QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
IBUMOL
IBUMOL
Preparatning savdo nomi: Ibumol
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): parasetamol/ibuprofen
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ibuprofen – 400 mg; parasetamol – 325 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz kolloid kremniy, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, metilgidroksibenzoati, povidon, propilgidroksibenzoati, kraxmal natriy glyukolyati, kraxmal, tozalangan talk, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq rangli, ikki tomoni qabariq, cho‘ziq shaklli qobik bilan qoplanmagan bir tomonida belgili tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Analgetik va antipiretik.
ATX kodi: N02BE51
Farmakologik hususiyatlari
Bu preparatlarni majmuadagi samaradorligi alohida komponentlariga qaraganda yuqori.
Ibuprofen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi, isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uning ta‘siri siklooksigenaza-2 (SOG-2) izofermentini periferik ingibirlanishi va o‘z navbatida nosiseptiv nerv oxirlarining sezuvchanligini pasayishi bilan bog‘liq. Ibuprofenning isitmani tushiruvchi samarasi gipotalamusda prostaglandinlarning sintezini markaziy tormozlanishi bilan bog‘liq. Ibuprofen trombositlar agregasiyasini qaytuvchi ingibirlaydi.
Parasetamol – og‘riqni qoldiruvchi nonarkotik vosita bo‘lib, og‘riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Parasetamol siklooksigenazani MNT da samaraliroq ingibirlaydi. Parasetamolning isitmani tushiruvchi samarasi bevosita gipotalamusdagi termoregulyasiya markazining mediatorlari bo‘lgan prostaglandinlar, xususan, Ye2 va F2 prostaglandinlarning biosintezini tormozlanishi bilan bog‘liq.
Farmakokinetikasi
Ibuprofen me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi va plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Ibuprofen diffuziya yo‘li bilan sinovial suyuqlikka o‘tadi. Qon zardobidagi ibuprofenning cho‘qqi darajasiga, umuman olganda, qabul qilgandan so‘ng bir yoki ikki soat davomida erishiladi. Ibuprofen jigarda, yoki metabolitlari holida, yoki asosiy kon‘yugatlari holida, shuningdek oz miqdorda o‘zgarmagan holda buyraklar orqali birlamchi chiqariladigan ikki asosiy metabolitlarigacha metabolizmga uchraydi. Ibuprofen qabul qilinganidan so‘ng 24 soat davomida organizmdan butunlay chiqariladi.
Parasetamol me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Plazmada preparatning cho‘qqi konsentrasiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 10-60 minut o‘tgach erishiladi. Parasetamol organizmning to‘qimalarida taqsimlanadi. Parasetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan glyukuronid va sulfat kon‘yugatlari, taxminan 10% glutation kon‘yugatlari holida siydik bilan chiqariladi. Parasetamolning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparatning yarim chiqarilish davri taxminan 1 dan 3 soatgacha tebranadi.
Qo‘llanilishi
Ibumol turli kelib chiqishga ega bo‘lgan o‘rtacha yaqqol og‘riq sindromida (bosh va tish og‘rig‘ida, nevralgiya, osteoxondroz, artralgiya, mialgiya natijasida rivojlangan beldagi og‘riqlarda, tendovaginit, bursitda, mushaklar, bog‘lamlar va paylarni cho‘zilishi natijasida rivojlangan og‘riqlarda) qo‘llanadi; shamollashda va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida (shu jumladan, yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarida, quloq, tomoq va burun kasalliklarida, artritda, dismenoreyada, adneksitda) yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qo‘llash
mumkin.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga bir tabletka (400 mg/325 mg) dan sutkada 4 marta ovqatdan so‘ng. Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 2 tabletkani, maksimal sutkalik doza – 6 tabletkani tashkil qiladi. Jigar yoki buyraklarning faoliyati buzilganida preparatni qabul qilishlar orasidagi tanaffus kamida 8 soat bo‘lishi kerak. Shifokorning nazoratisiz preparatni isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq va og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi.
MIY tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, qorin og‘rig‘i, me‘da-ichak tizimini eroziv-yarali shikastlanishlari, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, qon ketishi, diareya.
Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, eshakemi, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Odatda nojo‘ya reaksiyalar preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng o‘tib ketadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Bu preparatni qo‘llash mumkin emas:
– nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV), ibuprofen, parasetamol yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum bo‘lgan pasientlarda;
– anamnezida asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, bronxospazm, angioedema, asitma, rinitlar yoki eshakemi, anafilaktik reaksiyalar) bo‘lgan pasientlarda;
anamnezida nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichak yaralari/perforasiyasi yoki qon ketishlari bo‘lgan pasientlarda;
– qon ivishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda;
– jiddiy jigar, buyraklar va yurak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda;
– nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ni saqlovchi boshqa preparatlar, shu jumladan, siklooksigenaza-2 (SOG-2) ni spesifik ingibitorlari va asetilsalisil kislotasini kuniga 75 mg dan ortiq dozasi bilan bir vaqtda ishlatilganida;
– jiddiy nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, parasetamol yoki ibuprofen saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda ishlatilganida;
– homilada arterial qon oqimini muddatidan oldin yopilish havfi va o‘pka gipertenziyasini rivojlanishi mumkinligi sababli homiladorlikning oxirgi uch oyligi davomida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kortikosteroidlar ibuprofen bilan birga me‘da-ichak yo‘llari (MIY) ga nojo‘ya ta‘sirini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar geparin yoki trombolitik vositalarni Ibumol bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki ibuprofen MIY yaralari va qon ketishlarini chaqirishi mumkin. Ibuprofen peroral antidiabetik vositalar va insulinning gipoglikemik ta‘sirini oshirishi mumkin. Ibuprofen digoksin, siklosporin, litiy va metotreksatning plazmadagi konsentrasiyalarini oshirishi mumkin.
Ibumolni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi preparatlar va rifampisin bilan bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Ibumol furosemid va tiazid diuretiklarining siydik haydovchi ta‘sirini kamaytirishi, xloramfenikol (levomisetin) ning sitotoksikligini kuchaytirishi mumkin.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash shifokor bilan kelishilgan holda bo‘lishi kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Keksa yoshli shaxslarda, jigar va buyraklar faoliyati buzilgan bemorlarda, surunkali yurak yetishmovchiligida, shuningdek antikoagulyant va gipolipidemik preparatlarni ichga qabul qilayotganlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Preparatni qabul qilish vaqtida jigarning shikastlanishini oldini olish uchun alkogol iste‘mol qilish mumkin emas. Preparat uzoq vaqt qabul qilinganida (5 kundan ortiq) periferik qonni va jigarning funksional holatini nazorat qilish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
O‘tkir zaxarlanish belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, me‘dada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi va koma holati rivojlanadi. Zaharlanishga gumon qilinganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Davolash: birinchi 4 soatni ichida me‘dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi dori vositalarini yuborish (birinchi 12 soatda asetilsisteinni vena ichiga yuborish yoki ichga qabul qilish) va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda. 10 blisterdan tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlikdan va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.