×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml

Kategoriya:
- O'smaga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Цисплатин
Ishlab chiqaruvchi:
- Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Vakil:
- Zandra-Tashkent MChJ
ATX kodi:
- L01XA01
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

KSELODA tabletkalari 500mg N120 F.Hoffmann-La Roche Ltd, Швейцария произведено: Productos Roche S.A. de C.V. Meksika
2 392 999 s`om dan
SIKLOFOSFAN GETWELL poroshok 200mg N1 Getwell Pharmaceuticals Hindiston
23 500 s`om dan
NOVANEFRON tabletkalari 650mg N30 «PRIMEA LIMITED» Buyuk Britaniya
135 000 s`om dan
FULVEDJEKT inyeksiya uchun eritma 5ml 50mg/ml N1 S.C.Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Har bir ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sisplatin - 1,0 mg;
yordamchi moddalar: natriya xloridi, mannitol, in'ektsiya uchun suv.
10 mg dan yoki 50 mg dan, sisplatin rezina tiqin bilan berkitilgan va himoyalovchi qopqoqli alyumin bilan siqilgan qalpoq bilan mahkamlangan jigarrang shishali (kimyoviy chidamlilikning I turi) flakonlar.
Karton qutida bitta flakondan tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutida joylangan.
20 ml sig'imli 1 flakon 10 mg sisplatin saqlaydi.
100 ml sig'imli 1 flakon 50 mg sisplatin saqlaydi.
Sisplatin og'ir metall ioni [tsis-diamindi xlorplatina (II)] saqlagan anorganik moddadir. Bu modda DNK zanjirlari orasida kesishgan choklarni hosil qilish orqali DNK sintezini ingibitsiya qiladi. U kam darajada shuningdek oqsil va RNK sintezini ham ingibitsiya qiladi.
Garchi sisplatinning asosiy samarasi DNK sintezini ingibitsiya qilish bo'lsada, u boshqa samaralar hisobiga, xususan o'smaning immunogenligini oshirish hisobiga o'smalarga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Sisplatining onkolitik samarasi alkillovchi agentlarning samarasi bilan bir xil. Sisplatin shuningdek immunosupressiv radiosensibilizatsiyalovchi va bakteriyalarga qarshi xususiyatlarga ham ega.
Sisplatinning samaralari, extimol hujayra siklining fazalariga bog'liq bo'lmasa kerak.
Sisplatinning sitotoksik samaralari, uni DNKning hamma asoslari, asosan-7-holatda joylashgan guanin va adenozinning azot atomi bilan bog'lanishi bilan bog'liqdir.
Vena ichiga yuborilgandan keyin sisplatin organizmning hamma to'qimalarida tezda taqsimlanadi; faqat markaziy nerv tizimiga yomon o'tadi. Maksimal kontsentratsiyalari jigar, buyraklarda, qovuqdq, mushaklarda, terida, urug'donda, prostata bezi, me'da osti bezida, va taloqda barpo etiladi.
Vena ichiga yuborilgandan keyin oqsil bilan bog'lanmagan filьtrlanadigan sisplatinni chiqarilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi, bunda boshlang'ich va oxirgi yarim chiqarilish davri 10-20 minut va 32-53 minutga muvofiqni tashkil qiladi. Platinani to'liq chiqarilishi 3 bosqichda amalga oshiriladi, yarim chiqarilish davri 14 minut, 274 minut va 53 kunga muvofiqni tashkil qiladi.
Sisplatin 90% qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanadi.
Preparat asosan siydik bilan chiqariladi: yuborilgan dozaning 27-43% davolash boshlangandan keyingi birinchi besh kunda siydikda aniqlanadi. Platina shuningdek safro bilan chiqariladi.
Ushbu preparatni arteriya ichiga yuborilganda (tsisplatin eritmasi 0,5 mg/ml) shikastlangan to'qimalarda vena ichiga yubrilgandagiga qaraganda yanada yuqori kontsentratsiyalarga erishiladi.
Nojo'ya samaralarni paydo bo'lishi qo'llanadigan dozaga bog'liq, bunda kumulyativ samara alohida o'rin tutadi.
Sisplatinning eng ko'p uchraydigan noxush ko'rinishlari (>10% patsiyentlarda kuzatilgan) qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar (leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya), me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar (anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish va diareya), eshitish a'zolari (eshitishni buzilishi), buyrak buzilishlari (buyrak yetishmovchiligi, nefrotoksiklik giperurikemiya) va tana haroratini oshishi bo'lib hisoblanadi.
Buyrak, suyak ko'migi va eshitish a'zolari tomonidan jiddiy toksik samaralar sisplatin bir marta yuborilgandan keyin 1/3 patsiyentlarda kuzatilgan; bu samaralar odatda dozaga bog'liq va kumulyativ hisoblanadi. Bolalarda ototoksiklik og'irroq shaklda namoyon bo'lishi mumkin.
Nojo'ya samaralarning rivojlanish tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlangan:
juda tez-tez (10 patsiyentdan 1 nafarida);
tez-tez (100 patsiyentdan 1 nafarida, lekin 10 patsiyent <1 nafarida);
tez-tez emas (1000 patsiyentdan 1 nafarida, lekin 100 patsiyentdan <1 nafarida);
kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 nafarida, lekin 1000 patsiyentdan 1 nafarida);
juda kam hollarda (10000 patsiyentdan 1 nafarida); noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asoslanib, baholash mumkin emas).
Infektsiyalar va invaziyalar
Tez-tez: sepsis
Tez-tezligi noma'lum: infektsiyalar (shu jumladan ba'zi patsiyentlarda infektsion asoratlar natijasida o'lim xolatlari).
Xavfsiz, xavfli va tasniflanmagan o'smalar (jumladan kistalar va poliplar)
Tez-tez emas: o'tkir leykoz (dozaga bog'liq, ammo yoshga va jinsga bog'liq bo'lmagan).
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: suyak ko'migini funktsiyasini buzilishi, trombotsitopeniya, lekopeniya, anemiya.
Tez-tezligi noma'lum: musbat Kumbs reaktsiyasi bilan bo'lgan gemolitik anemiya.
Dozaga bog'lik kumulyativ va ko'pchilik holatlarda qaytuvchan leykopeniya, trombotsitopeniya va anemiya.
Sisplatin bilan davolanayotgan 25-30% patsiyentlarda.
Preparat qo'llangandan keyin taxminan 14 sutkadan so'ng leykotsitlar sonini ahamiyatli kamayishi (5% patsiyentlarda 1,5 x 109/l dan kamni tashkil qilgan) kuzatilgan. Taxminan
21 kundan so'ng trombotsitlar sonini kamayishi (10% dan kam patsiyentlarda trombotsitlarni umumiy soni 50 x 109/l dan kamni tashkil qilgan). Bunda tiklanish davri taxminan 39 kunni tashkil qilgan. Anemiya (gemoglobinni 2 g dan ko'pga pasayishi) taxminan xuddi shunday tez-tezlikda rivojlanadi, ammo odatda leykopeniya yoki trombotsitopeniyaga qaraganda kechroq.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: anafilaktoid reaktsiyalar (toshma, eshakemi, eritema, allergik qichishish, yuzni shishi, hansirash, bronxospazm, taxikardiya, arterial gipotenziya).
Kam hollarda: immunosupressiya. Antigistamin preparatlarini, epinefrinni (adrenalinni) va steroidlarni qo'llash talab qilinishi mumkin.
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum: qonda amilaza faolligini oshishi, antidiuretik gormonning noadekvat sekretsiyasi.
Ovqatlanish va modda almashinuvini buzilishlari
Juda tez-tez: giponatriyemiya.
Tez-tez emas: gipomagniyemiya.
Kam hollarda: giperxolesterinemiya.
Juda kam hollarda: qonda temir darajasini oshishi.
Tez-tezligi noma'lum: degidratatsiya, gipokaliyemiya, gipofosfatemiya, giperurekemiya, gipokalьtsiyemiya, tetaniya va/yoki EKG da o'zgarishlar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: nerotoksiklik.
Kam hollarda: periferik neyropatiya, qaytuvchan orqa lekoentsefalopatiya sindromi.
Juda kam hollarda: tirishishlar.
Tez-tezligi noma'lum: qon aylanishini o'tkir buzilishlari, gemorragik insulьt, ishemik insulьt, agevziya, bosh miya qon tomirlarini arteriiti, Lermitt simptomi, miyelopatiya, vegetativ nerv tizimi neyropatiyasi.
Har qanday ko'rsatilgan serebrospinal simptomlar rivojlanganida sisplatinni darhol bekor qilish kerak. Sisplatin chaqirgan neyrotoksiklik qaytuvchan bo'lishi mumkin. Ammo 30-50% patsiyentlarda xatto preparat bekor qilingandan keyin jarayon qaytuvchan. Neyrotoksiklik sisplatinni birinchi dozasidan keyin yoki preparat bilan uzoq davolangandan keyin rivojlanishi mumkin. Preparatni uzoq vaqt yuqori dozalarda qabul qilgan patsiyentlarda og'ir neyrotoksiklik rivojlanishi mumkin.
Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: ko'rish nervini nevriti, ko'z harakatini buzilishi.
Tez-tezligi noma'lum: ko'rish aniqligini pasayishi, rang ajrata olmaydigan ko'rlik, miya po'stlog'i oqibatidagi ko'rlik, ko'rish nervining diskini shishi, to'r pardaning pigmentatsiyasi.
Eshitish a'zolari tomonidan va muvozanatni buzilishlari
Tez-tez emas: ototoksiklik.
Tez-tezligi noma'lum: quloqni shang'illashi, karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: aritmiya, bradikardiya, taxikardiya, ST intervalini o'zgarishi kabi EKG dagi o'zgarishlar.
Kam hollarda: miokard infarkti, yurak ishemik kasalligini og'ir shakli, arterial gipertenziya.
Juda kam hollarda: yurakni to'xtab qolishi.
Tez-tezligi noma'lum: yurak tomonidan buzilishlar.
Qon tomirlari tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: in'ektsiya joyida flebit.
Tez-tezligi noma'lum: trombotik mikroangiopatiya (gemolitik-uremik sindrom), Reyno sindromi.
Nafas tizimi, ko'krak qafasi va ko'ks oralig'i tomonidan buzilishlar
Tez-tez: hansirash, pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi.
Tez-tezligi noma'lum: o'pka arteriyasining tromboemboliyasi.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: qusish, ko'ngil aynishi, diareya, anoreksiya.
Tez-tez emas: milk sohasida tish toshlarini to'planishi.
Kam hollarda: stomatit.
Tez-tezligi noma'lum: hiqichoq tutish.
Jigar va safro chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum: qonda jigar fermentlarini (transaminazalar faolligini, bilirubinni kontsentratsiyasini oshishi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: eritema va teri yaralari, lokal shish va og'riq.
Tez-tezligi noma'lum: alopetsiya, teri toshmalari.
Skelet-mushak, biriktiruvchi va suyak to'qimasi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma'lum: mushak spazmlari.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: o'tkir buyrak yetishmovchiligi, og'ir buyrak yetishmovchiligi (qon zardobida mochevina va kreatinin kontsentratsiyasini, siydik kislotasini oshishi va (yoki) kreatinin klirensini pasayishi), buyrak kanallari tomonidan buzilishlar. Sisplatinni bir marta yoki ko'p marta yuborilgandan keyin og'ir buyrak yetishmovchiligi. Sisplatinni o'rtacha dozada (20 mg/m2 dan <50 mg/m2 TYuM gacha) bir marta qo'llangandan keyin buyrak funktsiyasini yengil qaytuvchan buzilishi paydo bo'lishi mumkin. Sisplatinni yanada yuqori dozada (50-120 mg/m2 TYuM) bir marta har kuni ko'p marta qo'llash buyrak kanallarini nekrozi bilan kechadigan og'ir buyrak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin, bu uremiya yoki anuriya ko'rinishda namoyon bo'lishi mumkin. Og'ir buyrak yetishmovchiligi qaytuvchan bo'lishi mumkin. Nefrotoksiklik kumulyativ hisoblanadi va sisplatinni birinchi dozasini qo'llangandan keyin 2-3 sutkadan ikki haftagacha bo'lgan davrda rivojlanishi mumkin. Qon zardobida kreatininni darajasi va mochevinani kontsentratsiyasini oshishi mumkin. Sisplatinni 50 mg/m2 bir martalik dozada qo'llanganda gidratatsiya yetarli darajada bo'lmagan 28-36% patsiyentlarda nefrotoksiklik kuzatilgan.
Giperurekimiya simptomsiz kechishi mumkin yoki podagra ko'rinishida namoyon bo'ladi mumkin.
Giperurikemiya nefrotoksiklik bilan birga kechgan 25-30% patsiyentlarda kuzatilgan. Giperurikemiya va gipoalьbuminemiya sisplatin chaqirgan nefrotoksiklikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: spermatogenezni va ovulyatsiyani patologik o'zgarishlari, og'riqli ginekomastiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Juda tez-tez: isitma.
Tez-tezligi noma'lum: yuborish joyida ekstravazatsiya (yumshoq to'qimalarni ekstravazatsiya keltirib chiqargan mahalliy reaktsiyalar), shu jumladan sellyulit, fibroz, nekroz (tez-tez), og'riqlar (tez-tez), shish (tez-tez) va eritema (tez-tez).
Laborator tekshirish natijalari
Kam hollarda: qonda alьbumin darajasini pasayishi.
Faqat bir marta qo'llash uchun.
Preparat toksik hisoblanadi va u bilan ishlashda va utilizatsiya qilishda alohida ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishni talab qiladi.
Infuzatni faqat maxsus bilimga ega personal aseptik sharoitda tayyorlashi kerak.
Personal sitostatinlar bilan ishlashga tajribasiga ega bo'lishi kerak. Homilador ayollar sisplatin bilan ishlashlari kerak emas.
Hamma sitostatiklar kabi sisplatinni alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak: ular bilan ishlashda himoya kiyimini kiyish, qo'lqopni va niqoblar taqish kerak. Imkoni boricha sisplatinni havoni so'rib oluvchi qurilma ostida tayyorlash kerak.
Preparatni teriga va (yoki) shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak.Teriga tushganida sovun bilan ko'p miqdordagi suv bilan yuqori miqdorda yaxshilab yuvish kerak. Achishishni vaqtinchalik his qilinganda surtmani surtish kerak. (Izoh: platinaga o'ta yuqori sezuvchanligi bo'lgan ayrim odamlarda teri reaktsiyalari rivojlanishi mumkin). Moddani teriga tekkanida sanchiq, achishish va qizarish paydo bo'lgan. Shilliq qavatiga tushganida suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Modda hidlanganda hansirash, ko'krakda og'riq, tomoqni ta'sirlanishi va ko'ngil aynishi kuzatilgan. Qusiq va axlat massalarini ehtiyotkorlik bilan bartaraf qilish kerak. Agar eritma xira bo'lsa yoki cho'kma sezilsa, flakonni utilizatsiya qilish kerak. Shikastlangan flakonlar bilan, sisplatin bilan ifloslangan chiqindilar bilan muomala qilingandagi kabi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilgan holda muomala qilish kerak. Ifloslangan chiqindilar maxsus belgilangan konteynerlarda saqlanishi kerak.
Faqat yangi tayyorlangan va tiniq eritmalarni ishlatish kerak.
Preparat to'kib yuborilgan hollarda himoya qo'lqoplarini kiyish, to'kilgan preparatni gubka bilan artib tashlash kerak. Keyin to'kilgan joyni suv bilan ikki marta yuvish kerak. Hamma eritmalar va gubka plastik paketga joylanadi va muhrlanadi.
Preparatning ishlatilmay qolgan hamma qoldig'i va ular bilan ifloslangan materiallarni mahalliy me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilgan talablarga muvofiq utilizatsiya qilish kerak.
Sisplatin alyumin bilan ta'sirga kirishib, platinaning qora cho'kmasini hosil qiladi. Sisplatinni o'zida alyumin saqlovchi vena ichiga yuborish uchun har qanday qurilmalar, ignalar, kateterlar bilan aloqadan va shpritslar (kontaktlanishga) saqlanish lozim.
Sisplatin kimyoterapiyani o'tkazish tajribasiga ega bo'lgan malakali shifokorni sinchkov kuzatuvi ostida yuborilishi kerak. Bu ayniqsa sisplatin bilan arteriya ichi, regional o'smaga qarshi terapiyaga tegishli.
Yaxshi nazorat va davolashni o'tkazish, shuningdek uning asoratlarini bartaraf qilish faqat to'g'ri aniqlangan diagnostikada va davolashni o'tkazish uchun zarur sharoit bo'lganida mumkin.
Sisplatinni kumulyativ oto-, nefro- va neyrotoksiklikka ega ekanligi isbotlangan. Sisplatinni neyrotoksikligi boshqa nomlangan a'zo yoki tizimlarga nisbatan toksik bo'lgan dori vositalari bilan majmuaviy qo'llanganda kuchayishi mumkin.
Sisplatin bilan davolash boshlashdan oldin va bu preparatni keyingi har bir dozalarini yuborishdan oldin, har doim audiografiya bajarilishi kerak.
Sisplatinni qo'llashdan oldin, qo'llash vaqtida va undan keyin a'zolarni quyidagi parametrlari va funktsiyasini baholash zarur:
buyraklarni funktsiyasi;
jigar funktsiyasi;
qon yaratish funktsiyasi (qonda eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarni soni);
qon zardobi elektrolitlari (kalьtsiy, natriy, kaliy, magniy).
Bu tahlillarni sisplatin bilan davolashni butun davri davomida har haftada takroran bajarish kerak.
Sisplatinni faqat quyidagi parametrlar tiklanganida takror yuborilishiga yo'l qo'yiladi:
zardob kreatinini ≤130 mkmolь/l yoki 1,5 mg/dl;
mochevina <25 mg/dl;
leykotsitlar >4000/mkl yoki >4,0 x 109/l;
trombotsitlar >100000/mkl yoki >100 x 109/l;
audiografiyaning normal natijalari.
Nefrotoksiklik
Sisplatin og'ir darajali, kumulyativ nefro toksiklikni chaqiradi. Sisplatinning nefrotoksikligini minimal darajaga yetkazish diurezni 100 ml dan kam bo'lmagan darajada tutib turish hisobiga erishiladi. Buni oldindan 2 l muvofiq eritmani vena ichiga yuborish yo'li bilan patsiyentni taxminiy gidratatsiyasi va sisplatinni yuborilgandan keyin xuddi shunday gidratatsiyasi (tavsiya qilinadigan hajmi 2500 ml/m2 24 soat davomida) yordamida ta'minlash mumkin. Agar jadal gidratatsiya adekvat diurezni tutib turish uchun yetarli bo'lmasa, osmotik diuretik (masalan, mannitol) qo'llanilishi mumkin.
Giperurikemiya va giperalьbuminuriya sisplatin bilan chaqirilgan nefrotoksiklikni rivojlanishi uchun moyil omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Neyropatiyalar
Preparat ishlatilganida og'ir neyropatiyani rivojlanish hollari qayd qilingan. Bu neyropatiyalar qaytmas bo'lishi va ular paresteziya, arefleksiya va propriotseptiv va vibratsion sezuvchanlikni yo'qolishi bilan namoyon bo'lishi mumkin. Shuningdek motor funktsiyasini yo'qolish xolatlari ham kuzatilgan. Shu boisdan patsiyentlarni muntazam nevrologik tekshirishlarini o'tkazib turish kerak.
Ototoksiklik
Ototoksiklik sisplatinni bir marta 50 mg/m2 dozada qabul qilgan ≤31% patsiyentlarda qayd qilingan va quloq shang'illashi va/yoki yuqori chastotali diapazonda (4000-8000 Gts) da eshitishni yo'qolishi (kar bo'lib qolish) bilan namoyon bo'lgan. Alohida hollarda patsiyentlar odatiy suhbatni tutib turish qobiliyatini yo'qotishlari mumkin. Sisplatinni ototoksikligi bolalarda yanada yaqqol namoyon bo'lishi mumkin. Eshitishni yo'qolishi bir yoki ikki tomonlama bo'lishi va preparat ko'p marta yuborilganda ko'pincha og'ir shaklda rivojlanishi mumkin; lekin, sisplatinni birinchi marta yuborilgandan keyin karlik kam hollarda kuzatilgan. Ototoksiklik ilgari bosh sohasida nur bilan davolashni qabul qilgan yoki bir vaqtda nur bilan davolashni qabul qilayotgan patsiyentlarda kuchayishi mumkin va sisplatinning qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasiga bog'liq bo'lishi mumkin. Hozirgi vaqtda sisplatin bilan chaqirilgan ototoksiklik qaytuvchan ekanligi noma'lum. Sisplatin bilan davolashni boshlashdan oldin va uni keyingi yuborishlardan oldin jiddiy audometrik monitoringni o'tkazish zarur. Shuningdek vestibulyar toksiklik holatlari ham qayd qilingan.
Allergik reaktsiyalar
Platinaning boshqa preparatlarini ishlatilganda bo'lgani kabi, ko'pchilik hollarda o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari preparatni infuziya qilish vaqtida kuzatiladi va uni qo'llashni to'xtatishni va tegishli simptomatik davolashni boshlashni talab qiladi. Bundan tashqari, hamma platina preparatlari ishlatilganida o'ta yuqori sezuvchanlikning kesishgan reaktsiyalari qayd qilingan, ayrim hollarda letal holatlar aniqlangan
Sisplatinga anafilaktoid reaktsiyalar kuzatilgan. Bu reaktsiyalarni antigistamin preparatlarini, adrennalin va (yoki) glyukokortikoidlarni qo'llash yo'li bilan bartaraf qilish mumkin.


Jigar funktsiyasi va qon ko'rsatkichlari
Preparat ishlatilganda qon formulasi ko'rsatkichlarini va jigar funktsiyasini muntazam nazarati zarur.
Kantserogen potentsiali
Odamda sisplatinni ishlatish davriga to'g'ri keladigan o'tkir leykozni rivojlanishining juda kam hollari qayd qilingan. Ammo, bunday hollarda sisplatin leykozni chaqirish xususiyatiga ega boshqa preparatlar bilan qo'llanilgan.
Sisplatin bakterial testlarda mutagen samaraga ega bo'lgan va hayvonlarning hujayra kulьturalarida xromosomalarni aberratsiyasini induktsiya qilgan. Shuning uchun unda kantserogen xususiyatlar bo'lishi mumkin, biroq ular isbotlanmagan.
Sisplatin sichqonlarga teratogen va embriotoksik ta'sir ko'rsatadi.
Yuborish joyidagi reaktsiyalar
Sisplatinni yuborish joyida reaktsiyalar bo'lishi mumkin. Preparatni yuborish jarayonida ekstrovazatsiya yuz berishi mumkinligi tufayli infuziya sohasida sinchkov monitoring o'tkazish tavsiya etiladi. Ekstravazatsiyani spetsifik davosi noma'lum.
Bakterial yoki virusli infektsiyalari bo'lgan patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish talab qilinadi.
Ekstravazatsiya holatidagi xatti-xarakat:
sisplatinni yuborishni darhol to'xtatish;
ignani siljitmasdan to'qimalardan ekstravazatni tortib olish va 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan yuvish kerak.
Kontratseptsiya
Ikkala jinsdagi patsiyentlar sisplatin bilan butun davolash davri davomida va davolashdan keyin kamida kamida 6 oy davomida kontratseptsiyani samarali usullarini qo'llashlari kerak. Davolash tugashi bilan bola ko'rishni hohlagan patsiyentlarga genetik maslahat tavsiya qilinadi.
Ogohlantirish
Ushbu sitostatik boshqa odatda ishlatiladigan o'smalarga qarshi kimyo preparatlariga nisbatan yanada yaqqolroq toksiklikka egadir.
Asosan kumulyativ (to'planib qolish) nefrotoksiklik og'ir hisoblanadi va preparatni yuborishda alohida ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni talab qiladi.
Ko'ngil aynishi va qusish yaqqol xarakterga ega bo'lishi mumkin va qusishga qarshi preparatlar bilan adekvat davolashni talab qiladi.
Ko'ngil aynishi, qusish va diareya ko'pincha sisplatin yuborilgandan keyin paydo bo'ladi. Ko'pchilik patsiyentlarda bu simptomlar 24 soatdan keyin yo'qoladi. Yaqqolligi jihatidan kam og'irroq bo'lgan ko'ngil aynishi va anoreksiya preparat yuborilgandan keyin 7 sutka davomida saqlanishi mumkin. Qusishga qarshi preparatlarni profilaktik qabul qilish ko'ngil aynishi va qusishni bartaraf qilish yoki yaqqolligini kamaytirish imkonini beradi. Qusish va diareya natijasida suyuqlikni yo'qotishni to'ldirish zarur.
Ototoksiklik, miyelosupressiya va anafilaktik reaktsiyalarini rivojlanishi tufayli patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.
Sisplatinni mutagen preparati hisoblanishi isbotlangan. Bundan tashqari u ferillikni buzishi mumkin. Barcha o'smaga qarshi preparatlarni kantserogen ekanligi ma'lum. Buni sisplatinni uzoq qo'llanganda hisobga olish lozim.

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlashda ehtiyotkorliklar
Har qanday boshqa potentsial toksik preparatlarni ishlatilganda bo'lgani kabi, sisplatin eritmasi bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish o'ta muhimdir.
Preparatni teriga behosdan tushishi terini shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qo'lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi. Sisplatin eritmasi teriga yoki shilliq qavatlariga tushsa, suvda sovun bilan yaxshilab yuvish kerak.
Sitostatiklar bilan ishlash va ularni utilizatsiya qilish bo'yicha tavsiya etilgan muolajalarga amal qilish kerak.
Preparatni yuborishdan oldin eritmani tiniqligiga va unda yot zarrachalarni yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak.

Ushbu preparat 20 mg/m2 TMYu dozada 140 mg natriyni saqlaydi. Buni agar patsiyent tuzsiz parhezda bo'lsa, hisobga olish lozim.

Dorilarning preparatlari
Miyelosupressiv preparatlar
Sisplatinni boshqa miyelosupressiv preparatlari yoki nur terapiyasi bilan majmuada qo'llash sisplatinni miyelosupressiyani ta'sirini yaqqolligini oshiradi.
Gipotenziv preparatlar
Sisplatinni gipotenziv vositalar, furosemid, gidralazin, diazoksid va propranol bilan majmuada qo'llash nefrotoksiklikni kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Nefrotoksik preparatlar
Nefrotoksik vositalar (masalan, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, amfoteritsin V va rentgenokontrast vositalar) yoki ototokisik (masalan, aminoglikozidlar) dori vositalarini bir vaqtda yuborish sisplatinni ushbu a'zolarga toksik ta'sirini potentsiyalaydi. Sisplatin bilan davolash vaqtida va u tugaganidan keyin, asosan buyrak orqali chiqariladigan preparatlarni, shu jumladan sitostatiklarni (masalan, bleomitsin va metotreksat) ishlatilganda, ularni buyrak orqali chiqarilishini pasayishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Sisplatin bilan majmuada qo'llanilganda (shuningdek sisplatinni ilgari olgan patsiyentlarda) ifosfamidning nefrotoksikligi kuchayishi mumkin.
Ototoksik preparatlar
Ototoksik dori vositalarini (masalan, aminoglikozidlar, halqali diuretiklar) bir vaqtda qo'llash sisplatinning eshitish a'zosiga bo'lgan toksik ta'sirini potentsiyalaydi.
Sisplatinni 60 mg/m2 dan ortiq dozada qo'llangandan va 24 soat davomida diurezni 1000 ml dan kamaygandan tashqari holatlarda buyrakni shikastlanish va ototoksikligi tufayli halqali diuretiklarni jadallashtirilgan diurezni jadallashtirish maqsadida qo'llash mumkin emas.
Ifosfamidni bir vaqtda qo'llanganda (monoterapiyada ototoksik ta'sirga ega bo'lmagan preparat) sisplatinni ototoksikligini oshishi to'g'risidaxabarlar tushgan.
Allopurinol, kolxitsin, probenetsid
Sisplatin bilan majmuada qo'llanganda allopurinol, kolxitsin, probenetsid yoki sulьfinpirazonning dozalariga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin, chunki sisplatin qon zardobida siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshiradi.
Ifosfamid
Sisplatinni ifosfamid bilan bir vaqtda qo'llash oqsilni siydik bilan chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin.
Dotsetaksel
Metastatik va tarqalgan xavfli o'smalari bo'lgan bemorlarda dotsetaksel va sisplatinni majmuada qo'llash, monoterapiyada ikkala komponentlarni analogik dozalarda qo'llashga nisbatan, og'irroq neytrotoksiklik bilan ifodalangan.
Bleomitsin, etopozid, vinblastin
Sisplatin, bleomitsin va etopozid bilan bir vaqtda davolash qator hollarda qonda litiyning kontsentratsiyasining kamayishiga olib kelgan (litiyni kontsentratsiyasini monitoringi tavsiya qilinadi). Sisplatin bleomitsin va vinblastin bilan majmuada Reyno fenomenini rivojlanishiga olib keladi.


Xelatlovchi agentlar
Xelatlovchi agentlar (masalan, penitsillamin) sisplatinning samarasini pasaytirishi mumkin.
Siklosporin
Sisplatinni va siklosporin bilan bir vaqtda qo'llanganda limfoproliferatsiya xavfi bilan bo'lgan yaqqol immunosupressiyani hisobga olish zarur.
Tirik kuchsizlantirilgan vaktsinalar
Virusning vaktsinali shtammi tomonidan chaqirilgan tizimli infektsiyani yuz berish xavfini nazarda tutib, vaktsinani sariq isitmani oldini olish uchun ishlatish mutlaqo man etilgan. Tarqoq infektsiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib, barcha holatlarda, iloji boricha faolsizlantirilgan vaktsinalardan foydalanish kerak. Sisplatin bilan davolash tugagandan keyin yana 3 oy davomida tirik vaktsinalarni qo'llash tavsiya qilinmaydi.
Peroral antikoagulyantlar
Peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda XNM ni muntazam nazorat qilib turish tasiya etiladi.
Gistaminga qarshi vositalar, fenotiazinlar va boshqa preparatlar
Gistaminga qarshi vositalar, buklizin, siklizin, loksapin, meklozin, fenotiazinlar, tioksantenlar va trimetobenzamidlarni bir vaqtda qo'llash ototoksiklik simptomlarini niqoblashi mumkin (shu jumladan bosh aylanishi va quloq shang'illashi bo'lishi mumkin).
Tirishishga qarshi vositalar
Sisplatin bilan majmuada qo'llanganda tirishishga qarshi vositalarning qon zardobidagi kontsentratsiyasi subterapevtik darajagacha kamayishi mumkin.
Sisplatin fenitoinni so'rilishni kamaytirishi mumkin, va ularni yondosh qo'llanganda tutqanoqqa qarshi samara pasayishi mumkin. Sisplatin bilan davolash fonida fenitoin bilan tirishishga qashi terapiyani boshlash taqiqlanadi.
Piridoksin va altretamin (geksametilamin) majmuasi
Tarqalgan tuxumdon raki bo'lgan bemorlarda o'tkazilgan randomizatsiyalangan tadqiqotlarda piridoksinni altretamin va sisplatin bilan majmuada qo'llash bemorlarda javobini rivojlanish vaqtining salbiy o'zgarishiga olib kelgan.
Paklitaksel
Paklitaksel infuziyasidan oldin sisplatinni yuborish, paklitakselning klirensini 33% gacha pasayishiga olib kelishi mumkin, bu o'z navbatida neyrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.
Boshqa sitostatiklar bilan majmuasi
Sisplatinni boshqa sitostatiklar bilan majmuada qo'llanganda miokard ishemiyasi belgilari aniqlangan.

Fertillik, homiladorlik va emizish
Fertillik
Sisplatinni kelajakda bola bo'lishini hohlagan erkaklarda vaqtinchalik yoki turg'un bepushtlik chaqirishi mumkin, shuning uchun davolashni boshlashdan oldin urug' suyuqligini muzlatib konservatsiya qilish tavsiya qilinadi.
Homiladorlik
Homilador ayollarda sisplatinni qo'llanishi to'g'risida ma'lumotlar yetarli emas. Sisplatin homilaga toksik ta'sir ko'rsatishi mumkin va uning farmakologik xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarga asosan sisplatinni homilada jiddiy rivojlanish nuqsonlarini chaqirish qobiliyatiga ega deb taxmin qilish mumkin. Hayvonlardagi tadqiqotlarda uni yo'ldoshdan o'tishida reproduktiv toksiklikni va kontserogenlikni namoyish qilishi ko'rsatilgan. Sisplatinni, uning qo'llanishiga qat'iy ko'rsatmalar bo'lgandan tashqari hollarda, homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlikni ogohlantirish uchun reproduktiv yoshdagi ikkala jinsdagi patsiyentlar sisplatin bilan butun davolash davri davomida va u tugagandan keyin kamida 6 oy kantratseptsiyani samarali usullarini qo'llashlari kerak. Agar davolash tugagandan keyin patsiyent bola ko'rishni hohlasa, unga genetik maslahatdan o'tishi kerakligi tavsiya qilinadi.
Emizish
Sisplatin odam ko'krak sutiga chiqadi. Davolash davrida emizish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri bo'yicha tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Shunga qaramay nojo'ya samaralar (nefrotoksiklik kabi) transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bunday nojo'ya samaralar rivojlanganda (masalan, uyquchanlik yoki qusishda) transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya qilinadi.
Sisplatin Naprod:
urug'donlarni tarqalgan yoki metastazlangan raki;
tuxumdonni tarqalgan yoki metastazlangan raki;
qovuqning tarqalgan va metastazalangan raki;
bosh va bo'yin a'zolarining yassi hujayrali raki;
o'pkaning tarqalgan va metastazlangan yirik hujayrali raki;
o'pkaning tarqalgan va metastazlangan mayda hujayrali rakini davolash uchun qo'llanadi;
Bachadon bo'yni rakini davolashda Sisplatinni nur davosi bilan majmuaviy davolash ko'rsatilgan. Sisplatinni ham monoterapiya sifatida va majmuaviy davolashni tarkibida qo'llash mumkin.
Sisplatinga, platinaning boshqa preparatlariga yeki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik;
buyrak funktsiyasini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) yoki eshitishni buzilishi, chunki sisplatin nefro- va neyrotoksik (ayniqsa ototoksik) vosita hisoblanadi. Davolashni boshlashdan oldin ushbu funktsiyani buzilishi bo'lganda toksiklik kuchayishi mumkin;
degidratatsiya (buyrak funktsiyasini og'ir buzilishini oldini olish maqsadida sisplatin bilan infuziya qilishdan oldin va keyin patsiyentda gidratatsiyani ta'minlash zarur);
miyelosupressiya;
sisplatin chaqirgan neyropatiya;
emizish
tirik vaktsinalarni, shu jumladan sariq isitmani oldini olish uchun vaktsinalarni yuborish;
fenitoinni bir vaqtda qabul qilishda qo'llash mumkin emas.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Sisplatin Naprod, 1,0 mg/ml li infuziya uchun eritma tayyorlash uchun kontsentratni yuborishdan oldin suyultirish kerak. Suyultirilgan eritmani faqat vena ichiga tomchilab yuborish kerak. Preparatni qo'llanganda alyuminiy detallarni saqlagan har qanday uskunalardan saqlanish kerak, ular sisplatin bilan aloqaga kirishishi mumkin (vena ichiga infuziyalar uchun qurilmalar, ignalar, kateterlar, shpritslar). Dozalash Kattalar, bolalar va o'smirlar Sisplatinning dozasi asosiy kasallikka, kutilayotgan reaktsiyaga, shuningdek sisplatinni monoterapiyada yoki majmuaviy kimyoterapiyada ishlatilayotganligiga qarab belgilanadi. Dozalash bo'yicha ko'rsatmalar ham kattalarga, ham bolalar va o'smirlarga (0 dan 18 gacha bo'lgan yosh) tegishli. Monoterapiya uchun dozalashning ikki tartibi tavsiya etiladi: bir marta yuborishda: m2 tana yuzasiga 50-120 mg dozada, har 3-4 haftada yuboriladi. 5 kun davomida: sutkada 15-20 mg/m2 dozada, har 3-4 haftada yuboriladi. Sisplatinni majmuaviy kimyoterapiyasi tarkibida ishlatilganda uni dozasini kamaytirish kerak. Odatiy doza 20 mg/m2 yoki yuqori bo'lib, har 3-4 haftada yuboriladi. Bachadon bo'yning rakini davolashda sisplatinni nurterapiyasi bilan majmuaviy qo'llaniladi. Bunday holatda preparatning odatdagi dozasi 40 mg/m2 dan, haftada 1 marta, 6 haftada mobaynidani tashkil qiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi yoki miyelosupressiyasi bo'lgan patsiyentlar Buyrak funktsiyasini buzilishi yoki miyelosupressiyasi bo'lgan patsiyentlarda dozani kamaytirish kerak. Qo'llash usuli Vena ichiga yuborish uchun. Yo'riqnomalarga muvofiq, tayyorlangan sisplatinni infuziya uchun eritmasini 6-8 soat davomida vena ichiga tomchilab yuborish kerak. Sisplatin infuziya uchun eritmasini tayyorlash: yo'riqnomaga muvofiq hisoblangan sisplatinni talab qilingan miqdorini (dozasini) (1,0 mg/ml) ko'rsatilgan eritmalarning birini 2 l da suyultirish lozim: 0,9% natriy xlorid eritmasi; 0,9% natriy xlorid eritmasi va 5% glyukoza eritmasini aralashmasi (1:1 nisbatda) (eritmaning oxirgi kontsentratsiyalari: natriy xlorid – 0,45%, glyukoza – 2,5%). Agar gidratatsiyani sisplatin bilan davolashdan oldin o'tkazishni iloji bo'lmasa, kontsentratni 0,9% natriy xlorid eritmasi va 5% mannitol eritmasini (1:1 nisbatda) (eritmaning oxirgi kontsentratsiyalari: natriy xlorid – 0,45%, mannitol – 2,5%) aralashmasi bilan suyultirish mumkin. Eritmani qo'llashdan avval eritmani sinchiklab qarash kerak. Faqat yot zarrachalarni saqlamagan tiniq rangsiz eritmalarni ishlatish kerak. Sisplatinni yuborishdan oldin 2-12 soat davomida va yuborilgandan keyin kamida 6 soat vaqt davomida patsiyentda adekvat gidratatsiyasini ta'minlab turish kerak. Gidratatsiya sisplatin bilan davolash vaqtida va u tugaganidan keyin yetarli darajada diurezni ta'minlash uchun zarurdir. Bunga quyidagi eritmalardan birini vena ichiga infuziya qilish yo'li bilan erishiladi: 0,9% li natriy xloridi eritmasi; 0,9% li natriy xloridi eritmasini va 5% li glyukoza eritmasini aralashmasi (1:1 nisbatda). Sisplatinni yuborishdan oldingi gidratatsiya: suyuqlikning umumiy miqdori kamida 1 l bo'lganda, eritmani soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomida vena ichiga infuziya qilish. Sisplatinni yuborish tugaganidan keyingi gidratatsiya: qo'shimcha 2 l eritmani soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomidagi vena ichiga infuziyasi. Agar gidratatsiya o'tkazilgandan keyin siydik ajralib chiqarilishi soatiga 100-200 ml dan kamaysa, unda jadallashtirilgan diurezni o'tkazish talab qilinishi mumkin. Jadallashtirilgan diurezga 37,5 g mannitolni 10% li eritma (375 ml 10% li mannitol eritmasini) ko'rinishida vena ichiga yuborish yoki diuretikni yuborish (buyrak funktsiyasi normal bo'lgan sharoitda) yo'li bilan, erishiladi. Agar yuborilgan sisplatinning dozasi m2 tana vazniga 60 mg oshsa, mannitol yoki diuretikni yuborish talab etilishi mumkin. Sisplatin infuziyasidan keyin 24 soat davomida adekvat siydik ajralib chiqarilishini ta'minlash uchun patsiyent ko'p miqdorda suyuqlik qabul qilib turishi kerak. Suyultirilgandan keyingi barqarorligi 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasini aralashmasi (1:1 nisbatda) bilan suyultirgandan keyin kimyoviy va fizik barqarorligi 2-8oS haroratda yoki xona haroratida, yorug'likdan himoyalangan joyda 28 kun davomida saqlanib turishini namoyish etilgan. Mikrobiologik nuqtai nazardan, eritma bevosita tayyorlangandan keyinoq ishlatilishi kerak. Aks holda saqlash vaqti va sharoiti uchun javobgarlik foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi. Saqlash muddati 2-8oS haroratda, yorug'likdan himoyalangan joyda (suyultirish nazorat qilinadigan va validatsiya qilingan aseptik sharoitlarda amalga oshiriladigandan tashqari hollarda) 24 soatdan oshmasligi kerak.
KUTILMAGAN DOZANI OShIRIB YuBORILIShDAN SAQLANISh UChUN EHTIYoTKORLIK ChORALARIGA RIOYa QILISh MUHIM.
Sisplatin bilan o'tkir dozani oshirib yuborilishi buyrak, jigar yetishmovchiligini, karlikni, ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlarni (shu jumladan to'rpardani ko'chishini), yaqqol miyelosupressiyani, bartaraf qilinmaydigan ko'ngil aynishi va qusishni va (yoki) nevritni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi, shuningdek letal holatga olib kelishi mumkin.
Adekvat gidratatsiya va osmotik diurez, ularni dozasini oshirib yuborilgandan keyin darhol qo'llangan sharoitda sisplatinni toksikligini kamaytirish imkonini beradi. Dozani oshirib yuborilishida (≥200 mg/m2 TYuM ga) nafas markaziga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri bo'lishi mumkin, bu gemato-entsefalik to'sig'i orqali o'tishi oqibatida hayot uchun xavfli nafas buzilishlariga olib kelishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishida qo'llash uchun sisplatinni maxsus antidoti noma'lum.
Sisplatinni oqsillar bilan tez va zich bog'lanish oqibatida gemodializni xatto dozani oshirib yuborilgandan keyin 4 soat davomida gemodializni o'tkazish faqat preparatni organizmdan chiqarilishga biroz ta'sir ko'rsatadi.
Dozani oshirib yuborilish hollarida umumiy samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash o'tkaziladi.
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SISPLATIN EBEVE®

CISPLATIN-EBEWE

Preparatning savdo nomi: Sisplatin Ebeve®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sisplatin

Dori shakli: infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentrat.

Tarkibi:

1 ml da 0,5 mg sisplatin (0,5 mg/ml) saqlaydi:

bir flakonda (20 ml eritma saqlovchi) 10 mg sisplatin saqlaydi.

bir flakonda (50 ml eritma saqlovchi) 25 mg sisplatin saqlaydi.

bir flakonda (100 ml eritma saqlovchi) 50 mg sisplatin saqlaydi.

yordamchi moddalar: natriy xloridi, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq va rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘smalarga qarshi vositalar/platina preparatlari.

ATX kodi: L01XA01

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sisplatin og‘ir metall ioni [sis-diamindi xlorplatina (II)] saqlagan anorganik moddadir. Bu modda DNK zanjirlari orasida kesishgan choklarni hosil qilish orqali DNK sinetizini ingibisiya qiladi. U kam darajada shuningdek oqsil va RNK sintezini ham ingibisiya qiladi.

Garchi sisplatinning asosiy samarasi DNK sintezini ingibisiya qilish bo‘lsada, u boshqa samaralar hisobiga, xususan o‘smaning immunogenligini oshirish hisobiga o‘smalarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Sisplatining akkometik samarasi alkillovchi agentlarning samarasi bilan bir xil. Sisplatin shuningdek immunosupressiv radiosensibilizasiyalovchi va bakteriyalarga qarshi xususiyatlariga ham ega.

Sisplatinning samaralari, extimol hujayra sikli fazalariga bog‘liq bo‘lmasa kerak.

Sisplatinning sitotoksik samaralari, uni DNKning hamma asoslari, asosan-7-holatda joylashgan guanin va adenozinning azot atomi bilan bog‘lanshi bilan bog‘liqdir.

Farmakokinetikasi

Vena ichiga yuborilgandan keyin sisplatin organizmning hamma to‘qimalariga tezda taqsimlanadi. Sisplatinni 20-120 mg/m2 dozalarda yuborilgandan keyin platinaning maksimal konsentrasiyasi jigar, prostata bezi, buyrakda hosil bo‘ladi, bir oz kamroq qovuqda, mushaklarda, moyaklarda, me‘da osti bezida va taloqda, juda ham kam hollarda – ichakda, buyrak usti bezida, yurakda, o‘pkada, bosh miyada va miyachada hosil bo‘ladi. Yuborilgandan keyin 2 soat so‘ng sisplatinning dozasini 90% dan ortig‘i qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu jarayon qaytmas bo‘lishi mumkin. Oqsil bilan bog‘langan preparat fraksiyasi o‘smalarga qarshi faollikga ega emas. Sisplatin notekis farmakokinetika bilan xarakterlanadi. Sisplatinning metabolizmi jarayonida bir yoki bir necha metabolitlar hosil bo‘ladi; bu jarayon fermentlar ishtirokisiz amalga oshadi. Preparatning qon plazmasidan eliminasiyasi uni bolyusli vena ichiga 50-100 mg/m2 dozada yuborilgandan keyin ikki fazada amalga oshadi. Odamda preparatni yarim chiqarilish davri bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlar olingan:

t1/2 (taqsimlanishi): 10-60 minut;

t1/2 (terminal): taxminan 2-5 kun.

Platinaning katta qismi qon plazmasi oqsillari bilan bog‘langani tufayli, preparatning siydik bilan ekskresiyasi uzoq vaqt davom etadi va preparatning organizmdan to‘liq eliminasiyasiga olib kelmaydi (yuborilgan dozaning 27-45% 84-120 soat ichida ekskresiya qilinadi). Infuziya vaqtini uzayishi yuborilgan preparatning dozasini katta qismi siydik bilan chiqarilishiga olib keladi.

Preparatning ahlat bilan ekskresiyasi minimal miqdorda; platinaning oz miqdori o‘t pufagida va yo‘g‘on ichakda aniqlanadi. Buyrak faoliyatini buzilishi preparatning qon plazmasida yarim chiqarilish davrini ko‘paytiradi; nazariy jihatdan bu ko‘rsatkichini ko‘payishi assiti bo‘lgan holatlarda ham bo‘lishi mumkin va bu sisplatinni qon plazmasi oqsillari bilan yuqori darajada bog‘lanishi bilan bog‘liqdir.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Ko‘p marta yuborilgandagi toksiklik

Ko‘p marta yuborishda toksiklikni o‘rganish bo‘yicha modellarda toksik buyrak shikastlanishi, suyak ko‘migi faoliyatini susayishi, me‘da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar va ototoksiklik aniqlangan.

Mutagenlik va kansirogenlik

Sisplatin mutagen samaraga ega va u in vitro va in vivo sharoitlarida xar xil sinamalar qo‘llanilgan tadqiqotlarda (bakterial test tizimlari, hayvonlar hujayralari va to‘qimalar kulturalarida xromosomalarning nuqsonlari) ko‘rsatilgan.

Sisplatinning sichqon va kalamushlarda o‘tkazilgan uzoq muddatli tadqiqotlarda unda kanserogen samara borligini ko‘rsatgan.

Reproduktiv toksiklik

Fertillikga ta‘siri. Preparat bilan davolash fonida gonadalar faoliyatini susayishi amenoreya va azospermiyani rivojlanishiga olib kelishi va ular qaytmas bo‘lib, bepushtlikni chaqirishi mumkin.

Kalamushlardagi tadqiqotlarda preparatni homiladorlik vaqtida qo‘llash keyinchalik katta bo‘lgan avlodda o‘smalarni rivojlanish tez-tezligini ko‘paytirgan.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Sisplatin sichqonlar va kalamushlar uchun embriotoksik va teratogendir; ikkala turdagi hayvonlarda preparat ishlatilganda rivojlanish nuqsonlari kuzatilgan. Sisplatin ko‘krak sutiga o‘tadi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi tarqalgan va metastazalangan xavfli o‘smalarda monoterapiya yoki kimyo terapiyaning ko‘p komponentli tartibga ega tarkibida foydalanishga mo‘ljallangan:

  • urug‘donlar raki (palliativ va radikal poli kimyo terapiya);
  • tuxumdon raki (III va IV bosqichlari);
  • bosh va bo‘yin a‘zolari yassi hujayri raki (polliativ davolash);
  • qovuqning tarqalgan va metastazalangan raki;
  • o‘pkaning tarqalgan va metastazalangan mayda hujayrali raki;
  • bachadon bo‘yni raki (nur bilan davolash bilan majmuada).

Qo‘llash usuli va dozalari

Sisplatin Ebeve®, infuziya uchun eritma tayyorlash uchun konsentratni yuborishdan oldin suyultirish kerak! Preparatni suyultirish to‘g‘risidagi ma‘lumot Qo‘llashdagi maxsus ehtiyotkorlik va utilizasiya bo‘limida ko‘rsatilgan.

Kattalar va bolalar

Sisplatinning dozasi asosiy kasallik, kutilayotgan reaksiya, shuningdek sisplatin monoterapiya yoki majmuaviy kimyo terapiyada ishlatilayotganligi bilan belgilanadi.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar ham kattalar, ham bolalar uchun to‘g‘ri keladi.

Monoterapiya uchun dozalashning ikki tartibi tavsiya etiladi:

  • bir marta yuborishda: tana yuzasining 50-120 mg/m2 dozada, xar 3-4 haftada yuboriladi.
  • 5 kun davomida: sutkada 15-20 mg/m2 dozaga, xar 3-4 haftada yuboriladi.

Sisplatinni majmuaviy kimyo terapiyaning tarkibida ishlatilgan uning dozasi kamaytirilishi kerak. Odatdagi doza 20 mg/m2 yoki yuqoriroq bo‘lib har 3-4 haftada yuboriladi.

Bachadon bo‘yni rakini davolashda sisplatin nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llaniladi. Bunday holatda preparatning odatdagi dozasi 40 mg/m2 ni tashkil etadi, haftada 1 marta, 6 haftada mobaynida yuboriladi.

Davolashning keyingi siklidan oldingi ehtiyotkorlik choralari Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari bo‘limida ko‘rsatilgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi yoki suyak ko‘migi faoliyatini susayishi bilan xastalangan pasientlarda dozani kamaytirish kerak.

Yo‘riqnomalarga muvofiq tayyorlangan infuziya uchun sisplatin eritmasi 6-8 soat davomida vena ichiga tomchilab yuborilishi kerak.

Gidratasiya:

Sisplatinni yuborishdan oldin 2-12 soat davomida va yuborilgandan keyin kamida 6 soat vaqt davomida pasient gidrotasiyasini ta‘minlab turish kerak. Adekvat gidratasiya sisplatini infuziyasi paytida va u tugaganidan keyin yetarli diurezni ta‘minlash uchun zarurdir. Bunga quyidagi eritmalardan birini vena ichiga infuziyasi qilish yo‘li bilan erishiladi:

  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi;
  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasining aralashmasi (1:1 nisbatda).

Sisplatinni yuborishdan oldingi gidratasiya:

eritmani vena ichiga soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomida infuziya qilish.

Sisplatinni yuborilishi tugaganidan keyingi gidratasiya:

Qo‘shimcha 2 l eritmani vena ichiga soatiga 100-200 ml tezlikda 6-12 soat davomidagi infuziyasi.

Agar gidratasiya o‘tkazilgandan keyin siydik ajratib chiqarilishi soatiga 100-200 ml ko‘rsatkichdan kamaysa, unda jadallashtirilgan diurezni o‘tkazish kerak bo‘lishi mumkin. Jadallashtirilgan diurezni 37,5 g mannitolni 10% li eritma (375 ml 10% li mannitol eritmasini) ko‘rinishida yuborish yoki diuretikni yuborish (buyrak faoliyati normal bo‘lgan sharoitda) yo‘li bilan, amalga oshirish mumkin. Agar yuborilgan sisplatinning dozasi 60 mg/m2 dan yuqori bo‘lsa, ham mannitol yoki diuretik yuborilish lozim bo‘ladi.

Sisplatin infuziyasidan keyin 24 soat davomida adekvat siydik ajratib chiqarishni ta‘minlash uchun pasient ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilib turishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralar xavfi va yaqqollik darajasi preparatning dozasiga bog‘liq; qator nojo‘ya samaralar davolash jarayonida bir-biriga qo‘shilishi mumkin, bu ularning yaqqolligini asta-sekin oshishiga olib keladi.

Sisplatinning eng ko‘p uchraydigan noxush ko‘rinishlari (>10% pasientlarda kuzatilgan) qon yaratish tizimi tomonidan buzilishlar (leykopeniya, trombositopeniya va anemiya), me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya), eshitishni va buyrak buzilishlari (buyrak yetishmovchiligi, nefrotoksiklik giperurekemiya) va tana haroratini oshishi hisoblanadi.

Buyrak, suyak ko‘migi va eshitish a‘zolari tomonidan jiddiy toksik samaralar sisplatin bir marta yuborilgandan keyin 33% gacha bo‘lgan pasientlarda kuzatilgan; bu samaralar odatda dozaga bog‘liq bo‘ladi va organizmda yig‘ilib boradi. Bolalarda ototoksiklik og‘irroq shaklda namoyon bo‘lishi mumkin.

Uchrash tez-tezligining quyidagi toifalari ishlatilgan:

juda tez-tez (10 pasientdan ≥1);

tez-tez (100 pasientdan ≥1, lekin 10 pasientdan <1);

tez-tez emas (1000 pasientdan ≥1, lekin 100 pasientdan <1);

kam hollarda (10000 pasientdan ≥1, lekin 1000 pasientdan <1);

juda kam hollarda (10000 pasientdan ≥1); noma‘lum (mavjud ma‘lumotlarga asoslanib, baholash mumkin emas).

Quyida klinik tadqiqotda va preparat qayd qilingandan keyin kuzatilgan nojo‘ya samaralar ko‘rsatilgan (MedDRA terminlari ko‘rsatilgan).

Infeksiya va invaziyalar
Tez-tez Sepsis
Noma‘lum Infeksiya (shu qatori ba‘zi pasientlarda o‘lim xolatlari)
Qon yaratish va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez Suyak ko‘migi faoliyatini yetishmovchiligi, trombositopeniya, leykopeniya, anemiya
Noma‘lum Musbat Kumbs reaksiyasi bilan kechuvchi gemotik anemiya
Xavfsiz xavfli va tasniflanmagan o‘smalar
Tez-tez emas O‘tkir leykoz
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez emas Anafilaktoid reaksiyalar (shu jumladan yuz shishi, xushtaksimon nafas olish, bronxospazm, taxikardiya, arterial gipotenziya).
Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Qon amilazasi faolligini oshishi, antidiuretik gormonning noadekvat sekresiyasi
Ovqatlanish va modda almashinuvini buzilishlari
Juda tez-tez Giponatriemiya
Tez-tez emas Gipomagnemiya
Noma‘lum Degidratasiya, gipokalemiya, gipofosfatemiya, giperurekemiya, gipokalsemiya, tetaniya
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Tirishishlar, periferik neyropatiya, leykoensefalopatiya, qaytuvchan orqa leykoensefalopatiya sindromi
Noma‘lum Miyada qon aylanishini buzilishlari, gemorragik insult, ishemik insult, agevziya, bosh miya qon tomirlari artriiti, Lermitt simptomi, mielopatiya, avtonom neyropatiya.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Ko‘rishni aniqligining buzilishi, orttirilgan rang ajratishini yo‘qolishi, miya po‘stlog‘i oqibatidagi ko‘rlik, ko‘rish nervi nevriti, ko‘rish nervining diskini shishi, to‘r pardaning pigmentasiyasi
Eshitish a‘zolari tomonidan va muvozanatni buzilishlari
Tez-tez emas Ototoksiklik
Noma‘lum Quloqni shang‘illashi, karlik.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez Aritmiya, bradikardiya, taxikardiya
Kam hollarda Miokard infarkti
Juda kam hollarda Yurakni to‘xtab qolishi
Noma‘lum Yurak tomonidan buzilishlar
Qon tomirlari tizimidan buzilishlar
Noma‘lum Trombotik mikroangiopatiya (gemolitik-uremik sindrom), Reyno fenomeni

 

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda Stomatit
Noma‘lum Qusish, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, xikichoq, diareya
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar
Noma‘lum O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi
Teri va teri osti qavati tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Teri toshmalari, alopesiya
Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Noma‘lum Mushak spazmlari
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Noma‘lum O‘tkir buyrak yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi (shu jumladan qon zardobida mochevina va kreatinin, siydik kislotasi konsentrasiyasini oshishi va/yoki kreatinin klirensini pasayishi). Buyrak naychalari tomonidan buzilishlar
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan buzilishlar
Tez emas Spermatogenezning patologik o‘zgarishlari
Tizimli o‘zgarishlar va yuborish joyidagi asoratlar
Juda tez Pireksiya
Noma‘lum Asteniya, lohaslik, yuborish joyida ekstrovazasiya (keyinchalik yumshoq to‘qimalardagi maxalliy o‘zgarishlar bilan, shu jumladan gipodermik, fibroz va nekroz, og‘riq, shishi va eritema ko‘rinishida).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

Sisplatinni quyidagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas:

  • Anamnezida sisplatin, platinaning boshqa preparatlari yoki prepratning boshqa komponentlariga allergik reasiyalar bo‘lgan pasientlar.
  • Buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam bo‘lgan) bilan xastalangan pasientlar.
  • Degidratasiyadan aziyat chekuvchi pasientlar (buyrak faoliyatini jiddiy buzilishini oldini olish maqsadida sisplatin infuziyasidan oldin va uni amalga oshirgandan keyin pasientni gidratasiyasini ta‘minlash kerak).
  • Mielosupressiyadan aziyat chekuvchi pasientlar.
  • Eshitishni buzilishidan aziyat chekuvchi pasientlar, chunki sisplatin nefro- va neyrotoksik (ayniqsa ototoksik) vosita hisoblanadi. Ushbu foliyatlarni buzilishi davolashgacha bor bo‘lgan hollarda toksiklik kuchayishi mumkin.
  • Sisplatin chaqirgan neyropatiyadan aziyat chekuvchi pasientlarlar.
  • Homilador va emizikli ayollar.
  • Tirik vaksina olayotganlarda, shu jumladan sariqli isitmalashni oldini olish uchun vaksina olish va tutqanoq xurujlarini oldini olish uchun fenitoin qabul qilishda.

Maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Sisplatin alyumin bilan ta‘sirga kirishib, platinaning qora cho‘kmasini hosil qiladi. Sisplatinni o‘zida alyumin saqlovchi xar qanday qurilmalar bilan kontaktiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Sisplatin kimyoterapiyani o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan malakali shifokor kuzatuvi ostida yuborilishi lozim.

Nefrotoksiklik

Sisplatin og‘ir darajali, to‘planuvchi nefro toksiklikni keltirib chiqaradi. Sisplatinning nefrotoksikligini minimumga yetkazish siydikni ajralib chiqarilishni soatiga 100 ml kam bo‘lmaganligini ta‘minlab ajratib chiqarishning soatiga kamida
100 ml darajasida tutib turish hisobiga erishiladi. Bu, pasientni oldindan vena ichiga yuborish uchun muvofiq eritmaning 2 l yuborish bilan gidratasiya yordamida va sisplatin yuborilgandan keyin xuddi shunday gidratasiya (tavsiya qilinadigan hajmi 2500 ml/m2
24 soat davomida) yordamida ta‘minlanishi mumkin. Agar jadal gidratasiya adekvat siydik ajralishini quvvatlab turish uchun yetarli bo‘lmasa, osmotik diuretikni (masalan, mannitolni) qo‘llash mumkin.

Neyropatiyalar

Preparat ishlatilganida og‘ir neyropatiyani rivojlanish hollari qayd qilingan. Bu neyropatiya qaytmas bo‘lishi va ular paresteziya, arefleksiya va proprioseptiv va vibrasion sezuvchanlikni yo‘qolishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek motor funksiyani yo‘qolish xolatlari ham kuzatilgan. Shu boisdan pasientlarning muntazam nevrologik tekshirishlarni o‘tkazib turish kerak.

Ototoksiklik

Ototoksiklik sisplatinni bir marta 50 mg/m2 dozada qabul qilgan ≤31% pasientlarda qayd qilingan va quloq shang‘illashi va/yoki yuqori chastotali diapazon (4000-8000 Gs) da eshitishni yo‘qolishi (kar bo‘lib qolish) bilan namoyon bo‘lgan. Shuningdek nutq chastotali diapazonda ham eshitish qobiliyati pasayishi kuzatilishi mumkin. Sisplatin qo‘llanganda ototoksiklik bolalarda yanada namoyon bo‘lishi mumkin. Eshitishning yo‘qolishi bir yoki ikki tomonlamali bo‘lishi va preparart ko‘p marta yuborilganda tez-tezligi va darajasini ortish tendensiyasi bilan tavsiflanishi mumkin, ba‘zi holatlarda karlik sisplatinni birinchi marta yuborilgandan keyin kuzatilgan. Ototoksiklik nur bilan davolashni ilgari qabul qilgan yoki bir vaqtda nur bilan davolashni qabul qilayotgan pasientlarda kuchayishi mumkin, uning xavfi esa, sisplatinning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda sisplatin orqali induksiyalangan ototoksiklik qaytuvchan ekanligi ma‘lum emas. Sisplatin bilan davolashni boshlashdan oldin va uni keyingi yuborishlaridan oldin jiddiy audometrik monitoring o‘tkazib borish kerak. Shuningdek vestibulyar toksiklik holatlari ham qayd qilingan (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Allergik reaksiyalar

Platinaning boshqa preparatlarini ishlatilganda bo‘lgani kabi, ko‘pchilik hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari preparatning infuziyasi davomida kuzatiladi va uni qo‘llashni to‘xtatishni va tegishli simptomatik davolashni boshlashni talab qiladi. Bundan tashqari, hamma platina preparatlari ishlatilganida o‘ta yuqori sezuvchanlikning kesishgan reaksiyalari qayd qilingan, ayrim hollarda fatal reaksiyalar aniqlangan (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar va Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limlariga qarang).

Jigar faoliyati va qon ko‘rsatkichlari

Preparat ishlatilganda qon formulasi ko‘rsatkichlarini va jigar faoliyatini muntazam monitoringi zarur.

Kanserogen potensiali

Odamda sisplatinni ishlatish davriga to‘g‘ri keladigan va odatda leykemiya chaqirishi xususiyatiga ega boshqa preparatlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir leykemiyani rivojlanishining juda kam xollari odamda qayd qilingan.

Sisplatin bakterial testlarda mutagen samaraga ega bo‘lgan va hayvonlarning hujayra kulturalarida xromosomalar aberrasiyasini induksiya qilgan. Shuning uchun unda kanserogen xususiyatlar bo‘lishi mumkin, biroq ular namoyish etilmagan.

Sisplatin sichqonlarga teratogen va embriotoksik ta‘sir etadi.

Yuborish joyidagi reaksiyalar

Yuborish joyida reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Preparatni yuborish jarayonida ekstrovazasiya yuz berishi mumkinligi yuzasidan sinchkov monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.

Ekstrovazasiyani davolash yuzasidan maxsus ko‘rsatmalar yo‘q.

Ogohlantirish

Ushbu sitostatik boshqa odatda ishlatiladigan o‘smalarga qarshi kimyo preparatlariga nisbatan yaqqol ko‘proq toksiklikka egadir.

Organizmda yig‘iladigan nefrotoksiklik og‘ir bo‘lib, preparatni yuborishda alohida ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni talab qiladi (Qo‘llash usuli va dozalari va Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limlariga qarang).

Ko‘ngil aynishi va qusish yaqqol xarakterga ega bo‘lishi mumkin va antiemetiklar bilan adekvat davolashni talab qiladi.

Pasientlarni ototoksiklik, mielosupressiya va anafilaktik reaksiyalarni rivojlanishi yuzasidan kuzatish kerak (Nojo‘ya ta‘sirlari bo‘limiga qarang).

Ogohlantirish

Vena ichiga yuborish uchun eritmani tayyorlash

Har qanday boshqa potensial toksik preparatlarni ishlatilganda bo‘lgani kabi, sisplatin eritmasi bilan ishlaganda ehtiyotkorlik choralariga amal qilish juda muximdir.

Preparatni teriga bexosdan tushishi teri reaksiyalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun qo‘lqoplardan foydalanish tavsiya etiladi. Sisplatin eritmasi teriga yoki shilliq qavatlariga tushsa, suv bilan sovunlab yaxshilab yuvish kerak.

Sitostatiklar bilan ishlash va ularni utilizasiya qilish bo‘yicha tavsiya etilgan muolajalarga amal qilish kerak.

Preparatni yuborishdan oldin eritma tiniqligiga va unda yot zarrachalarni yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mielosupressiv preparatlar

Sisplatinni boshqa mielosupressiv preparatlari yoki nur bilan davolash bilan majmuada qo‘llash mielosupressiyani yaqqollik darajasini oshiradi.

Gipotenziv preparatlar

Sisplatinni gipotenziv vositalar, furosemid, gidralazin, diazoksid va propranol bilan majmuada qo‘llash nefrotoksiklikni kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Nefrotoksik preparatlar

Nefrotoksik vositalar (masalan, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, amfoterisin V va rentgenokontrast vositalar) yoki ototokisk (masalan, aminoglikozidlar) dori vositalarini bir vaqtda yuborish sisplatinni buyrakka toksik ta‘sirini potensiyalaydi. Sisplatin bilan davolash vaqtida va tugaganidan keyin, asosan buyrakda eliminizasiyaga uchraydigan preparatlarni, xususan sitostatiklar (masalan, bleomisin va metotreksat) ishlatilganda, ularni buyrak orqali eliminasiyasi pasayishi extimolini hisobga olib, ehtiyotkorlikka amal qilish kerak.

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanilganda (shuningdek ushbu preparatni ilgari olgan pasientlarda) ifosfalamidning nefrotoksikligi kuchayishi mumkin.

Sisplatin, bleomisin va etosid bilan majmuaviy davolash o‘tkazilgandan so‘ng qonda litiyning konsentrasiyasini kamayishining bir necha hollari qayd qilingan. Shu boisdan bunday vaziyatda litiyning konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Ototoksik preparatlar

Ototoksik dori vositalarini (masalan, aminoglikozidlar, halqali diuretiklar) bir vaqtda qo‘llash sisplatinning eshitish a‘zosiga bo‘lgan toksik ta‘sirini potensiyalaydi. 60 mg/m2 dan ortiq dozada sisplatin olayotgan pasientda 24 soat ichida siydik ajratish 100 ml dan kam bo‘lgan holatlardan mustasno ravishda “halqali” diuretiklarni buyrak shikastlanishi va o‘tazaxarlilik rivojlanishi xavfi bo‘lgan uchun, qo‘llash mumkin emas.

Ifosfalid sisplatinni qo‘llash oqibatida yuz bergan eshitish qobiliyatini pasayishini potensiyalaydi.

Allopurinol, kolxisin, probenesid

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanganda allopurinol, kolxisin, probenesid yoki sulfinpirazonning dozalariga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin, chunki sisplatin qon zardobida siydik kislotasining konsentrasiyasini oshiradi.

Ifosfamid

Sisplatinni ifosfamid bilan bir vaqtda qo‘llash siydik bilan oqsil ekskresiyasini oshishiga va nefrotoksiklikka olib kelishi mumkin.

Dosetaksel

Metostatik va keng tarqalgan xavfli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda dosetaksel va sisplatinni majmuada qo‘llash, monoterapiyada ikkala komponentlarni analogik dozalarda qo‘llashga nisbatan, og‘irroq neytrotoksiklik bilan ifodalangan.

Bleomisin, etopozid, vinblastin

Sisplatin, bleomisin va etopozid bilan bir vaqtda davolash qonda litiyning konsentrasiyasining kamayishiga olib kelgan (monitoring tavsiya qilinadi). Sisplatin bleomisin va vinblastin bilan majmuada Reyno fenomenini rivojlanishiga olib keladi.

Xelatlovchi agentlar

Xelatlovchi agentlar, masalan penisillamin sisplatinning samarasini pasaytirish mumkin.

Siklosporin

Sisplatin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash yaqqol immunosupressiyaga olib keladi, bu esa o‘z navbatda limfoproliferativ holatlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Tirik kuchsizlantirilgan vaksinalar

Virusning vaksinali shtammi tomonidan chaqirilgan tizimli infeksiyanii yuz berish xavfini nazarda tutib, vaksinani sariq isitmani oldini olish uchun ishlatish mutlaqo man etilgan (Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar bo‘limiga qarang).

Tarqoq infeksiyalarni rivojlanish xavfini nazarda tutib, barcha holatlarda, iloji boricha faolsizlantirilgan vaksinalardan foydalanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar

Peroral antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilinganda XNN ni muntazam nazorat qilib turish tasiya etiladi.

Gistaminga qarshi vositalar, fenotiazinlar va boshqa preparatlar

Gistaminga qarshi vositalar, buklizin, siklizin, laksapin, mkzolin, fenotiazinlar, tioksantenlar va trimetobenzamidlarni bir vaqtda qo‘llash ototoksiklik simptomlarini niqoblashi mumkin (shu jumladan bosh aylanishi va quloq shang‘illashi bo‘lishi mumkin).

Tirishishga qarshi vositalar

Sisplatin bilan majmuada qo‘llanganda tirishishga qarshi vositalarning qon zardobidagi konsentrasiyasi subterapevtik darajagacha kamayishi mumkin.

Piridoksin va altretamin majmuasi

Tarqalgan tuxumdon raki bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan randomizasiyalangan tadqiqotlarda piridoksinni altretamin (geksametilmealamin) va sisplatin bilan majmuada qo‘llash pasientning javobini rivojlanish vaqtining salbiy o‘zgarishiga olib kelgan.

Paklitaksel

Paklitaksel infuziyasidan oldin sisplatinni yuborish, paklitakselning klirensini 33% gacha pasayishiga olib kelishi mumkin, bu esa neyrotoksiklikni kuchaytirishi mumkin.

Boshqa sitostatiklar

Sisplatinni boshqa sitostatiklar bilan majmuada qo‘llanganda miokard ishemiyasi holatlari kuzatilgan.

 

Nomutanosiblik

Sisplatin alyumin bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, platinaning qora cho‘kmasini hosil qiladi.

Shuning uchun, sisplatinni alyumin saqlovchi xar qanday qurilmalar (vena ichiga infuziya uchun tizimlar, ignalar, kateterlar, shprislar) bilan kontaktiga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Sisplatin konsentratini (0,5 mg/ml) 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirib mumkin emas; faqat ushbu eritmani faqat natriy xloridi eritmasi bilan aralashmasini ishlatishga ruxsat beriladi.

Antioksidantlar (masalan natriy metabisulfiti), bikarbonatlar (natriy bikarbonati), sulfatlar, ftorurasil va paklitaksel infuzion tizimda sisplatinning faolligini yo‘qotishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik va emizish

Sisplatin homila rivojlanishida jiddiy nuqsonlar keltirib chiqarishi mumkin deb o‘ylashi mumkin. Hayvonlardagi tadqiqotlarda preparatni transplasentar (yo‘ldosh orqali) o‘tishi paytida reproduktiv toksikligi va kanserogenligi namoyish qilingan. Odamlardagi ma‘lumotlar yo‘q.

Sisplatinni homiladorlik paytida qo‘llash mumkin emas.

Ikkala jinsdagi pasientlar sisplatin bilan davolashning butun vaqti davomida va kamida davolash tamom bo‘lgandan keyin 6 oy davomida kontrasepsiyaning samarali usullarini qo‘llashlari kerak. Sisplatin erkaklarda qaytmas bepushtlikni chaqirishi mumkin.

Kelajakda bolali bo‘lishni rejalashtirgan pasientlarga davolashni boshlashdan oldin urug‘ suyuqligini kriokonservasiya qilish bo‘yicha genetik maslahat olish tavsiya qilinadi. Sisplatin inson ko‘krak sutiga ekskresiya qilinadi. Davolanish paytida emizish mumkin emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Psixofizik qobiliyatlarga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Markaziy nerv tizimi tomonidan ayrim nojo‘ya samaralar (xususan uyquchanlik yoki qusish) yaqqol bo‘lmagan yoki o‘rtacha darajada ta‘sir etishi mumkin. Bunday pasientlar transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanishlari tavsiya etiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bexosdan dozani oshirib yuborilishiga ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak.

Sisplatinning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi buyrak, jigar yetishmovchiligi, karlikni rivojlanishi, ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar (shu jumladan ko‘z to‘r pardasini ko‘chishi), yaqqol rivojlangan mielosupressiya, to‘xtatib bo‘lmaydigan ko‘ngil aynishi va qusish va/yoki nevritga olib kelishi mumkin.

Dozani oshirib yuborilishi xatto o‘lim bilan tugashi mumkin.

Sisplatinning dozasi oshirib yuborilganda, ishlatiladigan maxsus antidoti yo‘q. Sisplatin oqsillar bilan tez va mustaxkam bog‘langani tufayli, xatto doza oshirib yuborilgandan keyin 4 soat ichida gemodializ o‘tkazish ham preparatni organizmdan eliminasiya qilinishiga birozgina ta‘sir ko‘rsatadi.

Doza oshirib yuborilgan hollarda umumiy tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

Kulrang rangli qopqoq bilan berkitilgan, himoya qiluvchi qopqoqli qo‘ng‘ir rangli shisha (kimyoviy chidamlilikning I turi) flakonlar, alyumin siqib qalpoqchalar bilan aylantirib mahkamlangan.

Bitta flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

O‘ramlar o‘lchami:

20 ml sig‘imli 1 flakon 10 mg sisplatin saqlaydi.

50 ml sig‘imli 1 flakon 25 mg sisplatin saqlaydi.

100 ml sig‘imli 1 flakon 50 mg sisplatin saqlaydi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Suyultirilgandan keyin barqarorligi

0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasi aralashmasi (1:1 nisbatda) bilan suyultirgandan keyin kimyoviy va fizik barqarorligi 2-8oS haroratda yoki xona haroratida, yorug‘likdan himoyalangan joyda 28 kun davomida saqlanib turishi namoyish etilgan.

Mikrobiologik nuqtai nazardan, eritma bevosita tayyorlangandan keyinoq ishlatilishi kerak. Aks holda saqlash uchun javobgarlik foydalanuvchi zimmasiga yuklatiladi.

2-8oS haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda (nazorat qiluvchi va validasiya qilingan, aseptik sharoitlarda tayyorlashni amalga oshirish bundan mustasno) saqlash muddati
24 soatdan oshmasligi kerak.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Stasionar sharoitlarda qo‘llash uchun.

Shifokor resepti bo‘yicha.

Maxsus ehtiyotkorlik choralari va utilizasiya

Konsentrat qo‘llashdan oldin suyultirilishi kerak!

Sisplatinni o‘zida alyumin saqlaydigan xar qanday qurilmalar bilan kontaktga yo‘l qo‘yish mumkin emas.

Preparat faqat vena ichiga tomchilab yuborilsin.

Infuziya uchun sisplatin eritmasini tayyorlash

Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga asoslanib, hisoblangan sisplatin konsentrasiyaning kerakli miqdori (doza) (0,5 mg/ml ni quyidagi ko‘rsatilgan eritmalarning 1-2 l da suyultirilsin:

  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi;
  • 0,9% li natriy xloridi eritmasi va 5% li glyukoza eritmasi aralashmasi (1:1 nisbatda) (eritmalarning yakuniy konsentrasiyasi: natriy xloridi – 0,45%, glyukoza – 2,5%).

Faqat rangsiz, yot zarrachalari bo‘lmagan eritmalar ishlatilsin.

 

Faqat bir marta qo‘llash uchun.

Preparat zaharli va u bilan ishlaganda va utilizasiya qilishda ehtiyotkorlikning alohida choralariga amal qilishni talab qiladi.

Infuzatni sitostatiklar bilan ishlashga maxsus o‘rgatilgan xodimlar tayyorlashi kerak.

Hamma sitostatiklar kabi, sisplatin ham alohida ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak: u bilan ishlayotganda himoya kiyimini kiyish, qo‘lqoplar va niqobni taqish kerak.

Homilador ayollar sisplatin bilan ishlamasliklari kerak.

Preparatning teriga va/yoki shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘ymaslikka xarakat qilish kerak. Teriga tushganda ko‘p miqdordagi suv bilan yaxshilab yuvib tashlash lozim. Vaqtinchalik achishish paydo bo‘lsa, surtma surtish kerak. (Ilova: platinaga yuqori sezgir ba‘zi pasientlarda teri reaksiyalari rivojlanishi mumkin).

Preparat to‘kilib ketsa, himoya qo‘lqoplarida g‘ovak gubka bilan to‘kilgan preparatni yo‘qotish kerak. Keyin to‘kilgan joyni ikki marta suv bilan yuvib tashlash kerak. Hamma suyuqliklar va g‘ovak gubkani plastik paketga solinadi va muxrlanadi.

Preparatning foydalanilmagan hamma qoldig‘i va u bilan ifloslangan materiallarni mahalliy me‘yoriy aktlarning talablariga muvofiq utilizasiya qilish kerak.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml dori vositasi Naprod Life Sciences Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 10mg/10ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SISPLATIN EBEVE konsentrat 25mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
SISPLATIN EBEVE konsentrat 10mg/20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
SISPLATIN EBEVE konsentrat 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ANASTROZOL NAPROD tabletkalari 1mg N28
Narh: 297 000 so'mdan Batafsil
OMEZANDRA poroshok 40mg
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
KAPESITABIN NAPROD tabletkalari 500mg N10
ETOPOZID NAPROD konsentrat 5ml 100mg/5ml
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 10mg
PROPOFOL NAPROD emulsiya 20ml 1% N1
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 30mg/5ml
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 50mg
OKSALIPLATIN NAPROD poroshok 100mg
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 45ml 450mg/45ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
KARBOPLATIN NAPROD konsentrat 15ml 150mg/15ml
DOSETAKSEL NAPROD konsentrat 120mg/3ml
DOKSORUBISIN NAPROD poroshok 10mg
GEMSITABIN NAPROD poroshok 1g
L ASPARAGINAZA NAPROD poroshok 10000me N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 5 ml 100 mg/5 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SITARABIN NAPROD eritma 1 ml 100 mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
NAPREZO poroshok 40 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
METOTREKSAT NAPROD eritma 2 ml 50 mg/2 ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
LEYKOVORIN NAPROD eritma 5 ml 50 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
BLEOMISIN NAPROD poroshok 15 ME
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
EPIRUBISIN NAPROD poroshok 50mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
SISPLATIN NAPROD inyeksiya uchun eritma 50mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 260mg/43,34ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
PAKLITAKSEL NAPROD inyeksiya uchun eritma 100mg/16,67ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Naprod Life Sciences Pvt. Ltd
Другие формы препарата
SISPLATIN KELUN KAZFARM konsentrat 50ml 50mg/50ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Qozog’iston
  • Ishlab chiqaruvchi: Келун-Казфарм,ТОО
SISPLATIN EBEVE konsentrat 25mg/50ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
SISPLATIN EBEVE konsentrat 10mg/20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
SISPLATIN EBEVE konsentrat 0,5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Цисплатин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ebewe Pharma Ges.m.b.H. Nfg. KG
SISTAIN LP kapsulalar 200mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Koreya
  • Ishlab chiqaruvchi: Dongkwang Pharm. Co. Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9