QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TONZILGON® N
TONSILGON® N
Preparatning savdo nomi: Tonzilgon® N
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tomchilar
Tarkibi:
100 g Tonzilgon® N tomchilari quyidagi o‘simliklarning 29 g suvlispirtli ajralmalarini saqlaydi:
Althaeae radix (Gulhayri ildizi) 0,4 g
Chamomillae flores (Moychechak gullari) 0,3 g
Equiseti herba (Qirqbo‘g‘im o‘ti) 0,5 g
Joglandis folia (Yong‘oq bargi) 0,4 g
Millefolium herba (Bo‘ymadaron o‘ti) 0,4 g
Quercus cortex (Eman po‘stlog‘i) 0,2 g
Taraxaci herba (Dorivor momoqaymoq o‘ti) 0,4 g
Etanol tarkibi: 19% (hajm nisbatida)
Qo‘shimcha ingredientlar: tozalangan suv.
Ta‘rifi: ichga qabul qilish uchun tomchilar: tiniq yoki biroz xira sariqjigarrang rangli, o‘ziga xos xidli va moychechak ta‘mli suyuqlik. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi: og‘iz-halqum kasalliklarini davolash uchun o‘simliklardan olinadigan dori preparati.
ATX kodi: R02AR30.
Farmakologik xususiyatlari
Eksperimental tadqiqotlarning natijalari Tonzilgon® N fagositlar va tabiiy killer hujayralarini oshishi hisobiga immun tizimiga modulyator ta‘sir qilishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotlar Tonzilgon® N yallig‘lanishga qarshi, antioksidant, antibakterial va antiviral ta‘sirga ega ekanini ko‘rsatdi.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetikasi va biologik kiraolishligi bo‘yicha tekshiruv ma‘lumotlari preparatning barcha faol moddalari haqidagi ma‘lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli mavjud emas.
Qo‘llanilishi
– yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklari (tonzillit, faringit, laringit);
– respirator virusli infeksiyalardagi asoratlarning profilaktikasi va bakterial infeksiyalarda antibiotiklar bilan davolashga qo‘shimcha sifatida.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kasallikni rivojlanishining o‘tkir davrida: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 5-6 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 25 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 56 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 56 marta qabul qiladilar. Kasallik yengillashganidan keyin davolanishni yana 1 hafta davom ettirish kerak.
O‘tkir simptomlar yengillashganidan keyin: Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar 25 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshidagi 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar 15 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Maktab yoshigacha bo‘lgan 25 yoshli bolalar 10 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. 1 yoshdan oshgan bolalar 5 tomchidan kuniga 3 marta qabul qiladilar. Tomchilar suyultirilmagan xolda qabul qilinadi, yutishdan oldin biroz vaqt davomida og‘izda tutib turiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar va me‘daichak buzilishlari bo‘lishi mumkin.
Moychechak gullarini saqlovchi preparatlar boshqa murakkab guldoshlar oilasiga mansub o‘simliklariga (masalan, oddiy shuvoq, bo‘ymadaron o‘ti, xrizantema, dastorgulga) yuqori sezuvchanligi bor odamlarda kesishgan reaksiyalar tufayli allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.
Yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, xususan murakkab guldoshlar oilasi o‘simliklariga. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibakterial vositalar bilan birga ishlatilishi mumkin va maqsadga muvofiqdir.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar simptomlar yo‘qolmasa, shuningdek tana harorati oshganida, hansirash, yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish zarur.
Ichga qabul qilish uchun tomchilar alkogol saqlaganligi sababli, ularni alkogolizm bilan kasallangan bemorlar, shuningdek alkogolizmni muvaffaqiyatli davolashdan so‘ng qabul qilish mumkin emas. Alkogolni saqlanishi jigar kasalliklari, tutqanog‘i va bosh miya kasalliklari bo‘lgan pasientlar kabi yuqori xavf guruhi pasientlarida qo‘llanganida e‘tiborga olinishi kerak.
Flakonni ishlatishda uni vertikal xolatda ushlang. Saqlash jarayonida ozgina miqdorda cho‘kmalar va xiralashish bo‘lishi mumkin, bu preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.
Tonzilgon® N tomchilarini qabul qilishdan oldin uni chayqatish kerak!
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Preparat homiladorlik va emizish davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun tomchilar: 50 va 100 ml.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Tegishli sharoitlarda saqlash ta‘minlansa, ichga qabul qilish tomchilar 2 yil yaroqlilik muddati ega.
Ochilgan flakonlar 6 oy davomida ishlatilishi mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptciz