×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MIG 400 tabletkalari 400mg N10

Kategoriya:
- Yallig'lanishga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Парацетамол, Ибупрофен
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Berlin Chemie AG (Menarini Group)
ATX kodi:
- M01AE01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 132 ta dorixonasida topildi

ico 21 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 27 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

O'xshash dorilar

NUROFEN DLYA DETEY suspenziya so vkusom klubniki 150ml 100mg/5ml Рекитт Бенкизер Хелскэр (Великобритания) Лимитед Buyuk Britaniya
54 000 s`om dan
DEKSALGIN tabletkalari 25mg N10 Menarini International Operations Luxembourg S.A., Люксембург произведено: Laboratorios Menarini SA Ispaniya
DIAFLEKS kapsulalar 50mg N30 S.C. Rompharm Company S.R.L. Ruminiya
165 000 s`om dan
DIKLAN tabletkalari 50mg+500mg N100 Artemis Life care Limited, Китай произведено: Nucleus Formulation Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT

 

MIG 400

400 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Ta‘sir etuvchi modda: ibuprofen

6 yoshdan oshgan (vazni 20 kg dan ko‘proq) bolalar va kattalarda qo‘llash uchun

Ushbu ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki unda Siz uchun muhim ma‘lumotlar bor.

Ushbu dori preparati reseptsiz beriladi. Biroq, MIG 400 preparati bilan davolashning eng yaxshi natijalarni olish uchun, Siz uni qo‘llayotganda ehtiyotkorlikka rioya qilishingiz kerak.

– Ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana o‘qib chiqishga kerak bo‘lib qolishi mumkin.

– Agar Sizga qo‘shimcha ma‘lumot yoki davolash bo‘yicha maslahat kerak bo‘lsa, dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

– Agar kasallikning belgilari yomonlashsa yoki 4 kun ichida yaxshilanish bo‘lmasa Siz shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

– Nojo‘ya ta‘sirlar kuchayganda, shuningdek ushbu ilova-varaqada ta‘riflangan nojo‘ya  ta‘sirlar paydo bo‘lganida, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qiling.

Ilova-varaqadagi ma‘lumotlar:

  1. MIG 400 o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
  2. MIG 400 ni qabul qilishdan oldin
  3. MIG 400 ni qanday qabul qilish kerak
  4. Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
  5. MIG 400 ni qanday saqlash kerak
  6. Qo‘shimcha ma‘lumotlar

 

  1. MIG 400 O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI

MIG 400 isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega bo‘lgan yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositasidir (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat, NYAQP).

MIG 400

– yengildan to o‘rtacha og‘irlik darajasidagi og‘riqlar

– isitmani simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

  1. MIG 400 NI QABUL QILISHDAN OLDIN

MIG 400 preparatini quyidagilarda qabul qilmang:

  • ibuprofenga yoki preparatning har qanday ingredientiga ma‘lum bo‘lgan o‘ta yuqori sezuvchanlikda;
  • agar Sizda, ilgari asetilsalisil kislotasini yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyin quyidagi allergik reaksiyalar kuzatilgan bo‘lsa:
  • astma xurujlari
  • burun shilliq qavatini shishi
  • teri reaksiyalari (qizarish, toshma va boshqalar)
  • kelib chiqishi aniqlanmagan qon yaratilishini buzilishlarida;
  • hozirgi vaqtda yoki o‘tmishda me‘da yoki o‘n ikki barmoq ichakning qaytalanuvchi yaralari (peptik yaralar) yoki qon ketishlari (tasdiqlangan yara hosil bo‘lishi yoki qon ketishining ikki yoki undan ortiq epizodi bo‘lganida);
  • o‘tmishda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichak qon ketishlari yoki teshilishi (perforasiya) bo‘lganida;
  • bosh miyaga qon quyilishlarida (serebral qon ketishlar) yoki hozirgi vaqtda bo‘lgan boshqa faol qon ketishlarda;
  • jigar yoki buyraklarning faoliyatini og‘ir buzilishlarida;
  • og‘ir yurak yetishmovchiligida;
  • homiladorlikning oxirgi uch oyligida.

Bolalar

MIG 400 ni 6 yoshgacha yoki vazni 20 kg dan kam bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas, chunki mavjud bo‘lgan doza, odatda ularga to‘g‘ri kelmaydi.

MIG 400 ni qabul qilishdagi alohida ehtiyotkorlik choralari.

Pasientning holatini yaxshilash uchun lozim bo‘lgan eng kam samarali dozani eng kam vaqt qo‘llash davomida ishlatib, nojo‘ya ta‘sirlarni paydo bo‘lishini minimumga yetkazish mumkin.

Anamnezda sanab o‘tilgan har qanday ko‘rinishlar bo‘lganida MIG 400 preparatini qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Me‘da-ichak yo‘llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari

MIG 400 ni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (siklooksigenaza-2 ingibitorlari) deb nomlanadigan vositalar bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Keksa yoshli pasientlar:

Keksa yoshdagi pasientlarda nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilgandan keyingi nojo‘ya reaksiyalar, ayniqsa hayot uchun xavf tug‘diruvchi me‘da-ichakdan qon ketishlari yoki teshilishlar kabi nojo‘ya reaksiyalarni ro‘y berish chastotasi oshadi. Shuning uchun keksa pasientlarda shifokorning alohida sinchikov kuzatuvi talab qilinadi.

NYAQP ni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan, davolashning butun davri davomida ham oldindan simptomlarni paydo bo‘lishi bilan, ham usiz kechuvchi, shuningdek anamnezda me‘da-ichak yo‘llari tomonidan og‘ir buzilishlarni bo‘lishidan qat‘iy nazar, pasientning hayotiga xavf tug‘dirish xususiyatiga ega bo‘lgan me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, yaralar yoki yaralarni teshilishi to‘g‘risida xabar berilgan.

Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlarni, yara va perforasiyani paydo bo‘lishining xavfi NYAQP dozasini oshishi bilan, ayniqsa anamnezida gemorragiyalar yoki perforasiyalar bilan asoratlangan yarasi bo‘lgan bemorlarda, shuningdek keksa pasientlarda oshadi (“MIG 400 preparatini qabul qilmang” 2 bo‘limga qarang). Bunday bemorlarni davolashni minimal dozalardan boshlash tavsiya qilinadi.

Bunday pasientlar uchun, shuningdek asetilsalisil kislotasining (ASA) kichik dozalarini birga qabul qilish yoki me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarni ro‘y berish xavfini oshiruvchi boshqa preparatlarni birga qo‘llanishiga muhtoj bo‘lgan bemorlarga, me‘da shilliq qavatining himoyasini ta‘minlaydigan (masalan, misoprostol yoki protonon nasosi ingibitorlari) preparatlarni ishlatish bilan majmuaviy davolashni qo‘llash mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak yo‘llari tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar o‘rin tutgan pasientlar, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlar, ayniqsa davolashning boshlang‘ich bosqichlarida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq barcha g‘ayritabiiy simptomlar (xususan me‘da-ichakdan qon ketishlari) to‘g‘risida xabar berishlari lozim. Me‘da-ichak yaralarini hosil bo‘lishi va qon ketishini rivojlanish xavfini oshiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda alohida ehtiyotkorlikni namoyon etish kerak. Bunday preparatlarga peroral kortikosteroidlar, varfarin kabi antikoagulyantlar, depressiyani davolash uchun ishlatiladigan serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari, asetilsalisil kislotasi kabi antiagregantlar kiradi («Boshqa dorilar bilan qabul qilishi» 2 bo‘limiga qarang).

MIG 400 preparatini qo‘llayotganda me‘da-ichak qon ketishlari yoki yaralar paydo bo‘lgan hollarda, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.

Anamnezida me‘da-ichak kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lgan pasientlarga nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki ularning holatini yomonlashishi mumkin («Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari» 4 bo‘limiga qarang).

Yurak-qon tomir tizimiga ta‘siri

MIG 400 preparatiga o‘xshash preparatlar, ehtimol, yurak xurujlari (miokard infakti) yoki insultni rivojlanish xavfini biroz oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin. Har qanday asoratlarni rivojlanish xavfi preparatning dozasini va ushbu preparat  bilan davolash davomiyligini oshishi tufayli oshishi mumkin. Tavsiya etilgan dozani va qabul qilishning davomiyligini oshirmang (maksimal 4 kun).

Agar Sizda yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar bo‘lsa, Sizda ilgari insult o‘rin tutgan bo‘lsa yoki Siz, Sizda ushbu holatlarni rivojlanish xavfi mavjud bo‘lsa (masalan, Siz arterial gipertoniya, qandli diabeti bilan xastalangan bo‘lsangiz, Sizda qonda xolesterin darajasi yuqori bo‘lsa yoki Siz cheksangiz), ushbu preparat bilan davolanish yuzasidan o‘zingizning davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashishingiz kerak.

Teri reaksiyalari

NYAQP preparatlari bilan davolashda juda kam terini qizarishi va pufaklarni hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘lgan og‘ir teri reaksiyalari kuzatilgan, ularni ayrimlari o‘lim bilan yakunlangan (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz Layell sindromi) («Mumkin bo‘lgan ta‘sirlari» 4 bo‘limga qarang).

Nojo‘ya reaksiyalarini eng yuqori xavfi davolanishni boshida bo‘lishi mumkin, chunki ko‘rsatilgan reaksiyalar ko‘pchilik hollarda davolashning birinchi oyi davomida namoyon bo‘lgan. Teri toshmasining birinchi belgilarida, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining shikastlanishlarida yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilarida MIG 400 ni qabul qilishni to‘xtatish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Boshqa ko‘rsatmalar

– Ayrim autoimmun kasalliklarida (tizimli qizil yugurik va aralash kollagenozda) MIG 400 ni faqat foyda/xavf nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash mumkin. Bu miya qobig‘ini noinfeksion yallig‘lanishi (aseptik meningit) belgilarini paydo bo‘lish xavfini oshishi bilan bog‘liq bo‘ladi (4 bo‘limga qarang).

– Ayniqsa shifokorning sinchkov nazorati quyidagilarda talab qilinadi:

– me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarda yoki anamnezida ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lganida;

– yuqori arterial bosimda yoki yurak yetishmovchiligida;

– jigar va buyraklar faoliyatini buzilishlarida;

– bevosita yirik jarrohlik aralashuvlaridan keyin;

– allergiyalarda (masalan, boshqa preparatlarga teri reaksiyalarida, astmada, changga allergiyada), burun shilliq qavatining surunkali shishida yoki nafas yo‘llarini torayishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining surunkali kasalliklarida.

– Juda kam hollarda MIG 400 preparati qo‘llanganda o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir reaksiyalari (masalan, anafilaktik shok) rivojlanishi mumkin. MIG 400 preparati qabul qilinganidan keyingi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarning birinchi belgilarida davolashni to‘xtatish kerak.

– Ibuprofen, MIG 400 ning faol moddasi, trombositlarning faoliyatini vaqtincha bostirishi mumkin (trombositlar agregasiyasi). Shu boisdan, qon ivishining buzilishlari bo‘lgan pasientlarni sinchkov kuzatuv ostiga olish kerak.

– Ibuprofen saqlovchi dori vositalarini bir vaqtda qo‘llash, asetilsalisil kislotasining kichik dozalarini trombositlar agregasiyasiga qarshi (qon laxtalarining hosil bo‘lishini oldini oluvchi) ta‘sirini susaytirishi mumkin. Bunday holatlarda Ibuprofen saqlovchi preparatlarini faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.

– Agar Siz bir vaqtda qon ivishini susaytiruvchi yoki qonda qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, unda Sizda, ehtiyotkorlik chorasi sifatida qon ivishi va qondagi qand ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

– MIG 400 preparatini uzoq muddat qabul qilinganda jigar va buyraklar faoliyati ko‘rsatkichlarini, va shuningdek klinik qon tahlilini muntazam nazorat qilish kerak.

– MIG 400 preparatini xirurgik aralashuvlar oldidan qabul qilinganda Siz tegishli shifokorni yoki tish shifokorini bu haqida xabardor qilish kerak.

– Og‘riq qoldiruvchi vositalari uzoq muddat qo‘llanganida bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin, lekin ularni ushbu preparatlarning dozasini oshirish bilan davolash mumkin emas. Agar MIG 400 preparatini qabul qilishga qaramasdan, Siz ko‘pincha bosh og‘rig‘idan aziyat cheksangiz, Siz bu haqida o‘zingizning shifokoringiz bilan maslahatlashishingiz kerak.

– Umuman odat bo‘lib qolgan analgetiklarni, ayniqsa bir necha og‘riq qoldiruvchi vositalarni majmualarini qabul qilish, buyrak yetishmovchiligini rivojlanishi xavfi bilan bo‘lgan buyrakni qaytmas shikastlanishiga (“analgetik” nefropatiyaga) olib kelishi mumkin.

– Suvchechakda MIG 400 preparatini qabul qilishdan saqlanish tavsiya qilinadi.

Boshqa dori preparatlarini qabul qilish

Boshqa dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qilish kerak.

Ibuprofenning ta‘siriga ayrim antikoagulyantlar (qonning ivishiga to‘sqinlik qiladigan) masalan, asetilsalisil kislotasi/aspirin, varfarin, tiklopidin, qon bosimini tushiruvchi preparatlar (AAF ingibitorlari, kaptopril, beta-blokatorlar, angiotenzin II antagonistlari kabilar) ta‘sir qilishi mumkin. O‘z navbatida ibuprofen ham sanab o‘tilgan preparatlarni ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ibuprofenni boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilishini boshlashdan oldin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Quyida ta‘riflangan dori moddalarining yoki guruh preparatlarining ta‘siri MIG 400 preparati bir vaqtda qabul qilinganida o‘zgarishi mumkin.

Ta‘sirini va/yoki nojo‘ya ta‘sirlarni kuchayishi:

– Quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda ularning qondagi konsentrasiyasi oshishi mumkin:

  • digoksin (yurakdan otilib chiqayotgan qon hajmini oshiruvchi vosita)
  • fenitoin (tutqanoqni davolash uchun vosita)
  • litiy (ruhiy buzilishlarni davolash uchun vosita).

Litiy, digoksin va fenitoinning plazmadagi konsentrasiyasini to‘g‘ri qo‘llanganda, odatda nazorat qilish talab etilmaydi (ko‘pi bilan 4 kun davomida).

– qon ivishini susaytiruchi vositalar

– metotreksat (rakni va revmatik tabiatli ayrim kasalliklarni davolash uchun vosita): MIG 400 ni metotreksatni qabul qilishdan oldin yoki keyin 24 soat davomida qabul qilmang. Aks holda qonda metotreksatning konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu uning toksik ta‘sirini kuchayish xavfiga olib kelishi mumkin.

– asetilsalisil kislotasi, boshqa yallig‘lanishga qarshi og‘riq qoldiruvchi vositalar, shu jumladan SOG-2 ingibitorlari (NYAQP), serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (depressiv holatni davolash uchun vositalar), shuningdek kortizon (glyukokortikoidlar) preparatlari – me‘da-ichakdan qon ketishlarini rivojlanish xavfi oshadi.

– probensid yoki sulfinpirazon saqlovchi dori vositalari (podagrani davolash uchun vositalar) ibuprofenning organizmdan chiqarilishi kechiktirishi mumkin. Buning natijasida ibuprofenni organizmda uning noxush ta‘sirlarini muvofiq kuchayishi bilan kechuvchi to‘planishi uni ro‘y berishi mumkin.

Ta‘sirini susayishi:

– siydik chiqarilishini kuchaytiruvchi preparatlar (diuretiklar) va arterial bosimni pasaytiruvchi vositalar (antigipertenziv preparatlar).

– AAF ingibitorlari (yurak yetishmovchiligini va gipertoniyani davolash uchun preparatlar) buyraklar faoliyatini buzilishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

– asetilsalisil kislotasini kichik dozalari: asetilsalisil kislotasining kichik dozalarini qon ivishiga javob beruvchi xujayralariga ta‘siri susayishi mumkin («MIG 400 preparatini qo‘llaganda maxsus ehtiyotkorlik choralari» bo‘limiga qarang).

Mumkin bo‘lgan boshqa o‘zaro ta‘sirlar:

– Zidovudin (OITS ni davolash uchun vosita): gemofiliya bilan xastalangan OITV bilan infeksiyalangan bemorlarda bo‘g‘imlarga qon quyilishi va gematomalar xavfi oshadi.

– Siklosporin (immun javobini pasaytiradigan, masalan, transplantasiyadan keyin yoki revmatizmni davolash uchun ishlatiladigan vosita): buyraklar faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfi oshadi.

– Takrolimus: buyraklar faoliyatini buzilishlarini rivojlanish xavfi oshadi.

– Kaliyni tejovchi siydik haydovchi vositalar (ayrim diuretilar): bir vaqtda qabul qilish kaliyning qondagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.

– Sulfonilmochevina preparatlari (qonda qand darajasini tushiruvchi vositalar): ibuprofenni NYAQP dan farqli ravishda sulfonilmochevina preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida muvofiq ma‘lumotlarning yo‘qligiga qaramay, bu dori vositalari bir vaqtda qabul qilinganida, profilaktika maqsadlarida qonda qand miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

– Antikoagulyantlar: ibuprofenning antikoagulyantlar bilan o‘zaro ta‘siri to‘g‘risida alohida ma‘lumotlar mavjud. Bir vaqtda qo‘llanganida qonni ivishini nazorat qilish tavsiya qilinadi.

MIG 400 preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

MIG 400 preparatini qabul qilishda iloji boricha, alkogolli ichimliklarni iste‘mol qilish mumkin emas, chunki bu, xususan me‘da-ichak yo‘llari yoki markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlarni namoyon bo‘lish xavfi oshishiga olib keladi.

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik

Agar MIG 400 preparatini qabul qilish vaqtida homiladorlik aniqlansa, u holda bu haqida davolovchi shifokorga xabar qilish kerak.

Ibuprofenni homiladorlikning birinchi olti oyida faqat shifokorni maslahatidan keyin qo‘llashga ruxsat etiladi.

Ona va bola uchun yuqori xavfi tufayli, MIG 400 ni homiladorlikni oxirgi uch oyligida qo‘llash mumkin emas.

MIG 400 ayollarning reproduktiv qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan preparatlar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) guruhiga kiradi, ular. Bu ta‘siri preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin qaytuvchan xarakterga egadir.

Emizish davri

Ta‘sir etuvchi modda ibuprofen va uni parchalanishining mahsulotlari ona sutiga faqat oz miqdorda tushadi. Hozirgacha chaqaloq uchun salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabarlar tushmaganligi tufayli, ibuprofenni qisqa muddat davomida qo‘llanganda, emizishni to‘xtatish zarurati, odatda yuz bermaydi. Biroq, yuqori dozalarda yoki uzoq muddat davomida buyurilgan hollarda, emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal etish lozim.

Har qanday dorilarni qabul qilishdan oldin o‘zingizning shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

MIG 400 preparati yuqori dozalarda markaziy nerv tizimiga uyquchanlik va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta‘sirlar ko‘rsatishi mumkinligi tufayli, alohida hollarda reaksiyalarni sekinlashishi va muvofiq ko‘cha harakatida faol ishtirok etish yoki mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Bunday reaksiyalar alkogol bilan birga qo‘llanganda kuchayadi. Siz kutilmagan vaziyatlar yuz bergan hollarga yetarli darajada tez va aqlan javob qaytaraolmasligingiz mumkin. Bunday hollarda avtomobil va boshqa transport vositalarini boshqarishdan saqlaning! Mexanizmlar yoki priborlar bilan ishlamang! Oyoq uchun ishonchli tayanchsiz ishlamang!

  1. MIG 400 NI QANDAY QABUL QILISH KERAK

MIG 400 ni har doim ushbu ilova-varaqadagi yo‘riqnomaga qat‘iy amal qilgan holda qabul qiling. Qo‘shimcha savollar tug‘ilganda shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.

Dozalash

Odatdagi dozalari:

Tana vazni (yoshi) Bir martalik doza (tabletkalar soni) Maks. umumiy sutkalik doza

(tabletkalar soni)

20-29 kg

6-9 yosh

1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (200 mg ibuprofenga mos keladi) 1 1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (600 mg ibuprofenga mos keladi)
30-39 kg

10-12 yosh

1/2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (200 mg ibuprofenga mos keladi) 2 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (800 mg ibuprofenga mos keladi)
≥40 kg

(bolalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar, kattalar)

1/2–1 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka

(200–400 mg ibuprofenga mos keladi)

3 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka (1200 mg ibuprofenga mos keladi)

Agar Siz maksimal bir martalik dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda keyingi dozani qabul qilishgacha kamida 6 soat kuting.

Keksa bemorlar va anamnezida me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi bo‘lgan pasientlar:

Ushbu guruh pasientlari minimal dozadan boshlashlari kerak (2 bo‘lim «MIG 400 preparatini qabul qilishda maxsus ehtiyotkorlik choralari»ga qarang).

Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi:

Buyrak yoki jigar faoliyatini yengildan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha buzilishida dozani pasaytirish talab qilinmaydi.

Qo‘llash usuli

Ichga qabul uchun vosita.

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarini chaynamasdan, ko‘p suyuqlik bilan birga (masalan 1 stakan suv bilan) ovqat vaqtida yoki undan keyin qabul qiling.

Tabletkani bo‘lish bo‘yicha ko‘rsatma:

Ikkala qo‘lning ko‘rsatkich va bosh barmoqlari bilan tabletkani pastga bo‘lish o‘yiqchasidan ushlang va bosh barmoqlar bilan o‘yiqcha bo‘ylab bosib, tabletkani sindiring.

Qo‘llash davomiyligi

Faqat qisqa muddatli davolash uchun.

MIG 400 ni shifokor bilan maslahatlashmasdan to‘rt kundan ortiq qabul qilmang.

Agar Siz MIG 400 ni ta‘siri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari sust deb hisoblasangiz, iltimos o‘zingizning shifokoringizga murojaat qiling.

Agarda Siz MIG 400 ni keragidan ortiq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz:

MIG 400 qobiq bilan qoplangan tabletkalarini o‘ramiga joylangan ilova-varaqada ko‘rsatilgan dozalashga yoki shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq qabul qiling. Agar preparat qo‘llanganidan keyin og‘riqni muvofiq susayishini his etmasangiz, dozani mustaqil oshirmang – davolovchi shifokorga murojaat qiling.

Dozani oshirib yuborilganda quyidagi simptomlar bo‘lishi mumkin:

– bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, karaxtlik va hushdan ketish (bolalarda shuningdek mioklonik tirishishlar) kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar;

– qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish kabi me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar;

– jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari;

– arterial bosimini pasayishi;

– nafasni kuchsizlashishi (susayishi) ;

– teri va shilliq qavatlarining ko‘karishi (sianoz).

Bu preparatga qarshi spesifik antidot mavjud emas.

MIG 400 dozasini oshirib yuborilganiga shubha bo‘lganda, iltimos o‘z shifokoringizga murojaat qiling. Shifokor zaharlanishning og‘irlik darajasiga ko‘ra, tegishli choralarni ko‘rish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Agarda Siz MIG 400 qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz

O‘tkazib yuborilganing to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

Agar Sizda davolanish yuzasidan savollar paydo bo‘lsa, ularni shifokorga yoki dorixona xodimiga bering.

  1. MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLARI

Hamma boshqa dori vositalari kabi, MIG 400 preparati xam, garchi ular hamma pasientlarda rivojlanmasada, nojo‘ya ta‘sirlarni chaqirishi mumkin. Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlarning paydo bo‘lganida, bu haqida shifokorga xabar bering, u preparatni keyinchalik qo‘llanishi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlarning tez-tezligini baholash asosiga quyidagi mezonlar olingan:

juda tez:         10 pasientdan 1 dan ko‘pida

tez-tez:            10 dan 1 dan kamida, ammo 100 pasiendan 1 dan ko‘pida

ba‘zida:          100 dan 1 dan kamida, ammo 1000 pasientdan 1 dan ko‘pida

kam:                 1000 dan 1 dan kamida, ammo 10000 pasientdan 1 dan ko‘pida

juda kam:       10000 pasientdan 1 da yoki undan kamida yoki noma‘lum holatlar (bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas)

 

Mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlarining ro‘yxati o‘z ichiga ibuprofen bilan davolanishda bo‘lgan hamma nojo‘ya ta‘sirlarni, shu jumladan revmatizm bilan og‘rigan pasientlarni uzoq vaqt yuqori dozalarda davolash o‘tkazilganlarini  ham o‘z ichiga oladi. Aniqlangan tez-tezligi, xatto juda kam holatlargacha ibuprofen peroral dori shakli uchun qisqa muddatli davolashga yoki kunduzgi dozani maksimal 1200 mg gacha (MIG 400 preparatining 3 tabletkasiga teng) va maksimal 1800 mg gacha suppozitoriylar uchun ham taalluqlidir.

Dorilarning quyidagi salbiy nojo‘ya ta‘sirlarga nisbatan ularning dozaga va pasientlarning shaxsiy o‘ziga xosligiga bog‘liq holda dozalarini o‘zgarishini hisobga olish lozim.

Eng ko‘p me‘da-ichak yo‘llari bilan bog‘liq nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilgan.

Me‘da/o‘nikki barmoq ichak yaralari (peptik yaralar), perforasiya (yorilib ketish) yoki qon ketishlar, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanadigan, ayniqsa keksa yoshli pasientlarda (2 bo‘limga «MIG 400 qabul qilishda o‘ta ehtiyotkorlik choralari» qarang) bo‘lishi mumkin.

Ba‘zida preparat qo‘llanganidan keyin ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, qabziyat, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, qorinda og‘riqlar, qatronsimon ahlat, qonli qusiq, yarali stomatit (og‘iz shilliq qavatini yaralanishili yallig‘lanishi), shuningdek yarali kolitning zo‘rayishi va Kron kasalligi (2 bo‘lim «MIG 400 ni qabul qilishda o‘ta ehtiyotkorlik choralari» ga qarang) haqida ma‘lumotlar bor.

Kamroq me‘da shilliq qavatining yallig‘lanishi kuzatilgan. Me‘da-ichak qon ketishlarini xavfi ayniqsa preparatning dozalari va qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.

NYAQP qo‘llanishi fonida shish, arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi to‘g‘risida xabar berilgan.

MIG 400 dori preparatiga o‘xshash vositalar yurak xurujlari (miokard infarkti) yoki insultlarni rivojlanish xavfini biroz oshirish xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Yurak tomonidan buzilishlar

Juda kam:

Yurakni tez urishi, yurak yetishmovchiligi, yurak xuruji (miokard infarkti).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda kam:

Qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pansitopeniya, agranulositoz).

Birinchi belgilari isitma, tomoqda og‘riq, og‘iz bo‘shlig‘ida yuza jarohatlar, grippga o‘xshash simptomlar, kuchli holsizlik, burundan qon ketishlari, teriga qon quyilishi bo‘lishi mumkin.

Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak. Har qanday og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vositalar bilan mustaqil davolanish mumkin emas.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Ba‘zida:

Markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, ta‘sirchanlik yoki toliqish kabi buzilishlar kuzatiladi.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar

Ba‘zida:

Ko‘rishni buzilishi.

Eshitish a‘zolari va labirint tomonidan buzilishlar

Kam:

Quloqlarda shovqin (tinnitus).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez:

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: jig‘ildonni qaynashi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qorin dam bo‘lishi, ich ketishi, qabziyat kabi, shuningdek alohida hollarda qizil qon tanachalari sonini kamayishiga (anemiyani) olib kelishi mumkin bo‘lgan me‘da-ichak yo‘llaridan biroz qon ketishlari kabi shikoyatlar bo‘lishi mumkin.

Ba‘zida:

Me‘da/o‘nikki barmoq ichak yarasi (peptik yaralar), qon ketishi va perforasiyani rivojlanish ehtimoli bilan, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yaralanishi bilan bo‘lgan yallig‘lanish (yarali stomatit), yarali kolitning zo‘rayishi yoki Kron kasalligi kuzatiladi.

Juda kam:

Qizilo‘ngachni yallig‘lanishi (eozofagit) va me‘da osti bezi yallig‘lanishi (pankreatit), ingichka va yo‘g‘on ichakda chandiqli torayishlarni hosil bo‘lishi (ichak strukturalari).

Qorinning yuqori qismida kuchli og‘riqlar, qon aralash qusish, ahlatni qorayishi paydo bo‘lganida, MIG 400 ni qabul qilishni darhol to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Buyraklar va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam:

To‘qimalarda suyuqlikni tutilib qolishini (shishlarni hosil bo‘lishini) kuchayishi, ayniqsa gipertoniyasi yoki buyraklar faoliyati cheklangan pasientlarda; nefrotik sindrom (organizmda suyuqlikni to‘planishi (shishlar) va siydik bilan oqsilni ko‘p miqdorda chiqarilishi); buyraklar faoliyatini o‘tkir buzilishlari bilan kechishi mumkin bo‘lgan buyraklarning yallig‘lanish kasalliklari (interstisial nefrit).

Buyrak to‘qimasini shikastlanishi (buyrak so‘rg‘ichlarining nekrozi) va qonda siydik kislotasining konsentrasiyasini oshishi kuzatilishi mumkin.

Siydik miqdorini kamayishi, organizmda suyuqlikni tutilib qolishi (shishlar) va umumiy ahvolni yomonlashishi buyrak faoliyatini, xatto buyrak yetishmovchiligigacha bo‘lgan buzilishidan dalolat berishi mumkin.

Sanab o‘tilgan simptomlar paydo bo‘lganida yoki zo‘rayganida MIG 400 qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

Juda kam:

Qizarish va pufaklarni hosil bo‘lishi bilan bo‘lgan teri toshmasi (masalan, Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), sochni to‘kilishi (kal bo‘lib qolish) kabi yaqqol teri reaksiyalari.

Alohida hollarda og‘ir teri infeksiyalari va suvchechak infeksiyasi yoki yuzning saramasli yallig‘lanishi/o‘rab oluvchi temiratki vaqtida yumshoq to‘qimalarda asoratlar bo‘lishi mumkin (shuningdek “Infeksion va parazitar kasalliklar” ga ham qarang).

Infeksion va parazitar kasalliklar

Juda kam

Juda kam hollarda ayrim nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (MIG 400 ham kiradigan NYAQP), qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kelib chiqishi infeksion (masalan, nekrozlanuvchi fassitni rivojlanishi), yallig‘lanish jarayonlarini zo‘rayishi hollari ta‘riflangan.

Bosh miya qobiqlarining kuchli bosh og‘riqlari, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, ensa mushaklarining rigidligi yoki ongni xiralashuvi kabi yallig‘lanishini simptomlari (aseptik meningit) kuzatilgan. Yuqori xavf ayrim immun kasalliklari (tizimli qizil yugurik, aralash kollagenez) bilan og‘rigan pasientlar uchun xarakterlidir.

Infeksiyaning birinchi belgilari paydo bo‘lganida (masalan, qizarish, shish, isitma, og‘riq) yoki ular zo‘rayganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Qon tomir buzilishlari

Juda kam:

Arterial bosimni oshishi (arterial gipertoniya).

Immun tizimi tomonidan buzilishlari (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari).

Ba‘zida:

Teri toshmasi va qichishish, shuningdek astmatik xurujlar bilan kechuvchi yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (ayrim hollarda qon bosimni pasayishi bilan kechgan).

Bunday hollarda MIG 400 ni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

Juda kam:

O‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir umumiy reaksiyalari.

Ushbu reaksiyalar yuzni, tilni va hiqildoqni nafas yo‘llarini torayishi bilan kechgan shish, hansirash, tezlashgan yurak urishi, qon bosimini xatto xavfli shoka qadar pasayishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Birinchi qo‘llanganida ham mumkin bo‘lgan bu belgilardan birortasi paydo bo‘lganida, shoshilinch tibbiy yordam talab qilinadi.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam:

Jigar faoliyatini buzilishi, jigarni shikastlanishi, ayniqsa uzoq muddatli davolashda, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, jigarni o‘tkir yallig‘lanishi (gepatit).

Uzoq muddat qabul qilinganida jigar faoliyatining ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Ruhiy buzilishlar

Juda kam:

Psixotik reaksiyalar, depressiya.

Bu pasient uchun eslatmada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanganda Sizdan ular to‘g‘risida shifokorga yoki dorixona xodimiga xabar qilishingizni so‘raymiz.

  1. MIG 400 NI QANDAY SAQLASH KERAK

Dori bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

MIG 400 preparatini yig‘iladigan quticha va blisterda ko‘rsatilgan “goden do” so‘zlaridan keyin yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni tugaydi.

Saqlash sharoiti

Ushbu dori preparati 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin!

Dori preparatlarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Sizga endi kerak bo‘lmagan preparatni utilizasiya masalalari yuzasidan dorixona xodimi bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.

  1. QO‘SHIMCHA MA‘LUMOTLAR

MIG 400 preparatida nima saqlanadi

Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi – ibuprofendir.

Bir plyonka qobiq bilan qoplangan tabletka saqlaydi:

Boshqa komponentlari:

Tabletka mag‘zi

Makkajo‘xori kraxmali, yuqori dispersli suvsiz kremniy dioksidi, kraxmal glikolyatining natriyli tuzi (A turi), magniy stearati.

Plyonka qobig‘i

Gipermelloza, makrogol 4000, povidon K30, titan dioksidi (Ye171).

MIG 400 preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi

Oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, ikki tomonlama bo‘lish uchun o‘yiqchali, plyonka qobiq bilan qoplangan uzunchoq tabletkalar. Yuqori tomonida o‘yiqchaning ikkala tomonida ham «Ye» o‘yilgan yozuvi joylashgan.

Tabletkani ikki teng bo‘lakka bo‘lish mumkin.

O‘ram sifatida tiniq bo‘lmagan oq, qattiq, polivinilxlorid (PVX) plyonka va pergamin bilan qoplangan alyuminiy folgadan tayyorlangan bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘ram (bolalar tomonidan ochilishi himoyalangan o‘ram) ishlatiladi. Bosib chiqarish uchun mo‘ljallangan o‘ramlar plyonka qobiq bilan qoplangan 10 va 20 tabletkadan yig‘iladigan qutilarga joylangan.

O‘ramlarning barcha o‘lchamlari savdoda bo‘lmasligi mumkin.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MIG 400 tabletkalari 400mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 dori vositasi Berlin Chemie AG (Menarini Group) tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MIG 400 tabletkalari 400mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
FARIKTAN suspenziya 60 ml 162,5 mg/5 ml+100 mg/5 ml
BOLIFIN YUNIOR tabletkalari N20
BOLIFIN tabletkalari N20
DIMAKS KID suspenziya so vkusom ananasa 60ml 80 mg+50 mg/5 ml
KORFLAM tabletkalari N100
Narh: 62 544 so'mdan Batafsil
IBUPAR 400/325 tabletkalari 400mg/325mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
IBUMOL suspenziya 100ml 100mg+162,5mg/5ml
KORFLAM tabletkalari N10
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
MIGRAFEN-400 tabletkalari N100
Narh: 100 000 so'mdan Batafsil
MIG 400 tabletkalari 400mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Narh: 21 500 so'mdan Batafsil
IBUPAR 100/125 tabletkalari 100mg/125mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Юник Фармасьютикалс Лабораториез (Отдельные фирмы ДжБКемикалс энд Фармасьютикалс Лтд)
DOLAREN BEYBI suspenziya 60ml
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
IBUMOL tabletkalari 400mg/325mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, Ибупрофен ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Brawn Laboratories Limited
ZEFAM KIDS suspenziya 60ml
KYUPEN YUNIOR suspenziya 60ml
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
BOLNOL PLYUS suspenziya 60ml N1
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
IBUKLIN YUNIOR tabletkalari 100mg+200mg N20
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N6
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N10
NEKST tabletkalari 200mg 400mg+200mg N20
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N25
Narh: 24 700 so'mdan Batafsil
YODOMARIN 200 tabletkalari 200mkg N100
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
BERLIPRIL 20 tabletkalari 20mg N30
BERLIPRIL 10 tabletkalari 10mg N30
BERLIPRIL 5 tabletkalari 5mg N30
MEZIM FORTE 10000 tabletkalari N20
Narh: 18 000 so'mdan Batafsil
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N100
ESPUMIZAN kapsulalar 40mg N50
STABIZOL eritma 500ml 6% N10
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N10
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 500ml 10% N1
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N10
MIG 400 tabletkalari 400mg N20
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 100ml 4mg/5ml
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN 4 BERLIN XEMI eritma dlya priema vnutr 60ml 4mg/5ml
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N100
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
REFORTAN N infuziya uchun eritma 500ml 6% N1
REFORTAN N infuziya uchun eritma 250ml 6% N1
L TIROKSIN 100 BERLIN XEMI tabletkalari 100mkg N50
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
L TIROKSIN 50 BERLIN XEMI tabletkalari 50mkg N50
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
STABIZOL eritma 500ml 6% N1
REFORTAN N PLYUS infuziya uchun eritma 250ml 10% N1
INFEZOL 40 infuziya uchun eritma 250ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin Chemie AG (Menarini Group)
FLAVAMED FORTE eritma dlya priema vnutr 100ml
Другие формы препарата
MIG DETSKIY suspenziya 100ml 100mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Alcala Farma S.L.
MIG DETSKIY FORTE suspenziya 100ml 200mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ispaniya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Farmasierra Manufacturing, S.L.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9