×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

GEKSIKON suppozitorii 16mg N10

Kategoriya:
- Ginekologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Хлоргексидина биглюконата
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Нижфарм, АО
Vakil:
- IP MChJ "STADA SUBSIDIARY"
ATX kodi:
- G01АХ
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 230 ta dorixonasida topildi

ico 71 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 87 800 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 60 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
16 mg vaginal suppozitoriylar.

5 suppozitoriy polivinilxloridli polietilen bilan laminatlangan kontur uyali o‘ramga joylanadi.

1 suppozitoriy va 2 barmoq g‘ilofchasidan tarkib topgan 1 kontur uyali o‘ram, 5 suppozitoriy 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram dori preparatini tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.


Bir suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: xlorgeksidin biglyukonatining 20% eritmasi – 85,2 mg (xlorgeksidin biglyukonatiga qayta xisoblanganda 16 mg);

yordamchi moddalar:makrogollar aralashmasi (Makrogol-1500, Makrogol-400).

Geksikon® — mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol: shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, shuningdek bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon®laktobatsillalarning funktsional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini (garchi biroz pasaygan bo‘lsada) saqlaydi.

Intravaginal qo‘llanishda deyarli so‘rilmaydi, sistematik ta'sir ko‘rsatmaydi.

Allergik reaktsiyalar (toshma, qichishish kabi), qizdirish bo‘lishi mumkin. Xlorgeksidin juda kam holatlarda (<0,0001%) yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarini keltirishi mumkin, shuni ichida og‘ir allergik reaktsiyalar va anafilaksiya.


Alohida holatlarda bachadondan kon aralash ajratmalar bo‘lishi mumkin («Alohida ko‘rsatmalar» bo‘limini ko‘ring).


YuAgar yo‘riqnomada keltirilgan nojo‘ya samaralar kuchaysa yoki boshqa, yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarni sezgan bo‘lsangiz, darxol shifokorga murojat qiling.

Suppozitoriy kiritilganda qichish va kizdirishlar bo‘lgan holda preparatni qo‘llanilishini to‘xtatish kerak.


Preparat qo‘llanilishida vaginal ajratmalar ko‘payishi mumkin. Odatda, agar shaffof ajratmalar ko‘p bulmasa, preparat qo‘llanishini davom etsa buladi. Ajratmalar tarkibi qon bilan aralash bo‘lgan holda preparat qo‘llanishini to‘xtatib shifokorga murojaat qilish kerak.


Preparat bilan kontaktdan keyin qo‘llarni yuvish shart, aks holda xlorgeksidin kuzga tegish xavfi bor.


Tashqi jinsiy a'zolarni tozalash vaginal suppozitoriyning samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta'sir qilmaydi, chunki preparat intravaginal qo‘llaniladi.

Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar).


Akusherlik-ginekologiyada infektsion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyatsiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish.


Bakterial vaginoz, kolьpitlarni (shu jumladan nospetsifik, aralash, trixomonad) davolashda ko‘llaniladi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.


18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (skeletning o‘sish va shakllanish davri) qo‘llash mumkin emas.

Peroral antikoagulyantlarning faolligini oshiradi va nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarning zaharliligini oshiradi.


Buyrak naychalari sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari lomefloksatsini chiqarilishini sekinlashtiradi.


I sinf A antiaritmik dorilar (kinidin, proksainamid) va III sinf (amiodaron, sotalol) bilan birgalikda foydalanish Q-T oralig‘ining uzayshiga olib kelishi mumkin.


Penitsillinlar, sefalosporinlar, aminoglikozidlar, ko-trimoksol, metronidazol bilan qarama-qarshi chidamlilik mavjud emas.


Preparatni kompleks terapiyada qo‘llasa bo‘ladi.

25C dan yuqori bo‘lmagan haroratda.


Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin


Otkrыtь

Yaroqliylik muddati

2 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparat ishlatilmasin.

Oq yoki sargish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli suppozitoriylar. Yuzasi marmarsimon va kesmasida xavo sterjen va voronkasimon chuqurlik bo‘lishi mumkin.

Intravaginal qo‘llash uchun buyuriladi. Qo‘llash oldidan suppozitoriy kontur o‘ramdan ozod qilinadi. Davolash uchun: 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida qo‘llanadi.

Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan infektsiyalarni oldini olish uchun: 1 suppozitoriydan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas.
Xozirgi kunda dozani oshib yuborish holatlari tug‘risida xabar berilmagan.

GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

GEKSIKON®

NEXICON®

 

Preparatning savdo nomi: Geksikon®

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): xlorgeksidin

Dori shakli: qin shamchalari

Tarkibi:

Bir shamcha saqlaydi:

faol modda: xlorgeksidin biglyukonati – 16 mg (xlorgeksidin biglyukonati eritma sifatida ishlatiladi (20%li konsentrasiya));

yordamchi moddalar: shamchalar uchun asos – 3,10 g vaznli shamcha olish uchun yetarli miqdorda – makrogol-1500 (polietilenoksid 1500) 92-98%, makrogol-400 (polietilenoksid 400) 8-2%.

Ta‘rifi: oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, torpedasimon shaklli shamchalar. Yuzasini marmarligiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Antiseptik vosita.

ATX kodi: G01AX

 

Farmakologik xususiyatlari

Geksikon® – mahalliy qo‘llash uchun antiseptik preparat, grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga, viruslarga nisbatan faol: shu jumladan Treponema pallidum, Chlamidia spp., Ureaplasma spp., Neisseria gonorrhoeae, Trichomonas vaginalis, Garderella vaginalis, Bacteroides fragilis, Herpes-Virus. Preparatga Pseudomonas spp., Proteus spp. ning ayrim shtammlari, hamda bakteriyalarning kislotaga chidamli shakllari, bakteriyalarning sporalari, zamburug‘lar, viruslar kuchsiz sezgirdirlar. Geksikon® laktobasillalarning funksional faolligini buzmaydi. Qon, yiring borligida faolligini saqlaydi (garchi biroz pasaygan bo‘lsada).

 

Farmakokinetikasi Qin ichiga qo‘llanganida amalda so‘rilmaydi, tizimli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi kasalliklarni oldini olish (xlamidioz, ureaplazmoz, trixomoniaz, gonoreya, sifilis, genital gerpes va boshqalar).

Akusherlik-ginekologiyada infeksion-yallig‘lanish kasalliklarni (ginekologik kasalliklarni operativ davolash oldidan, tug‘ruqlar va abortlar oldidan, bachadon ichki spiralni (BIS) qo‘yish oldidan va keyin, bachadon bo‘ynini diatermokoagulyasiyasi oldidan va keyin, bachadon ichini tekshirishlari oldidan) oldini olish.

Bakterial vaginoz, kolpitlarni (shu jumladan nospesifik, aralash, trixomonad), infeksion genezli bachadon bo‘yni eroziyalarni davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qin ichiga. Qo‘llash oldidan shamcha kontur o‘ramdan ozod qilinadi.

Davolash uchun: 1 shamchadan sutkada 2 marta, 7-10 kun davomida.

Jinsiy yo‘l bilan yuquvchi infeksiyalarni oldini olish uchun: 1 shamchadan himoyalanmagan jinsiy aloqadan keyin 2 soatdan kech emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat bekor qilingandan keyin o‘tkinchi allergik reaksiyalar, qichishish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi

Homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Yod bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Geksikon® anion guruhini (saponinlar, natriy laurilsulfati, natriy karboksimetilsellyuloza) saqlovchi detergentlar va sovunlar bilan, agarda ular qin ichiga kiritilsa, to‘g‘ri kelmaydi. Tashqi jinsiy a‘zolarni tozalash Geksikon® qin shamchalarining samaradorligi va o‘zlashtirilishiga ta‘sir qilmaydi, chunki preparat qin ichiga qo‘llanadi.

 

Chiqarilish shakli

Geksikon® qin shamchalari, 1 yoki 5 shamcha kontur uyali o‘ramga joylanadi. Bir shamchali bir kontur uyali o‘ram ikki barmoqqa kiygizuvchisi bilan, bir yoki ikki 5 shamchali kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparat ishlatilmasin.

 

Saqlash sharoiti

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar olaolmaydigan joyda.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 dori vositasi Нижфарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
GEKSIKON suppozitorii 16mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
SEPTUMETIL sprey 100ml 0,5%
SEPTUMETIL sprey 50ml 0,5%
SEPTUM FORTE eritma 10ml 0,5% N10
SEPTUM FORTE eritma 5ml 0,5% N10
SEPTUM eritma 5ml 0,05% N10
SEPTUM FORTE eritma 500ml 0,5%
SEPTUM FORTE eritma 250ml 0,5%
SEPTUM FORTE eritma 100ml 0,5%
SEPTUM eritma 500ml 0,05%
SEPTUM eritma 250ml 0,05%
SEPTUM eritma 100ml 0,05%
Ishlab chiqaruvchining dorilari
VITAPROST PLYUS suppozitorii 400mg N10
SINTOMISIN suppozitorii 250mg N10
Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
METILURASIL maz 25g 10%
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
GLISERIN suppozitorii 2,11g N10
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
GIOKSIZON maz 10g
Narh: 3 900 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZON maz 10g 1%
Narh: 7 000 so'mdan Batafsil
BENZILBENZOAT maz 25g 20%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID gel 30g 5%
Narh: 71 000 so'mdan Batafsil
XONDROKSID maz 30g 5%
Narh: 63 000 so'mdan Batafsil
LEVOMEKOL maz 40g
Narh: 11 900 so'mdan Batafsil
STREPTOSID RASTVORIMIY liniment 30g 5%
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
VITAPROST tabletkalari 20mg N20
Narh: 180 000 so'mdan Batafsil
Narh: 184 900 so'mdan Batafsil
VITAPROST FORTE suppozitorii N10
Narh: 209 400 so'mdan Batafsil
DEPANTOL suppozitorii N10
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
OKSOLIN maz 10g 0,25%
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
PROKTOZAN maz 20g
DIKLOVIT suppozitorii 50mg №10
Narh: 22 800 so'mdan Batafsil
FUNGOTERBINNEO gel 15g
TERAFLEKS XONDRO krem 100,0g 1%+5%
TERAFLEKS XONDRO FORTE krem 30g N1
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
Bisakodil nijfarm 0,01 suppozitorii N10
FEMILEKS suppozitorii 0,1g N5
LAVOMAKS 0,125 tabletkalari N6
Другие формы препарата
GEKSIKON 0,016 tabletkalari N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9