×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

FLUASK kapsulalar 150 mg N 1

Kategoriya:
- Zamburug'ga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Флуконазол
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- J02AC01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 113 ta dorixonasida topildi

ico 14 500 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 19 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 15 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
 4, 7, 10 kapsulalar (50 mg va 100 mg dozalarda) yoki 1 ta kapsuladan (150 mg doza kontur uyali o'ramda. Bitta kontur-uyali o'ram davlat tilida va rus tilida tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga solinadi.

капсулалар
bitta kapsula quyidagilarni saqlaydi:

- faol modda: flukonazol - 50 mg, 100 mg, 150 mg;

- yordamchi moddalar: sutli qand, mikrokristall tsellyuloza, magniy stearati, kartoshka kraxmali, natriy kraxmal glikolyati.

Flukonazol – triazolli zamburug'larga qarshi vosita bo'lib, zamburug'larning hujayralarida sterollar ishlab chiqarilishining kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Flukonazol in vitro sharoitida va klinik infektsiyalarda quyidagi mikroorganizmlarning ko'pchiligiga nisbatan faollik namoyish qilgan: Candida albicans, Candida glabrata (ko'pchilik shtammlari o'rtacha sezgir), Candida pararsilosis, Candida tropicalis, Cryptococcus neoformans. Quyidagi mikroorganizmlar: Candida dubliniensis, Candida guilliermondii, Candida kefyr, Candida lusitaniae ga nisbatan flukonazolning in vitro faolligi ko'rsatilgan, lekin buning klinik ahamiyati noma'lum. Ichga qabul qilinganda flukonazol hayvonlardagi zamburug'li infektsiyalarning turli modellarida faollik namoyon qiladi. Preparatning opportunistik mikozlarda faolligi namoyish qilingan, shu jumladan Candida spp.(shu jumladan immuniteti susaygan hayvonlardagi tarqoq kandidoz), Cryptococcus neoformans (shu jumladan bosh miya ichki infektsiyalari), Micosporum spp. Trychophyton spp.lar chaqirgan. Shuningdek hayvonlarda endemik mikozlar modellarida, shu jumladan immuniteti normal va susaygan hayvonlarda Blastomyces dermatitidis, Coccidioides immitis (shu jumladan bosh suyagi ichki infektsiyalari) va Histoplasma capsulatum chaqirgan infektsiyalarda flukonazolning faolligi aniqlangan. Flukonazol tsitoxrom R450 ga bog'liq bo'lgan zamburug'fermentlariga nisbatan yuqori spesifiklikka ega. Sutkada 50 mg flukonazol bilan 28 kungacha bo'lgan vaqt davomidagi davolash, erkaklarda qon plazmasida testosteronning kontsentrasiyasiga yoki tug'ruq yoshidagi ayollarda steroidlarning kontsentrasiyasiga ta'sir qilmaydi. Flukonazol sog'lom ko'ngilli erkaklarda sutkada 200-400 mg dozalarda endogen steroidlarning darajasiga va adrenokortikotrop gormonni (AKTG) rag'batlantirilishiga ularning reaktsiyasiga klinik ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Flukonazolga rezistentlik rivojlanish mexanizmi Flukonazolga rezistentlik quyidagi hollarda rivojlanishi mumkin: flukonazol uchun nishon bo'lgan fermentning (lanosteril 14-α-demetilaza) sifat va miqdoriy o'zgarishi, nishonga flukonazolni etishini kamayishi yoki bu mexanizmlarning kombinasiyasi. Ferment-nishonni kodlovchi ERG11 genidagi nuqtali mutasiyalar, nishonni o'zgarishiga va azollarga yaqinlikning pasayishiga olib keladi. ERG11 geni ekspressiyasining oshishi ferment-nishonning yuqori kontsentrasiyalarini ishlab chiqarilishiga olib keladi, bu hujayradagi fermentning hamma molekulalarini susaytirish uchun hujayra ichki suyuqligida flukonazolning kontsentrasiyasini oshirish ehtiyojini hosil qiladi. Rezistentlik ikkinchi ahamiyatli mexanizmi preparatlarni zamburug'hujayrasidan faol chiqarilishida (efflyuksda) ishtirok etuvchi ikkita turdagi transporterlarning faollashishi oqibatida flukonazolni hujayra ichki bo'shlig'idan faol chiqarilishidan iborat. Bunday tashuvchilarga MDR genlari (ko'p sonli dorilarga chidamlilik) tomonidan kodlanuvchi nisbatan asosiy o'rtakash modda va CDR genlari (Candida zamburug'larini azolli antimikotiklarga rezistentlik genlari) tomonidan kodlanuvchi tashuvchilarning ATF ni bog'lovchi kassetalarining superoilalari kiradi. MDR genlarining giperekspressiyasi flukonazolga nisbatan rezistentlikka olib keladi, shu vaqtning o'zida CDR genlarining giperekspressiyasi turli azollarga nisbatan rezistentlikka olib kelishi mumkin. Candida glabrata ga nisbatan rezistentlik odatda CDR genini giperekspressiyasi bilan bog'liq bo'lib, bu ko'pchilik azollarga nisbatan rezistentlikka olib keladi. Minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentrasiya (MIK) oraliq (16-32 mkg/ml) sifatida belgilangan shtammlar uchun flukonazolning maksimal dozalarini qo'llash tavsiya etiladi. Candida krusei ga flukonazolga nisbatan turg'un zamburg'sifatida qarash kerak. Rezistentlik mexanizmi flukonazolning ingibitsiya qiluvchi ta'siriga ferment-nishonning pasaygan sezgirligi bilan bog'liq.
Сўрилиши

Флуконазолнинг фармакокинетикаси вена ичига юборилганида ва ичга қабул қилинганида ўхшаш. Ичга қабул қилинганидан кейин флуконазол яхши сўрилади, унинг қон плазмасидаги концентрацияси (ва умумий биокираолиши) вена ичига юборилгандаги шундай кўрсаткичидан 90% юқори. Овқат билан биргаликда қабул қилиш флуконазолнинг сўрилишига таъсир қилмайди. Қон плазмасидаги концентрацияси дозага пропорционал ва максимумига (Сmax) флуконазол оч қоринга қабул қилинганидан кейин 0,5-1,5 соат ўтгач эришилади, яримчиқарилиш даври эса, тахминан 30 соатни ташкил қилади.

Тақсимланиши

Тўқсон фоизли мувозанатли концентрациясига даволаш бошланганидан кейин 4-5-кунларда эришилади (препаратни суткада бир марта кўп маротаба қабул қилинганида). Капсула қабул қилинганда флуконазолнинг сўлакдаги максимал концентрациясига 4 соат ўтгач эришилади.

Одатдаги суткалик дозадан икки марта юқори зарбли дозани юбориш (1-куни), 2-куни 90% ли мувозанат концентрациясига эришиш имконини беради. Тақсимланиш хажми организмдаги сувнинг умумий миқдорига яқинлашади. Плазма оқсиллари билан боғланиши паст – 11-12% ни ташкил этади.

Флуконазол организмнинг ҳамма суюқликларига яхши киради. Флуконазолнинг сўлак ва балғамдаги концентрацияси унинг қон плазмасидаги концентрациясига ўхшаш. Замбуруғли менингити бўлган беморларда флуконазолнинг орқа мия суюқлигидаги концентрацияси қон плазмасидаги унинг концентрациясидан тахминан 80 фоизини ташкил қилади.

Терининг муғуз қаватида, эпидермисда, дермада ва тер суюқлигида юқори концентрацияларга эришилади, улар зардобдагидан юқори бўлади. Флуконазол терининг шох қаватида тўпланади. Суткада бир марта 50 мг доза қабул қилинганда флуконазолнинг концентрацияси 12 кун ўтгач 73 мкг/г ни, даволаш тўхтатилганидан кейин 7 кун ўтгач эса - фақат 5,8 мкг/г ни ташкил қилади. Ҳафтада бир марта 150 мг доза қўлланганида флуконазолнинг концентрацияси шох қаватда 7-куни 23,4 мкг/г ни, иккинчи доза қабул қилинганидан кейин 7 кун ўтгач эса - 7,1 мкг/г ни ташкил қилади.

Ҳафтада бир марта 150 мг дозада 4 ой қўллагандан кейин тирноқларда флуконазолнинг концентрацияси соғлом тирноқларда 4,05 мкг/г ва шикастланган тирноқларда 1,8 мкг/г ни ташкил қилади; даволаш якунланганидан кейин 6 ой ўтгач, флуконазол тирноқларда олдингидек аниқланади.

Метаболизм ва чиқарилиши

Препарат асосан буйрак орқали чиқарилади; юборилган дозанинг тахминан 80 фоизи ўзгармаган ҳолда сийдикда аниқланади. Флуконазолнинг клиренси креатинин клиренсига пропорционал. Қонда айланиб юрувчи метаболитлари аниқланмаган.

Қон плазмасидан узоқ муддатли яримчиқарилиш даври флуконазолни қин кандидозида бир марта ва бошқа кўрсатмаларда суткада бир марта ёки ҳафтада бир марта қабул қилиш имконини беради.

Yosh

Doza

Ярим чиқарилиш даври, соат

Kontsentrasiya-vaqt" egri chizig'i osti maydoni (AUC), mkg/soat/ml

9 oylik - 13 yosh

Bir marta ichga qabul qilishga

2 mg/kg

25,0

94,7

9 oylik - 13 yosh

Bir marta ichga qabul qilishga

8 mg/kg

19,5

362,5

O'rtacha 7 yosh

Ko'p marta ichga qabul qilishga

3 mg/kg

15,5

41,6

Keksa bemorlardagi farmakokinetikasi

Flukonazol ichga 50 mg dozada 65 yosh va undan katta keksa bemorlarda bir marta qo'llanganda, ulardan ayrimlari bir vaqtda diuretiklarni qabul qilganlar, Smax ga qabul qilingandan keyin 1,3 soat o'tgach erishilgan va 1,54 mkg/ml ni, AUC ning o'rtacha qiymati – 76,4±20,3 mkg×soat/ml, yarimchiqarilishining o'rtacha davri esa - 46,2 soatni tashkil qilgan. Bu farmakokinetik ko'rsatkichlarning qiymatlari yosh bemorlardagiga qaraganda yuqori, bu, ehtimol, keksa yoshlilar uchun xos bo'lgan buyrak funktsiyasining pasayishi bilan bog'liqdir. Diuretiklarni bir vaqtda qabul qilish AUC va Smax ni yaqqol o'zgarishlarini chaqirmagan.

Kreatinin klirensi (minutiga 74 ml), o'zgarmagan xolda buyraklar orqali chiqarilayotgan flukonazolning foizi (0-24 soat, 22%) va flukonazolning buyrak klirensi (minutiga 0,124 ml/kg) keksa bemorlarda yoshlar bilan solishtirganda past bo'lgan.

Har qanday dori vositasi kabi, Fluask ham, har bir iste'molchida kuzatilmasada, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Preparat odatda juda yaxshi o'zlashtiriladi.

Ba'zi hollarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar bo'lishi mumkin:

nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi, tirishishlar, ta'm sezishning o'zgarishi, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, tremor;

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og'riq, diareya, meteorizm, ko'ngil aynishi, dispepsiya, qusish, og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining qurishi;

gepatobiliar tizim tomonidan: gepatotoksiklik, ayrim hollarda o'lim bilan yakunlanuvchi; bilirubin kontsentrasiyasining oshishi, zardob transaminazalari (alaninaminotransferaza /Alat/ va aspartataminotransferaza /ast/), ishqoriy fosfataza faolligining oshishi, jigar funktsiyaining buzilishi, gepatit, gepatosellyulyar nekroz, sariqlik, xolestaz, gepatosellyulyar shikastlanish;

teri qoplamlari tomonidan: toshma, alopesiya, terining eksfoliativ shikastlanishlari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz, o'tkir tarqoq ekzematoz pustulyoz, ko'p terlash, dori ta'sirida toshma;

qon yaratish a'zolari va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya, shu jumladan neytropeniya, agranulositoz va trombositopeniya;

immun tizimi tomonidan: anafilaksiya (shu jumladan angionevrotik shish, yuzning shishishi, eshakemi, qichishish);

yurak qon-tomir tizimi tomonidan: EKG da QT oralig'ining uzayishi ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qaralsin).

moddalar almashinuvi tomonidan: qon plazmasida xolesterin va trigliseridlarning kontsentrasiyasining oshishi, gipokaliemiya;

tayanch-harakat apparati tomonidan: mialgiya;

boshqalar: kuchsizlik, asteniya, kuchli toliqish, isitmalash, vertigo kuzatilishi mumkin.

Ayrim bemorlarda, ayniqsa OITS yoki saraton kabi jiddiy kasalliklari mavjud bo'lganlarda flukonazol va unga o'xshash preparatlar bilan davolashda qon, buyrak va jigar ko'rsatkichlarini o'zgarishlari kuzatilgan ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qaralsin). Lekin bu o'zgarishlarning klinik ahamiyati va ularni davolash bilan bog'liqligi aniqlanmagan.

Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtingiz yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.

Candida ning Candida albicans dan farq qiluvchi shtammlari tomonidan chaqirilgan superinfektsiya hollari haqida xabar berilgan, ular ko'pincha flukonazolga tabiiy rezistentlikka ega bo'ladilar (masalan, Candida krusei). Bunday hollarda muqobil zamburug'larga qarshi davolash talab qilinishi mumkin.

Kam hollarda flukonazolni qo'llash, shu jumladan, asosan jiddiy yondosh kasalliklari mavjud bemorlarda o'lim bilan yakunlangan, jigardagi toksik o'zgarishlar bilan birga kechgan. Flukonazolni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan gepatotoksik samaralar yuz berganida, ularni preparatning umumiy sutkalik dozasi, davolash davomiyligi, bemorning jinsi va yoshiga aniq bog'liqligi aniqlanmagan. Preparatning gepatotoksik ta'siri odatda qaytuvchan bo'lgan; davolash to'xtatilgaidan keyin uning belgilari yo'qolgan. Preparat bilan davolash vaqtida jigar funktsiyai ko'rsatkichlari buziladigan bemorlarni, jigarning jiddiyroq shikastlanish belgilarini aniqlash maqsadida kuzatish kerak. Jigar funktsiyaini izdan chiqishining klinik belgilari yoki alomatlari paydo bo'lganida, ular flukonazolni qo'llash bilan bog'liq bo'lishi mumkin, preparatni bekor qilish kerak.

Boshqa azollarni qo'llaganda bo'lgani kabi, flukonazol kam hollarda anafilaktik reaktsiyalar chaqirishi mumkin.

Flukonazol bilan davolash vaqtida kam hollarda bemorlarda Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz kabi terining eksfoliativ shikastlanishlari rivojlangan. OITV ga chalingan bemorlar ko'pchilik preparatlar qo'llanganda og'ir teri reaktsiyalar rivojlanishiga moyilroq bo'ladilar. Yuza zamburug'li infektsiyani davolash vaqtida bemorda toshma paydo bo'lganda, uni flukonazolni qo'llash bilan bog'lash mumkin, preparatni bekor qilish kerak. Invaziv yoki tizimli zamburug'li infektsiyalari mavjud bemorlarda toshma paydo bo'lganda, ularni sinchiklab kuzatish va bullez shikastlanishlar yoki ko'p shaklli ekssudativ eritema paydo bo'lganda preparatni bekor qilish kerak.

Flukonazolni sutkada 400 mg dozada va terfenadinni bir vaqtda qo'llashni sinchkovlik bilan olib boriladigan nazorat ostida o'tkazish kerak ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin).

Boshqa azollar kabi, flukonazol EKG da QT oralig'ini uzaytirishi mumkin. Flukonazol qo'llanganda QT oralig'ini uzaytirishi va yurak qorinchalarini xilpillashi yoki lipillashi yurakning organik kasalliklari, elektrolitli muvozanatning buzilishi va bunday buzilishlarning rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash kabi ko'p sonli xavf omillariga ega og'ir kasalliklari mavjud bemorlarda juda kam aniqlangan. Shuning uchun potentsial proaritmik holatlari mavjud bunday bemorlarda flukonazolni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.

Jigar, yurak va buyrak kasalliklari mavjud bemorlarga preparatni qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Vaginal kandidoz bo'yicha 150 mg flukonazol qo'llanganda bemorlar holatni yaxshilanishi odatda 24 soat o'tgandan keyin kuzatilishi haqida ogohlantirilgan bo'lishlari kerak, lekin ularni butunlay yo'qolishi uchun ba'zida bir necha kun talab etiladi. Bir necha kun davomida belgilar saqlanganda, shifokorga murojaat qilish kerak.

kriptokokkoz, vklyuchaya kriptokokkoviy meningit i infektsii drugoy lokalizasii (naprimer, legkix, koji), v tom chisle u bolnix s normalnim immunnim otvetom i bolnix Spidom, resipientov peresajennix organov i bolnix s drugimi formami immunodefisita; podderjivayutshaya terapiya s tselyu profilaktiki residivov kriptokokkoza u bolnix Spidom;

generalizovanniy kandidoz, vklyuchaya kandidemiyu, disseminirovanniy kandidoz i drugie formi invazivnoy kandidoznoy infektsii, takie kak infektsii bryushini, endokarda, glaz, dixatelnix i mochevix putey, v tom chisle, u bolnix so zlokachestvennimi opuxolyami, naxodyatshixsya v otdeleniyax intensivnoy terapii i poluchayutshix tsitotoksicheskie ili immunosupressivnie sredstva, a takje u bolnix s drugimi faktorami, predraspolagayutshimi k razvitiyu kandidoza;

kandidoz slizistix obolochek, vklyuchaya slizistie polosti rta i glotki, pitshevoda, neinvazivnie bronxolegochnie infektsii, kandiduriya, kojno-slizistiy i xronicheskiy atroficheskiy kandidoz polosti rta (svyazanniy s nosheniem zubnix protezov), v tom chisle u bolnix s normalnoy i podavlennoy immunnoy funktsiey; profilaktika residiva orofaringealnogo kandidoza u bolnix Spidom;

genitalniy kandidoz; ostriy ili residiviruyutshiy vaginalniy kandidoz; profilaktika s tselyu umensheniya chastoti residivov vaginalnogo kandidoza (3 i bolee epizodov v god); kandidozniy balanit;

profilaktika gribkovix infektsiy u bolnix so zlokachestvennimi opuxolyami, predraspolojennix k takim infektsiyam v rezultate tsitotoksicheskoy ximioterapii ili luchevoy terapii;

Mikozi koji, vklyuchaya Mikozi stop, tela, paxovoy oblasti, otrubevidniy lishay, onixomikoz i Kojnie kandidoznie infektsii;

Glubokie endemicheskie Mikozi u bolnix s normalnim immunitetom, koktsidioidomikoz, parakoktsidioidomikoz, sporotrixoz i gistoplazmoz.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Fluask quyidagi holatlarda qo'llanilmasin:

flukonazolga, preparatning boshqa tarkibiy qismlariga yoki tuzilishi bo'yicha flukonazolga o'xshash azolli moddalarga yuqori sezuvchanlik;

flukonazol sutkada 400 mg va ko'proq dozada ko'p marta qo'llash vaqtida terfenadinni bir vaqtda qabul qilish ("Dorilarningo'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin);

tsizaprid, astemizol, eritromisin, pimozid va xinidin kabi QT oralig'ini oshiruvchi va CYP3A4 izofermenti yordamida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash ("dorilarning o'zaro ta'siri" bo'limiga qaralsin);

glyukozani o'zlashtirolmaslik, laktaza etishmovchiligi va glyukoza/galaktoza so'rilishining buzilishi;

3 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun) da qo'llash mumikn emas.


Ehtiyotkorlik bilan

jigar funktsiyai ko'rsatkichlarining buzilishi;

buyraklar funktsiyaining buzilishi;

yuza joylashgan zamburug'li infektsiya va invaziv/tizimli zamburug'li infektsiyalari mavjud bemorlarda flukonazolni qo'llash fonida toshmaning paydo bo'lishi;

terfenadin va flukonazolni sutkada 400 mg dan kamroq dozada bir vaqtda qo'llash;

ko'p sonli xavf omillari mavjud bemorlardagi potentsial proaritmik holatlar da extiyotkorlik bilan qo'llaniladi (yurakning organik kasalliklari, elektrolit balansini buzilishlari va bunday buzilishlarni rivojlanishiga yordam beruvchi yondosh davolash).

Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga xabar bering. Flukonazolni 50 mg dozada bir marta yoki ko'p marta qabul qilish, fenazon (antipirin) ning metabolizmiga, ular bir vaqtda qabul qilinganida, ta'sir qilmaydi. Flukonazolni quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash mumkin emas: Tsizaprid: flukonazol va tsizaprid bir vaqtda qo'llanganida yurak tomonidan noxush reaktsiyalar, shu jumladan, "piruet" turidagi (torsade de pointes) taxisistolik qorincha aritmiyasi kuzatilishi mumkin. Flukonazolni 200 mg dozada sutkada 1 marta va tsizapridni 20 mg dozada sutkada 4 marta qo'llash, tsizapridning plazmadagi kontsentrasiyasini yaqqol oshishiga va EKG da QT oralig'ining oshishiga olib keladi. Tsizaprid va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish mumkin emas. Terfenadin: azol guruhi zamburug'larga qarshi vositalar va terfenadin bir vaqtda qo'llanganda, QT oralig'ining oshishi natijasida jiddiy aritmiyalar paydo bo'lishi mumkin. Flukonazol sutkada 200 mg dozada qabul qilinganda QT oralig'ining oshishi aniqlanmagan, lekin, flukonazolni sutkada 400 mg va undan yuqori dozada qo'llash, qon plazmasida terfenadin kontsentrasiyasining ahamiyatli oshishini chaqiradi. Flukonazolni sutkada 400 mg va undan yuqori dozalarda terfenadin bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qaralsin). Sutkada 400 mg dan kamroq dozalardagi flukonazol va terfenadin bilan birga davolashni jiddiy nazorat ostida o'tkazish kerak. Astemizol: flukonazolni astemizol yoki metabolizmi tsitoxrom R450 tizimi tomonidan amalga oshiriladigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo'llash, bu vositalarning zardobdagi kontsentrasiyalarini oshishi bilan birga kechishi mumkin. Qon plazmasida astemizolning kontsentrasiyasini oshishi QT oralig'ining cho'zilishiga va ayrim hollarda "piruet" turidagi (torsade de pointes) taxisistolik qorincha aritmiyasi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Astemizol va flukonazolni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Pimozid: muvofiq in vitro yoki in vivo tadqiqotlar o'tkazilmaganligiga qaramay, flukonazol va pimozidni bir vaqtda qo'llash, pimozidning metabolizmini susayishiga olib kelishi mumkin. O'z navbatida pimozidning plazmadagi kontsentrasiyasini oshishi QT oralig'ining uzayishi va ayrim hollarda "piruet" turidagi (torsade de pointes) taxisistolik qorincha aritmiyasining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Pimozid va flukonazolni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Xinidin: muvofiq in vitro yoki in vivo tadqiqotlar o'tkazilmaganligiga qaramay, flukonazol va xinidinni bir vaqtda qo'llash ham xinidinning metabolizmini susayishiga olib kelishi mumkin. Xinidinni qo'llash QT oralig'ining uzayishi va ayrim hollarda "piruet" turidagi (torsade de pointes) taxisistolik qorincha aritmiyasini rivojlanishi bilan bog'liq. Xinidin va flukonazolni bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Eritromisin: flukonazol va eritromisinni bir vaqtda qo'llash potentsial kardiotoksiklikni (QT oralig'ining uzayishi) torsade de pointes) rivojlanishiga va buning oqibatida, to'satdan yurak to'xtab, o'limga olib kelishi mumkin. Quyidagi preparatlar va flukonazolni bir vaqtda qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish va, ehtimol, dozaga tuzatish kiritish kerak. Flukonazol ta'sir etuvchi preparatlar Gidroxlortiazid: flukonazol bilan gidroxlortiazidni bir vaqtda ko'p marta qo'llash, qon plazmasida flukonazolning kontsentrasiyasini 40% ga oshishiga olib keladi. Bu darajada ifodalangan samara bir vaqtda diuretiklarni qabul qilayotgan bemorlarda flukonazolning dozalash tartibini o'zgartirishni talab qilmaydi, lekin shifokor buni hisobga olishi kerak. Rifampisin: flukonazol va rifampisinni bir vaqtda qo'llash, flukonazolning AUC ni 25% ga pasayishiga va yarimchiqarilish davri davomiyligini 20% ga pasayishiga olib keladi. Bir vaqtda rifampisin qabul qilayotgan bemorlarda, flukonazolning dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish kerak. Flukonazol ta'siri ostida bo'ladigan preparatlar: Flukonazol tsitoxrom R450 ning CYP2C9 va CYP2C19 izofermentining kuchli ingibitori va SUR3A4 izofermentining o'rtacha ingibitori hisoblanadi. Bundan tashqari, keyinchalik quyida sanab o'tilgan samaralardan tashqari, flukonazol bilan bir vaqtda qabul qilinganda CYP2C9, CYP2C19 va CYP3A4 izofermentlari tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalarining qon plazmasidagi kontsentrasiyasining oshishi xavfi bor. Shuning uchun, sanab o'tilgan preparatlar bir vaqtda qo'llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, bunday kombinasiyalarning zarurati tug'ilganida esa, bemorlar sinchkovlik bilan olib boriladigan tibbiy kuzatuv ostida bo'lishlari kerak. Uzoq muddatli yarim chiqarilish davri tufayli preparat bekor qilinganidan keyin 4-5 kun davomida flukonazolning ingibitsiya qiluvchi samarasi saqlanib qolishini hisobga olish kerak. Alfentanil: alfentanilning klirensini va taqsimlanish hajmining kamayishi, yarimchiqarilish davrining oshishi kuzatiladi. Ehtimol, bu flukonazolni CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi bilan bog'liqdir. Alfentanilning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Amitriptilin, nortriptilin: samaraning oshishi. Besh-nortriptilin va/yoki S-amitriptilin kontsentrasiyasini, flukonazol bilan majmuaviy davolashni boshida va davolash boshlanganidan keyin bir hafta o'tgach o'lchash mumkin. Zarurati bo'lganda amitriptilin/nortriptilinning dozasiga tuzatish kiritish kerak. Amfoterisin V: sichqonlarda o'tkazilgan (shu jumladan, immunosupressiyali sichqonlarda) tadqiqotlarda quyidagi natijalar aniqlangan: C. albicans chaqirgan tizimli infektsiyada katta bo'lmagan additiv zamburug'larga qarshi samara, Cryptocjccus neoformans chaqirgan bosh suyagi ichki infektsiyada o'zaro ta'sirning yo'qligi va A. fumigatus chaqirgan tizimli infektsiyada antagonizm kuzatilgan. Ushbu natijalarning klinik ahamiyati noma'lum. Antikoagulyantlar: boshqa zamburug'larga qarshi pareparatlar (azol hosilalari) kabi flukonazol ham varfarin bilan bir vaqtda qo'llanganda, protrombin vaqtini oshiradi (12% ga), shu tufayli qon ketishi (gematomalar, burundan va me'da-ichak yo'lidan qon ketishi, gematuriya, melena) rivojlanishi mumkin. Kumarin antikoagulyantlari va flukonazolni qabul qilayotgan bemorlarda protrombin vaqtini, davolash davrida doimo va bir vaqtda qo'llangandan keyin 8 kun davomida nazorat qilish kerak. Shuningdek varfarinning dozasiga tuzatish kiritish maqsadga muvofiqligini baholash kerak. Azitromisin: flukonazol 800 mg bir martalik dozada va azitromisin 1200 mg bir martalik dozada ichga bir vaqtda qo'llanganda, ikkala preparatlar orasida yaqqol farmakokinetik o'zaro ta'sir aniqlanmagan. Benzodiazepinlar (qisqa ta'sirli): midazolam ichga qabul qilinganidan keyin, flukonazol midazolamning kontsentrasiyasini va ruhiy-harakat samaralarini ahamiyatli oshiradi, bunda bu ta'sir flukonazol vena ichiga yuborilgandagiga qaraganda, ichga qabul qilingandan keyin yaqqolroqdir. Flukonazolni qabul qilayotgan bemorlarni benzadiazepinlar bilan yondosh davolash zarurati tug'ilganida, benzodiazepinning dozasini muvofiq pasaytirish maqsadga muvofiqligini baxolash maqsadida kuzatish kerak. Bir vaqtda triazolamning bir martalik dozasi qabul qilinganda, triazolamning metabolizmini susayishi tufayli, flukonazol triazolamning AUC ko'rsatkichini taxminan 50% ga, Cmax ni – 25-50% ga va yarimchiqarilish davrini 25-50% ga oshiradi. Triazolamning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo'lishi mumkin. Karbamazepin: flukonazol karbamazepinning metabolizmini susaytiradi va karbamazepinning zardobdagi kontsentrasiyasini 30% ga oshiradi. Karbamazepinning toksikligi rivojlanish xavfini hisobga olish kerak. Kontsentrasiya/samaraga qarab, karbamazepinning dozasiga tuzatish kiritish zaruratini baholash kerak. Kaltsiy kanallarining blokatorlari: kaltsiy kanallarining ayrim antagonistlari (nifedipin, isradipin, amlodipin, verapamil va felodipin) CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Flukonazol kaltsiy kanallari antagonistlarining tizimli ekspozisiyasini oshiradi. Nevirapin: flukonazol va nevirapinni birga qabul qilish, nevirapinni alohida qo'llanishi bo'yicha nazorat ma'lumotlari bilan solishtirganda, nevirapinning ekspozisiyasini taxminan 100% ga oshiradi. Dori preparatlari yondosh qo'llanganda nevirapinni ko'p chiqarilishini oshishi xavfi tufayli, ma'lum ehtiyotkorlikka rioya qilish va bemorlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Tsiklosporin: buyrak ko'chirib o'tkazilgan bemorlarda, flukonazolni sutkada 200 mg dozada qo'llash, tsiklosporinning kontsentrasiyasini sekin oshishiga olib keladi. Lekin flukonazol sutkada 100 mg dozada ko'p marta qo'llanganda, suyak ko'migi resipientlarida Tsiklosporin kontsentrasiyasining o'zgarishi kuzatilmaydi. Flukonazol va Tsiklosporin bir vaqtda qo'llanganda, qonda tsiklosporinning kontsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Tsiklofosfamid: tsiklofosfamid va flukonazol bir vaqtda qo'llanganda, bilirubin va kreatininning zardobdagi kontsentrasiyalari oshishi aniqlanadi. Ushbu majmuani qo'llash uchun bilirubin va kreatinin kontsentrasiyalarining oshish xavfini hisobga olish kerak. Fentanil: fentanil va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan bir o'lim xaqida xabar bor. Buzilishlar fentanilli zaharlanish bilan bog'liq deb taxmin qilinadi. Flukonazol fentanilning chiqarilish vaqtini ahamiyatli uzaytirishi ko'rsatilgan. Fentanil kontsentrasiyasining oshishi nafas funktsiyaining susayishiga olib kelishi mumkinligini hisobga olish kerak. Galofantrin: flukonazol CYP3A4 izofermentini ingibitsiya qilishi tufayli qon plazmasida galofantrinning kontsentrasiyasini oshirishi mumkin. Azol qatori boshqa preparatlar kabi flukonazol bilan bir vaqtda qo'llanganda "piruet" (torsade de pointes) turidagi qorinchali taxisistolik aritmiya rivojlanishi mumkin va ularni birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 15ºS dan 25ºS gacha bo'lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.


Yaroqlilik muddati

Ikki yil.

tiniq bo'lmagan, №2-o'lchamli, qattiq, oq jelatinli kapsulalar.

Kapsula ichidagisi– oq yoki deyarli oq rangli kukun.

Ҳар доим Флуаскни Сизнинг даволовчи шифокорингиз тавсияларига аниқ қатъий амал қилган ҳолда қўлланг. Агар Сиз нимадандир иккилансангиз, ўзингизнинг шифокорингиз ёки фармацевтингиздан сўранг.

Ичга қабул қилиш учун. Капсулалар бутунлигича ютилади.

Даволашни экиш ва бошқа лаборатор текширишларнинг натижалари олингунча бошлаш мумкин. Лекин бу текширишларнинг натижалари маълум бўлганда замбуруғларга қарши даволашни мувофиқ тарзда ўзгартириш керак.

Беморни препаратни вена ичига юборишдан перорал қабул қилишга ўтказишда ёки аксинча, суткалик дозани ўзгартириш талаб этилмайди.

Флуаск препаратининг суткалик дозаси замбуруғли инфекциянинг хусусияти ва оғирлигига боғлиқ. Вагинал кандидозда кўпчилик ҳолларда препаратни бир марта қабул қилиш самарали. Препаратни такрорий қабул қилишни талаб қилувчи инфекцияларда, даволашни фаол замбуруғли инфекциянинг клиник ёки лаборатор белгилари йўқолгунича давом эттириш керак. ОИТС ва криптококкли менингити ёки қайталанувчи орофаренгиал кандидози мавжуд беморларда инфекциянинг қайталанишларини олдини олиш учун одатда ушлаб турувчи даволашни ўтказиш керак.

Катталарда қўлланиши

1. Криптококкли менингит ва бошқа соҳаларда жойлашган криптококкли инфекцияларда биринчи куни одатда 400 мг қўлланади, сўнгра эса даволаш суткада бир марта
200-400 мг дозада давом эттирилади. Криптококкли инфекцияларни даволаш давомийлиги клиник ва микологик самара бўлишига боғлиқ; криптококкли менингитда даволаш одатда энг камида 6-8 ҳафта давом эттирилади. ОИТС чалинган беморлардаги криптококкли менингитнинг қайталанишини олдини олиш учун, бирламчи даволашнинг тўлиқ курси якунланганидан кейин Флуаск препарати билан суткада 200 мг дозада даволашни жуда узоқ муддат давом эттириш мумкин.

2. Кандидемияда, тарқалган кандидозда ва бошқа инвазив кандидозли инфекцияларда доза одатда биринчи куни 400 мг ни, сўнгра суткада 200 мг данни ташкил қилади. Клиник самаранинг яққоллигига қараб, доза суткада 400 мг гача оширилиши мумкин. Даволаш давомийлиги клиник самарадорликка боғлиқ.

3. Орофарингеал кандидозда препарат одатда 5-100 мг дан суткада бир марта 7-14 кун давомида қўлланади. Зарурати бўлганда, иммун функцияси яққол сусайган беморларда даволаш узоқроқ вақт давом эттирилиши мумкин. Тиш протезларини тақиш билан боғлиқ бўлган оғиз бўшлиғининг атофик кандидозида препарат одатда 50 мг дозада суткада бир марта 14 кун давомида, протезга ишлов бериш учун маҳаллий антисептик воситалар билан бирга қўлланади.

Шиллиқ қаватларнинг бошқа кандидозли инфекцияларида (генитал кандидоздан ташқари, қуйига қаранг), масалан, эзофагитда, ноинвазив бронх-ўпка инфекцияларида, кандидурияда, тери ва шиллиқ қаватларнинг кандидозида ва х.к., самарали доза одатда суткада 50-100 мг ни ташкил қилади, даволаш давомийлиги 14-30 кунга тенг бўлади.

ОИТС га чалинган беморларда орофарингеал кандидозни қайталанишларини олдини олиш учун флуконазол  билан бирламчи даволашнинг тўлиқ курси якунланганидан кейин, ҳафтада бир марта 150 мг дан қўллаш мумкин.

4. Вагинал кандидозда флуконазол  ичга бир марта 150 мг дозада қўлланади.

Вагинал кандидознинг қайталанишлари сонини камайтириш учун ҳафтада бир марта 150 мг дозада қўллаш мумкин. Қайталанишга қарши даволаш давомийлиги шахсий равишда белгиланади, ва, одатда, 6 ойни ташкил қилади. Уч ёшдан 18 ёшгача бўлган болалар ва 60 ёшдан катта беморларда бир марталик дозани шифокорнинг кўрсатмасисиз қўллаш тавсия этилмайди.

Candida spp. томонидан чақирилган баланитда флуконазол  150 мг дозада бир марта қўлланади.

5. Хавфли ўсмалари мавжуд беморларда кандидозни олдини олиш учун флуконазолнинг тавсия этилган дозаси замбуруғли инфекцияни ривожланиши хавф даражасига қараб, суткада бир марта 50-400 мг ни ташкил қилади. Тарқоқ инфекциянинг юқори хавфи мавжуд, масалан, яққол ёки узоқ вақт сақланаётган нейтропенияси бўлган беморлар учун тавсия этилган доза суткада бир марта 400 мг ни ташкил қилади. Флуконазол  кутилаётган нейтропенияни ривожланишигача бир неча кун қўлланади ва нейтрофиллар сони 1000 мм3 кўпроққа ошгандан кейин, даволаш яни 7 кун давом эттирилади.

6. Тери инфекцияларида, шу жумладан оёқ панжалари, силлиқ тери, чов соҳаси микозлари ва кандидозли инфекцияларда, тавсия этиладиган доза ҳафтада бир марта 150 мг ёки суткада бир марта 50 мг ни ташкил қилади. Даволаш давомийлиги одатда 2-4 ҳафтани ташкил қилади, лекин оёқ панжаси микозларида давомлироқ (6 ҳафтагача) даволаш талаб қилиниши мумкин.

Кепаксимон темираткида тавсия этиладиган доза 300 мг ни ташкил қилади, ҳафтада бир марта 2 ҳафта давомида; айрим беморларга ҳафтада 300 мг бўлган учинчи доза талаб қилинади, шу вақтнинг ўзида айрим беморлар учун бир марта 300-400 мг қабул қилиш етарли бўлади. Даволашнинг муқобил чизмаси препаратни 2-4 ҳафта давомида 50 мг дан суткада бир марта қўллаш ҳисобланади.

Онихомикозда тавсия этиладиган доза ҳафтада бир марта 150 мг ни ташкил қилади. Даволашни инфекцияланган тирноқ алмашгунича (инфекцияланмаган тирноқ ўсиб чиққунича) давом эттириш керак. Қўллар ва оёқларда тирноқларни қайта ўсиб чиқиши учун одатда мувофиқ равишда 3-6 ой ва 6-12 ой талаб этилади. Лекин ўсиш тезлиги турли одамларда, шунингдек ёшга қараб кенг чегараларда ўзгариши мумкин.

7. Чуқур эндемик микозларда препаратни суткада 200-400 мг дозада қўллаш талаб этилиши мумкин. Даволаш 2 йилгача давом этиши мумкин. Даволаш давомийлиги шахсий равишда белгиланади; у коксидиоидомикозда 11-24 ойни, паракоксидиоидомикозда 2-17 ойни, споротрихозда 1-16 ойни ва гистоплазмозда 3-17 ойни ташкил қилади.

Болаларда қўлланиши

Катталардаги ўхшаш инфекцияларда бўлгани каби, даволаш давомийлиги клиник ва микологик самарага боғлиқ. Болалар учун препаратнинг суткалик дозаси катталар учун шундайдан ошмаслиги керак. Флуконазол  хар куни суткада бир марта қўлланади.

Шиллиқ қаватлар кандидозида Флуаск препаратининг тавсия этиладиган дозаси суткада 3 мг/кг ни ташкил қилади. Биринчи куни мувозанатли концентрациясига тезроқ эришиш мақсадида 6 мг/кг га тенг зарбли дозани қўллаш мумкин.

Тарқоқ кандидоз ва криптококкли инфекцияни даволаш учун касалликнинг оғирлигига қараб, тавсия этиладиган доза суткада 6-12 мг/кг ни ташкил қилади.

ОИТС га чалинган бемор болаларда криптококкли менингит қайталанишини сусайтириш учун Флуаск препаратининг тавсия этилган дозаси суткада 6 мг/кг ни ташкил қилади.

Инфекциянинг ривожланиш хавфи цитотоксик кимёвий даволаш ёки нурли даволаш натижасида ривожланаётган нейтропения билан боғлиқ бўлган. Иммунитети сусайган беморларда замбуруғли инфекцияларни олдини олиш учун, препарат индукцияланган нейтропениянинг яққоллиги ва сақланиш давомийлигига қараб, суткада 3-12 мг/кг  дан қўлланади (катталар учун дозага қаралсин; буйрак етишмовчилиги мавжуд болалар учун - буйрак етишмовчилиги мавжуд беморлар учун дозага қаралсин).

Флуаск препаратини капсулалар кўринишидаги дори шаклини болаларда тўғри қўллашнинг иложиси бўлмаганида эквивалент дозаларда препаратнинг бошқа дори шаклларига алмаштириш имкониятини кўриб чиқиш керак (ичга қабул қилиш учун суспензия тайёрлаш учун кукун ёки вена ичига юбориш учун эритма).

Кекса беморларда қўлланиши

Буйрак етишмовчилиги белгилари бўлмаганда флуконазол одатдаги дозада қўлланади. Буйрак етишмовчилиги мавжуд беморларда (креатинин клиренси ≤50 мл/дақ) препаратнинг дозасига, қуйида таърифланганидек, тузатиш киритилади.

Буйрак етишмовчилиги мавжуд беморларда қўлланиши

Бир марта қабул қилишда дозага тузатиш киритиш талаб этилмайди. Буйрак функцияининг бузилиши мавжуд беморларларда (шу жумладан болаларда) препарат кўп марта қўлланганида дастлаб 50 мг дан 400 мг гача бўлган зарбли дозани юбориш керак, шундан кейин суткалик доза (кўрсатмаларга қараб) қуйидаги жадвалга мувофиқ белгиланади:

Klirens kreatinina (ml/min)

Tavsiya etilgan dozaning foizi

> 50

≤ 50 (dializsiz)

Muntazam dializ

100%

50%

100% har bir dializdan keyin

Muntazam dializda bo'lgan bemorlar dializning har bir seansidan keyin tavsiya etilgan dozaning 100 foizini olishlari kerak. Dializ qilinadigan kuni bemorlar preparatning kamaytirilgan (kreatinin klirensiga qarab) dozasini olishlari kerak.

Uch yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas (ushbu dori shakli uchun).

Сизга буюрилган дозадан юқорироқ доза қабул қилинганида дарҳол шифокорга мурожаат қилинг!

Флуконазолнинг дозасини ошириб юборилиши ҳақида хабарлар бор ва бир ҳолатда одам иммун танқислиги вируси билан зарарланган 42 ёшли беморда 8200 мг препарат қабул қилингандан кейин галлюцинациялар ва параноидал хатти-ҳаракатлар пайдо бўлган. Бемор шифохонага ётқизилган; унинг ҳолати 48 соат давомида меъёрлашган.

Доза ошириб юборилган ҳолларда белгиларга мувофиқ даволаш (шу жумладан ушлаб турувчи чоралар ва меъдани ювиш) ни ўтказиш мумкин.

Флуконазол асосан буйрак орқали чиқарилади, шунинг учун жадаллаштирилган диурез, эҳтимол, препаратнинг чиқарилишини тезлаштириши мумкин. Уч соат давомидаги диализ сеанси флуконазолнинг қон плазмасидаги даражасини тахминан 50% га пасайтиради.

Агар Сиз Флуаскни қабул қилаётган вақтда ҳомиладор эканлигингизни билиб қолсангиз, бу ҳақда зудлик билан Ўз шифокорингизга хабар беринг, фақат у даволашни давом эттиришни хал қилади. Ҳомиладор аёлларда флуконазолни қўллаш юзасидан мос келувчи ва назоратли тадқиқотлар ўтказилмаган. Оналари биринчи уч ойликнинг ошган қисми ёки бутун вақти давомида юқори дозада (суткада 400-800 мг) флуконазол билан даволанган янги туғилганларда кўп сонли туғма нуқсонларнинг бир неча ҳоллари таърифланган. Ривожланишнинг қуйидаги бузилишлари аниқланган: брахицефалия, бош суяги юз қисми ривожланишининг бузилиши, бош суяги шаклланишининг бузилиши, бўри оғзи, сон суякларини қийшайиши, қовурғаларни юпқалашиши ва узунлашиши, артрогрипоз ва юракнинг туғма нуқсонлари. Ҳозирги вақтда санаб ўтилган туғма аномалияларни флуконазолнинг паст дозаларини (вульвовагинал кандидозни даволаш учун 150 мг кўп марта) ҳомиладорликнинг биринчи учойлигида қўллаш билан боғлиқлиги юзасидан далиллар йўқ. Ҳомиладорлик вақтида оғир ва ҳаёт учун хавфли замбуруғли инфекция ҳолларидан, унда даволашдан кутилаётган фойда ҳомила учун ривожланиши мумкин бўлган хавфдан устун бўлган ҳоллардан ташқари, флуконазолни қўллашдан сақланиш керак. Туғруқ ёшидаги аёллар контрацепция воситаларидан фойдаланишлари керак. Флуконазол кўкрак сутида плазмадагига яқин концентрацияларда аниқланади, шунинг учун уни аёлларда лактация даврида қўллаш тавсия этилмайди.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

FLUASK kapsulalar 150 mg N 1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
FLUASK kapsulalar 150 mg N 1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
FUZAR tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Scott-Edil Pharmacia Limited
  • Vakil: Farmalife
Narh: 16 600 so'mdan Batafsil
NOFLUK infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml
METAKANDID eritma 200mg/100 ml 100ml N1
Narh: 27 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID OFTALMO ko'z tomchilari 5ml 0,3%
FLYUDAR kapsulalar 50mg N7
Narh: 8 500 so'mdan Batafsil
FLYUDAR kapsulalar 150mg N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
FUNGAZID infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 9 900 so'mdan Batafsil
STERINAZOL kapsulalar 150mg N4
Narh: 99 700 so'mdan Batafsil
VIZANAK NEO kapsulalar 150mg N1
Narh: 24 100 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL infuziya uchun eritma 100ml 0,2%
Narh: 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL NIKA kapsulalar 100mg N7
FLUZAMED kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Misr
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: E.I.P.I.Co.
  • Vakil:
Narh: 29 000 so'mdan Batafsil
FLUZAMED ko'z tomchilari 5ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ophthalmics, Великобритания произведено: S.C. Rompharm Company S.R.L.
  • Vakil:
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
MIKOSIST kapsulalar 150mg N2
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
MIKOSIST kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гедеон Рихтер, ОАО
VIZANAK infuziya uchun eritma 200mg/100ml
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «АСТРАФАРМ»
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL tabletkalari 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова
Narh: 4 900 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 2 040 so'mdan Batafsil
FLUKONAZOL kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO (упаков.) Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО, Беларусь (произ.)
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
MIKOFLYU kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ATM Pharm, OOO
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
MIKOZEVS NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
MIKOZEVS NEO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Narh: 8 000 so'mdan Batafsil
KANDIZEF NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Zefer Pharma Ltd
VIZANAK NEO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group, СП ООО для Izida Pharma Ltd.
FLYUKO kapsulalar 150mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
FLYUKO kapsulalar 50mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Unilink Pharma (P) LTD
SITONAZOL NEO eritma 200ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Флуконазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Remedy Group СП OOO
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9