Preparat vena ichiga tomchilab kamida 15 minut davomida yuboriladi.
Havfli o'smalar keltirib chiqargan giperkalьtsiyemiyada alьbuminga qarab muvofiqlashtirilgan zardobdagi kalьtsiyning kontsentratsiyasi ≥12 mg/dl yoki 3 mmolь/l bo'lganida tavsiya etilgan maksimal dozasi 4 mg ni tashkil etadi.
Infuziyadan oldin qon zardobidagi kreatininning kontsentratsiyasini tekshirish kerak. Yengil va o'rtacha og'irlik darajadagi buyrak yetishmovchiligi (zardobdagi kreatininni kontsentratsiyasi <400 mkmolь/l yoki <4,5 mg/dl) bo'lgan patsiyentlarda preparatning dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Infuziya patsiyent adekvat darajada gidratatsiya qilingan sharoitda (zoledron kislotasini infuziyadan oldin, infuziya vaqtida yoki infuziyadan keyin 0,9% natriy xlorid eritmasi yuboriladi) o'tkaziladi. Preparatni 4 mg dozada takroran yuborish aniq samara kuzatilgandan so'ng (ya'ni qon zardobida kalьtsiy ionlarining kontsentratsiyasi
2,7 mmolь/l va undan kam qiymatga yetganida) patsiyentning ahvoli yomonlashganida yoki birinchi marta yuborishga nisbatan refraktorlik kuzatilganida ko'rsatilgan. Birinchi va takroriy yuborishlar o'rtasidagi interval samarasini baholash uchun kamida 1 hafta bo'lishi kerak.
Zoledron kislotasini takroran yuborish zarurati bo'lganida qon zardobidagi kreatinin kontsentratsiyasini har bir infuziyadan oldin aniqlash kerak.
Solid o'smalarda suyaklarni metastatik shikastlanishida va ko'p sonli miyelomada preparatning dozasi Kokroft formulasi bo'yicha hisoblangan dastlabki KK ga bog'liq.
Buyrak faoliyatini yengil va o'rtacha darajadagi buzilishlari (KK qiymati 30-60 ml/min bo'lganida) bo'lgan patsiyentlarda preparatning tavsiya etilgan dozalari quyidagi jadvalda keltirilgan:
КК дастлабки қиймати (мл/мин) |
Золедрон кислотасини тавсия этилган дозаси |
> 60 |
4,0 мг |
50-60 |
3,5 мг |
40-49 |
3,3 мг |
30-39 |
3,0 мг |
Zoledron kislotasi bilan davolash boshlanganidan so'ng preparatning har bir dozasini yuborishdan oldin zardobdagi kreatininning kontsentratsiyasini aniqlash kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi aniqlanganida preparatni navbatdagi yuborilishini qoldirish kerak. Buyrak faoliyatini buzilishlari quyidagi ko'rsatkichlar bo'yicha aniqlanadi:
kreatininning dastlabki qiymatlari normal (<1,4 mg/dl) bo'lgan patsiyentlar uchun – 0,5 mg/dl ga oshishi;
kreatininning dastlabki darajasini siljishlari (>1,4 mg/dl) bo'lgan patsiyentlar uchun – 1 mg/dl ga oshishi bo'yicha aniqlanadi.
Zoledron kislotasi bilan davolash, kreatininning darajasi davolash to'xtatilgunicha qo'llangan dozada yuborilganida dastlabki qiymatining taxminan 10% ga yetganidan keyingina, boshlanadi.
Patsiyentlarga zoledron kislotasi bilan davolashga qo'shimcha ravishda kalьtsiy preparatini sutkada 500 mg dozada va D vitaminini sutkada 400 XB dozada ichga qabul kerak.
Infuziya uchun eritma tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Eritma aseptik sharoitlarda tayyorlanadi. Flakonning ichidagisi (4 mg zoledron kislotasi) 5 ml in'ektsiya uchun suvda eritiladi va butunlay erigunicha ehtiyotkorlik bilan chayqatiladi. Olingan eritma 100 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasida yoki 5% li dekstroza eritmasida suyultiriladi.
Tayyor bo'lgan eritmani bevosita tayyorlangandan so'ng qo'llagan afzal. Ishlatilmagan eritmani sovutgichda 2-8oS haroratda ko'pi bilan 24 soat saqlash mumkin. Eritmani yuborishdan oldin eritmaning harorati xona haroratiga yetgunicha xonada turishi kerak.
Kontsentratni suyultirish, tayyor bo'lgan eritmani sovutgichda 2-8oS haroratda saqlash va preparatni yuborishni to'xtatish o'rtasidagi umumiy vaqt 24 soatdan oshmasligi kerak.
Zoledron kislotasi eritmasini kalьtsiy yoki Ringer eritmasi kabi har qanday boshqa ikki valentli kationlarni saqlovchi eritmalar bilan yoki har qanday boshqa dori preparatlari bilan aralashtirish mumkin emas. Doimo infuziya uchun alohida sistema ishlatish kerak.