50 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash120 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish66 000 s`om dan
Bron qilishta’sir etuvchi moddalar: dekspantenol – 100 mg, xlorgeksidin biglyukonati - 16 mg (xlorgeksidin biglyunatini 20% li eritma ko‘rinishida – 85,2 mg);
yordamchi moddalar: makrogollar aralashmasi (makrogol-400 – 2%, makrogol-1500 – 98%).
Bachadon bo‘ynining spetsifik etiologiyali haqiqiy eroziyalarini davolash (majmuaviy davolash tarkibida).
Akusher va ginekologik infeksion va yaliglanish asoratlarininng oldini olish: ginekologik kasalliklar jarroxlik davolashdan oldin, xomiladorlikning tibbiy uzilishi, intrauterin kontratseptivni o‘rnatishdan avval intrauterin tekshiruvlar (gisteroskopiya, gisterosalpingografiya).
Preparat destruktiv davolash usullaridan (diatermokoagulyatsiyalar, kriodestruksiyalar, lazerodestruksiyalar) keyin, operatsiyadan keyingi, tug‘ruqdan keyingi davrda bachadon bo‘yni va qinni shilliq qavatini regeneratsiyasini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
DEPANTOL®
dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
Preparatning savdo nomi Depantol®
Xalqaro patentlanmagan nomi yoki guruhlangan nomi
Dekspantenol + Xlorgeksidin&
Dori shakli Sirtga qo‘llash uchun krem.
Tarkibi
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
Ta‘sir etuvchi moddalar: dekspantenol – 52,5 mg, xlorgeksidin biglyukonati – 8,02 mg (xlorgeksidin biglyukonati 20% li eritma ko‘rinishida ishlatiladi – 42,7 mg);
yordamchi moddalar: propilenglikol – 100 mg, makrogol setostearati – 16 mg, setostearil spirti [setil spirti 60% dan ko‘p emas, stearil spirti 40% dan kam emas] – 54 mg, suyuq parafin – 100 mg, vazelin – 100 mg, natriy gidrofosfat dodekagidrati – 0,2 mg, kaliy digidrofosfati – 7,8 mg, suv – 1 g gacha.
Ta‘rifi Oq yoki deyarli oq rangli krem.
Farmakoterapevtik guruhi
To‘qimalar reparasiyasini rag‘batlantiruvchisi
ATX kodi: D08AC52
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Dekspantenol – V guruhi vitamini, organizmda pantotenat kislotasiga metabolizm bo‘ladi, u koenzim A ning tarkibiy qismi bo‘lib, asetil guruhini qo‘shilish jarayonlarida, uglevodlar va yog‘lar almashinuvida, asetilxolin, glyukokortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; terining regenerasiyasini rag‘batlantiradi, xujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarning mustahkamligini oshiradi. Regenerasiya qiluvchi, vitamin, metabolik va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Xlorgeksidin – mikroblarga qarshi preparat, antiseptik vositadir. Grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, shu jumladan Staphylococcus spr., Enterococcus spp., Pseudomonas aeruginosa, E. coli, Streptococcus spp. larga, shuningdek achitqi zamburug‘lari va dermatofitlarga nisbatan samarali. Qon, yiring, turli sekretlar va organik moddalarda o‘z faolligini saqlab qoladi.
Depantol® kremi jarohatning yuzasini infeksiyalardan himoya qiladi, infeksion jarohatni kechishini susaytiradi va bitishni tezlashtiradi.
Qo‘llanilishi
Terining infeksiyalangan jarohatlarini davolash va oldini olish:
– infeksiyalanish xavfi bo‘lganida yaralarga ishlov berish uchun (shilinishlar, kesilishlar, tirnalishlar, yoriqlar, qashlanishlar, shu jumladan hashoratlar chaqqanidan keyin, kuyishlar, trofik yaralar);
– operasiyadan keyingi jarohatlarga ishlov berish uchun;
– infeksiyalangan yaralar, kuyishlar (shu jumladan quyoshdan), yotoq yaralar, ko‘karishlar, kesilishlar, yoriqlar, trofik yaralar, bichilishlarni davolash uchun;
– infeksiyalangan dermatozlarni (shu jumladan ekzema va atopik dermatit) davolash uchun qo‘llanadi.
Bolalarda, shuningdek yo‘rgak dermatitida, infeksiyalanish belgilari bo‘lgan tirnalishlarda qo‘llanadi.
Emizikli onalarda – infeksiyalanish belgilari bo‘lgan sut bezlari so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Krem terining shikastlangan sohasiga ko‘rsatmalar bo‘yicha sutkada 1 yoki bir necha marta yupqa qilib surtiladi. Emizikli onalar kremni so‘rg‘ichning infeksiyalangan yuzasiga emizgandan keyin surtishlari mumkin. Emadigan bolalarda infeksiyalangan joylarga kiyim almashtirilganidan yoki suvli muolajalardan keyin surtiladi.
Nojo‘ya ta‘siri
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
O‘zaro ta‘siri
Xlorgeksidin sovun va boshqa anionli moddalar bilan mos kelmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Homiladorlikda va laktasiyada katta sohalarga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun krem.
25, 30 yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.
Saqlash sharoiti
Bolalar ololmaydigan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.