'unligi
5% li glyukoza va 0,9% li natriy xlorid bilan 0,1 mg/ml va 1,0 mg/ml kontsentratsiyalargacha suyultirilgan eritmalarning kimyoviy va fizik turg'unligi, yorug'likdan himoyalangan sovutgichda saqlanganida 28 kunni tashkil qiladi. Eritmalar xona haroratida (20o - 25oS) 4 kun davomida yetarlicha turg'unligi bilan xarakterlanadi.
Mikrobiologik nuqtai-nazardan eritma tiklangan yoki suyultirilgandan keyin, ko'rsatilgan operatsiyalar nazoratli va validatsiyalangan aseptik sharoitlardan tashqari hollarda darhol ishlatilishi kerak. Ifloslanishdan saqlanish uchun preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks holda preparatni saqlash sharoiti va davomiyligi javobgarlik ishlatuvchida bo'ladi; xar qanday holda ham yaroqlilik muddati xona xaroratida 24 soatdan oshmasligi kerak.
Flakondan eritmani faqat bevosita ishlatish oldidan tortib olish kerak.
Qovuq ichiga yuborish uchun 50 ml fiziologik eritmada 30-80 mg epirubitsin saqlovchi eritmani qo'llash tavsiya etiladi.

Utilizatsiya va boshqa ish turlarida maxsus ehtiyotkorlik choralari
Infuzatni faqat maxsus o'rgatilgan xodim aseptik sharoitda tayyorlash kerak.
Xodim sitostatiklar bilan ishlashga o'rgatilgan bo'lishi kerak.
Homilador ayollar bu preparat bilan ishlamasliklari kerak.
Preparat toksik hisoblanadi, bu ishlashda va utilizatsiya qilishda alohida extiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiladi.
Eritmani tayyorlash vaqtida bu ish uchun maxsus belgilangan joyda ventilyatsiya bo'lgani yaxshi, bir martalik qo'lqoplar, himoya ko'zoynagi, xalat va niqob taqish kerak.
Ishchi yuza bir marta qo'llash uchun mo'ljallangan plastik taglikli shimiladigan qog'oz bilan qoplangan bo'lishi kerak.
Preparatning hamma ishlatilmay qolgan qoldiqlari utilizatsiya qilinishi kerak. Yuborish yoki tozalash uchun ishlatiladigan barcha predmetlar, shu jumladan qo'lqoplar, sitostatiklar uchun mahalliy me'yoriy talablarga muvofiq xavfli chiqindilar kabi utilizatsiya qilinishi kerak.
Ehtiyotkorlik bilan muomala qilish, teri bilan to'qnashidan saqlanish kerak.
Teriga tushganida terining shikastlangan sohasini sovunli suv yoki bikrbonat natriy eritmasi bilan yaxshilab yuvib tashlash kerak. Bunda terini dag'al chetka bilan ishqalash mumkin emas. Qo'lqoplar yechilgandan keyin qo'llarni yuvish kerak
Dori vositasini ko'zlarga tasodifan tushishidan saqlanish uchun extiyotkorlik choralarini ko'rish kerak. Preparatni ko'zlarga tushgan hollarda ularni katta miqdordagi suv va (yoki) natriy xloridining 0,9% li eritmasi bilan yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Eritma to'kilgan yoki oqib ketgan hollarda preparatning ta'siriga duchor bo'lgan soxalar yoki materiallar, gipoxlorit natriyning suyultirilgan eritmasi (1% faol xlor) bilan ishlov berish (yaxshisi ularni ho'llash yoki ishlov berish yo'li maqqul, so'ngra suv bilan yuvib tashlash kerak.
15ºS dan 30ºS gacha bo'lgan xaroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Faqat vena ichiga yoki qovuq ichiga yuborish uchun.

Bolalar va o'smirlarda epirubitsin gidroxloridining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Vena ichiga yuborish

Epirubitsinni sistemaning yon porti orqali yuborish tavsiya etiladi, ignani venada to'g'ri joylashganini tekshirilgandan keyin, u orqali fiziologik eritmani vena ichiga infuziyasi o'tkaziladi. Ushbu usul vena ichiga dori vositasi yuborilganidan keyin ekstravazatsiya xavfini minimallashtirish va venani fiziologik eritma bilan yuvishni ta'minlaydi. Yuborish jarayonida epirubitsin gidroxloridini ekstravazatsiyasi to'qimalarning, xatto ularning nekrozigacha bo'lgan og'ir shikastlanish xavfini oshiradi. Ekstravazatsiyadan saqlanish uchun, extiyotkorlikka rioya qilish lozim. Ekstravazatsiya xolida infuziya darxol to'xtatiladi. Preparatni mayda tomirlarga yuborish yoki bir venaga ko'p marta yuborish, uning skleroziga olib kelishi mumkin.

Standart doza

Kattalar uchun monoterapiyada tavsiya etiladigan doza tana yuzasining maydoniga 60-90 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3-5 minut davomida yuboriladi. Yuborishni suyak ko'migining gematologik ko'rsatgichlarini funktsional holatiga qarab 21-kunlik interval bilan takrorlash kerak.

Toksiklik belgilari bo'lganida, shu jumladan og'ir neytropeniya/febril neytropeniya va trombotsitopeniyada (ular 21-nchi kuni saqlanishlari mumkin) dozani to'g'irlashni yoki navbatdagi dozani yuborishni kechiktirish talab etilishi mumkin.

Yuqori dozalari

O'pka rakini yuqori dozalar bilan davolashda monoterapiyada epirubitsinni quydagi sxemalarga muvofiq ravishda yuborish kerak:

O'pkaning maydaxujayrali raki (ilgari o'smaga qarshi davolash olmagan patsiyentlarda): 120 mg/m2 dan 1-nchi kuni, har 3 xaftada.

Yuqori dozalar bilan davolashda epirubitsin vena ichiga bolyusli 3-5 minut davomida yoki 30 minutgacha davomiylikdagi infuziya ko'rinishida yuboriladi.

Sut bezining raki

Regionar limfa tugunlariga metastaz bergan sut bezining erta rakini ad'yuvant davolashda, epirubitsinni vena ichiga 100 mg/m2 dan (bir marta davolashning 1-nchi siklida) 120 mg/m2 gacha (ikki yuborishga bo'lingan, siklning 1-nchi va 8-nchi kunlari) vena ichiga yuboriluvchi siklofosfamid va 5-ftoruratsil bilan va tamoksifenni peroral qabul qilish bilan qo'shib yuborish tavsiya etiladi; davolash sikllari xar 3-4 xaftada takrorlanadi.

Oldingi kimyoterapiya yoki nurli davolash, yoshga bog'liq o'zgarishlar yoki suyak ko'migini o'smali infilьtratsiyasi oqibatidagi suyak ko'migi faoliyati pasaygan patsiyentlar uchun pastroq dozalar (60-75 mg/m2 - standart davolash uchun va 105-120 mg/m2 - yuqori dozalar bilan davolash uchun) tavsiya etiladi. 1 sikl uchun umumiy dozani bo'lish va 2-3 ketma-ket kunlar davomida yuborish mumkin.

Turli o'smalardagi monoterapiya va majmuaviy kimyoterapiyada epirubitsinning quyidagi dozalari ishlatiladi:


Кўрсатмалар

Эпирубицин гидрохлоридининг дозаси (мг/м2)а

Монотерапия


Мажмуавий терапия

Тухумдонларнинг

тарқалган раки

60-90


50-100

Меъда раки

60-90

50


Ўпканинг майдахужайрали раки

120


120

Қовуқнинг раки

50 мг/50 мл ёки 80 мг/50 мл (рак in situ)

Қайталанишни олдини олиш:

50 мг/50 мл хафтада 1 марта, 4 хафта давомида, сўнгра - ойда 1 марта

11 ой давомида


а Dozalar odatda 21-kunlik intervallar bilan 1-nchi kuni yoki 1-nchi, 2-nchi va 3-nchi kuni yuboriladi.

Majmuaviy davolash

Agar epirubitsin boshqa sitostatiklar bilan majmuada ishlatilsa, doza muvofiq kamaytirilgan bo'lishi kerak. Odatda ishlatiladigan dozalar yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

Jigar funktsiyasining buzilishi

Epirubitsin asosan gepatobiliar tizimi tomonidan chiqariladi. Jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda bilirubinning zardobdagi kontsentratsiyasiga qarab, dozani quyidagi tarzda kamaytirish kerak:

Билирубиннинг зардоб концентрацияси

Дозани пасайтириш

24-51 мкмоль/л

50% га

≥51 мкмоль/л

75% га

Buyraklar funktsiyasining buzilishi

O'rtacha buyrak yetishmovchiligi dozani pasaytirishni talab qilmaydi, chunki epirubitsinning faqat cheklangan miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Shunga qaramasdan, zardobdagi kreatininning kontsentratsiyasi ≥5 mg/dl bo'lgan patsiyentlarda dozani to'g'irlash talab qilinishi mumkin.

Qovuq ichiga yuborish:

Qovuqning yuzaki rakini va qovuqning rakini davolash uchun in situ epirubitsin gidroxloridini qovuq ichiga yuborish mumkin. Uni qovuq devoriga o'sib kiruvchi invaziv o'smalarni davolash uchun qovuq ichiga qo'llash kerak emas; bunday vaziyatlarda tizimli davolash yoki xirurgik aralashuv maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. Epirubitsin shuningdek yuzaki o'smalarni transuretral rezektsiyasidan keyin qaytalanishini oldini olish uchun qovuq ichiga muvaffaqiyatli ishlatiladi.

Qovuqning yuzaki rakini davolash uchun quyida berilgan jadvalda keltirilgan quydagi sxemalar va suyultirishlar tavsiya etiladi.

8 xar haftalik instillyatsiyalar 50 mg/50 ml dan (preparat fiziologik eritma yoki steril distillangan suvda suyultiriladi).

Mahalliy toksiklik paydo bo'lganda dozani 30 mg/50 ml gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Qovuq raki in situ: 80 mg/50 ml gacha (shaxsiy o'zlashtiraolinishiga qarab).

Qaytalanishni oldini olish uchun: 1 xaftada 50 mg/50 ml dan 4 xafta mobaynida, so'ngra xuddi shu dozada 11 instillyatsiyalar oyda 1 marta.

Qovuqni instillyatsiya qilish uchun eritmalarni suyultirish jadvali

Эпирубицин гидрохлоридини

талаб қилинадиган дозаси

Эпирубицин гидрохлориди-

нинг 2 мг/мл

эритмасини ҳажми

Суюлтирувчининг

ҳажми (инъекция учун стерил сув ёки стерил 0,9%

физиологик

эритма)

Қовуққа инстилляция қилиш

учун умумий

ҳажм

30 мг

15 мл

35 мг

50 мл

50 мг

25 мг

25 мг

50 мг

80 мг

40 мл

10 мл

50 мл

Eritmani qovuq bo'shlig'ida 1 yoki 2 soat davomida tutib turish kerak. Siydik bilan xaddan ziyod suyulib ketishidan saqlanish uchun patsiyentni instillyatsiyagacha bo'lgan 12 soat davomida, suyuqlikni iste'mol qilmasligi xaqida ogohlantirib qo'yish kerak. Instillyatsiya vaqtida patsiyent vaqti-vaqti bilan tana holatini o'zgartirishi (aylantirishi) kerak; instillyatsiyadan keyin ma'lum vaqt davri o'tgandan keyin siyishi mumkinligi xaqida unga ko'rsatma berish kerak.

Simptomlari
Epirubitsinning dozasini o'tkir oshirib yuborilishi 10-14 kun davomida og'ir miyelosupressiyaga (asosan leykopeniya va trombotsitopeniya ko'rinishidagi), me'da-ichak toksik samaralarga (asosan shilliq qavatini yallig'lanishi) va yurak-qon tomir asoratlarga (24 soat davomida miokardni o'tkir degeneratsiyasi) olib keladi. Antratsiklinlar qo'llangada letal yurak yetishmovchiligi davolash tugatilganidan keyin bir necha oylar (6 oygacha) yoki xatto bir necha yillar o'tgach kuzatilgan. Patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Yurak yetishmovchiligining belgilari paydo bo'lganda, patsiyentlar standart tavsiyalarga muvofiq davolanish olishlari kerak.
Davolash
Simptomatik. Jiddiy miyelosupressiya holida, qon quyish, antibiotiklarni buyurish va patsiyentni steril palataga yotqizish kabi umumiy samarani bir maromda ushlab turuvchi choralar talab etilishi mumkin.
Epirubitsin gemodializda chiqarilmaydi.
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

 

  1. DORI VOSITASINING NOMI

Epirubisin Ebeve® , in‘eksiya va infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat

 

  1. MIQDORIY VA SIFAT TARKIBI

1 ml 2 mg epirubisin gidroxloridini saqlaydi.

5 ml eritmali 1 flakon 10 mg epirubisin gidroxloridi saqlaydi.

25 ml eritmali 1 flakon 50 mg epirubisin gidroxloridi saqlaydi.

50 ml eritmali 1 flakon 100 mg epirubisin gidroxloridi saqlaydi.

Samarasi ma‘lum bo‘lgan yordamchi moddalar: 1 ml eritma 3,54 mg natriy saqlaydi.

Yordamchi moddalarning to‘liq ro‘yxatini 6.1-bo‘limdan qarang.

 

  1. DORI SHAKLI

In‘eksiya va infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalar bo‘lmagan qizil rangli tiniq eritma.

  1. KLINIK MA‘LUMOTLAR

4.1 Qo‘llanilishi

Epirubisin kattalarda turli xavfli  o‘smalarni davolash uchun qo‘llanadi, shu jumladan:

  • sut bezining raki.
  • tuxumdonlarning tarqalgan raki,
  • me‘da raki;
  • o‘pkaning mayda xujayrali rakida qo‘llanadi.

Qovuq ichiga yuborilganida epirubisin quyidagilarni davolashda samarali:

  • qovuqning papillyar o‘tuvchi-xujayrali raki;
  • in situ qovuq raki;
  • qovuqning yuzaki rakini transuretral rezeksiyadan keyingi qaytalanishlarini oldini olish.

4.2  Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat vena ichiga yoki qovuq ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.

Davolashni sitostatiklar bilan kimyoviy davolash o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan shifokor nazorati ostida o‘tkazish kerak.

Vena ichiga yuborish

Epirubisinni sistemaning yon porti orqali yuborish tavsiya etiladi, ignani venada to‘g‘ri joylashgani tekshirilganidan so‘ng, u orqali fiziologik eritmani vena ichiga infuziyasi o‘tkaziladi. Ekstravazasiyadan saqlanish uchun, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (4.4-bo‘limga qarang). Ekstravazasiya kuzatilganida infuziya darxol to‘xtatiladi.

Standart doza

Kattalar uchun monoterapiyada tavsiya etiladigan doza tana yuzasining maydoniga
60-90 mg/m2 ni tashkil qiladi va vena ichiga 3-5 minut davomida yuboriladi. Yuborishni suyak ko‘migining funksional holatini gematologik ko‘rsatgichlariga qarab 21 kunlik intervallar bilan takrorlash kerak.

Toksiklik belgilari bo‘lganida, shu jumladan og‘ir neytropeniya/febril neytropeniya va trombositopeniyada (ular 21-kuni saqlanishlari mumkin), dozaga tuzatish kiritish yoki navbatdagi dozani yuborishni kechiktirish talab etilishi mumkin.

Yuqori dozalari

O‘pka rakini yuqori dozalar bilan davolashda epirubisinni monoterapiyada quyidagi sxemalarga muvofiq ravishda yuborish kerak:

  • o‘pkaning mayda xujayrali raki (ilgari o‘smaga qarshi davolash olmagan pasientlarda): 1-kuni 120 mg/m2, har 3 haftada 1 marta.

Yuqori dozalari bilan davolashda epirubisin vena ichiga bolyus xolida 3-5 minut davomida yoki 30 minutgacha davom etadigan infuziya ko‘rinishida yuboriladi.

Sut bezining raki

Regionar limfa tugunlarda metastazlari bo‘lgan sut bezining erta rakini ad‘yuvant davolashda, epirubisinni vena ichiga 100 mg/m2 dan (kursning 1-kunida bir marta)
120 mg/m2 gacha (siklning 1- va 8- kunlari ikki marta yuborishga bo‘lingan), vena ichiga yuboriladigan siklofosfamid va 5-ftorurasil bilan va peroral qabul qilinadigan tamoksifen bilan birga yuborish tavsiya etiladi; davolash sikllari har 3-4 haftada takrorlanadi.

Ilgari kimyoviy davolash yoki nur bilan davolash, yoshga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar yoki suyak ko‘migini o‘smali infiltrasiyasi oqibatida suyak ko‘migining faoliyati pasaygan pasientlar uchun pastroq dozalar (60-75 mg/m2 – standart davolash uchun va 105-120 mg/m2 – yuqori dozalar bilan davolash uchun)ni qo‘llash tavsiya etiladi. 1- sikl uchun umumiy dozani bo‘lish va navbatdagi 2-3 kun davomida yuborish mumkin.

Turli o‘smalarda monoterapiyada va majmuaviy kimyoterapiyada epirubisinning quyidagi dozalari ishlatiladi:

Onkologik

kasallik

Epirubisinning dozasi (mg/m2)a
Monoterapiya

 

Majmuaviy terapiya
Tuxumdonlarning

tarqalgan raki

60-90

 

50-100
Me‘da raki 60-90 50
O‘pkaning mayda xu-

jayrali raki

120

 

120
Sut bezining raki 50 mg/50 ml yoki 80 mg/50 ml (in situ rak)

Qaytalanishni oldini olish: 50 mg/50 ml haftada 1 marta 4 hafta davomida, so‘ngra –

oyda 1 marta 11 oy davomida

 

a Dozalar odatda 1- kuni yoki 1-, 2- va 3- kunlari 21-kunlik intervallar bilan yuboriladi.

Majmuaviy davolash

Agar epirubisin boshqa sitostatiklar bilan majmuada ishlatilsa, dozasi muvofiq ravishda kamaytirilgan bo‘lishi kerak. Odatdagi ishlatiladigan dozalar yuqoridagi jadvalda keltirilgan.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Epirubisin asosan gepatobiliar tizimi tomonidan chiqariladi. Jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda bilirubinning zardobdagi konsentrasiyasiga qarab, dozani quyidagi tarzda kamaytirish kerak:

Bilirubinning zardobdagi konsentrasiyasi Dozani pasaytirish
24-51 mkmol/l 50% ga
> 51 mkmol/l 75% ga

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

O‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi dozani pasaytirishni talab qilmaydi, chunki epirubisinning faqat cheklangan miqdori buyraklar orqali chiqariladi. Shunga qaramasdan, zardobdagi kreatininning konsentrasiyasi > 5 mg/dl bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin.

Qovuq ichiga yuborish

Qovuqning yuzaki rakini va qovuqning rakini davolash uchun in situ epirubisin qovuq ichiga yuborilishi mumkin. Uni qovuq devoriga o‘sib kiruvchi invaziv o‘smalarni davolash uchun qovuq ichiga yuborish kerak emas; bunday vaziyatlarda tizimli davolash yoki jarrohlik aralashuvi maqsadga muvofiq hisoblanadi (4.3-bo‘limga qarang). Epirubisin shuningdek yuzaki o‘smalarni transuretral rezeksiyasidan keyingi qaytalanishini oldini olish uchun qovuq ichiga muvaffaqiyatli ishlatiladi.

Qovuqning yuzaki rakini davolash uchun quyidagi jadvalda keltirilgan sxemalar va suyultirish tavsiya etiladi.

Har 8 haftalik instillyasiyalar 50 mg/50 ml dan (preparat fiziologik eritma yoki steril distillingan suvda suyultiriladi).

Mahalliy toksiklik paydo bo‘lganida dozani 30 mg/50 ml gacha pasaytirish tavsiya etiladi.

Qovuq raki in situ: 80 mg/50 ml gacha (shaxsiy o‘zlashtira olinishiga qarab).

Qaytalanishni oldini olish uchun: haftada 50 mg/50 ml dan 4 hafta davomida, so‘ngra xudda shu dozada 11 instillyasiyalar oyda 1 marta amalga oshiriladi.

Qovuqni instillyasiyasi uchun eritmalarni suyultirish jadvali

Epirubisinning

talab qilingan dozasi

Epirubisin gidro-

xloridining 2 mg/ml

eritmasini hajmi

Suyultiruvchining

hajmi (in‘eksiya uchun steril suv yoki steril 0,9% li fiziologik eritma)

Qovuqqa instillya-

siya uchun umumiy

hajmi

30 mg 15 ml 35 ml 50 ml
50 mg 25 mg 25 ml 50 mg
80 mg 40 ml 10 ml 50 ml

Eritma qovuq bo‘shligida 1 yoki 2 soat davomida tutib turilishi kerak. Siydik bilan haddan tashqari suyulib ketishidan saqlanish uchun, pasientni instillyasiyadan oldin 12 soat davomida u suyuqlik iste‘mol qilmasligi haqida ogohlantirib qo‘yish kerak. Instillyasiya vaqtida pasient vaqti-vaqti bilan tana holatini o‘zgartirishi (aylanishi) kerak; instillyasiyadan so‘ng ma‘lum vaqt o‘tganidan keyin siyishi mumkinligi haqida ko‘rsatma berish kerak.

Bolalar va o‘smirlarda epirubisinni xavfsizligi va samaradorligi noma‘lum.

4.3  Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Epirubisinga yoki 6.1-bo‘limda sanab o‘tilgan yordamchi moddalardan birortasiga, boshqa antrasiklinlarga yoki antrasendionlarga yuqori sezuvchanlik.
  • Laktasiya.

Parenteral qo‘llanganda

  • Oldingi ximioterapiya va (yoki) nur bilan davolash natijasida rivojlangan yaqqol mielosupressiya
  • Ilgari epirubisinning va (yoki) boshqa antrasiklinlarning (doksorubisin yoki daunorubisin) va antrasendionlarning maksimal yig‘indi dozalarini olgan pasientlarga yuborish (4.4-bo‘limga qarang).
  • O‘tkir tizimli infeksiyalar.
  • Og‘iz bo‘shlig‘i va (yoki) me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining shilliq qavatlarini yaqqol yallig‘lanishi.
  • Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari.
  • Hozirgi vaqtda yoki anamnezda mavjud bo‘lgan kardiologik kasalliklar, masalan, avj olib boruvchi yurak yetishmovchiligi, yurak yetishmovchiligi IV funksional sinfi (tinch holatdagi yetishmovchilik), og‘ir darajadagi aritmiyalar va gemodinamikani og‘ir darajadagi buzilishlari bilan kechuvchi o‘tkazuvchanlikni buzilishlari, miokardni o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, nostabil stenokardiya, o‘tkir miokard infarkti yoki III va IV funksional sinfi yurak yetishmovchiligiga olib kelgan, ilgari o‘tkazilgan miokard infarkti, kardiomiopatiya.
  • Sariq isitmaga qarshi vaksina bilan birga qo‘llash.

Qovuq ichiga yuborishda

  • Epirubisin qovuq devoriga o‘sib kirgan invaziv o‘smalarni davolash maqsadida qovuq ichiga yuborilmaydi.
  • Siydik yo‘llarini infeksiyalari.
  • Qovuqni yallig‘lanishi.
  • Siydikni qoldiq hajmini katta bo‘lishi.
  • Qisqargan qovuq.
  • Qovuqni kateterizasiya qilishdagi qiyinchiliklar.
  • Gematuriya.

4.4  Maxsus ogohlantirishlar va ishlatishdagi ehtiyotkorlik

Umumiy ma‘lumotlar

Davolashni faqat onkologik kasalliklarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar o‘tkazishlari kerak. Preparatni yuborish qat‘iy tartiblarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.

Epirubisin bilan davolashni boshlashdan oldin pasientlarda ilgari sitostatiklarni yuborilgandan so‘ng rivojlangan o‘tkir toksiklikning (stomatit, neytropeniya, trombositopeniya va tarqalgan infeksiyalar kabi) ko‘rinishlari yo‘qotilishi kerak.

Epirubisinning yuqori dozalari (masalan, ≥90 mg/m2 3-4 haftada 1 marta) bilan davolash, umuman standart dozalarda (<90 mg/m2 3-4 haftada 1 marta) kuzatiladigan nojo‘ya ko‘rinishlarga o‘xshash nojo‘ya ko‘rinishlarni chaqiradi, lekin neytropeniya va stomatit/mukozitning og‘irligi yuqori bo‘lishi mumkin.

Epirubisinning yuqori dozalari bilan davolash, og‘ir darajadagi mielosupressiya bilan bog‘liq bo‘lgan klinik asoratlar tufayli alohida e‘tiborni talab qiladi.

Epirubisin bilan kontaminasiyalangan jismlarni tozalash uchun, 10% li gipoxlorit natriy eritmasini qo‘llash mumkin. Rangsizlanish epirubisinni oksidlanishli faolsizlanishini ko‘rsatadi. Teri yoki shilliq qavatlar bilan kontaktda bo‘lganida shikastlangan joyni sovunli suvda yaxshilab yuvish kerak.

Yurak faoliyati

Kardiotoksiklik antrasiklinlar bilan davolashga xos bo‘lgan xavf hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari erta ham (o‘tkir kardiotoksiklik), kechiktirilgan ham bo‘lishi mumkin.

Kardiotoksiklikni erta ko‘rinishlari

EKG dagi ko‘rsatkichlarini o‘zgarishlari (dozadan qat‘iy nazar)

Epirubisinning kardiotoksikligi asosan sinusli taxikardiya ko‘rinishida va (yoki) elektrokardiogrammadagi (EKG) ST-T tishlarni nospesifik o‘zgarishlari kabi o‘zgarishlar ko‘rinishida nomoyon bo‘ladi. Adabiyotlarda taxiaritmiyalar, shu jumladan qorinchalar ekstrasistoliyasi, qorinchalar taxikardiyasi va bradikardiyasi, shuningdek atrioventrikulyar blokada va Gips tutami oyoqchalarini blokadasi keltirilgan. Bu ko‘rinishlar odatda keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklik rivojlanishi mumkinligidan dalolat bermaydi. Samaralar kam hollarda klinik axamiyatga ega sifatida qaraladi va, odatda, epirubisin bilan davolashni to‘xtatish kerakligiga ko‘rsatma hisoblanmaydi.

Kardiotoksiklikni kechiktirilgan ko‘rinishlari

Kardiomiopatiya ko‘rinishidagi dozaga bog‘liq kumulyativ toksiklik

Bu reaksiya odatda epirubisin bilan davolash kursining oxirida yoki davolash to‘xtatilganidan so‘ng 2-3 oylar davomida rivojlanadi.

Lekin bunday ko‘rinishlarni bundan ham kechroq muddatlarda (davolash tugagandan so‘ng bir necha oydan bir necha yilgacha) rivojlanganligi haqida ham xabarlar berilgan.

Kardiomiopatiya odatda chap tomonlama yurak yetishmovchiligi va (yoki) xansirash, o‘pka shishi, tananing yurakdan pastda joylashgan qismlarini shishi, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, assit, plevra bo‘shlig‘ida ekssudat va galop ritmidan iborat bo‘lgan dimlangan yurak yetishmovchiligi (DYUE) bilan birga kechadi. Hayot uchun havfli bo‘lgan DYUE antrasiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og‘ir shakli hisoblanadi va preparatning yig‘indi dozani cheklovchi toksikligini ifodalaydi.

DYUE ni rivojlanish xavfi epirubisinning yuqoriroq yig‘indi dozalarini – 900 mg/m2 olgan pasientlarda oshadi. Kardiomiopatiyani rivojlanishi xavfini hisobga olib, bu yig‘indi dozani faqat alohida ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak (5.1 bo‘limga qarang).

Yurak faoliyatini epirubisin bilan davolashni o‘tkazishdan oldin baxolash va og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfini minimallashtirish uchun, davolash kursi vaqtida doimo nazorat qilish kerak. Davolash kursi vaqtida chap qorinchaning zarb hajmini muntazam nazorat qilish va yurak faoliyati buzilishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida epirubisinni tez bekor qilish orqali, xavf kamaytirilishi mumkin.

Antrasiklin chaqirgan kardiomiopatiyaga tashxis qo‘yish va keyingi kuzatish uchun quyidagi usullar tavsiya etiladi:

a) exokardiografiya (ExoKG);

  1. b) sistola davrlari davomiyligini aniqlash;

s) radionuklid angiografiya.

Antrasiklinlar tomonidan chaqirilgan dimlangan yurak yetishmovchiligi yoki kardiomiopatiyani prognozlash uchun ishonchli usul mavjud emas, lekin bu ko‘rinishlar odatda, QRS kompleksi voltajini turg‘un pasayishi, sistolik intervallarning patologik uzayishi (zo‘riqish va xaydash) va davolashgacha bo‘lgan boshlang‘ich ko‘rsatgichlarga nisbatan zarb hajmini pasayishi bilan kechadi.

Shuning uchun Epirubisin Ebeve bilan davolashdan oldin va davolash davomida muntazam ravishda (ya‘ni, yaxshisi har bir davolash siklidan oldin va keyin), ayniqsa yurak toksikligi xavfi omillari bo‘lgan pasientlarda, EKG ni qayd qilish va chap qorinchaning zarb hajmini (ExoKG/radionuklidi angiografiya usuli bilan) aniqlash kerak. Bu ayniqsa antrasiklinlarning yuqoriroq yig‘indi dozalari qo‘llanganida muhim. Yurak fraksiyasini baxolash uchun ishlatiladigan usul, navbatdagi butun kuzatish davri davomida o‘zgarmasligi kerak.

Kardiomiopatiyani rivojlanish xavfini hisobga olib,  epirubisinning 900 mg/m2 dan ortiq bo‘lgan yig‘indi dozasini alohida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Bu ayniqsa epirubisin gidroxloridinning dozasi tana yuzasi maydoniga 600-700 mg/m2 dan ortiq yig‘indi dozalarini yuborishga yoki ko‘ks oralig‘i soxasiga nur bilan davolash olayotgan pasientlarni davolashda, va (yoki) potensial jihatdan kardiotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan pasientlarga taalluqlidir.

Kardiotoksiklikni xavf omillari bo‘lib aniq yoki yashirin yurak-qon tomir kasalliklari, ko‘ks oralig‘i soxasi/perikardial soxani ilgarigi  yoki yondosh nur bilan davolash, ilgari antroasiklinlar yoki antrasendionlar bilan o‘tkazilgan davolash va yurak qisqaruvchanligini pasaytirish qobiliyatiga ega bo‘lgan vositalar, yoki kardiotoksik vositalarni (maslan, trastizumab) yuborish hisoblanadi (4.5 bo‘limga qarang). Keksa pasientlarda xavf yuqori bo‘ladi.

Yurak yetishmovchiligi (Nyu-York kardiologiya assosiasiyasining (NYHA) tasnifi bo‘yicha II-IV sinf) trastuzumabni monoterapiyada ham, antrasiklinlar, shu jumladan epirubisin bilan majmuada ham olayotgan pasientlarda kuzatilgan. Bu yurak yetishmovchiligi o‘rtacha yoki og‘ir darajada bo‘lishi mumkin; shuningdek o‘lim bilan yakunlangan hollar ham aniqlangan.

Trastuzumab va epirubisin kabi antrasiklinlarni, ular yurak faoliyatini monitoringi amalga oshiriladigan yaxshi nazoratli klinik tadqiqotlar chegaralarida qo‘llanadigan hollardan tashqari majmuada qo‘llash mumkin emas. Ilgari antrasiklinlar bilan davolangan pasientlarda, trastizumab bilan davolanganda kardiotoksiklik xavfi mavjud, garchi bu xavf, trastuzumab va antrasiklinlarni yondosh yuborilgandagiga nisbatan past bo‘ladi.

Trastuzumabning yarim chiqarilish davri taxminan 4-5 haftani tashkil etganligi tufayli, trastuzumab davolash to‘xtatilganidan keyin xatto 20-25 haftagacha tizimli qon oqimida saqlanishi mumkin. Epirubisin kabi antrasiklinlarni olayotgan pasientlar, trastuzumabni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng, kardiotoksiklikning yuqori xavfiga duchor bo‘lishlari mumkin. Shifokorlar trastuzumabni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng kamida 25 hafta davomida iloji boricha antrasiklinlar asosidagi davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Epirubisin kabi antrasiklinlar qo‘llanganida, pasientning yurak faoliyati sinchiklab nazorat qilinishi kerak.

Agar epirubisin bilan davolashdan so‘ng trastuzumab bilan davolash vaqtida yurak yetishmovchiligi simptomlari rivojlansa, uni standart kerak.

Preparatning yuqori umumiy dozalarini olgan va xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, yurak faoliyati ayniqsa sinchiklab nazorat qilinishi kerak. Lekin kardiotoksiklik epirubisinning kichikroq umumiy dozalari yuborilganidan keyin xam, shuningdek xavf omillari bo‘lmaganida ham rivojlanishi mumkin.

Epirubisin va boshqa antrasiklinlar yoki antrasendionlarning toksikligi additiv xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Gematologik toksiklik

Boshqa sitotoksik vositalarga o‘xshab, epirubisin suyak ko‘migi faoliyatini susayishini chaqirishi mumkin.

Qon manzarasini (xususan, qondagi leykositlar, neytrofillar, trombositlar, eritrositlar miqdori) epirubisin bilan har bir davolash sikligacha va davolash sikli vaqtida baxolash kerak. Dozaga bog‘liq, qaytuvchi leykopeniya va (yoki) granulositopeniya (neytropeniya) epirubisinning gematologik toksikligini asosiy ko‘rinishi va bu preparatning eng tarqalgan o‘tkir dozani cheklovchi toksikligi hisoblanadi. Leykopeniya va neytropeniya, odatda, yuqori dozali sxemalar qo‘llanganida og‘irroq xarakterga ega bo‘ladi, bunda leykositlar va neytrofillarning minimal miqdori ko‘pchilik hollarda preparat yuborilganidan keyingi 10 va 14- kunlar orasiga to‘g‘ri keladi. Lekin, odatda, bu ko‘rinishlar o‘tkinchi bo‘ladi va leykositlar/neytrofillarning miqdori normal qiymatlarga ko‘pchilik hollarda 21- kuni qaytadi. Shuningdek trombositopeniya yoki anemiya rivojlanishi ham mumkin. Og‘ir darajadagi mielosupressiyaning klinik oqibatlariga tana haroratini oshishi, infeksiyalar, sepsis/septisemiya, septik shok, qon ketishi, to‘qima gipoksiyasi  va o‘lim kiradi.

Ikkilamchi leykoz

Antrasiklinlar, shu jumladan epirubisin olayotgan pasientlarda, ikkilamchi leykositozni rivojlanishi hollari aniqlangan, ular leykoz oldi bosqichi bilan ham, usiz ham kechishi mumkin.

Ikkilamchi leykoz, bunday preparatlar DNK ni shikastlaydigan o‘smaga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llanganida yoki nur terapiyasi bilan birga qo‘llansada qo‘shilganida ko‘proq uchraydi. U shuningdek ilgari sitotoksik preparatlar bilan jadal davolangan, yoki antrasiklinlarning dozasi oshirilgan pasientlarda kuzatilishi mumkin. Leykozni bu turi 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan yashirin davrga ega bo‘lishi mumkin (5.1 bo‘limga qarang).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan noxush ko‘rinishlar

Epirubisin ematogen ta‘sirga ega. Shilliq qavatlarni yallig‘lanishi, stomatit odatda preparat yuborilgandan so‘ng erta muddatlarda nomoyon bo‘ladi va og‘ir hollarda bir necha kun davomida shilliq qavatlarda yaralarni hosil bo‘lishi bilan zo‘rayishi mumkin. Ko‘pchilik pasientlarda bu noxush ko‘rinishlar davolashning uchinchi haftasida yo‘qoladi.

Jigar faoliyati

Epirubisin asosan gepatobiliar tizimi orqali chiqariladi. Davolash kursidan oldin va davolash kursi vaqtida va jigar yetishmovchiligini istisno qilish maqsadida jigar faoliyatini (AST, ALT, ishqoriy fosfotaza, bilirubinning darajasini) nazorat qilish kerak. Jigarning funksional sinamalarini (AST, bilirubin) qiymatlari yuqori bo‘lgan pasientlarda preparatning klirensi past bo‘lishi mumkin, u epirubisinning toksikligini oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday pasientlar uchun kichikroq dozani qo‘llash tavsiya etiladi. (4.2 va 5.2-bo‘limlarga qarang) Jigar faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarga epirubisin buyurilmaydi (4.3-bo‘limga qarang).

Buyrak faoliyati

Buyrak faoliyati past bo‘lgan pasientlarda davolashdan oldin va davolash vaqtida zardobda kreatininning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Zardobda kreatininning konsentrasiyasi yuqori (>5 mg/dl) bo‘lgan pasientlarga preparatning dozasini kamaytirish kerak (4.2-bo‘limga qarang).

In‘eksiya joyidagi teri reaksiyalari

Katta bo‘lmagan tomirga in‘eksiya qilish yoki bir venaga takroran in‘eksiya qilish natijasida fleboskleroz rivojlanishi mumkin. Tavsiya etilgan yuborishning usullariga amal qilib, in‘eksiya joyida flebit/tromboflebit rivojlanishi xavfini minimumga keltirish mumkin (4.2-bo‘limga qarang).

Ekstravazasiya

Epirubisinni qat‘iy vena ichiga yuborish kerak; Vena qon tomirini atrofiga yuborish to‘qimalarning mahalliy nekrozi va tromboflebitni chaqiradi. Vena ichiga yuborilganda epirubisinni ekstravazasiyasi lokal og‘riq, to‘qimalarni jiddiy shikastlanishi (pufaklar hosil bo‘lishi, og‘ir gipodermit) va nekrozni chaqirishi mumkin.

Epirubisinni vena ichiga yuborish vaqtida ekstravazasiya belgilari paydo bo‘lganida, preparatning infuziyasini darhol to‘xtatish kerak.

Spesifik davolashni, masalan, deksrazosanni darhol qo‘llash yo‘li bilan antrasiklinlarning ekstravazasiyasini noxush samaralaridan saqlanish yoki ularni paydo bo‘lish xavfini pasaytirish mumkin (qo‘llash bo‘yicha muvofiq yo‘riqnomaga qarang).

Preparat yuborilga igna, boshidan joyida qoldirilishi va qisqa aspirasiyadan keyin olinishi kerak. Shundan so‘ng og‘riqni yengillashtirish uchun ekstravazat joyi, yaxshisi tez-tez va muntazam almashtiriladigan sovuq kompresslar yordamida, sovutilishi kerak. Sovutishni taxminan 24 soat davomida o‘tkazish kerak. Bundan tashqari, qo‘lni ko‘tarilgan holatda tutish kerak. Bu choralarni taxminan 2 kun davomida bajarish, so‘ngra to‘qimalarni shishish darajasiga qarab davom ettirish kerak.

Hozirgi vaqtgacha 1% li gidrokortizon kremi, gialuron kislotasi, yuqori konsentrasiyalangan dimetilsulfoksidni (DMSO) yoki natriy karbonatini, mahalliy qo‘llash shuningdek bunday vaziyatda vena ichiga kortikosteroidlarni yuborish samaradorligi yuzasidan aniq dalillar yo‘q.

To‘qimalarni mahalliy infiltrasiyasi (masalan, kortizon, geparin eritmalari bilan) tavsiya etilmaydi.

Keyinchalik pasient sinchkov nazorat ostida bo‘lishi kerak, chunki nekroz ekstravazasiyadan so‘ng bir necha hafta o‘tgach ham rivojlanishi mumkin.

Shikastlangan to‘qimalarni olib tashlash mumkinligi yuzasidan plastik jarroh bilan maslahatlashishi kerak.

Boshqalar

Boshqa sitostatik vositalar kabi epirubisin, ishlatilgandan so‘ng tromboflebit va tromboemboliyalar, shu jumladan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasini (ayrim hollarda, o‘lim bilan yakunlanuvchi) rivojlanganligi  yuzasidan yakka xabarlar bor.

O‘sma lizisi sindromi

O‘sma xujayralarining dori vositalari ta‘sirida induksiyalangan lizisi (o‘sma lizisi sindromi) bilan kechuvchi purinlarning yaqqol ifodalangan katabolizmi tufayli, epirubisin giperurikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun davolash boshlanganidan so‘ng qonda siydik kislotasi, kaliy, fosfat, kalsiy va kreatininning konsentrasiyalarini nazorat qilish kerak. Giperurikemiyani oldini olish maqsadida yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirish, siydikni ishqoriy muhitga o‘zgartirish va allopurinol bilan profilaktik terapiya, o‘sma lizisi sindromini potensial asoratlari rivojlanishini minimallashtirish xususiyatiga ega.

Immunosupressiya/infeksiyalarga yuqori beriluvchanlik

Ximioterapevtik preparatlar, shu jumladan epirubisin, davolash fonida rivojlangan immuntanqisligi bo‘lgan bemorlarga tirik yoki kuchsizlantirilgan tirik vaksinalarni yuborish, jiddiy yoki halokatli infeksiyaga olib kelishi mumkin (4.5-bo‘limga qarang).

Epirubisin bilan davolanayotgan pasientlar, tirik vaksinalar bilan emlanishdan saqlanishlari kerak. O‘ldirilgan yoki faolsizlantirilgan vaksinalarni yuborish mumkin, lekin bunday vaksinalarga nisbatan reaksiya past bo‘ladi.

Reproduktiv tizimi

Epirubisin genotoksiklikka olib kelishi mumkin. Epirubisin olayotgan erkaklar va ayollar, davolanish davomida va u tugaganidan so‘ng kamida 6 oy davomida kontrasepsiyaning muvofiq usullarini qo‘llashlari kerak. Davolash tugaganidan so‘ng bola tug‘ishni xoxlovchi pasientlarga, qat‘iy genetik maslahatdan o‘tishni tavsiya etish kerak. (4.6-bo‘limga qarang).

Qo‘shimcha ogohlantirishlar va boshqa yuborish yo‘llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari

Qovuq ichiga yuborish

Epirubisinni yuborish kimyoviy sistit simptomlarini (dizuriya, poliuriya, nikturiya, stranguriya, gematuriya, qovuq soxasida diskomfort, qovuqning devorini nekrozi kabi) va qovuq strikturasini chaqirishi mumkin. Kateterizasiya qilishda qiyinchiliklar tug‘ilganida (masalan, qovuq o‘smalari tufayli uretra obstruksiyasi) alohida e‘tibor talab etiladi.

Arteriya ichiga yuborish

Epirubisinni arteriya ichiga yuborish (birlamchi jigar-xujayrali rakini yoki jigardagi metastazlarni lokalizasiyalangan yoki regionar davolash uchun kateter orqali arterial embolizasiyasi), me‘da/o‘n ikki barmoq yarasi (e‘timol, preparatni me‘da arteriyasiga reflyuksi tufayli) va dori vositalari ta‘sirida sklerozlanuvchi xolangit oqibatida safro yo‘llarini torayishini o‘z ichiga oluvchi mahalliy yoki regionar belgilarga olib kelishi mumkin (sifat jixatdan, epirubisin vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatiladigan toksiklikka o‘xshash bo‘lgan tizimli toksikligiga qo‘shimcha).

Ushbu yuborish yo‘lini qo‘llash, perfuziya bo‘lgan to‘qimani nekrozini keng tarqalishiga olib kelishi mumkin.

Yordamchi moddalar

Ushbu dori vositasi 1 ml da 0,154 mmol (3,54 mg) natriy saqlaydi. Natriyning miqdori nazoratda bo‘lgan parhezga rioya qiluvchi pasientlarni davolashda buni hisobga olish kerak.

Yuborilganidan so‘ng bir yoki ikki kun davomida epirubisin siydikka qizil rang berishi mumkin.

4.5 Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri va o‘zaro ta‘sirning boshqa turlari.

Epirubisin boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanishi mumkin, ammo pasientlarni additiv toksiklikka, ayniqsa suyak ko‘miki periferik qon va me‘da-ichak yo‘llari tomonidan, toksiklikni aniqlash uchun nazorat qilish kerak (4.4-bo‘limga qarang). Epirubisin boshqa potensial kardiotoksik vositalar bilan majmuaviy kimyoterapiya tarkibida qo‘llanganida, shuningdek boshqa kardiologik vositalar (masalan, kalsiy kanallarining blokatorlari) ishlatilganida, butun davolash davomida yurak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Epirubisin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Jigar faoliyatini yondosh davolash chaqirgan o‘zgarishi, epirubisinning metabolizmi, farmakokinetikasi, terapevtik samaradorligi va (yoki) toksikligiga ta‘sir qilishi mumkin (4.4-bo‘limga qarang).

Agar pasientning yurak faoliyati sinchkov kuzatuv ostida bo‘lmasa, antrasiklinlar, shu jumladan epirubisin, boshqa kardiotoksik preparatlar bilan majmuada buyurish mumkin emas. Boshqa kardiotoksik, preparatlar ayniqsa trastuzumab kabi davomli yarim chiqarilish davriga ega bo‘lgan preparatlar bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng antrasiklinlarni olayotgan pasientlar ham, kardiotoksiklik rivojlanishini yuqori xavf guruhida bo‘lib qolishlari mumkin.

Trasuzumabning yarim chiqarilish davri taxminan 28,5 sutkani tashkil etadi, va u 25 haftagacha qon oqimida saqlanishi mumkin. Shuning uchun shifokorlar trastuzumabni qo‘llash to‘xtatilganidan so‘ng kamida 25 hafta davomida antrasiklinlar asosidagi vositalar bilan davolashni buyurishdan saqlanishlari kerak. Agar antrasiklinlar shu vaqt tugagunicha ishlatiladigan bo‘lsa, yurak faoliyatini sinchkov monitoringi o‘tkazish tavsiya etiladi.

Suyak ko‘mikiga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar (ya‘ni sitostatiklar, sulfanilamidlar, xloramfenikol, difenilgidantoin, amidopirin hosilalari ava antiretrovirus preparatlar) bilan davolashda (shuningdek oldin ham) qon hosil bo‘lishini yaqqol buzilishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Simetidin, dekserapamil, deksrazoksan, dosetaksel, interferon a2b, paklitaksel va xinin qo‘llanganida, epirubisin bilan quyidagi o‘zaro ta‘sirlar kuzatilgan:

  • Peroral simetidin epirubisinning AUC ni (50% ga) va epirubisinolning AUC ni (41% ga) oshiradi, demak, epirubisin bilan davolanish vaqtida uni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.
  • Deksverapamil epirubisinning farmakokinetikasini o‘zgartirishi va, ehtimol, uning suyak ko‘migi faoliyatini susaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan samaralarini kuchaytirishi mumkin.
  • Deksrazoksanni yuqoriroq dozalarda (900 mg/m2 va 1200 mg/m2) oldindan yuborish, epirubisinning tizimli klirensini oshirishi va AUC ni kamaytirishi mumkin. Antrasiklinlar va deksrazoksan bilan majmuaviy davolash olayotgan pasientlarda, mielosupressiya ko‘proq rivojlanishi mumkin.
  • Bir tadqiqot, epirubisindan keyin darxol yuborilgan dosetaksel, plazmada epirubisinning metabolitlari konsentrasiyasini oshirishi mumkinligini ko‘rsatgan.
  • Interferon a2b bilan bir vaqtda yuborish, epirubisinning terminal yarim chiqarilishi davrini xam, umumiy klirensini ham pasayishiga olib kelishi mumkin.
  • Taksanlar antrasiklinlarning safro bilan r-glikoproteinga bog‘liq chiqarilishini kamaytiradi. Qo‘llashni ketma-ketligiga qarab, qon plazmasida, ayniqsa, na toksik, na faol hisoblanmagan epirubisinolning maksimal konsentrasiyalar oshadi. Agar paklitaksel antrasiklinlarni yuborilgandan oldin yuborilsa, bu o‘zaro ta‘sirning ehtimoli ayniqsa yuqori bo‘ladi. Demak, antrasiklin va taksan saqlovchi davolash sxemalarda, antrasiklin taksandan oldin yuborilishi kerak. Paklitaksel yoki dosetakselni birga yuborish, agar epirubisin taksandan oldin yuborilsa, epirubisinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Bunday o‘zaro ta‘sirlar chaqirgan nojo‘ya samaralar tez-tezligini cheklash uchun, paklitakselni epirubisin yuborilganidan so‘ng 24-48 soat o‘tgach qo‘llash mumkin.
  • Xinin epirubisinni qondan to‘qimaga boshlang‘ich taqsimlanishini tezlashtirishi va epirubisinni eritrositlarda taqsimlanishiga ta‘sir qilishi mumkin.

Epirubisin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Jigar faoliyatini yondosh davolash chaqirgan o‘zgarishlari epirubisinning metabolizmi, farmakokinetikasi, terapevtik samaradorligi va (yoki) toksikligiga ta‘sir qilishi mumkin.

Siydik kislotasini chiqarilishini sekinlashtiradigan dori vositalari (masalan, sulfanilamidlar, ayrim diuretiklar) epirubisin bilan birga yuborilganida, giperurikemiyani kuchayishini chaqirishi mumkin.

4.6 Fertillik, homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik:

Bola tug‘ish yoshidagi ayollar davolanish vaqtida homiladorlik yuz berishidan saqlanishlari va kontrasepsiyaning samarali usullaridan foydalanishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak.

Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental ma‘lumotlar, epirubisin homilador ayolga yuborilganda homilaga zarar yetkazishi mumkinligini ko‘rsatadi. (5.3-bo‘limga qarang). Agar epirubisin homiladorlik vaqtida ishlatilsa, yoki agar davolanish vaqtida pasientka homilador bo‘lib qolsa, u homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfni aniqlashga tekshirishdan o‘tishi kerak.

Homilador ayollar ishtirokida tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homiladorlik vaqtida epirubisinni ona uchun potensial foyda, homila uchun xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash kerak.

Fertillikni buzilishi

Epirubisin odam spermatozoidlarida xromosomalarni shikastlanishini chaqirishi mumkin. Erkak pasientlarga davolanish vaqtida va epirubisin bilan davolash tugaganidan so‘ng kamida 6 oy davomida homilador qilish tavsiya etilmaydi va ushbu davolash keltirib chiqaradigan qaytmas bepushtlikni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan spermani saqlash masalasi bo‘yicha maslahatga murojaat tavsiya etiladi.

Epirubisin amenoreyaga yoki menopauzadagi ayollarda muddatidan oldingi menopauzaga olib kelishi mumkin.

Laktasiya

Epirubisinni ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi noma‘lum. Ko‘pchilik preparatlar, shu jumladan boshqa antrasiklinlar ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi tufayli, va go‘daklarda epirubisinning og‘ir nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish mumkinligini uchun, ushbu preparat bilan davolashni boshlashdan oldin bolani emizishni to‘xtatish kerak.

4.7 Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta‘siri

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatiga ta‘siri yuzasidan xabarlar yo‘q. Epirubisin ko‘ngil aynishi va qusish xurujlarini chaqirishi va shu sababli transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobilyatini vaqtinchalik cheklashi mumkin.

4.8 Nojo‘ya ta‘siri

Epirubisin bilan davolanish vaqtida quyidagi tezlik bilan uchraydigan nojo‘ya samaralari qayd etilgan:

juda tez-tez (≥1/10);

tez-tez (≥1/100, <1/10);

tez-tez emas (≥1/1000, -<1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000); tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baxolash mumkin emas). Nojo‘ya samaralarni rivojlanishi 10% dan ortiq pasientlarda kutilishi mumkin. Eng tarqalganlari mielosupressiya, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya samaralari, anoreksiya, alopesiya va infeksiya hisoblanadi.

A‘zolar tizimi Tez-tezligi Nojo‘ya samaralari
Infeksiyalar va invaziyalar Tez-tez Infeksiya
Tez-tezligi noma‘lum Septik shok (mielosupressiyaning natijasi bo‘lishi mumkin), sepsis, pnevmoniya
Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kistalar va poliplar) Kam hollarda O‘tkir mieloleykoz, DNK ni shikastlaydigan o‘sma-larga qarshi vositalar bilan bir vaqtda epirubi-sinni olayotgan pasientlarda leykoz oldi bosqichi yoki usiz kechuvchi ikkilamchi o‘tkir mieloid leykoz. Bu leykozlar qisqa latent davrga (1-3 yil) ega.
Qon va limfatik tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez Mielosupressiya (leykopeniya, granulositopeniya, anemiya va febril neytropeniya).

Yuqori dozalarda og‘ir qaytuvchi neytropeniya

(<7 kun davomida <500 neytrofillar/mm3) rivojlanishi mumkin.

Tez-tez emas Trombositopeniya
Tez-tezligi noma‘lum Mielosupressiya natijasida qon ketishi va to‘qima gipoksiyasi
Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez Qovuq ichiga yuborilganidan so‘ng kuzatiladigan  allergik reaksiyalar
Tez-tez emas Anafilaktik shok (shok bilan birga yoki shoksiz, kechuvchi anafilaktik/anafilaktoid reaksiya, shu jumladan toshma, qichishish, tana haroratini oshishi va etni uvishishi)
Metabolizm va ovqat-

lanishni buzilishlari

Tez-tez Anoreksiya, suvsizlanish
Kam hollarda Giperurikemiya (4.4-bo‘limga qarang)
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Kam hollarda Bosh aylanishi
Tez-tezligi noma‘lum Bosh og‘rig‘i
Ko‘rish a‘zolari tomoni-dan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tezligi noma‘lum Kon‘yunktivit, keratit
Yurak tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Kam hollarda Surunkali yurak yetishmovchiligi (hansirash, shishlar, jigarni kattalashishi, assit, o‘pka shishi, plevra bo‘shlig‘ida ekssudat, galop ritmi), kardiotoksiklik (EKG da o‘zgarishlar, aritmiyalar, kardiomiopatiyalar), qorinchalar taxikardiyasi, bradikardiya, AV-blokada, Gis tutami oyoqchasini blokadasi, arterial gipotenziya
Qon tomirlar tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez Qizib ketishlar, fleboskleroz
Tez-tez emas Flebit, tromboflebit
Tez-tezligi noma‘lum Shok, tromboemboliya, shu jumladan o‘pka arteriyasini emboliyasi (ayrim hollarda o‘lim bilan tugaydi)
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Tez-tez Shilliq  qavatini yallig‘lanishi (davolash boshlan-ganidan so‘ng 5-10 kundan keyin rivojlanishi mumkin), ezofagit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini giperpigmentasiyasi, stomatit, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (suvsizlanishga olib kelishi mumkin), qorinda og‘riq.
Tez-tezligi noma‘lum Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini eroziyalari, yaralari, og‘riq va achishishi, qon ketishi, giperpigmentasiyasi
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan kuzatiladigan o‘zgarishlar Juda tez-tez Alopesiya (60-90% hollarda; erkaklarda yuzda tuklarni o‘sishini pasayishi bilan birga kechadi). Alopesiya dozaga bog‘liq va ko‘pchilik hollarda qaytuvchan bo‘ladi.
Kam hollarda Eshakemi, preparat yuborilgan vena bo‘ylab mahalliy eritematoz reaksiyalar.
Tez-tezligi noma‘lum Mahalliy toksiklik, toshma, qichishish, eritema, giperemiya, teri va tirnoqlarni o‘zgarishlari (giperpigmentasiya), yorug‘likka sezuvchanlik, nurlantirilgan terini o‘ta yuqori sezuvchanligi (ilgari nurlantirilgan soxada mahalliy nur ta‘siridagi reaksiyalarni qaytalanishi)
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Juda tez-tez Yuborilgandan so‘ng 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar Kam hollarda Amenoreya, azoospermiya
Umumiy buzilishlar va yubrilgan joydagi buzilishlar Tez-tez Infuziya qilingan joyda eritema
Kam hollarda Lohaslik, holsizlik, isitma, etni uvishishi, gipertermiya
Tez-tezligi noma‘lum Fleboskleroz, mahalliy og‘riq, og‘ir gipodermit, tasodifan vena qon tomiri atrofiga in‘eksiya qilingandan so‘ng to‘qimalar nekrozi
Laboratoriya va instru-

mental ma‘lumotlar

Kam hollarda Transaminazalar faolligini o‘zgarishi
Tez-tezligi noma‘lum CHQZX ni simptomsiz pasayishi
Jarohatlar, zaharla-nishlar va muolajali asoratlar Tez-tez Qovuq ichiga yuborilganidan so‘ng kimyoviy sistit, ba‘zan gemorragik sistit aniqlangan (4.4-bo‘limga qarang)

Qovuq ichiga yuborilganidan so‘ng

Qovuq ichiga instillyasiya qilingandan so‘ng ta‘sir qiluvchi moddaning faqat katta bo‘lmagan miqdori qayta so‘rilganligi tufayli,  preparatga nisbatan og‘ir darajadagi tizimli nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek allergik reaksiyalar bu xolda kam rivojlanadi.

Achishish va tez-tez siyish .(pollakiuriya) kabi mahalliy reaksiyalar ko‘proq kuzatiladi. Ba‘zan bakterial yoki kimyoviy sistit kuzatilgan (4.4-bo‘limga qarang). Bu nojo‘ya reaksiyalar, odatda, qaytuvchi bo‘lgan.

4.9 Dozani oshirib yuborilishi

Epirubisinning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi 10-14 kun davomida og‘ir darajadagi mielosupressiyaga (asosan leykopeniya va trombositopeniya ko‘rinishidagi), me‘da-ichak tizimi tomonidan toksik samaralarga (asosan shilliq qavatini yallig‘lanishi) va yurak-qon tomir asoratlarga (24 soat davomida miokardni o‘tkir degenerasiyasi) olib keladi. Antrasiklinlar qo‘llanganida yurak yetishmovchiligi davolash tugaganidan so‘ng bir necha oylar (6 oygacha) yoki xatto bir necha yillar o‘tgandan keyin ham kuzatilgan (4.4-bo‘limga qarang). Pasientlar sinchkov nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Yurak yetishmovchiligining belgilari paydo bo‘lganida, pasientlar qabul qilingan tavsiyalarga muvofiq davolanishlari kerak.

Davolash

Simptomatik: jiddiy mielosupressiyada, qon quyish, antibiotiklarni buyurish va pasientni steril palataga yotkizish kabi umumiy choralar talab etilishi mumkin.

Epirubisinni gemodializ yo‘li bilan organizmdan chiqarish mumkin emas.

  1. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

5.1 Farmakodinamik xususiyatlari

Farmakoterapevtik guruhi: antrasiklinlar va yaqin moddalar.

ATX kodi: L01D B03.

Epirubisin antrasiklinlar guruhiga mansub bo‘lgan faol modda hisoblanadi. Farmakodinamik xususiyatlari boshqa antrasiklin-sitostatiklarning xususiyatlariga o‘xshash. Preparat shuningdek antimikrob ta‘sirga ega, lekin bu maqsadda ishlatilmaydi. Epirubisin xujayra siklining barcha fazalariga ta‘sir qiladi va S va G2 fazalarda eng samarali hisoblanadi. DNK asoslarining juftlari orasiga joylashganidan so‘ng epirubisin DNK ni-“parchalovchi majmua” topoizomeraza II ni barqarorlashtiradi va DNK zanjirini qaytmas uzilishiga olib keladi.

5.2 Farmakokinetik xususiyatlari

Vena ichiga yuborilganidan so‘ng (40-100 mg/m2) epirubisin plazmadan uch fazada chiqariladi: t1/2a – 3-4,8 min.; t1/2β – 1,1-2,6 soat;  t1/2γ (yakuniy fazadagi yarim chiqarilish davri) – 18-45 soatni tashkil etadi.

Epirubisin keng  taqsimlanish hajmiga ega (32-46 l/kg). Plazma klirensi 40-75 l/soatni tashkil etadi. Jigar faoliyati buzilganida plazma klirensi pasayadi.

Epirubisin jigarda faol epirubisinolgacha (13-ON-epirubisin), epirubisin va epirubisinol glyukuronidlari, shuningdek aglyukonlargacha metabolizmga uchraydi. Epirubisin va epirubisinolni parchalanishi 4-O-glyukuronni tirilishi bilan farqlanadi, bu epirubisinni nisbatan tezroq chiqarilishi va uni toksikligini kamligi bilan tushuntirish mumkin. Asosiy metaboliti – epirubisinolning (epirubisinni 13-ON hosilasi) plazmadagi konsentrasiyasi – odatda, past va o‘zgarmagan preparatning konsentrasiyasiga deyarli parallel ravishda o‘zgaradi.

Epirubisin va uning metabolitlarini safro bilan chiqarilishi qabul qilingan dozaning taxminan 35% ni tashkil etadi. Epirubisin va uning metabolitlarini buyrak orqali chiqarilishi 11-15% ni tashkil etadi; taxminan 5-7% organizmdan buyraklar orqali chiqariladi va metabolik o‘zgarishlarga uchramaydi.

Qovuqning yuzaki rakida epirubisin qovuq ichiga yuborilganida o‘sma to‘qimasi sog‘lom to‘qimaga nisbatan, epirubisinni 2-10 marta ko‘p yutadi.

  • Xavfsizligi bo‘yicha klinikagacha bo‘lgan ma‘lumotlar

Epirubisin ko‘p marta yuborilganida kalamushlar, quyonlar va itlarning nishon-a‘zolari bo‘lib gemolimfopoetik tizim, me‘da-ichak yo‘llari, buyraklar, jigar va reproduktiv a‘zolar bo‘lgan. Bundan tashqari, epirubisin kalamushlar, quyonlar va itlar uchun kardiotoksikdir.

Epirubisin, boshqa antrasiklinlar kabi, kalamushlar uchun genotoksik, embriotoksik va kanserogendir.

Kalamushlar va quyonlarda tug‘ma rivojlanish nuqsonlari kuzatilmagan, lekin, boshqa antrasiklinlar va sitotoksik preparatlar kabi, epirubisinni ham potensial teratogen preparat hisoblash kerak.

Kalamushlar va sichqonlarda mahalliy o‘zlashtirilishi o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishlar, epirubisinni ekstravazasiyasi to‘qimalar nekrozini chaqirishini ko‘rsatdi.

Toksikologik tadqiqotlarda epirubisin, doksorubisinga nisbatan yaxshi terapevtik indeks va pastroq tizimli toksiklik va kardiotoksiklikni ko‘rsatgan.

 

  1. FARMASEVTIK MA‘LUMOTLAR

6.1 Yordamchi moddalarning ro‘yxati

Natriy xloridi

Xlorid kislota eritmasi

In‘eksiya uchun suv.

6.2 Nomutanosibligi

Kimyoviy jihatdan nomutanosib bo‘lganligi tufayli Epirubisin Ebeveni geparin bilan aralashtirish mumkin emas. Epirubisin boshqa sitostatik preparatlar bilan majmuada yuborilganida, preparatlarni bevosita aralashtirish mumkin emas. Bundan tashqari, epirubisin ishqoriy eritmalar bilan kontaktda bo‘lmasligi kerak (gidroliz).

6.3 Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Suyultirilgandan keyingi barqarorligi

5% li glyukoza va 0,9% li natriy xlorid bilan 0,1 mg/ml va 1,0 mg/ml konsentrasiyagacha suyultirilgan eritmalarning kimyoviy va fizik barqarorligi, yorug‘likdan ximoyalangan sovutgichda saqlanganida 28 kunni tashkil etadi. Eritmalar xona haroratida (20oS – 25oS) 4 kun davomida yetarli barqarorligi bilan xarakterlanadi.

Mikrobiologik ifloslanishdan saqlanish uchun preparat darxol ishlatilishi kerak. Aks xolda saqlash davomiyligi va sharoitiga javobgarlik foydalanuvchiga tushadi. Suyultirilganidan so‘ng xona haroratida 24 soatdan ortiq saqlanmasin.

Eritmani flakondan faqat bevosita yuborishdan oldin tartib olish kerak.

Qovuq ichiga yuborish uchun 30-80 mg epirubisin va 50 ml fiziologik eritma saqlovchi eritmani qo‘llash tavsiya etiladi (4.2-bo‘limga qarang).

 

6.4  Eritmani saqlashda maxsus ehtiyotkorlik choralari

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Sovutgichda (2oS – 8oS) haroratda saqlansin.

Faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

Flakonda qolgan preparatni utilizasiya qilish kerak.

Faqat tiniq eritmalar ishlatilsin.

Yuborishdan oldin xona haroratigacha ishlatilsin.

Izoh: Sovutgichda saqlanganida preparat gelsimon holatga o‘tishi mumkin. Xona haroratida 2-4 soat davomida ushlab turilganida preparat gelsimon holatdan biroz qovushqoq yoki suyuq eritmaga aylanadi.

6.5  O‘ramning ko‘rinishi va ichidagisi

Tiniq rangsiz shishi flakon. Flakonlar kulrang xlorbutilkauchukli tiqinlar bilan bekitilgan va alyumin qalpoqchalar bilan siqib yopilgan.

Bir flakon ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylangan.

O‘ramlarning o‘lchamlari:

1 flakon 10 mg/5 ml;

1 flakon 50 mg/25 ml;

1 flakon 100 mg/50 ml.

6.6  Utilizasiya va ishlov berishdagi maxsus ehtiyotkorlik choralari

Infuziya uchun eritmani o‘rgatilgan xodim qat‘iy aseptik sharoitlarda tayyorlashi kerak.

Xodim sitostatiklar bilan ishlashga o‘rgatilgan bo‘lishi kerak.

Homilador ayollar epirubisin bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanishlari kerak.

Preparat toksik va muomala qilish va utilizasiyada alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiladi.

Eritmani tayyorlash vaqtida bu ish uchun belgilangan joyda ventilyasiya bo‘lgani afzal, bir martalik qo‘lqoplar, ximoya ko‘zoynagi, xalat va niqob taqish kerak.

Ishchi yuza asbest va bir marta ishlatish uchun plastiklangan qog‘oz bilan yopilgan bo‘lishi kerak.

Preparatning barcha qoldiqlari utilizasiya qilinishi kerak. Yuborish yoki tozalash uchun ishlatiladigan barcha jismlar, shu jumladan qo‘lqoplar, sitostatiklar uchun mahalliy me‘yoriy talablarga muvofiq ravishda xavfli chiqindilarni utilizasiyasi kabi utilizasiya qilinishi kerak.

Ehtiyotkorlik bilan muomala qilish teri bilan kontaktda bo‘lishdan saqlanish kerak.

Teri bilan kontaktda bo‘lganida darxol terining shikastlangan soxasini sovunli suv yoki bikorbonat natriy eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak. Bunda terini dag‘al chetka bilan ishqalash mumkin emas. Qo‘lqoplar yechilgandan so‘ng qo‘llarni yuvish kerak.

Dori vositasi ko‘zlarga tasodifan tushishidan saqlanish uchun ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Ko‘zlarga tushganida katta miqdordagi suv va (yoki) natriy xloridining 0,9% li eritmasi bilan yuvish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Eritma to‘kilgan yoki oqib ketganida preparat ta‘sir qilgan soxalar yoki materiallarni, natriy gipoxlorit suyultirilgan eritmasi (1% faol xlor) bilan ishlov berish (yaxshisi ularni xo‘llash yoki ishlov berish yo‘li bilan, so‘ngra suv bilan yuvib tashlash) kerak.

  1. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI

Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. Faqat stasionar sharoitlarda qo‘llansin

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi Naprod Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 50mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 10mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
PIRUSIN poroshok 50mg/25ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
PIRUSIN poroshok 10mg/5ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Deva Holding A.S
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
ETOPOZID NAPROD konsentrat 5ml 100mg/5ml
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml
PROPOFOL NAPROD emulsiya 20ml 1% N1
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
L ASPARAGINAZA NAPROD poroshok 10000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 5 ml 100 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 1 ml 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
NAPREZO poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
METOTREKSAT NAPROD eritma 2 ml 50 mg/2 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
LEYKOVORIN NAPROD eritma 5 ml 50 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
BLEOMISIN NAPROD poroshok 15 ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 50mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 260mg/43,34ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 100mg/16,67ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Другие формы препарата
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 50mg/25ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 10mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
EPIRUBISIN EBEVE konsentrat 2mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Эпирубицин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9