Faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,1 mg, 0,25 mg va 0,5 mg;
Yordamchi moddalar: glitserin, natriy tsitrati digidrati, suvsiz limon kislotasi, benzalkoniy xloridi, in'ektsiya uchun suv 1 ml gacha
Сhiqarilish shakli:
5 ml va 10 ml dan polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan, buraluvchi qopqoqli tomchili flakonlarda. Flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan karton qutida.
Faol moddaning virusga qarshi, immunrag'batlantiruvchi va antioksidant ta'siri isbotlangan. Oksimetazolinning virusga qarshi ta'siri, viruslar bilan infektsiyalangan kul'tivatsiya qilingan xujayralar qo'llanilgan tekshiruvlarda tasdiqlangan (davolash usuli). Ushbu sabab-natija ta'sir mexanizmi blyashkalarni kamaytirish, viruslarning qoldiq yuqumliligini (viruslarni titrlash) aniqlash, shuningdek virusli tsitopatogen ta'sirni ingibitsiya qilish uchun testdan foydalanib, shamollash va burun bitishiga olib keladigan viruslarning faoliyatini susaytirish orqali namoyish qiladi.
Yarim chiqarilish davri intranazal yuborilganida 35 soatni tashkil qiladi. 2,1% oksimetazolin siydik bilan va taxminan 1,1% axlat bilan chiqariladi.
· burun shilliq qavatini qurushi va achishish xissi
· aksirish, ayniqsa sezuvchan bemorlarda.
Tez-tez emas (≥ 0,1% dan < 1% gacha):
· burun “bitishi” xissi (reaktiv giperemiya);
· burundan qon ketish
· yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (anginevrotik shish, toshma, qichishish).
Kam hollarda (≥ 0,01% dan < 0,1% gacha):
· yurak urushini tezlashishi, pul'sni tezlashishi va arterial' bosimni oshishi.
Juda kam hollarda (< 0,01% va ayrim hollarda):
· xavotirlik, uyqusizlik, charchoqlik (uyquchanlik, sedativ ta'sir), bosh og'rig'i, gallyutsinatsiyalar (ayniqsa bolalarda);
· aritmiyalar;
· chaqaloqlarda va yangi tug'ilgan chaqaloqlarda apnoe;
· tirishishlar.
Qon tomir toraytiruvchi preparatlarni uzoq vaqt uzluksiz qo'llash taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavati atrofiyasi va burun shillig'ini qaytar shishiga(medikamentoz rinit) olib kelishi mumukin.
Infektsiya tarqalishini oldini olish uchun, preparatni individual qo'llash kerak. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar va chaqaloqlarda davolash alohida ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak.
Preparat tarkibiga konservant sifatida kiruvchi benzalkoniy xloridiga yuqori sezuvchanlik bo'lganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – burun pardasi shilliq qavati shishi, ayniqsa preparatni uzoq qo'llanganda paydo bo'lishi mumkin.
Qon tomir toraytiruvchi preparatlarni uzoq vaqt uzluksiz qo'llash taxiflaktsiyaga, burun bo'shlig'i shilliq qavati atrofiyasiga va medikamentoz rinitga olib kelishi mumkin.
Xomiladorlik va emizish davrida qo'llash
Xomiladorlik yoki emizish davrida qo'llanganida tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas. Preparat faqat, ona va xomila uchun xavf va foyda nisbati sinchkovlik bilan baxolanganidan keyin qo'llanishi lozim.
Dori vositasini transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirini o'ziga xosligi
Uzoq muddat, tavsiya qilinganidan ortiqroq dozalarda oksimetazolin saqlovchi tumovga qarshi vositalarni qabul qilgandan keyin, yurak qon-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga umumiy ta'sirini inkor etish mumkin emas. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarish va yuqori diqqat – e'tbor va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan band bo'lishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
allergik rinit;
vazomotor rinit;
burunning yondosh bo'shliqlarini yallig'lanishida, yevstaxiitda, o'rta otitda drenajni tiklash uchun;
diagnostik muolajalardan oldin burun bo'shlig'i shilliq qavatidagi shishni bartaraf qilish uchun qo'llaniladi.
· atrofik rinit;
· yopiq burchakli glaukoma;
· Nazimet 0,025%, burun tomchilari 1 yoshdan kichik bolalarda qo'llash mumkin emas;
· Nazimet 0,05%, burun tomchilari 6 yoshgacha bolalarda qo'llash mumkin emas;
· transsfenoidal gipofizektomiyadan keyingi holat
· miya qattiq pardasida jarrohlik aralashuvlarda (anamnezda) qo'llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan:
· monoaminooksidaza ingibitorlarini va arterial bosimni oshishiga yordam beruvchi boshqa preparatlarni (shuningdek, ularni bekor qilgandan keyingi 14 kun davrda) qabul qilayotgan patsientlarda;
· ko'z ichi bosimi oshgan bemorlarda,
· ifodalangan aterosklerozda va yurak qon-tomir kasalliklarining og'ir shakllarida (yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, aritmiya);
· tireotoksikoz, feoxromatsitoma va qandli diabetda;
· porfiriyada;
· surunkali buyrak yetishmovchiligi;
· siydik tutilish klinik simtomlari bilan prostata bezi giperplaziyasi bo'lgan bemorlarda;
· xomiladorlik va emizish davrida.
Mahalliy og'riqsizlantiruvchi dori vositalarni so'rilishini sekinlashtiradi, ularning ta'sirin cho'zdiradi.
Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurilishi nojo'ya ta'sirlarni rivojlanish havfini oshiradi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Preparat flakon ochilgandan keyin 3 oy davomida yaroqli.
Preparat qadoqda qayd etilgan yaroqlilik muddati tugagandan keyin ishlatilmasin.
0.01% li Nazimet burun uchun tomchilari 4 haftagacha bo'lgan chaqaloqlarda 1 tomchidan xar bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta qo'llaniladi. Xayotining 5 haftasidan va 1 yoshgacha - 1- 2 tomchidan xar bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta.
Shuningdek quyidagi muolajalarda samarasi isbotlangan: yoshga qarab 0.01% li eritmani 1-2 tomchi paxtaga tomiziladi va burun yo'llari artiladi.
0.025% li Nazimet burun uchun tomchilarini 1 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga xar bir burun yo'liga 1-2 tomchidan kuniga 2-3 marta tavsiya etiladi.
0.05% li Nazimet burun uchun tomchilarini kattalar va 6 yoshdan katta bolalarga 1-2 tomchidan har bir burun yo'liga kuniga 2-3 marta qo'llanadi.
Preparat 5-7 kundan ortiq qo'llanilmaydi. Preparatni faqatgina bir necha kun o'tgandan keyin qayta tavsiya etish mumkin. Preparatni tavsiya qilingan ko'p dozada faqat shifokor nazorati ostida qo'llash mumkin. Preparatning bir martalik dozasini sutkada 3 martadan ko'p ishlatish mumkin emas.
Davolash: me'dani yuvish, faollashtirilgan ko'mirni qabul qilish (preparatni tasodifiy qabul qilganda); simptomatik.
Dozani oshirib yuborishning og'ir hollarida statsionar sharoitda intensiv terapiya ko'rsatilgan.
Qon tomir toraytiruvchi vositalarni qo'llash taqiqlanadi.