36 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash43 800 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish39 000 s`om dan
Bron qilishTERAFLEKS ADVANS® (THERAFLEX ADVANCE®)
kapsulalar
Ilova-varaqa
(pasientlar uchun)
Savdo nomi
Terafleks Advans
Tarkibi
Ta‘sir etuvchi moddalar: 250 mg glyukozamin sulfat kaliy xloridi, 200 mg xondroitin natriy sulfati, 100 mg ibuprofen*.
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza (Ye460), makkajo‘xori kraxmali, stearin kislotasi (Ye570), natriy kraxmal glikolyati, krospovidon, magniy stearati (Ye572), polivinilpirrolidon, kremniy dioksidi (Ye551).
Kapsula: jelatin (Ye441), titan dioksidi (Ye171), FD&C Havorang №1 (Ye133).
Kapsulaga yozuv tushiriladigan siyohning tarkibi: shellak, degidrogenizasiya qilingan spirt, izopropil spirti, butil spirti, propilenglikol, ammiakning konsentrasiyalangan eritmasi, FD&C Havorang №2 Alyuminiy Laki (Ye132), titan dioksidi (Ye171).
* Ibuprofen o‘z ichiga makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirrolidon, oldindan jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza, kremniy dioksidi, kroskarmelloza natriy, stearin kislotasini oladi.
Dori shakli
Kapsulalar
Ta‘rifi
Nol o‘lchamli havorang qopqoq va oq korpusida “TNERAFLEX ADVANCE” yozuvli, kuchsiz hidli oq yoki deyarli oq kukun bilan to‘ldirilgan qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Yallig‘lanishga qarshi/revmatizmga qarshi vositalar majmuada. ATS kodi: M01V.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Glyukozamin sulfati – preparatning faol komponenti, tabiiy amino-monosaxaridli glyukozaminning tuzi bo‘lib, fiziologik organizmda mavjud bo‘ladi. Glyukozadan hosil qilingan glyukozamin, bo‘g‘im tog‘ayining proteoglikanlarini biosintezi uchun ishlatiladi. Ekzogen glyukozamin tog‘ayning glyukozaminglikanlarining biosintezida asosiy rol o‘ynaydi va xondriositlarni proteoglikanlarni ishlab chiqarishlari uchun rag‘batlantiradi. Glyukozamin sulfati kollagenaza va fosfolipaza A2, shuningdek to‘qimalarni shikastlanishiga olib keluvchi boshqa moddalar: superoksid radikallar, lizosomal fermentlar kabi tog‘ay asosini yemiruvchi yallig‘lanish jarayonining ayrim asosiy mediatorlari ta‘sirini va fermentlar faolligini ingibisiya qiladi.
Xondroitin sulfati – suyak va tog‘ayning asosiy moddasini ajralmas komponenti.
Ibuprofen isitmani tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi 1 va 2 tip siklooksigenazani (SOG) (araxidon kislotasining metabolizmini asosiy fermenti) noselektiv bloklashi bilan bog‘liq, bu prostaglandinlarning sintezini kamayishiga, orqa miya suyuqligida ularning konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi. Ertalabki tanglikni kamaytiradi, bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasida harakatlar hajmini oshishiga yordam beradi.
Glyukozamin-, xondroitin sulfatlar va ibuprofenni birga qo‘llash ibuprofenning og‘riqni qoldiruvchi faolligini oshishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Glyukozamin sulfati. Me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilishi 90%, biokiraolishligi 26%, yarim chiqarilish davri 70 soat. Ichga qabul qilinganidan keyin preparat tez tomirdan tashqari suyuqlikka, shu jumladan sinovial suyuqlikda taqsimlanadi. Glyukozaminni oqsillar bilan bog‘lanishi noma‘lum. Metabolizmga uchramaydigan yoki plazma oqsillari bilan bog‘lanmaydigan glyukozaminning fraksiyasi asosan siydik va axlat bilan chiqariladi.
Xondroitin sulfati. Farmakokinetikasi ta‘riflanmagan.
Ibuprofen. Ichga qabul qilinganida ibuprofen qisman me‘dada, va so‘ngra ingichka ichakda to‘liq so‘riladi. Jigardagi metabolik o‘zgarishlardan keyin (gidroksi va karboksi guruxlarini qo‘shilishi) farmakologik faol bo‘lmagan metabolitlari to‘liq asosan siydik (90%), shuningdek safro bilan chiqariladi. Sog‘lomlar g‘amda jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda yarim chiqarilish davri 1,8-3,5 soatni tashkil qiladi, oqsillar bilan bog‘lanishi – taxminan 99%. Peroral qabul qilinganida plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 1-2 soat o‘tgach erishiladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi.
Buyrak faoliyatini og‘irligi yengil darajadagi buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, sog‘lom ko‘ngillilarga qaraganda, bog‘lanmagan (S)-ibuprofenni (S)-ibuprofenning va (R/S) enantiomerlarning AUS yuqori.
Gemodializda bo‘lgan, terminal bosqichdagi buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, ibuprofenning erkin fraksiyasining qiymati taxminan 3%, sog‘lom ko‘ngillilarda esa – taxminan 1% ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi, ibuprofenning metabolitlarini to‘planishiga olib kelishi mumkin. Bu holatning ahamiyati noma‘lum. Metabolitlari gemodializ yordamida yo‘qotilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Osteoartrit, osteoartroz, tizza va son-chanoq bo‘g‘imlardagi va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklaridagi og‘riqlarni zo‘rayishida va yallig‘lanishning boshqa simptomlarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga 1-2 kapsuladan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin qo‘llanadi.
Kapsulalar ichga, ozgina miqdordagi suv bilan yutiladi. Qabul qilishning maksimal davomiyligi 20 kundan oshmasligi kerak. Yaqqol og‘riq sindromi kamayganidan keyin, pasient glyukozamin- va xondroitin sulfat saqlovchi majmuaviy preparatlar bilan davolashni davom ettirishi mumkin.
Pasientlarning alohida guruhlari
Keksa yoshdagi pasientlar: dozaga maxsus tuzatish kiritish talab etilmaydi. Keksa pasientlarda mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar tufayli, holatni ayniqsa sinchkov nazorati kerak.
Buyrak yetishmovchiligi: buyrak faoliyatini og‘irligi yengil va o‘rta darajali buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml) bo‘lgan pasientlarda dozani pasaytirish talab etilmaydi, shu vaqtning o‘zida og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi
<30 ml/min) bo‘lgan pasientlarda Terafleks Advansni qo‘llash mumkin emas.
Jigar yetishmovchiligi: jigar faoliyatini og‘irligi yengil va o‘rtacha darajali buzilishida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Bolalar va o‘smirlar: glyukozaminni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Noxush reaksiyalarning quyida ko‘rsatilgan tez-tezligi quyidagi mezonlar asosida aniqlangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 – <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100), kam hollarda (≥1/10000 – <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).
Glyukozamin sulfati
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar. Tez-tez – diskomfort va qorin og‘rig‘i, dispepsiya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar. Tez-tez emas – qichishishi, eritema, teri toshmasi; noma‘lum – soch to‘kilishi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Tez-tez emas – allergik reaksiyalar, bronxial astma.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, charchoqlik; noma‘lum – bosh aylanishi.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan. Tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi.
Qon tomonidan buzilishlar. Tez-tez emas – qonda glyukoza miqdorini oshishi.
Xondroitin sulfati
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: eritema, eshakemi, dermatit, qichishish bilan yoki usiz va/yoki shish bilan kechuvchi makulopapulyoz toshma.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi va qusishni.
Ibuprofen
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlar ibuprofen bilan davolashda, shu jumladan revmatizmi bo‘lgan pasientlarni yuqori dozalar bilan davomli davolash o‘tkazilganida aniqlangan. Aniqlangan tez-tezlik, shu jumladan juda kam hollar, peroral shakllar uchun 1200 mg gacha bo‘lgan va suppozitoriylar uchun 1800 mg gacha bo‘lgan ibuprofenning sutkalik dozalarida qisqa muddatli davolashga taalluqli.
Eng ko‘p uchraydi – me‘da-ichak yo‘llari tomonidan. Yara kasalligi, perforasiya yoki me‘da-ichak qon ketishlarini, ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarda rivojlanishi mumkin. Ibuprofen qabul qilgandan keyin ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorin og‘riqlari, qatronsimon axlati, yarali stomatit, shuningdek nospesifik yarali kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi paydo bo‘lishi haqida xabarlar bor. Gastrit rivojlanishi haqida kam hollarda xabar berilgan. Me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishini paydo bo‘lishini xavfi ibuprofenning dozasi va qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.
NYAQP bilan davolash fonida shish rivojlanishi, arterial bosimni oshishi va yurak yetishmovchiligini rivojlanishi haqida xabar berilgan.
Ibuprofenni qo‘llash, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg/24 kapsula), shuningdek davomli davolash, arteriyalarning trombozi chaqirgan holatlar (masalan, miokard infarkti yoki insult) rivojlanishi xavfini ahamiyatsiz oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yurak tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda – yurak urishini tezlashishi, yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda – qon yaratilishini buzilishi (anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, pasitopeniya, agranulositoz). Preparat bilan davomli davolashda muntazam qonning umumiy tahlilini o‘tkazish kerak.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar. Ba‘zida – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, ta‘sirchanlik yoki charchoqlik kabi markaziy nerv tizimi tomonidan buzilishlar.
Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar. Ba‘zida – ko‘rishni buzilishi.
Quloq va labirint tomonidan buzilishlar. Kam hollarda – quloqlarda shovqin.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar. Tez-tez – jig‘ildon qaynashi, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, qabziyatga shikoyatlar, shuningdek me‘da-ichak yo‘llaridan ahamiyatsiz qon ketishlar, ular alohida hollarda anemiyaga olib kelishi mumkin. Ba‘zida: qon ketishi va perforasiya rivojlanishi ehtimoli bilan me‘da/o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Yarali stomatit, nospesifik yarali kolit yoki Kron kasalligini zo‘rayishi, gastrit. Juda kam hollarda: ezofagit, pankreatit, ichakning diafragmasimon strikturalarini paydo bo‘lishi.
Qorinning yuqori qismida kuchli og‘riq, qatronsimon ahlat yoki qonli qusish paydo bo‘lgan holda Terafleks Advans preparatini darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan. Juda kam hollarda: shishlarni paydo bo‘lishi, ayniqsa arterial gipertenziyasi yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda; nefrotik sindrom; interstisial nefrit, u o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga kechishi mumkin. Kam hollarda – qonda siydik kislotasining konsentrasiyasini oshishi bilan buyrak to‘qimasini shikastlanishi (buyrak so‘rg‘ichlarini nekrozi). Shuning uchun buyrak faoliyatini muntazam nazorat qilish kerak.
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: bullyoz reaksiyalar, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.
Suvchechakda istisno hollarda og‘ir teri infeksiyalari va yumshoq to‘qimalar tomonidan asoratlar rivojlanishi mumkin.
Infeksion va parazitar kasalliklar. Juda kam hollarda – NYAQP ni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan infeksion kelib chiqishga ega yallig‘lanish jarayonlarini zo‘rayishi (masalan, nekrozlovchi fassiitni rivojlanishi).
Terafleks Advans preparati bilan davolanish vaqtida infeksiyalarning belgilari yoki ularning o‘sishi paydo bo‘lganda, darxol shifokorga murojaat qilish kerak. Bunda infeksiyani antibakterial davolashga ko‘rsatmalar bor-yo‘qligini tekshirish kerak.
Ibuprofen bilan davolashda juda kam hollarda aseptik meningitning simptomlari kuzatilgan: ensa mushaklarining rigidligi, bosh og‘rig‘i, qusish, xaroratni oshishi yoki ongni xiralashishi. Bunday holatlarni paydo bo‘lishiga autoimmun kasalliklari (tizimli qizil yugurik, aralash kollagenoz) bo‘lgan pasientlar moyil bo‘ladilar.
Qon tomirli buzilishlar. Juda kam hollarda: arterial gipertenziya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Ba‘zida: teri toshmasi va qichishish, shuningdek astma xurujlari bilan birga kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (ayrim hollarda arterial bosimni pasayishi bilan); juda kam hollarda: nafas yo‘llarini torayishi bilan yuz, til va xalqumni shishi, respirator distress-sindromi, yurak urishini tezlashishi, hayot uchun xavf tug‘diruvchi, hatto shokkacha bo‘lgan arterial bosimni pasayishi ko‘rinishidagi o‘ta yuqori sezuvchanlikning og‘ir umumiy reaksiyalari.
Hatto preparat birinchi marta qo‘llanganida bu simptomlardan birontasi paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga shoshilinch murojaat qilish kerak.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: jigar faoliyatini buzilishi, jigarni shikastlanishi, ayniqsa davomli davolashda, jigar yetishmovchiligi, o‘tkir gepatit.
Ruxiy buzilishlar. Juda kam hollarda: psixotik reaksiyalar, depressiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Har qanday ta‘sir etuvchi yoki yordamchi moddalaridan biriga o‘ta yuqori sezuvchanlik; anamnezda asetilsalisil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni (NYAQV) qabul qilgandan keyingi bronxial astma, rinit yoki eshakemining mavjudligi; kelib chiqishi aniqlanmagan qon yaratilishini buzilishi; hozirgi vaqtda va/yoki o‘tmishda qaytalanuvchi peptik yara/qon ketishlarni (tasdiqlangan yara kasalligi yoki qon ketishlarning ikki yoki ko‘proq alohida epizodlari); anamnezda NYAQV bilan oldingi buyurilgan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan me‘da-ichak qon ketishlari yoki yaraning perforasiyasini mavjudligi; hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan serebrolvaskulyar qon ketishi yoki boshqa qon ketishlar; jigar yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensi <30 ml/min); og‘ir yurak yetishmovchiligi; homiladorlikning oxirgi uch oyligi; bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Glyukozamin va xondriotin sulfati uchun dozani oshirib yuborish simptomlari noma‘lum. Dozani oshirib yuborilishi aniqlanganida davolash simptomatik.
Ibuprofen. Dozani oshirib yuborilish simptomlari: nerv tizimi tomonidan buzilishlar – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hushdan ketish oldi holati va xushdan ketish (bolalarda mioklonik tirishishlar bilan), shuningdek qorin og‘riqlari, ko‘ngil aynishi va qusish. Me‘da-ichak qon ketishlari, shuningdek jigar va buyraklar tomonidan funksional buzilishlar ham rivojlanishi mumkin. Shuningdek arterial bosimni pasayishi, nafasni susayishi va sianoz bo‘lishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida davolash choralari. Ibuprofenning spesifik antidoti mavjud emas. Davolash intoksikasiyaning og‘irlik darajasi va klinik simptomlariga qarab, umumiy qabul qilingan jadal davolash amaliyotiga muvofiq o‘tkaziladi.
Ehtiyotkorlik choralari
Dengiz mahsulotlariga ma‘lum allergiyasi bo‘lgan pasientlarga Terafleks Advansni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Glyukozamin sulfati
Davolashning boshqa usullari ko‘zda tutilgan bo‘g‘imlarning kasalliklari mavjudligini istisno qilish uchun, qo‘llash oldidan shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Glyukozaga tolerantligi buzilgan pasientlarda, davolashni boshlash oldidan va davolash vaqtida vaqti-vaqti bilan qonda glyukozaning darajasini monitoring qilish kerak va zarurati bo‘lganda insulinga ehtiyojni aniqlash tavsiya etiladi.
Yurak-qon tomir kasalliklarining ma‘lum xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, qonda lipidlar darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi, chunki ayrim hollarda glyukozamin qabul qilgan pasientlarda giperxolesterinemiya kuzatilgan.
Glyukozaminni yuborish oqibatida astma simptomlarini zo‘rayishi haqida xabar berilgan (glyukozaminni yuborish to‘xtatilganidan keyin tezda simptomlar yo‘qolgan). Astmasi bo‘lgan pasientlar, simptomlar yomonlashishi mumkinligini bilishlari kerak.
Preparatni bronxial astma va qandli diabetda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat glyukozaga tolerantligi buzilgan, yaqqol jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ishlatilganida, shifokorning nazorati lozim.
Ibuprofen
Me‘da-ichak yo‘llariga nisbatan ehtiyotkorlik choralari: Terafleks Advans preparatini nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP), shu jumladan siklooksigenaza-2 ning selektiv ingibitorlarini, birga qo‘llashdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlarining ko‘rinishlarini, holatni yaxshilanishi uchun kerak bo‘lgan eng kam samarali dozani eng kam qo‘llash davomiyligida ishlatib, minimumga keltirish mumkin.
Keksa yoshdagi pasientlar
Keksa yoshdagi pasientlar NYAQS ning ta‘siriga nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishiga ayniqsa moyilroq bo‘ladilar, ularni sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.
Me‘da-ichak qon ketishlar, yara kasalligi va yaraning perforasiyasi
NYAQP qabul qilinganida me‘da-ichak qon qetishlari, yaralar yoki yaralarni teshilishi haqida xabar berilgan. Me‘da-ichak qon ketishi, yaralar hosil bo‘lishi yoki uning perforasiyasi, anamnezida yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda, ayniqsa qon ketishi yoki perforasiya bilan asoratlangan, shuningdek keksa pasientlarda NYAQV dozasi oshishi bilan oshadi. NYAQV mumkin bo‘lgan eng past dozadan boshlash kerak.
Bu pasientlar uchun, shuningdek aspirinning past dozalari yoki me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar paydo bo‘lishi xavfini oshiruvchi boshqa preparatlar bilan yondosh davolashda, ximoya ta‘siriga ega bo‘lgan vositalarni (masalan, misoprostol yoki proton pompasining ingibitorlari) bilan majmuaviy davolashni qo‘llash imkoniyatini ko‘rish kerak.
Yara yoki qon ketishi xavfini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishda alohida ehtiyotkorlikka e‘tibor qilish kerak. Bunday preparatlarga peroral kortikosteroidlar, varfarin kabi antikoagulyantlar, seratoninni qayta qamrab olluvchi selektiv ingibitorlari, yoki aspirin kabi antiagregantlar kiradi.
Teraflkes Advans preparatini qo‘llashda me‘da-ichak qon ketishi yoki yaralar paydo bo‘lgan holda, preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
NYAQP nospesifik yarali kolitni, Kron kasalligini zo‘rayishini chaqirishlari mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi va bosh miya qon aylanishi tomonidan samaralar
Anamnezida arterial gipertenziyasi va/yoki yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki NYAQP bilan davolashda to‘qimalarda suyuqlikni tutilishi, arterial gipertenziya va shishlar rivojlanish hollari bo‘lgan.
Nazorat qilib bo‘lmaydigan gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi, tasdiqlangan yurak ishemik kasalligi, periferik arteriyalar va/yoki bosh miya qon tomirlarining kasalliklari bo‘lgan pasientlarga ibuprofenni, faqat vaziyatni sinchiklab baxolagandan keyin buyurish mumkin. Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishini xavf omillari (masalan, gipertenziya, giperlipidemiya, qandli diabet, chekish) bo‘lgan pasientlarda davomli davolashni boshlash oldidan shu masalalar hal qilinishi kerak.
Teri reaksiyalari
Juda kam hollarda – ba‘zida o‘limga olib keluvchi og‘ir teri reaksiyalarini rivojlanishi (eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz). Teri toshmasi, shilliq qavatlarning shikastlanishi yoki o‘ta yuqori sezuvchanlikning har qanday boshqa belgilari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Boshqa ko‘rsatmalar
Terafleks Advans preparatini quyidagi hollarda faqat foyda/xavf nisbati sinchiklab baxolanganidan keyin qo‘llash mumkin: tizimli qizil yugurikda (TQYU) va aralash kollagenozlarda – aseptik meningitning xavfi oshadi.
Alohida sinchkov kuzatuv talab etiladi: MIY tomonidan buzilishlarda yoki anamnezda ichakning surunkali yallig‘lanish kasalliklari (nospesifik yarali kolit, Kron kasalligi) bo‘lganida; yuqori arterial bosim yoki yurak yetishmovchiligida; buyrak faoliyatini buzilishida (chunki buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, buyrak faoliyatini o‘tkir buzilishi rivojlanishi mumkin); degidratasiyada; jigar faoliyatini buzilishlarida; bevosita katta jarrohlik aralashuvlardan keyin; gul changiga allergiyada; burun poliplarida va nafas yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklarida, chunki bunday pasientlarda allergik reaksiyalar paydo bo‘lishini xavfi yuqori bo‘ladi, bu reaksiyalar astma xurujlari ko‘rinishida namoyon bo‘lishlari mumkin (analgetik astma deb nomlanuvchi, Kvinke shishi yoki urtikar toshma); boshqa dori preparatlariga allergiyada, bunday pasientlarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalar paydo bo‘lishini xavfi oshganligi tufayli, shu jumladan Terafleks Advans preparati bilan davolashda ham.
Ibuprofen vaqtincha trombositlar faoliyatini (trombositlar agregasiyasini) susaytirishi mumkin, shuning uchun qon ivishini buzilishi bo‘lgan pasientlarga sinchkov shifokor kuzatuvi kerak.
Terafleks Advans preparati davomli qabul qilinganida, jigar faoliyati, buyraklar faoliyati ko‘rsatgichlarini muntazam nazorati, shuningdek qonning umumiy tahlili kerak.
Og‘riqni qoldiruvchi preparatlar davomli qo‘llanganida bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi mumkin, uni bu preparatning dozasini oshirish bilan davolash mumkin emas.
Umuman, og‘riqni qoldiruvchi vositalarni tez-tez, “odat bo‘lib qolgan” qabul qilish, ayniqsa bir necha og‘riq qoldiruvchi dori vositalarning majmuasini iste‘mol qilish, buyrak yetishmovchiligi rivojlanish xavfi bilan birga kechuvchi buyraklarni qaytmas rivojlanishiga olib kelishi mumkin (“analgetik” nefropatiya).
Alohida hollarda, suvchechak fonida teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan og‘ir infeksion asoratlar rivojlanishi mumkin. Bunday infeksion asoratlarning rivojlanishini NYAQP bilan o‘zaro aloqasi ehtimolini bugungi kunda butunlay istisno qilish mumkin emas. Shuning uchun suvchechakda Terafleks Advans preparatini qabul qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.
NYAQP davolash davrida alkogol iste‘mol qilinganida nojo‘ya ta‘sirlari ko‘rinishlari xavfini, xususan, MIY yoki markaziy nerv tizimi tomonidan, oshishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Qo‘llash mumkin emas.
Fertillik: siklooksigenaza/prostaglandinlar sintezini ingibisiya qiluvchi dori vositalari ayollarning reproduktiv qobiliyatiga ovulyasiyasi jarayoniga ta‘sir qilishi orqali salbiy ta‘sir qilish qobiliyatiga ega ekanligi haqida ma‘lumotlar bor. Qabul qilish to‘xtatilganidan keyin bu samara qaytuvchan xarakterga ega.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Terafleks Advans ibuprofenning past dozalarini saqlaydi. Shunga qaramasdan, ibuprofen yuqori dozalarda qabul qilinganida, ayniqsa alkogol bilan birga, reaksiyani pasayishi mumkin.
Preparat yuqori dozalarda qo‘llanganida charchoqlik va bosh aylanishi kabi markaziy nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar chaqirish qobiliyatiga egaligi tufayli, alohida hollarda avtomobilni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga reaksiyalar pasayishi mumkin. Preparat alkogol bilan birga qabul qilinganida ko‘rsatilgan ko‘rinishlar kuchayadi.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Glyukozamin sulfati nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, parasetamol va glyukokortikosteroidlar bilan mutanosib.
Kumarin qatori antikoagulyantlari (masalan, varfarin va asetokumarol) bilan protrombin vaqtini oshishi haqida xabar berilgan. Shuning uchun kumarin qatori antikoagulyantlarni qabul qilayotgan pasientlarda glyukozamin bilan davolashni boshini va oxirini sinchiklab kuzatish kerak.
Xondroitin sulfati. O‘zaro ta‘sirlar ta‘riflanmagan.
Ibuprofen (boshqa NYAQP kabi) quyidagi dori vositalari bilan qabul qilinganida alohida ehtiyotkorlik talab etiladi:
Boshqa NYAQP, shu jumladan salisilatlar: bir necha NYAQP ni bir vaqtda qabul qilish, me‘da-ichak yaralari va qon ketishlar xavfini oshirishi mumkin.
Digoksin, fenitoin, litiy: Terafleks Advans preparati bilan bir vaqtda qo‘llash, bu dori vositalarining plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin.
Diuretiklar, AAF ingibitorlari, beta-blokatorlar va angiotenzin II antagonistlari: NYAQP diuretiklar va boshqa gipotenziv preparatlarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan ayrim pasientlarda bu dori vositalarini birga buyurish, buyrak faoliyatini yanada pasayishini chaqirishi mumkin (xatto o‘tkir buyrak yetishmovchiligigacha), u odatda, qaytuvchan xarakterga ega. Birga qabul qilishni, ayniqsa keksa pasientlarda, ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak.
Ibuprofen va kaliy tejovchi diuretiklar bir vaqtda qabul qilinganida, giperkaliemiya rivojlanishi mumkin.
Kortikosteroidlar: MIY yaralari va qon ketishlar rivojlanishini yuqori xavfi.
Trombositlar agregasiyasining ingibitorlari va seratoninni qayta qamrab olinishini selektiv ingibitorlari (SQQOSI): me‘da-ichak qon ketishlar rivojlanishini yuqori xavfi.
Kichik dozalarda asetilsalisil kislotasi: ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanganida asetilsalisil kislotasining kichik dozalarini trombositlar agregasiyasiga ta‘sirini ingibisiya qilish samarasi kuzatiladi. Lekin nomuntazam qabul qilishga nisbatan biron-bir klinik ahamiyatli samaralar ehtimoli kam deb hisoblanadi.
Metotreksat: metotreksat qabul qilishdan oldin va keyin 24 soat davomida ibuprofenni qabul qilish, metotreksatning konsentrasiyasini va uning toksik ta‘sirini oshishiga olib kelishi mumkin.
Siklosporin: ayrim NYAQP ni bir vaqtda qabul qilish siklosporinning ta‘siri oqibatida, buyrak faoliyatini buzilishlari xavfini oshiradi. Bu samarani paydo bo‘lishini siklosporin ibuprofen bilan majmuasida istisno qilinmaydi.
Antikoagulyantlar: NYAQP varfarin kabi antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Sulfonilmochevina preparatlari: bu dori vositalari profilaktik maqsadlarda bir vaqtda qo‘llanganda, qonda qandning miqdorini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Takrolimus: bir vaqtda qabul qilish nefrotoksik samara xavfini oshiradi.
Zidovudin: gemofiliyasi bo‘lgan OITV-infeksiyalangan pasientlarda ibuprofen bilan bir vaqtda qo‘llanganda, gemartroz va gematomalar rivojlanishini xavfi oshadi.
Probenesid va sulfinpirazon: ibuprofenni organizmdan chiqarilishini kechiktirish qobiliyatiga ega.
Saqlash sharoiti va muddati
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Saqlash muddati
2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Berish tartibi
Reseptsiz beriladi.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar 60 va 120 donadan flakonda. Flakon ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylangan.