×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
лоперамида гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- A07DA03
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 12 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75% Фармак, ПАО Ukraina
38 000 s`om dan
KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N5 Novopharma plus, СП ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
LAKTULOZA sirop 100ml 667mg/ml Radiks, ЧНПП O'zbekiston
15 700 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
6 yoki 10 kapsuladan kontur-uyali o'ramda. 1, 2, 3, 10 kontur-uyali o'ramdan tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

faol modda: loperamid gidroxloridi - 2 mg;

yordamchi moddasi: makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, magniy stearati.

Loperamid ichak devoridagi opioid reseptorlari bilan bog'lanib, atsetilxolin va prostaglandinlarni ajralib chiqishini bostiradi, shu orqali peristaltikani susaytiradi va ichak ichidagi massani ichak bo'ylab o'tish vaqtini uzaytiradi. Anal sfinkteri tonusini oshiradi, shu orqali axlat massalarini tutib tura olmaslikni va ich kelishiga qistovlarni kamaytiradi.

So'rilishi va taqsimlanishi

Loperamid ichakdan yaxshi so'riladi, ammo faol birinchi o'tish metabolizmi tufayli, qon tizimiga Biokiraolishligi taxminan 0,3 % ni tashkil qiladi.

Klinika oldi ma'lumotlari loperamidni R-glikoproteinning substrati ekanligidan dalolat beradi. Loperamidni qon plazmasi oqsillari (asosan albuminlar) bilan bog'lanishi 95% tashkil qiladi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Loperamid asosan jigarda metabolizmga uchrab, kon'yugatlar hosil qiladi va safro bilan chiqariladi. SUR3A4 va CYP2C8 yordamida oksidlanish N-demetillanish jarayoni loperamidning metabolizmini asosiy yo'li hisoblanadi. Jigar orqali birinchi o'tish samarasi natijasida o'zgarmagan loperamidning qon plazmasidagi kontsentrasiyasi juda kam.

Odamda loperamidning yarim chiqarilish davri T1/2 o'rtacha 11 soatni tashkil qiladi 9 soatdan 14 soatgacha vaqt oralig'ida o'zgarib turadi. O'zgarmagan loperamid va uning metabolitlari asosan axlat bilan chiqariladi.

Har qanday dori vositasi kabi, loperamid-Nika ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Quyida sanab o'tilgan noxush samaralari quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1%, ammo <10%), tez-tez emas (≥0,1%, ammo <1%), kam (≥0,01%, ammo <0,1%) va juda kam hollarda (<0,01%), shu jumladan alohida hollar.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok va anafilaktoid reaktsiyalar.

Asab tizimi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: bosh aylanishi, koordinasiyani buzilishi, ongni chalkashishi, gipertonus, xushdan ketish, uyquchanlik, stupor.

Ko'rish a'zosi tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: mioz.

Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: ichak tutilishi, shu jumladan paralitik ichak tutilishi, megakolon, toksik megakolon; tez-tezligi noma'lum: o'tkir pankreatit.

Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: angionevrotik shish, bullez toshmalar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, ko'p shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz), qichishish, eshak Emi.

Buyraklar va siydik-chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar. Juda kam hollarda: siydikni tutilishi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar. Juda kam hollarda: toliqish.

Ayrim hollarda loperamidni qabul qilish va sanab o'tilgan simptomlar orasida sabab-oqibat bog'liqligini aniqlash nihoyatda qiyin. Bundan tashqari, bir preparatni klinik tadqiqotlardagi noxush holatlarini paydo bo'lish tez-tezligini boshqa preparatni nojo'ya holatlarini tez-tezligi bilan bevosita solishtirilishi mumkin emas va u klinik amaliyotdagi nojo'ya samaralarni tez-tezligini aks ettirmasligi mumkin.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringizga, farmasevtingizga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Diareyani loperamid bilan davolash simptomatik xarakterga ega ekanligi tufayli, diareyaning sababini bartaraf qilishga yo'naltirilgan muvofiq davolashni ham o'tkazish kerak. Og'ir darajadagi diareya bo'lgan bemorlarda, ayniqsa bolalarda suyuqlik va elektrolitlar yo'qotilishi kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda muvofiq o'rinbosar davolashni (suyuqlik va elektrolitlarni qabul qilish) o'tkazish kerak.

48 soat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmasa, loperamidni qabul qilishni to'xtatish kerak. Bemorlar shifokorga murojat qilishlari kerak. Loperamidni qabul qiluvchi OITS bo'lgan bemorlar qorinni dam bo'lishining birinchi belgilarida davolashni to'xtatishlari kerak. Toksik megakolon xavfi yuqori bo'lgan OITS va virus hamda bakterial etiologiyali infektsion koliti bo'lgan bemorlarda loperamid bilan davolash o'tkazilganida ichakni tutilishi haqida alohida xabarlar tushgan.

Loperamidni tibbiy qo'llash bo'yicha ko'rsatmalarda tavsiya etilganidan yuqori dozada qabul qilganda, shuningdek noto'g'ri yoki suiiste'mol qilinganda (qasddan yoki suiiste'mol qilinganda) yurak faoliyatining buzilishi, shu jumladan QT oralig'i va QRS kompleksining uzayishi, torsades de pointes tipidagi qorincha taxikardiyasi haqida xabar berilgan. Ba'zi hollarda o'lim haqida xabar berilgan ("dozani oshirib yuborish" bo'limiga qarang). Dozani oshirib yuborish ilgari aniqlanmagan Brugada sindromini ko'rsatishi mumkin. Bemorlarga preparatning tavsiya etilgan dozasi va qabul qilish muddatidan oshmasligi kerak.

Keksa bemorlarda qo'llash

Keksa bemorlarni davolashda dozani tuzatish talab qilinmaydi.

Turli genezli o'tkir va surunkali diareyani simtomatik davolash (allergik, emosional, dorili, nurli; ovqatlanish tartibini va ovqatning tarkibini sifati o'zgarganida, metabolizm va so'rilish buzilganida; infektsion genezli diareyada yordamchi vosita sifatida).

Ileostomali bemorlarda ich kelishini miqdorini va chastotasini kamaytirish va ichni zich konsistentsiya hosil qilib kelishini ta'minlash maqsadida qo'llash mumkin.

- loperamidga yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanligi

- ichak peristaltikasining sekinlashishi bor pasientlarga

- 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda

- homiladorlikning birinchi uch oyligida

- laktasiya davri

- asosiy davolash vositasi sifatida:

·       qon aralash ich kelishi va yuqori tana harorati bilan ifodalanuvchi o'tkir dizenteriyaga chalingan bemorlarda,

·       o'tkir yarali koliti bo'lgan bemorlarda,

·       invaziv mikroorganizmlar, shu jumladan Salmonella, Shigella va Campylobacter chaqirgan bakterial enterokoliti bo'lgan bemorlarda,

·       keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo'llanishi bilan assosiasiyalangan soxtamembranoz koliti bo'lgan bemorlarda qo'llash mumkin emas.

Qabziyat, qorinni dam bo'lishi yoki ichak tutilishi yuz berganida loperamidni darhol bekor qilish kerak.

Ehtiyotkorlik bilan: jigar faoliyatini og'ir darajada buzilishi bo'lgan bemorlarda (chunki ularda birinchi o'tish metabolizmi sekinlashgan bo'ladi), homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida.


Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Xinidin va ritonavir.

Bir vaqtda loperamid (16 mg bir martalik dozada) bilan qo'llanganida, qon plazmasida loperamidning kontsentrasiyasi 2-3 marta oshadi.

Itrakonazol va P-glikoprotein.

Loperamid (4 mg bir martalik dozada) va itrakonazolni bir vaqtda qo'llash, loperamidning plazmadagi kontsentrasiyasini 3-4 marta oshishiga olib keladi.

Gemfibrozil

SUR2S8 ingibitori gemfibrozilni qo'llash, qon plazmasida loperamidning kontsentrasiyasini taxminan 2 marta oshishiga olib kelgan. Itrakonazol va gemfibrozilni birga qo'llash qon plazmasida loperamidning cho'qqi kontsentrasiyasini 4 marta oshirgan va qon plazmasida umumiy ekspozisiyasini 13 marta oshirgan. Ushbu oshish Markaziy nerv tizimiga (MNT) ta'siri bilan assosiasiyalanmagan, uning faoliyati psixomotor sinamalar (ya'ni, uyquchanlikni sub'ektiv baholash va raqamli simvollarni almashtirish sinamasi) yordamida baholangan.

Ketokanazol va R-glikoprotein.

Bir vaqtda loperamid (16 mg bir martalik dozada) va SUR3A4 va R-glikoproteinning ingibitori ketokonazolni qo'llanganda, loperamidning qon plazmasidagi kontsentrasiyasini besh marta oshishiga olib kelgan. Ushbu oshish qorachiqning o'lchami bo'yicha baholangan farmakodinamik ta'sirning oshishi bilan bog'liq bo'lmagan.

Desmopressin

Preparatlar bir vaqtda qo'llanganida, me'da-ichak yo'llarining xarakatini sekinlashishi sababli, qon plazmasida desmopressinning kontsentrasiyasi 3 marta oshadi.

O'xshash farmakologik xususiyatlarga ega preparatlar loperamidning samarasini kuchaytirishi mumkinligi, me'da-ichak yo'llaridan o'tish tezligini oshiruvchi preparatlar esa loperamidning samarasini kamaytirishi mumkinligi kutiladi.

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 15°С - 25°С haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati-2 yil.

Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Har doim loperamid-Nikani Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Ichga qabul qilish uchun kapsulalar.

Preparat ovqatlanishga qat'iy nazar, chaynamasdan, etarli miqdorda suv bilan qabul qilinadi.

Ich kelishi normallashganda yoki 12 soat davomida ich kelmasa preparatni to'xtatish kerak.

Kattalar:

O'tkir diareya: boshlang'ich doza - 2 kapsula (4 mg) keyinchalik har ich suyuq kelishidan keyin 1 kapsuladan (2 mg) qabul qilinadi.

Surunkali diareya: boshlang'ich doza – sutkada 2 kapsulani (4 mg) tashkil etadi. Bu dozani keyinchalik odatda ich kelishlari soni sutkada 1-2 martani tashkil qilishiga mos ravishda to'g'rilanadi, bunga odatda bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 1 dan 6 kapsulagacha(2mg-12mg), bir necha dozalarga bo'lib ichilganda erishiladi.

Maksimal sutkalik doza: 6 kapsula (12 mg)

6 yoshdan oshgan bolalar:

O'tkir diareya: boshlang'ich doza - 1 kapsula (2 mg) har ich suyuq kelishidan keyin.

Surunkali diareya: boshlang'ich doza - sutkada 1 kapsula (2 mg).

Maksimal sutkalik doza: 3 kapsula (6 mg)

Preparatni 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.

6 yoshgacha bo'lgan bolalarga loperamidni kapsulalarda yoki tabletkalarda buyurish tavsiya etilmaydi.

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!

Simptomlari: doza oshirib yuborilganida (shu jumladan, jigar faoliyatini buzilishi oqibatida doza nisbiy oshirib yuborilganida) Markaziy nerv tizimining faoliyati susayishi (stupor, harakatlar koordinasiyasini buzilishi, uyquchanlik, mioz, mushaklar tonusini oshishi, nafas faoliyatini susayishi), siydikni tutilishi va ichak tutilishi rivojlanishi mumkin. Bolalarda Markaziy nerv tizmining faoliyatini susayishi, kattalarga nisbatan sezgir bo'lishi mumkin. Yurak faoliyatining buzilishi, shu jumladan QT oralig'i va QRS kompleksining uzayishi, torsades de pointes tipidagi qorincha taxikardiyasi va boshqa jiddiy qorincha aritmiyalari, yurak tutilishi, hushidan ketish. Ba'zi hollarda o'lim holatlari qayd etilgan. Dozani oshirib yuborish ilgari aniqlanmagan Brugada sindromini ko'rsatishi mumkin.

Davolash: dozani oshirib yuborilish simptomlari paydo bo'lganida bemorga antidot sifatida nalokson ishlatish mumkin. Loperamidning ta'sir davomiyligi naloksonga nisbatan uzoqroq bo'lganligi tufayli (1-3 soat), naloksonni takroran yuborish zarurati tug'ilishi mumkin. Demak, Markaziy nerv tizimi faoliyatining susayishi belgilarini o'z vaqtida aniqlash uchun bemorning holatini kamida 48 soat davomida sinchiklab kuzatish kerak.

Agar Siz Loperamid-Nika ni qabul qilayotgan vaqtda homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, bu haqda zudlik bilan o'z shifokoringizga xabar bering, faqat u davolashni davom ettirishni xal qiladi.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida foydalanish faqat ko'rsatmalarga muvofiq va shifokorning qat'iy nazorati ostida va faqat ona uchun terapiyadan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgan hollarda mumkin.

Loperamid oz miqdorda ko'krak sutiga o'tishi mumkin.

Preparat emizish davrida qabul qilishga tavsiya etilmaydi.

Ushbu bemorlarda jigar orqali birinchi o'tish metabolizmi pastligi tufayli, loperamidni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo'lgan bemorlar mntni toksik shikastlanish belgilarini o'z vaqtida aniqlash uchun sinchkov kuzatuv ostida bo'lishlari kerak.

Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda dozani tuzatish ta'lab etilmaydi.

LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

LOPERAMID

LOPERAMIDUM

Preparatning savdo nomi: Loperamid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): loperamid gidroxloridi

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 100% moddaga qayta hisoblanganda 2 mg loperamid gidroxloridi;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, yuzasi silliq, faskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi. ichaklar peristaltikasini susaytiruvchi vositalar.

ATX kodi: A07D A03

Farmakologik xususiyatlari

Loperamid diareyaga qarshi faollikka ega. Ichak devoridagi opiat reseptorlari bilan   o‘zaro ta‘sirga kirishadi va asetilxolin va prostaglandinni ajralib chiqishini bloklaydi. Ichak peristaltikasini sekinlashtiradi va ichakning ichidagisini ichak bo‘ylab o‘tish vaqtini uzaytiradi. Preparat anal sfinkterning tonusini oshiradi, ahlat massalarini ushlanib qolishiga va defekasiya (ich kelishi) ga qistovlar sonini kamayishiga yordam beradi.

Loperamid ichak devori uchun yuqori spesifik modda hisoblanadi, cheklangan miqdorda qon aylanish tizimiga tushadi va gematoensefalik to‘siq orqali deyarli o‘tmaydi. Markaziy ta‘sir bo‘sag‘asi, diareyaga qarshi maksimal samarasiga ega bo‘lgan dozadan ancha yuqoridir.

Farmakokinetikasi

Ta‘siri tez boshlanadi (tabletka ichga qabul qilinganidan so‘ng 1 soat o‘tgach 85% loperamid me‘da-ichak yo‘llarida, 5% – jigarda aniqlanadi) va 4-6 soat davom etadi. Plazmada loperamidning maksimal konsentrasiyasi 4 soatdan keyin aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 97%.

Safro va ahlat bilan asosan kon‘yugatlar holida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 12 soatni tashkil etadi. Buyrak yetishmovchiligida qon zardobida loperamidning konsentrasiyasi oshishi mumkin.

Qo‘llanilishi

Turli genezli o‘tkir va surunkali diareyani simptomatik davolash.

“Sayyoh diareyasi” rivojlanganida 2 sutkagacha davolash davomiyligini tavsiya etish mumkin. Ahlatda qon paydo bo‘lganidagina uning sababi aniqlanmagunicha qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Loperamid ichga peroral buyuriladi. Loperamid organizmda suyuqlik va elektrolitlarning darajasini pasayishi bilan kechuvchi jiddiy diareyani boshlang‘ich davolash uchun mo‘ljallanmagan. Xususan, bolalarda bunday holatlarni o‘rnini bosuvchi dori vositalarni parenteral yoki peroral buyurish orqali kompensasiya qilgan afzal.

O‘tkir diareyada kattalar uchun boshlang‘ich doza 2 tabletka (4 mg) ni, 6 yoshdan boshlab bolalar uchun – 1 tabletka (2 mg) ni tashkil etadi; keyinchalik har bir ich ketishidan so‘ng 1 tabletka (2 mg) qabul qilinadi.

Surunkali diareyada kattalar uchun boshlang‘ich dozasi har kuni 2 tabletka (4 mg) ni, 6 yoshdan boshlab bolalar uchun har kuni 1 tabletka (2 mg) ni tashkil etadi. So‘ngra bu doza qattiq ich kelishi sutkada 1-2 martani tashkil qilishi uchun tuzatish kiritiladi, bunga odatda samarani bir maromda ushlab turish uchun sutkada 1-6 tabletka (2-12 mg) qabul qilinganida erishiladi.

O‘tkir va surunkali diareyada maksimal sutkalik dozasi  kattalar uchun 8 tabletka (16 mg) ni tashkil etadi; bu doza bolalar uchun bolaning tana vaznidan kelib chiqib hisoblanishi kerak (20 kg tana vazniga 3 tabletka).

O‘tkir diareyada, agar 48 soat davomida klinik belgilarni yaxshilanishi kuzatilmasa, loperamid gidroxloridini qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarni davolash uchun qo‘llanishi.

Keksa yoshdagi pasientlar uchun preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Buyrak faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi.

Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Jigar faoliyatini buzilishlarida qo‘llanishi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga loperamidning ta‘siri yuzasidan farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘qligi sababli, bunday pasientlarda jigar orqali birinchi marta o‘tish metabolizmi sekinlashganligi sababli, preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, bullyoz toshma, Stivens-Djonson sindromi, ko‘p shaklli eritema va toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi), shuningdek og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik shok va anafilaktoid reaksiyalar.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: qabziyat, meteorizm, og‘izni qurishi, qorinda sanchiqlar va spazmlar, abdominal og‘riq, ichak tutilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, megakolon, shu jumladan toksik megakolon; dispepsiya.

Siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: siydikni tutilishi.

Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, xushni yo‘qolishi, ongni chalkashishi, tremor.

Preparatni qabul qilish vaqtida yuqorida sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar bilan bir qatorda, diareya sindromiga xos bo‘lgan simptomlar (abdominal og‘riq / diskomfort, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, toliqish hissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, meteorizm) namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu simptomlar va nojo‘ya samaralarning namoyon bo‘lishini farqlash qiyin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Loperamid gidroxloridiga yoki preparatning biron bir boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik. Galaktozani o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi.

Quyidagilar bo‘lgan pasientlarga birlamchi davolash sifatida qo‘llanilmasin:

  • ichni qon aralash kelishi va isitmasi bo‘lgan o‘tkir dizenteriya;
  • keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan antibiotiklarni qo‘llash oqibatida rivojlangan o‘tkir yarali va soxta membranoz kolit;
  • Salmonella, Shigella yoki Campylobacter keltirib chiqargan bakterial enterokolit;
  • preparatni metabolizmi uchun zarur bo‘lgan jigar faoliyatini buzilishlari, chunki bu dozani nisbiy oshirib yuborilishiga olib kelishi mumkin.

Ahamiyatli darajadagi asoratlarni, shu jumladan, ichak tutilishi, megakolon va toksik megakolonni rivojlanish xavfi borligi sababli, ichak harakatini susaytirish mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llash mumkin emas.

Agar qabziyat, qorinni dam bo‘lishi yoki qisman ichak tutilishi rivojlansa, preparat qabul qilishni darhol to‘xtatish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Zamburug‘larga qarshi preparatlar. Itrakonazol loperamidning plazmadagi cho‘qqi konsentrasiyasini ahamiyatli darajada (3-4 marta) oshiradi, shuningdek preparatning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi. Loperamid va ketokonazolni bir vaqtda qabul qilish loperamidning zardobdagi darajasini 5 marta oshiradi, biroq bu preparatning farmakokinetik samaralarini oshishiga olib kelmaydi.

Gipolipidemik vositalar. Loperamid va gemfibrozilni bir vaqtda qabul qilish qonda loperamidning konsentrasiyasini 2 marta oshiradi va uning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi.

Itrakonazol va gemfibrozil majmuasi loperamid bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon zardobida loperamidning darajasini 4 marta oshishiga olib keladi va qon zardobida preparatni mavjud bo‘lish vaqtini 13 marta uzaytiradi, lekin bu ko‘rsatkichlar markaziy nerv tizimining faoliyatiga ta‘sir qilmaydi.

R-glikoproteinlarning ingibitorlari. Loperamidni (16 mg dozada) ritonavir yoki xinidin bilan bir vaqtda qo‘llanishi plazmada loperamidning biokiraolishligini 2-3 marta oshishiga olib kelishi mumkin.

Antibakterial preparatlar. Ko-trimoksazolni qo‘llash loperamidning biokiraolishligini oshiradi.

Antiaritmik preparatlar. Xinidin va loperamidni bir vaqtda qo‘llanishi nafas faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin.

Gipotalamus, gipofiz gormonlari, gonadotrop gormonlar va ularning antagonistlari. Desmopressin va loperamidni birga qo‘llash me‘da-ichak yo‘llarida desmopressinning so‘rilishini oshishi hisobiga uning qon zardobidagi darajasini 2 marta oshishiga olib keladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diareyani davolash simptomatik xarakterga ega. Agar kasallikning etiologiyasini aniqlash mumkin bo‘lsa (yoki uni aniqlash zarurati ko‘rsatilgan bo‘lsa), imkoniyatga qarab spesifik davolash o‘tkazish kerak (preparat infeksion kasalliklarda antibakterial davolash o‘rnini bosmaydi).

Diareyani davolash vaqtida (ayniqsa, bolalarda) yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarni o‘rnini to‘ldirish va parhezga rioya qilish kerak.

Organizmni suvsizlanishi kuzatilganida, keksa yoshdagi pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (suyuqlik va elektrolitlarni yo‘qolish havfi mavjud).

Orttirilgan immun tanqislik sindromi bo‘lgan, diareyani davolash uchun preparatni qabul qilayotgan pasientlar, qorin dam bo‘lishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatishlari kerak. OITS bilan xastalangan, ham viruslar, ham bakteriyalar chaqirgan infeksion koliti bo‘lgan pasientlar, loperamid bilan davolanganda toksik megakolonni paydo bo‘lish hollari haqida alohida xabarlar mavjud.

Garchi jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun farmakokinetik ma‘lumotlar yo‘q bo‘lsa-da, jigar orqali birinchi marta o‘tish metabolizmi sekinligi sababli, bunday pasientlarga loperamidni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Markaziy nerv tizimining toksik shikastlanish belgilarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni yaxshilab kuzatish kerak.

Yarali kolitni zo‘rayishi kuzatilgan hollarda pasientlarga loperamidni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Ovqatni ichak bo‘ylab o‘tish vaqtini uzaytiruvchi dori preparatlar bu guruh pasientlarda toksik megakolonni rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Loperamid metabolizmga yaxshi uchrashini, loperamid va uning metabolitlari axlat bilan chiqarilishini hisobga olib, odatda buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga loperamidning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Loperamidning teratogen va embriotoksik xususiyatlari yuzasidan ma‘lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, homiladorlik davrida, ayniqsa I uch oyligida ona uchun kutilgan terapevtik samara, homila/bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina preparatni buyurish kerak.

Loperamid oz miqdorda ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish tavsiya etiladi.

Bolalar. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati. Preparat odatda psixomotor reaksiyalar tezligiga ta‘sir qilmaydi, biroq holsizlik, toliqish, uyquchanlik yoki bosh aylanishi rivojlanganida avtotransportni boshqarish yoki murakkab texnikalar bilan ishlash tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: markaziy nerv tizimi faoliyatini susayishi (stupor, koordinasiyani buzilishi, uyquchanlik, mioz, mushaklar gipertonusi, nafasni susayishi), siydikni tutilishi va ichak tutilishi simptomlariga o‘xshash bo‘lgan simptomlar kompleksi kuzatiladi. Bolalarda gematoensefalik to‘siq to‘liq faoliyat ko‘rsatmasligi sababli, ular markaziy nerv tizimiga nisbatan ta‘siriga sezgirdir.

Davolash: preparatning dozasi oshirib yuborilganida, darhol me‘dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mir yuborish kerak. Antidot sifatida nalokson qo‘llanadi (vena ichiga 0,4 mg/ml dozada, 2-3 minutlik interval bilan, ko‘p marta yuboriladi, chunki loperamid gidroxloridining ta‘sir davomiyligi naloksonga nisbatan ko‘pdir (1-3 soat)). Birinchi 48 soat davomida yaxshilab kuzatish muhim hisoblanadi. Zarurat bo‘lganida nafas faoliyatini yetarli darajada ushlab turish kerak.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 2 blister qutida.

Saqlash sharoiti

Original o‘ramda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 dori vositasi Nika Pharm tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
LOPERAMID tabletkalari 2mg N20
LOPERAMID tabletkalari
LOPERAMID 0,002 tabletkalari N20
LOPERAMID tabletkalari 2 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: SPRING PHARMACEUTIC, ООО
LOPERAMID-SAMO tabletkalari 2 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
LOPERAMID-SAMO tabletkalari 2 mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
LOPERAMID-SAMO tabletkalari 2 mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
LOPERAMID-SAMO tabletkalari 2 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Samo, OOO
LOPERAMID tabletkalari 2 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Novo Farm Komplekt, ООО
LOPERAMID REMEDY tabletkalari 2mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
LOPERAMIDA GIDROXLORID OZ tabletkalari 2mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
LOPERAMIDA GIDROXLORID OZ tabletkalari 2mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
LOPERAMIDA GIDROXLORID OZ tabletkalari 2mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: ГНЦЛС ОЗ,ООО произведено Здоровье, ФК, ООО
MR LOPERAMID tabletkalari 2mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
MR LOPERAMID tabletkalari 2mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Merrymed Farm, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9