×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Парацетамол, Ибупрофен
Ishlab chiqaruvchi:
- Brawn Laboratories Limited
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
BOLIFIN YUNIOR tabletkalari N20 Novugen Pharma, ИП ООО O'zbekiston
ANDIPAL tabletkalari N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya
3 300 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

IBUMOL

IBUMOL

 

Preparatning savdo nomi: Ibumol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): parasetamol/ibuprofen

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: ibuprofen – 400 mg; parasetamol – 325 mg;

yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, metilgidroksibenzoati, povidon, propilgidroksibenzoati, kraxmal natriy glyukolyati, kraxmal, tozalangan talk, tozalangan suv.

Ta‘rifi: oq rangli, ikki tomoni qabariq, cho‘ziq shaklli qobik bilan qoplanmagan bir tomonida belgili tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik va antipiretik.

ATX kodi: N02BE51

Farmakologik hususiyatlari

Bu preparatlarni majmuadagi samaradorligi alohida komponentlariga qaraganda yuqori.

Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ta‘siri siklooksigenaza-2 (SOG-2) izofermentini periferik ingibirlanishi va o‘z navbatida nosiseptiv nerv oxirlarining sezuvchanligini pasayishi bilan bog‘liq. Ibuprofenning isitmani tushiruvchi samarasi gipotalamusda prostaglandinlarning sintezini markaziy tormozlanishi bilan bog‘liq. Ibuprofen trombositlar agregasiyasini qaytuvchi ingibirlaydi.

Parasetamol – og‘riqni qoldiruvchi nonarkotik vosita bo‘lib, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Parasetamol siklooksigenazani MNT da samaraliroq ingibirlaydi. Parasetamolning isitmani tushiruvchi samarasi bevosita gipotalamusdagi termoregulyasiya markazining mediatorlari bo‘lgan prostaglandinlar, xususan, Ye2 va F2 prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishi bilan bog‘liq.

Farmakokinetikasi

Ibuprofen me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Ibuprofen diffuziya yo‘li bilan sinovial suyuqlikka o‘tadi. Qon zardobidagi ibuprofenning cho‘qqi darajasiga, umuman olganda, qabul qilgandan so‘ng bir yoki ikki soat davomida erishiladi. Ibuprofen jigarda, yoki metabolitlari holida, yoki asosiy kon‘yugatlari holida, shuningdek oz miqdorda o‘zgarmagan holda buyraklar orqali birlamchi chiqariladigan ikki asosiy metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Ibuprofen qabul qilinganidan so‘ng 24 soat davomida organizmdan butunlay chiqariladi.

Parasetamol me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Plazmada preparatning cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 10-60 minut o‘tgach erishiladi. Parasetamol organizmning to‘qimalarida taqsimlanadi. Parasetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari, taxminan 10% glutation kon‘yugatlari holida siydik bilan chiqariladi. Parasetamolning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 1 dan 3 soatgacha tebranadi.

Qo‘llanilishi

Ibumol turli kelib chiqishga ega bo‘lgan o‘rtacha yaqqol og‘riq sindromida (bosh va tish og‘rig‘ida, nevralgiya, osteoxondroz, artralgiya, mialgiya natijasida rivojlangan beldagi og‘riqlarda, tendovaginit, bursitda, mushaklar, bog‘lamlar va paylarni cho‘zilishi natijasida rivojlangan og‘riqlarda) qo‘llanadi; shamollashda va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida (shu jumladan, yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida, quloq, tomoq va burun kasalliklarida, artritda, dismenoreyada, adneksitda) yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qo‘llash

mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga bir tabletka (400 mg/325 mg) dan sutkada 4 marta ovqatdan so‘ng. Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 2 tabletkani, maksimal sutkalik doza – 6 tabletkani tashkil qiladi. Jigar yoki buyraklarning faoliyati buzilganida preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 8 soat bo‘lishi kerak. Shifokorning nazoratisiz preparatni isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq va og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi.

MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorin og‘rig‘i, me‘da-ichak tizimini eroziv-yarali shikastlanishlari, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, qon ketishi, diareya.

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, eshakemi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Odatda nojo‘ya reaksiyalar preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng o‘tib ketadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bu preparatni qo‘llash mumkin emas:

– nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), ibuprofen, parasetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum bo‘lgan pasientlarda;

– anamnezida asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, bronxospazm, angioedema, asitma, rinitlar yoki eshakemi, anafilaktik reaksiyalar) bo‘lgan pasientlarda;

anamnezida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichak yaralari/perforasiyasi yoki qon ketishlari bo‘lgan pasientlarda;

– qon ivishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda;

– jiddiy jigar, buyraklar va yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda;

– nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni saqlovchi boshqa preparatlar, shu jumladan, siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni spesifik ingibitorlari va asetilsalisil kislotasini kuniga 75 mg dan ortiq dozasi bilan bir vaqtda ishlatilganida;

– jiddiy nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, parasetamol yoki ibuprofen saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda ishlatilganida;

– homilada arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilish havfi va o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi mumkinligi sababli homiladorlikning oxirgi uch oyligi davomida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Kortikosteroidlar ibuprofen bilan birga me‘da-ichak yo‘llari (MIY) ga nojo‘ya ta‘sirini oshirishi mumkin.

Antikoagulyantlar geparin yoki trombolitik vositalarni Ibumol bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ibuprofen MIY yaralari va qon ketishlarini chaqirishi mumkin. Ibuprofen peroral antidiabetik vositalar va insulinning gipoglikemik ta‘sirini oshirishi mumkin. Ibuprofen digoksin, siklosporin, litiy va metotreksatning plazmadagi konsentrasiyalarini oshirishi mumkin.

Ibumolni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar va rifampisin bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Ibumol furosemid va tiazid diuretiklarining siydik haydovchi ta‘sirini kamaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi mumkin.

Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash shifokor bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Keksa yoshli shaxslarda, jigar va buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda, surunkali yurak yetishmovchiligida, shuningdek antikoagulyant va gipolipidemik preparatlarni ichga qabul qilayotganlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Preparatni qabul qilish vaqtida jigarning shikastlanishini oldini olish uchun alkogol iste‘mol qilish mumkin emas. Preparat uzoq vaqt qabul qilinganida (5 kundan ortiq) periferik qonni va jigarning funksional holatini nazorat qilish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

O‘tkir zaxarlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi va koma holati rivojlanadi. Zaharlanishga gumon qilinganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Davolash: birinchi 4 soatni ichida me‘dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi dori vositalarini yuborish (birinchi 12 soatda asetilsisteinni vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 10 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml dori vositasi Brawn Laboratories Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FARIKTAN suspenziya 60 ml 162,5 mg/5 ml+100 mg/5 ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
BOLIFIN YUNIOR tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novugen Pharma, ИП ООО
  • Vakil: Novugen Pharma
BOLIFIN tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Novugen Pharma, ИП ООО
  • Vakil: Novugen Pharma
DIMAKS KID suspenziya so vkusom ananasa 60ml 80 mg+50 mg/5 ml
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
Narh: 21 500 so'mdan Batafsil
KORFLAM tabletkalari N100
Narh: 62 544 so'mdan Batafsil
IBUPAR 400/325 tabletkalari 400mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
KORFLAM tabletkalari N10
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 21 500 so'mdan Batafsil
IBUPAR 100/125 tabletkalari 100mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Parasetamol, Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
DOLAREN BEYBI suspenziya 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nabros Pharma Pvt. Ltd
Sinepar Kid suspenziyasi 60ml (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
CINEPAR Kid Light suspenziya ananas aromati bilan 60ml (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
IBUMOL tabletkalari 400mg/325mg N100
ZEFAM KIDS suspenziya 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Magbro Healthcare Pvt. Ltd
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avison Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия произведено: Coral Laboratories Limited
  • Vakil: Shayana Farm MChJ
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd.
  • Vakil: GANGA HEALTHCARE M.CH.J
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N6
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N10
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N20
Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIKLOBRAUN inyeksiya uchun eritma 3ml 25mg/ml N5
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
ALBADOL 400 poroshok 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
OPTIKSIM 50 poroshok 2g 50-2,5 mg/ml N10
IBUMOL tabletkalari 400mg/325mg N100
OMAPIN 40 kapsulalar 40mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
RABEBRAUN poroshok 20mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ESTA-40 tabletkalari 40 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ESTA-20 tabletkalari 20 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ERASEF-S poroshok 1,5 g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
SEFTAZON 1125 poroshok 1000 mg+125 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
NEUKOLIN 1000 eritma 4 ml 1000 mg/4 ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
MOKSIBRU tomchilar 10 ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
MOKSIBRU tomchilar 5 ml 0,5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
OMAPIN 40 kapsulalar 40mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
FAMOTIDIN LAXISAM poroshok 20mg N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
OMAPIN 20 kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
OMAPIN 20 kapsulalar 20mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
OMAPIN 20 kapsulalar 20mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
LAKSIPARIN 60 inyeksiya uchun eritma 60mg/0,6ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
LAKSIPARIN 40 inyeksiya uchun eritma 40mg/0,4ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ZILATEK 150 tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ZILATEK 150 tabletkalari 150mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ZILATEK 150 tabletkalari 150mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
Другие формы препарата
IBUMOL tabletkalari 400mg/325mg N100
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9