×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALSETRO tabletkalari 5mg N20

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Левоцетиризин
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- R06AE09
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 157 ta dorixonasida topildi

ico 30 800 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 54 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 39 200 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
AVISET tabletkalari 5mg N30 Avantika Medex PVT. LTD, Индия произведено: Origin Formulation PVT. LTD Hindiston
32 000 s`om dan
ALLERVIL tabletkalari 10mg/5mg N10 Synokem Pharmaceuticals Ltd Hindiston
42 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levosetirizin digidroxloridi – 5,0 mg;

yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, kaltsiy ikki fosfati, povidon (K30), natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, talk, magniy stearati, laktoza;

qobiq tarkibi: talk, gipromelloza, makrogol (6000), propilenglikol, talk, titan dioksidi.

Levosetirizin – bu tsetirizinning R-enantiomeri gistaminning raqobatli antagonisti guruhiga mansub bo'lib N1-gistamin reseptorlarini bloklaydi. Levosetirizini N1-gistamin reseptorlariga o'xshashligi, tsetirizinga nisbatan 2 marotaba yuqori.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarning gistaminga bog'liq bo'lgan bosqichiga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek eozinofillarning migrasiyasini kamaytiradi, qon tomirlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig'lanish mediatorlarini ajralib chiqishini cheklaydi.

Levosetirizin allergik reaktsiyalarni rivojlanishini oldini oladi va kechishini engillashtiradi, antiekssudativ, qichishishga qarshi ta'sir ko'rsatish xususiyatiga ega, antixolinergik va antiserotonin ta'sirlarni deyarli ko'rsatmaydi. Terapevtik dozalarda deyarli sedativ ta'sir ko'rsatmaydi.

Levosetirizinning farmakokinetik ko'rsatkichlari to'g'ri proportsional tarzda o'zgaradi va deyarli tsetirizinning farmakokinetikasidan farq qilmaydi.



So'rilishi

Levosetirizin ichga qabul qilgandan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Ovqat qabul qilish so'rilish darajasiga ta'sir ko'rsatmaydi, biroq uning tezligi kamayadi. Terapevtik dozalarda ichga bir marta qabul qilingandan keyin kattalarning qon plazmasida maksimal kontsentrasiyasiga (Smax) 0,9 soatdan keyin erishiladi va 207 ng/ml ni tashkil etadi, sutkada 5 mg dozada takroran qabul qilingandan keyin 308 ng/ml ni tashkil eiadi. Biokiraolishligi – 100% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

Muvozanatli kontsentrasiyasiga (Css) 2 sutkadan so'ng erishiladi. Levosetirizinning plazma oqsillari bilan bog'lanishi 90% ni tashkil etadi. Preparatni taqsimlanish xajmi (Vd) 0,4 l/kg ni tashkil etadi.

Metabolizmi

14% dan kamrog'i jigarda N - va O-alkil guruhini ajralishi yo'li orqali farmakologik nofaol metabolitni hosil bo'lishi bilan (jigarda tsitoxrom R450 tizimi izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchrovchi boshqa gistamin H1-reseptorlari blokatorlaridan farqli ravishda) metabolizmga uchraydi. Past darajadagi metabolizm va metabolik potentsialning yo'qligi tufayli, levosetirizinning boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'sirga kirish ehtimoli kam.

Chiqarilishi

Kattalarda yarim chiqarilish davri (T1/2) 7,9±1,9 soatni tashkil etadi, umumiy klirensi minutiga 0,63 ml/ng ni tashkil etadi. Dozaning taxminan 85,4% kalavalar filtrasiyasi va naychalar sekresiya yo'li bilan o'zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi; taxminan 12,9% ahlat bilan chiqariladi.

Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi (kk) minutiga 40 ml dan kam) bo'lgan pasientlarda levosetirizinning klirensi kamayadi. T1/2 esa oshadi (gemodializda bo'lgan pasientlarda, umumiy klirensi 80% ga kamayadi), bu dozalash tartibini muvofiq o'zgartirishni talab etadi. Levosetirizinning kamida 10% gemodializning standart 4 soatli muolojasi jarayonida chiqariladi.

Kichik yosh guruhidagi bolalarda T1/2 kamayadi.

Har qanday dori preparati kabi, Altsetro ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya reaktsiyalar chaqirishi mumkin.

Nojo'ya samaralarning rivojlanishi tez-tezligi Jaxon Sog'liqni saqlash Tashkilotining tavsiyalari asosida tasniflangan: juda tez-tez - kamida 10%, tez-tez – kamida 1%, ammo 10% dan kam; tez-tez emas – kamida 0,1%, ammo 1% dan kam; kamida 0,01%, ammo 0,1% dan kam; juda kam – kamida 0,01%, jumladan yakka holatlar.

Alohida holatlarda quyidagi nojo'ya reaktsiyalar ehtimoli bor:

— immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda– o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya;

— metabolizm va ovqatlanishning buzilishlari tomonidan: juda kam hollarda – ishtahaning oshishi;

— ruxiyat tomonidan: xavotirlik, tajovuzkorlik, qo'zg'alish, uyqusizlik, gallyusinasiyalar, depressiya, suiqasd fikrlar.

— Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og'rig'i, toliqish, uyquchanlik; kam hollarda - asteniya; juda kam hollarda - tajovuzkorlik, qo'zg'alish, tirishishlar, miyaning qattiq qobig'i sinuslari trombozi, paresteziya, bosh aylanishi, xushdan ketish, tremor, disgevziya;

— eshitish tomonidan: juda kam hollarda – Vertigo;

— ko'rish a'zosi tomonidan: juda kam hollarda– ko'rishning buzilishi, ko'rishning noaniqligi, yallig'lanish ko'rinishlari;

— yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – stenokardiya, taxikardiya, yurak urishini xis etish, bo'yinturuq venalar trombozi;

— nafas tizimi tomonidan: juda kam hollarda – dispnoe, hansirash, rinit simptomlarining kuchayishi;

— ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez emas – og'iz qurishi; kam hollarda – qorin og'rig'i; juda kam hollarda - ko'ngil aynishi, diareya, qusish;

— gepatobiliar buzilishlar: juda kam – hollarda gepatit, jigar funktsional sinamalarining o'zgarishi;

— buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan: Dizuriya, siydik tutilishi;

— teri va yumshoq to'qimalar tomonidan: juda kam hollarda– angionevrotik shish, turg'un dori eritemasi, toshma, qichishish, eshakemi, gipotrixoz, yoriqlar, fotosensibilizasiya;

— suyak-mushak tizimi tomonidan: juda kam hollarda– mialgiya;

— umumiy buzilishlar: juda kam hollarda– periferik shishlar, tana vaznining oshishi;

— boshqalar: kesishgan reaktivlik.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringizga, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Tavsiya etilgan sutkalik dozani oshirmaslik lozim.

Levosetirizin bilan davolash vaqtida alkogolni istemol qilish tavsiya etilmasligi haqida pasientni ogohlantirish lozim.

Tabletkalarda laktoza saqlanganligi tufayli, ushbu preparatni galaktozemiya, glyukoza yoki galaktoza so'rilishining buzilishi yoki laktaza tanqisligida (moddalar almashinuvining kam uchraydigan buzilishlari) qo'llash mumkin emas.

Jigar funktsiyasi buzilishlarida qo'llanilishi

Jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak funktsiyasi buzilishlarida qo'llanilishi

Buyrak etishmovchiligining terminal bosqichida (kk minutiga 10 ml dan kam) qo'llash mumkin emas.

Surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga, kk 49-30 ml/minutiga doza 2 barobar kamaytiriladi (1 tabletkadan har 2 kunda 1 marta), kk 29-10 ml/minutiga 3 barobar kamaytiriladi (1 tabletkadan har 3 kunda 1 marta).

Homiladorlik va laktasiya davrida qo'llanishi

Agar siz Altsetroni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni aniqlasangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni xal qiladi.

Levosetirizinni homilador ayollarda qo'llanilishi haqidagi klinik ma'lumotlar etarli emas, shuning uchun Altsetro preparatini homiladorlikda qo'llash mumkin emas. Levosetirizin ko'krak sutiga ajraladi. Altsetro preparatini qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish lozim.

Pediatriyada qo'llanilishi

6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Levosetirizin uyquchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin, Altsetro preparati avtomobilni boshqarish yoki texnika bilan ishlashga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Davolanish davrida yuqori darajada diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyati turlari bilan shug'ullanishdan chetlanib turish kerak.

Allergik kasalliklar va holatlarni simptomatik davolash:

— yil davomidagi (vaqti vaqti bilan avj oluvchi) va mavsumiy (vaqti vaqti bilan kuzatiladigan) allergik rinit va allergik kon'yunktivit (qichishish, aksirish, rinoreya, ko'z yoshlanishi, kon'yunktivalar giperemiyasi, burun bitishi);

— pollinoz (pichan isitmasi);

— eshakemi (jumladan, surunkali idiopatik eshakemi);

—Kvinke shishi;

— qichishish va toshmalar bilan birga kechuvchi boshqa allergik dermatozlar.



Altsetro preparatini quyidagi holatlarda:

- levosetirizin yoki piperazin hosilalariga, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;

- buyrak etishmovchiligining terminal bosiqichida (kreatinin klirensi< 10 ml/minutiga);

- 6 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun);

- laktozani o'zlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukozo-galaktoza kam so'rilishi;

- homiladorlik va laktasiya davri qo'llash mumkin emas.

Surunkali buyrak etishmovchiligida (dozalash tartibiga tuzatish kiritish lozim); keksa yoshdagi pasientlarda (kalavali filtrasiyaning yoshga bog'liq pasayishi); orqa miya shikastlanishi, prostata bezining giperplaziyasi, shuningdek siydik tutilishiga boshqa moyillik omillari bo'lgan pasientlarda; chunki levosetirizin siydik tutilishi xavfini oshirishi mumkin; alkogol bilan bir vaqtda qabul qilinganda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilsin ("dorilarning o'aro ta'siri" bo'limiga qarang).

Agar siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin qabul qilgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Levosetirizinning boshqa dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri bo'yicha izlanishlar o'tkazilmagan. Levosetirizinning fenazon, psevdoefedrin, tsimetidin, ketokonazol, eritromisin, azitromisin, glipizid va diazepam bilan o'zaro ta'siri o'rganilganda, klinik ahamiyatga ega o'zaro ta'siri aniqlanmagan. Teofillin (400 mg/sutka) bilan bir vaqtda qo'llanganda, levosetirizinning umumiy klirensi 16% ga pasayadi, teofillinning farmakokinetik ko'rsatkichlari o'zgarmaydi.

Ritanovir (600 mg, kuniga 2 marta) va tsetirizin (kuniga 10 mg) ni bir vaqtda qabul qilish bo'yicha tadqiqotda shu ko'rsatib berilganki, tsetirizin ekspoziyasi 40% ga ortgan, ritanovir ekspoziyasi esa ahamiyatsiz ravishda o'zgargan (-11%).

Levosetirizinni etanol yoki Markaziy nerv tizimiga (MNT) susaytiruvchi ta'sir ko'rsatuvchi dori preparatlari bilan bir vaqtda qo'llashning bir qancha hollarida, ularni MNT ga ta'siri kuchayishi mumkin, biroq levosetirizin etanolning samarasini kuchaytirmasligi isbotlangan.

Preparat quruq, yorug'likdan himoyalangan va bolalar ololmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Har doim Altsetroni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'z shifokoringiz yoki farmasevtdan so'rang.

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar butunligicha yutgan holda ovqatlanish vaqtida yoki och qoringa oz miqdordagi suv bilan holda ichga qabul qilinadi.

Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar: sutkalik bir martalik doza 5 mg (1 tabletka) ni tashkil etadi

Levosetirizin organizmdan buyraklar orqali chiqarilgani tufayli, preparatni qo'llashda buyrak etishmochiligi bo'lgan pasientlarda va keksa yoshdagi pasientlarda Kk ko'rsatkichidan kelib chiqqan holda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kkni zardob kreatinini kontsentrasiyasidan kelib chiqqan holda, quyidagi formula bo'yicha hisoblash mumkin:

- erkaklar uchun: Kk (ml/minutiga) = [140 - yosh (yil)] × tana vazni (kg)/72 × zardob kreatinini (mg/dl);

- ayollar uchun: Kk (ml/minutiga) = [140 - yosh (yil)] × tana vazni (kg)/72 × zardob kreatinini (mg/dl) × 0.85.

Buyrak funktsiyasining engil buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 50-79 ml/) bo'lgan pasientlarga dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

O'rtacha og'irlikdagi buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga (kreatinin klirensi 30 dan 49 ml/minutigacha) tavsiya qilingan doza – kunora 5 mg.

Og'ir buyrak etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga (kreatinin klirensi minutiga 30 ml/kam) tavsiya qilingan doza 5 mg har 3 kunda 1 marta tashkid etadi.

Terminal bosqichdagi pasientlarga (gemodializda bo'lgan pasientlar, kreatinin klirensi minutiga 10 ml/ kam) preparatni qabul qilish mumkin emas.

Buyrak va jigar etishmovchiligi bo'lgan pasientlarga dozalash yuqorida ko'rsatilgan sxema bo'yicha amalga oshiriladi.

Faqat jigar funktsiyasi buzilgan pasientlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Qo'llash davomiyligi ko'rsatmalarga bog'liq.

Mavsumiy (vaqti vaqti bilan kuzatiladigan) rinitni davolashda (haftasiga 4 kundan kamroq simptomlar mavjud bo'lsa yoki ularning umumiy davomiyligi 4 haftadan kamroq bo'lsa) davolash davomiyligi simptomatikaning cho'zilishiga bog'liq; simptomlar yo'qolganda davolash to'xtatilishi va simptomlar paydo bo'lganda esa qaytadan o'tkazilishi mumkin.

Yil davomidagi (vaqti vaqti bilan avj oluvchi) allergik rinitni davolashda (haftasiga 4 kundan ko'proq simptomlar mavjud bo'lsa va ularning umumiy davomiyligi 4 haftadan ko'proq bo'lsa), davolash allergenlar ta'sirining to'liq davri davomida davom ettirilishi mumkin.

Surunkali kasalliklarda (yil davomidagi rinit, atopik dermatit) davolash davomiyligi 18 oygacha cho'zilishi mumkin.

Agar Siz Altsetro preparatini qabul qilishni unutib qo'ygan bo'lsangiz, o'tkazib yuborilgan dozaning o'rnini bosish uchun ikka karra dozani qabul qilmang, odatiy vaqtda keyingi dozani qabul qiling.

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Simptomlari: uyquchanlik (kattalarda), qo'zg'aluvchanlik va xavotirlik, uyquchanlikka almashinuvchi (bolalarda).

Davolash: preparatni qabul qilgandan keyin, darhol me'dani yuvish yoki sun'iy qusishni chaqirish kerak. Faollashtirilgan ko'mirni qo'llash, simptomatik va tutib turuvchi davolash tavsiya etiladi. Mahsus antidoti yo'q. Gemodializ samarasiz.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALSETRO tabletkalari 5mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALSETRO tabletkalari 5mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALSETRO tabletkalari 5mg N20 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALSETRO tabletkalari 5mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALSETRO tabletkalari 5mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
LEVOCYeTIL tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
LEVOCYeTIL tomchilar 20ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilaç Sanayi ve Ticaret Limited Şirketi
  • Vakil: Dr.Sertus
LIBERTUS tabletkalari 5mg N28
KONTRAXIST ALLERGIYA tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Adamed Consumer Healthcare S.A., Польша произведено: Pharmaceutical Works Adamed Pharma Joint-Stock Co.
  • Vakil: Adamed S.A.
SEZERA tabletkalari 5mg N90
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
SEZERA tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
POLLEZIN tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
POLLEZIN tabletkalari 5mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
LESETRIN tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ilko Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 64 000 so'mdan Batafsil
LEVOTIN tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
LEVOSETIL tabletkalari 5mg N40
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
LEVOSETIL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
ZODAK EKSPRESS tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
VINSET tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
VINSET tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
AVISET tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex PVT. LTD, Индия произведено: Origin Formulation PVT. LTD
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
Narh: 32 000 so'mdan Batafsil
AVISET BEYBI DROPS tomchilar dlya priema vnutr 15ml 1,25mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Avantika Medex Pvt Ltd, Индия произведено: Merril Life Science
  • Vakil: MChJ Konark Pharm MChJ
SEZERA tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
POLLEZIN tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
KSIZAL tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: Aesica Pharmaceuticals S.r.l.
ZOSET 5 tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Agio Pharmaceutical Limited
ZODAK EKSPRESS tabletkalari 5mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Chexiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Zentiva k.s.
ELTIRIZIN tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Nobel Pharmsanoat, ИП ООО
POLLEZIN tabletkalari 5mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Egis Pharmaceuticals PLC
LEVOSET tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ind-Swift Limited
Narh: 67 200 so'mdan Batafsil
LEVOTIN tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
LEVOTIN sirop 30ml 2,5mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ultra Laboratoires Pvt. Ltd.
LEVOSETIL tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
LEVOSETIL tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
VINSET tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Левоцетиризин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Mediwin Pharmaceuticals
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9